Tarix va madaniy meros


Turkistonda Rossiya sanoat bazalarini qurilishi


Download 154.57 Kb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi154.57 Kb.
#1610512
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5217602163252926756

Turkistonda Rossiya sanoat bazalarini qurilishi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan O‘rta Osiyo hududlarida yashovchi xalqlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida keskin o‘zgarishlar yuz berdi. Shu bilan birga o‘lka iqtisodiyoti imperiya manfaatlariga to‘liq bo‘ysundirildi. 4Bu davrda o‘lkaga Rossiya kapitali, Yevropa mahsulotlari va yangi ishlab chiqarish texnologiyalarining kirib kelishi kengaydi. Ko‘plab bank va sanoat bo‘limlari ish boshladi. Bu o‘zgarishlar o‘lkada paxtachilik, konchilik, xomashyoga dastlabki ishlov berish, yog‘-moy sanoati kabi sohalarning rivojlanishiga ta'sir ko‘rsatdi. Iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar imperiyaning o‘lkadagi manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ya'ni bir tomonlama olib borildi. Ishlab chiqarish va savdo-sotiq Rossiya imperiyasi va u orqali boshqa davlatlar bilan aloqalarning kengayishi natijasida rivojlanib bordi. Ayniqsa, imperiya to‘qimachilik sanoatiuchun paxta yetishtirish ko‘paydi.Bu o‘lkada boshqa turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarining kamayishiga, ayniqsa, g‘allaning tanqisligiga sabab bo‘ldi. Bu davrda boshqa sohalarga qaraganda sanoatning paxta xomashyosiga dastlabki ishlov berishga mo‘ljallangan sohasi rivojlandi. Paxtani faqat tozalash va yog‘ ishlab chiqarish sohasigina yo‘lga qo‘- yilib, paxta xomashyosidan tayyor mahsulot tayyorlash imperiyaning markaziy gubernalarida bajarilgan. O‘lkadan olingan boshqa xomashyolar, jumladan, jun va teriga ishlov berish ham shunday tarzda bo‘lgan. 1867-1900-yillarda Turkiston general-gubernatorligida ishga tushirilgan 175 ta sanoat korxonasi bo‘lib, ularning aksariyat ishlari qo‘l mehnati bilan bajarilgan. Mahalliy sanoat ishchilari xonavayron bo‘lgan dehqonlar yoki ishsiz qolgan hunarmandlar hisobidan ortib borar edi. Korxonalarda ish kuni 16 soat bo‘lib, ishchilarning huquqini himoya qiladigan tashkilotlar bo‘lmagan, ishchilar shikoyat bilan hech kimga murojaat qila olmaganlar. Rossiya imperiyasining markaziy rayonlarida ishlab chiqarilgan sanoat va boshqa turdagi mahsulotlarning o‘lkaga kirib kelishi natijasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar - hunarmandlar mahsulotlarining bozori kasodga uchrab, ularning kamayishiga olib keldi. Rossiyadan keltirilgan arzon narxlardagi zavod va fabrika mahsulotlari mahalliy hunarmandlar tomonidan ishlab chiqiladigan mahsulotlar bozorini sindirdi. Buning natijasida o‘lkada ko‘plab odamlar, ayniqsa, hunarmandlar ishsiz qoldi. Rossiya sarmoyasi o‘lkada ishlab chiqarishni rivojlantirishga emas, balki mavjud tabiiy boyliklarni o‘zlashtirishga, arzon xomashyoga ega bo‘lishga, ularni tashib ketishga, o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni bu o‘lkada sotishga qaratildi. Shu maqsadda savdo-sotiq sohasini va temiryo‘llarni kengaytirishga katta e'tibor berildi. Podsho hukumati tomonidan o‘lkadan olinadigan foydalar bu hududni rivojlantirish uchun emas, balki imperiya xazinasini to‘ldirish, Rossiya savdogar va sarmoyadorlarini boyitishga xizmat qildi. Rossiya sarmoyasi o‘lkada ishlab chiqarishni rivojlantirishga emas, balki tabiiy boyliklarni o‘zlashtirish, o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish, xomashyoni tashib ketish va temiryo‘llarni qurishga xizmat qildi. Rossiya imperiyasining Turkiston borasidagi barcha rejalari paxtachilikni rivojlantirishga qaratilgan edi. O‘lkani Rossiya to‘qimachilik sanoati uchun asosiy xomashyo yetkazib beruvchi hududga aylantirish mo‘ljallangan edi. Chorvachilikda yaylovlar uchun foydalaniladigan yerlarning paxta maydonlariga aylantirilishi, chorvachilikning va chorva mahsulotlarining kamayishiga olib keldi. Bu hol, ayniqsa, Farg‘ona vodiysida yaqqol sezilib, bu yerga g‘alla va chorva mahsulotlari chetdan olib kelina boshlandi. G‘alla, chorva mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj ularning narxlarini keskin oshirib yubordi. Farg‘ona, Sirdaryo va Samarqand viloyatlari paxta yetishtiriladigan eng muhim markazlar bo‘lgan. 51884-yilda Turkistonda yangi paxta navi (Amerika navi) yetishtirila boshlandi. Bu nav mahalliy navlarga qaraganda ancha yuqori hosil berar edi. Podsho hukumati paxta maydonlarining kengayishi va hosilning yaxshi bo‘lishi O‘rta Osiyo mintaqasida suv bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun irrigatsiya tarmoqlarini kengaytirishga harakat qilgan. 1911-yilda Sirdaryo magistral kanalini bunyod etish ishlari boshlandi va 1913-yilga kelib tugallandi. Biroq Toshkent vohasi, Samarqand viloyati va Farg‘ona vodiysida sug‘orish sohasi bo‘yicha ishlarning ko‘pi bajarilmay qolib ketdi. Mustamlakachi hukumat uchun paxta o‘lkada neft va oltindan keyingi o‘rinda turuvchi yuqori daromadli sohaga aylandi. Bu paytda hunarmandchilik sohasida ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlaridan biri gilam va namat tayyorlash bo‘lgan. Buxoro gilamlariga chet ellarda ham talab katta bo‘lib, amirlik savdogarlari ularni ko‘p miqdorda xorijga, jumladan, Rossiyaga olib borib sotar edilar. Bundan tashqari O‘rta Sharq mamlakatlari, Turkiston bozorlarida ham Buxoro gilamlari xaridorgir edi. Ichki va tashqi bozorlarda Buxoro ip-gazlama matolari, ko‘nchilik, zardo‘zlik, kumush va oltin kandakorlik buyumlari, bo‘yoq va sovun mahsulotlari ham mashhur bo‘lgan. Buxoro ustalarining oltin va kumushdan yasagan buyumlari, ayniqsa, dong taratgan edi. Amirlikning deyarli barcha shaharlarida mohir zargarlar mehnat qiladigan ustaxonalar mavjud edi. Ular yasagan mahsulotning barchasi o‘ziga xos nozik naqshlar bilan bezatilardi. Buxoro kulolchilik buyumlari bozori ham chaqqon bo‘lib, kulollar butun amirlik shaharlarida keng tarqalgan edi. Buxoro amirligida azaldan rivojlanib kelgan o‘ziga xos ko‘rinishdagi hunarmandchilik mavjud bo‘lgan. Hunarmandlarning asosiy daromadlari behisob soliqlarni to‘lashga ketardi. Shu bois ular o‘z ustaxona va korxonalarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘larga ega emasdi. 6XIX asr oxiri - XX asr boshlarida uy hunarmandchilik ishlab chiqarishi hanuz saqlanib kelayotgan edi. Unda ip yigirish va to‘quvchilik, oyoq kiyimlar, gilamlar, kigizlar va hokazolar tayyorlanardi. Har bir dehqon xo‘jaligi yordamchi daromad manbayi bo‘lgan uy hunarmandchiligi bilan shug‘ullanar edi. Deyarli har bir qishloqda ko‘nchi, etikchi, bo‘zchi, bo‘yoqchi, juvozchi va boshqalar faoliyat ko‘rsatishgan. Hunarmandlar o‘z hamqishloqlaridan buyurtmalar olib ishlashar va tayyorlangan buyumlari uchun natura tarzida, mahsulot yoki pul bilan haq olishardi. Ulardan ba'zilari bevosita mahalliy bozorlardagi ustaxonalarda mehnat qilishardi. O‘rta Osiyoning Rossiya, qozoq juzlari, Kavkaz, Eron bilan savdo munosabatlaririvojlanishi ichkisavdo-sotiqni jonlantirdi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi tovar-pul munosabatlarining shitob bilan o‘sishiga imkoniyat yaratdi. Shaharlarning qishloqlarga nisbatan jadal rivojlanishi yangi shaharlarni vujudga keltirdi va eskilarining rivojlanish jarayonini tezlashtirdi. Bu mamlakat iqtisodiy hayotida shaharlarning ahamiyati ortishiga olib keldi. XX asr boshlariga kelib Xiva, Yangi Urganch, Qo‘ng‘irot, Toshhovuz, Gurlan singari shaharlar ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazlarga aylandi. Bog‘ot, Mo‘ynoq, Taxta singari yangi shaharlar vujudga keldi. Ushbu shaharlarda mahalliy va Rossiya qo‘shma korxonalarining idoralari, sanoat korxonalari joylashgan edi. Masalan, Yangi Urganch shahrida o‘n bitta paxta tozalash zavodi (ulardan oltitasi mahalliy tadbirkorlarga tegishli edi), ikkita yog‘ zavodi, sovun va ko‘n zavodi, bitta tegirmon bo‘lgan. Bundan tashqari Yangi Urganchda Rossiya-Osiyo va Sibir savdo bankining bo‘limlari, pochta-telegraf idorasi, komission va sug‘urta jamiyatlarining vakolatxonalari ochilgan edi. Gurlanda ham rossiyaliklarga, ham mahalliy sarmoyadorlarga tegishli kapital jamlangan edi. Bu shaharda, asosan, paxtani tashib ketish bilan shug‘ullangan Rossiya savdogarlarining 10 ta idorasi va mahalliy tadbirkorlar - aka-uka Rizyevlar, P. A. Manuilov, S. Maxsum, S. Tojiniyozov, T. Solijonov va boshqalarning jami 9 ta paxta tozalash zavodlari joylashgandi. 1909-yilga kelib Xiva xonligida 81 ta sanoat korxonasi ishlayotgan edi. Sanoat shakllanishi 1910-1915-yillarda yanada jadallashib, kerosin va neft bilan ishlaydigan 40 ta sanoat korxonasi barpo etildi. Suv xo’jaligi soxasida esa chor ma’muriyati barcha suv zahiralarini o’z qo’liga to’plab olgan boy feodallar tabaqasi ning manfaatlarini ko’zlab ish tutdi.Turkistonda paxta zavodlari bilan birga vino, pivo zavodlari, tamaki fabrikasi qurildi. 1908 yilda o’lkada 234 ta paxta tozalash zavodi bo’lib, bu yerda 70 ishchi ishlagan. Paxta zavodlaridan tashqari 20 ta yog’ zavodi, 9 ta vino zavodi, 9 ta un zavodi, 7 ta tamaki fabrikasi va boshqalar bor edi.7 Bu zavod va fabrikalarda ishlab chiqarish asosan qo’l mehnatiga asoslangan bo’lib, og’ir mehnatni mahalliy aholi vakillari bajarishgan. Sanoatning rivojlanishi shaharlarda aholi sonining o’sishiga olib keldi. Aholi ko’payib borishi ayniqsa Farg’ona shahrida sezildi. Yersiz qolgan dehqonlarning shaharga oqib kelishi, mardikorlarning ko’payishiga olib keldi.Mardikorlar uylaridan ish izlab ketib, 7-8 oylab yurishar edi. Kuniga 10-12 soatlab ishlab, o’rtacha 70 tiyindan xaq olishgan. 1890 yillardan boshlab Turkiston iqtisodiyotida Rossiya sanoati kapitali o’rnini moliya kapitali egallay boshladi. Natijada Rossiyaning O’rta Osiyo bilan savdo aloqalarida chigitli paxtani olib ketib, g’alla keltirish birinchi o’ringa chiqa boshladi.Rossiyadan keladigan sarmoya miqdori ko’paydi, u savdoga ko’proq, sanoat va naqliyotga kamroq ajratila boshladi. Moliya sarmoyasining muhim vazifalaridan biri Turkistonni paxta koniga aylantirishdan iborat edi. Paxta yetishtirishni ko’paytirishdan faqat moliya sarmoyasi emas, balki o’sib kelayotgan ip-gazlama sanoati ham manfaatdor edi. Birinchi jaxon urishi arafasiga kelib O’rta Osiyo paxtasi Rossiyaning paxtaga bo’lgan ehtiyojini 50% qondira boshlagan edi. Metropoliyadagi kapitalistik munosabatlaming rivoji mustamlakalami ham o‘z domiga tortdi. Turkiston oikasi ham bu jarayonga jalb etilib, unda ham markaz manfaatlariga mos kelgan kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi. O ikaning birgina Farg‘ona viloyatida XX asr boshida 157 paxta tozalash zavodi boiib, ular mahalliy, rus va chet el kapitalistlariga qarashli edi. Turkistonning Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona kabi uch viloyatida 1867-1900 yillar mobaynida 170 sanoat korxonasi ochilgan boisa, 10 yil davomida (1900— 1910) yana 220, 4 yil ichida (1910-1914) esa 180 korxona ishga tushirilgan. 0‘lka fabrika-zavod sanoatining asosini ham xuddi shu paxta tozalash korxonalari tashkil etgani tasodifiy emas, albatta. Chunki metropoliyaning sanoat sohasidagi siyosatini rus burjuaziyasi belgilar, unga esa oikaning paxtasi birinchi navbatda zarur edi.8 Knyaz Masalskiyning ta’biricha, paxtachilikni har tomonlama rivojlantirish rus to‘qimachilik sanoati uchun «yaqin kelajakda hayotmamot masalasiga aylanadi». General-gubematoming yozishicha, Turkistonning imperiyaga ko‘rsatadigan buyuk iqtisodiy xizmati ham ana shunda edi. Rus to‘qimachilik sanoati Turkiston paxtachiligining rivoji tufayli jahon bozorida mustahkam marram egalladi. 1900 yilda Turkiston paxtasi ms sanoati ehtiyojining 25 foizini tashkil qilib, bu raqam yil sayin oshib bordi va birinchi jahon urushi arafasida 50 foizga yetdi. Imperiya gazlama sanoatining gurkirab o'sishi ana shu paxta tufayli edi. 1889-1916 yillar orasida amerika navi ekiladigan Turkiston o‘lkasi paxta maydonlari 7 barobar kengayganining boisi ham shunda edi. Birgina Qo‘qonning o‘zidagina 1900 yilda 22 ta paxta tozalash zavodi ishlagan. Arzon xom ashyo asosida ishlovchi yog‘, vino, pivo, kolbasa zavodlari, o‘lka yer osti boyliklarini o‘zlashtiruvchi tog‘-kon korxonalari paxta tozalovchi zavodlardan keyingi o‘rinda turgan. Samarqand eski shahrida barcha o‘zbeklardan iborat boigan choy qadoqlash korxonalaridagi ish tashlash jiddiy tus olib, bunda mschani biladigan, bolshevik va eser tashviqotchilar bilan bogiangan Do‘stmuhammad Ustaboevning roli katta bo’lgan. Hozirgi 0‘zbekiston hududida joylashgan 425 sanoat korxonasidan 220 tasi paxta tozalash, 76 tasi ko‘n-teri ishlab chiqarish, 32 tasi pilla quritish zavodlari bo‘lib, ularda 18 ming ishchi kuniga 12-14 soatdan og‘ir sharoitda mehnat qilgan. Temir yo‘l ishchilari safida tub joy aholidan ishchilar 4,5-5 mingni tashkil qilgan. Xuddi shu temir yo‘l sohasidagi qora ishda, qurilishlarda va malakali kasblardagi ishchilar inqilobiy firqalar ta’siri ostida o‘z haqhuquqlarini tanib, milliy o‘zligini anglay boshlagan edilar. Toshkent Bosh temir y o i ustaxonalaridagi kurash qozonida qaynagan o‘zbek ishchilari ularga yalovbardor boiishgan. Shulardan biri Qosim Eshmatov edi. Yetim qolgan bola qo‘shni rus temir yo‘lchisining yordamida ishga joylashadi va o‘zi kabi tengqurlari bilan inqilobiy kurashga tortiladi. Metropoliya o‘lkani xom ashyo makoniga aylantirib, paxtachilik, ipakchilik, qorakoichilik va boshqa muhim xom ashyo mahsulotlari yetishtirish tarmoqlariga katta e’tibor berdi. Sanoat qurilishi sohasida chorizm metropoliya burjuaziyasi manfaatlariga mos - xom ashyoni dastlabki ishlovchi korxonalar qurilishini quwatlab, o‘lkada qayta ishlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish sanoati rivojiga to‘sqinlik qilib keldi.
9Rossiyaning mustamlakachilik siyosati Turkistonni rus tovarlari sotiladigan, tayyor mahsulotlar xarid qilinuvchi bozorga aylantirdi. Bu esa mahalliy hunarmandchilikni inqirozga olib kelib, yagona milliy bozoming rivojlanishiga yo‘l bermadi. 0‘lka zabt etilgandan so‘ng mahalliy sanoatning rivojlanishi paxtani qayta ishlash bilan bevosita bog‘ liq bo ‘ lib qoldi. Paxta tozalash, yog‘, sovun pishirish korxonalari tarmog‘i kengaydi. Turkistondagibirinchi paxta tozalash zavodi 1874 yilda Toshkentda qurildi. 1880 yilda Olimxo‘ja Muhammadjonov Andijonda paxta tozalash zavodi qurdi, sanoatchi L.Yugovich 1881 yilda Kattaqo‘rg‘onda shunday zavod barpo etdi. 1890 yilda esa Andijon tumanining Bo'taqora qishlog'ida paxta zavodi ishga tushirildi. U ko'p tarmoqli agrosanoat korxonasi boigan «Andreev xutori» nomli savdo-sanoat shirkati tarkibiga kirdi. Zavod bir kecha-kunduzda taxminan 1800 pud paxtani chigitdan tozalagan. Mavsum mobaynida 200 ming pudgacha (3200 t) paxtani tozalash imkoniyatiga ega bo‘lgan. Xullas, 1880-1914 yillar orasida qariyb 220 ta paxta tozalash zavodi qurildi. Bunday zavodlar Buxoro amirligida va Xiva xonligida ham barpo etildi. Masalan, Buxoro amirligida 1905 yilda 9 ta, 1913 yilda esa 26 ta paxta zavodi ishlab turgan. 1890 yilda Xiva xonligida 81 ta sanoat korxonasi boiib, ulardan 27 tasi nisbatan yirik korxonalar edi. 1917 yilgi fevral inqilobi arafasida Xiva xonligida 36 ta paxta tozalash zavodi, 4 ta yog‘ va sovun ishlab chiqarish zavodlari ishlab turgan. Paxta tozalash zavodlarining egalari savdogarlar va yirik yer egalari boiib ular orasida aka-uka Vadyaevlar, Fuzalovlar, Yusufboevlaming salm ogi katta boigan. Dastlabki yog‘ ishlab chiqarish zavodlari 1884 yilda Qo‘qon va Toshkentda paydo boidi. 1897 yilda Kattaqo‘rg‘onda ham yog‘ zavodining qurilishi oikada yirik yog‘ ishlab chiqarish korxonalarining paydo boiishiga asos yaratdi. 1915 yilda bu yog‘ zavodi qariyb 2 mln. pud yog‘, 5 mln. puddan ko‘proq kunjara, 5 min. pudga yaqin shulixa ishlab chiqargan. Yog‘ ishlab chiqaruvchi korxonalaming anchagina qismi Farg‘onada joylashgan. Bu yerda tayyorlangan o'simlik yogining talay qismi Rossiyaga, kunjara Germaniya va Angliyaga olib ketilgan. Paxta sanoatchilarining yirik monopol birlashmalari ham vujudga keldi. 1915 yilning iyulida 5 ta yirik firmani birlashtirgan «Beshbosh» savdo-sanoat shirkati tashkil etildi. 1892 yildan 1915 yilgacha oikada Davlat banklarining 10 ga yaqin boiim lari va xususiy tijorat banklarining 40 ta boiim i ochildi. Bank-moliya kapitali O’rta Osiyo iqtisodiyotining barcha sohalariga kirib bordi. Dastlabki monopoliyalar paxtachilikda va u bilan bogiiq boigan yog‘ ishlab chiqarish sohasida vujudga keldi. Lekin ular ichki jamg‘armalar hisobiga emas, balki Rossiya moliya kapitali tomonidan tashkil etildi. Turkiston oikasiga xorijiy firmalar va ulaming kapitallari ham kirib keldi. Ular orasida jahonga mashhur «Zinger» firmasi alohida o‘rin tutadi. Rossiyani o ik a bilan bog'lagan temir yo'llar ishga tushirilgach, rus va chet el kapitalining Turkistonga kirishi uchun katta imkoniyatlar ochildi. O’lkada 1895 yildan 1914 yilgacha 11 ta urug' zavodi, o'nlab ko'n, g ‘isht, ohak qizdirish. mis eritish, jun yuvish sexlari, vino. pivo. farmasevtika, oziq-ovqat korxonalari ishga tushirildi.Elektrlashtirish hali boshlang'ich holatda edi. Faqat bir nechta yirik korxonalarda elektr apparatlari mavjud edi. xolos. «Chimyon» hissadorlik jamiyatining neft haydash zavodi o‘zining dizel elektr stansiyasidan quvvat olgan. Qovunchi qand zavodi esa xususiy GES iga ega bo’lgan. Turkiston oikasida elektr quvvatining ishlatilishi hali boshlangich bosqichda boisa, G G’arbiy Evropa mamlakatlari 30—50 yil oldin bu y o in i bosib o'tishgan. Agar 1913 yilda Rossiyada aholi jon boshiga faqat 14 kvt. soat elektr quvvati to'g'ri kelgan boisa, Turkistondagi aholi jon boshiga 1 kvt. soat elektr quvvati ishlab chiqarilgan. Shuni unutmaslik kerakki. XX asr boshlarida oikaning sanoat jihatidan rivojlanishi Rossiyaga qaraganda ancha pastroq darajada edi. 1908 yilgi sanoat korxonalari ro’yxati maiumotlariga qaraganda, bu yerda 378 ta sanoat korxonasi mavjud boiib, u butun Rossiya imperiyasidagi barcha sanoat korxonalarining 2%ini tashkil etgan. Viloyatlarda sanoat bir xilda rivojlanmagan. 1880 yildan 1914 yilgacha Farg'ona viloyatida 224 ta, Samarqand viloyatida 163 ta. Yettisuv viloyatida 107 ta korxona bunyod etilgan. Sanoat korxonalarining 60 foizi o’lkaning yirik shaharlarida joylashgan. Kapitalistlar qurilish ishlarida arzon ishchi kuchiga ehtiyoj sezgan. Shuning uchun ham podshoh m a’muriyati olkaga chet el fuqarolarining ish izlab kelishiga to‘sqinlik qilmagan. Farg‘ona vodiysiga faqat Koshg‘ardan 1904 yili 14556 kishi, 1905 yili 13337 kishi, 1907 yili 25056 kishi, 1909 yili 12725 kishi, 1911 yili 26463 kishi, 1912 yili 27174 kishi ishlash uchun kelgan1. Afg‘oniston, Eron, Sharqiy Turkistondan ish qidirib kelgan kishilar pasportsiz yashab amalda huquqsiz boiib qolgan edilar. Ular qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida. konlar va shaxtalarda, qurilishlarda va temir yolda qora ishchi boiib ishlar edilar.

Download 154.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling