Tarix va falsafa


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

MILLIY MA‘NAVIYAT - har bir millatga qaysidir bir tarzda aloqador hisoblanuvchi o`tmish, 
bugun va kelajakdagi barcha shaxslar ma’ naviyati majmuini muayyan bir tizim sifatida anglanishi. 
Milliy ma’ naviyatimiz ham tarixiy hodisa, ham zamonaviy voqyelik bo`lib, millatning o`tmishi, 
buguni, hamda kelajagini o`zida mujassam etadi. U millatimizning ma’ naviy takomil jarayoni bilan 
bog’ liq va nafaqat ajdodlarimiz yaratgan ma’ naviy merosda, balki bugungi kun va kelajak 
avlodlarning hayotga munosabatida, orzu istaklarida o`z aksini topgandir. Uning teranligi va ko`lami 
ajdodlarimizning ming yillar davomida to`plagan yaxlit tarixiy-ma’ naviy tajribasi bilan belgilanadi, 
shu bilan birga xalq donishmandligining turli suratlarda zuhur etishi ham u haqdagi nazariy 
xulosalarning manbai bo`lib xizmat qiladi. 
INNOVATSIYA- ( ingl.-kiritilgan yangilik, ixtiro) ilg’ or texnologiya, boshqarish va boshqa 
sohalardagi yangiliklar va ularning turli sohalarida qo`llanishi
INTEGRATSIYA-(lot.-tiklash, to`ldirish) Fanlarning yaqinlashishi va o`zaro bog’ lanish 
jarayoni
BAKALAVR-(lot. Baccalaureus) Oliy ta’ lim dasturining birinchi bosqichini tugallagan 
talabalarning ilmiy darajasi
MAGISTR -( lot.-boshliq, ustoz) ayrim mamlakatlarda bakalavr va fan doktori o`rtasidagi ilmiy 
daraja
KONSEPSIYA --(lot.-conceptio-majmua,tizim) – biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi.
STRATEGIYA - uzoqqa boruvchi ta’ sir vositalari va uslublari ; maqsadni istiqbolli dinamik 
aniqlab olish 
BIZNES YURITISH REYTINGI (Doing Business) kichik va o`rta biznes yuritish osonligi 
darajasini ifodalaydi. Hozirgi paytda bunda jami 11 indikator baholanadi: yangi ishni tashkil qilish, 
qurilishga oid ruxsatnomalar olish, elektroenergiyaga ulanish, mol -mulkni ro`yxatdan o`tkazish, 
kredit olish, minoritar investorlarni himoyalash, soliqlarni to`lash, transchegaraviy savdo
shartnomalarga rioya qilish mexanizmlari, bankrotlik, shuningdek mehnat bozorini tartibga solish 
osonligi. Doing Business — mamlakatlar investisiyaviy iqlim holatini tavsiflovchi eng ommaviy 
reytinglardan biri. 2019 yilda O`zbekistonga 76 -o`rin berilgan edi. 2012 yilga taqqoslaganda 
O`zbekiston 78 pozisiyaga ko`tarildi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling