Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet84/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

20-30 yillar Qoraqalpog'iston uchun uning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotini tubdan o'zgartirib yuborgan muhim hodisalarga boy davr bo'ldi.

Qoraqalpog'iston respublikasi qardosh O'zbekistonda o'z o'rniga ega bo'lib olmaguncha Qozog'iston va Rossiyaga ma'muriy jihatdan bo'ysunib keldi. Ommaviy qatag'onlar Qoraqalpog'istonni ham chetlab o'tmadi. Respublikaning o'n mingdan ortiq mehnatkashlari, ijodiy ziyolilar vakillari, partiya-sovet xodimlari qatag'on qilindi. Shunday bo'lsa-da, xalq o'ziga xoslik jihatlarini va o'z qadr-qimmatini saqlab qoldi.

Ill bob. O'zbekiston fashizmga qarshi urush yillarida

(1941-1945 yiIlar)

32-§. Urushning boshlanishi.

O'zbek xalqining fashizmga qarshi kurashga qo'shgan hissasi

1. O'zbekiston moddiy va ma'naviy kuchlarining safarbar etilishi. 1941 yil 22 iyun kuni gitlerchilar Germaniyasi o'zaro hujum qilmaslik haqidagi shartnoma bo'lishiga qara may, to'satdan SSSRga hujum qildi, Sovet ittifoqi deb atalmish hududga birlashtirilgan xalqlar uchun og'ir sinovlardan iborat urush boshlandi.

O'zbek xalqi urush boshlanishi bilan uning og'ir oqibatlarini tushunib yetdi. Shu bois urushning dastlabki kunlaridan boshlab fashizmga qarshi miting va majlislar boshlanib ketdi. Jamoalarning majlislarida so'zga chiqqan har bir o'zbek xalqining farzandi ona yurti, o'z xalqi ozodligini ko'kragini qalqon qilib himoya qilishga, kerak bo'lsa jonini ham fido qilishga tayyor ekanligini izhor qildi. Ular frontda va front orqasida fashizm ustidan g'alaba qozonish uchun fidokorona kurashajaklarini aytdilar.

23 iyun kuni Toshkentda ko'p ming kishilik miting bo'lib o'tdi. Turli korxona hamda muassasalarning ishchi va xizmatchilari, o'qituvchilar, talabalar o'z vatanlarini himoya qilishga, frontda va front orqasida dushman ustidan g'alaba qozonishga tayyormiz, deb aytdilar.

Urush butun mamlakat xo'jaligi, uning hayotini tubdan o'zgartirib yubordi, 1941 yil 30 iyunda davlat mudofaa komitetining tuzilishi bilan mamiakatdagi butun hokimiyat uning qo'liga o'tdi. Ushbu komitetning raisi I. V. Stalin 8 avgustda SSSR qurolli kuchlari Bosh qo'mondoni lavozimini egalladi. Davlat mudofaa komitetining qarorlari urush davri qonunlari kuchiga ega edi. Urushning dastlabki kunlarida qabul qilingan maxsus qarorlar, ko'rsatmalarda mamlakat katta xavf ostida qolgani, uni himoya qilish uchun shoshilinch ravishda barcha iqtisodiy-ma'naviy kuchlarni mudofaa manfaatlariga ho'ysundirish, xalq xo'jaligini to'liq harbiy izga solish lozimligi qayd etildi. Uzoq davom etgan urush qiyinchiliklari O'zbekiston mehnatkashiarini ham og'ir ahvolga solib qo'ydi.

2. O'zbekiston front uchun. Harbiy vaziyat front orqasini mustahkamlash yuzasidan shoshilinch choralar ko'rishni talab qildi. Xalq xo'jaligini qayta qurib, harbiy izga tushirish umumiy dasturning eng muhim tarkibiy qismi bo'ldi. O'zbekiston iqtisodiyoti ham harbiy vaziyatdan kelib chiqib zudlik bilan front manfaatlariga bo'ysundirildi. Front orqasi rayonlari qatori O'zbekistonga juda katta ahamiyat berildi. Nemis qo'shinlari shiddat bilan Sharqqa tomon harakat qilmoqda edi. Front yaqinidagi shahar va qishloqlardan yuz minglab aholi, sanoat korxonalari, o'quv yurtlari, ilmiy tashkilotlar va boshqa moddiy boyliklarni Sharqqa ko'chirish boshlandi. Chunonchi, O'rta Osiyo respublikalari va Qozog'istonga evakuatsiya qilingan 308 korxonaning 100 dan ortig'i ("Lentekstilmash", "Rostselmash", "Krasniy Aksay", Moskva "Elektrokabel", "Pod'emnik", "Elektrostanok" zavodlari, V.P. Chkalov nomli aviatsiya zavodi, Kiyev "Transsignal" zavodi va boshqalar) O'zbekistonga joylashtirildi. Ko'chirib keltirilgan korxonalarni o'rnatish va ishga tushirishda butun respublika aholisi g'oyat katta yordam ko'rsatdi. Keltirilgan korxonalar birgalikda qilingan qahramonona mehnat tufayii nihoyatda qisqa muddatlarda ishga tushirildi. 1941 yil oxirigacha shunday korxonalardan 50 tasi ishga tushirildi. 1942 yil birinchi yarmida esa barcha keltirilgan sanoat korxonalari to'liq quvvatda ishlab, mudofaa uchun mahsulot chiqara boshladi.

Respublika sanoat korxonalari ham urush boshlanishi bilanoq qayta qurilib, mudofaaga zarur mahsulotlarni ishlab chiqarishga o'tkazildi. "Tashselmash" zavodi, parovozlarni ta'mirlovchi zavod, Chirchiq elektr kimyo kornbinati va boshqalar shular jumlasidandir. To'qimachilik va tikuvchilik sanoati front ehtiyojlarini qondirish uchun ishladi.

Xalq xo'jaligini qayta qurishga doir tashkiliy ishni respublika rahbarlari boshqardilar. Urush davrining juda mushkul, haddan tashqari keskin sharoitlarida ular javobgarlikdan qo'rqmay, eng murakkab vazifalarni tezkorlik bilan va mustaqil ravishda hal qilib bordilar. Respublika rahbarlari Markazning zo'rligini yengib, xalq komissarlari va korxona direktorlarining huquqlarini kengaytirdilar, boshqaruv apparatini qisqartirdilar.

Xalq xo'jaligini qayta qurish bilan bir vaqtda harakatdagi armiya uchun jangovar zaxira (rezervlar) yaratish, ornmaviy-mudofaa ishlari bilan shug'ullanishga to'g'ri keldi. O'n minglab yoshlar Osoaviaxim ko'ngilli jamiyatida ta'lim oldilar. O'rta Osiyo respublikalari va Qozog'iston aholisi moddiy resurslarini safarbar qilish va jangovar holga keltirish uchun jiddiy tadbirlar ko'rildi. O'rta Osiyo harbiy okrugida front uchun jangovar zaxiralar va komandirlar tayyorlandi. Urush boshlanishidan hisoblaganda bir yarim yil ichida bu oknig 109 ta harbiy qo'shilmalar tuzdi. Shulardan harakatdagi armiyaga va Bosh qo'mondonlik stavkasi rezerviga 86 diviziya va brigada jo'natildi.

Harbiy safarbarlik chora-tadbirlari majmuasida milliy qo'shilmalarni tuzish muhim o'rinni egalladi. O'zbekiston mehnatkashlari milliy harbiy qo'shilmalar tuzish tashabbusi bilan chiqdilar. Davlat mudofaa komiteti 1941 yil 13 noyabrda bu tashabbusni qo'llab-quvvatladi. 1941 yil noyabridan to 1942 yil martigacha O'zbekistonda 14 ta milliy brigada, jumladan, 9 ta alohida o'qchi brigada va 5 ta (otliq) diviziya tuzildi. Milliy qo'shilmalar tuzish O'zbekiston xalqlarining yovuz fashist kuchlardan o'z yurtini saqlab qolish his-tuyg'ularining ifodasi bo'ldi.

Urush yillarida bir yarim milliondan ortiq O'zbekistonlik fuqaro fashizmga qarshi o'tli janglarda qatnashdi (1940 yilda respublika aholisi 6,5 mln. kishidan iborat edi). Ularning ko'pchiligi mardlik namunalarini ko'rsatib, jangovar orden va medallar bilan taqdirlandi.

O'zbekistonda mudofaa jamg'armalari uchun mablag' to'plash tashkil etildi. Mudofa jamg'armasiga mehnatkashlarning bir kunlik ish haqi, shaxsiy jamg'armalari, qimmatbaho yodgorlik buyumlari, davlat zayomlarining obligasiyalarini keltirib topshirish rag'batlantirildi. Urushning dastlabki kunlarida umuman respublika bo'yicha mudofaa jamg'armasiga 30 mln so'm tushdi. O'zbekistonda harbiy texnika, asosan tank kolonnalari va jangovar samolyotlar eskadrilyalari tuzish uchun mablag'lar yig'ish yuzasidan boshlangan vatanparvarlik harakati ancha kengaydi. Frontga yordam tariqasida kiyim-bosh va boshqa ko'pgina narsalar ham yuborib turildi.

Bu tadbirlar va tashabbuslar O'zbekiston urush yillarida jangovar armiyaning front orqasidagi mustahkam bazasi bo'lganligidan dalolat beradi.

Boshida rnag'lubiyat alami bilan, qarindosh va yaqinlarining taqdiri, butun Vatan taqdiri uchun ko'ngilga tushgan qo'rquv va xavotirlik bilan insonlar dilini xun qilgan urush jamiyatdagi ma'naviy-ruhiy vaziyatni keskin o'zgartirib yubordi. Endi insonlarning butun hayoti, yurar-turari, ishi, o'y-fikrlari tamoman urushga bog'lanib qoldi. O'zbek xalqi, respublika aholisi barcha ijtimoiy qatlamlari vakillarining o'z manfaatidan kechishi, mardligi front yoni mintaqasidan ko'chirib kelingan korxonalar, bolalar, ayollar va keksa kishilardan iborat aholini qabul qilib olish hamda joylashtirish bilan bog'liq mas'uliyatli ishni og'ir sharoitlarda qisqa muddatda amalga oshirishda muhim omil bo'ldi.

Xalq xo'jaligi harbiy izga o'tkazildi, milliondan ziyod kishi armiya safiga chaqirildi, yangi-yangi harbiy qismlar tuzilib, front uchun pul, oziq-ovqat va moddiy mablag'lar yig'ildi. butun xalq, jamiki moddiy va ma'naviy boyliklar fashizmga qarshi kurashga safarbar qilingan edi.

33-§. O'zbekiston iqtisodiyotining g'alaba uchun safarbarligi

1. O'zbekiston sanoati - front uchun. Urushning dastlabki vaqtlarida iqtisodiy vaziyat keskin og'irlashdi. Ittifoq respublikalaridagi ko'pgina sanoat va qishloq xo'jalik rayonlarining fashist bosqinchilari tomonidan bosib olingani xalq xo'jaligini og'ir ahvolga solib qo'ydi. Chunki bu hududlarda sobiq SSSR aholisining 40%i yashar, bu yerlarda ko'mirning 63%i, bug'doyning 38%i yetishtirilar, qudratli mashinasozlik bazasi va ko'plab mudofaa korxonalari mavjud edi. Ana shunday sharoitda Sharq mintaqasi rayonlari bo'yicha 1941 yilning oxiri va 1942 yilga markaziy hukumatning harbiy-xo'jalik rejasi qabul qilindi. Bu rejada umumittifoq miqyosida mamlakat Sharqining ahamiyati keskin ortganligi qayd qilindi va shu yerda nihoyatda qisqa muddatda sanoat qurilishini avj oldirish, harbiy mahsulotni ishlab chiqarishni ko'paytirish, frontga umumxalq yordamini uyushtirish ko'zda tutildi. Urushning natijasi mana shu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga ko'p jihatdan bog'liq edi.

Iqtisodiyotni jadal harbiy izga solish eng muhim vazifa edi. Albatta, bu ish katta mashaqqat evaziga amalga oshirildi. Moddiy, moliyaviy va mehnat imkoniyatlarini urush manfaatlariga bo'ysundirish, harbiy mahsulot ishlab chiqarishni keskin oshirish kabi masalalar asosiy va kechiktirib bo'lmaydigan, juda qisqa muddatda bajariladigan vazifa hisoblanardi. Bunda front orqasining xizmati alohida edi. Shu sababli siyosiy rahbariyat, hukumat unga asosiy e'tiborni qaratdi. 1941 yil 26 iyundan boshlab ishchi va xizmatchilar uchun ish vaqtidan tashqari majburiy ortiqcha ishlar joriy qilindi, haftasiga mavjud besh kunlik o'rniga olti kunlik, bir kunda 11 soatlik ish kuni joriy qilindi. Aslida ish kuni 12-14 soatga cho'zilardi. Mehnat ta'tili bekor qilindi. Bu ishchi va xodimlar sonini oshirmasdan, ishlab chiqarish quvvatini l/3%ga ko'tarish imkonini berdi. Biroq ishchi kuchi baribir yetishmasdi. Idora xodimlari, uy bekalari va o'smirlar ham ishlab chiqarishga jalb qilindi. Yoshlardan ishchilar tayyorlashga alohida e'tibor berildi. Urushning dastlabki 17 oyi mobaynida 14-17 yoshlilardan turli kasbdagi 23,3 ming ishchi tayyorlandi. Fabrika va zavodlar qoshidagi maktablar ko'plab ishchilar yetishtirdi. 1942 yil oxirida bu yerda qo'shimcha 31 ta kasb maktabi ochildi. Bu vaqtda respublikada 14 ta kasb-hunar bilim yurti va 45 ta fabrika-zavod maktabi bor edi. Ishchi kadrlar bundan tashqari qisqa texnik kurslarda, korxonalarda shogirdlik usullari bilan ham tayyorlandi. Yuqoridagi tadbirlar tufayli urushning dastlabki ikki yili mobaynida O'zbekistonda turli kasbdagi 105 mingdan ziyod sanoat ishchisi tayyorlandi, ularning 73 mingtasi sanoat korxonalarining o'zida kasb o'rgandi.

1941 yil 14 dekabrdan harbiy korxonalar xodimlari urushga safarbar qilinganlar qatoriga qo'shildi va shu korxonalarga biriktirildi. Mehnat intizomini buzganlar qattiq jazolanadigan bo'ldi, O'zboshimchalik bilan korxonadan ketib qolganlarga 5 yildan 8 yilgacha qamoq jazosi belgilandi. Shunday bo'lsa-da, "yuqoridan turtkini" kutib o'tirmasdan O'zbekistondagi mehnatkash xalq erk va mustaqillikni saqlab qolish uchun halol va mardonavor mehnat qildi.

1941 yil sentabr dekabr oylarida respublika hukumati xalq xo'jaligini harbiy izga solish, qaysi korxona qachon ishga tushirilishi to'g'risida, ichki resurslarni to'la safarbar etish to'g'risida aniq vazifalarni belgilab berdi. Kadrlar, sanoat xom ashyosi, yoqilg'i, stanoklar, uskunalar keskin yetishmasligiga qaramay, 1941 yil dekabriga kelib Toshkentdagi 63 ta, respublika hududidagi 230 ta sanoat korxonalari mudofaa mahsulotlari ishlab chiqara boshladilar. Ko'chirib kelingan zavodlar ham o'z quvvatini oshirib bordilar.

Respublika sanoatining ko'pgina sohalarida zarbdorlar harakati kengaydi. Kuniga ikki normani bajarib kelayotgan ishchilar uch va undan ortiq norma beradigan bo'ldilar. Talaygina kishilar turdosh ixtisosliklarni egalladilar. Oshirib bajarilgan rejaning har bir qo'shimcha foizi endi shunchaki yaxshi mehnat mezoni bo'lmasdan, balki dushmanga qarshi kurashga qo'shilgan shaxsiy hissaning o'lchovi, frontga berilgan tayinli yordam ko'rsatkichi bo'lib qoldi.

1941 yilning kuzida, dushman Moskvaga yopirilib kelayotgan dastlabki kunlarda mamlakatda front brigadalari tuzish avj oldi. Bu nom mahsulotni yuqori sifatli qilib chiqargani va namunali mehnat intizomiga rioya qilgani holda ishlab chiqarish rejalarini ketma-ket ikki oy davomida kamida 150 foizdan bajarib borgan komsomol-yoshlar brigadalariga berilar edi. O'zbekistonda dastlabki ana shunday brigadalar 1941 yil oktabr oyida "Tashselmash" zavodida tashkil etildi. 1942 yil boshlariga kelib respublikada bunday brigadalar soni bir yarim mingtaga yetdi. Qattiq tejab-tergash uchun, mahalliy resurslardan keng va maqsadga muvofiq ravishda foydalanish uchun boshlangan harakat front brigadalari faoliyati bilan bog'liq edi. Dushman ustidan g'alabaga bo'lgan ishonch mehnat mashaqqatlarini yengib o'tishga chorladi. Sanoat korxonalarining ishchilari jahd bilan mehnat qilib, o'z kunlik normalarini 300-400, hattoki 500 foizga yetkazib bajarardilar.

1942 yilning o'rtalariga kelib xalq xo'jaligini qayta qurib, harbiy izga o'tkazish O'zbekistonda asosan oxiriga yetkazildi. 1942 yili yalpi sanoat mahsulotini ishlab chiqarish ikki baravar ko'paydi, 1943 yilda esa sanoatning respublika xalq xo'jaligidagi salmog'i 75 foizgacha ortdi. Harbiy ishlab chiqarish quvvatlarini oshirib borish zaruratlari sanoat qurilishini tobora ko'paytirishni talab qilar edi.

Shu yillardagi O'zbekiston industriyasi rivojlanishining asosiy yo'nalishlari avvalo energetika tarmog'ini yuksaltirish, qora va rangli metallurgiya, ko'mir bazasini vujudga keltirish, kimyo sanoati tarmoqlarini yuksaltirishdan iborat bo'ldi. Natijada respublika sanoat inshootlari qurilish maydonchasiga aylandi. Bu qurilishlarda shahar va qishloqlarning necha minglab mehnatkashlari hasharga chiqib ishladilar. Natijada yetti yirik elektr stansiyasi, jumladan Salor va Farhod GESlari qurildi. Yangi ko'mir va neft konlari ochildi, eskilaridan ko'proq foydalaniladigan bo'lindi (Angren, Sharg'un, Qizilqiya konlari va boshqalar). Bekobodda metallurgiya zavodi barpo etildi.

Urush yillari respublikada qidirib topilgan volfram, molibden, mis va oltin zaxiralari asosida rangli metallar sanoatini yaratishga kirishildi. Olmaliq mis koni ishga tushirildi. Langarda molibden fabrikasi qurildi. Kimyo sanoati sezilarli darajada rivojlandi. Chirchiq elektr kimyo kombinatining ikkinchi navbati ishga tushirildi. Qo'qon aralash mineral o'g'itlar zavodi qayta uskunalanib, superfosfat zavodiga aylantirildi.

O'zbekistonda metallurgiya, energetika, yoqilg'i va mashinasozlik sanoatlarini qaytadan yaratish Ittifoq harbiy ishlab chiqarishi asoslarini mustahkamladi, respublikamizning umumittifoq iqtisodiyotiga qo'shgan hissasini oshirdi. Ittifoq harbiy salohiyatining boy berilgan quvvatlari 1943 yili qayta tiklanib qolmay, balki avvalgidan ham oshdiki, bu asosiy turdagi qurol-yarog'larni ishlab chiqarish va sifatini ta'minlashda fashistlar Germaniyasi ustunligini tugatish imkonini berdi.

Urush yillarida O'zbekistonda industriyaning barcha sohalariga taalluqli bo'lgan 280 ta yangi sanoat korxonasi qurildi. Respublikaning sanoat quvvati 1945 yili 1940 yildagiga nisbatan 2 marta, neft ishlab chiqarish 4 marta, metallni qayta ishlash 4,5 marta, mashinasozlik 13,4 marta, ko'mir ishlab chiqarish 30 marta, po'lat va prokat ishlab chiqarish 2,5 marta oshdi, kimyo sanoati ishlab chiqaradigan yalpi mahsulotlar 5 baravar ko'paydi. Shu-lar qatorida yengil va oziq-ovqat kooperativ sanoatining ham ishlab chiqarish ko'lami ancha kengaydi.

Harbiy ishlab chiqarishni yanada o'stirish yangi texnologiyalarni joriy etish, mehnat unumdorligini oshirish, qo'shimcha resurslarni qidirib topish asosida amalga oshirildiki, bu ish g'oyat ulkan qiyinchiliklarni yengishga bog'liq edi.

Davlat organlarining ma'muriy-buyruqbozlik asosida ho'jalikni boshqarishi ayniqsa urush yillarida avjga chiqdi. Hukumat organlari tomonidan o'rtaga qo'yiladigan vazifalarning aksari aniq-mavjud imkoniyatlar bilan hisoblashmasdan, resurslar, kishilarning jismoniy va ruhiy kuch-quvvatlari har qancha sarflansa ham, rejani albatta bajarishni talab qilardi. Bu obdon holdan toyguncha ishlash degan gap edi. Og'ir mehnat yuki asosan ayollar va o'smirlar yelkasiga tushdi. Ammo bu hech kimni to'xtatmadi. Frontni o'z vaqtida ta'minlash muhim bo'lib qolaverdi.

Harakatdagi armiya zarur narsalarning hammasini: texnika, qurol-yarog', o'q-dori. oziq-ovqatlarni uzluksiz olib turdi. O'zbekiston Ittifoqning asosiy jangovar aslahaxonalaridan biri sifatida 2 mingdan ortiq samolyot, 1,7 mingdan ziyod aviamotor, shuncha minomyot, 22 mln dona mina, 560 ming snaryad, 2 mln dona radiolampa, 1 mln dona granata, 330 ming parashyut, 5 bronepoyezd, 18 sanitar poyezdi, harbiy ehtiyojlar uchun 100 ming km dan ortiq turli sinilar, millionlab gimnastyorka, paxtali ust-bosh, soldatlar etigi va boshqa ko'pgina mahsulotlarni frontga yetkazib berdi.

2. Transport va aloqa vositalari xizmatchilarining jonbozligi. Temir yo'l ham harbiy holatga o'tkazildi. Poezdlar harakatining qo'shinlar va harbiy yuklarni birinchi navbatda o'tkazib yuborishni ko'zda tutadigan harbiy grafigi joriy etildi. Respublika transportchilari transportning uzluksiz ishlab turishini ta'minladilar. Toshkent temir yo'li ko'chirib kelinayotgan korxonalarning asbob-uskunalari G'arbdan Sharqqa yetkazib beriladigan asosiy yo'llardan biri bo'lib qoldi, Sharqdan G'arbga esa qurol-yarog'lar yuborilardi. O'zbekiston temiryo'lchilarining fidokorona mehnati tufayli faqat 1941-1942 yillar mobaynida ko'chirilgan sanoat korxonalarining asbob-uskunalari ortilgan 17,5 ming vagon tashib berildi. Temir yo'l transporti front orqasi bilan front o'rtasidagi asosiy aloqa vositasi bo'lib qoldi.

Urush davri talablari pochta va telegraf ishini ham qiyinlashtirib qo'ydi. Barcha aloqa korxonalarida ish vaqti tig'izlashtirilib, ish hajmi oshirildi, pochta korxonalarining soni, telefon va telegraf tarmoqlarining uzunligi ortdi.

Urush yillari davomida xalqlarning hamkorligi va o'zaro yordami mustahkamlandi. Ittifoqning mudofaaga tegishli qurilishlari va sanoat korxonalarida 155 mingdan ortiq o'zbekistonlik mehnat qildi. Ular RSFSRning turli viloyatlari va avtonom respublikalarida, jumladan, Ural, Sibirdagi zavodlar va boshqa obyektlarda ishladilar. Safarbar qilingan kishilar mehnatidan harbiy iqtisodiyotning eng muhim joylarida, asosan toshko'mir, qora va rangli metallurgiya korxonalarida, shuningdek qurilishda foydalanildi. Ularning aksariyati yangi kasblarni egalladilar.

O'zbekistonliklar front orqasining nihoyatda qiyin sharoitlarida butun ittifoq xalqlari bilan birga dushman ustidan g'alabani fidokorona mehnatlari bilan ta'minlab bordilar va tarixda misli ko'rilmagan xalq jasoratini namoyon qildilar.

34-§. Qishloq xo'jalik ahlining mehnat jasoratlari

1. Dehqonchilik mahsulotlari frontga. Urush boshlanishi bilan respublika qishloq xo'jaligi oldida ham front va front ortini qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan, sanoatni esa xom ashyo bilan ta'minlash vazifasi turardi. Buning uchun xalq xo'jaligining barcha sohalari kabi, qishloq xo'jaligini ham harbiy izga solish, texnik ekinlar, don, poliz va sabzavot ekinlarini ko'paytirish, chorvachilik mahsulotlarini oshirish zarur edi.

Bu jiddiy muammolarni tez hal qilish bir necha sabablarga ko'ra og'irlashdi. Avvalo, Markaz hukumati paxta yakkahokirnligiga yo'l berganligi sababli, respublikaning dehqonchiligi asosan paxta ekishga moslashib bo'lgan edi. Endi donni O'zbekistonda yetishtirish muammosi ko'ndalang bo'ldi. Markaz O'zbekiston oldiga oziq-ovqat bilan ta'minlash vazifasini qo'yarkan, paxta maydonlarini kamaytirmaslikni ham talab qildi. Chunki mudofaa sanoati uchun paxta muhim xom ashyo sanalardi. Ikkinchi tomondan, urush boshlanishi bilan MTS va sovxozlarga yangi traktorlar, qishloq xo'jalik mashinalari va ularga ehtiyot qismlar kelishi barham topdi, yoqilg'i va mineral o'g'itlar berilishi kamaydi. Aksincha, traktorlar, avtomobillar va otlarning bir qismi harakatdagi armiya ehtiyojlari uchun ulardan olib qo'yildi. Natijada qo'l mehnatiga ehtiyoj oshdi, yer ho'kizlarda omoch va pluglar bilan haydala boshlandi.

Navbatdagi muammo-kadrlar masalasi edi. Malakali kadrlar va qishloq aholisining mehnatga yaroqli asosiy qismi frontga safarbar etildi. Mehnatga layoqatli necha-necha ming qishloq ahli sanoat va qurilishga jalb etildi. Shu sababli 1941-1942 yillarda mehnatkash dehqonlar soni 20 foizga, 1945 yilga kelib 40 foizga kamaydi. Ayniqsa, mexanizatorlar soni kamayib ketdi-30 mingdan 3 mingga tushdi. Urushga ketganlarning o'rnini ayollar, qariyalar va o'smirlar egalladilar.

1941 yildayoq qishloq xo'jaligining barcha bo'g'inlaridagi ish tartibini qat'iylashtirish yuzasidan shoshilinch choralar ko'rildi. Kolxozlarda eng kam miqdordagi majburiy mehnat kunlari soni urushdan oldingiga qaraganda 1,5 baravar oshirildi. O'smirlar uchun ham, 12 yoshdan boshlab, eng kam miqdordagi mehnat kunlari belgilandi. Belgilangan miqdordagi mehnat kunlarini ishlab bermagan kolxozchilar va ularning oila a'zolari sudga berilar edi.

Ushbu choralar qishloqda qolgan kam sonli mehnatga layoqatli aholining kuch-quvvatini eng muhim qishloq xo'jalik ishlarini bajarishga qaratdi. Biroq, qishloq mehnatkashlarining tabiati bunday qattiq choralarni talab qilmas edi.

Barcha qiyinchiliklarga qaramay, qishloq ahli frontni zarur mahsulotlar bilan ta'minlash uchun fidokorona mehnat qildi. 1941 yili davlatga 1,6 mln tonnadan ziyod paxta topshirildi, sabzavot, poliz ekinlari, meva, pilla, jun, go'sht topshirish majburiyatlari oshig'i bilan bajarildi.

Don va texnik ekinlarni ko'paytirish harakati natijasida 1942 yil bahorida qo'shimcha 220,5 ming gektar yer o'zlashtirildi. Qishloq xo'jalik ekinlarining miqdori ham o'zgardi. Urushgacha ekin maydonlarining 90% ida paxta ekilgan bo'lsa, urush yillarida bu ko'rsatkich ancha kamaydi. Chunonchi, Farg'ona viloyatida paxta maydoni 51%ga kamaydi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlash imkoni oshdi.

Urushning suronli yillaridagi mashaqqatli mehnat natijasida don muammosi hal etila boshlandi. Bu yillarda davlatga 82 mln pud don, 213 ming sentner sholi topshirildi. Don ekini maydotilarini kengaytirish va respublika uchun yangi ekinlar-qand lavlagi, kanop va boshqalar ishlab chiqarish ham kun tartibida bo'ldi.

2. Urush yillarida qishloq xo'jaligini tashkil etish. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ko'proq ishlab chiqarish masalasi sug'oriladigan dehqonchilik sharoitlarida boshdan-oyoq irrigatsiya quvvatlariga bog'liq edi. Bu quvvatlarni oshirish va shu asosda ekin maydonlarini kengaytirishni ta'minlash muhim xalq xo'jaligi vazifasiga aylandi. Respublikada irrigatsiya qurilishi yuksak sur'atlar bilan davom etib bordi: Shimoliy Toshkent kanalini barpo etish 15 ming gektar yerni sug'orish imkonini berdi. Buxoro viloyati Koson, Qarshi va Beshkent tumanlarining kolxozchilari Ruda-soy suv omborini qurdilar. Kolxoz dehqonlari va butun O'zbekiston mehnatkashlarining kuchlari bilan Yuqori Chirchiq, Shimoliy Farg'ona, So'h-Shohimardon, Uchqo'rg'on kanallari, Kosonsoy suv otnbori bunyod etildi. Kattaqo'rg'on suv ombori suvga to'ldirila boshlandi. Natijada respublika sug'oriladigan yerlarining maydoni faqat 1942-1943 yillar mobaynida 546 ming gektarga kengaydi. Samarqand, Farg'ona, Toshkent viloyatlarida qand lavlagi uchun unumli yerlar ajralilib, 1943 yili 1,5 mln sentnerdan ortiq lavlagi davlatga topshirildi. O'zbekistonga ko'chib kelgan Ukraina va Belorussiya olimlari, kolxozchilari, agronomlari bebaho yordam ko'rsatdilar. Qand lavlagini qayta ishlovchi Zirabuloq, Qo'qon va Yangiyo'l qand zavodlari qurildi. Urush yillarida respublika butun mamlakatda ishlab chiqiladigan qandning to'rtdan bir qismini berar edi. Bundan tashqari kungaboqar, zig'ir, kanop, makka-jo'xori, kunjut kabi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish ham yo'lga qo'yildi va yildan yilga oshib bordi.

Respublika qishloq xo'jaligining xalq xo'jaligi va mudofaada katta o'rin tutgan sohasi ipakchilik bolib qolaverdi. Qorako'lchilikka ham ahamiyat berilar edi. Chorvachilik juda tig'iz vazifalarni bajarib bordi, go'sht, yog' va sutga ortib borayotgan talablarnigina emas, teri va junga bo'lgan talablarni ham ta'minladi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling