Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet57/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

Qo'qon xonligida oliy xukmdor xon xisoblangan. Xonlik minglar sulolasi (1710-1876) tomonidan boshqarilgan va uning ma'muriy markazi Qo'qon shaxri bo'lgan. Qo'qon xoni xokimiyati merosiy xisoblanib, xon cheklanmagan siyosiy, ma'muriy va xarbiy xokimiyatni o'z qo'lida mujassamlashtirgan. Eng yuqori xarbiy lavozim amirlashkar bo'lib, u xarbiy vazir xisoblangan. Xonlikdagi aloxida xarbiy bo'linmalarga mingboshilar raxbarlik qilgan. Ular keyinchalik bosh vazir vazifasini bajargan. Xazina ishlari va xarajatlarini mextar nazorat qilib borgan. Qozikalon, qozilar islom dini qoidalari asosida sud ishlarini olib borganlar. Muxtasib raislar diniy ishlar, shariat qoidalariga rioya qilinishi, savdo-sotiqning to'g'ri yuritilishini nazorat qilganlar. Xonlikdagi tartib-intizom ishlari bilan mirshablar shug'ullangan. Qo'qon xoni zaruriyat tug'ilganda oziq-ovqat ortilgan 12 ming aravaga ega bo'lgan 60 mingtagacha askarni yig'a olardi.

3-§. 19 asr o'rtalarida o'zbek xonliklarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

19 asrda O'rta Osiyo xonliklari agrar davlatlar edi. Axolining ijtimoiy-iqtisodiy axvoli yerga egalik tartiblari qandayligi, to'lanadigan soliq va to'lovlarining miqdori bilan belgilangan. Bu davrda yerlarning asosiy qismi, ayniqsa, ekin maydonlari xon, uning qarindosh va yaqinlari xamda bir qancha katta yer egalari qo'lida bo'lgan. Axolining aksariyati katta yer egalariga tegishli ekin maydonlarida mexnat qilganlar. Dexqonlar ijaraga olgan yerlari uchun xosilning bir qismi (ko'p xollarda xosilning 1/5 yoki 1/3 qismi) ni xiroj sifatida to'laganlar.

Xiva xonligida ijaraga yer olgan dexqonlar "yarimchi" deb atalgan. CHunki ular olingan xosilning yarmini ijara xaqi qilib to'lagan. Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklarida yerga egalik qilish shakllari deyarli bir xil edi. Ular uch turdagi yer egaligidan iborat bo'lib, amlok davlat yerlari, mulk xususiy yerlar, shuningdek, masjid va madrasalar, diniy muassasalarga qarashli vaqf yerlar xisoblangan. Xonliklardagi yirik amaldorlar, xarbiy sarkardalarga davlat tomonidan yerlar in'om etilgan. Vaqf yerlaridan olinadigan foyda xisobkitobi va taqsimoti bilan mutavalli shug'ullangan. Axoli soliq va to'lovlarni maxsulot yoki pul ko'rinishida to'lagan. Bundan tashqari, sug'orish inshootlari, yo'llar, ko'priklar qurish va ularni ta'mirlash kabi ishlarni majburiyat tarzida bajarganlar. Mexnat majburiyati axolining ishlab berishi bo'lib, u begar deb xam nomlangan.

Bu davrda axolidan xiroj, zakot, suv, tegirmon, tuz, mulk, tomorqa, bog' solig'i va boshqa soliqlar yig'ilgan. Xiva xonligida asosiy soliq solg'ut deb atalgan. Harbiy majburiyatda xar bir erkak kishi oziq-ovqati, qurol aslaxasi bilan birga qatnashishi kerak bo'lgan. CHorvador axoli chorva mollaridan zakot solig'i, yaylov va suvdan foydalangani uchun xam soliqlar to'lagan. Bu davrda shaxarlar axolisi xunarmand va savdogarlardan savdo puli, do'kon puli, tarozi puli kabi soliqlar olingan.

O'rta Osiyo xududi va uning iqlimi qishloq xo'jaligi maxsulotlari yetishtirishga qulay bo'lgan. Bu soxa taraqqiyoti sug'orish ishlarining xolati va suv ta'minotining qay darajada ekanligiga bog'liq edi. SHuning uchun xam sug'orish va suv ta'minoti soxasi O'rta Osiyoda muxim xamda davlat axamiyati darajasiga ko'tarilgan. Qolaversa, xazinaga tushadigan asosiy daromadni dexqonlardan yig'iladigan soliqlar tashkil qilgan.

Har bir xududda axoli va ma'muriyat vakillari sug'orish soxasiga mas'ul javobgar bo'lgan. Sug'orish ishlarini yuritish va nazorat qilish bilan bu soxaning mutaxassislari - miroblar shug'ullanganlar. Ular sug'orish ishlari, suv inshootlarining qurilishi, ta'minoti, ta'mirlanishi, tozalanishl, suv taqsimotini yaxshi bilgan kishilar bo'lgan. O'rta Osiyoda sug'orish tizimi qadimdan rivojlanib kelgan soxa xisoblanadi. Mazkur ishlar asosan keng xalq ommasi tomonidan xashar yo'li bilan bajarilgan.

Axolisi asosan sug'orma dexqonchilik bilan shug'ullangan Farg'ona vodiysida sug'orish tizimiga katta e'tibor qaratilgan. Vodiy xududida yirik sug'orish inshootlari SHaxrixonsoy, Andijonsoy, Marg'ilonsoy, Yangiariq, Ulug'nor, Qoradaryo kabilar bo'lgan. Suv chiqishi qiyin bo'lgan joylarga maxsus qurilmalar chig'irlar yordamida suv chiqarilgan. Amudaryo, Sirdaryo suvlari turli sun'iy sug'orish tizimlari kanallar xamda uning bo'ylariga qurilgan to'g'onlar orqali eklll maydonlariga yetkazilgan. Bu xududda yetishtirilgan qishloq xo'jaligi maxsulotlarini asosan paxta va donli ekinlar tashkil qilgan. Bundan tashqari, bog'dorchilik, uzumchilik, poliz va sabzavot maxsulotlari yetishtirilgan.

O'rta Osiyo xalqlari xayotida xunarmandchilik muxim o'rin egallab, axolining dexqonchilik, chorvachilik va savdo-sotiq bilan shug'ullanadigan qatlamining xayoti xam bevosita xunarmandchilik bilan bog'liq bo'lgan. CHunki, xar bir dexqon va chorvador xunarmandchilik buyumlaridan foydalangan xolda mexnat qilgan, ayni vaqtda ular xunarmandchilikning turli soxalari uchun xomashyo yetkazib bergan. Savdogarlar esa xunarmandchilik maxsulotlari bilan savdo-sotiq qilgan. O'rta Osiyo davlatlarida ko'plab xunarmandchilik markazlari mavjud bo'lib, ular maxalliy xususiyatlariga ko'ra turli xunarmandchilik soxalariga ixtisoslashgan. Masalan, Marg'ilonda atlas to'qish, do'ppichilik, Rishtonda kulolchilik, Buxoroda zargarlik, SHaxrixonda pichoqchilik, do'ppichilik, duradgorlik, CHustda xam do'ppichilik, pichoqchilik, Qo'qonda temirchilik, duradgorlik, zargarlik, Samarqandda zargarlik, Xivada me'morchilik, ganchkorlik rivojlangan. Buxoro amirligida bu davrda kulolchilik, temirchilik, miskarlik, zardo'zlik, shishasozlik, kandakorlik, badiiy kashtachilik soxalari xam keng tarqalgan. Xonliklarda temir maxsulotlariga extiyoj katta bo'lganligi bois, metallga ishlov beruvchi maxalliy temirchilik soxasi rivojlangan. Temirchilar tomonidan ketmon, o'roq, chalg'i va boshqalar tayyorlangan.

Hunarmandlar tomonidan asosan mexnat qurollari, xususan, dexqonchilikda ishlatiladigan asbob-uskunalar, kiyim-kechaklar, zeb-ziynatlar, idish-tovoqlar, chorvadorlar foydalanadigan buyumlar tayyorlangan. O'rta Osiyo xalqlari o'rtasida azaldan xunarmandlarga xurmat bilan qaralgan, xunar egallash va bu kasbga munosib bo'lish yaxshi fazilat xisoblangan. Xalq orasida "xunardan unar", "yigit kishiga qirq xunar xam oz", "xunari bor kishi xor bo'lmas" kabi xikmatli so'zlar bejiz tarqalmagan.

Hunarmandchilik xonadon va kasanachilik ko'rinishidagi mayda ustaxonalardan iborat bo'lib, unda asosan qo'l mexnatidan foydalanilgan. Hunarmandchilik maxsulotlari maxalliy axoli extiyojlarini qondiribgina qolmay, balki savdogarlar tomonidan chetga xam olib borilgan. O'rta Osiyo savdogarlari Eron, Xitoy, Hindiston, Afg'oniston, Rossiya davlatlari va qozoq juzlari bilan savdo-sotiq qilganlar. O'rta osiyolik savdogarlar maxalliy maxsulotlarni chetga olib borib, u yerlardan zarur mollarni olib kelganlar. Xorijda xunarmandlarning zargarlik maxsulotlari, shoyi va atlas matolari, kulolchilik buyumlari yuqori baxolangan.

Bu davrda O'rta Osiyodagi ichki va tashqi savdoning yanada jadal rivojlanishiga uchta davlat o'rtasidagi kelishmovchiliklar, ichki nizolar va notinchliklar salbiy ta'sir ko'rsatgan.

Agrar - (lotincha - agrarius - yerga, dalaga oid) qishloq xo'jaligi bilan shug'ullaniladigan hududga, aholining dehqonchilik bilan bandligi va ularning qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi ustun bo'lgan joyga nisbatan qo'llaniladi.

4-5-§. 19 asr o'rtalarida O'rta Osiyo aholisining madaniy hayot.

Xonliklardagi axolining aksariyati o'zbek tilida so'zlashgan. Bu tilda oliy-ximmat qaxramon va baxodirlarning jasorati, ularning g'alabalari va adolat uchun kurashlari sharaflangan xalq dostonlari qaxramonlik eposlari keng tarqalgan. 19 asrda qirqqa yaqin doston ma'lum bo'lib, "Alpomish", "Go'ro'g'li", "Kuntug'mish", "SHirin va SHakar" dostonlari ularning eng mashxurlari edi. Xalq baxshilari tomonidan bayramlar, xalq sayillarida sadoqatli do'stlik va chin muxabbat ulug'langan "Toxir va Zuxra", "Bo'z yigit" dostonlari kuylangan.

Axoli orasida xalq og'zaki ijodiyoti katta o'rin egallagan bo'lib, ularda kinoya shaklida amaldorlarning illatlari, saroy a'yonlarining nuqsonlari va ochko'zligi kulgi ostiga olinar edi. Ba'zi insofsiz amaldor va boylar qoralangan xamda mexnatkash xalqning oliyjanobligi, mardligi madx etilgan. Dostonlarda ko'pincha ezgulikning yovuzlik ustidan g'alabasi g'oyasi yetakchilik qilardi. Ularda xalqni zolimlardan ximoya qilish, noinsof beklar va xonlarni fosh etadigan, oddiy kishilarga nisbatan mexr namoyon bo'ladigan ijtimoiy mazmun xam aks etgan. O'zlari mavzular to'qib, ularni o'zlari ijro etgan qiziqchilar va askiyachilar xam o'zbek adabiyoti xamda folklorini rivojlantirishda salmoqli xissa qo'shganlar. Har yili baxorda shaxar va qishloqlar atroflaridagi bog'lar va chorbog'larda, qiru adirlarda xalq sayillari o'tkazilar edi. Sayyor sirk truppalari xalq sayillarida bozor maydonlarida o'z tomoshalarini ko'rsatib, axolini xushnud qilar edi. Polvonlar o'rtasida kurash musobaqalari o'tkazilgan. Novvoyxonalar, choyxonalar, oshxonalar ochilib, ularda milliy taomlar tayyorlanar, xufizlar, mashshoqlar kuylar, ko'zboyloqchilar, dorbozlar, xayvon o'ynatuvchilar, qo'g'irchoq teatrlari tomoshalar ko'rsatar, askiyachilar davrada o'zaro musobaqalarda bellashgan.

Yuqorida aytib o'tilganlarning barchasi uchala davlat axolisi uchun yagona bo'lgan xalq madaniyatining tarkibiy qismini tashkil etardi. Xalq madaniyati siyosiy jixatdan inqirozli davrda xam rivojlanib borgan.

Bu davrda Xiva va Qo'qon xonliklari, Buxoro amirligida Ilm-fan ma'lum darajada rivojlangan. Xiva xonligida Olloxqulixon (1825-1842) farmoyishi bilan SHermuxammad Munis Xorazmning 1812yilga qadar bo'lgan tarixini yozgan. Uning asl ismsharifi SHermuxammad Amir Avazbiy o'g'li bo'lib, tarixchi, ayni paytda shoir, tarjimon, xattot, ma'rifatparvar bo'lgan. Munis 18 mingdan ziyod misrani o'z ichiga olgan devonini avlodlarga meros qilib qoldirgan. U 1819 yilda Mirxondning "Ravzat us-safo" ("Soflik bog'i") tarixiy asarini o'zbek tiliga tarjima qilishni boshladi va asarning 1-jildini tarjima qilishga ulgurdi. Uning "Firdavs ul-iqbol" ("Baxtlar bog'i") asarini va "Ravzat us-safo" tarjimasini shogirdi va jiyani Ogaxiy nixoyasiga yetkazdi. Ogaxiyning asl ismi Muxammad Rizo Ernazarbiy o'g'li bo'lib, 1809-1874 yillarda yashagan. U 16 ta tarixiy, ma'rifiy, tarjima asarlari muallifi. U arab, fors, turk tillarini puxta bilgan va Xorazmning 1812-1872 yillardagi tarixiga bag'ishlangan asar yozgan. Xiva xonligi tarixiga oid "Riyoz ud-davla", "Zubdat ut-tavorix", "Gulshani davlat", "SHoxidi iqbol" nomli tarixiy asarlar yozgan. Ogaxiyning xalqparvarligi va xalq xoliga befarq qaray olmasligi uning "Qish" g'azalida o'zining yorqin ifodasini topgan. Ogaxiy she'riyati, tarixnavislik va tarjimonlik faoliyati O'rta Osiyo xududidagina cmas, balki 19 asr SHarq dunyosi madaniy xayotida chuqur iz qoldirdi.

Buxoro amirligida xam bir qator ilm-fan namoyandalari yetishib chiqdi. Ulardan biri yozuvchi, faylasuf, musavvir, ma'rifatparvar Axmad Donish (1827-1897) edi. 1857 yilda Buxoro amiri Nasrulloning elchilari bilan Moskva, Peterburg va boshqa Rossiya shaxarlari bo'ylab sayoxat qilgan. U "Buxorodan Peterburgga sayoxat", "Buxoroyi sharif mang'it amirlari muxtasar tarixi", "Navodir ul-vaqoe'" ("Nodir voqealar") asarlarining muallifidir. Axmad Donish 1865 yilda amir Muzaffar taklifi bilan "Manozir ul-kavokib" ("Sayyoralarning joylanishlari") nomli astronomiyaga oid kitob yozgan. U faqat Buxoro amirligi emas, balki O'rta Osiyoning boshqa xonliklarida xam eng ko'zga ko'ringan madaniyat arbobi sifatida tanilgan edi.

19 asr boshlarida amir Umarxon xukmronlik qilgan davrda, Qo'qon xonligida markazlashgan xokimiyat o'rnatilishi, savdo-sotiq munosabatlari tartibga solinishi xonlikda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik ilm-fan rivojlanishida muxim o'rin tutdi. Xon saroyida o'zbek milliy madaniyati rivojiga salmoqli xissa qo'shgan namoyandalar ko'paydi.

Saroy shoirlari orasida Fazliy aloxida ajralib turar edi. SHe'riy iste'dodi tufayli xonning marxamatiga sazovor bo'lib, tez orada saroy shoirlarining boshlig'i "Malik ush-shuaro" nomini olgan. U 200 nafarga yaqin qo'qonlik shoirlar va olimlar ijodini o'z ichiga olgan "Majmuat ush-shuaro" tazkirasini yozdi. Fazliyning ajoyib g'azallarini xonandalar sevib qo'shiq qilib kuylashgan. Uning she'rlari tili sodda va nixoyatda ravon, xalq tiliga yaqin edi.

19 asrda xam O'rta Osiyo davlatlari shaxarlarida asr o'rtalariga borib qurilish ishlari avj oldi. Bu davrda Xiva va boshqa shaxarlarda ko'plab imoratlar saroy, bozar, madrasa, masjid, xonaqox kabi inshootlar qurildi. Olloxqulixon madrasasi, Raxmonqul Inoq saroyi, Ichan qal'adagi Muxammad Aminxon madrasasi (1851-1855), Ark darvozasi qarshisida esa Muxammad Raximxon madrasasi (1871) bugungi kunda xam Xiva shaxrining ko'rki xisoblanadi. Ularning devorlari o'sha davr Xorazm me'morchiligiga xos bo'lgan usulda, tiniq zangori rang ustidan oq va yashil gullar tushirilgan koshirlar bilan bezatilgan.

Qo'qon xonligida bu davrda Hazrati Kalon Soxibzoda madrasasi (1862), Hokim Oyim madrasasi (1869), Sulton Murodbek madrasasi (1872) qurib bitkazilgan. Ularning ichida 19 asr ikkinchi yarmi noyob arxitektura yodgorligi hisoblangan yuzdan ortiq xonadan iborat Xudoyorxon saroyi (1863-1870) aloxida o'rin tutadi. U o'zining bezaklari, naqshlari rang-barangligi, yorqin jilosi bilan ajralib turadi.

Xonlikning yirik markazi Toshkentda 19 asrning o'rtalarida qadimiy inshootlardan Hazrati Imom majmuasi, 1859 yili esa Baroqxon madrasalarini ta'mirlash ishlari boshlanadi. SHu davrda Baroqxon madrasasi qarshisida Mo'yi muborak madrasasi, Tillashayx jome masjidi singari inshootlar bunyod etildi.

Bu vaqtga kelib, Buxoro amirligi me'moriy qiyofasida xam o'zgarish sodir bo'ldi. SHaxar va qishloq axolisi yashaydigan turar joylar va maxalla guzarlaridagi qurilishlar joylarni yanada obod va ko'rkam qildi. Kufiy, rayxoniy, nasta'liq yozuv uslublaridan binolarni bezashda foydalanish davom ettirildi.

Bu davrda ikki tilda (zullisonayn), ya'ni o'zbek va fors tillarida ijod qilingan. Ayni maxalda bu madaniyatda o'zbek adabiyotining ulug' namoyandalari, ayniqsa, Alisher Navoiy asos solgan insonparvarlik va demokratik an'analar muxim o'rin tutgan. O'rta Osiyo xalqlarining mushtarak tarixi mustaxkam do'stlik zaminiga qurilgan edi. Minglab she'rlar, g'azallar, xikoyalar, qissalar va og'zaki rivoyatlar ovuldan ovulga, qishloqdan qishloqqa yoyilib, baxodir yigitlar jasoratini madx etar, botirlar va paxlavonlar xaqida kuylar, Go'ro'g'li, Alpomish, Manas, Toxir va Zuxra, Farxod va SHirin, Layli va Majnun sadoqati, mardligi, do'stligi va muxabbati odamlarda ishonch, o'zaro xurmat tuyg'ularini uyg'otib, ezgulikka da'vat etardi.

Bizning milliy teatr san'atimiz tarixan juda katta yo'lni bosib o'tgan bo'lib, uning qadimiy ildizlari xalq o'yin va tomoshalariga borib taqaladi.

Epos - xatq og'zaki ijodida qahramonlik va qahramonlar haqidagi dostonlar majmui.

Xonaqoh - darvishlar uchun maishiy xona va masjiddan iborat yotoqxona.

Truppa - teatr yoki sirk artistlari jamoasi.

3-bo'lim.

Rossiya imperiyasining O'rta Osiyoni bosib olishi

6-§. Rossiya imperiyasi tomonidan O'rta Osiyoni bosib ollsh uchun istilochillk harakatlarining boshlanishi

Rossiya imperiyasi tashqi siyosatida o'z chegaralarini sharqqa tomon kengaytirish uchun dastlab Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklari bilan xar tomonlama aloqalar o'rnatishga xarakat qildi. Bunda, eng avvalo, xonliklar to'g'risida ko'proq ma'lumotlar to'plash maqsadida o'z elchilarini bu yerlarga jo'natdi. Pyotr 1 xukmronligi davridayoq Aleksandr Bekovich-CHerkasskiy boshchiligidagi xarbiy ekspeditsiya jo'natilgan edi. Ammo bu ekspeditsiya muvaffaqiyatsizlikka uchragandan so'ng podsho xukumati xarbiy istexkomlar qurishga kirishdi. 1718 yilda Irtish daryosi soxilida shunday istexkomlardan yettitasi qurib bitkazildi.

Sayyox, savdogar, elchilar sifatida yuborilgan ayg'oqchilar tomonidan O'rta Osiyoning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va xarbiy axvoli, suv va quruqlikdagi yo'llari to'g'risida ma'lumotlar yig'ib borildi. 19 asrda Rossiya imperiyasining sanoat xomashyosiga bo'lgan extiyojining ortishi, ishlab chiqarilgan maxsulotlari uchun qo'shimcha iste'mol bozorlarining zarurligi, to'qimachilik sanoati uchun arzon paxta tolasi yetkazib beradigan xududga ega bo'lish muammolari O'rta Osiyoni osib olinishini yanada tezlashtirdi. SHuning uchun 19 asrning o'rtalarida bu xududni bosib olish Rossiya imperiyasining birinchi navbatdagi vazifasiga aylandi. Bundan tashqari, xalqaro doirada ingliz tovarlarining O'rta Osiyoga kirib kelishi, Angliyaning bu xududga nisbatan qiziqishining ortib borishi Rossiya imperiyasi xukumatining istilochilik xarakatlarini yanada tczlashtirdi. Buyuk Britaniyaning Ost-Indiya kompaniyasi 19 asrdan boshlab strategik axamiyatga ega bo'lgan xonliklarning tabiiy boyliklari, xomashyo maxsulotlariga qiziqishi ortib bordi. O'rta Osiyoga 1825 yilda M.Murkroft Angliya bilan aloqalarni yo'lga qo'yish uchun yuboriladi. U Buxoroga kelib, qaytib ketayotganda ikki xamroxi bilan xalok bo'ladi. 1832 yilda Buxoroga A.Byorns, 1844 yilda mayor I.Volf, 1843 yilda Xiva va Buxoroga kapitan J.Abbot yuborilgan.

O'rta Osiyo davlatlariga xarbiy soxada yordam berish va ularga Rossiya imperiyasiga qarshi xarbiy ittifoq tuzish taklifi bilan Buxoroga kelgan Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi vakillari CH.Stoddart va A.Konnoli 1842 yilda amir tomonidan qatl qilindi. Bunga javoban Angliya xukumati Buxoroga qarshi Afg'oniston bilan sulx tuzib, ularni qurollantiradi. SHundan keyin, Afg'oniston Buxoro amirligi xududining bir qismini bosib oldi. Natijada 1855 yilda o'zbeklar va tojiklar yashaydigan Amudaryoning janubiy soxilidagi xududlar Afg'oniston viloyatiga aylantirildi.

19 asrning o'rtalariga kelib Angliyaning O'rta Osiyoga nisbatan olib borayotgan bunday siyosati va podsho xukumatining Qrim urushidagi (1853-1856) mag'lubiyati Rossiya imperiyasini Buxoro amirligi, Qo'qon va Xiva xonliklarini bosib olish xarakatlarini tezlashtirishga undadi. Buning uchun, u eng avvalo, unga olib boradigan yo'llar, ayniqsa, Rossiya imperiyasini O'rta Osiyo bilan bog'lovchl savdo yo'llarini to'liq o'z qo'liga olishga xarakat qildi. Buning natijasida asosiy yo'l xisoblangan Toshkentga boradigan Orenburg yo'lida xarbiy istexkomlar qurdi. Sirdaryoning Orolga quyilish joyida 1847 yilda Raim qal'asi bunyod etildi.

CHegara xududlarida yashaydigan Rossiya imperiyasi fuqarolari bo'lgan axoliga talonchilik va bosqinchilik qilib turuvchi guruxlarning xujumlarini bartaraf etish podsho xukumatining O'rta Osiyoga xarbiy yurishlarini boshlashiga baxona xo'ldi. Bundan tashqari, to'qimachilik sanoati uchun xomashyo bo'lgan paxtaning yctishmasligi O'rta Osiyoni bosib olishga bo'lgan xarakatlarni tezlashtirdi. Bu davrda AQSHda shimol vajanub o'rtasida boshlangan fuqarolar urushi (1861-1865) tufayli Rossiyaning to'qimachilik sanoati uchun paxta xomashyosiga taqchillik vujudga keldi.

19 asrning birinchi yarmida O'rta Osiyo xonliklari o'rtasidagi uzoq vaqt davom etgan o'zaro urushlar ularning iqtisodiy va xarbiy jixatdan zaiflashib ketishiga olib keldi. Bunday vaziyat oxir-oqibat xonliklarning istilo qilinishlarini osonlashtirdi.

SHunday qilib, 19 asrning o'rtalariga kelib xonliklar o'rtasidagi o'zaro urushlar, ichki nizo va ziddiyatlar, davlat boshliqlarining uzoqni ko'zlab ichki va tashqi siyosat olib bormaganliklaridan nochor axvolga tushib qoldi. SHunday vaziyatda Rossiya imperiyasi xukumati o'zining siyosiy, iqtisodiy va geopolitik manfaatlarini ko'zlab O'rta Osiyoga xarbiy istilochilik xarakatlarini boshlaydi.

O'rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi to'rt bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich 18471865 yillarda Rossiya imperiyasi tomonidan Qo'qon xonligining shimoliy-g'arbiy viloyatlari va Toshkent shaxri istilo qilindi. Tstilo etilgan xududlarda Orenburg general-gubernatorligi tarkibiga kiruvchi Turkiston viloyati tashkil etildi. Ikkinchi bosqich 1865-1868 yillarni qamrab olgan bo'lib, bunda Qo'qon xonligi va Buxoro amirligiga qarshi istilochilik xarakatlari amalga oshirildi. Uchinchi bosqich 1873-1879 yillar davomida Xiva va Qo'qon xonligi yerlarini bosib olishdan iborat bo'ldi. To'rtinchi bosqich 1880-1885 yillarda turkmanlarning bo'ysundirilishi edi. SHunday qilib, 1864-1885 yillarda 20 yildan ortiq vaqt davomida Rossiya imperiyasining uzoq davom etgan xarbiy tayyorgarligi natijasida bosqinchilik urushlari olib borildi. O'rta Osiyo xonliklari xududining katta qismi (1583255 kv. km) bosib olinib, mustamlakaga aylantirildi.

Rossiya imperatori Aleksandr 2 (1855-1881)ning 1859 yilda Qo'qon xonligini bosib olishni davom ettirilishi to'g'risidagi ko'rsatmasidan so'ng, bu davlatga nisbatan xarbiy xarakatlar kuchaydi. Buning uchun eng avvalo, xonlikning Toshkent shaxri bosib olinishi zarur edi. Toshkent shaxrining bosib olinishiga podsho xukumati jiddiy tayyorgarlik ko'rgan. CHunki, Toshkentni egallash bu Rossiya imperiyasining O'rta Osiyodagi xarbiy yurishlarini keng qamrovda va tayanch xududga ega xolda olib borilishini ta'minlar edi. Bu shaxar O'rta Osiyoni bosib olish uchun asosiy yo'lak, xarbiy qo'shinlarning kelgusidagi xarakatlari uchun tayanch nuqta vazifasini bajara oladigan joy xisoblangan.

Toshkentni bosib olishda Oqmachit qal'asi xarbiy xarakatlarning tayanchiga aylandi. Podsho qo'shinlarining Oqmachit qal'asini bosib olish borasidagi dastlabki xarakatlari (1852 yil) mag'lubiyatga uchragandan keyin, 1853 yilda uni egallash uchun ikkinchi marta xujum boshlanadi. 3 mingdan ortiq kishidan iborat xarbiy qo'shinga 400 kishidan iborat qal'a ximoyachilari 20 kun davomida qarshilik ko'rsatdi. Dushman tomonga nisbatan soni juda oz bo'lgan, qurshovda qolgan qal'a ximoyachilari oxirgi imkoniyatlari qolgunicha jang qilishiga qaramasdan, podsho xukumati qo'shinlari tomonidan qal'a egallanadi. Keyinchalik, bu qal'a xarbiy xarakatlar uchun tayanch punktga aylandi va unga Perovskiy forti deb nom berildi.

N.Veryovkin va M.CHernyaevlarning 1864 yilda uch mingdan ko'proq qo'shini ikki yo'nalishda, biri Perovskiy fortidan (Orenburg tomondan), boshqasi esa Verniy (Almati) shaxri tomondan Toshkentni bosib olish uchun yo'lga chiqdi. 4 iyunda M.CHernyaev boshchiligidagi qo'shin Talas daryosining chap soxilidagi Avliyoota (xozirgi Taroz shaxri)ni bosib oldi. Turkiston va CHirnkent shaxarlari mudofaasiga raxbarlik qilishga Qo'qon xoni tomonidan amirlashkar Aliquli (Alimqul) yuborildi. N.Veryovkin agar Turkiston ximoyachilari taslim bo'lmasa, shaxami yalpi o'qqa tutib, barchani qirib tashlashini, Axmad Yassaviy sharafiga Amir Temur tomonidan qurilgan maqbarani xam yakson qilishini ultimatum tarzida qo'ydi. Natijada, Aliquli o'z qo'shinini Turkistondan olib chiqib, CHimkent mudofaasi uchun chekindi. Uch kunlik jangdan so'ng, 12 iyul kuni N.Veryovkin otryadi Qo'qon xonligiga qarashli Turkiston shaxrini bosib oldi va 20 kilometrlik qal'a devori bilan o'ralgan Toshkentni bosib olishga tayyorgarlik ko'rdi.

Bu xarbiy xarakatlarga M.CHernyaev qo'mondon etib tayinlandi. 1864 yil kuzida CHimkent shaxri egallanib, Yangi Qo'qon chizig'i asosida qo'lga kiritilgan qal'alar birlashtirildi. Bu vaqtga kelib Raim qal'asidan Perovskiy fortigacha Sirdaryo istexkom chizig'i, Semipalatinskdan Verniy shaxrigacha Sibir istexkom chizig'i vujudga kelgan edi.

Toshkent O'rta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy, yirik ma'muriy va savdo-sotiq markazlaridan biri xisoblangan. 19 asrning ikkinchi yarmida Toshkent shaxrining 12 ta, ya'ni Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag'bon, CHig'atoy, Ko'kcha, Samarqand, Kamolon, Beshyog'och, Qo'ymas, Qo'qon, Qashg'ar darvozalari bo'lgan. Har tomondan shaxarga kirish uchun qurilgan bu darvozalar soqchilar tomonidan qo'riqlangan. SHaxarni mudofaa qilish uchun qurilgan devor ortida Kaykovus arig'ining suvi bilan to'ldiriladigan xandaqlar bo'lgan. Toshkent to'rtta Beshyog'och, Ko'kcha, Sebzor va SHayxontoxur daxalariga bo'linib, xar bir daxa o'z oqsoqoli tomonidan boshqarilgan. 19 asr o'rtalarida shaxar axolisi 80 mingga yaqin kishini tashkil qilgan.

1864 yil 1 oktabrida M.CHernyaev o'zini podshoga yaxshi ko'rsatish uchun tezlik bilan Toshkentni qo'lga kiritmoqchi bo'ldi. Lckin uning bu rejasi amalga oshmadi. M.CHernyaev 70 nafardan ziyod askarlaridan ajralib, CHimkentga chekinishga majbur bo'ldi. Uning Toshkentni egallash uchun olib borgan birinchi xarakati natija bermagandan so'ng, yangi xujumga tayyorgarlik boshladi. Uning bu tayyorgarligi baxorgacha davom etdi va 1865 yil aprel oyi oxirida podsho xukumatining xarbiy qo'shinlari Toshkent yaqiniga joylashtirildi. M.CHernyaev boshchiligidagi xarbiy qo'shin Toshkent shaxridan 25 km uzoqlikdagi CHirchiq daryosining chap soxilida joylashgan Niyozbek qal'asiga kelib, uni jangsiz topshirishni taklif qiladi, lekin qal'a ximoyachilari rad javobini berib, mudofaaga o'tadi. 29 apreldan boshlangan xujum ikki kun davom etadi. Himoyachilar va istilochilarning xarbiy kuchlari o'rtasidagi farq juda katta edi. Qal'a to'plardan to'xtovsiz ravishda o'qqa tutilib, uning devorlari buzib tashlandi. Devorlarning buzilgan joylaridan bosqinchilar qal'aga kirib, uni egallashga muvaffaq bo'ldilar. Oqibatda Toshkent darvozasi deb nom olgan Niyozbek qo'rg'oni dushman qo'liga o'tdi. Ushbu qal'aning qo'lga kiritilishi M.CHernyaevga Toshkentni suv ta'minotidan uzib qo'yish imkoniyatini berdi. Uning buyrug'i bilan Toshkent shaxri axolisini suv bilan ta'minlaydigan CHirchiq daryosidagi to'g'on buzib tashlanadi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling