Tarix va falsafa


Lyu Syuan tarjimai holidan


Download 177 Kb.
bet6/10
Sana02.05.2023
Hajmi177 Kb.
#1422265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
XITOY SIVILIZATSIYASINING VUJUDGA KELISHI VA ILK DEHQONCHILIK MADANIYATLAR

Lyu Syuan tarjimai holidan
(Lyu Syuan Van Man tomonidan eramizning 8 yilida ag‘dargan Xan sulolasini avlodi, qo‘zg‘olonchilarga qo‘shilgan va eramizni 23- yilida Genshi nomi bilan imperator deb e`lon qilingan, keyin taxtdan tushirilgan va qo‘zg‘olonchilar tomonidan eramizni 25- yilida qatl qilingan.)
… Van Man hukmronligining oxirida hosilsizlik bo‘ldi. Odamlar olomoni dala va botqoqliklarga ketdilar, yemish uchun ildizlar qazdilar va bir- birlaridan uni tortib oldilar …
Lyu Pinszi tarjimai holidan
(Lyu Pinszi - Van Man ag‘dargan Xan sulolasini avlodi, qo‘zg‘olonchilarga qo‘shilgan. “Qizilqoshlilar” tomonidan Lyu Fan`dan keyin taxtga chiqarilgan ikkinchi Xan sulolasining imperatori Lyu Syu tomonidan ag‘darilgan).
O‘sha zamonlarda Sin, Syu viloyatlarida katta ochlik boshlandi. Qaroqchilar go‘yoki asalarilar galasi kabi paydo bo‘ldilar. Fan Chun13[26] dovyurak edi va omma unga qo‘shildi.
… Van Man qachonki ularga hujum qilishga yuborganda ularga Fan Chun va uning tarafdorlari jangga tayyorlana turib o‘zlarinikini Van Man qo‘shinlaridan ajratish uchun qoshlarini qizil rangga bo‘yadilar …
Lyu Yan tarjimai holidan
(Lyu Yan – Lyu Bo –shen- Lyu Syuning katta akasi qo‘zg‘oloncholar tomonidan o‘ldirilgan)

Hozir qo‘zg‘olonchilik bir necha yil davom etadi. Hamma joyda urush chiqadi. Bu – dunyoni tugashi …


Van Man tarjimai holidan
Tyan`fin (eramizning 17-yili) boshqaruvining to‘rtinchi yilida Guantyan I va boshqalar qaroqchilikga ketdilar; ular Kyutszi va Chanjou joylariga tayandilar.
Lyan – ya14[27] dan bir ayol Lyuyaning onasi ham qo‘zg‘olon ko‘tardi. Uyezd boshlig‘i uning aybsiz o‘g‘li-uyezd amaldorini qatl qildi. Uning onasi o‘zini butun mulkini vino va qurolga sarfladi, va maxviy ravishda o‘ziga yuzdan ortiq kambag‘al yosh kishilarni tortdi. Ular bilan Uyezd shahriga hujum qilib, o‘g‘lini qabriga qurbonlik qilish uchun uyezd boshlig‘ini o‘ldirdi. Xyayga yo‘l olishda uni qismini soni o‘n minggacha yetdi. Van Man qaroqchilarga avf qilish bilan elchi jo‘natdi. Elchi qaytib keldi va qaroqchilar tarqalib ketdilar va keyin yana tezda to‘plandilar deb aytdi. Van Man bo‘layotgan hodisani sababini so‘radi. Elchi unga javob berdi: hamma aytmoqda turli xil taqiqlarning ko‘pligidan azob chekmoqdalar, ulardan qo‘lni qimirlatish ham mumkin emas. Ishdan olingan (oylik) soliq va yig‘imlarni to‘lashga ham yetmaydi. Odamlar eshiklarini yopadilar, hech kim bilan gaplashmaydilar va baribir besh qo‘shnini bir kishini jinoyati uchun bir-biriga kafilligi to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra tanga quyish va misni saqlashda go‘yoki sherikdek baribir turmaga tushadilar. Amaldorlar xalqni qiynab yubordilar. Kambag‘allikdan barcha qaroqchilikga ketadilar.
O‘sha yil (eramizning 18-yili) hosilsizlik va ochlikdan lanya-ada Litszi Du15[28], Fan Chu va boshqa “Qizilqoshlilar” qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Ular shaharlarni egallab, taladilar. Ularni soni o‘n ming kishi edi. Okrugdan yuborilgan qo‘shinlar ularni eplay olmadilar…
Oltinchi yilda (eramizning 19-yili)… Guandunda bir necha yil
davomida qurg‘oqchilik va ochlik davom etdi. Litszi Du va “Qizil qoshlilar”ni boshqa muxlislariga yanada ko‘proq xalq oqib kela boshladi. Lashkarboshi Lyan Dan Chjou ga hujum qildi, lekin g‘alaba qila olmadi… Si Shushi va Sun Si16[29] qaroqchilardan daryo va ko‘llarni tozalay boshladilar.
Van Man o‘limga hukm qilinganlarni va qullarni, amaldor va xalqni rekrutini katta yig‘inini e`lon qildi. U bu qo‘shinni “to‘ng‘izni tashlanishi”, “botir-to‘ng‘izlar” deb atadi. Dixuan (eramizning 21-yili)ni boshqaruvini ikkinchi yili… O‘sha vaqtda janubda “Yashil o‘rmonda” Chjan Ba, Szyan Sya, qo‘y boqar Van Kuan va boshqalar ko‘tarildilar. Ular “daryoni quyi oqimidagi” qo‘zg‘olonchilar deb ataldilar. Ularni soni o‘n mingdan oshdi… Daryo va ko‘llarda o‘zini knyaz Fan deb atagan qaroqchi faoliyat ko‘rsatdi. Lyu urug‘idan17[30] odamlar o‘ng minglab ularga qo‘shildilar…
Qaroqchilar go‘yoki nasha o‘simligiga o‘xshash o‘sib ketdilar. Qaroqchilarni ushlash uhun komendantlar belgilandi, sud vakolatlari bilan amaldorlarga buyruqlar berildi…
Qaroqchilar dastlab ochlik va qashshoqlikdan qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Ular hosil bilan o‘z qishloqlariga qaytishlari mumkin deb o‘yladilar. Lekin ularni soni asta-sekin bir necha o‘n minglab kishiga yetdi… Uchinchi yili (eramizning 22-yili) “Qizilqoshlilar” bosh astrolog Szin Shinni o‘ldirdilar. Guandunda odamlar bir-birlarini yedilar. To‘rtinchi oyda Van Man astrolog Van Kuan va lashkarboshi Lyan-Danni sharqqa yubordi… Ularda yuz ming tanlangan qo‘shin bor edi. Uchinchi yil (er. 22 yili) … “ Qizilqoshlilar” bosh astrolog Szin Shanni o‘ldirdilar. Guandunda odamlar bir-birlarini yedilar. To‘rtinchi oyda: Sharqda shunday gap tarqaldi: “lashkarboshi Lyan Dan bilan uchrashgan ko‘ra” “Qizilqoshlilar” bilan uchrashgan maqulroq. “Lashkar boshi bilan hali hech nima ; lekin Van Kuan barchani yo‘q qiladi…” Yozda sharqda hasharotlar ko‘tarildi, uni uchishi osmonni yopdi18.
-Yuz minglab qochoqlar zastavaga keldilar. Lekin ularni boqishga tayinlangan amaldorlar, vakillar, nazoratchilar va mayda xizmatchilar omborlardan oziq- ovqatlarni o‘g‘irladilar va har o‘n qochoqdan yetti-sakkiztasi ochlikdan o‘ldi …
…Hamma joyda o‘n minglab qaroqchilar shaharlar va mulklarga hujum qildilar Ular ikki mingga yaqin amaldorni o‘ldirdilar. Astrolog Van Kuan va boshqalar janglarda mag‘lubiyatga uchradilar …
…Bo‘lg‘usi imperator Guan U19[31] o‘zining katta akasi knyaz Si U, tog‘asi Li Tun va boshqalar bilan bir necha ming kishini olib bordi … Ular Sin`shi va Pin`linden Chju Baliqni, Chen cho‘ponni va boshqa qo‘zg‘olonchilarni chaqirdilar va ular bilan birga Sziyan20[32]ni egalladilar.
…Bir necha ming qo‘zg‘olonchilar tarqalib ketib Nan`yan21[33] hududiga kirdilar…
To‘rtinchi yil (eramizning 23 yili) ning birinchi oyida Xan sulolasi muxlislarining qo‘shinlari Van Chan va boshqa “Quyi oqim qo‘zg‘olonchilari” yordamida Chjen Lyan va Syu Si ilg‘or qismlariga hujum qildilar. Komandirlarni boshini kesdilar va o‘n minglab askarlarni chopib tashladilar…
…Van Man dahshatga tushdi. U… Van Man bilan birga barcha viloyatlardan million askar boshchiligida Shandunni22[34] tinchlantirishga yubordi. Qo‘shin “ yo‘lbars tishi” laqabini oldi. Van Man Van I ni jo‘natish uchun xazinani bo‘shatdi, u taminotini mo‘l- ko‘lligi bilan Shandunni qo‘rqitishga harakat qilib, ko‘p xazina va yovvoyi hayvonlarni jo‘natdi… Van I bo‘lsa aytdi: Millionli qo‘shin o‘z yo‘lida hammasini yo‘q qilishi lozim. Bu shahar (Kun`yan)ning aholisini qirib tashlaymiz qon daryosi bilan oldinga yuramiz23…”
Bu vaqtda bo‘lg‘usi imperator Yan va Dinlindan bir qancha qo‘zg‘olonchilar bilan Kun`yanga qutqarishga keldi… Xan askarlari yengildilar … Kun`yandan askarlar chiqib Xanlar bilan bir qatorda urushdilar. Van I qochdi, Van Man qo‘shini taraddudlanib qoldi … Yo‘lbars va qoplonlar g‘azablandilar. Askarlar qochib ketdilar va o‘z viloyatlariga qaytdilar… Poytaxt qaltirab qoldi.
Poytaxtga tomon hamma joyda yaqinda turgan qo‘zg‘olonchilar oqdi…
Van Man poytaxtni barcha qamoqxonalariga jinoyatchilarga qisman amnistiya e`lon qilish, qurol tarqatish uchun choparlar yubordi… Lashkarboshi Shi Chen Vey daryosidagi ko‘prikdan o‘tmoqchi bo‘lganda butun qo‘shin qochib ketdi. Shi Chen bir o‘zi qaytdi. Qo‘zg‘olonchilar Van Man oilasini qabrini ochdilar: bolalari, xotini, otasi, bobosi va ularni tobutini to‘qqiz ibodatxonalarni, Mintan “Saroyi va imperator maktabini yoqdilar. Shafaq butun shaharni yoritdi …
To‘qqizinchi oyda qo‘zg‘olonchilar shaharga shimoldan Syuan`pin darvozasi orqali kirdilar. Chjan Xan darvozalarda har bir qo‘zg‘olonchini o‘ldirdi. Van I, Van Lin, Van Syun va boshqalar o‘zaro askarlarni bo‘lib olib, saroyning Shimoliy darvozalarini himoya qildilar. Xan tarafdorlari askarlar unvon olish uchun Van Manni ushlab olishni orzu qildilar. Yetti mingdan ortiq favqulodda jasorat bilan jang qildilar. O‘sha kun kechqurun vazirliklar va saroylardan hamma qochib ketdi…
Yong‘in ichki saroyga yaqinlashdi… Van Man yong‘indan Syuan`shi saroyini oldingi zalida qutuldi. Olov unga yetdi. Saroy ayollari “biz nima qilishimiz kerak” deb qichqirdilar… Van Man aytdi: “Osmon menga hokimiyatni berdi, Xan askarlari menga zarar yetkazishi mumkinmi?”
Hamma vaqt Van Man ovqatsiz qoldi, uni kuchi kam edi. Uchinchi kun tongda amaldorlar uni oldingi zaldan olib chiqdilar… Hovuzni suv to‘sig‘idan foydalanishini o‘ylab va aravada Szyan`tayga olib keldilar…
Van Manni orqasidan mingdan ortiq amaldor va haram og‘alari keldilar. Van I kunduzi va kechasi jang qildi va juda charchadi. Deyarli barcha o‘ldirildi yoki yaralandi…
Qo‘zg‘olonchilar saroyga “Xoin Van Man qani?” deb bostirib kirdilar. Shu vaqtda xonadan go‘zal ayol chiqib “ Szyan`tayda” dedi. Qo‘zg‘olonchilar u yerga shoshildilar, saroyni bir necha qator bilan o‘rab oldilar, kamonlar va arbaletlardan otishma ochdilar, Van Manning himoyachilari sekin - asta yiqildilar, ularda o‘qlar tugadi, otishga hech narsa yo‘q edi. Yuzma – yuz to‘qnashuvlar boshlandi. Van I o‘g‘li bilan va boshqalar halok bo‘ldilar. Savdogar Di I Van Manni o‘ldirdi va uni kamarini muhri bilan oldi… Barcha viloyatlar va u`yezdlar taslim bo‘ldilar. Osmon mamlakati Xan sulolasiga tegishli bo‘ldi.
Ikkinchi yil (eramizning 24–yili) imperator Geenshi poytaxt Chananga keldi va umumiy amnistiya to‘g‘risida farmon berdi; undan Van Manning bolalari mustasno edi.
Bir yildan ko‘p vaqt o‘tdi. Imperator Geenshe boshqaruv ishlari bilan shug‘ullanmadi. Keyingi yilni yozida bir necha yuz ming “Qizilqoshlilar” Fan Chun boshchiligida zastavaga kirdilar va Lyu pinszini imperator deb e`lon qildilar. Geenshiga hujum qilganlarida u tas`lim bo‘ldi. “Qizilqoshlilar” poytaxtning saroy kvartallarini yondirdilar va Geenshini o‘ldirdilar. Ochlar bir birlarini yedilar. O‘ldirilganlar bir necha yuz mingni tashkil qildi. Poytaxt xarobaga aylandi.

Sariq peshonabog‘lar” qo‘zg‘oloni (eramizning 184- 207 yillari)


So‘nggi Xan tarixi” dan
“So‘nggi Xan sulolasi tarixi” ni Fan. E. (er. V asri) tuzgan. Bu asar 25-220 yillar voqealarini o‘z ichiga oladi.
“Sariq peshonabog‘lilar” qo‘zg‘oloni o‘n yil davomida olim va tabib Chjan Szyao boshchiligida yashirin dao sektasi tomonidan tayyorlandi. Qo‘zg‘olon 184-yilda boshlandi. Qo‘zg‘olon arafasida hukumat ularni rejasidan xabar topib Chjan Szyao tarafdorlarini ushlab qatl qilish boshlandi.
“Sariq peshonabog‘lilar” qo‘zg‘oloni bilan bir vaqtda Guandun, Sichuan va boshqa joylarda g‘alayonlar boshlandi. Hukumat qo‘zg‘olonni shafqatsiz bostirdi, ko‘pincha qo‘zg‘olonchilar yoppasiga qirg‘in qilindilar. Poytaxtni janubiy atrofida qatl etilgan qo‘zg‘olonchilar boshlaridan minora ko‘tarildi. Mamlakat aholisini sezilarli qismi qirib tashlandi. Loyan, Chanan kabi yirik shaharlar xarobaga aylandi, sug‘orish tizimi ishdan chiqdi, ichki va tashqi savdo tushkinlikga yuz tutdi. Kuchli qo‘zg‘olonlar Xan imperiyasini qulatdi. 221-yilda imperiya uch mustaqil Vey, Shu, U davlatlariga bo‘linib ketdi.



Download 177 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling