Tarix va falsafa


 – mavzu. O`zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o`rni va nufuzining


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/82
Sana18.11.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1784922
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   82
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi UMK 2023 yil 1.09-compressed

13 – mavzu. O`zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o`rni va nufuzining 
ortib borishi 
 
Reja: 
1. Jahon mamlakatlarining reyting va indekslarini aniqlovchi xalqaro tashkilotlar faoliyati. 
2. O`zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o`rnini yaxshilash hamda davlat 
organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish 
borasidagi davlat siyosativanormativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi. 
3. O`zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo`lgan xalqaro reyting va indekslar bo`yicha 
samaradorlikning eng muhim ko`rsatkichlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora-
tadbirlar. 
Aholi turmush darajasini oshirish, davlat organlarining xalq manfaatlari uchun xizmat qilishida 
davlat siyosatidagi ustuvorligini ta’ minlash hamda mamlakatga kirib kelayotgan investisiyalar oqimini 
jadallashtirish va investor mulkini davlat tomonidan himoya qilish kabi mamlakatda turli sohalarda 
amalga oshirilayotgan tub o`zgarishlarni dunyo hamjamiyatiga namoyon etish maqsadida turli sohalar 


128 
bo`yicha xalqaro tashkilotlar tomonidan tuziladigan xalqaro reyting va indekslar muhim ahamiyat kasb 
etadi. Ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori baholangan har qanday xalqaro reytinglar samarasi sifatida 
ishbilarmonlardan tortib dunyo aholisi barcha qatlamining e’ tibori shu mamlakatga qaratiladi: 
investision muhit, turizm, xizmat ko`rsatish sohasi rivojlanadi, buning natijasida aholining turmush 
darajasi va farovonligi yaxshilanadi. Xalqaro reyting va indekslarni faoliyat yo`nalishiga qarab ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy-huquqiy sohalarga ajratish mumkin. Bunda iqtisodiyot, ishbilarmonlik, byudjet, 
sanoat, investisiya va barqaror rivojlanish maqsadlarini ijtimoiy-iqtisodiy sohaga, huquq, korrupsiya, 
demokratiya hamda boshqaruv sifatini siyosiy-huquqiy sohalarga kiritish maqsadga muvofiqdir. 
Insoniyat taraqqiyoti, barcha sohalarda kechayotgan globallashuv jarayonlar, sifat va tarkibiy 
o`zgarishlar xalqaro hamkorlik va aloqalarni yangi bosqichga ko`tarish barobarida har bir mustaqil 
mamlakatning ushbu holatlarga yangicha qarashga, ular bilan birga odim tashlash vazifasini ko`ndalang 
qo`ymoqda. Bu esa, eng avvalo, o`sha mamlakatning jahon miqyosidagi o`rni, xalqaro reyting va 
ko`rsatkichlarda tutgan mavqyei bilan belgilanadi.Xalqaro reyting va indekslar dunyodagi institusional 
muhitning sifatini baholashda iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida jahon hamjamiyati 
tomonidan qabul qilingan vositadir.
Bugunga kelib jahonda reyting va indekslar nafaqat ekspertlar, balki davlatlar darajasida ham 
islohotlar va iqtisodiy siyosatning muvaffaqiyati mezonlari sifatida qo`llanila boshlandi. BMTning 
Inson kamoloti indeksi (Human Development Index), Jahon iqtisodiy forumining Global 
raqobatbardoshlik indeksi (Global Competitiveness Index), Jahon bankining biznes yuritish reytingi 
(Doing Business) va shu singari boshqa qator omillar bo`yicha natijalar davlatlarda, shu jumladan 
O`zbekistonda turli darajadagi dasturlar ishlab chiqilishida maqsadli yo`nalish sifatida xizmat qilmoqda. 
Indeksni tuzuvchi xalqaro tashkilotlar tegishli davrlar bo`yicha davlat organlari tomonidan e’ lon 
qilingan ochiq ma’ lumotlar hamda turli xalqaro tashkilotlarning (World Economic Forum, World 
Bank, International Monetary Fund, UN, Transparency International va boshqalar) reyting hisobotlari 
natijalariga asoslanib, indikatorlar natijalarini hisoblaydi hamda o`zining rasmiy veb saytlarida e’ lon 
qilib boradi. Xalqaro reyting va indekslar har bir mamlakatning rivojlanish jarayonini o`zida namoyon 
etib, davlat boshqaruvi sifati, aholining turmush darajasi, inson huquqlari muhofazasi, tadbirkorlik 
faoliyati va xorijiy investorlar uchun qulay muhit, barqaror iqtisodiy o`sish va raqobatbardoshlik kabi 
muhim jihatlarning ko`zgusidir.Tashkilot tomonidan mamlakatda rasmiy so`rovnoma o`tkazish uchun 
hamkor, ya’ ni nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari tanlab olinadi va so`rovnoma 
o`tkaziladi. Ikkinchi yilda so`rovnoma natijalaridan kelib chiqib, davlatning indeksdagi norasmiy o`rni 
belgilanadi hamda ularning mamlakat ko`rsatkichlarining haqiqiy tendensiyalari bilan qay darajada mos 
kelishi tekshirib ko`riladi. Tendensiyalar maxsus ekspertlar tomonidan 2 yil mobaynida muntazam 
kuzatilib boriladi va tahlil qilinadi.Hamjamiyatning asosiy talablaridan biri — tadqiqot o`tkazishdagi 
mahalliy hamkor sifatida mustaqil fuqarolik jamiyati institutlari (nodavlat notijorat tashkilotlar) bo`lishi 
zarurdir. So`ngi yillarda reyting indikatorlari natijalariga ko`ra kuchli o`nlikka Yangi Zelandiya, 
Singapur, Gonkong (Xitoy), Daniya, Koreya Respublikasi, AQSh, Gruziya, Buyuk Britaniya, Norvegiya 
va Shvesiya kirdi. Odatda reyting yetakchilari ro`yxatdan o`tkazish va mulkni topshirishda onlayn 
jarayonlarga, shuningdek, soliq deklarasiyalarini topshirish uchun elektron platformalarga ega bo`ladi. 
Prezident Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan uzoq istiqbolni ko`zlovchi pragmatik siyosat 
natijasida keyingi qisqa davr mobaynida mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro`-e’ tibori ancha 
mustahkamlandi. Dadil islohotlar, kreativ yondashuvlar, kutilmagan qarorlar va shiddatli odimlar tufayli 
O`zbekistonning tashqi siyosati jahon hamjamiyatining e’ tirofiga sazovor bo`ldi. Xorijiy davlatlar bilan 
o`zaro manfaatli aloqalarimiz keskin kengayib, yurtimizning dunyo miqyosidagi ijobiy imiji shakllandi. 
O`zbekistonning bosib o`tgan taraqqiyot yo`lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori 
kon’ yunkturasi keskin o`zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani 
davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’ atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv 
hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro`yobga chiqarishni taqozo etmoqda.Ayniqsa, jahon miqyosidagi 
xalqaro ijtimoiy-iqtisodiy reytinglar orasida, birinchi navbatda, Jahon bankining “ Biznes yuritish”
(“ Doing Business” ) reytingi biz uchun alohida ahamiyatga ega. Ma’ lumki, mazkur reyting hisoboti 
Jahon bankining har yili o`tkazadigan tadqiqotlari natijasi hisoblanib, unga ko`ra, 190 mamlakatda
10 ko`rsatkich bo`yicha biznes yuritish qulayligi baholanadi. Hisobot kichik va o`rta biznesning hayotiy 
faoliyati davomida uni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni baholashga, amaliyotda qo`llash 


129 
tartibiga yo`naltirilgan. Ushbu hisobot Jahon banki tomonidan 2003 yildan buyon tayyorlanib kelinadi 
va har yili kuzda e’ lon qilinadi. 
So`ngi 5 yil mobaynida “ Biznes yuritish” reytingida O`zbekiston jahonning 190 mamlakati 
orasida 2012 yildagi 166-o`rindan 2019 yilda 69-o`ringa ko`tarilib, biznes yuritish uchun eng qulay 
ishbilarmonlik muhitini yaratish ko`rsatkichi bo`yicha islohotchi mamlakatlarning birinchi o`ntaligidan 
joy olgani yurtimizda amalga oshirilayotgan mutlaqo yangi yo`nalishdagi dadil va izchil islohotlar 
samarasidir. 
Bu borada Harakatlar strategiyasiga muvofiq davlatimiz rahbarining 2019 yilning fevral oyidagi 
“ Jahon banki va Xalqaro moliya korporasiyasining “ Biznes yuritish“ yillik hisobotida O`zbekiston 
Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g’ risida“ gi qarori muhim 
omil bo`ldi. Qarorga muvofiq, O`zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash bo`yicha 
“ Yo`l xaritasi“ hamda 2022 yilga kelib respublikaning kuchli yigirmalikdan o`rin egallashini nazarda 
tutuvchi “ Biznes yuritishni yaxshilash – 2022“ maqsadli ko`rsatkichlari tasdiqlandi. 
Shundan kelib chiqib, O`zbekiston 2022 yilga qadar Jahon banki va Xalqaro moliya 
korporasiyasining “ Biznes yuritish“ hisobotidagi jahon mamlakatlarining birinchi yigirmataligi 
darajasiga mos keladigan eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga intildi. Bu maqsad Prezidentimizning 
2018 yil 13 iyuldagi “ Jahon banki va Xalqaro moliya korporasiyasining “ Biznes yuritish“ yillik 
hisobotida O`zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to`g’ risida“ gi 
qarorida ham o`z ifodasini topdi. 
Mamlakatimizda tadbirkorlik va ishbilarmonlik harakatini keng quloch yoydirish, yurtimizning 
investisiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijlik investorlar uchun o`z yurtidagi mavjud sharoitlardan ham 
qulayroq imkoniyatlarni yaratib berish, ularning faoliyatida qonunning so`zsiz ustuvorligini ta’ minlash 
borasida juda katta ko`lamdagi chora-tadbirlar amaliyotga joriy etilmoqda. Bu sa’ y-harakatlardan 
maqsad, birinchi navbatda, iqtisodiyotimizni yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirish bo`lsa, 
O`zbekistonning jahon hamjamiyatidagi imijini yanada yuksaltirish, xalqaro maydondagi obro`-nufuzini 
baland ko`tarish ham pirovard vazifadir. 
Mamlakatning investisiyaviy jozibadorligi va xalqaro maydondagi imidjini ko`tarish, davlat 
organlari va tashkilotlarida xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashning yangi tizimini tadbiq qilish 
maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “ O`zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va 
indekslardagi o`rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning 
yangi mexanizmini joriy qilish to`g’ risida” gi 2020 yil 2 iyundagi farmoni qabul qilindi. 
Shuningdek, O`zbekiston Iqtisodiy xamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “ Mamlakatlarga xos 
xatarlarni tasniflash” tizimidagi 6-guruh mamlakatlari qatoridan 5-guruh mamlakatlari qatoriga chiqdi. 
Mamlakatimizda jahon mqiyosidagi biznes yuritishni halqaro reyting va indeksi KPI tizimini joriy 
etish maqsadida bir qancha ilg’ or qadamlar bilan islohotlar amalga oshirilmoqda. 
2020 yilda xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo`yicha respublika kengashi tashkil etildi. 
Kengashning asosiy vazifalari kuyidagilar etib belgilandi: 
Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish 
hamda ushbu yo`nalishlar bo`yicha to`siq bo`layotgan muammolarni bartaraf etish; 
Xalqaro reyting va indekslar da mamlakatning o`rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va 
boshqaruvi tizimini takomillashtirish, xorijiy tajribaga ega bo`lgan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi 
islohotlarni amalga oshirish bo`yicha tashabbuslarni ilgari surish; 
Davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy 
hujjatlar va ularning loyihalarini O`zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo`lgan halqaro reyting va 
indekslardagi mamlakatning o`rniga ta’ siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish. 
Kengashning asosiy vazifasi taqsimlangan O`zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo`lgan 
xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o`rnini yaxshilashga qaratilgan ta’ sirchan choralari shlab 
chiqilishi va amalgaoshirilishi hamda ushbu yo`nalishda tizimli xalqaro xamkorlik olib borilishi ustidan 
Kengash tomonidan nazorat qilishdan iborat. 
So`ngi yillarda mamlakatimizning Jahon banki, Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot 
dasturi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Jahon iqtisodiy forumi, Xalqaro byudjet 
hamkorligi, INSEAD xalqaro biznes-maktabi va Economist Intelligence Unit kabi xalqaro reyting 
agentliklari va tashkilotlari bilan rasmiy aloqalar yo`lga qo`yildi.O`tgan davr mobaynida xalqaro reyting 


130 
agentliklarining 2019-2020 yillarda chop etilgan hisobotlariga binoan respublikaning iqtisodiy 
reytinglardagi o`rni sezilarli darajada o`sdi. Xususan “ Fitch Ratings” va “ S&P Global Ratings”
xalqaro reyting agentliklarining bahosiga ko`ra 2019 yilda mamlakatning suveren kredit reytingi 
«BB– » barqaror darajada saqlanib qolmoqda. Jahon bankining «Biznes yuritish 2020» (Doing Business 
2020) yillik reytingida O`zbekiston 2019 yil yakunlari bo`yicha 100 baldan 69,9 ball to`plab, 190 
mamlakat orasida 69-o`rinni egalladi. O`tgan yilgi reytingga nisbatan mamlakat 76-o`rindan 7-o`ringa 
ko`tarildi. YYevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi boshqa to`rtta davlat, shu jumladan Tojikiston, 
Ozarbayjon, Qirg’ iziston va Kosovo bilan birgalikda O`zbekiston 2019 yilda ishbilarmonlik muhitini 
yaxshilashda eng katta yutuqlarga erishgan 20 mamlakat qatoridan o`rin egalladi. 
Jahon banki ekspertlarining fikriga ko`ra, O`zbekistonda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashdagi 
asosiy islohotlar quyidagilar: 
eng muhim korporativ qarorlarda aksiyadorlar huquqlari va rolini kengaytirish, mulkchilik 
va boshqaruv tuzilmalarini aniqlashtirish, shuningdek korporativ shaffoflikni oshirish orqali minoritar 
investorlar himoyasini kuchaytirish
ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlarini daromad solig’ i bilan birlashtirish orqali soliqqa 
tortishni soddalashtirish; 
xavfga 
asoslangan 
bojxona 
nazorati 
mexanizmini 
joriy 
etish 
orqali xalqaro 
savdoni soddalashtirish, shuningdek, import hujjatlariga talablarni yengillashtirish; 
ixtiyoriy mediasiya to`g’ risidagi qonunni qabul qilish orqali shartnomalar ijrosini soddalashtirish, 
shuningdek, taraflarni nizolarni mediasiya orqali hal qilishga undash uchun moliyaviy rag’ batlar 
yaratish. 
«Biznes yuritish» hisobotida 190 mamlakatdagi vaziyatni tahlil qilish asosida 10 ta sohadagi 
qonunchilikdagi o`zgarishlar qayd etilgan.Hisobot mamlakatda biznes yuritish qulayligini baholovchi 
quyidagi ko`rsatkichlarni tahlil qiladi: 1) korxonalar (biznes) tashkil etish, 2) qurilish uchun ruxsat olish, 
3) elektr ta’ minoti tizimiga ulanish, 4) mulkni ro`yxatga olish, 5) kredit olish, 6) minoritar investorlarni 
himoya qilish; 7) soliq solish, 8) xalqaro savdo, 9) shartnomalarning bajarilishi va 10) to`lovga qodir 
bo`lmaslik.
O`zbekiston «To`lovga layoqatsizlikni hal qilish» indikatoridan tashqari reytingning deyarli 
barcha ko`rsatkichlari bo`yicha ko`rsatkichlarni yaxshiladi: 
Korxonalarni ro`yxatdan o`tkazish — 96,2 ball, Q 0,2% (global reytingda 8-o`rin); 
Qurilish uchun ruxsatnomalarni olish — 61,7, Q 0,3% (132-chi); 
Elektr ta’ minoti tizimiga ulanish — 86,9, Q 0.9% (36-chi); 
Mulkni ro`yxatga olish — 67,9, Q 0,9% (72-chi); 
Kredit olish — 65, o`zgarishsiz (67-chi); 
Minoritar investorlarini himoya qilish — 70, Q 8% (37-chi); 
Soliqqa tortish — 77,5%, Q 0,6% (69-chi); 
Xalqaro savdo — 58,2, Q 8,4% (152-chi); 
Shartnomalarning bajarilishini ta’ minlash — 71,9, Q 3,7% (22-chi); 
To`lov qobiliyatsizligiga ruxsat berish — 43,5, -1,7% (100-chi). 
2019 yilning sentyabr oyida Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarining 2018 yil uchun 
e’ lon qilgan hisobotida O`zbekiston Respublikasi bir qator indikatorlardan yaxshilanganligini ma’ lum 
bo`ldi. Xususan, mamlakatimiz Meros jamg’ armasining “ Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52, Jahon 
bankining “ Logistika samaradorligi” indeksi 19 hamda “ Biznes yuritish” indeksida esa 18 
pog’ onaga ko`tarildi.«Korrupsiyani nazorat qilish» indeksida 1 pog’ onaga, «Hukumat samaradorligi» 
indeksida
3 pog’ onaga, «Normativ sifat» indeksida 7 pog’ onaga, «Qonun ustuvorligi» indeksida 4 pog’ onaga, 
«So`z erkinligi va hisobdorlik» indeksida 5 pog’ onaga ko`tarildi. 
Shu bilan birga asosan siyosiy-huquqiy reyting va indekslarda mamlakatimiz o`rinlari nisbatan 
quyi pog’ onalarda. Masalan, So`z erkinligi va hisobdorlik indeksida 191-o`rinda, Normativ sifat 
indeksida 184-o`rinda, Korrupsiyani nazorat qilish indeksida 183-o`rinda, Qonun ustuvorligi indeksida 
182-o`rinda, Jahon matbuot erkinligi indeksida mamlakatimiz 156-o`rinda turibdi.
BMT tomonidan ishlab chiqilgan, inson salohiyatining asosiy xususiyatlari sifatida turmush 
darajasini, savodxonlikni, ta’ limni va uzoq umr ko`rishni o`zaro taqqoslash va baholashni o`z ichiga 


131 
oluvchi Inson kamoloti indeksida O`zbekiston o`tgan yili 189 davlat orasida 105-o`ringa munosib 
topilgan. Vaholanki, bu hisobotda Rossiya Federasiyasi – 49, Qozog’ iston – 59-pog’ onada turibdi. 
Shunday ekan, mamlakatimizda iqtisodiy o`sishning ishonchli bazasini yaratish va aholi farovonligini 
oshirish biz uchun, hozirgi kundagi jahon iqtisodiyotidagi zamonaviy jarayonlar fonida, ayniqsa, 
dolzarb ahamiyatga ega. Binobarin, investisiyalar oqimini sezilarli darajada oshirish, institusional va 
ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasidagi muammolarni hal qilishning samarali usullaridan biri bu 
yurtimizning umume’ tirof etilgan xalqaro reytinglarda faol ishtirokini ta’ minlash va ushbu 
tadqiqotlarda muayyan natijalarni qo`lga kiritishdir. Bu, o`z navbatida, nafaqat O`zbekistonga bo`lgan 
ishonchning ortishiga, balki dolzarb masalalarni aniq belgilab olib, eng maqbul xalqaro amaliyotga 
asoslangan biznes va innovasion faoliyat sharoitlarini shakllantirish borasida ham muvaffaqiyat omili 
bo`ladi.Shuning uchun ham 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasida “ O`zbekiston Respublikasining xalqaro 
nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to`g’ risida jahon hamjamiyatiga 
xolis axborot yetkazish” nazarda tutilgan. 
Mamlakatimizda so`z erkinligi hamda ommaviy axborot vositalarining cheklov va to`siqlarsiz 
faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Ommaviy axborot vositalari uchun media 
bozorida teng sharoit yaratish va ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarni qo`llab-
quvvatlash maqsadida 2019 yilda Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi 
tashkil etildi. Ommaviy axborot vositalari, fikrlar xilma-xilligi va so`z erkinligini ta’ minlashning 
tashkiliy-huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda Ayniqsa, jurnalistning qonuniy professional faoliyatiga 
to`sqinlik qilishga oid huquqbuzarliklarga nisbatan javobgarlik kuchaytirildi. 
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohadagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida “ Korrupsiyaga 
qarshi kurashish to`g’ risida” gi qonun qabul qilindi. Bu boradagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi 
va amalga oshirilishini tashkil etish, turli organlar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, 
jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi 
kurashish milliy kengashi tashkil etildi. Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida 
davlat siyosatini yurituvchi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tuzildi. 
2018 yilda AQSh Davlat departamenti O`zbekistonni “ Diniy erkinlikni tizimli, davomiy va jiddiy 
ravishda buzishda ishtirok etuvchi mamlakatlar ro`yxatidan” chiqardi. Yoxud 2018 yil oxirida BMT 
Bosh assambleyasining yalpi sessiyasida «Ma’ rifat va diniy bag’ rikenglik» deb nomlangan maxsus 
rezolyusiyaning qabul qilinishi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan xalqaro tashabbusning dunyo 
hamjamiyati tomonidan qo`llab-quvvatlanganligining yaqqol isbotidir. 
Darhaqiqat, mamlakatimizda savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, ijtimoiy sohalarni rivojlantirish 
modellarini ishlab chiqish, dunyoning yetakchi xalqaro tahlil va ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish 
muassasalari bilan aloqalarni mustahkamlash orqali O`zbekistonning xalqaro maydondagi imijini 
yanada yuksaltirish dolzarb masaladir. Bu borada samarali va keng ko`lamli targ’ ibot-tashviqot 
ishlarini yo`lga qo`yish, milliy turistik brendni yaratish, xorijiy nodavlat tashkilotlar va ommaviy 
axborot vositalari bilan o`zaro manfaatli kelishuvlarga erishish, xalqaro tashkilotlar vakillarini 
yurtimizga taklif qilish va ularni yuz berayotgan o`zgarishlar bilan tanishtirish kabi jihatlar alohida o`rin 
tutadi. Zero, O`zbekistonni dunyoga ko`rsatish, xalqaro reytinglar va indekslardagi o`rnini yuksaltirish 
faqat va faqat xalqimiz farovonligi, mamlakatimizning barqaror taraqqiyoti hamda davlatimiz kuch-
qudratining mustahkamlanishiga xizmat qiladi. 


132 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling