Tarix va falsafa
BOB QUL SAVDOSI. “ILK XAN TARIXI” DAN PARCHALAR
Download 177 Kb.
|
XITOY SIVILIZATSIYASINING VUJUDGA KELISHI VA ILK DEHQONCHILIK MADANIYATLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Van Man islohotlari “Ilk Xan Tarixi”dan
- Xalq qo‘zg‘olonlari “Qizilqoshlilar” qo‘zg‘oloni” (eramizning 18 -25 yillari) “Ilk Xan tarixi” dan
BOB QUL SAVDOSI. “ILK XAN TARIXI” DAN PARCHALAR
“Ilk Xan tarixi” dan parchalar I.[Sin sulolasi davrida] qul va cho‘rilar savdosi uchun bozorlar tashkil etilgan edi, ularni eshak va otlar bilan bir qo‘raga joylashtirar edilar … Odamlarni, ayollar va bolalarni o‘g‘irlar va sotar edilar. II. Bir necha yillar davomida hosilsizlik bo‘ldi, xalqdan chiqqan odamlar rang8[22] ni sotdilar, bolalarini garovga qo‘ydilar va shu bilan kiyim va oziqaga (vosita) topdilar. [Ju Chun sharhi]9[23] Xuay- Xay10[24] tumanida bolalarni qullikga sotish odati mavjud edi. Bu bolalarni garovga qo‘yish deb atalar edi, agar ota – ona uch yildan keyin (bolani) qayta sotib olmasalar u (qul) bo‘lib qolar edi. Van Man islohotlari “Ilk Xan Tarixi”dan Van Man aytdi: qadimgilar sakkiz kishiga quduqli dalalar belgiladilar. Bir er va xotinga yuz mu yer bo‘lishi kerak edi. Hosilni o‘ndan birini soliqlarga to‘lar edilar. Davlat to‘kinchilikda, xalq boy edi va madhiya aytar edi… Sin sulolasi… o‘z foydasiga soliq va yig‘imlarni oshirdi, o‘zining haddan tashqari istaklari bilan xalqni kuchini, sillasini quritdi. Ular yerlarni bosib olish uchun dono tizim quduqli dalalarni bekor qildilar, ochko‘zlik, pastkashlik paydo bo‘ldi. Kuchlilar dalani mingga o‘lchadilar, zaiflarga bigiz sanchish uchun joy yo‘q edi. Qullar va cho‘rilar bozorlarini sigir va otlar bilan bir qo‘rada tashkil qildilar. Fuqarolarni boshqara turib ularni hayotlariga butunlay egalik qildilar, buzuq va jinoyatkor odamlar bundan boyidilar. Ish shungacha yetib bordiki odamlarni, ayollar va bolalarni o‘g‘irladilar va sotdilar, osmon irodasiga xiyonat qildilar, odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni buzdilar, odam hammasidan ulug‘ degan, osmon va yerni tamoyilini soxtalashtirdilar… Xan sulolasi yer solig‘ini o‘ttizdan birigacha pasaytirdilar, lekin harbiy soliqni11[25] hamma vaqt hatto keksalar ham to‘ladilar. Kuchlilar bo‘lak dalalarni bo‘lib olishni zo‘ravonlik va aldov bilan bosib oldilar: so‘zda soliq o‘ttizdan birga teng, amalda esa hosilni yarmi. Otalar, bolalar, erlar va xotinlar yerga yil bo‘yi ishlaydilar: a ular oladiganlari ovqatga yetmaydi. Shuning uchun boylarning it va otlaridan tariq va no‘xatni ortiqchasi qoladi, kambag‘allarga esa kepak va yuvindilar joniga tegmaydi, ular kambag‘allikdan jinoyat qiladilar. Ularni barchasi kambag‘allar va boylar jinoyatlarga botib qoldilar, jazo esa qo‘llanilmaydi. Men hali taxtga o‘tirmasdan oldin yerlarni umumiy bo‘lish uchun va quduqli yerlarni jon boshi bo‘yicha taqsimlashga farmon chiqardim. O‘sha vaqtda baxtli nishona sifatida mo‘l-ko‘l hosil bo‘ldi. Lekin bu qaroqchilik va xiyonatlar sababli to‘xtab qoldi. Hozir men nomlarni quyidagi tarzda o‘zgartiraman: imperiyani barcha yerlari podsho yerlari, qullar va cho‘rilar xususiy qaram deb ataladi. Ularni barchasini (ter va qullarni) sotish ham olish ham mumkin emas. Agar erkaklar sakkiztadan kam bo‘lsa, yer ularda ko‘p bo‘lsa, ortiqcha yerlar to‘qqizinchi bo‘g‘ingacha bo‘lgan qarindoshlarga, qo‘shnilarga yoki hamqishloqlarga beriladi. Barcha yersizlar hozir yerni qonun bo‘yicha olishlari kerak. Quduqli dalalar dono tizimini buzganlar, ommani noqonuniyat buzuvchilar chegarada tog‘lik shaytonlardan mudofaa uchun surgun qilinadilar12… … Ikkinchi yilda (eramizning 10-yilida) kimki tanga quyish bilan noqonuniy shug‘ullanishga jur`at qilsa … mulki musodara qilinadi va ularni o‘zi, bu to‘g‘risida bilib turib xabar bermaganlari uchun to‘rt qo‘shnilari bilan davlat qullariga aylanadilar… Tanga zarb qilish to‘g‘risidagi taqiqni buzgan odamlar, besh qo‘shni oilalar jumlasidan qamoqqa duchor etildilar, mulki musodara qilinib, davlat qullariga aylandilar. Yuz minglab erkaklar, jinoyatchilar uchun qafaslarda, o‘zlarini, xotin va bolalari bo‘yinlarida zanjirlarini shaqirlatib piyoda yurdilar va tanga quyishga mutasaddi amaldorlarga berildilar.U yerga ular yetkazilganlaricha xotinlar va erkaklar almashdilar, g‘am va azobdan o‘ntadan olti-yettitasi halok bo‘ldi… Bozorni boshqaradiganlar yilning har vaqtning o‘rta oyida o‘zlari mutasaddi mahsulotlarga oliy, o‘rta va past narxlarni belgilaydilar. Ularning har biri boshqa sohalarga aralashmasdan o‘z bozorida tenglashtirilgan baholarni qo‘llaydilar… Agar xalqda qurbonlik keltirish uchun yoki dafn uchun mablag‘ yo‘q bo‘lsa xazina savdogarlar va hunarmandlardan soliq summalaridan foizsiz qarz beradi. Qurbonlik keltirish uchun qarz o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi, dafn marosimlariga uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga beriladi. Agar kimdir xalqni ichidan muhtojlikda qolsa va o‘z ishlarini hal qilish uchun qarz olmoqchi bo‘lsa, uni har kim olishi mumkin. Uni boqish uchun zarur bo‘lgan mablag‘dan tashqari qolgan summadan bir yilda undan oshmaydigan foiz olinadi… … Va shunda dehqonlar va savdogarlar ishsiz qoldilar, oziq-ovqatlar va mahsulotlar g‘oyib bo‘ldi, xalq bozorlar va yo‘llarda yig‘ladi. Zodagonlardan, xizmatdagi odamlardan va oddiy xalqdan yerlarni, qullarni sotgani va tanga quygani uchun hukm qilinganlarni sanash mumkin emas edi… … Uch yildan keyin (eramizning 12-yili) imperator farmon chiqardi: yeyishga berilgan podsho yerlari, xususiy qaram (qullar) qonun bilan cheklanmagan holda sotilishi va sotib olinishi mumkin edi. Xalq qo‘zg‘olonlari “Qizilqoshlilar” qo‘zg‘oloni” (eramizning 18 -25 yillari) “Ilk Xan tarixi” dan Van Man islohotlari ijtimoiy qarama – qarshiliklarni kuchaytirdi. Uni qonunini buzgan kishilar nafaqat o‘zlari va oilalari bilan, balki to‘rt qo‘shnini oilalari bilan qullikga aylantirildilar. Hosil bo‘lmagan yillar ochlik boshlanib, minglab odamlar qirilib ketdi. Kuchli xalq qo‘zg‘olonlari yuz berdi. Qo‘zg‘olonlarga cho‘ponlar, qochoq askarlar, kambag‘al dehqonlar boshchilik qildilar. Qo‘zg‘olonchilar shahar-qishloqlarni, oziq–ovqat zahiralarini bosib olar edilar. Ulardan birinchi eng kuchlisi “Qizilqoshlilar” qo‘zg‘oloni edi. Qo‘zg‘olon rahbari kambag‘al Fan Chun edi. Qo‘zg‘olon Xitoyni sharqiy qismini to‘la qamrab oldi. Download 177 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling