Tarix va ijtimoiy fanlar


Fors – tojik tilida yaratilgan manbalar


Download 172.66 Kb.
bet8/11
Sana20.07.2020
Hajmi172.66 Kb.
#124338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MARKAZIY OSIYO QADIMGI YOZMA YODGORLIKLARI


2. Fors – tojik tilida yaratilgan manbalar:

Mulla Shodiy – hayoti va ilmiy – adabiy faoliyatiga oid ma’lumotlar juda kam. Mahmud sulton topshirig’I bilan “Fathnoma” dostonini 1502 yili yozib tamomlagan. “Fathnoma” tarixiy doston bo’lib 1451 yildan 1501 yilgacha Dashti Qipchoq, Mavorounnahr va Xorazmda sodir bo’lgan voqealar bayon qilingan. Asar hozirgacha biror tilga to’liq tarjima qilinmagan. “Fathnoma”ning beshta qo’lyozmasi bo’lib, ikkitasi Sankt–Peterburgda, ikkitasi Dushanbeda, bittasi Toshkentda saqlanadi. Asar XVI asrda ko’chirilgan va turli syujetdagi 9 ta ajoyib miniatyura bilan bezatilgan.

Kamoliddin Binoiy (1453–1512 yy.) – XV–XVI asr boshlarida o’tgan yashab o’tgan atoqli shoir va tarixshunos olim. U O’rta Osiyo, O’zbekiston va qozog’istonning XV asr so’ngi choragi va XVI asrning boshlaridagi ijtimoiy–siyosiy tarixini o’z ichiga olgan “Shayboniynoma” nomli asarini yozib qoldirgan. 1451–1505 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga asar 1505–1507 yillarda yozilgan. Asar muhim geografik hamda etnografik dalillarga nihoyatda boy. “Shayboniynoma”ning matni chop etilmagan. Sharqshunoslik institutida yettita qo’lyozma nusxasi bor. Bulardan biri Shayboniyxonning shaxsiy kotibi Muhammad Mo’min tomonidan, ayrim satrlari Shayboniyxonning o’z qo’li bilan ko’chirilgan. Asar Muhammad Yusuf Bayoniy tomonidan o’zbekchaga tarjima qilingan. Ayrim parchalari ruschada majmualarda e’lon qilingan.

Fazlulloh ibn Ro’zbehxon (XV asrning oxiri – XVI asrning birinchi choragi): 1457 yili Fors viloyati Xunji qishlog’ida tug’ilgan. Ilohiyot, fiqh, falsafa, tarix va Sharq adabiyotini keng va chuqur egallagan.

Yirik ilmiy asarlari: – “Halli tajarrid” (Abstraksiyaning hal etilishi), “Ta’liqot bar muxolot” (Aqlga sig’maydigan narsalarning izohi), “Badi uz–zamon fi qissayi Xayy ibn Yaqson” (Xayy ibn Yaqson qissasida zamon badiialari), “Tarixi olamaroyi Aminiy” (Aminiyning jahonga bezak bo’luvchi tarixi), “Ibtol nahj al – botil va axmol kashf al–otil” (Noto’g’ri yo’ldan voz kechish va bid’atni inkor etish), “Suluk al–muluk” (Podsholarning xulq–atvori haqida rislola), “Sharhi qasidayi burda al–Busuriy” (Al–Busuriyning Payg’ambarning jandasi risolasiga sharh), “Mehmonnomayi Buxoro”.

“Mehmonnomayi Buxoro” O’rta Osiyoning XV asrning ikkinchi yarmi – XVI asr boshlaridagi tarixini o’rganishdagi muhim manba hisoblanadi. Asar 1509 yilda yozib tugatilgan. Ushbu asar “Nasabnoma” asosida yozilgan. “Mehmonnomayi Buxoro” asarining ikkita qo’lyozma nusxasi bor. Bittasi O’zbekistonda, ikkinchisi Turkiyada saqlanadi. 1962 yili Eronlik sharqshunos Munichehr Cetude va ruschasi 1976 yili P.Jalilova tomonidan Moskvada chop etilgan.

Xondamr (1475 – 1535 yy.) – Movarounnahr, Turkiston, Yaqin va O’rta Sharq xalqlari tarixi va madaniyatiga oid o’nga yaqin asarlar yozib qoldirgan. “Xulosat ul–axbor” (Tarixlar xulosasi), “Humoyunnoma”, “Maosir ul–muluk” (Podshohlarning asrdoshlari), “Nomayi nomiy” (Atoqli maktublar), “Habib us–siyar” kabi asarlar shular jumlasidan.

“Habib us–siyar fi axbor afrod ul–bashar” – “inson xabarlari va fardlarida do’stning tarjimai holi” asari Xondamirning ilmiy merosida muhim o’rin tutadi. Ushbu asar umumiy tarix yo’nalishida yozilgan, muqaddima, xotima va uch jilddan iborat bo’lib 1529 yili yozib tugatilgan. Har bir jild to’rt qismga bo’linadi. Asar ijtimoiy – siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy masalalarni o’z ichiga olgan bo’lib, etnografik va geografik ma’lumotlarga ham boydir.

“Habib us–siyar”ning qo’lyozma nusxalari ko’p. Asarning matni Bombayda 1857 yili, Tehronda 1954 yili chop qilingan. Asarning ayrim parchalari rus, fransuz va ingliz tillarida turli to’plamlarda e’lon qilingan.

Mirzo Muhammad Haydar – XVI asrda yashab o’tgan yirik tarixchi olim. 1500 yilda Toshkentda tug’ilgan. 1551 yili halok bo’lgan. Mirzo Muhammad Haydardan bizgacha ikita yirik asar etib kelgan. Biri “Jahonnoma” ertak tarzda yozilgan. Uning qo’lyozma nusxasi Berlinda saqlanadi. Olimning ikkinchi yirik asari “Tarixi Rashidiy” bo’lib, 1544–1546 yillarda Kashmirda yozilgan. Asar ikki qismdan iborat. Uning ayrim qismlari uyg’ur, eski o’zbek va rus tillarida e’lon qilingan. Asarning qisqartirilgan inglizcha tarjimasi 1895 yili Londonda nashrdan chiqqan. To’la ruscha tarjimasi so’zboshi va zarur izohlar bilan 1996 yili Toshkentda chop etilgan. “Tarixi Rashidiy”ning qo’lyozmalari Sankt – Peterburg, Toshkent va ko’pgina chet davlatlarda saqlanmoqda.

Hasanbek Rumli (XVI asrda yashab o’tgan). Yirik Eron tarixchilaridab biri bo’lgan olim “Ahsan ut – tavorix” (Solnomalar sarasi) nomli 12 jilddan iborat umumiy tarix yo’nalishida asar yozib qoldirgan. Asar 1572 – 1577 yillari yozib tomomlangan. Lekin asarning faqat 11-12 jildi saqlanib qolgan. 12 jildi asl husxa sanaladi.

“Ahsan ut – tavorix”ning ayrim parchalari ruz, gruzin va nemis tillariga tarjima qilinib, to’plamlarda chop etilgan. Forscha matni inglizcha tarjimasi bilan birga 1931 va 1934 yillari Ch.N.Seddon tomonidan Baroda (Hindiston)da chop etilgan.



Hofiz Tanish Buxoriy (1549–1589 yy.) – XVI asrda yashab o’tgan yirik Buxorolik shoir va tarixchi olim. Olim “Sharafnomayi shohiy” (Podshohni sharaflovchi kitob) nomli asari bilan mashhur. Asar ko’pincha “Abdullanoma” bilan ham mashhur. Asar muallif rejasiga ko’ra muqaddima, ikki qism va xotimadan iborat bo’lishi kerak edi. Lekin xotima qismi muallif vafoti tufayli yozilmay qolgan. Birinchi va ikkinchi qism qo’shib yozilgan. XVI asrning 30-60 yillari orasidagi voqealar saroydagi kundalik daftar, og’zaki axborot asosida, 70-80 yillaridagi voqealar shaxsan o’zi qatnashib to’plagan daliliy ma’lumotlar asosida yozilgan. Asar murakkab badiiy uslubda yozilgan. Unda she’riy parchalar, “Qur’on” oyatlari va hadislardan parchalar ham ko’p.

Mazkur asarning qo’lyozma nusxalari ko’p, matni nashr qilinmagan. Ba’zi parchalari rus tilida turli ilmiy majmualarda e’lon qilingan. Asar 1942-1952 yillari sharqshunos olim S.Mirzayev va oxirgi qismi Y.Hakimjonov tomonidan XX asrning 60-yillari o’zbek tiliga tarjima qilinib, 1-2 jildlari zarur tuzatishlar, tadqiqot va izohlar bilan 1966 va 1969 yillari chop etilgan. Ruscha hashri M.Salohiddinova tomonidan nashrga tayyorlangan. Asar 1995-1997 yillari qayta ishlanib, yangi nashri tayyorlangan va 1999 yili ikki kitob qilib chop etilgan.



Abulfazl Allomiy (1551–1602 yy) – XVI asrda yashagan yirik tarixshunos olim va davlat arbobi. Alloma Hindiston va Afg’onistonning XVI asrdagi ijtimoiy–siyosiy tarixi haqida “Akbarnoma” nomli asar yozib qoldirgan. Asar uch kitobdan iborat. “Akbarnoma”ning uchinchi kitobi “Oyini Akbariy” (Akbar podshohning qonunlari) nomi bilan ataladi. Asarning matni 1872-1877 yillari, ingliz tiliga qilingan tarjimasi 1903-1921 yillari Kalkuttada chop etilgan.

“Akbarnoma” Boburiylar davlati va Buxoro xonligi o’rtasidagi siyosiy va madaniy munosabatlarni o’rganishda muhim manba hisoblandi.



Muhammad ibn Arab Kattagon (XVI asrning ikkinchi yarmi–XVII asr boshida yashab o’tgan) – “Musaxxir al–bilod” (Mamlakatlarni bo’ysindiruvchi) nomli asar 1610 yil atrofida yozilgan bo’lib, muqaddima va ikki bobdan iborat.

“Musaxxir al–bilod” kam o’rganilgan, nusxalari kam. Uning ikkita qo’lyozma nusxasi ma’lum, biri Toshkentda, ikkinchisi Sankt–Peterburgda saqlanmoqda, lekin ularning har ikkalasi ham to’liq emas.



Amir Ahmad Roziy XVI asrda yashab o’tgan – Eronlik mashhur adabiyotshunos olim. U “Haft iqlim” (Yetti iqlim) nomli geografik – biografik asar muallifi. Asar 1594 yili yozib tamomlangan. VII asrdan XVI asr oxirigacha yetti iqlim mamlakatlarida istiqomat qilgan 1560 nafar shayx, olim, yozuvchi, shoir va davlat arboblari haqida qisqacha qimmatli ma’lumotlar asarda yoritilgan.

“Haft iqlim”ning qo’lyozma nusxalari ko’pgina davlatlarda mavjud, lekin hali asar to’liq nashr qilinmagan.



Iskandarbek Munshiy (XVI asr) – Eronlik tarixchi “Tarixi olamoroyi Abbosiy” (Shoh Abbosning olamni bezovchi tarixi) nomli asar yozib qoldirgan. Asar muqaddima, xotima va uch jilddan iborat.

“Tarixi olamoroyi Abbosiy”ning ayrim parchalari ruschada nashr qilingan. 1896 va 1956 yillari Tehronda chop etilgan.

Shayboniylar sulolasi hukmronligining ijtimoiy–siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotini o’rganishda eski o’zbek tilida, fors – tojik tilida yaratilgan tarixiy asarlar shu bilan birgalikda biografik, memuar, geografik asarlarning ham o’ziga o’rni bor. Ushbi yozma manbalar orqali XVI asrning ijtimoiy – siyosiy tarixiga oid ma’lumotlarga ega bo’lish mumkin.
Nazorat savollari:

1. XVI asrlarda Markaziy Osiyodagi ijtimoiy – siyosiy jarayonlar qanday kechgan?

2. XVI asrlarga oid yozma manbalarda Markaziy Osiyo tarixi qanday tillarda yoritilgan?

3. Shayboniylar sulolasi davrida eski o’zbek tilida yaratilgan qanday asarlarda Markaziy Osiyo tarixi yoritib berilgan?

4. Shayboniylar sulolasi davrida yaratilgan fors–tojik tilidagi asarlar Markaziy Osiyo tarixida qanday o’rin tutadi?

5. Qanday biografik va memuar asarlarda Markaziy Osiyo tarixi yoritib berilgan?


Foydalaniladigan adabiyotlar:

1. Ahmedov B. O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari (qadimgi va o’rta asrlar) – Т., 1992.

2. O’zbekiston Milliy Enseklopediyasi 1 – 12 jildlari.

3. Rajabov Q va boshqalar. O’zbekiston tarixining muhim sanalari. – T., 2014.



4. Bo’riyev O. Temuriylar davri yozma manbalarda Markaziy Osiyo. – T., 1997.


3. Seminar mashg’ulotlari mavzulari, maqsadi mazmuni

va ularga ajratilgan soat.



Mashg’ulotlar mavzulari

Ajratil-gan soat

1

2

3

1-semestr

1


Markaziy Osiyoning ilk yozma yodgorliklaridan biri “Avesto” da tarixiy ma’lumotlar tahlili

6

2

Markaziy Osiyo hududlarida piktografik belgilar.

4

3

Oromiy yozuv yodgorliklarida Markaziy Osiyoning tarixiy jarayonlar talqini tahlili

4

4

Ahmoniylar davri yozma yodgorliklarida Markaziy Osiyo tarixining aks ettirilishi va uning tahlili

4

5

Markaziy Osiyo tarixining qadimgi va antik davr yunon yozma yodgorliklarida talqini tahlili

4

6

Qadimgi Xitoy yozma yodgorliklarida Markaziy Osiyo tarixining aks ettirilishi

4

7

Sug’d yozma yodgorliklari

6

8

Qadimgi turkiy yozma yodgorliklarida tarixiy jaranlar talqini tahlili

4

9

Ilk o‘rta asrlar arab yozma yodgorliklarida Markaziy Osiyo tarixining aks ettirilishi

4




JAMI

40 soat

2-semestr

10

Markaziy Osiyoning IX-XII asrlar turkiy yozma yodgorliklari va tarixiy asarlari

4

11

Markaziy Osiyoning XIII-XV asr yozma yodgorliklari

8

12

Markaziy Osiyoning XVI-XIX asr yozma yodgorliklari

8




JAMI

20 soat




JAMI

60 soat


ORALIQ NAZORAT SAVOLLARI
1. Tarixshunoslikning turli davrlardagi rivojlanishi;

2. O‘rta Osiyoning qadimgi tarixiga oid arxeologik tadqiqotlar.

3. O‘rta Osiyoning qadimgi davr tarixini o‘rganishga doir qadimgi bitiklar, ularning tarixi

4. O‘rta Osiyo tarixi tarixshunosligi masalalari: “Avesto”ning o‘rganilishi

5. Qadimgi yunon yozma manbalaridagi ma'lumotlar: Gerodot “Tarix” asari, Aleksandr Makedonskiy yurishlari; Klavdiy Ptolemey “Georafiyadan qo‘llanma” asari

6. Qadimgi Yunon manbalari bo‘yicha tadqiqotlar

7. O‘rta Osiyoning ilk o‘rta asrlar tarixi tarixshunosligi.

8. So’g‘d manbalarining o‘rganilishiga doir ilmiy izlanishlar

9. Turk xoqonligi tarixiga oid muhim tadqiqotlar.

10. G‘arbiy turk xoqonligi tarixi tarixshunosligi.

11. Turkiy bitiklar ma'lumotlari, ularning tarixi va o‘rganilishi, boshqa yozma materiallar.

12. O‘rta Osiyoning arablar yurishlari davriga oid manbalar va ulardagi ma'lumotlar tahlili (“Tarix Tabariy”; “Zayn ul-axbor”;”Tarixi Buxoro”).

13. O‘rta Osiyoning Arab xalifaligi davridagi tarixiga oid manbalar va tadqiqotlar.

14. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy va uning ilmiy merosi;

15. “Kitob surat al-arz” ning fanda o‘rganilishi.

16. Ahmad al-Farg‘oniyning ilmiy merosi.

17. O‘rta Osiyoning X –X11 asrlar tarixi tarixshunosligi.

18. Somoniylar davlati tarixi (manbalar va tadqiqotlar).

19. Xorazm va Ma'mun akademiyasi;

20. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi.

21. Beruniy ilmiy merosining fanda o‘rganilishi.

22. Beruniyning “O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar” asari va undagi tarixiy materiallar.

23. O‘rta Osiyoning mo‘g‘ullar istilosi davri tarixiga oid forsiy va arab tillarda yozilgan manbalar.

24. Atomalik Juvayniy va uning “Tarixi jahonkusho” asari.

25. Rashidaddin Fazlulloh “Jome at-tavorix”asari. Ibn al-Asir “Komil fi-t-tarix” asari.

26. Nasaviy “Siyrati Jaloliddin”asari. Xorazmshohlar davlati;

27. Mo‘g‘ullarning O‘rta Osiyoni bosib olishi;

28. Jaloliddin Manguberdi. Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni.

29. Mo’g’ullar bosqini davriga oid asosiy manbalar va tadqiqotlar.

30. O‘rta Osiyoning XIV asr ikkinchi yarmi – XV asr tarixi tarixshunosligining asosiy yo‘nalishlari.

31. Amir Temur saltanati. Nizomiddin Shomiy “Zafarnoma”.

32. Sharafuddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” Mirzo Shohrux hukmronligi.

33. Abdurazzoq Samarqandiy. Matlai sa'dayn”.

34. Ulug‘bekning Samarqanddagi ilmiy maktabi yozma merosi.

35. “Ziji jadidi Kuragoniy”.

36. “To‘rt ulus tarixi”

37. Temuriylar davrida yozilgan tarixiy asarlar.

38. Memuar asarlar va sayohatnomalar.

39. Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”.

40. Mirza Muhammad Haydar “Tarixi Rashidiy”.

41. O‘rta Osiyoning XV1–X1X asrlar tarixshunosligining asosiy yo‘nalishlari: Shayboniylar, Ashtarxoniylar, Buxoro, Xiva va Qo‘qon xonliklari davrlarida yozilgan tarixiy asarlar.

42. Muhammad Solih “Shayboniynoma”.

43. Ruzbexon Isfahoniy “Mehmonnomayi Buxoro.

44. Hofiz Tanish Buxoriy “Sharafnomayi shohiy” (“Abdullanoma”).

45. Mahmud ibn Vali. “Bahr ul– asror”.

46. Abulg‘ozixon “Shajarayi turk”.

47. Xo’ja Samandar Termiziy “Dastur al –muluk”.

48. Muhammad Yusuf “Tarixi Muqimxoniy.

49. Mir Muhammad Amin Buxoriy “Ubaydullonoma”.

50. Abdurahmon Davlat (Tole) “Tarixi Abulfayzxoniy”.

51. Muhammad Vafo Karminagiy “Tuhfayi xoniy”.

52. Munis va Ogahiy “Firdavs ul–iqbol”.

53. Hakimxon–To’ra “Muntaxab ut–tavorix”.

54. Niyozmuhammad. “Tarixi Shohruxiy”.


YAKUNIY NAZORAT ISHLARI MAVZULARI
1. Diodorning “Tarixiy kutubxona” asari

2. Rim tarixchisi Pompey Trog asarlari

3.”Buyuk Iskandar tarixi” asarining tahlili

4. “Kitobi Mullozoda” asari

5.”Zayn ul-axbor” kitobi

6.”Muntaxab at-tavorix” asari

7. Qur’on va qur’onshunoslik

8. Islomshunoslik

9. Amir Temur saltanati tarixshunosligi

10. Mustaqillik yillarida Amir Temur saltanati tarixshunosligi

11. Mulla Shodiyning “Fathnoma” asari

12. Kamoliddin Binoiyning “Shayboniynoma” asari

13. Muhammad Solihning “Shayboniynoma”asari

14. Abdulloh Nasrullohiyning “Zubat ul-osor” asari

15. VI-VIII asrlar tarixiy manbalari

16. Qadimgi turkiy bitiklar

17. Yenisey bitiglari

18. Temuriylar davri tarixshunosligi

19. O‘rta Osiyodagi etnik holatni o‘rganish (qadimgi davr)

20. O‘rta Osiyodagi etnik holatni o‘rganish (o‘rta asrlar)

21. O‘rta Osiyodagi etnik holatni o‘rganish (16-19 asrlar)

22. Alisher Navoiy ijodida tarixiy mavzudagi asarlar

23. O‘rta Osiyo tarixi qadimgi davriga oid eron manbalari

24. O‘rta Osiyoning Qadimgi yunon va rim manbalarida yoritilishi

25. Tarixiy manbalarning guruhlari

26. “Avesto”ning o‘rganilishi


SEMINAR MASHG’ULOTI MAVZULARI

1. O‘rta Osiyoning qadimgi davr tarixiga tadqiqotlar

2. Sug‘d manbalari o‘rganilishi

3. Turkiy bitiklarga oid tadqiqotlar

4. Turkiy bitiklarga oid tadqiqotlar

5. O‘rta Osiyoning 9-10 asrlar tarixining o‘rganilishi

6. O‘rta Osiyoning 9-10 asrlar tarixiga oid arab tilidagi manbalar

7. Somoniylar davlati tarixi tarixshunosligi

8. O‘rta Osiyoning 9-13 asrlar tarixiga oid manbalar tahlili

9. Xorazmshohlar davlati tarixi tarixshunosligi (10- 13 asrlar)

10. O‘rta Osiyoning mo‘g‘ullar istilosi davri tarixi tarixshunosligi

11. Chig‘atoy ulusi tarixi tarixshunosligi

12. O‘rta Osiyoning 14-15 asrlar tarixiga oid manbalar

13. Temuriylar saltanati tarixini o‘rganish

14. O‘rta Osiyoning 16-19 asrlar tarixiga oid manbalar

15. Shayboniylar davlati tarixiga oid yirik tadqiqotlar

16. Ashtarxoniylar tarixiga oid dissertatsiyalar

17. Xiva xonligi tarixiga oid yirik nashrlar

18. Buxoro xonligi tarixiga oid dissertatsiyalar

19. Qo‘qon xonligi tarixiga oid muhim tadqiqotlar

20. O‘rta Osiyo tarixiga oid rus tilidagi manbalar

21. O‘rta Osiyo tarixiga oid xorijiy manbalar

22. O‘rta Osiyo tarixiga oid rus tilidagi muhim tadqiqotlar

23. O‘rta Osiyo tarixiga oid yirik xorijiy tadqiqotlar



MUSTAQIL ISH MAVZULARI

1. O‘rta Osiyoning qadimgi tarixi manbalari va tarixshunoslik

2. Qadimgi bitiklar ma'lumotlari

3. Aleksandr Makedonskiy yurishlari bo‘yicha yozma ma'lumotlar

4. O‘rta Osiyoning o‘rta asrlar tarixi va tarixshunoslik

5. Turkiy bitiklar ma'lumotlari

6. Turkiy bitiklarning tarixi va o‘rganilishi

7. O‘rta Osiyoning Arab xalifaligi davridagi tarixiga oid manbalar

8. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy va uning ilmiy merosi

9. Ahmad al-Farg‘oniyning ilmiy merosi.

10. O‘rta Osiyoning X –X11 asrlar tarixiga oid manbalar va tadqiqotlar.

11. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi.

12. Beruniyning“O‘tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar” asaridagi tarixiy materiallar.

13. O‘rta Osiyoning mo‘g‘ullar istilosi davri tarixiga manbalar.

14. Atomalik Juvayniy va uning “Tarixi jahonkusho” asari.

15. Mo‘g‘ullarning O‘rta Osiyoni bosib olishining manbalarda yoritilishi; Jaloliddin Manguberdi haqida yozma ma'lumotlar.

16. Amir Temur saltanati tarixshunosligi.

17. Sharafuddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarining o‘rganilishi

18. Abdurazzoq Samarqandiy Matlai sa'dayn”.

19. Ulug‘bekning Samarqanddagi ilmiy maktabi.

20. Memuar asarlar va sayohatnomalar.

21. O‘rta Osiyoning XV1–X1X asrlar tarixiga oid tarixiy manbalar va ularning o‘rganilishi

22. O‘rta Osiyo tarixiga oid mahalliy tadqiqotlar tarixshunosligi

23. O‘rta Osiyo tarixiga oid rus tilidagi tadqiqotlar

24. O‘rta Osiyo tarixiga oid xorijiy tadqiqotlar
MARKAZIY OSIYONING QADIMGI YOZMA YODGORLIKLARI”

FANIDAN KALIT SO‘ZLAR VA IBORALAR (GLOSSARIY)

Tarixshunoslik, manba, ashyoviy manbalar, ma’naviy manbalar, yozma manbalar, qadimgi davr, arxeologik topilmalar, arxeologik materiallar, arxeologik tadqiqotlar, qadimiy tangalar, tosh bitiklar, piktografik belgilar, arxeogafiya, qadimgi bitiklar, xitoy manbalari, xitoy solnomalari, ilk o‘rta asrlar, materiallar, yozma materiallar, tadqiqotlar, ilmiy meros, arab tilida yozilgan manbalar, forsiy manbalar, turkiy tildagi manbalar, tarixiy asarlar, tarixshunoslikning asosiy yo‘nalishlari, O‘rta Osiyo, adabiyotlar, o‘zbek tilidagi tadqiqotlar, rus tilidagi tadqiqotlar, xorijiy tadqiqotlar, toshbosma nashrlar, qadimgi mualliflar, o‘rta asrlar mualliflari, Sharq manbalari, mustamlaka davri manbalari, “Avesto”, qadimgi yunon – rim manbalari, “Behustin” bitiklari, “Qudatg’i bilig”, “Hindiston”, “Devoni lug’at at - turk”, “Hibat ul – havoyiq”, “Zafarnoma”, “Shohnoma”.



Тавсия этилган адабиётлар рўйхати
Асосий адабиётлар:

1. Аҳмедов Б. Историко-географическая литература Средней Азии XVI-XVIII вв. Письменные памятники. – Т., 1985.

2. Ahmedov B. O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari (qadimgi va o’rta asrlar) – Т., 1992.

3. Qayumov A., Ishoqov M., Otaxo’jaev A., Sodiqov Q. Qadimgi yozma yodgorliklar O‘quv qo‘llanma. - T.: “Yozuvchi”, 2000.

4. Ahmеdov B. Tarixdan saboqlar. O‘quv qo‘llanma. - T., “O‘qituvchi”, 1994

5. Asqarov A. O‘zbеk xalqining etnogеnizi va etnik tarixi. O‘quv qo‘llanma. - T., “Univеrsitеt”, 2007



Qo‘shimcha adabiyotlar:

1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. –T.: “Ma'naviyat”, 2008.

2. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.: “O‘zbekiston”. 2011.

3. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. –T., 2015.

4. Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -T. “O’zbekiston”, 2017.

5. Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. -T. “O’zbekiston”, 2016.

6. Mirziyoyev Sh. M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. -T. “O’zbekiston”, 2017.

7. Mirziyoyev Sh. M.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. -T. “O’zbekiston”, 2017.

8. Jabborov I. Antik madaniyat va ma’naviyat xazinasi. –T., 1999.

9. Древные цивилизации. - M., 1989.

10. Maxmudov Q. Qadimgi Turkiston. –T., 2011.

11. Is’hoqov M. Sug‘d yozuvining shakllanishi va taraqqiyoti. –T., 1989.

12. Is’hoqov M. Unitilgan podsholikdan xatlar. –T., 1992.

13. Qadimgi O‘zbеkistonda buddaviylik va buddaviy mеros. –T., 2011.

14. Sagdullaеv A.Qadimgi O‘rta Osiyo tarixi. -T., 2004.

15. Egambеrdiеva N. Arxеologiya. –T., 2011

16. Homidov H. “Shohnoma”ning shuhrati. –T., 1991.

17. Firdavsiy. Shohnoma. –T., 1991.

18. Материалы по истории средней и центральной Азии X-XIX вв. Отв.ред. Б.А.Ахмедов. –Т., 1988.

19. Руи Гонсалес де Клавихо. Дневник путешествия в Самарканд ко двору Тимура (1403-1406 гг.). Пер. со староисп., предисл. и коментар. И.С.Мироковой – М., 1990.

20. Bo’riyev O. Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo. T., O’zbekiston. 1997.

21. O’rinboyev A., Bo’riyev O. G’iyosiddin Naqqoshning Xitoy safarnomasi. T., 1991.



22. Durbin J. Worlds Together, Worlds Apart.A History of the World from the Beginnings of Humankind to the Present. W. W. Norton & Company, Inc, New York, 2011.
Download 172.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling