Tarix va falsafa
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed
Orol fojiasi. O`zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug’ aniyevich
Karimov 1993-yil sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida va 1995-yil oktabrdagi 50- sessiyalarida so`zlagan nutqlarida jahon hamjamiyatini Markaziy Osiyo mintaqasidagi yekologik halokat bo`lgan Orol va Orolbo`yini qutqarishda ko`mak berishga chaqirdi. Mazkur global muammoni BMT shafeligida xalqaro moliyaviy tuzilmalar, rivojlangan davlatlar ko`magisiz amalga oshirish mumkin yemasligiga BMTning ye’ tiborini qaratdi. 1993-yilda Qozog’ iston, Qirg’ iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekiston ta’ sisligida Orolni qutqarish xalqaro jamg’ armasi (OQXJ) tashkil 105 yetildi. 2010-yil «O`rta Osiyoning transchegaraviy ekologik muammolari: ularni hal yetishda xalqaro huquq mexanizmlarini qo`llash» mavzusida o`tkazilgan xalqaro konferensiyada birinchi prezidentimiz Islom Karimov transchegaraviy daryolar va ulardan foydalanishda adolat tamoyiliga rioya yetish zarurligi, aks holda mintaqaning yeko olamiga ulkan fojialarni keltirishi mumkinligi haqida yana bir bor ommaga ma’ lum qildi. 2013-yilda Orolbo`yi uchun Amudaryo deltasidagi kichik suv havzalarini tashkil yetish, sho`rsizlantiradigan qurilmaga yega suv chiqarish inshootlarini qurish, himoya o`rmonini tashkil yetish kabi loyiha va tadbirlarni moliyalashtirishga mablag’ lar ajratish rejasi tasdiqlangan. 2013-yilda O`zbekiston Respublikasi va OQXJ-ning o`sha paytdagi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi 68-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida «Orolning qurishi oqibatlariga barham berish va Orolbo`yi yekotizimi halokatini oldini olish tadbirlari Dasturi» ilgari surildi. Global miqyosda va mintaqamizda yekologik vaziyatning tobora yomonlashuvi va chuchuk suv taqchilligi sharoitida Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’ minlash dolzarb masala bo`lib qolmoqda. Ma’ lumki, Markaziy Osiyoning ikki asosiy transchegaraviy daryolari – Amudaryo va Sirdaryo tarixan mintaqa xalqlarining umumiy boyligi va hayot manbayi bo`lib kelgan. Aynan ushbu daryolarning quyilishi hisobiga Orol dengizi havzasi suv bilan ta’ minlagan. Hukumatning Orolbo`yi muammolari to`g’ risidagi tashabbuslari mintaqadagi qo`shni mamlakatlardagi xalqlar tomonidan ham qo`llab-quvvatlanmoqda. Amudaryo bo`yidagi mehnatkashlar ekologik vaziyatning yaxshilanishiga, xalqaro forumlarda Orol dengizi muammosini hal qilishga doir qabul qilingan qarorlar o`z samarasini berishiga qat’ iy ishonch bildirmoqdalar. Hududda aholining turmush farovonligini yuksaltirishga alohida etibor qaratilayotganligi bois, O`zbekiston respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning 2009 yil 3 avgustda qabul qilingan “ Qishloq joylarda uy - joy qurilishi ko`lamini kengaytirishga oid qo`shimcha chora - tadbirlar to`g’ risida” gi qaroriga ko`ra bugungi kunda Orolbo`yida 400 dan oshiq xonadonlarda yangi zamonaviy uy - joylar qurib berilib hovli to`ylari o`tkazildi 2011 yilgi ma’ lumot). O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning «2017– 2021-yillarda Orolbo`yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to`g’ risida» 2017 yil 18 yanvardagi PQ– 2731-sonli qarorini bajarish yuzasidan hamda Orolbo`yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni va aholining turmush sharoitlarini yaxshilashga va sifatini oshirishga yo`naltirilgan loyihalar, tadbir va dasturlarni shakllantirish va barqaror moliyalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 martdagi “ O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolbo`yi mintaqasini rivojlantirish jamg’ armasi faoliyatini tashkil etish to`g’ risida” gi 159-sonli qarori bilan Orolbo`yi mintaqasini rivojlantirish jamg’ armasi tashkil etildi va unga 200 milliard so`mdan ortiq mablag’ yo`naltirildi. Ana shu mablag’ lar hisobidan Qoraqalpog’ iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisining suv ta’ minoti, turmush sharoiti yaxshilanmoqda. 2019 yili Nukusda “ Orol bo`yi - ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi” mavzusidagi xalqaro anjuman o`tkazildi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling