Tarix va madaniy meros


Rossiya tomonidan o’lkani xomashyo bazasiga aylantirilishi


Download 154.57 Kb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi154.57 Kb.
#1610512
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5217602163252926756

Rossiya tomonidan o’lkani xomashyo bazasiga aylantirilishi
0‘rta Osiyoning arzon xom ashyo manbai va rus sanoat mollari sotiladigan qulay bozor boiishini 1826 yildayoq general-mayor Verigin imperator Nikolay I (1825-1856)ga yo‘ llagan taqdimnomasida bayon qilgan edi. Verigin Rossiyada ishlab chiqarilayotgan mollar mamlakat ichkarisida ham zo‘r-bazo‘r sotilayotgani va sifati past bo‘lgani uchun Yevropa bozorlarida sira raqobatga dosh berolmasligini ko‘rsatib, 0 ‘rta Osiyo bu jihatdan rus sanoat mollari sotiladigan qulay bozorga aylanishi inumkinligini bayon qilgan edi. Bu fikmi senator graf K.K.Palen rivojlantirib shunday degan edi:10 «Turkistonni istilo qilishning siyosiy sabablarini hisobga olmagan taqdirda ham bu o ik a Rossiya tarafidan bosib olinishining dastlabki kunlaridanoq Rossiya uchun ikki jihatdan qiziqish uyg‘otgan edi: 1. Moliyaviy siyosat jihatidan davlat daromadi manbai va ichki ishlab chiqarish mahsulotlari uchun yangi bozor. 2. Mustamlakachilik siyosati nuqtai nazaridan markaziy guberniyalardagi ortiqcha aholini ko‘chirish uchun yangi hudud sifatida diqqatga loyiq edi». Imperiya yuqon siyosiy doiralarining nufuzli vakili senator graf K.K.Palen oikaning metropoliyaga toiaydigan soliqlari miqdorini aniq bilgani holda ulami yanada oshirish rejasini ham ishlab chiqqan edi. Bu reja izchillik bilan amalga oshirilgan. Agar XIX asr oxirida yer solig‘i 4 million mblni tashkil qilgan boisa, 1914 yilga kelib u 75 foizga ko‘paydi. Rossiyaning Turkistondan oladigan daromadi 300 foizga oshdi va 1916 yilga kelib 38.329 ming mblni tashkil qildi. Imperiyaning Turkiston xom ashyosidan oladigan foydasining aniq miqdorini hech kim bilmagan va u faqat metropoliya burjuaziyasigagina m aium edi. Rossiya to‘qimachilik sanoati mahsulotlari qimmati 1900 yildan 1913 yilga qadar 150 foiz oshganidan kelgan foyda ham shu rus kapitalistlarining cho‘ntagiga tushgan va uning hisobini ham hech kim bilmaydi. Rossiya Turkistonni qisqa muddatda o‘z sanoati uchun xom ashyo manbaiga aylantirdi. Agar 1885 yilda paxta maydoni 41,4 ming tanobni tashkil qilgan boisa, 1915 yilga kelib u 541,9 ming tanobga yetdi, ya’ni 13 barobarga o'sdi. O’lka Rossiyaning asosiy paxta bazasiga aylandi. Bu haqda Turkiston jadidlari yetakchilaridan Ubaydullaxo'ja Asadullaxo‘jaev 1917 yil iyul oyida Qozonda o‘tgan 2-Butunrossiya musulmonlar qurultoyida shunday degan edi: «Shu kungacha Turkiston rus kapitalistlari uchun govmish sigir boiib kelmoqda. Bugunda Turkiston Rossiyaga paxta yetkazuvchidir. Hanuzgacha to‘xtamayotgan urush tufayli paxtaga ehtiyoj tobora ortib bormoqda, chunki u porox tayyorlashda kerakdir. Agar urushgacha boigan davrda Amerika paxtasining 1 pudi Rossiyaga 18 rubldan tushgan boisa, hozirda barcha mollarga narx-navo 3 barobar oshganda, 1 pud Turkiston paxtasi Rossiya tomonidan 7 rubldan 10 rublgacha sotib olinmoqda, holbuki, 1 pudning bahosi hozirda 20 rublni tashkil qilishi lozim. Demak, Turkiston paxtakorlari har pud paxtadan 10-12 rubl zarar ko’rishmoqda. Bundan shunday xulosa chiqadiki, agar Turkistonda yiliga 10-12 million pud paxta yetishtirilsa, u holda bizning paxtakorlar tomonidan ishlab topilgan 100 million rubl har yili rus kapitalistlari cho'ntagiga tushmoqda». Metropoliyaning iqtisodiy siyosati Turkistonni xom ashyo bazasiga aylantirish, uni rus mollari sotiladigan bozor sifatida tutib turish va tabiiy boyliklarini markazga tashib ketishga qaratilgan edi. Bu siyosatdan dvoryan-pomeshchiklar sinfidan tashqari, tobora rivojlanib va kuchga kirib borayotgan rus burjuaziyasi, ayniqsa to'qimachilik sanoatining egalari manfaatdor edilar. Turkiston m oinay daromad manbai sifatida ham chor Rossiyasining xazinasini boyitib borayotgan edi. Bu daromadlar 1867-1896 yillarda 4 barobarga ko‘paydi, aholidan olinadigan soliqlar 1889-1893 yillarda 40 foizga oshdi. 1869-1896 yillar davomida imperiya xazinasi oikadan 158 million rubl daromad oldi-. Metropoliyadagi kapitalistik munosabatlaming rivoji mustamlakalami ham o‘z domiga tortdi. Turkiston oikasi ham bu jarayonga jalb etilib, unda ham markaz manfaatlariga mos kelgan kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi. O’lkaning birgina Farg‘ona viloyatida XX asr boshida 157 paxta tozalash zavodi boiib, ular mahalliy, rus va chet el kapitalistlariga qarashli edi. Turkistonning Samarqand, Sirdaryo va Farg‘ona kabi uch viloyatida 1867-1900 yillar mobaynida 170 sanoat korxonasi ochilgan boisa, 10 yil davomida (1900— 1910) yana 220, 4 yil ichida (1910-1914) esa 180 korxona ishga tushirilgan. 0 ‘lka fabrika-zavod sanoatining asosini ham xuddi shu paxta tozalash korxonalari tashkil etgani tasodifiy emas, albatta. Chunki metropoliyaning sanoat sohasidagi siyosatini rus burjuaziyasi belgilar, unga esa oikaning paxtasi birinchi navbatda zarur edi. 11Knyaz Masalskiyning ta’biricha, paxtachilikni har tomonlama rivojlantirish rus to‘qimachilik sanoati uchun «yaqin kelajakda hayot mamot masalasiga aylanadi»1. General-gubematoming yozishicha, Turkistonning imperiyaga ko‘rsatadigan buyuk iqtisodiy xizmati ham ana shunda edi. Rus to‘qimachilik sanoati Turkiston paxtachiligining rivoji tufayli jahon bozorida mustahkam marram egalladi. 1900 yilda Turkiston paxtasi ms sanoati ehtiyojining 25 foizini tashkil qilib, bu raqam yil sayin oshib bordi va birinchi jahon urushi arafasida 50 foizga yetdi. Imperiya gazlama sanoatining gurkirab o'sishi ana shu paxta tufayli edi. 1889-1916 yillar orasida amerika navi ekiladigan Turkiston o‘lkasi paxta maydonlari 7 barobar kengayganining boisi ham shunda edi2. Birgina Qo‘qonning o‘zidagina 1900 yilda 22 ta paxta tozalash zavodi ishlagan. Arzon xom ashyo asosida ishlovchi yog‘, vino, pivo, kolbasa zavodlari, o‘lka yer osti boyliklarini o‘zlashtiruvchi tog‘-kon korxonalari paxta tozalovchi zavodlardan keyingi o‘rinda turgan. 1884 yildan rus sanoatchilari «Amerika» navli paxtani oikada katta maydonlarda ektirishlaridan so‘ng imperiya to'qimachilik sanoati korchalonlarining ishtahasi ochilib ketgan edi. 1889 yilda bunday nav 50 ming, 1895 yilda 100 ming tanob maydonga ekildi. 1901 yilga kelib esa o‘lkada 186326 tanob yemi egallagan paxtadan 174026 tanobi ms sanoati ehtiyoji uchun m o‘ljallangan amerika naviga tegishli paxta edi. Rus ishbilarmonlari va chet el firmalarining maxsus paxta plantasiyalari ham shitob bilan o‘z maydonini kengaytirib bordi. G.Belyakov, N.Raevskiy, S.Tarsin kabi plantatorlar amerika navli paxtani Turkistonda keng tarqatish ishining tashabbuskorlari va boshlovchilari boiishdi. Eng katta plantasiya Katta Yaroslavl manufakturasiga tegishli edi (2750), keyingisi esa ms kelgindilarining Andreev xutori (Andijon uezdi) boiib, u 700 tanob maydonni egallagandi. XX asr boshlarida paxtachilik Turkiston sanoati va qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining 40 foizini tashkil etgan boisa, don - 37 foiz, boshqa ekinlar esa 1,2 foizni tashkil qilgan. Paxtachilik imperiyaning chet ellarga sarflaydigan 70 million oltin pulini tejashda yordam bergani ham to‘qimachilik, gazlama sanoati gurkirab o'sishiga turtki berdi. Turkiston oMkasidan 1906 yilda 566878, 1909 yilda - 1102876, 1913 yilda -2115119, 1915 yilda esa 2426298 pud paxta Rossiya to‘qimachilik sanoatiga yetkazib berildi. Shunga qaramay, paxtaning narxi nihoyatda past edi. 1913 yilda paxta narxi 50 foiz oshirilganda mustamlaka ma’muriyati ataylab eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari bahosini 400-500 foizga oshirdi. Nonning narxini 6 martaga ko‘tarib, paxta narxini esa 20 foizga kamaytirdi1. Rus mustamlakachilari Turkistondan 1914—1916 yillar mobaynida 59 million pud paxta, 8,5 million pud paxta yog‘i, 950 ming pud pilla, 2925 ming pud teri, 300 ming pud go‘sht, 229 ming pud sovun, 474 ming pud baliq olib ketdilar. Turkiston o‘lkasi imperiyaning xom ashyo manbai bo‘lishidan tashqari u Rossiyaning Yevropa bozorlarida raqobatga dosh bera olmaydigan o‘tmas matohlarining sotiladigan qulay bozoriga ham aylantirildi. XX asr boshlarida Turkistonga keltirilayotgan temir, mis, chinni idishlar, gazlama va boshqa mahsulotlar miqdori 8 marta ko'paygan. Xususan, birgina Farg‘onaga Moskvadan - 605412, Irbitdan - 5000, Nijniy N ovgoroddan- 71233, Orenburgdan -23910, Louzdan - 33600 rubllik mollar keltirilgan. 1895 yilning bir o‘zida Rossiyadan Turkiston o‘lkasining Farg‘ona viloyatiga 6010005 rubllik rus mollari keltirilgan. Metropoliyadan 1914 yilga kelib bir yilning o‘zidagina Turkistonga 243,6 million rubllik mol keltirilib sotilgani ham o‘lkaning rus tovarlari uchun qulay bozorga aylanganini yaqqol ko‘rsatadi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, Rossiyadan keladigan mollaming 40 foizini gazlama, 15 foizini oziq-ovqat, 11 foizini metallni qayta ishlash, 7 foizini yog‘ochni qayta ishlovchi, 6 foizini kimyo sanoati mahsulotlari tashkil qilgan. Rus firmalari va shirkatlari mollaming turlari bo‘yicha Turkiston bozorida o‘z monopoliyalarini o‘matib olishgan edi. Xususan, choy savdosini Shvesov, Sinisin, Lushnikov firmalari egallab olgan edilar. Bu firmalar 1902 yilda 26222 pud, 1903 yilda esa 26327 pud choyni sotishgan. Chinni buyumlar savdosi esa Kuznesov va Gardner shirkati monopoliyasida edi. «Vladimir Alekseev», «Bratya Kamenskie», «Baron A.Knop», «Bratya Shlyusberg» kabi avdo uylari, «Ships, Stuken i K», «Yaroslavl katta manufaktura» shirkatlari, Moskva savdo-sanoat shirkati ham Turkiston bozorida hukmron mavqeni egallagan edilar. Rus kapitalistlari o‘z manfaatlarini o‘ylab qayta ishlash sanoatini o‘stirishni istamaganlar va asosiy kapitallarini savdo-sotiq muomalasi doirasiga sarfladilar. 1913 yildan 1915 yilgacha Moskva va Sankt-Peterburgning firma va shirkatlari o‘lka xo‘jaligiga sarflagan 313 million rubl mablag‘ning 60 foizi kredit tarmog‘iga to‘g‘ri kelgan. Turkistondagi xususiy tijorat banklari ikki katta korchalon guruhni: Moskva va Peterburg banklarini tashkil qilib, o’lka iqtisodiyotida hal qiluvchi rol o‘ynagan. 12Muntazam o‘tkazib kelingan iqtisodiy zo‘ravonlikning oqibatlaridan rasmiy idoralar tashvishga tushgani haqida m a’lumotlar ko‘p. Xususan, taniqli mutaxassislardan N.P.Verxovskiy chorizmning Turkistonni xonavayron qiluvchi iqtisodiy siyosatini tanqid qilib, 1909 yilda bunday deb yozgan edi: «Bunday ijtimoiy-iqtisodiy evolyusiyaning borishi o‘lkani butkul xonavayron qilibgina qolmay, barcha ruslardan yotsirashga olib keladi. Xonavayron boigan aholining iqtisodiy noroziligini kuchaytirib, hukumatga va ruslarga qarshi tashviqot uchun qulay zamin yaratadigan nufusini vujudga keltiradi. 1916 yil 4-6 mart kunlarida b o iib o‘tgan Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati majlisida paxtachilik bilimdoni hisoblangan S.Ponyatovskiy Rossiyadan keltiriladigan gazlama, temir, mis buyumlar, choy va don mahsulotlariga hech qanday cheklanishsiz narx-navo qo‘yilgani holda, masalan, birgina yog‘ning narxi 1913— 1916 yillar davomida 20 barobar koiarilgani holda paxtaga narx qat’iy normada saqlanib qolayotganiga diqqatni qaratadi. «Moskva, - degan edi u, - bizning 0 ‘rta Osiyo paxta tolasiga nihoyat katta e’tibor berayotganini ko‘rib turibmiz va bu e’tibor kelgusida ulkan falokatga olib keladi.Paxta yakka hokimligi Turkiston sanoatiga tamoman mustamlaka tusini berib, uni metropoliya burjuaziyasiga raqobatchi emas, balki unga xizmat koisatuvchi sohaga aylantirgan edi. Rus burjua va shakllanib borayotgan Turkiston burjuaziyasi o‘rtasidagi munosabatda ham shu holat o‘z aksini topdi. Markazdagi kapitalistlar, chet el firmalari bilan hamkorlikda Turkiston boyliklarini o‘zlashtirish ishida mahalliy burjuaziyani o‘ziga vositachi qilib olgan edi. Rus burjuaziyasi Turkiston sanoati, qishloq xo‘jaligi va yer osti boyliklarini o‘zlashtirish ishiga nisbatan, kapitalistik munosabatlardan kelib chiqqan holda siyosat o‘tkazar va ana shu masalada dvoryan-pomeshchiklar bilan to‘qnashar edi. Rus podshohining saroyi, Davlat Kengashi va Ministrlar Qo‘mitasida asosiy o‘rinlami egallagan dvoryan-pomeshchiklar esa Turkistonga nisbatan harbiy-feodal siyosat yuritib, ochiqdan-ochiq uning boyliklarini talash, yer-suvlarini tortib olish tarafdorlari edi. Har ikki sinf manfaatlarini muvofiqlashtirishga uringan podshohlik shuning uchun ham mustamlakalarda «Harbiy feodal imperializmi» siyosatini o‘tkazib kelardi. Aleksandr II (1856-1881), Aleksandr III (1881-1894) va Nikolay II (1894- 1917) hukumatlari tarkibiga kirgan dvoryan-pomeshchiklaming hal qiluvchi mavqei rus burjuaziyasining noroziligini uyg‘otardi. Burjuaziya mustamlaka siyosatini oikazishni monopolistik kapitalizmga xos bo‘lgan yangi usullarda: kapital chiqarish, qarz berish, konsessiyalar olish, xom ashyo manbalarini qo ig a kiritish kabi vositalar yordamida amalga oshirishni istasa, dvoryan-pomeshchiklar esa o‘lka yerlarini tortib olib, rus pomeshchiklariga boiib berish, iqtisodiy xarakterga ega boim agan vositalami harbiy kuch va zo‘ravonlik bilan patriarxal-feodal muno-sabatlami saqlab qolish tarafdorlari edilar. Boshqa sohalardagi kabi xuddi shu mustamlaka siyosatini o‘tkazishda dvoryanlaming ustivorligi rus burjuaziyasini podshoh hukumatiga qarshi qayrardi.
1875- yildan Turkiston Zakot boshqarmasining tugatilishi tufayli, o`lka 1881- yilgacha bojxona nazoratidan chetda qoldi. Bu vaqt mobaynida 1868- yilda qo`shni xonliklardan olib kelinadigan choyga nisbatan o`rnatilgan birinchi rus bojini va boshqa to`lovlarni undirishga ham hech qanday idora jalb etilmadi. Vujudga kelgan bu vaziyat Rossiya imperiyasi hukumatini tahlikaga solib qo`ydi. Birinchidan, Rossiya va O`rta Osiyo xonliklari o`rtasida imzolangan shartnomalarga ko`ra, bu hududlardan kirib kelayotgan mahsulotlardan bojxona to`lovlari undirilmas edi. Protektsionistik6 tashqi savdo siyosatini yuritayotgan Rossiya imperiyasi byudjeti va iqtisodi uchun bu katta zarba bo`lishi mumkin edi. Ikkinchidan, Turkistonning xorijiy davlatlar mahsulotlari bilan to`lishi O`rta Osiyoni rus sanoat mollari sotiladigan qulay bozorga aylantirishni xohlagan va shunga harakat qilib kelayotgan Rossiya imperiyasi hukmron doiralari siyosatiga to`g’ri kelmas edi. 1881- yil 19- dekabrda Turkiston general-gubernatori vazifasini bajaruvchi Kolpakovskiy o`lkaga G’arbiy Yevropa va Osiyo mahsulotlari kirib kelishiga chek qo`yish maqsadida Muvaqqat bojxona qoidalarini tasdiqladi. Ularning asosiy mazmuni quyidagicha edi:
1. O`rta Osiyo xonliklarida ishlab chiqarilgan barcha turdagi mahsulotlarni Turkiston general-gubernatorligi hududiga bojsiz olib kirishga ruxsat etiladi;
2. Barcha ingliz-hind (choy, doka va bo`yoqdan tashqari), Yevropa, Turkiya va Eron mahsulotlarini Turkiston generalgubernatorligiga olib kirish qat`iyan taqiqlanadi;
3. Bir pud brutto7 choy uchun 14 rubl 40 tiyin, doka uchun 6 rubl va 1 funt bo`yoq uchun 1 rubl miqdorida boj stavkalari belgilanadi;
4. Boj undirish rus kredit rubllarida amalga oshiriladi (1876 yil Rossiyada passiv bo`lgan tashqi savdo balansini tenglashtirish maqsadida boj to`lovlarini oltin rublda undirishga qaror qilingan edi. Oltin rublni sotib olish narhi 148 kredit rubliga to`g’ri kelganligi uchun, bojxona bojlari stavkasi o`zgarmagan holda 50% oshgan).
5. Olib kirilishi taqiqlangan yoki boj to`lanishi lozim bo`lgan mahsulotlar, bojxona nazoratidan yashirib olib kirilgan taqdirda musodara qilinadi. Musodaradan tushgan pulning 25% esa bojxona muassasalarining maxsus fondiga o`tkaziladi (1889- yil 29- maydagi qonunga muvofiq ushbu maxsus fond Turkiston bojxona organlarining rezerv fondiga aylantiriladi. Fond bojxona nazoratini olib borishda vujudga keluvchi kutilmagan harajatlarni qoplash maqsadida tuzilgan edi). Mahsulotlarning kirib kelishini nazorat qilish va boj to`lovlarini undirish, asosan, o`lka ichidagi shaharlarda faoliyat olib boruvchi harbiy-politsiya amaldorlariga yuklatilgan edi. Bu bojxona amaldorlari Harbiy vazirlik hisobida turardilar. Ularning ta`minoti Harbiy vazirlik kreditlaridan qoplangan, bojxona bojlaridan tushgan daromadlar ham 1883- yilgacha shu vazirlikning smetasida bo`lgan. Amalga oshirilgan bu chora-tadbirlar natijasida o`lkada kontrabanda avj olib, boj to`lovlarining tushumi keskin kamayib ketgan. XIX asr oxirlarida bozor munosabatlari rivojlanishi bilan bojxona siyosati tovar sotishning yangi bozorlarini egallashga yordam beradigan dastaklardan biriga aylandi. Buxoro amirligining katta qismini inglizlar nazorat qiladigan Afg’oniston bilan chegarasida bojxonalar tashkil qilindi. 1891- yil Moliya vaziri tomonidan ko`tarilgan O`rta Osiyo bozorlarida kuchli savdo-sanoat monopoliyasini o`rnatish haqidagi masala ko`tarilib, 1892- yil Buxoro amirligi va Xiva xonligini Rossiya bilan yagona bojxona tizimiga kiritish haqida islohot loyihasi tayyorlandi va bojxona chegarasini afg’on-buxoro chegarasiga o`tkazildi.13 Bu masala shu yili Rossiya imperatori Aleksandr III ga ko`rib chiqishga berildi. U loyihani 1892- yil 7- avgustda tasdiqladi. 917- yilgacha Turkiston o`lkasini rus bojxona nazoratiga qo`shib olish borasida juda katta ishlar amalga oshirildi. Bu chora tadbirlar o`lkadagi mavjud bojxona nazoratini o`rganish uchun mahsus ekspeditsiyalar yuborishdan boshlangan bo`lsa, 1890- yilda Rossiya imperiyasi bojxona tizimining mustaqil bo`linmasi bo`lgan Turkiston bojxona okrugi o`lkadagi bojxona ishiga to`liq rahbarlikni amalga oshirar edi. 1893- yil Rossiya imperiyasida 11 chegara okrugi, shu jumladan, Turkiston okrugi tuzilib, unda 16 bojxona idoralari mavjud bo`lgan. O`rta Osiyo xonliklari Rossiya bojxona tizimiga qo`shilishi natijasida savdo-iqtisodiy mustaqilligiga barham berildi. Aynan shu holat rus metropoliya ishlab chiqarish korxonalariga xom-ashyoni nafaqat O`rta Osiyo, balki qo`shni davlatlardan olib kirish imkoniyatiga ega bo`lib qolmay, balki Afg’oniston, Eron, Xitoy hududlarida ham o`z mahsulotlarini ichki bozorda sotishni yo`lga qo`ydi. O`rta Osiyoda yangi huquqiy me`yorlar asosida tashkil qilingan imperiya bojxona idoralari mintaqada metropoliya iqtisodiy manfaatlarini to`la ta`minlash, imperiya xazinasiga boj yig’imini tushirish orqali katta daromadga ega bo`lish vazifasi bajarilayotgan edi.` Rossiya imperiyasining O`rta Osiyoni bosib olishdan ko`zlagan maqsadlari o`lkani arzon xom-ashyo manbai va metropoliya ishlab chiqargan mahsulotlar uchun yangi bozorni vujudga keltirishdan iborat edi. Shuning uchun ham imperiya hukmron doiralari O`rta Osiyoni bosib olishda eng birinchi navbatda o`lka bozorlari, iqtisodiy resurslarini butunlay o`z qo`llariga olishga harakat qildilar. Ayni paytda, O`rta Osiyo bozorini egallab olish bu hududda o`z savdo monopoliyasini qaror toptirish maqsadida boj tizimini ham tubdan o`zgartirib, shu maqsadlarga xizmat qiluvchi boj siyosatini yuritdi. 1890 yillardan boshlab Turkiston iqtisodiyotida Rossiya sanoati kapitali o’rnini moliya kapitali egallay boshladi. Natijada Rossiyaning O’rta Osiyo bilan savdo aloqalarida chigitli paxtani olib ketib, g’alla keltirish birinchi o’ringa chiqa boshladi.Rossiyadan keladigan sarmoya miqdori ko’paydi, u savdoga ko’proq, sanoat va naqliyotga kamroq ajratila boshladi. Moliya sarmoyasining muhim vazifalaridan biri Turkistonni paxta koniga aylantirishdan iborat edi. Paxta yetishtirishni ko’paytirishdan faqat moliya sarmoyasi emas, balki o’sib kelayotgan ip-gazlama sanoati ham manfaatdor edi. Birinchi jaxon urishi arafasiga kelib O’rta Osiyo paxtasi Rossiyaning paxtaga bo’lgan ehtiyojini 50% qondira boshlagan edi. XIX asr boshida Rossiya gazmol to`qish sanoatining rivojlana borishi mamlakatda ip yigiruv manufakturalari qurish va uni ko`paytirish vazifasini qo`ydi. Shu tariqa Rossiyada ip yigiruv manufakturalari paydo bo`la boshladi. Shu vaqtdan e`tiboran Rossiya hukumati O`rta Osiyodan tayyor paxta ipi bilan bir qatorda ko`proq paxta xom-ashyosini olishga intildi. XIX asrning dastlabki yillaridan boshlab rus hukumati O`rta Osiyodan Rossiyaga keltirilayotgan paxta miqdori va uni yanada ko`paytirish yo`llari haqida ma`lumotlar to`plashga kirishdi. XIX asrda O`rta Osiyodan Rossiya shaharlariga paxta va yigirilgan ip bilan bir qatorda ko`plab har xil to`qima hamda tayyor kiyimlar keltirilishi davom etdi. Rossiya to`qimachilik sanoati rivojlanayotgan bo`lsada, rus to`qimachilik sanoati iste`mol qilinayotgan gazmolningfaqat 30% miqdorinigina to`qir edi. Shuning uchun ham Rossiyada O`rta Osiyo to`qimasiga bo`lgan talab katta edi. 1811- yilda polkovnik Strukov O`rta Osiyodan keltiriladigan gazmollarning ahamiyatiga to`xtalib: “Osiyoliklar keltiradigan har xil gazmollar oddiy kishilar tomonidan kiyim-kechak uchun zo`r ishtiyoq bilan ishlatiladi, chunki u kiyim uchun yumshoq va chidamlidir”, deydi. XIX asrda o`sib borayotgan Rossiya to`qimachilik sanoati rus hukumati oldiga Rossiyaga xom-ashyo-paxta va yigirilgan ip chiqariladigan o`lkalardan biri bo`lgan O`rta Osiyo bilan o`z iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish va mustahkamlash vazifasini qo`yadi. 141802- yil aprelida Rossiyaning O`rta Osiyo bilan iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish masalasi Rossiya podsholigi hukumati Davlat Kengashida muhokama qilinadi. Davlat Kengashida Osiyo mamlakatlari bilan savdo aloqalari Yevropa davlatlarini, xususan Angliyani boyitishda muhim vosita bo`lganligi ko`rsatiladi. Shuningdek, Kengashda Rossiya va O`rta Osiyoni bog’lovchi uchta asosiy karvon yo`li: 1. Mang’ishloq, 2. Orenburg, 3. Sibir yo`llari mavjud ekanligi ta`kidlanadi. Ushbu Kengashda Rumyansev ma`ruza qilib, Rossiya va O`rta Osiyo shaharlari o`rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish masalasi ustida to`xtalib, bu aloqalarni rivojlantirishga xalaqit berayotgan asosiy sabablardan biri karvon yo`llari o`tadigan qozoq dashtlaridagi tartibsizliklar ekanligi ko`rsatilib, Rossiya tobeligidagi qozoq urug’lari ustidan nazoratni kuchaytirish taklif qilinadi. Kengashda tavsiya etilgan savdoni rivojlantirishga oid yuqoridagi tadbirlar rus imperatori tomonidan ma`qullandi. 1803- yilda Petropavlovsk, Semipalatinsk va Buxtarma bojxonalariga O`rta Osiyo shaharlariga rus savdo karvonlarini jo`natish huquqi berildi. Sibir general-gubernatori M.M. Spiranskiyning (1772-1839) O`rta Osiyo va Rossiya savdosi haqida to`plagan ma`lumotlariga qaraganda, bu davrda Toshkent savdogarlari butun Sibir liniyasi bo`ylab savdo qilganlar, rus hukumati qonun-qoidalarini yaxshi bilganlar, rus tilini yaxshi o`zlashtirganlar. Polkovnik Strukov to`plagan ma`lumotlarga ko`ra, XIX asr birinchi o`n yilligida har yili Toshkentdan Sibir shaharlariga, asosan Semipalatinsk bilan Petropavloskga bir mingdan ikki mingga qadar tuyalarga ortilgan turli tovarlar keltirilib turilgan. Bu vaqtda Buxorodan Rossiyaga bir yilda 3000-4500 tagacha, Xivadan esa mingga yaqin tuyalarga yuklangan tovarlar jo`natilib turilgan. Buxoroda savdo ishlari yanvarda boshlanib maygacha davom etgan. Boshqa mamlakatlardan kelgan savdogarlar uchun Buxoroda 10 ta karvonsaroy mavjud edi. Buxorodagi savdo-sotiq ishlarida oltin, kumush, mis Buxoro pullari muomalada bo`lgan. Buxoroning 1 oltin puli ruslarning 16 rubliga teng kelgan. Agar o`zaro savdo munosabatlari natijasida oltin tangalar xorijdagi mamlakatlarga taalluqli bo`lsa, uni eritib Buxoro chervonlariga aylantirilgan. Buxorodan oltin tangalarni olib chiqib ketish yoki olib kelish, chervonlarni olib chiqib ketish yoki ularni oltin zeb-ziynatlarga aylantirish taqiqlanmagan edi. Buxoroda savdo-sotiq yoki tovar almashtirish naqd pullarda, shuningdek, qarzga ham amalga oshirilgan. Ammo bunday holat hech qanday yozma majburiyatlarsiz, veksellarsiz amalga oshirilib, faqat guvohlar ko`rsatmasiga asoslangan. Xorijdan Buxoroga kelayotgan karvonlar shahardan tashqariga joylashib, amaldorlar qo’shbegi farmoyishiga binoan kelgan tovarlarni hisob-kitobini olib, tegishli boj solig’i olganlar. Buxoroga keltirilayotgan tovarlardan quyidagi tarzda boj solig’i olingan: agar keltirilgan tovarni musulmon olib kelgan bo`lsa –1/40 qismi ya`ni 2,5%, tovarni xristianlar yoki forslar olib kelgan bo`lsa 1/20 qismi ya`ni 5% va ba`zan bu ko`rsatkich 10 yoki 20% gacha ham borgan. Rus tovarlariga munosabat Xivada o`ziga xos edi. Rus savdo karvoni Xiva xonligining qayeriga yuborilmasin, ushbu karvonni faqat poytaxt orqali o`tishiga majbur qilinardi. Bundan maqsad har xil soliqlar edi. Agar savdo karvonlari Xiva yo`lidan yurmay, boshqa yo`lni tanlasa, unda ularning tovarlari talon-taroj qilinardi. Rossiyadan keltirilgan tovarlarga belgilangan soliqlardan tashqari, Buxoroda qo’shbegi va amaldorlarga turli sovg’alar ham berilardi. Buxoro amaldorlariga beriladigan sovg’alar odatdagi hol edi. Rossiya fuqarolaridan O`rta Osiyoga ko`proq tatar savdogarlari tashrif buyurishgan. Chunki ularni boshqa musulmonlar qatori yaxshi kutib olinib, xonlik himoyasiga olingan. 15O`z navbatida tatar savdogarlariga mahalliy aholining o`zi ham do`stona munosabatda bo`lib, xayrixohlik qilganlar. Shuning uchun ham rus savdogarlari o`rta osiyoliklar bilan savdo qilishda ko`proq tatarlardan foydalanishgan. Bunday holat rus hukumatining ma`lum bir noroziligiga olib kelgan. Shuning uchun ham rus hukumati o`z elchilari orqali O`rta Osiyo xonliklaridan savdo munosabatlarida rus va musulmonlaridan olinadigan soliqlarni tenglashtirishni so`ragan. Hatto, Rossiya tashqi ishlar vaziri K.V.Neselrode XIX asr boshlarida Buxoro elchisi Mirza AzimjonovPeterburgga kelganda, amirdan xristianlardan olinadigan soliqlarni tenglashtirishni so`ragan. Bunga elchi o`zi bergan javobda xristianlardan ikki barovar soliq olinishi islom arkonlari bilan bog’liq bo`lib, buni hatto amirning o`zi ham bekor qilishga ojizligini ta`kidlagan. O`rta Osiyo va Rossiya savdo karvonlarining kelish va ketishlari ham ma`lum bir tartibda amalga oshirilgan. Savdo karvonlarning o`zaro tashrifi Nijegoroddagi yarmarkaning ochilish davriga ham bog’liq bo`lgan. Odatda Nijegorod yarmarkasi iyul oyi o`rtalarida boshlanib, 20- avgust atrofida tugagan. Shu munosabat bilan Buxoro savdo karvonlari Rossiyaga barvaqt yo`lga chiqqan. Chunki Buxorodan Rossiya chegaralarigacha ikki oy yo`lda yurishga to`g’ri kelgan. Ko`p hollarda O`rta Osiyo savdo karvonlari may oyida Rossiyaga yetib kelganlar va bu jarayon noyabr oyiga qadar davom etgan. Umuman qizg’in savdo ishlari iyun oyi boshlaridan dekabr oyiga qadar davom etgan. O`rta Osiyo - Rossiya savdo munosabatlarida qozoqlar nafaqat yo`l boshlovchi, balki karvonlarga nisbatan qaroqchilik, talonchilik ishlarini ham amalga oshirganlar. Savdo yuklarini olib o`tishda transport haqi yuklar soniga qarab belgilangan. Masalan, Orenburgdan Buxoroga 1 ta tuyadagi yuk uchun 17-25 rubl kumush olingan. XIX asr boshlarida bu narx 9-16 rublni tashkil qilgan. Bitta tuyada 2 botmon yoki 16 pud yuk olib ketish mumkin bo`lgan. Iyun oyidan savdoning hammasi “Ayirboshlash saroyi”ga ko`chib, yarmarka shaklida davom etgan. Yarmarkaga Moskva, Tula, Yaroslavl, Penza, Qozon, Simbirsk, Astraxan, Saratov va boshqa guberniyalardan savdogarlar kelganlar. Yarmarkada savdo ishlari 1755- yil 1- dekabrda qabul qilingan nizom asosida olib borilgan. Ushbu nizomga muvofiq o`rta osiyolik savdogarlar ixtiyorida qimmatbaho toshlar, oltin, kumush bo`lsagina Moskva va Peterburgga borishlari mumkin bo`lgan. Istisno tariqasida Moskva va Peterburgga maxsus yorliq orqali yuborilganlar. Bundan ko`rinib turibdiki, O`rta Osiyo savdogarlarining Rossiyadagi markaziy shaharlariga borib savdo qilishlari ma`lum bir norozilikka olib kelgan. Shu sababdan Yekaterina II 1763- yili Senatga bergan topshirig’ida har qanday shikoyatlarga va noroziliklarga o`rin qoldirmay, savdogarlarga sharoit yaratib berish zarurligini uqtirilgan. Rossiya savdogarlari o`rta osiyolik savdogarlar mollariga o`z mahsulotlarini almashtirish uchun Orenburgga kelish bilan cheklanmay, o`zlari ham tovarlarini Buxoro, Xivaga olib borishgan. Masalan, 1785- yilda Rossiyadan Buxoroga 188315 rubllik tovar keltirilgan. Buxoroga Rossiyadan kelgan savdogarlar qatorida Murtaza Ismoilov, Sulaymon Nazirov, Muhammad Yusupov, Asaf Inozemzev, Gubay Musin, Abdulla Utyamishev, Abdurashid Ibraнev, Musa Maqsudov va boshqalar bor edi. O`zaro savdo munosabatlarida 1787-1796- yillar oralig’ida Buxoro va Xivadan Orenburgga 46119854 rubllik, ayni shu davrda Orenburgdan Buxoro va Xivaga 4044020 rubllik tovar keltirilgan edi. Ma`lumotlarga ko`ra, faqatgina Buxorodan Rossiyaga har yili 3 mingdan 4 minggacha tuyalarda 8 million rubllik yuklar keltirilgan. Mazkur davrda Buxoro amirligining bir yillik tashqi savdosi 12-15 million rublni tashkil qilgani holda uning katta qismi Rossiya hissasiga to`g’ri kelgan. Rossiya uchun O`rta Osiyo xonliklari bilan savdo Napoleon Fransiyasi bilan urush (1812-1814) paytida yanada muhim ahamiyat kasb etgan. Angliya bilan savdo munosabatlari to`xtashi munosabati tufayli Rossiya O`rta Osiyo orqali savdoga katta e`tibor qaratgan. Rossiyaga ilgari Yevropa mamlakatlaridan keltiriladigan Hindiston, Eron tovarlari endilikda buxorolik savdogarlar tomonidan amalga oshirila boshlandi. O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasidagi savdo munosabatlari rivoji va savdogarlarga shart-sharoitlar yildan-yilga ortib borgan. Buxoro, Xiva, Toshkent savdogarlari Rossiyada nafaqat ichki shaharlarga borish, joylarda tovarlarning narx navosini aniqlash imkonini bergan. Bu esa hech qanday to`siq yoki qo`shimcha qiymatlarsiz joylardan tovarlarni xarid qilish imkonini bergan. Rossiya va O`rta Osiyo o`rtasidagi savdo aylanmasi 1858- yilda 11 million rublni, 1862- yili esa 15 million rublni tashkil qilgan. Rossiya bilan bo`layotgan o`zaro savdo munosabatlarida ko`proq ulush Buxoro amirligi hissasiga to`g’ri kelgan. Jumladan, A.Vamberining ma`lumotiga ko`ra, XIX asrning 40-50- yillarida Rossiyadan O`rta Osiyo xonliklariga 1014237 funt sterling miqdorda mahsulot olib kelingan bo`lsa, buning 783785 funt sterlinggi Buxoro amirligi hissasiga to`g’ri kelgan. Ayni paytda O`rta Osiyo xonliklaridan Rossiyaga 1345741 funt sterlingga teng mahsulot chiqarilgan bo`lsa, bunda Buxoro amirligining ulushi 1096380 funt sterlingga teng bo`lgan O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarda Orenburg shahri muhim o`rin tutgan.16 Zero, Orenburgga asos solinishining (1734) muhim omillaridan biri ham Rossiya mahsulotlarini O`rta Osiyo xonliklarida sotish va sharq tovarlarini olib kelish bo`lgan edi. Dastlab shunday qal`a-shahar qurish g’oyasi I.K.Kirillov tomonidan ilgari surilib, 1734- yil 1- iyunida imperatritsa Anna Ivanovna (1730-1740) tomonidan qo`llab-quvvatlangan edi. I.K.Kirillov tomonidan boshlangan harakat 1737- yildan V.N. Tatishev tomonidan davom ettirilgan. Ammo I.K.Kirilov va V.N.Tatishevlar tomonidan qilingan sa`y-harakatlar kutilgan natijani bermagan. Chunki bunga boshqirdlar tomonidan amalga oshirilayotgan qo`zg’olonlar xalaqit bergan. Keyinchalik V.A.Urusov va I.I.Nepmoyevlar Orenburgni ma`lum darajada O`rta Osiyo uchun savdo qilish nuqtasiga aylantirdilar. 1743- yilga kelganda asosan, Orenburgni qurish tugallandi. EndilikdaOrenburgga savdogarlarni jalb qilish kerak edi. Dastlabki taklif etilganlar qatoridan tatarlar o`rin olgan edi. Orenburgga qozonlik tatarlar taklif etilib, savdo-sotiq ishlari bilan shug’ullanishga imkon yaratilgan edi. Qozon tatarlarini Orenburgga joylashuvi O`rta Osiyo bilan savdosotiq munosabatlarini rivojlantirishda muhim turtki bo`lib xizmat qildi. Tatarlar orqali o`rta osiyolik savdogarlar Orenburgga kelib joylasha boshlaganlar. Rus hukumatining topshirig’i bilan Orenburg ma`muriyati o`rta osiyolik savdogarlarga ma`lum bir shart-sharoit va imtiyozlar yaratib bera boshlaganlar. 1808- yil 12- maydagi ma`lumotlarga ko`ra, Orenburgda o`rta osiyoliklardan 46 oila yashagan. Albatta, ularning hammasi savdo bilan shug’ullanmay, balki yirik savdogarlar qo`lida ish yurituvchi, etikdo`z, novvoy, cho`pon, kumushdan idishlar yashovchi usta bo`lib ham ishlaganlar. 1825- yilga kelganda Orenburgda o`rta osiyoliklar 130 oilani tashkil qilgan. Orenburgga joylashgan o`rta osiyoliklar tatarlar yordamida Rossiya shaharlarida savdo-sotiq bilan shug’ullana boshlaganlar. Chunki 1755- yil 1- dekabrdagi farmonga binoan osiyolik savdogarlarga Rossiyada savdo-sotiq bilan shug’ullanish ma`n etilgan edi. O`z navbatida Orenburg tatarlari ma`lum bir manfaatlar asosida o`rta osiyoliklar tovarlarini Rossiyaning ichki shaharlarida sotishga yordam berganlar. O`zaro diplomatik aloqalar ikki tomondan o`z davrida savdo shartnomalarini tuzishga hamda savdo karvonlari o`tadigan yo`llarni har qanday taqiqlardan xoli va qaroqchilarsiz bo`lishiga erishish edi. O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasidagi diplomatik aloqalar doimiy xarakterda bo`lmay, imzo-muhrlar qo`yilgandan keyin ham xonlar qachongacha ushbu shartnoma foyda keltirsa, o`sha paytgacha kuchga ega bo`lgan. XIX asr birinchi yarmiga qadar O`rta Osiyo va Rossiya o`rtasidagi uzoq muddatli shartnomalar bo`lmaganligi o`ziga xos xususiyatlardan biri edi. Rossiya hukumati sharq bozoriga ahamiyatni tortishdan maqsad o`z oldiga siyosiy maqsadlarni ham qo`ygan edi. Aynan shu maqsadlar savdoning asosiy o`choqlarini mujassam qiluvchi mustahkam yo`nalishlarni yaratishni ko`zlar edi.



Download 154.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling