Tarix va falsafa


BARQAROR IQTISODIY O`SISH


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

BARQAROR IQTISODIY O`SISH- makroiqtisodiy barqarorlik tushunchasi bilan chambarchas 
bog’liq bo`lib, ma’lum bir tizimning tashqi ta’sirlar ostida joriy holatini saqlagan xolda iqtisodiy 
o`sishga erishish tushuniladi. 
BANDLIK - mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy foydali meyehnat bilan mashg’ ul bo`lishi; 
fuqarolarning shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog’ liq va qonunga zid kelmaydigan, 
mehnat daromadi beradigan faoliyati. 
BIRJA - qimmatbaho qog’ ozlar, valyuta, tovar, ish kuchi va xomashyo sotiladigan va xarid 
qilinadigan muassasa. 
BOZOR SEGMENTI - bozorning ma’ lum qismini tashkil etadi va bozordagi iste’ mol maqsadi 
bir bo`lgan xaridorlarning xatti-harakatini tavsiflaydi. Xaridorning daromadi, turar joyi, oilaviy, milliy 
urf-odatlari, jinsi, yoshi va boshqa xususiyatlariga qarab bozor segmentlashtiriladi. 
VALYUTA - ma’ lum bir davlatning qonun bilan o`rnatilgan pul vositasi (milliy valyuta), bir 
yoki bir necha yetakchi mamlakatlarning valyutasi ko`rinishidagi jahon rezerv pullari, Xalqaro valyuta 
fondi va YYevropa valyuta tizimi a’ zolari tomonidan ko`p tomonlama hisob-kitoblarda 
foydalaniladigan xalqaro valyuta birliklari. 
GLOBAL MOLIYAVIY-IQTISODIY INQIROZ - jahonning deyarli barcha mamlakatlarida 
moliyaviy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mutanosiblik va nisbatlarning keskin izdan chiqishi 
natijasidagi beqarorlik va chuqur tanglik holatlarining vujudga kelishi. 


147 
MA‘RIFAT - ma’ naviy kamolot yo`li, insonning ko`ngil ko`zgusini sayqallash jarayoni, ya’ ni 
har bir insonning butun ongli hayoti davomida o`zligini anglash, o`zining Borliq haqiqatiga nisbatini 
aniqlash va o`z ruhini Borliq haqiqati bilan uyg’ unlashtirib borish yo`lidagi harakati. 
MILLATNING MA’ NAVIY KAMOLOTI - uning butun tarixi davomida yuz beradi, u 
ba’ zan shiddat bilan yuksalib borsa, ba’ zan ma’ lum darajada tanazzulga yuz tutishi, unda ba’ zan 
asrlar kunlarga, va aksincha, kunlar asrlarga teng bo`lishi mumkin. Ma’ naviy takomil jarayonining 
o`ziga xosligi shundaki, agar tarix hodisalari, shaxslar, voqyealar o`tkinchi bo`lsa, moddiy madaniyat 
unsurlari vaqt o`tishi bilan yemirilsa, ma’ naviyat esa yuksalib, boyib, tobora kengroq ko`lam va 
www.ziyouz.com kutubxonasi 33 teranroq mazmun kasb etib boraveradi. Millatning aksariyati 
ma’ naviy tanazzulga yuz tutgan fojeiy sharoitlarda ham milliy ma’ naviyat yo`qolmaydi, ko`lam va 
mazmunda o`zi yetishgan kamolot bosqichini yo`qotmaydi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling