Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
Turkistonda, Buxoro, Xorazm respublikalarida 20 yillarning birinchi yarmida bir butun madaniy-ma'rifiy ko'tarilish maydoni vujudga keldi. Shu asnoda xalq ommasi, milliy ziyolilar ishtirokidagi ma'naviy-madaniy jarayon, fikrlar, tajriba almashuvlari odatga aylanib bordi. Bolshevikcha aksilmilliy, umuminsoiy progressiv ma'rifatchilikka dushmanlik bosimlariga qaramasdan 1917-1924 yillarda O'zbekistonning hozirgi hududida madaniy-ma'rifiy turmush jabhalarida yangilanish-yangi shakllar va mazmun vujudga keldi, xalq ma'naviyatida o'z aksini topdi. Milliy ziyolilar, ruhoniylar, yerli rahbarlarning amaliy faoliyatlari borgan sari qattiq ta'qib ostiga olinib, xalq ma'naviyatini boyitish yo'lidagi harakat maydoni torayib bordi. 2. Xalq madaniy-ma'rifiy qadriyatlar uchun kurash. Xalq ommasi, uning barcha qatlamlari madaniyat va maorif sohalaridagi kolonizatorlik munosabatlariga qarshi kurash olib bordilar. Dehqonlar, hunarmandlar, butun aholi sovet hokimiyati tomonidan bolshevik doiralar ko'rsatmasi bilan amalga oshirilgan masjidlar, madrasalar, vaqflarning buzilishiga qattiq qarshilik ko'rsatdilar, shu bilan birga maktablar, boshqa ma'rifiy maskanlar tashkil etishni jiddiy talab qildilar. 20 yillarning boshlaridan xalq ommasi bu sohalarga o'z moddiy hissasini qo'shib bordi, ikkinchi tomondan esa hokimiyatning milliy qadriyatlar va ma'naviyat borasidagi inqilobiy maqsadlaridan chekinishga erishildi. Bu rasman "siyosiy yon berishlar" deb nomlandi. Milliy ziyolilar va arboblarning faoliyati keng amaliy tus oldi, chuqur ijtimoiy-madaniy mazmun kasb etdi. Jadid ziyolilar, ijod ahli bo'lmish Munavvar Qori, Beh-budiy, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho'lpon, A. Qodiriy, A. Avloniy, Hamza, G'ozi Yunus, Xurshid (Sh. Shara-fitdinov) va boshqalar bilan bir qatorda 20 asr bo'sag'asida tug'ilgan iste'dodli yoshlar Mashriq Yunusov (Elbek), Nairn Said, Rafiq Mo'min, Mahmud Hodiyev (Botu), Bahrom Haydariy va qator boshqalar madaniyat, maorif sohalarida jonbozlik qildilar, ijtimoiy yo'naltirilgan ijod bilan shug'ullandilar. Ziyolilar ijodiyoti bilan Turkistonda o'zbek tilida 1917 yilda 7 ta, 1918 yilda 33 ta, 1919 yilda 91 ta, 1920 yilda 118 ta turli kitoblar nashr etildi. Munavvar Qori, Behbudiy maorif tizimini joriy qilish jabhasida o'lka miqyosida, Toshkent, Samarqand viloyatlarida samarali ishladilar. 1917 yil yozida Fitrat Samarqandga kelib, "Hurriyat" gazetasiga muharrir bo'ldi, dolzarb masalalarda maqolalar yozdi. 1918 yilda u Toshkentga keldi, o'qituvchilik qildi, ijtimoiy-ijodiy faoliyat bilan shug'ulllandi. Fitrat boshchiligida ko'zga ko'ringan adib-ziyolilar tuzgan madaniy-adabiy tashkilot "Chig'atoy gurungi" 1919-1921 yillarda qator ijobiy ishlarni amalga oshirdi. Ayniqsa, til masalalariga ahamiyat berildi. Elbek 1924 yilda o'zining yirik tilshunoslik tadqiqoti-"Lug'at va atamalar" asarini chiqardi. A. Qodiriy 1919 yilda "O'tgan kunlar" romanini boshladi va 1925 yilda yozib tugatdi. 1922 yilda chiqqan "O'zbek yosh shoirlari to'plami"dan ijtimoiy mazmundagi asarlar o'rin oldi. Jiddiy to'siqlarga qaramasdan 1917-1924 yillarda O'zbekiston ijod ahli, ziyolilari qat'iy, chuqur mazmunli faoliyat ko'rsatdilar. Xorazmda Bekjon Rahmonov, boshqa fidoyi ziyolilar samarali madaniy faoliyat ko'rsatdilar. B.Rahmonov "madrasalar islohoti"ni qat'iy so'1-inqilobiy tezlik bilan o'tkazishni inkor qildi. Maktablar, boshqa o'quv yurtlarini ochishga bosh bo'ldi, darsliklar yozdi. Fitrat ijodiy faoliyatini samarali davom ettirish bilan birga Buxoro respublikasi maorif noziri lavozimida barakali ishladi, ma'rifiy-madaniy tadbirlar o'tkazish, o'quv maskanlarini tashkil qilish, o'qituvchilar, o'quvchilar, ijod ahliga rahnamolik qilishda qatnashdi. Xorazm va Buxoro respublikalarida ziyolilar jadidlik an'analarini davom ettirib, ma'rifiy-madaniy jabhalarda astoydil faoliyat ko'rsatdilar. Milliy ziyolilar, islom dini aihoniylarining bir qator yig'in va anjumanlari o'tkazildi. Xalq ornmasi yangi sharoitlarda milliy qadriyatlarni saqlab qolish bilan birga, ularga tayanib, yangi shakl va mazmunlarni egallashga intildi. 3. Milliy madaniyat va ziyolilarga nisbatan bolsheviklar tomonidan o'tkazilgan tazyilar. 1917 yildan Turkistonda, 1920 yildan esa Xorazm va Buxoro respublikalarida bolsheviklar xalq ommasining madaniyati, an'anlari, ma'naviyatiga zid bo'lgan siyosat va chora-tadbirlarni o'tkazishga kirishdilar. O'tmish avlodlar yaratgan obidalar vayron qilindi. Jamiyat hayotining axloqiy tamoyillariga hujum qilindi. 1918 yil noyabrida Turkistonda e'lon qilingan dinni davlatdan, maktabni dindan ajratish to'g'risidagi dekret, shu kabi qator boshqa ko'rsatmalar asosida masjidlar va madrasalar yoppasiga yopila boshlandi, islom diniga, uning rahnamolariga kuchli tazyiq, haqorat, xo'rlashlar avj oldirildi. 20 yillar boshlarida xalq ommasining qahr-u g'azabi oshishi natijasida vaqflar, qoziliklarning tugatilishi to'xtatilgan bo'lsa ham, sho'rolar hokimiyatining yerli aholi madaniyati, imon-e'tiqodiga dushmanlik siyosati o'zgarmadi. Qizil imperiyachilik Sharq xalqlari madaniy qoloq degan shovinistik, uydirma aqidaga asoslangan edi. Milliy ziyolilar, jumladan, yerli aholi vakillari bo'lgan rahbar kadrlar burjua millatchilik g'oyalari bilan zaharlangan, deb ularga ochiqdan-ochiq dushmanlik siyosati o'tkazildi. Rasmiy hujjatlarda milliy ziyolilar bilan yerli aholi o'rtasida nizo, dushmanlikrii keltirib chiqarishga ko'rsatma berildi. Buxoro shahriga Frunzening qizil armiyasi hujum qilib, snaryadlar yog'dirganida madaniy-tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan Ark, boshqa obidalar yong'inda qoldi, vayron bo'ldi. Mashhur Minorai kalon to'plardan nishonga olindi, unga jiddiy zarar yetkazildi. Poytaxtda, qator viloyat va tunumlarda masjidlar, madrasalar buzildi, qo'shin otxonalariga aylantirildi. Rossiya emissari I.Sols Buxoro respublikasida ikki vazifa bo'lib, ulardan bittasi "mullalarning g'oyaviy ta'siriga qarshi kurash", deb belgiladi. Bolsheviklar "eski maktablarga qarshi kurash"ni bayroq qilib ko'tardilar. Xorazm va Buxoro respublikalarida madaniy-ma'naviy hayotga kelgindi unsurlarning varvarlarcha tazyiq ko'rsatishiga xalq ommasi, yangi hokimiyatning ko'pchilik rahbarlari, ziyolilar, joylardagi ma'muriyatlar xodimlari qat'iy qarshi chiqib, ochiq noroziliklar bayon qildilar. Bolshevikcha qizil imperiyachilik tazyiqi madaniy amaliyotga zarar yetkazdi. Sinfiylik va siyosatlashtirish Turkiston, Buxoro va Xorazmda zo'r berib o'tkazildi, O'zbek tilida, yerli aholi tillarida chiqa boshlagan gazeta, jumallar ta'qib ostiga olingan, ular tez orada yopilgan, faoliyatini davom ettirganlari doimiy jiddiy nazorat ostiga olingan. Bosilgan materiallar mazmunini xalq manfaatlaridan uzoqlashtirish, odamlar ongini chalg'itish, zaharlashga harakat qilingan. Yangi ochilgan, ayniqsa, tuman-qishloqlardagi maktablarga mablag' ajratilmagan. Rasmiy yig'inlarda takror "yerli aholi o'rtasida maorif ishini kengaytirishga" to'siqlar qo'yilgani aytilgan. Xotin-qizlar masalasidagi siyosat ularni og'ir qo'l mehnatiga tortish, erkaklar bilan raqobatini kuchaytirish, oilada urf-odatlarga zudlik bilan chek qo'yish shiorlari orqali ziddiyatlarni keltirib chiqarishga qaratildi. Madaniyat sohalariga sho'ro hokimiyati, so'l guruhlar tutgan yo'l salbiy ijtimoiy va g'oyaviy ta'sir ko'rsatdi. Bu hol ayniqsa, 1923 yil yozidan kuchayib, hokimiyat, siyosiy tashkilotlar bilan aholi, ziyolilar o'rtasidagi jiddiy g'oyaviy-siyosiy to'qnashuvla'rni keltirib chiqardi. 17-§. O'quv yurtlari, matbuot, ma'rifat, mutaxassislar tayyorlash jarayonidagi ziddiyatli muammolar 1. Milliy maktab-maorifni joriy qilish sa'y-harakatlari. Yosh avlodni o'qitish, buning uchun shart-sharoitlar yaratish xalq ommasi, uning ilg'or vakillari uchun dolzarb bo'lib kelgan. Ma'rifatparvar olim, pedagog, jamoat arbobi Abdulla Avloniy (1878-1934) maktab masalasi, ya'ni "tarbiya bizlar uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidur", deb ta'kidladi. Bu jami o'zbek ziyolilarining e'tiqodi, qarashi bo'ldi. Ular yangi maktablar ochish, o'quv-tarbiya ishlarini rivojlantIrish, internatlar tuzib yetim bolalarni to'plash, muallim, tarbiyachilarni tayyorlash ishlariga faol kirishib ketdilar. Behbudiy maslakdoshlariga "Maorifga yordam etingiz... Maorifni Buxoro tuprog'iga joriy qilingizlar!", deb vasiyat qildi. 1919 yil bahorida uni amir jallodlari Qarshida qatl qildilar. Xalq ta'limining iste'dodli tashkilotchilari Abdulqodir Shakuriy, Ismatulla Rahmatullayev, Ishoqxon Ibrat, O.Dadaxo'jayev, Abdulla Mustaqov, Hodi Fayziyev, Ashurali Zohiriy, Sobirjon Rahimov, Shokirjon Rahimiy, Qori Niyoziy, Said Rizo Alizoda, To'xtanazar Shermuhamedov, Rafiq Mo'min va boshqalar katta pedagogik ish olib bordilar. Maktablar soni o'sdi. 1918 yil boshida 330 taga, 1920 yilda Farg'ona, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida 1405 taga yetdi. Tashkil bo'lgan maktablar, ayniqsa, qishloq joylarida va tumanlarida asosan 1-2-boshlang'ich sinflardan iborat edi. Keyinchalik yuqori sinflar paydo bo'lib bordi. Bunday tartibotdagi qizlar maktablari ham Toshkentda, Andijonda, Qo'qonda va boshqa joylarda birin-ketin ochildi. Ayol muallimlari Solihaxon Muhammadjonova, Muhar-rama Qodirova, Gulsum Kopayeva, Fotima Burnasheva, Zebiniso Razzoqova, Zaynab Sadriddinova, Maryam Sharipova va boshqalar dars-tarbiya ishlarini olib borganlar. Keng doiradagi bilimdon ziyolilar qator maktablar faoliyatini namunali darajaga ko'tardilar. 20 yillar boshida Samarqandda Abdulqodir Shakuriy (1875-1943) mudirlik qilgan maktab, 1922 yilda Farg'ona shahrida Husanxon Niyoziy boshchiligida ochilgan ikkinchi bosqich maktab, qator boshqa maktablar shular jumlasidan edi. Milliy, jadid maktablari uchun darsliklar, o'qish kitoblarini ziyolilarimiz asr boshidan yozib chiqarib keldilar. 1917 yildan maktablar sonining o'sishi, maorif ijtimoiy darajasining ko'tarilishi darsliklarga talabni oshirdi. Pedagog, olim, davlat arbobi Abdulla Avloniy 1917 yilda "Turkiy guliston yoxud axloq" tarbiyaviy-didaktik kitobini qayta nashr qildi, shuningdek, "Maktab gulistoni" o'qish kitobini, ikki jildlik "Adabiyot yoxud milliy she'rlar" kitoblarini yaratdi va chop etdi. 1920 yil-dan Toshkentdagi o'lka bilim yurtida, so'ngra o'zbek xotin-qizlar bilim yurtida mudirlik qildi. Fitrat 1917 yilda "O'quv" kitobini, 1919 yilda Sh.Rahimiy va Q.Ramazon bilan birga "Ona tili" darsligini, so'ngra "Imlo masalalari" kitobini yozib chiqardi. 1917 yildayoq Said Rizo Alizoda birinchi sinflar uchun "Birinchi yil" o'qitish dasturini ishlab chiqdi. Shokirjon Rahimiy 1919 yilda birinchi alifbo "Sovg"a", 1922 yilda "O'zbek alifbosi" darsliklarini, boshqa o'quv qo'llanmalarini chiqardi. 1918 yildan u Toshkentda maktab mudiri bo'lgan. Buxoro va Xorazm respublikalarida ham maktablar, ta'lim-tarbiya maskanlari ochildi. Aholining bolalarni o'qitishga, ilm-ma'rifatga ishtiyoqi kuchayib borgan, bunday talablar katta yig'inlarda yangragan. Ammo xo'jalikning parokandaligi, sun'iy to'siqlar oqibatida 20 yillar boshida maktablar soni qisqardi, darsliklar yozish, nashr qilish to'xtadi. 1922 yilga kelib Turkistonda bolalarning 25 foizi maktablarga jalb qilingan edi. Buxoro respublikasida 1921 yilda 175 ta yangi maktab, 11 ming o'quvchi bor edi. Lekin 1924 yil o'rtalariga kelib maktablar 69, o'quvchilar 3563 tarii tashkil qildi. Xorazmda 40 ta umumta'lim maktablari va internatlarda 2600 bola ta'lim-tarbiya oldi. O'zbekiston respublikasi tashkil bo'lganida turli bosqichdagi 1500 ta maktab bo'lib, ularda 116 ming o'quvchi o'qir edi. 2. Matbuot, ma'rifat maskanlari, tibbiyot. Milliy ziyolilar, davlat arboblari gazeta, jurnallarning tar-biyaviy, ziyo tarqatuvchilik roliga jiddiy ahamiyat berdilar va sermazmun faoliyat ko'rsatdilar. 1918 yilda "Ishtirokiyun" (1922 yildan "Qizil bayroq", keyin "Turkiston" nomi bilan), "Mehnatkashlar o'qi", "Mehnatkashlar tovushi" (Samarqandda), "Farg'ona", "Yangi Farg'ona", "E1 bayrog'i", "Xalq", "Xalq qalqoni", "Yangi Sharq", "Erkinlik" nomli gazetalar, "Maorif va o'qituvchi", "Moliya axboroti", "Kasabachilik harakati" jurnallari chiqarildi. 1923 yildan chiqa boshlagan "Mushtum" hajviy jurnali (muharriri-Ho'ji Muin Shukrillayev) keng ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, "Mashrab" nomli jurnal ham chiqqan. 1918-1920 yillarda Turkistonda o'zbek tilida 11 nomda gazeta chiqarildi. 20 yillarda ham bu jarayon davom etdi. Yangi sharoitlarda o'zbek milliy matbuotchiligini rivojlantirishga ma'rifatchi darg'alar A.Avloniy, M.Behbudiy, Fitrat, Munavvar Qori, A.Qodiriy, Cho'lpon, Ashurali Zohiriy, iste'dodli jurnalistlar G'ozi Yunusov, Elbek, Po'lat Soliyev, Mannon Ramziy va qator boshqalar katta hissa qo'shdilar. Gazeta va jurnallar rasmiy tashkilotlar organlari sifatida ta'sis etilgan va qattiq nazorat qi-lingan. Shunday bo'lsa-da, nashr qilingan materiallarda xalqparvar, adolatparvar ruh ustuvor bo'lgan g'oyalar ilgari surildi. Sovet tashkilotlari siyosiy aqidalarga tayanib matbuotga ta'qibni kuchaytirdilar. Ayrim gazetalar 2-3 oy faoliyat ko'rsatib ulgurmasdan yopilar, man qilinar edi. Gazetalar nomlarini o'zgartirib chiqarardi. Sof vijdonli jurnalistlar ta'qib ostiga olindilar, keyinchalik qatag'on qilindilar. Yosh buxoroliklar 1919 yilda "Qutulish", 1920 yilda "Uchqun" gazetalari va "Tong" jurnalini chiqardilar. Jurnalda F.Xo'jayev, Fitrat, P.Soliyev, A.Mustafoyevning maqolalari e'lon qilingan. Respublika tuzilgach, "Buxoro axbori", "Ozod Buxoro" gazetalari ta'sis etildi. Buxoroda matbuotni tashkil qilishda Said Ahroriy, Cho'lpon katta xizmat ko'rsatdilar. Xorazm respublikasida "Inqilob quyoshi" gazetasi nashr qilindi. 1925 yil boshida O'zbekistonda o'zbek tilida 17 nomda gazeta va jurnallar chiqqan. Toshkentda 7 ta bosmaxona ishlab turgan. Kutubxonalar, muzeylar soni ko'payib bordi. Toshkentning Eski Jo'va dahasida "Turon" kutubxonasi samarali faoliyat ko'rsatdi. Buxoro respublikasi hukumati maxsus komissiya ta'sis etdi, u nodir qo'lyozmalar, kitoblarni to'plash bilan shug'ullandi. 1921 yil dekabrida Minorai kalon yonidagi binoda davlat kutubxonasi tuzildi, kitoblar, qo'lyozmalar to'plandi. Respublikaning viloyatlarida ham kutubxonalar tashkil etildi. 1921 yilda ularning soni 13 taga yetdi. O'zbekiston tashkil bo'lganida markaziy va mahalliy kutubxonalar 152 tani tashkil etar edi. Muzeylar tashkil qilishga kirishildi. 20 yillar o'rtasiga kelib 5 ta muzey bor edi. Ularda xalqimizning boy tarixi aks etgan osori-atiqalar qo'yilgan. Shu bilan birga, shaharlarning yevropacha qismlari (Yangi shaharlar)dagi kutubxonalar, muzeylar, boshqa tomosha joylaridan sovet hokimiyatining siyosiy maqsadlari uchun foydalanilgan, sinfiylik aqidalari targ'ib etilgan. Tibbiyot masalalari jiddiy ahamiyat kasb etdi. Ocharchilik, moddiy qiyinchiliklar odamlar salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Qator kasalliklar epidemiya tusiga kirdi. Buxoro shahrida ekologik muhit, ichimlik suvi muammosi, rishta, bezgak kasalliklari xavfli darajada edi. Turkistonga ko'plab kelgan och-qochoqlar yuqumli kasalliklarning ko'payishiga sabab bo'ldilar. Yerli aholi shaharlardagi kasalxona, poliklinikalarga kam murojaat qilgan. Shuning uchun eski shaharlarda, qishloq joylarida tibbiyot punktlari tashkil qilina boshlandi, vrachlar, hamshiralar sonini ko'paytirishga e'tibor qaratildi. Buxoro respublikasi hukumati bezgakni davolash uchun qishloqlarga dorilarni pulsiz tarqatish haqida qaror chiqardi. Berlindan klinika jihozlarini sotib oldi, ular 1923 yil avgustda Buxoroga yetib keldi. Natijada 1924 yilda respublikada tropik kasalliklar instituti, 5 ta kasalxona, 2 ta ambulatoriya faoliyat ko'rsatgan. 3. Kadrlar tayyorlash masalasi. Tashkil bo'layotgan maorif tizimi, boshqa sohalar uchun o'qituvchilar, mutaxassislar tayyorlash choralari ko'rildi. Toshkentning Yangi shaharida 1918 yilda Turkiston davlat universiteti, sharqshunoslik instituti, konservatoriya, texnikumlar ochildi. 1920 yilda universitetga Rossiyadan pedagog-professorlar, kitoblar, o'quv qurollari yetkazib kelindi. Bu maskanlar inqilobiy sinfiylik tamoyili bilan ishladi. Universitetning tayyorlov-ishchilar fakulteti (rabfak)da kambag'al tabaqaga mansub kishilar o'qigan. Yerli xalqlar vakillari ularga kam qatnagan. Toshkentning Eski shaharida, Qo'qon va boshqa shaharlarda muallimlar tayyorlash kurslari, 1920 yildan 7 ta dorulmuallimin (imnpoc), bir nechta bilim yurtlari faoliyat ko'rsatdi. 1925 yilga kelib O'zbekiston qishloqlarida 2748 muallimlar ishlab turgan yoki 3-4 marta o'sgan. 1924 yilda Qo'qon bilim yurtini 13 ta yigit-qizlar bitirib chiqdi. Unda keyinchalik O'zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti T.N.Qori Niyoziy dars berdi, bitirganlardan akademiklar, yirik fan va madaniyat arboblari yetishib chiqdi. Chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar, yoshlarning o'qib kelishlari 20 asr boshlaridan kengayib bordi va keyinchalik ham davom etdi. Buxoro respublikasi hukumati tashabbus ko'rsatib, bu ishga tashkiliy tus berdi. 1922 yilda Turkiston, Buxoro va Xorazmdan 70 ga yaqin yoshlar Germaniyaga o'qishga jo'natildi. Buxoro respublikasi hukumati Berlinda yotoqxona uchun bino sotib oldi, o'quvchilarni moddiy ta'minlab turdi, ularning ahvoli, o'qishlaridan ogoh bo'ldi. Yoshlarimiz Germaniyaning turli o'quv yurtlarida muvaffaqiyat bilan o'qidilar, mutaxassislar bo'lib yetishdilar. Afsuski, o'z ona yurtiga qaytgan yigit-qizlarimiz mustabidlik qatag'oniga uchradi. O'zbekistondan boshqa yurtlar, shaharlarga ham o'qishga yuborilar edi. Buxoro respublikasi rahbariyati Turkiyaga o'qishga buxorolik yoshlarni yuborib turdi. 4. San'at. O'zbekiston ko'p asrlik san'at turlariga boy. Musiqa, ashula, xalq raqslari, turli-tuman asboblar, jumladan, mashhur karnay va nog'ora keng tarqalgan. Sharq san'atining shoh asari "Shashmaqom", qator klassik kuy va g'azallar shu zaminda yaratilgan. Keng xalq ommasi san'atni tushungan va ardoqlagan. Samarqandlik Hoji Abdulaziz Abdurasulov, toshkentlik To'ychi Hofiz Toshmuhamedov, xorazmlik Matyoqub Xarratov, Matyusuf Xarratov, Matpano Xudoyberganov, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), buxorolik Domla Halim Ibodov, Farg'ona vodiysidan Madumar Hofiz, Shorahim Shoumarov, Matbuva Hofiz, Abduqodir Naychi (Ismoilov) va boshqalar o'zbek klassik qo'shiqchilik san'atini tarannum qildilar. San'at truppalari, milliy teatrlar tuzildi va faoliyat ko'rsatdi. Yangi san'at turlari doirasi kengaydi. M. Behbudiy, A. Qodiriy, Abdulla Avloniy, Hoji Muinlar asos solgan o'zbek dramaturgiyasini Fitrat, Xurshid (Shamsiddin Sharafiddinov, 1890-1960), G'ulom Zafariy va boshqalar davom ettirdilar. Fitrat 1920 yilda "Chin sevish" pyesasini yozdi, keyinchalik "Hind ixtilolchilari", "Abulfayzxon", "Shaytonning tangriga isyoni" dramalarini yaratdi. Xurshid 1918-1924 yillarda muallimlik qilish bilan birga "Layli va Majnun", "Farhod va Shirin" hamda boshqa dramalarini yozdi, ularda aytilgan "Girya", "Chorgoh", "Segoh", "Ushshoq", "Bayot", "Suvora", "Dugoh" qo'shiqlari o'zbek klassik qo'shiqlariga aylandi. Milliy sahna san'ati sohasiga yetuk aktyor va rejissyor Mannon Uyg'ur (1897-1955), teatr tanqidchisi, g'arb pyesalari tarjimoni Cho'lpon fidoyilik ko'rsatdilar. Kino san'ati rivojlandi. 20 yillar o'rtalarida O'zbekistonda 14 teatr (ularning ko'pchiligi milliy teatr), 19 kinoteatr faoliyat ko'rsatgan. 1924 yilda 24 nafar yosh o'zbek san'atkori Rossiyaga o'qishga jo'nab ketdi. 5. Manadiy-ma'rifiy qadriyatlar taqdiri. O'zbek xalqi mintaqadagi boshqa xalqlarga xos muruvvat va mehribonlik, xayr-ehson fazilatlarini maktab va ma'rifatga nisbatan keng amalga oshirgan. Sovet hokimiyati buning moddiy asoslarini, jumladan, vaqf mulklari, daromadlarini o'zlashtirishga harakat qildi, ma'rifatparvar mulkdorlarning sa'y-harakatlari davom etishiga yo'l qo'ymadi. Munofiqlik bilan inqilobiy kampaniyalar o'tkazildi, shiorlar tashviqot qilindi. Madrasalar yopildi, an'anaviy maktablarga dushmanlik tazyiqi o'tkazildi. Ko'pchilik milliy kadrlar, ziyolilar, jamoatchilik jiddiy qarshilik ko'rsatdilar. Vaqflarni yo'q qilmay, islohot o'tkazish, ulardan kelgan daromadlarni maktab-ma'rifat uchun ishlatish yo'liga o'tildi. Maorif idoralarida vaqf boshqarmalari tashkil etildi. 1922 yilda Xorazm respublikasida 328 ming tanob vaqf ekin yerlari bo'lgan. Buxoro respublikasida 1924 yil boshlarida vaqf boshqarmasiga 248 ming tanob yer, 1500 ga yaqin do'konlar va saroylar, 200 ga yaqin uylar, bozorlar, hammomlar, tegirmonlar qaragan. O'zbekistonda 1924-1925 yillarda vaqf mablag'lari bilan 150 taga yaqin maktablar, internatlar va boshqa ta'lim-tarbiya muassasalari ta'minlangan. Aholi to'lab turgan mablag'lar hisobidan 1923 yilda, masalan, Farg'ona viloyatida 310 sinfning xarajati qoplangan, ularda 10,5 ming bola o'qigan. Buxoro respublikasi hukumati qizil armiya vayron qilgan, zarar yetkazgan Minorai kalonni, masjidlar, boshqa obidalarni ta'mirlashga kirishdi. Shuningdek, 1924 yilda 48 ta maktab, 5 ta klub, 10 ta qizil choyxonani byudjet mablag'laridan ta'minladi. 20 ta talabaga stipendiya tayinlandi. Qishloq muallimlarining maoshi aniq ko'rsatilib, to'lab turildi. Tijoratchilar ham maktab va maorifga moddiy ko'maklashdilar. O'zbekiston hududida 1917-1924 yillarda maorif, madaniyat va ma'naviyatda murakkab jarayonlar kechishi bilan bir qatorda, xalq ommasi maktab, ma'rifat va o'z milliy an'analari uchun qattiq kurash olib bordi. 18-§. Milliy-hududiy chegaralash va O'zbekiston SSRning tuzilishi 1. Turkiston - mintaqada xalqlarining yagona makoni, umimiy vatani. Markaziy Osiyo, jumladan, Turkiston, Buxoro va Xorazm davlatlarining tub xalqlari necha asrlar davomida turmush tarzi va an'analari jihatidan bir-biriga yaqin bo'lib keldilar. Buxoro va Xorazm 20 asr 20 yillarining boshiga qadar mustaqil davlatlar bo'lgan. Bu mintaqa yagona zamini, o'z xo'jaligi, an'analari, dini, madaniyatining mushtarakligi bilan ajralib turgan. O'rta Osiyo davlatlaridan har birining ko'p millatli ekanligi, o'zbeklar, turkmanlar, tojiklar, qoraqalpoqlar, qirg'izlar, qozoqlar va boshqa yerli xalqlarning uchala davlat hududlarida tarqalib yashashi tarixan an'anaviy bo'lgan. Mana shu davlat tuzilmalari doirasida har bir xalq yoki alohida urug'lar xo'jalik hayoti tizimidagi o'z o'rnini egallab, o'zining ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyati bilan davlat va mintaqa ijtimoiy hayotining yaxlit zanjiridagi uzilmas halqani tashkil etgan. Turkiston mintaqasining xalqlari shu zaminni qadimdan o'zlarining asl vatani deb bilganlar. Vatan yagonaligi hissi xalq ijodiyotida, an'analarida, madaniyatida o'z aksini topgan va shu mintaqada yashab turgan barcha xalqlarning abadiy qadriyatiga aylangan. Bu mintaqaning xalqlari birdir degan g'oya avloddan-avlodga o'tib, milliy yetakchilar, jamoat arboblari va milliy ziyolilarning qarashlari hamda amaliy faoliyatlarida aks etdi. Hudud yaxlitligiga, xalqning birligiga xavf-xatar tug'ilgan kezlarda ana shu g'oya xuddi bir qalqon-dek bo'lib turdi. xalqlarning bir-biridan ajralib, uzoqlashib ketishining oldini oluvchi omil bo'lib qoldi. 2. Milliy respublikalar va viloyatlar tuzishga ko'rsatma berilishi va uning siyosiy jihatdan asoslanishi. Tarixan tarkib topgan uchta davlatni tugatib turib, ularning o'rniga yangi davlatlar tuzish fikri o'lka va markazning rahbar xodimlaridan chiqdi. 1920 yilning boshlaridayoq TSRni bo'lib tashlash va milliy til belgisiga qarab muxtor (avtonom) respublikalar tuzish masalasi qo'yilgan edi. Bu g'oya Turkkomissiya raisi Ya.Rudzutak tashabbusi bilan 1920 yil 15 yanvarda qabul qilingan tezislarda aytiladi. Bu tezislar o'sha yilning iyun oyida RKP(b) Markaziy Komitetining "Partiyaning Turkistondagi vazifalari haqida" degan qarori loyihasiga kiritildi. Bu taklifni V.I. Lenin qo'llab-quvvatladi. Loyihaga bildirgan o'z mulohazalarida u Turkistonning "O'zbekiya, Qirg'iziya, Turkmaniya"ga bo'lingan kartasini tuzish zarur deb ko'rsatdi. V.I. Lenin birmuncha keyinroq o'zi tayyorlagan boshqa bir loyihada o'z nuqtai nazarini o'zgartirib: "Respublikani (ya'ni Turkistonni) 3 qisrhga bo'lish oldindan hal qilib qo'yilmasin", deb uqtirdi. Turkistonning ma'muriy-hududiy kartasini qaytadan ko'rib chiqish bolsheviklarning qaytadan tuzish siyosatidan o'lkada norozilik kuchayib borgan, mustaqillik uchun harakat ko'lami kengayib kelayotgani, milliy masala yuzasidan Kavkazortida boshlangan kurash aks sadosi va boshqa sabablarga ko'ra orqaga surilib turdi. 1920 yilga kelib O'rta Osiyoda TSRdan tashqari Buxoro va Xorazm Xalq Sovet respublikalari tuzilganligi ham muhim omil bo'ldi. Bu respublikalar tuzilganidan keyin ma'lum rahbarlar guruhi ularni ham hududiy qayta bichish doirasiga tortish rejalarini ilgari surdilar. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling