Tаrix tа’limidа kurslаrаro uzviylikni tа’minlаshning pedаgogik shаrt-shаroitlаri
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
tarix-ta-limida-kurslararo-uzviylikni-ta-minlashning-pedagogik-shart-sharoitlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. Tarix taʼlimiga tabaqalashtirilgan tarzda yondashish tamoyili.
- 10. Taʼlim va tarbiya birligi tamoyili.
ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 Academic Research, Uzbekistan 608 www.ares.uz bilmas”. Ushbu tamoyil uzluksiz taʼlimni tashkil etish va rivojlantirish tamoyillaridan biri– taʼlimning milliy yoʼnaltirilishi talablariga mos ravishda “Oʼzbek xalqi va davlatchiligi tarixi kontseptsiyasi”ning yetakchi gʼoyalarini roʼyobga chiqarishga yordamlashadi. 9. Tarix taʼlimiga tabaqalashtirilgan tarzda yondashish tamoyili. Oʼquvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda tarixga boʼlgan qiziqishlarini oshirish va u bilan shugʼullanishning oʼziga xos yoʼllarini rivojlantirish kurslararo uzviylikni taʼminlashda muhim oʼrin tutadi. Oʼquvchilarning bilim olishga boʼlgan ehtiyojlarini yanada toʼliqroq qondirishga yoʼnaltirilgan didaktik choralardan biri tarix taʼlimi mazmunini tabaqalashtirish, deb hisoblash mumkin. Tabaqalashtirilgan yondashuv asosida oʼquvchilar tarixiy bilimlarining uzviyligini taʼminlash uchun kurslararo bogʼlanishga oid amaliy topshiriqlarni bajarishda turli tayyorgarlikka ega boʼlgan bolalarning har birida mavjud boʼlgan oʼquv imkoniyatlari hisobga olinishi zarur. Oʼz bilimlarini qoʼllash orqali individual yutuqlarga erishgan oʼquvchilarni ragʼbatlantirish koʼzda tutilishi lozim. Bu sohada tarixdan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlar ham oʼqitishni tabaqalashtirish uchun katta imkoniyatlarni ochib beradi. 10. Taʼlim va tarbiya birligi tamoyili. Oʼquvchilarda vatanparvarlik va milliy gʼurur hissini tarbiyalashda tarix taʼlimining oʼrni beqiyosdir. Vatanimiz umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri boʼlib, ajdodlarimizning hamma jabhadagi yaratuvchanlik faoliyati dillarni gʼururga toʼldiradi. Zero, insonni oʼz tarixi va madaniyati bilan faxrlanish asnosida milliy iftixor hissi yuksalib, maʼnaviy barkamol shaxs boʼlib shakllanishida oʼlka tarixini oʼrganishda muhim oʼrin tutadi. DTS va oʼquv dasturi talablari tarix materiallarini oʼrganish va ulardan oʼrinli foydalanish masalasini oʼqituvchining oʼzi hal etishini koʼzda tutadi. U oʼquvchilarda Ona oʼlkaga muhabbatni tarbiyalash bilan birga, ularni mustaqil izlanish, tadqiqot ishlariga oʼrgatadi. Masalan, “Buyuk ipak yoʼli”ning jahon xalqlari taraqqiyotidagi ijobiy rolini oʼrganar ekanlar, oʼz oʼlkalari hududidan oʼtgan bu yoʼl tarmogʼining tarixini tiklash orqali Vatanimizning ushbu yoʼl harakatda boʼlgan davrida qoʼshni mamlakatlar va xalqlar moddiy va maʼnaviy madaniyatiga qilgan xizmatini teranroq anglay boshlaydilar. Binobarin, mamlakatimizning hozirgi kunda Sharq va Gʼarb iqtisodi va madaniyati oʼrtasida “Oltin koʼprik” boʼlgan bu qadimiy yoʼlni tiklash borasidagi saʼy- harakatlarining ahamiyatini ham chuqur idrok qiladilar. Oʼquvchilar oʼlkadagi tarixiy shaxslar, madaniyat arboblari bilan bogʼliq qadamjolarni oʼrganishlari, shubhasiz ular bilimini yangi maʼlumotlar asosida yanada boyitadi. Taʼlim va tarbiya uzviyligiga amal qilgan holda bunday faoliyat yurgizish Oʼzbekiston tarixini jahon tarixida tutgan oʼziga xos oʼrnini aniq va ravshan ifodalashga xizmat qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling