Tarix va ijtimoiy fanlar


Download 172.66 Kb.
bet6/11
Sana20.07.2020
Hajmi172.66 Kb.
#124338
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MARKAZIY OSIYO QADIMGI YOZMA YODGORLIKLARI


Nazorat savollari:

1. Markaziy Osiyo tarixiga oid qanday arab yozuvi yodgorliklari o’rganilib chiqilgan?

2. Arab tilida yaratilgan manbalarda Markaziy Osiyo tarixi qanday darajada aks ettirilgan?

3. Arab tilidagi manbalarni o’rganishning ilmiy va amaliy ahamiyati nimada?

4. IX–XII asrlarda yashab o’tgan Markaziy Osiyolik allomalarning qanday ilmiy merosi bizgacha etib kelgan?

5. “Devoni lug’at at – turk” asari kim tomonidan yaratilgan va ushbu asarda nimalar ko’rsatib o’tilgan?

6. “Devoni lug’at at – turk” asari O’zbekiston tarixida qanday o’rin tutadi va qanday ilmiy ahamiyatga ega?
Foydalaniladigan adabiyotlar:

1. Ahmedov B. O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari (qadimgi va o’rta asrlar) – Т., 1992.

2. Sagdullayev A. Qadimgi O’zbekiston ilk yozma manbalarda. – T., 1996.

3. Qayumov A., Ishoqov M., Otaxo’jaev A., Sodiqov Q. Qadimgi yozma yodgorliklar O‘quv qo‘llanma. - T.: “Yozuvchi”, 2000.

4. Xo’jayev A., Xo’jayev K. Qadimgi manbalarda xalqimiz o’tmishi. – T., 2001.

5. O’zbekiston Milliy Enseklopediyasi 1 – 12 jildlari.

6. Choriyev Z., Shaydullayev Sh.O’zbekiston hududida yozuvning paydo bo’lishi va taraqqiyoti. – T., 2007.

7. Rahmonov N., Matboboyev B. O’zbekistonning ko’hna turkiy – run yozuvlari. – T., 2006.

8. Is’hoqov M. Sug‘diyona tarixi chorrahasida, T., 1990.

9. Is’hoqov M. Unutilgan podsholikdan xatlar, T., 1992.

10. Согдийские документы с горы Муг, вып. 1–3, М., 1962-63.

11. Qoshg’oriy M. “Devoni lug’at at – turk”.

12. Beruniy “qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”
10 – Mavzu: Markaziy Osiyoning IX-XII asrlar turkiy yozma yodgorliklari
REJA:

1. IX – XII asrlarda Markaziy Osiyodagi ijtimoiy – siyosiy jarayonlar

2. IX – XII asrlarga oid turkiy yozma manbalar

3. IX–XII asrlarga oid turkiy yozma manbalarda Markaziy Osiyo tarixining yoritilishi

4. IX – XII asrlarga oid turkiy yozma manbalar yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va ularning ahamiyati

5. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari va uning Markaziy Osiyo tarixida tutgan o’rni

6. Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul havoiq” asari va uning tarixiy ahamiyati
Tayanch tushunchalar:

Arab xalifaligi, noiblik, Movoraunnahr, Xuroson, Somoniylar, Tohiriylar, Safforiylar, Qoraxoniylar, Qoraxitoylar, G’aznaviylar, Saljuqiylar, siyosiy barqarorlik, madaniy yuksalish, yozma manbalar, ilmiy – adabiy muhit, ilm – fan rivoji, “Qutadg’u bilig”, “Hibat ul havoyiq”, qoshg’ar tili, o’zbek adabiyati durdonasi, adab muallimi.

IX – X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda somoniylar sulolasi hukmronlik qilgan.

Somonxudotlar al-Ma’munning Marvdagi saroyida xizmatda bo’lgan va Rofi ibn Lays qo’zg’olonini bostirishda faol qatnashgan. Buning evaziga al-Ma’mun ularni bir nechta viloyatlarga amir etib tayinlaydi (819-820 y.). Ular dastlab Xuroson amirlari bo‘lgan tohiriylarga tobe bo‘lgan va harbiy kuch to‘plab, Arab xalifaligining sharqiy chegaralarini qo‘riqlab turishgan, shuningdek, shimoldagi turklarga qarshi bir necha bor yurishlar qilishgan. Nuh ibn Asad Samarkand va Sug‘dning katta qismini, shuningdek, Farg‘ona va boshqa bir qancha shaharlarni o‘z hokimiyati ostida birlashtiradi. Tohiriylar hokimiyati tugatilgandan keyin (873 y.) Buxoroda bir muddat siyosiy beqarorlik va tartibsizliklar yuz berdi. Nasr ibn Ahmad mahalliy dehqonlar taklifiga binoan, Buxoroga ukasi Ismoil ibn Ahmadni hokim qilib yuboradi. Shunday qilib, Buxoro ham Somoniylar qo‘liga o‘tib, ularning qudrati yana ham ortdi. Nasr davrida Somoniylar turklarning Shovg‘ar shahriga yurish qiladilar. Deyarli butun O‘rta Osiyo yerlari ularning hokimiyati ostida birlashgandan keyin oila boshlig‘i Nasr xalifa al-Mu’tamiddan Movarounnahrni boshqarishga maxsus yorliq oldi (875 y.). Ko‘p o‘tmay Ismoil akasi Nasrga bo‘ysunishdan bosh tortib, unga qarshi qo‘shin tortadi. Aka-uka qo‘shinlari orasida bo‘lib o‘tgan jangda (888 y.) Nasr mag‘lubiyatga uchraydi va natijada Ismoil ibn Ahmad butun hokimiyatni o‘z qo‘liga oladi. U Taroz shahriga yurish qilib, uni bosib oladi (893 y.) va natijada boy Shalji kumush konlariga egalik qiladi. O‘sha yilning o‘zida Ahmad Ustrushonadagi afshinlar sulolasining oxirgi vakillarini yo‘q qiladi va viloyatni butkul o‘zining hokimiyatiga bo‘ysundiradi. Somoniyning kuchayib borayotganidan xavfsiragan arab xalifasi Ismoilni hokimiyatdan chetlatib, o‘rniga Xuroson amiri Amr ibn Lays Safforiyni tayinlaydi (898 y.). Amr qo‘shin b-n Movarounnahrga yo‘l olganda, Ismoil unga qarshi chiqib, bir necha jangdan keyin uni mag‘lubiyatga uchratadi (900 y.) va natijada safforiylarga qarashli bo‘lgan Xurosonni ham o‘z yerlariga qo‘shib oladi. Shunday qilib, Ismoil ibn Ahmad hukmronligi davrida Talas vodiysidan Xurosongacha bo‘lgan yerlarni o‘z hrki-miyati ostida birlashtirdi. Ismoil ibn Ahmad vafotidan keyin (907 y.) hokimiyat uning avlodlari qo‘liga o‘tdi. Abdulmalik ibn Mansur (999-1000-y.)dan keyin mamlakatdagi hokimiyat qoraxoniylar sulolasining qo‘liga o‘tadi.

Somoniylar sulolasining hokimiyatdagi vakillari amir deb atalgan bo‘lib, ularga dargoh (saroy axli) va devonlar (harbiy boshqarmalar) bo‘ysungan. Somoniylarda vazir devonidan tashqari 10 devon bo‘lib, ular uchun Buxorodagi Registon maydonida maxsus katta bino qurilgan edi. Somoniylarning boshqaruv tizimi, asosan, mahalliy dehqonlar, aslzodalar va din arboblaridan tashkil topgan bo‘lib, har bir amaldor arab va fors tillarini mukammal bilishi, shuningdek, diniy va dunyoviy fanlardan xabardor bo‘lishi shart edi.

X asr boshida Somoniylar hukmronligi ostidagi mulklar quyidagi viloyatlardan tashkil topgan: Buxoro, Samarqand, Ustrushona, Farg‘ona, Shosh, Isfijob, Xorazm, Kesh, Nasaf, Chag‘oniyon, Xuttalon, Badaxshon, Balx, Toxariston, Marv, Hirot, Nishopur. Viloyatlarda boshqaruv hokimlar qo‘lida bo‘lib, ular amir tomonidan tayinlangan. Bu mansabga ko‘pincha mahalliy yer egalari va viloyat hokimlari xonadoni vakillari tayinlanar edi. Somoniylarning saroy ma’muriyati ichidagi amaldorlarning bir qismini forslar, qolgan qismini mahalliy turkiylar tashkil etgan.

Hokimiyat Somoniylar qo‘lidan ketib, qoraxoniylar qo‘liga o‘tadi. Bug‘roxon 992 y.da Isfijobdan yurish qilib, Samarqand va Buxoroni egallaydi.

Somoniylar boshqaruv tizimining tashkil topishi siyosiy barqarorlik va iqtisodiy ko‘tarilish, madaniy hayotning ravnaqiga imkon berdi. Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv va Nishopur kabi shaharlar ilmiy va madaniy markaz sifatida taraqqiy qila boshlaydi. Forsiy-dariyda nazm, nasr va ilmiy asarlar yozila boshlandi. 9-10-asrlarda, ayniqsa, Buxoro shahri madaniy jihatdan yuksaladi. Poytaxtda amir saroyida turli sohalarga oid qo‘lyozma kitoblar saqlanadigan kattagina kutubxona barpo etiladi.

Movarounnahrda me'morlik va san'at yangi taraqqiyot bosqichiga o‘tdi. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O‘zgan va Marv kabi shaharlarda ko‘plab saroy, masjid, madrasa, minora, xonaqoh, maqbara, tim va karvonsaroylar qurildi.

QUTADG‘U BILIG” (“Saodatga yo‘llovchi bilim”) – Yusuf Xos Hojib asari, turkiy adabiyotning nodir namunasi, 1069–70-yillarda yaratilgan. Muallifning asar mukaddimasida xabar berishicha, bu kitob o‘z davridayoq keng tarqalib, mashhur bo‘lgan. Chin (Shimoliy xitoy)liklar uni “Adab ul-muluk” (“Hukmdorlar odobi”), Mochin (Janubiy xitoy)liklar “Oyin ul-mamlakat” (“Hukmdorlik qonun-qoidalari”), Sharqiy xitoyliklar “Ziynat ul-umaro” (“Hukmdorlar ziynati”), eronliklar “Shohnomai turkey” (“Turkiy «Shoxnoma”), ba'zilar “Pandnomai muluk” (“Hukmdorlar pandnomasi”), turonliklar esa “Qutadg‘u bilig” deb ataganlar.

“Qutadg’u bilig” dostonini yaratar ekan, muallif o‘z oldiga qoraxoniylar davlati hokimiyatini mustahkamlash, Tavg‘achxon b-n Eloqxonlar o‘rtasidagi ixtiloflarni bartaraf etish, hukmron doiralarning turli ijtimoiy tabaqalarga munosabatini belgilash, ma'rifat va obodonchilik uchun kurash, yaxshi xulq-odobni targ‘ib qilish kabi maqsadlarni qo‘ygan. Bu bilan Yusuf Xos Hojib o‘z davrining yirik ma'rifatparvari va donishmandi sifatida gavdalanadi.

“Qutadg’u bilig” markaziga 4 masala qo‘yilib, ular 4 obraz vositasida ochib berilgan: birinchisi – adolat bo‘lib, u podshoh Kuntug‘di timsolida, ikkinchisi – davlat bo‘lib, vazir Oyto‘ldi, uchinchisi – aql bo‘lib, vazirning o‘g‘li O‘gdilmish, to‘rtinchisi – qanoat bo‘lib, uning qarindoshi O‘zg‘urmish qiyofasida tasvirlanadi. Shunga muvofiq ravishda qo‘yilgan masalalar voqyealar rivoji, qahramonlarning o‘zaro suhbati, bahs-munozarasi, savol-javoblari, pand-nasihatlari vositasida hal qilinadi. Muallif bahsli masalalar yuzasidan ham axloq-odob, ilm, insoniylik va adolat doirasida fikr yuritadi hamda podshoh va amaldorlardan tortib dehqonu hunarmandgacha – jamiyatdagi barcha toifalarning huquq va burchlari haqida o‘z muloqazalarini bildiradi. Borliq haqidagi bilimlarga to‘xtalgan Yusuf Xos Hojib odam bilishi mumkin bo‘lmagan narsa, bilim b-n yechilmaydigan jumboq yo‘q, bilim tufayli osmon sari ham yo‘l ochiladi, deydi; bilish uchun esa tinmasdan o‘rganish lozim, deb uqtiradi.

“Qutadg’u bilig” qoraxoniylar hokimiyatining o‘ziga xos nazmiy nizomnomasi bo‘lib, bu ramziy-timsoliy asar yurt egalari bo‘lmish hukmdorlar va katta-kichik amaldorlarga atab yozilgan va asarda ularga mamlakatni adolat b-n boshqarish, tinchlikni saqlash, raiyatga zulm qilmaslik, bil'aks, xalqning og‘irini yengil qilish, turmushini farovon aylash, jamiyatning ma'naviy-axloqiy negizlarini mustahkamlash, ilm-ma'rifatga keng e'tibor berish, iste'dod sohiblarini qo‘llab-quvvatlash, huquq, burch, adolat bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berilgan. Hukmdorlar adabnomasi – “Qutadg’u bilig” qoraxoniylar sulolasi misolida turkiy davlatchilik asoslari yangi bosqichga ko‘tarilgan davrda zamon kun tartibiga qo‘ygan siyosiy-ijtimoiy masalalarni hal qilishda asosiy dastur bo‘lgan. Shoirning u yoki bu masala bo‘yicha pand-nasihatlari xuddi hikmatday jaranglaydi, xalq maqollariga o‘xshab ketadi – ularning badiiy yuksakligi va ma'rifiy ahamiyati ham shuvda.

Asar muallifining so‘nggi tahriridan o‘tgan va Tavg‘ach Bug‘roxonga taqdim etilgan nusxasi nasriy (38 misra) va she'riy (77 bayt) muqaddima, kirish boblar (390 bayt), asosiy qism (68 bob, 5896 bayt), xotima (2 qasida va masnaviy bob)dan iborat. Jami 6520 bayt.

“Qutadg’u bilig”ning 3 qo‘lyozma nusxasi fanga ma'lum: ulardan biri uyg‘ur yozuvida ko‘chirilgan bo‘lib (1439, Hirot), Vena Saroy kutubxonasida saqlanadi; arab yozuvida ko‘chirilgan 2 nusxadan biri Qohirada (1896 y. shu yerda topilgan), ikkinchisi (1913 y. Namangandan topilgan va 1925 y. Fitrat tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan) Toshkentda, O‘zFA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Asarning ilk nashri H.Vamberi tomonidan amalga oshirilgan (1870). Shundan keyin bu asar V.Radlov (1890; 1910), S.Ye.Malov (1929; 1951), R.R.Arat (1942; 1943; 1947; 1959), Q.Karimov (1971), B.To‘xliev (1989), uyg‘ur olimlari (1984) tomonidan nashr etildi. Asar ingliz, nemis, fransuz, rus, chex, turk, uyg‘ur, xitoy va boshqa tillarga tarjima qilingan. Uni J.Amade, A.Fit­rat, R.Arat, ye.E.Bertels, H.Vamberi, V.Radlov, S.Malov, A.N. Kono­nov, S.N.Ivanov, D.Nasilov, A.Valitova, G‘.Abdurahmonov, Q.Karimov, B.To‘xliev, Q.Sodiqov va boshqa chet el va o‘zbek olimlari o‘rganganlar.

Hibat ul-haqoyiq” Ahmad Yugnakiy tomonidan qoshg‘ariy tilda she’riy yo‘l bilann yozilgan. Qutadg‘u bilig”dan 1-2 asr keyin yaratilgan bu asar o‘zbek mumtoz adabiyotining noyob durdonasi hisoblanadi.

Shoir “Hibat ul-haqoyiq”ni tugatib, uni hukmdori Dod Sipohsolorbekka taqdim etadi. Mashhur sharqshunos olim Ye.E.Bertels bu asar qadimiy o‘zbek adabiy tilidan mumtoz o‘zbek adabiy tiliga o‘tyshda bir ko‘prik bo‘lganini aytadi. Asar tilida qadimiy turkiy so‘zlardan ko‘ra, arab va fors so‘zlarining ko‘p qo‘llangani shundan dalolat beradi. Yugnakiy bu asari bilan o’zbek adabiy tili va adabiyoti rivojiga katta hissa qo‘shgan.

“Hibat ul-haqoyiq” 14 bob, 512 misradan iborat. Dostonning 1-bobi Allohga hamd, 2-bobi Muhammad (s.a.v) na’ti va choryoryaar ta'rifiga, 3-bobi Dod Sipohsolorbek madhiga bag‘ishlangan. 4-bobda kitobning yozilish sabablari bayon qilingan. Dastlabki 4 muqaddima bobdan so‘ng asosiy qismga o‘tiladi. 5-bob – ma'rifatning foydasiyu jaholatning zarari, 6-bob – til odobi, 7-bob – dunyoning o‘tkinchiligi, 8-bob – saxiylik va baxillik, 9 va 10-boblar turli masalalarga bag‘ishlangan bo‘lib, 11-bob – kitobning xotimasi (asarning 1480 y. Istanbulda Abdurazzoq Baxshi tomonidan ko‘chirilgan nusxasida 11 bob mavjud – 3 bob yo tushib qolgan, yo boshqalariga qo‘shilib ketgan).

Yugnakiy o‘zini shoir emas, balki adab muallimi, deb hisoblagan. O‘ziga xos ahloq kitobi bo‘lgan bu asarga Qur’oni karim va Hadisi sharif ma’nolari singdirilgan. U islom dini axloqini tashviq qilish, komil insonni tarbiyalab yetishtirish maqsadi bilan yozilgan.

“Hibat ul-haqoyiq” ilk bor uyg‘ur yozuvida bitilgan. Uning nusxalari ko‘p bo‘lib, ularda asar hajmi turli­cha. Hozircha ma’lum qo‘lyozmalardan 3 tasi (biri uyg‘ur yozuvi, ikkinchisi arab va uyg‘ur yozuvi, uchinchisi esa arab yozuvi bilann bitilgan) to‘liq, qolganlari parchalardan iborat. 1444 yili Samarqandda Zaynulobidin baxshi, 1480 yili Istanbulda Abdurazzoq baxshi va Turkiyaning To‘pqopi kutubxonasidagi noma’lum kotib tomonidan ko‘chirilgan qo‘lyozmalar e’tiborli nusxalar hisoblanadi. Asarni 1-marta turk olimi Najib Osimbek topib nashr ettirgan (qisqartirilgan nashri – 1906, to‘liq nashrlari – 1916, 1925). Keyin 1951 va 1992 yillarda uni P.P.Arat so‘zboshi, izohlar va 6 ta nusxasining faksimilesi va Turkiyada 16-asrda ko‘chirilgan arab yozuvidagi nusxasining tarjimasi bilan nashr ettirgan. O‘zbekistonda asardan parchalar Fitrat, Oybek, P.Shamsiev, S.Mutallibovlar tomo­nidan o’zbek adabiyoti namunalaridan tuzilgan majmualarda e’lon qilingan. So‘ng u Q.Mahmudov tomonidan alohida kitob holida e’lon qilindi (1968, 1971). O‘tgan asr oxirlarida uyg‘ur olimlari H.Temur va T.Ayyub, qozoq olimlari E.Kurishjonov va B.Sog‘indiqovlar uni asl matni, tarjima va fotonusxalari bilan nashr ettirganlar. Shuningdek, Ye.E.Bertels, Fitrat, Fuod Ko‘prulu, T.Takin, E.Rustamov, N.Mallaev, A.Qayumov, A.Hayitmetov, A.Rustamov, M.Imomnazarov, B.To‘xliev, N.Rahmonov, I.Haqqulov, G.Xo‘janova va boshqalar Yugnakiy va “Hibat ul-haqoyiq” haqida u yoki bu darajada tadqiqot ishlarini olib borganlar.
Nazorat savollari

1. IX – XII asrlarda Markaziy Osiyodagi ijtimoiy – siyosiy jarayonlar qanday bo’lgan?

2. IX – XII asrlarga oid qanday turkiy yozma manbalar yaratilgan?

3. IX–XII asrlarga oid turkiy yozma manbalarda Markaziy Osiyo tarixi qay darajada yoritilgan?

4. IX–XII asrlarga oid turkiy yozma manbalar yuzasidan qanday ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan?

5. IX–XII asrlarga oid turkiy yozma manbalar yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning ilmiy ahamiyati qanday?

6. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari Markaziy Osiyo tarixida qanday o’rin tutadi?

7. Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul havoyiq” asari qachon yaratilgan?

8. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” va Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul havoyiq” asarlarining tarixiy ahamiyati nimada?
Foydalaniladigan adabiyotlar:

1. Ahmedov B. O’zbekiston xalqlari tarixi manbalari (qadimgi va o’rta asrlar) – Т., 1992.

2. Qayumov A., Ishoqov M., Otaxo’jaev A., Sodiqov Q. Qadimgi yozma yodgorliklar O‘quv qo‘llanma. - T.: “Yozuvchi”, 2000.

3. Xo’jayev A., Xo’jayev K. Qadimgi manbalarda xalqimiz o’tmishi. – T., 2001.

4. O’zbekiston Milliy Enseklopediyasi 1 – 12 jildlari.

5. Choriyev Z., Shaydullayev Sh.O’zbekiston hududida yozuvning paydo bo’lishi va taraqqiyoti. – T., 2007.

6. Rahmonov N., Matboboyev B. O’zbekistonning ko’hna turkiy – run yozuvlari. – T., 2006.

7. Abdurauf Fitrat. “Hibat ul-haqoyiq”. Tanlangan asarlar. 3 jildlik, 2-j., – T., 2000;

8. Mahmudov Q. Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asari haqida. – T., 1972;

9. Xo‘janova G. “Hibat ul-haqoyiq” haqiqatlari. – T., 2001.

10. Rajabov Q va boshqalar. O’zbekiston tarixining muhim sanalari. – T., 2014.
11–Mavzu: Markaziy Osiyoning XIII-XV asrlar yozma yodgorliklari (Mo’g’ullar davriga oid yozma yodgorliklar: S.Avfiy va Muhammad al – Juvayniy)
REJA:

1. XIII asrlarda Markaziy Osiyodagi ijtimoiy – siyosiy jarayonlar

2. XIII asrga oid yozma manbalar

3. XIII asrlarga oid yozma manbalarda Markaziy Osiyo tarixining yoritilishi

4. S.Avfiy asarlarida Markaziy Osiyo tarixining yoritilishi

5. Muhammad al – Juvayniy va Juvayniy asarlarining Markaziy Osiyo tarixida tutgan o’rni


Tayanch tushunchalar:

Mo’g’ullar istilosi, noiblik, Movoraunnahr, Xuroson, yozma manbalar, ilmiy – adabiy muhit, arabiynavis, forsiynavis, “lulob al–albob”, “Javomi ul–hikoyat va lavomi ar–rivoyat”, “Kitob al– faxriy”, “Tarixi jahonkushoy”, “Javome ul – ulum”, tarixnavislik .

XI asrda mo'g'ul qabilalari hayotida hali urug'-aymoqchilik munosabatlari nihoyatda kuchli edi. Bu davrda mo'g'ul urug' va qabilalari o'rtasida o'zaro kurash avj olib bormoqda edi. Mo'g'ul urug' boshliqlari orasidagi ichki kurashlarda Temuchin (1155-1227y.y.) g'olib chiqadi. 1206-yilda Onon daryosi bo'yida chaqirilgan mo'g'ul urug' va qabila boshliqlarining qurultoyida Temuchin ulug' xon (qoon) deb e'lon qilindi, unga "Chingiz" laqabi beriladi va Mo'g'ullar davlatiga asos solinadi. Chingizxon ko'p sonli yaxshi qurollangan, intizomli va uyushgan qo'shin tuzadi. Endi u istilochilik urushlari olib borishga kirishadi.

1206-yilda dastlab naymanlar bo'ysundirildi. 1207-1208-yillarda Enasoy havzasi, so'ngra Yettisuv viloyatining shimoliy qismi zabt etildi va uyg'urlar taslim bo'ldi. 1211-1215-yillarda Chingizxon bir necha bor Xitoyga hujum qilib, Shimoliy Xitoyning markazi Szindi shahrini ishg'ol qilib, Szin sulolasini taxtdan qulatdi. Shimoliy Xitoy yerlari Mo'g'uliston davlatiga qo'shib .olindi. Chingizxon Xitoydan ko'p o'ljalar, cho'rilar bilan harbiy qurol yasaydigan va ularni ishlata biladigan mohir hunarmandlarni ham Mo'g'ulistonga olib ketadi. Chingizxon 1218-1219-yillarda Sharqiy Turkiston va Yettisuv viloyatlarini deyarli talafotsiz qo'lga kiritib, bu yerdagi Kuchluk davlatini tugatdi. Shunday qilib, Gobi sahrosining sharqiy chegarasidan to Tangritog' (Tyanshan) tizmasining g'arbiy etaklarigacha bo'lgan viloyatlar Mo'g'ullar davlati hukmronligi ostida birlashtirilgan edi. 1219-yilning kuzida Chingizxon Xorazmshohga qarshi yurish boshladi. Uning jami askari 200 mingga yaqin edi. Chingizxon qo’shini Sirdaryo bo'yida joylashgan O'tror shahri ustiga yurish qildi. Chingizxon bu shahar yaqinida Movarounnahrni qisqa muddat ichida zabt etish uchun butun harbiy kuchlarini to'rt qismga bo'ldi. Uning bir qismini o'g'illari Chig'atoy va O'qtoy boshchiligida O'trorni qamal qilib turish uchun qoldirdi. Ikkinchi qismga Jo'ji boshliq etilib, u Sirdaryo etagi tomon yuborildi. Unga Sig'noq, O'zgan, Jand, Yangikent shaharlarini bosib olishni buyurdi. Besh ming kishilik uchinchi qo'shin Oloqno'yon hamda Suketu Churbey qo'mondonligida Sirdaryoning o'rta sohili bo'ylab, uning yuqori oqimiga joylashgan Binokat va Xo'jand shaharlari tomon yuborildi. Chingizxonning o'zi asosiy kuchlari bilan Buxoroga tomon askar tortdi.

Mo'g'ullar istilosi oqibatida Movarounnahr va Xorazmning yashnab turgan obod dehqonchilik viloyatlari halokatga uchradi. Gavjum va ko'rkam shaharlar, ayniqsa Buxoro, Samarqand, Urganch, Marv, Banokat, Xo'jand va boshqalar xarobazorga aylantirildi. Marv vohasining sug'orish tarmoqlarining bosh to'g'oni - mashhur Sultonband buzib tashlandi.

Samarqandliklar o'z ona shaharlarini tark etib chiqib ketdilar. Marv aholisi esa suvsizlikdan qurib borayotgan qishloqlarni tashlab, o'zga yerlarga borib joylashdi. Urganch suvga bostirilib, batamom vayron etildi. Xorazm va Movarounnahrning ziroatchi aholisi sonining keskin kamayib ketishi oqibatida ekin maydonlari jiddiy qisqarib, dehqonchilik tanazzulga yuz o'girdiXIII asrning 20-yillarida Chig'atoy tasarrufiga berilgan Movarounnahr, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda Chig'atoy ulusi tashkil topdi. Chig'atoyxonning ulusni boshqaradigan o'rdasi Hi daryosi bo'yida edi. Viloyatlar va hunarmandchilik shaharlarini boshqarishda Chig'atoy o'ziga bo'ysundirilgan xalqlarning yuqori tabaqa vakillari xizmatidan foydalanadi.

XIII asr o'rtalarida Chig'atoy ulusining mo'g'ul amaldorlari doirasida o'troqlikka ko'chish, shahar hayotiga yaqinlashish, mahalliy o'troq aholining boy madaniyatidan foydalanish jarayoni kuchayadi. Mo'g'ulistonning ulug' xoqoni Munke soliq va hashar ishlarini tartibga solish to'g'risida maxsus farmon -yorliq chiqaradi.

XIV asrning birinchi yarmida Chig'atoy ulusida mo'g'ullarning o'troqlikka o'tish jarayoni kuchayib, ularning ijtimoiy hayotida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'la boshlaydi. Movarounnahrdek madaniy o'lka bilan mustahkam aloqa o'rnatishga va o'troq hayot kechirishga intilgan Chig'atoy xonlaridan biri Kebek (1318-1326 y.y.) edi. Mamlakat ijtimoiy hayotida sodir bo'lgan jiddiy o'zgarishlar, shubhasiz uning iqtisodiy jihatdan jonlanishiga turtki ham bo'ldi. Mo'g'ullar istilosi davrida xarob bo'lgan hunarmandchilik, savdo-sotiq va dehqonchilik asta-sekin tiklana boshlaydi. Hunarmandchilik va ichki-tashqi savdoning jonlanishi, shubhasiz, xarob bo'lgan shaharlarning qayta tiklanishiga sabab bo'ladi. Garchi hali ko'pgina shahar va viloyatlar xaroba va yarim xaroba holida yotgan bo'lsa-da, Urganch va Buxoro shaharlari qayta tiklanadi. Qadimgi Samarqand vayronalari yonginasida yangitdan shahar qad ko'taradi. Shaharlarda turli xil davlat, jamoat va ma'rifat binolari qad ko'taradi. Shahar bozorlari gavjumlashadi.

Fan, adabiyot, ma 'rifat va madaniyatning ayrim tarmoqlari ham tiklana boshlaydi. Xususan, shaharsozlik bilan bog'liq bo'lgan binokorlik va me'morchilik yo'lga qo'yiladi. Koshinpazlik, ganchkorlik, parchinsozlik, me 'moriy g 'isht o 'ymakorligi va me'moriy xattotlik asriy an'ana va tajribalar asosida tiklanib, hatto birmuncha taraqqiy ham qiladi. Binokor-me'morlar qo'li bilan qurilgan ko'rkam imorat-u inshootlar: masjid, madrasa, xonaqoh, maqbara, minora va saroylar qad ko'taradi. Ularning ayrimlari bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Buxoro shahridagi Sayfuddin Boxarziy, Bayonqulixon maqbaralari, Samarqanddagi mashhur Shohizinda me'moriy ansamblining asosiy qismi bo'lgan Qusam ibn Abbos maqbarasining ziyoratxonasi, Ko 'hna Urganchdagi balandligi 62 metrli ulug'vor minora, Najmiddin Kubro va To'rabekxonim maqbaralari shular jumlasidandir.

XIII asr o'rtalarida Buxoroda "Mas'udiya" va "Xoniya" nomlari bilan shuhrat topgan ikkita madrasa bino qilinadi, ularning har birida mingtagacha tolibi ilm ahli tahsil ko'radi.

XIII asrning ikkinchi yarmi va XIV asr boshlarida fors-tojik she'riyatining yirik namoyandalaridan Jaloliddin Rumiy, Sa'diy Sheroziy, Amir Xusrav Dehlaviy kabi buyuk siymolar yashab ijod etganlar.

Jaloliddin Rumiy (1207-1273) buyuk tasavvuf shoiri bo'lib, 36 ming baytdan iborat "Masnaviyi ma'naviy" nomli poemasini yaratdi. Bu asarda u tasavvuf falsafasining asoslarini talqin etadi.

Bu davrning mashhur mutafakkir adiblarining yana biri Sa'diy Sheroziy (1219-1293) dir. U o'zining "Guliston" "Bo'ston" nomli asarlaridagi sermazmun g'azallari bilan sharq adabiyotining taraqqiyotida o'chmas iz qoldirdi. U o'z asarlarida ona yerga bo'lgan muhabbat va insonparvarlik g'oyalarini mohirona bayon etadi.

O'z davrining buyuk adiblaridan Amir Xusrav Dehlaviy (1253-1325) Nizomiy Ganjaviydan so'ng "Xamsa" dostonini yozgan ham shoir, ham musiqashunos mutafakkirlardan edi. U "Zafarlar kaliti", "Falakning to'qqiz gumbazi" kabi asarlar muallifidir.

XIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab tarixnavislik ham taraqqiy qiladi. Bu davrda Juzjoniyning "Tabaqoti Nosiriy" ("Nosir turkumlari"), Juvayniyning "Tarixi jahonkushoy" ("Jahon fotihi tarixi"), Rashiduddin Fazlullohning "Jome at-tavorix" ("Tarixlar to'plami") kabi qimmatli tarixiy asarlari yoziladi. Bu asarlar o'sha davr tarixi, ayniqsa mo'g'ullar istibdodini o'rganishda birinchi darajali manba hisoblanadi.

Bu davrda turkiy tildagi adabiyot ham rivoj topa boshlaydi. Keyinchalik u "Chig'atoy till" va "Chig'atoy adabiyoti" nomini oladi.


Download 172.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling