Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet85/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

Urush yillarida O'zbekiston meva, uzum, sabzavot va poliz mahsulotlari ishlab chiqarishda alohida o'rin tutdi. Sabzavot maydonlari 1942 yili 1939 yilgi 16,5 mingdan 29 ming gektarga oshdi. Uzumzorlar maydoni 1940 yili 26,6 ming gektar bo'lsa, 1943 yili 31,7 ming gektarga yetdi.

Respublikada mustahkam oziq-ovqat bazasi yaratish yuzasidan qo'yilgan vazifa bajarilgan edi. Respublika ichki talablarni qondirish bilan cheklanmay, trontni va ozod etilgan shahar va tumanlarni qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan ta'minlashda ham qatnashdi, shuningdek, ozod etilgan rayonlarga talay chorva, urug'lik va qishloq xo'jalik texnikasi yuborildi.

Urush yillarida paxta ishlab chiqarishni oshirish eng muhim vazifa bo'lib qoldi. Qishloq xo'jaligini qayta qurishning murakkab sharoitlarida harbiy talablarga muvofiq, respublika 1941 yili paxta topshirish rejasini muvaffaqiyat bilan bajardi. Lekin keyingi ikki yil davomida paxta tayyorlash rejasi bajarilmay qoldi. Chunki g'o'za ekiladigan maydonlar salmog'i keskin kamayib, g'o'za hosildorligi pasayib ketgan edi. Mexanizatsiya darajasining pasaygani, mineral o'g'itlardan foydalanish qisqargani va paxta yetishtirish agrotexnikasi yomonlashgani ham ta'sir o'tkazdi. Chopiq, sug'orish, irrigatsiya tarmoqlarini tozalash ishlarini muntazam olib borish uchun ishchi kuchi yetishmas edi.

Biroq urush davri sharoitidagi bu obyektiv omillarni Markaz hukumati rahbariyati inkor etdi. Shunday og'ir sharoitda o'zbek qishloq ahli 1942-1943 yillarda mardonavor mehnat qilganligi inobatga olinmadi. Aksincha, paxta tayyorlash rejasi bajarilmagani uchun javobgarlik mahalliy partiya va xo'jalik organlari bo'yniga qo'yilib, ular qishloq xo'jaligini boshqarishni operativ ravishda qayta qurishga layoqatsizlikda ayblandilar va jazolandilar. Hatto O'zbekistonning o'sha paytdagi rahbari Usmon Yusupov qattiq ogohlantirish bilan jazolandi. Holbuki, u urush yillari O'zbekistonga mohirlik bilan rahbarlik qilgan edi.

Paxtachilikni yuksaltirish vazifalari 1944 yil yanvarida o'tkazilgan birinchi respublika paxtakorlar 1 qurultoyida jiddiy muhokama qilindi. Paxtakor xo'jaliklarni tashkiliy jihatdan yiriklashtirish zarurligi e'lirof etildi. Tajribali paxtakorlar xalq xo'jaligining boshqa uchastkalaridan paxta dalalariga qaytarib kelindi, suvdan foydalanish. dalalarni o'g'itlar bilan ta'minlash ishiari yaxshilandi. Davlatga 820 ming tonna. 1943 yiiga nisbatan 325 ming tonna ko'p paxta topshirildi.

Shunday qilib, urish yillarida O'zbekiston qishloq xo'jalik ahli eng murakkab va og'ir sharoitlarda mehnat qilib, 4 mln tonnadan ziyod paxta xom ashyosi, 82 mln pud don, 55 ming tonna pilla, 1,1 mln tonna sholi, 57,5 ming tonna meva va uzum, 36 ming tonna meva, 159,3 ming tonna go'sht, 22,3 ming tonna jun va hoshqa mahsulotlar yetkazib berdilar. Bu fashizm ustidan qozonilgan g'alabaga qo'shilgan munosib hissa edi.

35-§. O'zbekiston fani va madaniyati-g'alaba uchun

1. Ilm-fan front xizmatida. O'zbekistonning beqiyos kuch va quvvatga ega bo'lgan boy ma'naviy madaniyati urushning birinchi kunlaridanoq vahshiy fashizmga qarshi kurashga astoydil qo'shildi. O'zbek madaniyati arboblari va xodimlarining faoliyati tufayli insonparvar madaniyatimizning butun borlig'i urush talab va ehtiyojlariga qaratildi.

O'zbek fani ahlining urush sharoitidagi izlanishlari, ilmiy tadqiqotlarining yo'nalishlari front va xalq xo'jaligi talablari hamda manfaatlariga moslashtirildi. Bu boradagi ilmiy va tashkiliy ishlarni muvofiqlashtirish, ularga rahbarlik qilish sobiq SSSR FAning O'zbekiston filiali (O'zFA) va keyinroq, 1943 yil 4 noyabrda uning asosida tashkil etilgan O'zbekiston Fanlar akademiyasi zimmasiga tushdi. Bu akademiyaning birinchi prezidenti etib T.N. Qori Niyoziy saylandi. Fanlar akademiyasining tashkil etilishi o'zbek xalqi hayotida muhim tarixiy hodisa bo'ldi. Bu akademiya O'zbekiston ilmiy tafakkurining markazi bo'lib qoldi. Shu bilan respublikada ilmiy tafakkurni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratildi.

Bu davrda taniqli matematik-olimlar T.N. Qori Niyoziy, T.A. Sarimsoqov, geolog-olimlar H.M. Abdullayev, A.S. Uklonskiy, faylasuf I. Mo'minov, kimyogar olimlar O.S. Sodiqov, S.Yu. Yunusov, energetik A.N. Askochenskiy va boshqalar samarali izlanishlar olib bor-dilar. Fanlar akademiyasi tarkibida 22 ta ilmiy muassasa mavjud bo'lib, ularda 818 ilmiy va ilmiy-texnik xodimlar faoliyat ko'rsatardi. Urush tufayli Moskva, Leningrad, Kiyev, Minsk va boshqa shaharlardan ko'chirib kelingan olimlar O'zbekiston olimlari bilan mahkam aloqada ish olib bordilar. Ularning birgalikdagi sa'y-harakatlari ilm-fan yutuqlarini front ehtiyojlari uchun xizrnat qildirishga qaratilgan edi.

Matematika, fizika, mexanika, energetika hamda boshqa mavjud fanlar sohasidagi olim va ilmiy xodimlarning izlanishlari-metallni qayta ishlash, mashinasozlik va mudofaa sanoati boshqa tarmoqlarining rivojlanishini ta'minladi. Respublika olimlari artilleriya aslahasini mukammallashtirish, jangovar samolyotlarning yuk ko'tarish salohiyatini oshirish, mavjud harbiy texnika vositalarini yaxshilash va yangi turlarini yaratish kabi eng dolzarb amaliy masalalarni hal etdilar.

Ishlab chiqarishni kengaylirish va xom ashyo manbalarini qidirih topish maqsadida geolog olimlar juda qisqa muddatlarda qalayi, volfram, molibden, nodir metallar, neft, toshko'mir, olovbardosh materiallar va boshqa turdagi xom ashyo konlarini topdilar, bu konlar qisqa muddatlarda o'zlashtirildi. Turangli rayonida temir ruda konlarining topilishi muhim sanoat ahamiyatiga ega bo'ldi. Biologiya, botanika sohasida olimlar qishloq xo'jaligida g'o'za, bug'doy, va qand lavlagini almashlab ekish usulini joriy etdilarki, bu respublikaning o'z oziq-ovqat bazasini yaratish va g'o'za hosildorligini oshirishga imkon berdi. Yangi-yangi g'o'za navlari yetishtirildi.

Kimyogar olimlar jaydari ko'mirni kokslash muammosi ustida ishladilar, neft, slanets va boshqa turdagi yoqilg'ilar yuzasidan tadqiqotlar olib bordilar. Paxta chiqindilaridan xalq xo'jaligida foydalanishga doir takliflar ishlab chiqildi, quruqlayin qayta ishlash yo'li bilan etil spirti, soda, kislota olishning yangi usullari yaratildi. Kimyogarlarning chetdan keltiriluvchi dori xom ashyosi o'rnini bosish uchun dori-darmonlar ishlab chiqarish hajmini oshirish yuzasidan olib borgan ishlari diqqatga sazovordir. Jumladan, narkozli efir, xlorli kalsiy, kofein, streptotsil, sulfidin, nikotin kislotasi ishlab chiqarila boshlandi. O'rta Osiyo Davlat universitetining kimyo fakulteti bazasida farmatsevtika zavodi ishga tushirildi. Bu zavod urush yillarida butun Ittifoq ehtiyojlarini zarur dori-darmonlar bilan ta'minlab bordi.

Tibbiyot olimlari yaradorlarni tez tuzatish, gazdan zaharlanishni, karaxtlikni davolash usullarini yaxshilash, jarrohlik, neyroxirurgiyani takomillashtirish va boshqa tibbiyot sohalarida samarali ish olib bordilar.

Ijtimoiy fan olimlari-tarixchilar, sharqshunoslar, adabiyotchilar, tilshunoslar, iqtisodchilar o'z zimmalaridagi mas'uliyatni anglagan holda, gitlerchi bosqinchilarning vahshiylarcha siyosatini fosh qilish, unga qarshi kurashishga o'z kuch va iqtidorlarini safarbar etdilar. Tarixchilar jahon taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shgan xalqimizning tarixini yorituvchi ikki jildli "O'zbekiston xalqlari tarixi"ni yozishga kirishdilar. Adabiyotshunos, tilshunos, sharqshunos olimlar tomonidan "O'zbek adabiyoti tarixi" asari yaratildi. qadimgi o'zbek tili, dostonchiligi va boshqalar sohasida tadqiqotlar olib borildi.

Ko'pgina tarixiy kitoblar ("Mahmud Torobiy qo'zg'oloni, "Muqanna qo'zg'oloni"), dostonlar ("Shirin va Shakar", "Qunduz va Yulduz", "Dalli", "Murodxon", "Malikai Ayyor") va boshqalar nashr etildi. Alisher Navoiy, Lutfry, Bedil, Gulxaniy va boshqalarning asarlari ham nashrga tayyorlandi.

Urushning og'ir sharoitlarida o'zbek olimlarining ilmiy va amaliy ishlari front, aholi va g'alaba uchun beqiyos ahamiyatga ega bo'ldi, xalqimiz ahlining ona-Vataniga bo'lgan mehr-muhabbatini kuchaytirdi, vatanparvarlik tuyg'ularini uyg'unlashtirdi, mehnat faoliyatiga kuch-quvvat bag'ishladi.

2. Xalq ta'limi va mutaxassis kadrlar tayyorlash muammolari. Urushning suronli yillarida respublika oliy o'quv yurtlari va texnikumlar o'z faoliyatlarini davom ettirdilar. Katta qiyinchiliklarga qaramay, ular sanoat, qishloq xo'jaligi, maorif, tabobat va boshqa sohalar bo'yicha malakali mutaxassislar tayyorlab beradigan chinakam manba bo'lib qoldi. 1943 yilda respublikada 41 oliy o'quv yurti (ularning 12 tasi ko'chirib kelingan) va 52 o'rta maxsus bilim yurtlari faoliyat ko'rsatdi. Urush yillari davomida ularda 20 mingdan ziyod oliy va o'rta maxsus ta'limotli mutaxassislar yetishtirildiki, bu xalq xo'jaligini yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlash imkonini berdi. Ular o'z navbatida samarali mehnat qilib, fashizmni tor-mor keltirish ishiga munosib hissa qo'shdilar. Pedagogik kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor berildi, chunki urush davri sharoitlarida ularga ehtiyoj ayniqsa sezilarli edi.

Urush yillari O'zbekistonda barcha turdagi qo'shinlar uchun zobit kadr va mutaxassislar ham tayyorlandi. Ular Toshkent piyodalar bilim yurti hamda ko'chirib kelti-rilib, respublikamiz shaharlariga joylashtirilgan bir nechta harbiy bilim yurtlari, oliy o'quv yurtlarining harbiy fakultetlarida, o'nlab turli kurslarida tayyorlandilar.

Urush asoratlari umumta'lim maktablarining holati va faoliyatiga ham qattiq ta'sir qildi: o'qituvchilarning harbiy xizmatga chaqirilib, frontga yuborilishi oqibatida ularning soni keskin kamayib ketdi, bu o'z navbatida maktablar sonining qisqarishiga olib keldi. Faqat 1942/43-o'quv yilida respublikada 200 ta boshlang'ich va o'nlab o'rta maktablar faoliyati to'xtatildi; turli sabablarga ko'ra o'quvchilarning maktabdan ketib qolishi, maktab yoshidagi bolalarning o'qishga jalb etilmasligi tufayli o'quvchilarning soni tobora kamayib bordi. 360 ta maktab binosi respublikaga ko'chirilgan harbiy qismlar, kasalxonalar va shu kabilarga berildi. Mavjud maktablarni yoqilg'i bilan ta'minlash qiyinlashdi, yozuv qurollari, darslik va ko'rgazmali qurollar yetishmas, o'quvchilarni kiyim-kechak va poyafzal bilan ta'minlash og'ir bo'lib qolgandi. Bular hammasi maktab ishida o'zining sezilarli izini qoldirdi. O'zlashtirish foizi pasayib ketdi.

Maorif organlari maktablar tarmog'ini saqlab qolish, ularning moddiy bazasini mustahkamlash, umumiy ta'lim to'g'risidagi qonunni bajarish yuzasidan amaliy choralarni ko'rdilar. 1945 yili respublika umumta'lim maktablarida o'quvchilar soni 895,7 mingtaga yetdi. Bu esa urush arafasidagi raqamdan 500 mingtaga kam edi. O'quvchilarni mehnat faoliyatiga tayyorlashga ham katta e'tibor berildi. Urush yillarida maktab o'quvchilari kun-dalik o'qishni liar turli mehnat bilan birga qo'shib olib borar edilar.

3. O'zbek adabiyoti va san'ati fashizmga qarshi kurashda. Gitlerchi fashistlarning g'ay-riinsoniy amaliyoti million-million kishilar yostig'ini quritgan holda butun-butun xalqlarning madaniy merosini yo'q qilishga harakat qildi. Fashistlarning vahshiyona xurujiga qarshi O'zbekistonning barcha ahli qatori adabiyot va san'atimiz ijodkorlari ham kurashga otlandilar. Ko'pgina shoir va yozuvchilar, rassomlar, musiqachilar harakatdagi armiya saflarida mardlik ko'rsatdilar. Ular orasida Sh. Rashidov, Sulton Jo'ra, N. Safarov, M. Boboyev, P. Tursun, R. Sattorov, Z. Fatxullin va boshqalar bor edi.

Urush yillarida O'zbekiston shoirlari, yozuvchilari, kompozitorlari, rassomlari yaratgan asarlarda vatanpar-varlik xislatlari asosiy o'rinda turdi. Publitsistik asarlar-ocherklar, pamfletlar xalqning o'z-o'zini anglashiga ta'sir o'tkazuvchi katta kuchga ega bo'ldi. Hamid Olimjon, G'afur G'ulom, Abdulla Qahhor, Oybek, Oydin va boshqa yozuvchi va shoirlarning dildan chiqarib yaratgan o'tkir publitsistik asarlari fashizm kirdikorlarini fosh etib, xalqning jangovar ruhini qo'llab-quvvatlar, dushman ustidan g'alaba qozonishga bo'lgan istak va ishonchini mustahkamlar edi.

Shoirlar o'zbek jangchi yigitlarining jasoratini madh etib, xalqlar do'stligini, ishchi va dehqonlaming front orqasida g'alaba deb qilgan matcmatli mehnatini kuyladilar. Ona zamin, uning maftun etuvchi go'zalliklari to'g'risidagi she'riy misralar jangovar quroldan hech qolishmaydigan dahshatli qurolga aylandi, Vatanga bo'lgan mehr-muhabbatni mustahkamlab, ko'ngillarni vatanpar-varlik tuyg'ulariga to'ldiruvchi zo'r ilhom bo'ldi. Hamid Olimjon o'zining butun o'tkir iste'dodini nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashga baxsh etdi. Urush yillari u "Do'stligimiz to'g'risida", "O'rik gullaganda", "Ishonch" va boshqa ajoyib she'rlarini yaratdi. G'afur G'ulom she'rlari muhabbat va samimiyat ruhi bilan sug'orilgan edi. Uning "Sen yetim emassan" she'd urush yillaridagi she'riyat dostoniga o'chmas satr bo'lib kirdi.

O'zbek yozuvchilari urush yillarida adabiyotimizni ajoyib asarlar bilan boyitdilar. Abdulla Qahhorning "Oltin yulduz" qissasi va "Dardoq qahramoni" ocherki jamiyatning yuksak bahosiga sazovor bo'ldi. U "Oltin yulduz" qissasida front manzarasini aniq-ravshan gavdalantirib, qahramon jangchi Ahmadjon Shukurovning jasoratlari to'g'risida ishonarli qilib so'zlab berdi. Yozuv-chilar o'zbekistonlik jangchilarning mardligi, matonati, g'alabaga bo'lgan mustahkam ishonchini o'z asarlarida tasvirlab berdilar. Ularning ijodi urushdan avvalgi yillarning bir taxlitdagi qoliplaridan xalos bo'la boshladi. K. Yashinning "Bosqinchilarga o'lim", "Oftobxon", A. Umariy va Uyg'unning "Qasos", I. Sultonning "Burgut parvozi" sahna asarlari va vatanparvarlik, mardlikka da'vat etuvchi boshqa asarlar ko'pchilikka manzur bo'ldi.

Urush davri poeziyasiga Islom shoir, Qurbonota Ismoilov, Fozil shoir va boshqalar salmoqli hissa qo'shdilar. O'zbek xalqining boy ma'naviy xazinasi, erksevarlik an'analari xalq ijodida yorqin namoyon bo'ldi.

Urush yillarida turli xalqlar yozuvchilarining ijodiy hamkorligi yanada mustahkamlandi. O'sha kezlarda Toshkentda 200 ga yaqin yozuvchilar, jumladan, A.Tolstoy, B.Lavrenev, K.Chukovskiy, Ya.Kolas, B.Gorbatov, R.Ivanov, V.Yan, N.Virta, V. Lugovskoy, M.Shaginyan, A. Axmatova va boshqalar yashar edilar. Rossiya, Ukraina, Belomssiya yozuvchilari bilan ijodiy harnkorlikda "Biz g'alaba qozonamiz" nomli almanax va "O'zbekiston shoirlari frontga" nomli antologiya yaratil-di. O'zbek mumtoz adabiyotining mashhur asarlari-Alisher Navoiyning "Layli va Majnun", "Farhod va Shirin" dostonlari, Boburning lirik asarlari, Muqimiy va Furqat she'rlari, "Alpomish", "Go'ro'g'li" xalq dostonlari rus tiliga tarjima qilindi, o'zbek tiliga rus klassiklarining asarlari o'girilib bosildi.

Suronli yillarning dastlabki kunlaridanoq teatr va musiqa arboblari fashizmga qarshi kurashchilar safida turib, matonatli faoliyat ko'rsatdilar. O'zbekistonda shu yillarda 35 mahalliy, 16 ko'chirib keltirilgan teatrlar ish olib bordi.

Teatrlarning repertuarlarida harbiy va tarixiy asariar ustun bo'lib qoldi. Teatrlar sahnasida H. Olimjonning "Muqanna", Uyg'un va I.Sultonning "Alisher Navoiy", S.Abdulla va Chustiyning "Qurbon Umarov", H. Olimjon, Uyg'un va S. Abdullaning "O'zbekiston qilichi" kabi va boshqa dramatik asarlar namoyish qilindi. 1941 yil iyunidan 1944 yilgacha O'zbekiston teatrlari 203 yangi postanovka, 18568 spektakl va konsertlar ko'rsatdilar.

Urush yillarida respublikamiz san'ati ustalari 30 ta konsert brigadalariga bo'linib, frontda jangchilarga 35 ming, gospitallarda esa 26 ming konsert ko'rsatdilar. Front brigadalari tarkibida Tamaraxonim, H. Nosirova, S. Eshonto'rayeva, M. Turg'unboyeva, A. Hidoyatov, O. Xo'jayev, G. Rahimova, K. Zokirov, M. Qoriyoqubov singari taniqli san'atkorlar bor edi.

O'zbek kompozitorlari T.Sodiqov, M.Ashrafiy, D.Zokirov, T.Jalilov, N.Hasanov, M.Burhonov, Yu.Rajabiy va boshqalarning asarlarida sadoqat, do'stlik va Vatanga muhabbat tuyg'ulari tarannum etildi.

Tasviriy san'at asarlarida ham vatanparvarlik, insonparvarlik g'oyalari bosh mavzu bo'ldi. Urush va mehnat qahramonlarining jasorati va matonatini tasvirlovchi skulptura va moybo'yoq asarlari, dushmanni ayovsiz yanchishga chaqiruvchi plakatlar urush davri tasviriy san'atining asosiy mavzusiga aylandi. L. Abdullayev, Ch.Ahmarov, M.Nabiyev, O'.Tansiqboyev va boshqa rassomlar urush davri tasviriy solnomasiga salmoqli hissa qo'shdilar.

O'zbek kino san'ati xodimlari urush davrida qisqa metrajli filmlar-kinohikoyalar, kinoocherklar, "Frontdagi do'stlarga", "Vatanga sovg'a", "Frontga konsert va shu kabi film-konsertlar yaratdilar. Kinojurnallarda xalqning front orqasidagi mardonavor mehnati, frontda-gi o'zbek jangchilarining qahramonligi haqida hikoya qilindi. K.Yormatov, Y.A'zamov, N.G'aniyev, S.Muhamedov kabi o'zbek rejissyorlari o'z filmlarida fashizm mafkurasining insonlarga nisbatan vahshiylik tabiatini fosh qildilar, jangchilar va mehnat ahlining jasorati, bukilmas irodasini ko'tarinki ruhda ko'rsatdilar.

Urushning mashaqqatli yillarida respublika ma'naviy hayotining o'ziga xos tomonlari haqida hikoya borar ekan, bu davrda yaratilgan asarlarda insonparvarlik tuyg'usi ustivor bo'lganining guvohi bo'lamiz. Yaratilgan asarlarda dohiylarni madh etish, balandparvozliklargn kamroq e'tibor berildi. Frontda tub burilish yasalganidan so'ng mafkura nazoratchilari bunga e'tibor berib, ijodkorlar "Omma o'rtasida g'oyaviy-siyosiy ishlarni bo'shashtirib yubordilar", deb tanqid tig'iga oldilar. Ayniqsa, yuqori mansabdorlarni o'zbek xalqining "inqilob"gacha bo'lgan o'tmishi "ulug'lab yuborildi" degan fikr bezovta qila boshladi. Fashist gazandalari tor-mor qilingach, mustabid tuzumning o'zbek ziyoli ijodkorlarining bu erkin holatlariga qarshi xuruji yanada avj oldi. Darhol "tegishli" choralar ko'rilib, bir qancha qarorlar qabul qilindi. Ularda tarixchi, yozuvchilar markscha-lenincha ilmiy tahlil qilish o'rniga, o'z xalqlarining feodal o'tmishini ulug'lab yubordilar, deb ko'rsatildi. Bu "kamchiliklar"ni tekshirish va to'g'ri baholash uchun O'zbekiston kompartiyasi Markaziy Qo'mitasi maxsus komissiya tuzdi. Uning fikricha, "haqiqatdan" ham ayrim ijodkor ziyolilar partiyaning bosh yo'liga zid ravishda "inqilobgacha bo'lgan o'tmishni ulug'lashga, qadimiy madaniyat qarshisida qullarcha tiz cho'kishga" yo'l qo'yganlar, deb tanqid yorliqlari osildi.

Shunga qaramay, O'zbekistonning ijodiy ziyolilari, Limuman, ilm-ma'rifat ahli urush yillarida o'zbek xalqining ma'naviy uyg'onishi yo'lida samarali mehnat qildilar. Respublika iqtisodiyoti, fani va madaniyati ozodlik maqsadlariga qaratildi. O'zbek xalqining mardonavor mehnati ikkinchi jahon urushida qozonilgan g'alabaga qo'shilgan ulkan hissa bo'ldi.

36-§. O'zbekiston aholisining moddiy turmushi.

Front bilan aloqaning mustahkamlanishi.

Qoraqalpog'iston urush davrida

1. Aholining moddiy ahvoli. Urush har bir xonadon, har bir oilaga bostirib kirdi, odamlarni nihoyatda og'ir sinovlarga, muhtojlik va kulfatlarga duchor etdi.

Umumiy ahvolning keskin yomonlashgani oziq-ovqat borasida qiyinchiliklar tug'dirdi. Shaharlarda oziq-ovqatga kartochka tizimi joriy etildi. Ishchi va xizmatchilar kuniga 400-500 grammdan, oila a'zolari esa 300 grammdan non olar edilar. Go'sht, baliq, yog', yormalar, makaronlarni me'yorlangan tarzda taqsimlash tartibi joriy etildi, biroq bu tartibga ko'pincha amal qilinmas, kartochkalarga tegishli masalliqlar berilmay qolardi.

Oziq-ovqat va sanoat mollarini me'yorlangan tarzda taqsimlash tizimi qishloq aholisiga taalluqli emas edi. Oziq-ovqat mollari ularga matlubot kooperatsiyasi magazinlarida davlatga topshirilgan qishloq xo'jalik mahsulotlari miqdoriga qarab qat'iy me'yorlangan miqdorda berilardi.

Shaharliklarni ta'minlash uchun bog'dorchilik-polizchilikni rivojlantirishga kirishildi. Sanoat korxonalari qoshida yordamchi xo'jaliklar tashkil etilib, ularga vaqtincha foydalanish uchun 53 ming gektar yer ajratildi. Ishchi va xizmatchilarning yakka tartibda polizchilik bilan shug'ullanishi keng rasm bo'ldi. Urushning favqulodda sharoitlarida oziq-ovqat va sanoat mollarini me'yor bilan taqsimlashga o'tilishi odamlarning tirikchiligini og'ir ahvolga solib qo'ydi. Urush davrida ishchi va xizmatchilarning maoshi ancha oshirildi, biroq oziq-ovqat tanqisligi sharoitida pul batamom qadrsizlanib qoldi. "Chayqov bozori" kengayib, olibsotarlikning avj olishi ahvolni yanada mushkullashtirdi. Oldi-sotdi natura bilan ayirboshlash shakliga o'tdi. Rahbar xodimlar esa maxsus payok bilan ta'minlanib turildi.

Urush yillarida aholining yangi ijtimoiy guruhlari: harbiy xizmatchilar oilalari, ko'chib kelgan kishilar, urush nogironlari, yetim bolalar paydo bo'ldi. Urushning birinchi kunlaridan boshlab harakatdagi armiya jangchilarining oilalari hisobga olindi. Muhtojlar turar joyni ta'mirlash, yoqilg'i tayyorlash, ayollarni ishga joylashtirish borasida yordam olib turardilar. Frontga ketganlarning bolalari yasli va bog'chalarga joylashtirildi. Kolxoz va sovxozlar frontga ketgan laming oilalariga oziq-ovqat berib turar, ekin ekib olish uchun yer ajratib berardi.

Mamlakatning turli rayonlaridan ko'chirib keltirilganlar O'zbekistonda hurmat-e'tibor va g'amxo'rlik bilan kutib olindi. Urush yillarida respublikaga bir milliondan ortiq kishi, shu jumladan, 200 ming bola keldi. O'zbekistonda ular boshpana va manzil topishdi. Kelganlar turar joy bilan ta'minlandi, ularni ishga joylashtirish yuzasidan doimiy ish olib borildi. O'zbekiston aholisi o'z noni, kiyim-kechagi, turar joyini ko'chib kelganlar bilan birga baham ko'rdi.

O'zbekistonliklar ko'chirib keltirilgan bolalarga mehribonlik va g'amxo'rlik ko'rsatdilar. Yuzlab oilalar urush tufayli qadrdon uyi, otasi, onasidan judo bo'lgan bolalarni tarbiyaga olish istagini bildirdilar. 15 nafar yetim bolani farzandlikka olgan Shomahmudovlar oilasining olijanobligi butun jahonga ma'lum; ukrain va rus, latish va moldavan, ko'pgina boshqa millat bolalari bu oilada birga tarbiyalanib, quvonch va tashvishni birga baham ko'rdilar. Urush nogironi kattaqo'rg'onlik Hamid Samadov oilasi 13 bolani o'z panohiga oldi, samarqandlik kolxozchi ayol Fotima Qosimova 10 bolani qabul qildi. Urush yillarida 4,5 ming nafardan ziyod bolalar o'zbekistonlik oilalar tomonidan qabul qilib olindi. O'z mohiyatiga ko'ra chuqur insonparvarlik ruhi bilan sug'orilgan bu harakatda o'zbek xalqining milliy xususiyatlari: mehmondo'stlik, do'stlik hissi, ko'ngli ochiqligi, o'zgalarga hamdardligi to'la-to'kis namoyon bo'ldi. Ko'chirib keltirilgan bolalarning asosiy qismi bolalar uylariga joylashtirildi, urush yillarida bunday uylarning soni ikki baravardan ziyod ko'paytirildi.

Urushning birinchi kunlaridan boshlab harbiy gospitallarda tekin ishlab beruvchi ayollar harakati kengayib bordi. Urushda og'ir jarohatlangan va majruh bo'lganlar front yoni mintaqasidan shu gospitallarga olib kelinar edi. Ularni parvarish qilishdek mashaqqatli mehnatni tibbiy xodimlar bilan birgalikda respublika fuqarolari, ayniqsa, yoshlar o'z zimmasiga oldi. O'zbekistonda 30 dan ortiq harbiy gospital joylashtirilgan bo'iib, ularni 750 ta korxona, muassasa, kolxoz-sovxozlar otaliqqa olgan edi. Jarohatlanganlarning talaygina qismi safga qaytarildi. 1942 yili barcha nogironlar hisobga olinib, ularga bir yo'la moddiy yordam ko'rsatildi, kiyim-kechak va poyafzal berildi. Nogironlarning ko'pchiligi ishga joylashtirildi.

2. Front bilan aloqaning mustahkamlanishi. O'zbekistonliklar muhtojliklarga qaramasdan, o'zlariga zarur narsalardan voz kechib, frontga yordam ko'rsatishga hissa qo'shib keldilar. Ular mudofaa va jangovar texnika qurish jamg'armasi tuzish uchun boshlangan umumxalq harakatida faol ishtirok etdilar. Urushning boshidan oxirigacha bo'lgan butun davrda mehnat jamoalari va ayrim fuqarolar o'zlarining bir kunlik yoki ikki kunlik ish haqlarini mudofaa jamg'armasiga ajratdilar, qirnmatbaho buyumlari, zayom obligatsiyalari va naqd pullarini topshirdilar. Barcha joylarda shanbalik va yakshanbaliklar o'tkazilib, ularda ishlab topilgan pullar mudofaa jamg'armasiga o'tkazib borildi. 1941-1945 yillar davomida mudofaa jamg'armasiga respublika mehnatkashlari pul va davlat zayomi obligatsiyalari shaklida 650 mln so'mdan ziyod mablag' topshirdilar, 22 mln so'mdan ortiq qimmat buyumlar, 55 kg ga yaqin qirnmatbaho metallar topshirdilar. Ana shu mablag'larga "O'zbekiston", "Krasnovostochnik", "O'zbekiston komsomoli" bronepoyezdlari, aviaeskadrilya, tank kolonnalari va boshqa texnika qurilib, frontga jo'natildi.

Respublika mehnatkashlarining frontga bergan yordami jangovar qismlarning texnika bilan qurollanishini mustahkamlab, jangchi qo'shinlarning ruhini ko'tardi, dushmanga qarshi kurashda ularning kuch va quvvatini oshirdi. General-leytenant I. Panfilov qo'mondonligi ostidagi qo'shilmadan O'zbekiston rahbariyatiga yuborilgan xat ana shundan dalolat berar edi: "Sovet O'zbekistonining 20 yilligi" nomidagi tanklar bilan janglarda ishtirok etgan jangchi va ofitserlar harakatdagi armiya haqida g'amxo'rlik qilgani uchun, tankchilarni ajoyib bronetexnika-qudratli tanklar bilan ta'minlagani uchun O'zbekiston mehnatkashlariga chuqur minnatdorchiligini bildiradi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling