Tarix va falsafa
Download 177 Kb.
|
XITOY SIVILIZATSIYASINING VUJUDGA KELISHI VA ILK DEHQONCHILIK MADANIYATLAR
Xan davri
Xitoyda boshqa qadimgi sharq mamlakatlaridan farq qilgan holda xalq qo‘zg‘olonlari tez-tez bo‘lib turgan. Xalq q o‘zg‘olonlari ijtimoiy tabaqalanishni kuchayishi, dehqonlarni ommaviy yersizlanishi, turli xil soliqlarni oshib ketishi, yerni sudxo‘rlar, katta yer egalarini qo‘lida to‘planib qolishi, harbiy va mehnat majburiyatini o‘sib ketishi dehqonlarni qo‘zg‘olonloariga sabab bo‘ldi. Qadimgi Xitoydagi eng kuchli ikki qo‘zg‘olonni aytish mumkin “Qizilqoshlilar” (eramizning 18-25 yillari) va “Sariq peshonabog‘lilar” (184-207 yillar). Dehqonlarni xonavayron bo‘lishi, ijtimoiy tabaqalar o‘rtasida keskinlikni kuchayishi mamlakatda islohotlar o‘tkazish orqali ularni yumshatish ko‘zda tutiladi. Shunday islohotlardan birini ilk Xan sulolasi taxt vorisi shahzodaning regenti1 katta amaldor Van Man o‘tkazdi u ilk Xan sulolasi hukmronligiga eramizning 8 asrida chek qo‘ydi va 9 yilda o‘zini imperator deb e`lon qilib yangi Sin sulolasiga asos soldi. Yangi imperator (eramizni 9-23 yillarida) qator islohotlarni e`lon qildi. Barcha yerlar imperatorni mulki deb e`lon qilindi, xususiy qullar – “xususiy qaram” deb ya`ni ular davlat qullariga aylantirildi, lekin xususiy kishilarga qaram bo‘lib qoldilar. Yer va qul oldi-sottisi taqiqlandi. Van Man yersiz dehqonlarni yer bilan taminlashga hamma uchun teng yer ulushi ajratishga va`da berdi, lekin bu amalga oshmadi. U davlat daromadlarini oshirish uchun sudxo‘rlikka qarshi kurash bahonasida sudxo‘rlik operatsiyalarini davlat qo‘l ostida to‘plashga urindi, bir necha marta pul zarbini o‘zgartirdi, soliqlarni oshirdi. Islohotlarga yirik yer egalari qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Van Man 12 yilda yerni qayta bo‘lishdan va xususiy qulchilikni bekor qilishga majbur qildi. U eramizning 17-yilida har bir qul uchun 3600 tanga hajmida bir yillik soliqni joriy qildi. Eramizning 18-yilida mamlakatda ochlik boshlandi. Eramizning 11-yilida Xuanxe oqimini o‘zgartirdi. 14-yil mamlakatda qurg‘oqchilik boshlanib, chigirtka bosdi. Hokimiyatdan chetlashtirilgan Xan sulolasi tarafdorlari Van Manni ochlikni aybdori deb aybladilar. G‘alayonlar kuchli xalq qo‘zg‘oloniga aylanib ketdi. Eramizni 58-75 yillarida saroy tarixchisi Ban Gu uning otasi Ban Byao va singlisi Ban Chjao bilan birga yozgan “Ilk Xan tarixidan” parchalar keltirilgan. Hamda eramizni V asrida Fan. E. tomonidan yozilgan “So‘ngi Xan tarixi” eramizni 25-220 yillaridagi voqealarni qamrab olgan asardan parchalar bu mavzuda keltirilgan. Download 177 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling