Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet59/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

Xivaga yetib kelgan K.P. Kaufman boshchiligidagi qo'shin yana shaxarga xujum qildi. Ammo bu safar xam podsho xukumati qo'shinlari shaxarni egallay olmadi. 29 may kuni shaxarning Hazorasp darvozasining dushmanlarga ochib berilishi, xonlik poytaxtining egallanishiga olib keldi. SHundan so'ng K.P. Kaufman muzokara olib borish yo'lini tanladi.

K.P. Kaufman Xivani bosib olgandan so'ng xon xazinasini kontributsiya (tovon) evaziga musodara qilib, xazina bilan birga qadimiy qo'lyozmalar, xonning taxti va toji, tanga. zarb qiladigan tamg'a va zarb tasviri, qo'ng'irot sulolasi xonlarining xokimiyati ramzlari va boshqa qo'lga kiritilgan moddiy boyliklarni Sankt-Peterburgga jo'natdi. K.P. Kaufman Xivani egallagandan so'ng, Xiva xonligi bilan muzokaralar o'tkazish uchun Gandimiyon qishlog'idagi qarorgoxiga bordi. U takli f etgan sulx shartnomasini Xiva xoni Muxammad Raximxon 2 1873 yil 12 avgustda imzolashga majbur bo'ldi. Ushbu shartnoma Xiva xoni Rossiya imperiyasi tobeligiga o'tganligini ko'rsatardi. SHartnomaning birinchi moddasida "Sayid Raxim Baxodirxon o'zini Butun Rossiya imperatorining sodiq xodimi deb tan oladi. U qo'shni xukmdorlar va xonlar bilan xar qanaqa bevosita do'stona munosabatlardan va ular bilan biron-bir savdo yoki boshqa shartnomalar tuzishdan voz kechadi xamda Rossiyaning O'rta Osiyodagi oliy xokimiyati ruxsatisiz ularga qarshi xech qanday jangovar xarakatlarni amalga oshirmaydi", deb yozib qo'yilgan edi. Bu bilan Xiva xoni mustaqil ravishda tashqi dunyo, xatto yaqin qo'shnilari bilan xam aloqa o'rnatish imkonidan maxrum etildi. Faqat ular bilan Rossiya imperiyasi roziligi bilangina aloqa qila oladigan bo'ldi.

Xiva xonligiga qarashli Amudaryoning o'ng soxili, unga qo'shni yerlarning barchasi, bu joylarda yashaydigan o'troq va chorvador axolisi bilan xon tasarrufidan chiqdi. Amudaryo bo'ylab erkin xarakatlanishi uchun Rossiya kemalariga keng xuquq berildi. Rossiyalik savdogarlar xamda ularning mollari uchun xon va maxalliy xokimlar javobgar bo'ladigan bo'ldi. Ular xonlikda erkin yurish, boj to'lovlarsiz savdo-sotiq qilish xuquqini qo'lga kiritdilar.

Gandimiyon shartnomasida: "Amuaryoning chap qirg'og'idagi ruslar uchun zarur va qulay bo'lgan yerga ular o'zlarining pristanlarini qurish xuquqiga ega. Xonlik ushbu pristanlarning saqlanishi va xavfsizligi uchun javobgar. Ular uchun joyning tanlanishi, O'rta Osiyodagi rus oliy xokimiyatining tasdiqlashiga bog'liq", deb ko'rsatib qo'yildi.

SHartnomaga binoan, Xiva xonligi 2 million 200 ming rubl miqdorida tovon to'lashi kerak bo'lgan. Xonlik xazinasida yetarli darajada pul bo'lmaganligi uchun bu tovon axolidan yig'ib olinadigan bo'ldi. Tovon pulini 20 yil ichida to'lash lozimligi belgilandi.

Gandimiyon shartnomasi Xiva xonligining Rossiya imperiyasiga tobeligini, xonning davlat boshlig'i darajasida boshqa davlatga bo'ysunganligini ko'rsatuvchi xujjat bo'ldi. SHartnoma shu bilan birga, xonlik axolisini juda og'ir axvolga solib qo'ydi. Tovon bilan birga, yangi soliq va majburiyatlarni to'lash xalqning zimmasiga tushdi. Qolaversa, xonlik xududining uch baravar qisqarishi xonlikni davlat sifatida nomigagina mavjudligini, aslida, mustaqilligini yo'qotgan protektoratga aylanganligini ko'rsatadi.

Kontributsiya - mag'lub davlatning g'olib davlat foydasiga pul to'lovi.

Pristan - (ruscha - kelib to'xtamoq) - daryolar sohilida qayiqlar, kemalar to'xtaydigan, maxsus jihozlangan joy - bandargoh.

11-§. Qo'qon xonligining bosib olinishi

Rossiya imperiyasi 19 asrning 50-60 yillarida xarbiy istilochilik yo'li bilan Qo'qon xonligi xududining bir qismini bosib oldi. K.P. Kaufman xonlikni qolgan xududlariga xam o'z ta'sirini ko'rsatish maqsadida 1868 yilda xon bilan shartnoma tuzdi. Unga ko'ra, xonlikda Rossiya savdogarlariga katta imkoniyatlar berildi. Bu davrda xonlik yerlari ancha qisqarib, xazinaga tushadigan daromadlar kamaydi. Urush natijasida ko'rilgan zararlar xalq ommasi zimmasiga tushdi, soliq va majburiyatlar ko'paydi. Buning oqibatida xonlikda ichki nizolar, xalq noroziligi kuchayib ketdi.

19 asrning 70yillarida Qo'qon xonligida ko'plab qo'zg'olonlar bo'lib o'tdi. Ulardan biri 1875 yil baxorida avj olib, unga Mulla Is'xoq Mullo Hasan o'g'li "Po'latxon" nomi bilan raxbarlik qildi. Qo'qon xukmdori Xudoyorxon qo'zg'olonni bostirish uchun Abduraxmon Oftobachi, Iso Avliyolar boshchiligida qo'shin yubordi. Lekin ular 17 iyulda qo'zg'olonchilar tomoniga o'tib ketdi. Xudoyorxonning o'g'li Nasriddinbek xam qo'zg'olonchilarga qo'shilgandan so'ng, 20 iyulda Xudoyorxon K.P. Kaufmandan yordam so'rashga majbur bo'ldi. Uning ukasi va ikkinchi o'g'li xam qo'zg'olonchilar tomoniga o'tib ketgach, xon general-gubernatordan panox izlab Toshkentga ketdi. K.P. Kaufman esa uni Orenburgga jo'natdi. SHundan so'ng, Xudoyorxon Orenburgdan Hindiston orqali Makkaga bordi. U qaytib kelayotganda kasalga chalinib, 1882 yilda Afg'onistonda vafot etdi.

Xudoyorxon taxtni tark etgandan so'ng, o'rniga Nasriddinbek o'tirdi. Taxtni egallashga xarakat qilgan Po'latxon Nasriddinbek va Abduraxmon Oftobachiga qarshi bo'lib qoldi. Qo'qon xonligida siyosiy vaziyat keskinlashib, qo'zg'olon butun vodiyni qamrab oldi. Mustamlakachi xukumat qo'zg'olonchilarga qarshi katta xarbiy kuchlarini yuborgan. Janglar keskin davom etayotgan vaqtda Nasriddinbek mag'lubiyatdan qo'rqib, 1875 yil 22 sentabrda taslim bo'ldi va fon Kaufman bilan shartnoma imzoladi. Unda o'zini imperatorning "sodiq quli" deb tan olishi, tashqi siyosatda xech qanday bitimlar tuza olmasligi, ikki million rubl tovon to'lashi, Sirdaryoning o'ng soxilidagi yerlar Namangan va CHust Rossiya ixtiyoriga o'tganligi belgilangan edi. Bu yerlarda tashkil qilingan Namangan bo'limiga general M.Skobelev boshliq etib tayinlanadi.

Nasriddinbek imzolagan shartnomadan norozi bo'lgan axoli yana qo'zg'olon ko'tardi. Po'latxonning tarafdorlari soni oshdi va buning natijasida u Nasriddinbekni siqib chiqarib, xokimiyatni o'z qo'liga oldi.

Po'latxon qo'zg'olonining kuchayib ketishidan xavotirga tushgan mustamlakachi xukumat, ularni tor-mor qilish uchun Andijonga xujum qildi. CHunki qo'zg'olonchilarning asosiy kuchlari shu yerda joylashgan edi.

General M. Skobelev boshchiligidagi xujum 1875yil oktabr oyi boshida boshlandi. Artilleriya tomonidan shaxar kun davomida to'plardan o'qqa tutildi. Andijon axolisi mudofaa janglariga jadal kirishdi. SHaxar axolisi xar bir qarich yer uchun jon-jaxdi bilan kurashdi. M. Skobelev boshchiligidagi qo'shinning dastlabki urinishlari jiddiy qarshilikka uchradi. SHundan so'ng podsho xukumati qo'shinlari yo'lda uchragan barcha imorat va xonadonlarga o't qo'yib, shaxarni yong'in ichida qoldirdi. Bundan tashqari, shaxar to'xtovsiz ravishda artilleriyadan o'qqa tutib turildi. Bu shaxar ximoyachilarini og'ir axvolga solib qo'ydi. Uch soat davom etgan betinim o'qqa tutishdan so'ng, kechqurun podsho xukumati qo'shinlari shaxarga yana xujum qildi. Lekin bu xujum xam natija bermadi. Erta tongdan boshlab yana to'plardan kun bo'yi o'q yog'dirildi. Biroq shaxar ximoyachilarining qarshi xujumga o'tishi podsho qo'shinlarini chekinishga majbur qildi. SHaxar 1876yil yanvarda uyushtirilgan ikkinchi xujum natijasida qiyinchilik bilan egallandi.

Rossiya imperiyasining general M. Skobelev boshchiligidagi qo'shinlari 1875 yil 18 oktabrda Namanganga joylashib, K.P. Kaufman qo'mondonligi ostidagi xarbiy kuchlarga qo'shildi. Mustamlakachi qo'shinlarga qarshilik xarakatlari Namanganda bir oy davom etdi. SHaxarni ozod etish uchun atrofdagi qishloqlardan qo'shimcha kuchlar keldi. SHunga qaramasdan, podsho qo'shinlari tomonidan shaxarning yarmi qo'lga kiritildi. Podsho xukumati xarbiy qo'shini uch kun davomida shaxar qal'asida turdi. Ikki tomon o'rtasida janglar 1876 yil yanvar oyi oxirigacha davom etdi. General M. Skobelev boshchiligidagi qo'shin fevral oyiga kelibgina xarbiy qurol ustunligi bilan g'alabaga erishdi. Po'latxon va uning tarafdorlari qatl qilindi.

1876 yil 19 fevralda podsho xukumatining Qo'qon xonligining tugatilganligi to'g'risidagi farmoni e'lon qilindi. SHu tariqa, Qo'qon xonligi xududi o'rnida Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiruvchi Farg'ona viloyati tashkil qilindi. Viloyatga Qo'qon xonligini bosib olinishidagi xarbiy yurishlarga raxbarlik qilgan general M. Skobelev xarbiy gubernator etib tayinlandi.

19 asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasining O'rta Osiyoda olib borgan istilochilik yurishlari natijasida Qo'qon xonligi Buxoro va Xiva davlatlaridan farqli ravishda davlat sifatida butunlay tugatildi. Uning o'mida maxalliy axolining asrlar davomida shakllangan an'anaviy turmush tarziga mos ma'muriy boshqaruv tizimi va xududiy birliklari tugatilib, imperiya manfaatlariga mos keladigan, ayni paytda maxalliy axolini boshqarishi uchun mustamlaka ma'muriyatga qulay bo'lgan yangi boshqaruv tizimi qaror topdi.

Farg'ona vodiysining bo'ysundirilishi bilan Rossiya imperiyasining O'rta Osiyoga istilochilik yurishining uchinchi bosqichi (1873-1879) nixoyasiga yetdi. Bu yurishlar natijasida O'rta Osiyoning katta xududi bosib olinib, Rossiya imperiyasining mustamlakasiga aylantirildi.

O'rta Osiyoni bosib olishning to'rtinchi bosqichi Amudaryo va Kapettog' oralig'idagi Qoraqum sarxadlaridagi turkmanlarga qarshi qaratildi. 1879 yil iyulda Angliya Afg'oniston hududining bir qismini bosib olgandan so'ng inglizlar uchun O'rta Osiyoga yo'l ochildi. SHuning uchun 1879 yil iyulda Krasnovodskdan I.Lazerev boshchiligidagi xarbiy qo'shin turkmanlar yashaydigan xududlarga jo'natildi. Bu yo'nalishdagi dastlabki xarakatlar natijasiz tugab, Podsho xukumati qo'shinlari mag'lubiyatga uchradi. Qo'qon xonligiga qarshi xarbiy yurishlarda tajribasi katta bo'lgan general M. Skobelev boshchiligidagi qo'shin 1880 yil may oyida ikkinchi yurishni boshladi. Uch oy davom etgan janglardan so'ng qamalga olingan turkmanlar qal'asi Go'ktepa qo'lga olindi. Buning natijasida istilo qilingan bu xududlarni o'z ichiga oluvchi, markazi Ashxabod bo'lgan Kaspiyorti viloyati tashkil qilindi. Turkmanlarni batamom bo'ysundirilishi esa, 1885 yildagina amalga oshirildi.

Turkmanlarning asosiy qal'asi bo'ysundirilgandan so'ng, 1881 yilda Rossiya va Eron o'rtasidagi chegaralar belgilandi. SHu yili SHarqiy Turkistonning Ili o'lkasidagi qo'zg'olon podsho xukumati qo'shinlari tomonidan bostirilishi bilan Rossiya va Xitoy o'rtasidagi chegaralar xam belgilandi.

SHu xarakatlar bilan Rossiya imperiyasining O'rta Osiyo xududidagi istilochilik yurishlarining to'rtinchi bosqichi (1880-1885) tugadi.

SHunday qilib, istilo qilingan xududlarda besh viloyat, ya'ni Sirdaryo, Yettisuv, Farg'ona, Samarqand va Kaspiyorti viloyatlari tashkil qilinib, ular Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi.

Rossiya imperiyasining 19 asr o'rtalaridan boshlab amalga oshirilgan xarbiy istilochilik yurishlari natijasida, Buxoro amirligi va Xiva xonligi imperiyaning protektoratiga aylantirildi. Qo'qon xonligi esa batamom tugatildi.

19 asrning ikkinchi yarmida O'rta Osiyo xalqlari Rossiya imperiyasining xarbiy yurishlariga qarshi mardonavor kurash olib bordi. Keng xalq ommasi vatan mustaqilligi va ozodligini mustamlakachilardan ximoya qilish uchun qaxramonlarcha jang qildi. e bu davrdagi ichki nizolar, o'zaro urushlar, xukmdorlarning uzoqni ko'zlab ish olib bormaganligi oxiroqibat yurtning mustaqilligi yo'qotilib, o'zgalarga tobe bo'lishga olib keldi.

O'rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishiga, Qo'qon va Xiva xonliklari xamda Buxoro amirligining mag'lubiyatga uchrashiga quyidagilar sabab bo'ldi: Birinchidan, Buxoro amirligi, Xiva va Qo'qon xonliklari Rossiya imperiyasiga nisbatan xarbiy va iqtisodiy rivojlanish soxasida ancha orqada edi. Ayniqsa, ularning xarbiy soxadagi axvoli o'sha davrda jaxon miqyosidagi taraqqiyot darajasidan past bo'lgan. Xonliklarning tashqi siyosatda odilona siyosat olib bormaganliklari oqibatida ularning o'zlari tashqi dunyodan ajralib qolgan edi. Ikkinchidan, uchta davlat o'rtasida o'zaro do'stona munosabatlar, xamkorlik va birdamlik yo'q edi. Ulardagi siyosiy tizim, davlat boshqaruvi zamonaviy boshqaruvdan uzoq bo'lib, o'rta asrlarga xos yakka xokimiyatchilikka, zo'ravonlikka asoslangan edi. Buning oqibatida ichki ziddiyatlar ko'payib, nizolar kuchaydi. O'zaro urushlar, taxt uchun kurashlar avj oldi. Uchinchidan, urush xarakatlari vaqtida xonlar biri ikkinchisiga yordam ko'rsatmadi va o'z tinchligini o'ylab befarq qarab turdi. Bu esa xar bir xonlikni aloxida tor-mor etilishini yengillashtirdi. SHularning barchasi Rossiya imperiyasi xukumatiga qo'l keldi vaziyatdan foydalanib mamlakatni mustamlakaga aylantirdi.

CHorizm istilosi ko'pgina sabablar biJan bir qatorda, avvalambor o'sha paytda mavjud bo'lgan siyosiy boshboshdoqlik, xukmron kuchlarning uzoqni ko'r'a olmasligi, ma'naviy zaifligi oqibatida ro'y berganini tarixiy misollar isbotlab turibdi.

3-bo'lim.

Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlakachilik siyosati

12-§. Turkiston general-gubernatorligining siyosiy-ma'muriy boshqaruv tizimi

Bosib olingan xududlarda imperiya xukmronligini o'rnatish, mustaxkam o'rnashib olish, istilo qilingan joylarni qo'ldan chiqarmaslik uchun, eng avvalo, mustamlakachilar o'zlariga mos boshqaruv tartiblarini ishlab chiqishi va uni o'lkadajoriy qilishi kerak edi. Mustamlakachilik siyosatini to'liq amalga oshirilishida boshqaruv tartiblari asosiy tayanch xisoblangan. Boshqaruv tartiblari istilochilik yurishlari bilan birga, turli ko'rinishlarda tashkil qilinib, tajribasinovlarda o'tkazilgan xolda o'zgartirib borilgan.

Rossiya imperiyasining O'rta Osiyoda olib borgan bosqinchilik siyosatining davom ettirilishi natijasida mustamlakaga aylantirilgan xududlar kengayib borgan. Bosib olingan xududlarni boshqarish tartiblari va uning qanday bo'lishi kerakligi masalasi juda ko'p xamda uzoq vaqt imperiya xukmron doiralarida turli soxa vakillari ishtirokida muxokama qilingan. Ushbu masalani xal qilishda extiyotkorlik bilan uzoqni ko'zlab ish ko'rish, xech nimada tavakkal qilmaslik tamoyiliga tayangan xolda ish olib borilgan. Turkiston general-gubernatori S.M.Duxovskoy (1898-1901) "Turkiston o'lkasi boshqa o'lkalarga nisbatan tarixiy o'tmishi, etnografik xususiyatlarini xisobga olgan xolda aloxida e'tibor berilishini talab qiladi", degan edi.

Podsho xukumati Toshkentni bosib olgandan so'ng, 1865 yil 6 avgustida Aleksandr 2 "Turkiston viloyatini idora qilish to'g'risidagi Muvaqqat Nizom"ni tasdiqlaydi. Boshqaruv xarbiy zobitlar qo'liga o'tadi. Ushbu nizomda boshqaruv tizimi "xarbiy-xalq boshqaruvi" nomi bilan gubernator qo'lida xarbiy va fuqarolik ishlari mujassamlashtiriladi. Viloyat bo'limlarga bo'linib, ularning boshliqlari bir vaqtning o'zida xarbiy komendant xam xisoblangan. Bo'lim boshliqlariga maxalliy axoli ustidan nazorat qiluvchi mustamlakachi xukumat vakillaridan tayinlanadigan boshqaruvchilar bo'ysungan.

19081910 yillarda Turkiston o'lkasini podsho topshirig'i bilan taftish qilgan senator K.Palen ta'kidlaganidek, "O'lkada eng kichik axamiyatga ega bo'lgan boshqaruv xam xarbiy boshliqlar qo'lida bo'lgan". Maxalliy axoli vakillariga boshqaruvning eng quyi bosqichidagi lavozimlar berilgan. Bularga volost boshliqlari (mingboshilar), qishloq oqsoqollari, ovul boshliqlari, qozi, biy va ularning yordamchilari kirgan.

General-gubernatorlik devoni katta vakolatlarga ega bo'lgan asosiy ijrochi organ xisoblangan. Rossiya imperiyasidagi xech bir guberniyada bunday katta vakolatga ega bo'lgan boshqaruv organi mavjud bo'lmagan. Turkiston o'lkasi ma'muriy-xududiy jixatdan viloyatlarga bo'linib, ularni o'z qo'lida fuqarolik va xarbiy xokimiyatni birlashtirgan xarbiy gubernatorlar boshqargan. Viloyatlar uezdlarga bo'linib, ular xarbiy zobitlar boshqaruvida bo'lgan. Uezdlar uchastkalarga, volostlarga, qishloq va ovullarga bo'lingan. Uchastkalarni uchastka pristavlari boshqargan. Rossiya imperiyasi O'rta Osiyoning bosib olingan xududlarida o'z xukmronligini saqlab qolish, uni mustaxkamlashni birinchi darajali vazifa xisoblagani uchun dastlab boshqaruv soxasida katta o'zgarishlarni amalga oshirmagan. Yuqori organlar nazoratida bo'lgan maxalliy axoli vakillaridan iborat quyi boshqaruv organlari va soliq tizimi saqlab qolingan. Quyi boshqaruvning saqlab qolinishiga asosiy sabab maxalliy axolining ichki xayotiga dastlabki davrda keskin aralashish va axolining an'anaviy turmush tarziga katta o'zgartirishlar kiritish salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin edi. Bundan tashqari, yangi bosib olingan yerlarda xali qarshilik va norozilik xarakatlari davom etayotganligi, boshqaruv tizimida faoliyat olib boruvchi odamlar bo'lmagani, o'lka sharoitini to'liq bilmasliklari dastlabki vaqtda maxalliy axoli vakillarini quyi boshqaruvda ishtirok etishiga yo'l bergan. Quyi boshqaruv tizimining saqlab qolinishi o'lka ma'muriyatiga imperiya manfaatlari uchun xizmat qiladigan, o'lkadagi sharoitlarni yaxshi biladigan maxalliy axoli vakillaridan o'zlariga eng ishonchli bo'lgan kishilarni topish muammosini ko'ndalang qo'yardi. Uni xal qilishda imperiya xukumati Turkistondagi xukmronlikning dastlabki vaqtidayoq ishlab chiqilgan saylov tizimi yordam berdi.

Uezdlar volostlarga, volostlar o'troq axoli yashaydigan xududlarda qishloqlarga, chorvador axoli yashaydigan xududlar esa ovullarga bo'lindi. Boshqaruv tizimining quyi bosqichida volost boshlig'i, qishloq oqsoqoli, ovul boshlig'i, xalq sudyalari va ularning yordamchilari, ariq oqsoqoli, mirob, o'nboshi, ellikboshilar kabi lavozimlarda yerlik axoli vakillari ish olib borgan.

1867 yilgi "Nizom" loyixasi asosida o'troq axoli bir bosqichli tizim shaklida, ya'ni oqsoqolliklarga, chorvador axoli esa ikki bosqichli tizim ko'rinishidagi volost va ovullarga birlashtirilgan. Har bir oqsoqollik 100-200 xonadon, ovul 100-200 o'tov, xar bir volost esa 1000-2000 o'tovdan iborat xolda tashkil qilinishi belgilangan.

O'rta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi bilan bir vaqtda uni kelgusida qanday boshqarish va o'z manfaatlari yo'lida foydalanish xal qilib borilgan. SHunga ko'ra, Turkiston o'lkasi bosib olingan davrdan boshlab to'liq mustamlaka sifatida boshqaruv tartiblariga asoslangan ma'muriy-xududiy birliklar va ularning boshqaruv tartiblari joriy qilib borilgan. Uning asosiy maqsadi maxalliy axolini qattiq nazoratda va tobelikda ushlab turishga qaratilgan edi. Joriy qilingan boshqaruv tartiblari to'liq ravishda xarbiy tartiblarga asoslanib, o'lkada imperiyaning siyosiy va iqtisodiy xukmronligini o'rnatishga qaratilgan edi.

Joriy etilgan mustamlaka boshqaruvi Turkiston o'lkasini tashqi dunyodan to'liq ajratib qo'ydi. O'rta Osiyoda Rossiya imperiyasi xukumatining yana bir asosiy maqsadi bu imperiyaning markaziy rayonlaridan bu yerlarga axolini ko'chirib keltirib joylashtirish bo'lgan. O'lka ma'muriyati ko'chirib keltirilgan axoliga erkin yashashi va xavfsiz turrnush kechirishi uchun yetarli imkoniyatlar yaratib berishga xarakat qildi. Ko'chirib keltirilganlar yerlar va kerakli mablag'lar bilan ta'minlangan. Axolini ko'chirib keltirib joylashtirishdan yana bir maqsad bu o'lkada mustamlakachilik siyosatini amalga oshirishda qo'shimcha tayanch kuchlarga ega bo'lish edi. Bu siyosat maxalliy axolini ruslashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tadbir bo' ldi.

O'rta Osiyoda bosib olingan xududlar ma'muriy jixatdan bo'linib, ular to'liq xarbiy zobitlar qo'l ostida bo'lgan. 1877 yilda Toshkentda "SHaxar nizomi" joriy etilgan bo'lib, unga muvofiq shaxar boshqaruvi Dumaga o'tgan edi. Duma a'zolarining 1/3 qismi Eski shaxar qismidan, 2/3 qismi esa Yangi shaxar qismidan saylangan. Bunga ko'ra, shaxaming 80 ming maxalliy axolisidan 21 deputat, 3900 nafari asosan ruslardan iborat axolidan esa 48 deputat qatnashgan. SHaxar xo'jaligiga oid barcha ishlar Duma qo'lida bo'lgan. Dumaga raxbarlik qiluvchi shaxs general-gubernator tavsiyasi bilan xarbiy vazir tomonidan tasdiqlangan.

1886 yil 12 iyulda imperator Aleksandr 3 tomonidan yangi "Turkiston o'lkasini idora qilish to'g'risidagi Nizom" tasdiqlandi. Mazkur Nizomning asosiy maqsadi o'lkada ma'muriy boshqaruvni mustaxkamlash va yerdan foydalanish tartiblarini o'zgartirishdan iborat bo'lgan. Nizomga muvofiq Zarafshon okrugi Samarqand viloyatiga aylantirildi. Xo'jand, Jizzax, Kattaqo'rg'on, Samarqand uezdlari uning tarkibiga kiritildi. Amudaryo bo'limining bir qismi Sirdaryo viloyatiga o'tkazildi. Qurama uezdining nomi Toshkent uezdi deb o'zgartirildi.

Turkiston general-gubernatorligining umumiy xududi 1,7 million kv. km bo'lib, axolisining soni 5,2 million kishidan iborat bo'lgan. O'zbeklar va boshqa tub xalqlar 1897 yilda 5 millionga, 1911 yilda esa qariyb 6 millionga yetgan. Rus axolisining umumiy soni ukrainlar va beloruslarni xam qo'shib xisoblaganda 1897 yilda 197 ming kishini, 1911 yilda esa 400 ming kishini tashkil qildi. Podsho xukumati xamisha ko'chirib keltirilganlar sonining ortib borishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirib bordi. Ular mustamlaka siyosatini amalga oshirishda tayanch bo'lib xizmat qilishi lozim edi.

1886 yilgi "Nizom"ga muvofiq Turkiston general-gubernatorligining ma'muriy boshqaruvi yangi idora Turkiston general-gubernatori Kengashi bilan to'ldirilgan. Viloyat xarbiy gubernatorlari, general-gubernator devoni boshqaruvchisi, Turkiston xarbiy okrugi shtabi boshlig'i bu Kengashning doimiy a'zolari bo'lishgan. Buxoroda esa Rossiya imperatorining siyosiy agentligi ta'sis etildi. Uning ruxsatisiz Buxoro amiri tashqi va ichki siyosatda mustaqil ish olib bora olmagan.

Duma - (ruscha - o'ylash, fikrlamoq) - Rossiya imperiyasining qonun chiqaruvchi hokimiyati, shahar dumasi - shaharning o'zini o'zi boshqarish organi.

Uezd - (ruscha) - tumanlarga teng (tumandan katta, viloyatdan kichik) ma'muriy-hududiy bo'linma.

Volost - (ruscha) - uezd tarkibiga kirgan bir necha qishloq yoki ovullardan iborat hududiy bo'linma.

Uchastka pristavi - aholi yashash joyi nazoratchisi.

Komendant - (fransuzcha) - qal'a yoki tumandagi barcha qo'shinlar boshlig'i.

13-§. Turkiston o'lkasida Rossiya imperiyasining yer-suv siyosati

O'rta Osiyo iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi yetakchi o'rin tutgan. Rossiya imperiyasi agrar xudud xisoblangan Turkiston o'lkasida yer-suvdan foydalanishni to'liq o'z nazoratiga olishga va ulardan olinadigan soliqlarning o'z vaqtida to'planishidan manfaatdor edi. Jumladan, yerga egalik qilish va undan foydalanish tartiblariga katta e'tibor qaratilgan. Agrar masala nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy axamiyatga xam ega bo'lgan. Yerga egalik qilish tartiblarini nazorat qilish podsho xukumatiga axoli ustidan xukmronligini ta'minlashda juda muxim edi. Maxalliy axolining asosiy tirikchilik manbayi yer bo'lgani bois, unga egalik qilish zarur edi.

1886 yildagi "Nizom" ning "Turkiston o'lkasining yer tuzilishi" degan bo'limida o'lkada tarixan shakllanib kelgan an'anaviy yerga egalik qilish munosabatlari o'zgartirib yuborildi. Unga ko'ra, Turkiston yerlari, o'rmonlari va yerosti qazilma boyliklari xam davlat mulki deb e'lon qilindi. Bu bilan ular Rossiya imperiyasi mulkiga aylandi. Nizom bo'yicha o'lkada yirik yer egaligi xam tugatildi.

Vaqf yerlari (masjid, madrasa va boshqa diniy muassasalarga tegishli yerlar) ayni vaqtda yashab va yerga ishlov berayotgan kishilarga ijaraga berilar edi. Yangi vaqf xujjatlarini tasdiqlash faqat general-gubernator roziligi bilan bu yerlarni davlat soliqlari va majburiyatlaridan ozod qilmasdan amalga oshirilgan. Masjid tasarrufidan tashqarida, xususiy shaxs ixtiyorida bo'lgan yerlar xam davlat solig'iga tortiladigan bo'ldi. Vaqf xujjatlarini e'tirof etish, vaqf daromadlarini to'g'ri ishlatilishi ustidan nazorat qilish va ularni taftish qilish xuquqi viloyat ma'muriyati ixtiyoriga o'tkazildi.

Bu vaqtgacha vaqf mulkidan olingan daromadlar maktablar, madrasalar va masjid binolarini ta'mirlashga, xodimlarini moddiy ta'minlashga, diniy marosimlarni bajarishga, kerakli buyumlar olishga (gilam, joynamoz, diniy kitob) va boshqa tadbirlarga sarflanar edi.

Vaqf mulklarini nazorat qilish mustamlakachi xukumat vakillari qo'liga o'tishi bilan masjidlar va maktablarning moddiy axvoli yomonlashdi. Ular ta'minot va mablag' yetishmasligidan avvalgi nufuzlarini yo'qota boshladi. Mustamlakachi xukumat bu bilan maxalliy din peshvolari, ulamolar va diniy muassasalarga zarba berishga xarakat qildi.

Rossiya imperiyasi tomonidan O'rta Osiyoni imperiyaning ajralmas bir qismiga aylantirish va o'lkada doimiy xukmron bo'lib qolish maqsadida Sibir va Kavkaz xududlaridagidek mustamlakachilik siyosati olib borildi. Bu borada asosiy am alga oshirilgan choralardan biri bu imperiyaning markaziy guberniya axolisini o'lkaga ko'chirib keltirib joylashtirish xisoblangan. Podsho xukumatining mazkur maqsadi 1886 yildagi "Nizom"da aniq ifodalangan edi. Unda xukumat tasarrufida qolayotgan bo'sh turgan davlat yerlariga rus axolisini joylashtirish muxim ekanligi qat'iy belgilab qo'yildi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling