Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
Ko'chirish siyosati bilan shug'ullanish o'lka ma'muriyati zimmasiga yuklatilgan. Ko'chib kelganlarga katta imtiyozlar berilgan. Jumladan, ular mablag', turar joy, yer maydonlari, kreditlar bilan ta'minlangan. Ko'chib kelganlar 5 yil davomida soliqlardan ozod etilgan, keyingi 5 yil davomida soliqlarning yarmini to'lagan. Rossiyadan ko'chib kelganlar asosan qishloq axolisi bo'lgan. Ular uchun o'lka ma'muriyati maktab va cherkovlar qurishga mablag' ajratgan. Turkiston o'lkasida xarbiy xizmatchilar yashab qolishlari va tomorqa yer olishlari mumkin bo'lgan. Dastlab uy qurish uchun ularga 100 rubl miqdorida mablag' berilgan. Bunday imkoniyatlar Rossiyaning markaziy rayonlaridan ko'plab axolining ko'chib kelishiga sabab bo'lgan. 1875 yilda Avliyootada Rossiyadan kelgan dexqonlarning birinchi manzilgoxi paydo bo'ldi. 15 yil davomida (1875-1890) Turkiston o'lkasiga 1300 oila ko'chib kelib joylashib, 19 ta rus qishlog'i tashkil topdi. Faqat 1891-1892 yillardagina ko'chib kelganlarning 25 ta manzilgoxi paydo bo'ldi. Vaqt o'tishi bilan nafaqat ko'chib kelgan shaxslar, balki yirik korxonalar xam daromad olish maqsadida o'lkadan yerlar sotib ola boshladi. Rossiya imperiyasining ko'chirib keltirish siyosati Turkiston o'lkasidagi mustamlaka tizimini mustaxkamlash maqsadida amalga oshirilgan edi. Ko'chib kelganlarga yaratilgan imkoniyatlar o'lkaga ko'chib keluvchilarning sonini xaddan ziyod ko'payishiga olib keldi. Ko'chirib keltirib joylashtirilgan axolining ko'payishi, ularga unumdor yerlarning berilishi maxalliy axoli vakillarining jiddiy noroziligiga sabab bo'lgan. Toshkent shaxri va o'lkaning Yangi Marg'ilon, Samarqand, Andijon kabi shaxarlarida xam ko'chib kelganlarning posyolkalari paydo bo'ldi. O'lkadagi yirik shaxarlar ikkiga: yangi ma'muriyat, xarbiy qismlar joylashgan va ko'chirib keltirilganlar yashaydigan qism xamda eski maxalliy axoli vakillari yashaydigan qismlarga ajratildi. Jumladan, Toshkentdagi Bo'zsuv anxori shaxami ikki qismga ajratgan chegara bo'lgan. 1892 yildan boshlab Rossiyadan o'zboshimchalik bilan ko'chib kelgan kishilar xam ma'muriyat ruxsati bilan ko'chirilganlarga berilgan imkoniyatlardan foydalanishi mumkinligi e'lon qilindi. Bu o'lkaga ko'chib keluvchilar sonini yanada ko'payishiga olib keldi. 14-§. Turkistonda sud tizimining tashkil etilishi Turkiston o'lkasida imperiya manfaatlarini ximoya qilishga qaratilgan tadbirlardan yana biri bu sud tizimi bo'lgan. Xonlik davrida qozilarning chiqargan qaroridan norozi bo'lganlar qozikalonga murojaat qilgan. Qozikalon esa ishni ko'rib chiqishni diniy ulamolar xukmiga xavola qilgan. Qozilar qat'iy belgilangan uchastkaga ega bo'lishmagan; xar bir da'vogar o'zi ishongan qoziga murojaat qilgan. Qozi sud majlisi boshlanishidan oldin tomonlarga kelishib olishni taklif etgan. Bu taklifdan bosh tortilsa qozi ularga qasam ichirib, tomonlarning arzini, guvoxlarning ko'rsatmalarini tinglagan, so'ng qaror chiqargan va bu qaror maxalliy xokimiyat tomonidan zudlik bilan ijro etilgan. Odatda qozilar asosan bilimdon, adolatli va xalq orasida xurmat qozongan kishilar bo'lgan. Qozilar o'zlariga murojaat qilgan tomonlarga betaraf va ularga nisbatan beg'araz bo'lishi, ulardan pul, sovg'a, xar xil xizmatlarni qabul qilmasligi lozim edi. Qozilar davlatdan maosh olishmagan, balki o'zlariga murojaat qilganlarning pul tushumlari xisobiga kun ko'rishgan. Podsho xukumati tomonidan dastlab o'lkadagi mavjud sud tizimidagi qozikalon lavozimi tugatilib, barcha qozilarning xuquqi tenglashtirildi. Boshqa mustamlakachi davlatlar singari Rossiya imperiyasi xam o'z mustamlakasiga aylangan Turkiston o'lkasida dastlab tub joy axolining diniy e'tiqodiga mos ravishda amal qilingan shariat qoidalariga asoslangan qozilik va ko'chmanchi tarzda xayot kechiruvchi axolining urfodatlariga asoslangan biy sudlarini butunlay tugatmasdan, uni saqlab qoldi. Milliy va diniy tartiblarga asoslangan sudlar faoliyati cheklanib, ular ustidan kuchli nazorat o'rnatildi. Bu o'zgarishlar bosqichma-bosqich, maxalliy axolining noroziligini keskinlashtirmagan xolda o'zgartirib borildi. Bundan tashqari, shu yo'l bilan podsho xukumati vakillari ko'plab maxalliy axoli o'rtasidagi o'zaro janjal va kelishmovchiliklarga aralashishdan o'zini saqlashga xarakat qildi. Sud tizimida amalga oshirilgan siyosatda qozi va biy sudlari oxiroqibat tugatilishi xamda ungacha faqat kichik ko'rinishdagi sud ishlarini, ya'ni asosan oilaviy mojarolar, kishilar o'rtasida janjal va kelishmovchiliklarni ko'rib turishi maqsad qilib olingan edi. 1867 yilgi "Nizom" loyixasi bo'yicha o'lkada qozilar va biy sudlari, uezd sudlari, muvaqqat xarbiysudlov komissiyalari, viloyat boshqaruvining sud bo'limlari va general-gubernatorlik Devonining sudlov bo'limi tashkil qilinadi. Sud ishlarida maxalliy axolining o'troq qismi uchun qozi sudlari, ko'chmanchi axolisi uchun esa biy sudlari, volost boshliqlari, qishloq oqsoqollari, ovul boshliqlari va ularning yordamchilari axoli tomonidan uch yil muddatga saylangan. Rossiya imperiyasi yerlik axoliga o'z ta'sirini kuchaytirish uchun 1866 yil Toshkentda maxkama joriy qiladi. Uning tarkibiga maxalliy axoli vakillaridan saylangan qozi va 7 nafar a'lam kirgan. Maxkama a'zolari podsho xukumatining o'lkadagi ishonchli va sadoqatli yordamchilari xisoblangan. Uning faoliyati podsho amaldor vakili tomonidan nazorat qilib borilgan. Qozi sudlarining vakolatlariga da'vo xajmi 100 rubldan oshmaydigan jinoyat va fuqarolik ishlarini ko'rib chiqish kirgan. Yirik da'volar esa qozilar va biylar qurultoyida ko'rib chiqilardi. Bu yig'ilishlar xalq sudyalari qurultoyi deb atalgan. Bular da'vo xajmi 1000 rubldan oshmaydigan jinoyat va fuqarolik ishlarini xal qiluvchi ikkinchi bosqich sudlari edi. Qozi sudi, xalq sudlari, ya'ni birinchi bosqich sudi tomonidan qonunga xilof qaror qabul qilingan taqdirda shikoyat qiluvchi keyingi bosqichga murojaat qilgan. Bundan tashqari, uchinchi bosqich sudlari bu turli volostlar va uezdlar axolisi o'rtasida yuzaga kelgan baxsli ishlarni xal qiluvchi xalq sudyalari ning favqulodda qurultoylari xisoblangan. Qozilar axolining soniga qarab belgilangan. Toshkent shaxrida to'rt daxaning xar birida bittadan to'rtta qozi, Samarqand shaxrida ikkita qozi, volostlarda bittadan qozi bo'lgan. Turkiston o'lkasida yashaydigan rossiyalik axoli uchun imperiya qonunlari asosidagi sudlar faoliyat olib borgan. Dastlab tashkil qilingan vaqtinchalik xarbiy sud komissiyalari bu axolining jinoiy ishlarini ko'rish bilan birga maxalliy axoli tomonidan sodir etilgan siyosiy jinoyatlar va xokimiyatga qarshi jinoyatlarni ko'rib chiqqan. Viloyat va o'lka sudlari vazifalari general-gubernatorlik devoni va boshqarmalari zimmasiga yuklangan edi. General-gubernator o'lkaning bosh prokurori va oliy sudyasi vazifasini xam bajargan. O'rta Osiyo mustamlakaga aylantirilgandan so'ng boshqa soxalar singari sud tizimi xam bosqichma-bosqich o'zgartirib borilgan. Qozi va biy sudlariga bo'lib o'tadigan saylovlarda mustamlakachi xukumatning aralashuvi, saylov natijalarini tasdiqlashdagi noto'g'ri ishlar ko'plab janjallarni, maxalliy axoli o'rtasida o'zaro nizolar, ma'muriyatga nisbatan ishonchsizlik va norozilik xarakatlarini keltirib chiqargan. Sudlarga joriy etilgan saylovlar mustamlakachi xukumat ixtiyorida bo'lib, saylovda kimning g'olib chiqishi saylovchilarga qaraganda ma'muriyat xoxishiga bog'liq bo'lib qoldi. Kim mustamlakachi ma'muriyatga yoqsa va unga sodiqligiga ishonch xosil qila olsa, o'sha qozi va biy bo'la olardi. Saylovlarda turli xil nayranglar, poraxo'rliklar avj olgan. Buning natijasida saylangan qozi va biylar o'z faoliyati davomida saylov vaqtidagi xarajatlarini turli yo'llar bilan, ayniqsa, poralar xisobiga qaytarib olishga xarakat qilishgan. Bu bilan qozilik va biylik serdaromad mansabga aylandi. Qozilar va biylar lavozim egallashi va uni saqlab qolishi uchun mustamlakachi xukumat vakillarining sodiq xizmatkorlariga aylandi. 1886 yilgi "Nizom"da xam Turkiston o'lkasida qozilar sudi saqlanib qoldi. Uezd sudlari bekor qilinib, ularning o'rniga shaxar va zemstvo boshliqlari tomonidan tayinlanadigan uchastka mirovoy sudyalari (sudlari) tuzildi. Viloyat boshqaruvining sud bo'limlari viloyat sudlari bilan almashtirildi. Sud tergovchilari, viloyat prokurori va ularning yordamchisi lavozimlari joriy etildi. 1898 yilda Turkiston o'lkasi viloyatlarida sud nizomlarini qo'llash qoidalariga muvofiq viloyat sudlari tugatildi, ularning o'rniga okrug sudlari va butun Turkiston o'lkasi bosh sud bosqichi xuquqlari bilan mustaxkamlangan Toshkent sud palatasi tuzildi. Toshkent sud palatasi faqat imperiyaning oliy sudi xukumat senatiga bo'ysunar edi. Okrug sudlari Turkiston o'lkasining barcha viloyatida joriy etildi. Ularning tarkibi sud raisi, uning o'rinbosari va sud a'zolaridan iborat bo'lgan. Jazo chorasini sudyalar va ikki sud a'zosi tayinlardi. Ularning qarori ustidan berilgan apellatsiyani imperiyada oliy sud bo'lgan xukumat senati ko'rib chiqar edi. SHunday qilib, Turkiston o'lkasidagi sud tizimi mustamlakachi xukumat vakillari va o'lka ma'muriyati nazorati ostiga o'tdi. 15-§. Turkistonda harbiy-politsiya tartibotining o'rnatilishi Turkiston o'lkasida mustamlaka tartiboti xarbiy kuch va keng tarmoqlangan politsiya tizimiga asoslangan edi. Bu vaqtgacha mustamlakachilik urushlari olib borish uchun saqlab turilgan xarbiy qismlardan endi podsho ma'muriyati mustamlaka tartiblarini ximoya qilish quroli sifatida foyda tomonidan o'rnatilgan lanadigan bo'ldi. O'rta Osiyoga temiryo'llarning o'tkazilishi Rossiya iqtisodiyoti uchun katta amaliy axamiyatga ega bo'lish bilan birga, xarbiy-strategik maqsadlarni xam ko'zlab qurilgan edi. O'rta Osiyoning bosib olingan xududlarida Rossiya imperiyasining mustaxkam o'rnashib olishi va mustamlakachilik siyosatini keng qamrovli olib borilishida temiryo'llar muxim o'rin tutdi. Harbiy qo'shinlar va qurol-aslaxalarni Krasnovodskdan Qizilarvatga qadar Kavkazdan O'rta Osiyoga tashish uchun temiryo'l qurildi. So'ngra temiryo'l qurilishi Ashxabodgacha davom ettirildi. 1888 yili dastlabki poezd Samarqandga keldi, 1899 yilda esa temiryo'l Toshkent orqali Andijongacha qurib bitkazildi. Rossiya xarbiy qurolli kuchlarining asosiy bazalari Kavkazda joylashgan bo'lib, u yerdan Kaspiy dengizi orqali kemada tez kechib o'tish mumkin edi. Krasnovdan esa temiryo'l bilan Samarqand, Toshkent vaAndijonga yetib kelish oson bo'ldi. Endi xarbiy qismlarni Krasnovodskdan Andijongacha bo'lgan 3 ming kilometrdan ziyod masofaga ko'chirish muammo bo'lmay qoldi. Turkistonda paxta ekini keng tarqalishi va Rossiya kapitali joriy etilishi bilan 20 asr boshlarida temiryo'llarning nafaqat xarbiy balki iqtisodiy axamiyati xam ko'tarildi. 1905 yilda Orenburgdan Toshkentga qadar temiryo'l qurib kelindi. Turkiston o'lkasida podsho xukumati maxalliy axolining keng ko'lamli qo'zg'olonlarga aylanib ketadigan norozilik xarakatlariga qarshi jazolash tadbirlari uchun imperiya manfaatlarini to'liq ximoyalaydigan xuquqiy asoslar yaratishga xarakat qildi. 1881 yilda "Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini qo'riqlashga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risidagi Nizom" e'lon qilindi. Nizomga muvofiq, general-gubernator "kuchaytirilgan" yoki "favqulodda" qo'riqlash xolatini o'z ixtiyori bilan joriy etish xuquqiga ega bo'ldi. Bunday xuquq o'lkada qo'zg'olon, "jamoat osoyishtaligi" buzilgan va "tashvishli kayfiyatlar" paydo bo'lgan taqdirda unga o'z ixtiyoriga ko'ra kuch va zo'ravonlik ishlatish mumkinligini anglatar edi. 1892 yildan boshlab 1916 yilga qadar Turkiston "kuchaytirilgan qo'riqlov" va "favqulodda qo'riqlov" xolatida bo'ldi. Yangi "Nizom" shaxar va qishloqlarning xar bir mavzeyini nazorat ostida saqlab turgan avvalgi politsiya tuzilmalariga qo'shimcha tariqasida uezd boshliqlariga ispravniklar xuquqini xam berdi. Bu narsa ularni uezd politsiya boshqarmalari raxbarlariga tenglashtirgan edi. Ular xar qanday odamni yetti kunga qamoqqa olishga yoki jarimaga tortish vakolatiga ega bo'ldilar. Uchastka pristavlari lavozimi ularga yordam tariqasida ta'sis etilgan edi. Odatda ular soliqlar yig'imiga, joylarda majburiyatlar, uezd boshliqlarining qarorlari ijro etilishiga raxbarlik qilgan ofitserlar bo'lib, xar qanday o'zgarishlar xaqida o'lka ma'muriyatiga ma'lumot yetkazib turgan xolda axoli ustidan kerakli nazoratni amalga oshirar edilar. O'z uchastkalari doirasida ular surishtirish va tergov ishlarini yuritishi, qamoqqa olishi va jarimaga tortishi mumkin edi. 1882-1884 yillarda o'lkani tekshirgan imperatorning maxfiy maslaxatchisi F.Girs Turkistonda 2404000 kishi yashashini va ulardan 1200000 kishi erkak ekanligini yozgan. Xuddi shu erkak axoliga xarbiy xizmat majburiyatini yuklash masalasiga to'xtalgan podsho amaldori (F.Girs) bu qaltis siyosiy tadbir ekanligiga ishora qilib, Turkiston axolisini armiyaga chaqirmaslik siyosatini yoqlab chiqdi. Podsho xukumati maxalliy axolini muntazam armiyada xizmat qilishidan, jangovar xarbiy malakalarini oshirishidan, qo'shinlarni yevropachasiga takomillashtirishga o'rgatishdan va zamonaviy qurol-yarog'lardan foydalanish maxoratini egallab olishlaridan cho'chir edi. SHuning uchun maxalliy axoli qulay fursat kelganda ana shunday xarbiy maxorat va zamonaviy qurollardan podsho xukumati o'ziga qarshi foydalanishidan xadiksirar edi. Maxalliy axolini qurolsizlantirish, unda qurolli kurash uchun xar qanday umidni yo'qotib tashlash, jangarilik unsurlarini bostirish va qadimiy jangovar an'analarni tagtomiri bilan tugatish Turkiston o'lkasidagi podsho xukumati xarbiy siyosatining asosini tashkil etar edi. 1892 yildan boshlab Turkiston 1916 yilga qadar "kuchaytirilgan qo'riqlov" va "favqulodda qo'riqlov" xolatida bo'ldi. Politsiya - (nemischa - ma 'muriyat) - jamoat xavfsizligini saqlovchi tashkilot. Ispravnik - uezd politsiyasi boshlig'i. 16-§. 19 asrning ikkinchi yarmi - 20 asrning boshlarida Turkistonda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol 19 asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan O'rta Osiyo xududlarida yashovchi xalqlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy xayotida keskin o'zgarishlar yuz berdi. SHu bilan birga o'lka iqtisodiyoti imperiya manfaatlariga to'liq bO'ysundirildi. Bu davrda o'lkaga Rossiya kapitali, Yevropa maxsulotlari va yangi ishlab chiqarish texnologiyalarining kirib kelishi kengaydi. Ko'plab bank va sanoat bo'limlari ish boshladi. Bu o'zgarishlar o'lkada paxtachilik, konchilik, xomashyoga dastlabki ishlov berish, yog'moy sanoati kabi soxalarning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatdi. Iqtisodiyotdagi o'zgarishlar imperiyaning o'lkadagi manfaatlaridan kelib chiqqan xolda, ya'ni bir tomonlama olib borildi. Ishlab chiqarish va savdo-sotiq Rossiya imperiyasi va u orqali boshqa davlatlar bilan aloqalarning kengayishi natijasida rivojlanib bordi. Ayniqsa, imperiya to'qimachilik sanoati uchun paxta yetishtirish ko'paydi. Bu o'lkada boshqa turdagi qishloq xo'jalik maxsulotlarining kamayishiga, ayniqsa, g'allaning tanqisligiga sabab bo'ldi. Bu davrda boshqa soxalarga qaraganda sanoatning paxta xomashyosiga dastlabki ishlov berishga mo'ljallangan soxasi rivojlandi. Paxtani faqat tozalash va yog' ishlab chiqarish soxasigina yo'lga qo'yilib, paxta xomashyosidan tayyor maxsulot tayyorlash imperiyaning markaziy guberniyalarida bajarilgan. o'lkadan olingan boshqa xomashyolar, jumladan, jun va teriga ishlov berish xam shunday tarzda bo'lgan. 1867-1900 yillarda Turkiston general-gubernatorligida ishga tushirilgan 175 ta sanoat korxonasi bo'lib, ularning aksariyat ishlari qo'l mexnati bilan bajarilgan. Bu korxonalarda 20 ming ishchi ishlagan. Maxalliy sanoat ishchilari xonavayron bo'lgan dexqonlar yoki ishsiz qolgan xunarmandlar xisobidan ortib borar edi. Korxonalarda ish kuni 16 soat bo'lib, ishchilarning xuquqini ximoya qiladigan tashkilotlar bo'lmagan, ishchilar shikoyat bilan xcch kimga murojaat qila olmaganlar. Rossiya imperiyasining markaziy rayonlarida ishlab chiqarilgan sanoat va boshqa turdagi maxsulotlarning o'lkaga kirib kelishi natijasida maxalliy ishlab chiqaruvchilar xunarmandlar maxsulotlarining bozori kasodga uchrab, ularning kamayishiga olib keldi. Rossiyadan keltirilgan arzon narxlardagi zavod va fabrika maxsulotlari maxalliy xunarmandlar tomonidan ishlab chiqiladigan maxsulotlar bozorini sindirdi. Suning natijasida o'lkada ko'plab odamlar, ayniqsa, xunarmandlar ishsiz qoldi. Rossiya sarmoyasi o'lkada ishlab chiqarishni rivojlantirishga emas, balki mavjud tabiiy boyliklarni o'zlashtirishga, arzon xomashyoga ega bo'lishga, ularni tashib ketishga, o'zida ishlab chiqarilgan maxsulotlarni bu o'lkada sotishga qaratildi. SHu maqsadda savdo-sotiq soxasini va temiryo'llarni kengaytirishga katta e'tibor berildi. Podsho xukumati tomonidan o'lkadan olinadigan foydalar bu xududni rivojlantirish uchun emas, balki imperiya xazinasini to'ldirish, Rossiya savdogar va sarmoyadorlarini boyitishga xizmat qildi. Rossiya sarmoyasi o'lkada ishlab chiqarishni rivojlantirishga emas, balki tabiiy boyliklarni o'zlashtirish, o'zida ishlab chiqarilgan maxsulotlarni sotish, xomashyoni tashib ketish va temiryo'llarni qurishga xizmat qildi. Rossiya imperiyasining Turkiston borasidagi barcha rejalari paxtachilikni rivojlantirishga qaratilgan edi. O'lkani Rossiya to'qimachilik sanoati uchun asosiy xomashyo yetkazib beruvchi xududga aylantirish mo'ljallangan edi. CHorvachilikda yaylovlar uchun foydalaniladigan yerlarning paxta maydonlariga aylantirilishi, chorvachilikning va chorva maxsulotlarining kamayishiga olib keldi. Bu xol ayniqsa, Farg'ona vodiysida yaqqol sezilib, bu yerga g'alla va chorva maxsulotlari chetdan olib kelina boshlandi. G'alla, chorva maxsulotlariga bo'lgan extiyoj, ularning narxlarini keskin oshirib yubordi. Farg'ona, Sirdaryo va Samarqand viloyatlari paxta yetishtiriladigan eng muxim markazlar bo'lgan. 1884 yilda Turkistonda yangi paxta navi (Amerika navi) yetishtirish boshlandi. Bu nay maxalliy navlarga qaraganda ancha yuqori xosil berar edi. Podsho xukumati paxta maydonlarining kengayishi va xosilning yaxshi bo'lishi O'rta Osiyo mintaqasida suv bilan bog'liq bo'lganligi uchun irrigatsiya tarmoqlarini kengaytirishga xarakat qilgan. 1911 yilda Sirdaryo magistral kanalini bunyod etish ishlari boshlandi va 1913 yilga kelib tugallandi. Biroq Tosbkent voxasi, Samarqand viloyati va Farg'ona vodiysida sug'orish soxasi bo'yicha ishlarning ko'pi bajarilmay qolib ketdi. Mustamlakachi xukumat uchun paxta o'lkada neft va oltindan keyingi o'rinda turuvchi yuqori daromadli soxaga aylandi 17-§. Turkistonda milliy-ozodlik harakatlarining boshlanishi va uning sabablari Rossiya imperiyasi Turkiston o'lkasini bosib olgach, maxalliy axolining milliy davlatchilik, ozodlik tuyg'ularini so'ndirishni asosiy vazifa deb xisoblagan. Bu vazifani amalga oshirmay turib, o'z xukmronligini osongina saqlab bo'lmasligini podsho xukumati yaxshi bilar edi. Har qanday mustamlakachi davlat xarbiy va bosqinchilik yo'li bilan bosib olgan xududning boyliklaridan o'z manfaati yo'lida foydalanishga xarakat qiladi. Turkistonda xam xuddi shu taxlitda ish yuritilib, o'lkani Rossiya imperiyasining asosiy xomashyo bazasiga aylantirishga kirishildi. O'lkada sanoat ishlab chiqarish rivojlana borib, kapitalistik munosabatlarga asta-sekin yo'l ochilayotgan bo'lsada, bu xalqning moddiy axvolini yaxshilamadi, balki korxona xo'jayinlari, savdogarlar, amaldorlarning boyishiga yo'l ochib berdi. Er-mulkning boylar va yirik savdogarJar qo'lida to'plana borishi savdo-sudxo'rlik kapitali mavqeyining kuchayishiga, kam yerli dexqonlarning, chorakorlarning ko'payishiga sabab bo'ldi. Sudxo'rlik mislsiz darajada avj oldi. Qarz beruvchi kassa mablag'laridan faqat ayrim vositachilar boylar, sudxo'rlar, savdogarlar va shunga o'xshash yulg'ichlar foydalanib, uni o'zlari xoxlaganlaricha tasarruf qilardilar. Paxtani sotib oluvchilar dexqonning nixoyat darajada muxtoj bo'lib qolganligidan foydalanib, kelasi yil xosiliga juda past narx belgilab qarz berardi. Sudxo'r changaliga tushib qolgan dexqon xo'jalik mustaqilligidan maxrum bo'lib, qarz bergan kishi nimani buyursa, shuni ekishga majbur edi. Qarz va nasiyalardan foydalanish avj olgan sari dexqonlarning axvoli tobora yomonlashib, qashshoqlikka yuz tutgan. Ular qarzlar tufayli o'z yerlarini sotib yuborishga majbur bo'lganlar. Turkistonning mustamlakaga aylantirilishi nafaqat dexqonlarning, balki minglab oilalarning tirikchiligini tebratib turgan xunarmand-kosiblarning xam axvolini og'irlashtirdi. Rossiya sanoati tomonidan ishlab chiqarilgan uy-ro'zg'or buyumlari, ayniqsa, to'qimachilik maxsulotlari bilan O'rta Osiyo bozorlarining to'ldirilishi natijasida xunannandchilikning ko'plab turlari inqirozga uchradi. Bu vaqtga kelib iqtisodiy qiyinchiliklar, yashash sharoitining yomonligi, soliqlarning ko'pligi, mexnat majburiyatlarining og'irligidan maxalliy axolining axvoli yomonlashib ketdi. Bunday xolat kambag'allar safining yanada ko'payishiga olib keldi. Bularning barchasi o'lka xalqlarining siyosiy mustamlaka zulmiga tushishi, milliy davlatchilikning yo'qotilishi va xukmron ma'muriyat tomonidan xar tomonlama kamsitilishiga sabab bo'ldi. 19 asr oxirida iqtisodiy qiyinchiliklar va xalqning ma'naviy jixatdan kamsitilishi, maxalliy urfodatlarga zid bo'lgan qarorlarning qabul qilinishi natijasida Turkiston Rossiya imperiyasining milliy-ozodlik xarakatlari avj olgan markazlaridan biriga aylandi. O'lkaning turli joylarida ko'tarilib kelayotgan bu qo'zg'olonlarning xarakatlantiruvchi kuchi asosan dexqonlar, shaxar xunarmand-kosiblardan iborat axolining kambag'al qismi bo'ldi. Bu xarakatlarda vatanparvar ruxoniylar, milliy g'ururini yo'qotmagan mulkdorlar, savdogarlar xam ishtirok etdilar. Mustamlakachilikka qarshi o'lkaning turli joylarida norozilik chiqishlari bo'lib turdi. Jumladan, 1878 yili Mingtepada (xozirgi Marxamat tumani) mustamlakachilarning siyosiy va iqtisodiy zulmiga qarshi Yetimxon boshchiligida qo'zg'olon ko'tarildi. Uni mustamlakachi xukumat kuch bilan bostirdi. 1879 yilning kuzida maxalliy axoli Farg'ona viloyat boshqarmasi binosi oldiga ochiqchasiga norozilik bildirib yig'ildi. Ular Marg'ilon uezdida soliq to'plash noqonuniy tusga kirganligiga qarshi chiqib, soliqlarning kamaytirilishini qat'iy talab qildilar. Qo'zg'olon kuchayib ketishi extimolini sezgan podsho xukumati komissiya tuzib, vaziyatni o'rganishga kirishdi. Komissiya viloyatda paxta ekishning keng ko'lamda avj oldirilishi, natijada boshqa muxim ekinlar keskin kamayganligi bunga sabab bo'lganini ma'lum qilgan. 1880 yilning noyabrida axoli xamma soliqlarni to'laganligiga qaramay, Xo'jand uezdining boshlig'i Xo'jand va O'ratepa tumanlaridagi axolidan qo'shimcha yer solig'i olinadi, deb e'lon qildi. Buning oqibatida, sabr kosasi to'lgan axoli Raxmonqulixoji, Mirkarimboylar boshchiligida uezd boshlig'ining maxkamasiga borib, adolatsiz soliqni bekor qilishni talab qildi. Bunga javoban boshliq mirshablarga namoyish raxbarlarini xibsga olishni buyurdi. Talonchilik, soliqlar va jabr-zulm avjiga chiqqanligi sababli 1882 yilning boshlarida Namangan axolisi ma'murlarga qarshi bosh ko'tarib chiqdi. Bu safar ular uezd boshlig'ining uyini o'rab oldilar. Uezd ma'murlari xarbiy bo'linmani yordamga chaqirib, namoyishchilarni qattiq jazoladi. 1885 yilning yozida Farg'ona vodiysida xalq qo'zgolonlari qaytadan avj olib, Andijonda Darvishxon boshchiligida qo'zg'olon ko'tarildi. Endi qo'zg'olonchilar kurash usullarini o'zgartirib, boylar va volost boshliqlarining qarorgoxlariga xujum uyushtirdilar. SHu yillarda qo'zg'olon birinketin butun viloyatga yoyildi. 1896 yilda Namangan uezdining Oqsuv-SHaxrixon volostidagi Naymanchi, Ko'xna mozor, Langarbob qishloqlarida axolining mingboshilar saylovlaridagi noroziligi oshkora qo'zg'olonga aylanib ketdi. Turkistonda podsho xukumatining xukmronligi, amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatiga qarshi o'lkaning xar bir joyida maxalliy axoli tomonidan turli ko'rinishdagi norozilik xarakatlari olib borildi. Rossiya imperiyasining savdo-sanoat doiralari Turkiston o'lkasini xar tomonlama, ayniqsa, iqtisodiy jixatdan qaram qilishda faol ishtirok etdilar. Mustamlakachi xukumat dastlab ko'chirib keltirilganlar qishloqlarini o'zbek, qirg'iz, tojik qishloqlaridan ajratib, mustaqil bo'lishini ta'minlagan bo'lsa, keyinchalik, bu qishloqlar va maxalliy qishloqlarni birlashtirgan volostlarga raxbarlarni maxalliy axoliga mansub bo'lmagan shaxslardan qo'ya boshladilar. Ular orqali maxalliy axoli ustidan boshqaruv va nazoratni o'z qo'llariga to'liq olish mo'ljallangan edi. O'lka ma'muriyati qo'zg'olonlarning yangi to'lqin. bilan kuchayib ketishidan doimiy ravishda xavfsirab turardi. General-gubernator maxkamasi maxsus bo'limining boshlig'i o'z ma'ruzasida "isyonga moyil" axoli vakillarini xarbiy sudga berish va bu sud o'lim jazosini oshkora ijro etishi xaqida fikr bildirdi. U xalqni qo'rquv va tobelikda ushlab turish o'lkada tartib xamda osoyishtalikni ta'minlashga qodir yagona vosita ekanligini uqtirdi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling