Tarixdan xikoyalar
Download 1.55 Mb.
|
Umumiy tarix
Xitoy qishloq xo'jaligi hatto rivojlangan mamlakatlar miqyosi uchun ham misli ko'rilmagan sur'atlarda-yilga 7,4% rivojlandi. Mamlakatning umumiy eksportida tayyor mahsulotlar ulushi 66% ni tashkil etdi. Inflyatsiya deyarli nolga teng. Xitoy yuani dunyoda eng barqaror valyutalardan biri bo'lib qoldi. Xitoy yuqori texnologiyali mahsulotlarni ishlab chiqardi. Mamlakatda o'z atom quroli, qit'alararo raketalar, elektron asbob-uskunalar yaratildi. 1993-yildan to 2003-yilgacha XKP yetakchisi va XXR prezidenti Szyan Szemin bo'ldi. 2003-yildagi kon stitutsiyaga muvofiq u iste'foga chiqdi va uning o'rnini sobiq vitse-prezident Xu Szin-tao egalladi. Xitoy-BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a'zosi. Uning siyosati Osiyo qit'asida tinchlikni saqlash bo'lib qoldi. Mamlakatda tinch-totuv yashashning 5 ta tamoyili (pancha chila) ishlab chiqildi: 1. Hududiy butunlik va suverenitetni o'zaro hurmat qilish; 2. Hujum qilmaslik; 3. Bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik; 4. tenglik va o'zaro foyda; 5. Tinch-totuv yashash. Ilk marta XXR va Hindiston o'rtasidagi bitim (1954-yil-aprel) preambulasida (kirish qismi) keltirilgan bo'lib, keymchalik 1955-yildagi Bandung konferensiyasida Osiyo xalqlari o'rtasidagi xalqaro munosabatlarga asos qilib olindi. Ayni paytda Xitoy oldida katta muammolar turibdi. Eng asosiysi-milliy muammo. 93% i tashkil etuvchi-xonsilardan tashqari 16 ta millat vakillari mavjudki, ularning har bin 1 mln.dan ziyodroq kishidan iborat. Eng ko'pi-Sinszyan-Uyg'ur muxtor viloyatida yashovchi 10 mlnga yaqin turkiy aholidir, shuningdek, Tibet tog' massivida yashovchi tibetlar hisoblanadi. Tibetliklar Xitoy hokimiyatini tan olishdan bosh tortib, mustaqillik talab qilishdi. 1959-yilda xalq qo'zg'oloni bo'lib o'tdi, u tor-mor etilgandan so'ng Tibetning diniy va dunyoviy rahbari-Dalaylama Hindistonga qochishga majbur bo'ldi. Tibetda harbiy nazorat tizimi tashkil etildiki, ular amalda boshqaruvni o'z qo'liga oldi, u 1965-yilda esa Tibet muxtor rayoniga aylantirildi. Yana bir muammo-Tayvan oroli. 39 ming kv. km hududga ega bo'lgan bu katta orolda 20 mln. kishi yashaydi. 1949-yilda Xitoy inqilobi g'alaba qozongandan keyin bu yerda "Xitoy Respublikasi"ni e'lon qilgan gomindanlar qoldiqlari orolga qochib keldi. Shu paytdan boshlab AQSH va g'arb davlatlari "ikki Xitoy" siyosatini olib borib, Tayvan tuzumiga iqtisodiy va harbiy yordam ko'rsatib kelmoqda. Tayvan XXR viloyatlaridan biri sifatida e'lon qilingan, biroq Tayvan hukumati buni tan olishdan bosh tortmoqda. Tayvan-Osiyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri. 2000-yil-martda Tayvan prezidentligiga bo'lib o'tgan saylovlar Gomindanning to'liq mag'lubiyati bilan tugadi, u oxirgi 50 yil ichida bu lavozimga monopohiyasini yo'qotdi. Hokimiyatga kelgan yangi prezident Chen Shuy Byan 1986-yilda tashkil etilgan demokratik taraqqiyparvar partiyasi yo'lboshchisi edi. U orolning to'liq suverenitetga erishajagini bildirgan. VETNAM: OZODLIKNING OG'IR YO'LI Ikkinchi jahon urushi milliy-ozodlik harakatining yangi ko'tarilishiga olib keldi. 1941-yilda Vyetnamga yapon qo'shinlari bostirib kirdi va mamlakatni bosib oldi. Vishi hukumatini o'zida namoyon etuvchi fransuz mustamlaka ma'muriyati qarshilik ko'rsatmadi va bosqinchilar bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi. Shu bois Vyetnam xalqining milliy-ozodlik kurashi bir paytning o'zida ham fransuz mustamlakachilari, ham yapon militaristlariga yo'naltirilgan milliy vatanparvarlik urushi xususiyatini kasb etdi. Bu kurashda Xo Shi Min (1890-1969) vetnamliklarning milliy xarizmatik yo'lboshchisi sifatida mashhur bo'ldi. Yaponiyaning Ikkinchi jahon urushida tor-mor etilishi 1945-yilgi-avgust qo'zg'oloniga olib keldi. Xo Shi Min Vyetnamning mustaqillik bayonotnomasi va Vyetnam "Demokratik Respublikasi"ni e'lon qildi. Biroq fransuz mustamlakachilari mamlakat janubida bir qator diniy va milliy guruhlar vakillaridan o'z homiyligidagi hukumatni tuzdi. 1946-yilning yozida Janubiy Vyetnamda "muxtor respublika", shuningdek, tog'li xalqlar muxtoriyati e'lon qilindi. 1946-yil 19--dekabrda fransuz mustamlaka hokimiyati VDRga qarshi urush boshladi. Xo Shi Min da'vati bilan umumxalq ozodlik urushi boshlandi. Fransuz mustamlakachilari Saygonda o'z hukumatini tuzadi va mamlakat hukmdori etib Bao Day e'lon qilindi. 1949-yil mayda bu hukumat "Vyetnam davlati"ni barpo etishini e'lon qildi. 1954-yil mayda VDR qurolli kuchlari Den Ben Fu rayonida fransuz qurolli kuchlarini tor-mor etdi. Vyetnam xalqining g'alabasi Fransiyaning obro'-e'tiboriga og'ir siyosiy va psixologik zarba berdi. Bosh vazir lavozimiga ko'tarilgan P.Mendes Frans (1907-1982) urushni tinchlik sulhi bilan tugallashga va'da berdi. Biroq AQSHning aralashuvi vaziyatni yana murakkablashtirdi. 1950-yil boshlarida urushga aralashuvi AQSH Bao Daya hukumatini tan oldi va bu tuzumga amerika harbiy va iqtisodiy yordamini berish haqidagi bitimni imzoladi. Shu tariqa mamlakat 20 yil urush gir dobiga tortildi. Deyarli bir paytnmg o'zida Sovet Ittifoqi, XXR va Sharqiy YYevropa mamlakatlari Xo Ski Min hukumatini tan oldi. Fransiyaning Vyetnamdagi mag'lubiyati uning hukmron doiralarini Xo Shi Min bilan mUzoqaralarga borishga majbur etdi. 1954-yil 26--aprelda Jenevada SSSR, AQSH, XXR, Buyuk Britaniya, Fransiya tashqi ishlar vazirlarining kengashi ochildi. 1954-yil 21--iyulda Jeneva bitimlari imzolandi. Vyetnam hududi 17-parallelda vaqtinchalik demarkatsiya chizig'i bo'yicha bo'lindi, lekin unga siyosiy chegara sifatida qaralmadi. Shimol tomonda VDR qurolli kuchlari, janubda-fransuz ittifoqi va baoday rejimi joylashdi. Bitimlar Vyetnamga qo'shin olib kirish, qurol-yarog' va harbiy materiallarni keltirish, harbiy bazalar qurishni man etardi. Vyetnamning birlashishi 1956-yil-iyulda umumly erkin saylovlar o'tkazilgandan so'ng amalga oshirilishi kerak edi. Harbiy mojaro siyosiy qarama-qarshilikka aylandi. AQSH Jeneva konferensiyasi qarorlaridan qoniqmadi. 1954-yil-sentabrda uning rahbarligi ostida SEATO-YYevropadagi NATOga o'xshash bo'lgan osiyocha tashkilot tuzildi. Shartnoma garchi bu mamlakatlar qurolli kuchlarini integratsiya qilinnasa va yirik Osiyo davlatlarini jalb etolmasa ham, AQSH uni Osiyoda "jamoaviy" xavfsizlik haqidagi shartnoma deb tasavvur etdi. 1955-yilda fransuz hukumati qo'shinlarni janubdan olib chiqa boshladi. Mamlakatda turli millatchi guruhlar o'rtasida hokimiyat uchun kurash boshlandi. Bu hokimiyatsizlik davrida AQSH iqtisodiy va harbiy yordam berish tufayli mamlakat janubida faollasha boshladi. Ular Vyetnam siyosiy arboblari orasida fransuzlar bilan hamkorlik qilmagan Ngo Din Demni saylashdi. 1955-yil-oktabrda u Jeneva bitimi bo'yicha fransuz mulklariga tegishli hududlarda Vyetnam Respublikasi tuzilishini elon qildi. Shuningdek, u qayta tashkil qilingan hukumat o'zini Jeneva bitimlariga bog'liq deb hisoblamasligi va 1956-yilgi saylovlarini o'tkazmasligini bildirdi Amerika hukumati uni qo'llab-quvvatladi. Demga cheklanmagan hokimiyat bergan favqulodda qarorlar qabul qilindi. U qishloqlardagi saylov organlarini tugatdi va ularni o'z mansabdorlari bilan almashtirdi. 1960-yilda bu siyosat janubda muxolifatning tashkil topishiga olib keldi. Shu yiliyoq Milliy ozodlik fronti tuzildi, uning dasturiga Denming xalqqa qarshi tuzumini ag'darish, mamlakatni birlashtirish, iqtisodiy o'zgarishlar va amerikaliklarni quvib chiqarish kirdi. Bu, mustamlakachilikka qarshi xalq inqilobining boshlanishi edi. Uning harbiy tashkiloti Vet Kong deb ataldi. Vatanparvarlar mamlakat janubida kurash boshladi. Shimoliy Vyetnam uni qo'llab-quvvatladi. Ular bo'ysunmaslik siyosatini olib borishdi, joylarda o'z hokimiyat organlarini tashkil etishdi. Demga qarshi buddaviy ruhoniyat norozilik bildirib, iste'fosini talab qildi (Dem katolik edi). Qo'shinda ham norozilik chiqishlari boshlandi. Dem bunga qatag'onlarni kuchaytirish bilan javob berdi. Prezidentlar D.Eyzenxauer va J.Kennedi Demdan garchi islohotlar o'tkazishni talab qilishgan bo'lsa-da, uni qo'llab-quvvatlashda davom etishdi. Shu munosabat bilan Amerika harbiy ishtiroki tezlashib ketdi. 1961-yil boshida Janubiy Vyetnamda 600 nafar amerikalik qo'shin bo'lgan, 1965-yilda ular soni 16 mingga yetdi. Vyetnamdagi siyosiy vaziyat beqarorlashdi. 1963-yil 1--noyabrda harbiy to'ntarish natijasida Dem ag'darildi. Yangi "yo'lboshchi" lavozimiga Nguen Van Tie saylandi, u Janubiy Vyetnamni 1966-yildan 1975-yilgacha boshqardi. 1964-yil-avgustda Tonkin bo'gozida amerikaliklar kemasiga hujum qilingandan so ular Shimoliy Vyetnamni bombardimon qila boshlashdi. 1965-yil-fevraldan bu muttasil hujumga aylanib, 1973-yilgacha davom etdi. Amerikaliklar "kuydirilgan yer" taktikasidan foydalanishdi. Yuzlab Vyetnam qishloqlari yoqib yuborildi, o'n ming gektar yerlar yaroqsiz holga keldi, varvarlarcha bombardimon va napalm qo'llanishi natijasida minglab gektar o'rmonlar yo'q qilindi. Urush miqyosi kengaya bordi va AQSH Vyetnamga 500 mingdan ziyod askarni olib kirdi. 1968-yilda Parijda Vyetnamda urushni to'xtatish haqida mUzoqaralar bo'lib o'tdi va 1973-yilgi bitimga erishildi. AQSH to'liq mag'lubiyatga uchradi. Amerika qo'shinlarini chiqarish qochishga aylanib ketdi. 1975-yil 30--aprelda Shimoliy Vyetnam qo'shinlari Saygonga kirdi qorga tegishdan alangalanib ketadi. Vyetnam urushidagi mag'lubiyat Amerika obro'-e'tiboriga ta'sir etdi. Amerikaning g'arbdagi yo'lboshchi rolini bajarishi imkoniyatining o'zi shubha ostida qoldi. Amerikaning Vyetnamdagi tajovvuzkorona urushi YYevropa mamlakatlarining birlashishi va iqtisodiy integratsiyasida hal qiluvchi burilish uchun eng muhim asos bo'ldi. Bu urush shu paytgacha Amenika ta'siri doirasida bo'lib kelgan YYevropa davlatlarini mustaqil siyosat olib borish va dunyo muammolarini mustaqil hal etishning yangi yo'llanini izlashga majbur etdi. 1976-yil 25--aprelda Vyetnamda yagona Vyetnamning Milliy majlisiga umumiy saylovlar bo'lib o'tdi. 1976-yil 2--iyulda u Vyetnamning birlashuvi va Vyetnam Sotsialistik Respublikasi e'lon qilinishi haqida qonun qabul qildi. 1980-yil-dekabrda mamlakatning birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi. Vyetnamda rivojlanish yo'li sifatida quyidagilar qaralmoqda: 1. Turli iqtisodiy hayot tarzlarining teng huquqliligi. Davlat bir xilda davlat, xususiy va kooperativ sektorini qo'llab-quvvatlaydi. 2. Qishloq xo'jaligi va ayniqsa, oziq-ovqat ekinlari yetishtirishni rivojlantirish. Qishloq xo'jaligida 16 ming kooperativ bor, ularga kirish ko'ngilli: dehqon undan xohlagan paytda chiqishi mumkin. Minglab ishlab chiqarish brigadalari dengiz va daryo tarmoqlarida ishlab, aholini bu soha mahsulotlari bilan ta'minlaydi. 3. Sanoat sohasida asosiy e'tibor qishloq xo'jaligmi ko'tarish va keng iste'mol tovarlarini ishlab chiqarish bo'yicha zavodlar qurilishiga qaratildi. 4. Yonilg'i-energetika va transport tarmoqlari ob'ektlari qurildi. 1994-yil-fevralda AQSH Vyetnam bilan urush paytida kiritilgan savdo embargosini bekor qildi. 1995-yil-iyulda AQSH bilan diplomatik munosabatlar o'rnatildi. Kommunistik partiya rahbariyatiga iqtisodiyotni erkinlashtirish yo'lidan boruvchi islohotchilar keldi. Xorijiy investitsiyalar uchun eng qulay sharoitlar yaratildi. Ko'plab davlat korxonalari xususiylashtirildi. Mamlakat iqtisodiyoti tezkorilik bilan rivojlana boshladi. Vyetnam Osiyodagi eng rivoj topgan mamlakatlardan biriga aylandi. Vyetnam Hindixitoy yanimorolida tinchlik va xavfsizlikni saqlashga yo'naltirilgan yo'lni olib bormoqda. Uni butun jahon hamjamiyati tan olgan, 123 davlat bilan diplomatik munosabat o'rnatgan. Faqat 1995-yilga kelibgina prezident B.Klinton Vyetnam bilan diplomatik munosabatlar o'rnatish niyatini bildirdi. IKKIGA BO'LINGAN K O R E Y A 1945-yil 2--sentabrda Yaponiyaning tor-mor etilishi Shimoliy Koreyaning sovet, janubining amerikaliklar qo'shinlari tomonidan bosib olinishiga olib keldi. Ikki qo'shinni 38-parallel ajratib turdi, u bo'lajak ikki koreys davlati chegarasi bo'ldi. 1948-yilda ikki davlat: shimolda-Koreya Mehnat partiyasi rahbarligida Koreya Xalq demokratik respublikasi, janubda Li Sin Man boshchiligida Koreya Respublikasi tashkil topdi. Shimoliy Koreyada sotsializm qurilishini e'lon qilgan hokimiyat qaror topdi, Janubiy Koreyada burjua demokratik parlament respublikasi saylandi. Ikki davlat o'rtasida tez-tez Koreyadagi urush chegara to'qnashuvlari bo'lib turdi va 1950-yil-iyunda Shimoliy Koreya qo'shinlari 38-parallelni kesib o'tdi hamda Janubiy Koreya hududiga bostinib kirdi. Bu mojaroga AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Turkiya jalb etildi. Bular BMT bayrog'i ostida qatnashishdi. General Makartura qo'mondonligidagi qo'shin avvaliga Shimoliy Koreya qo'shini hujumini qaytardi, so'ngra ularni qariyb Manchjuriya chegaralarigacha chekinishga majbur etdi. 1950-yil oxirlarida xitoylar Shimoliy Koreyani qo'llab-quvvatlash uchun qo'shin yubordi, amerikaliklar esa chekinishga majbur bo'ldi. Oxir-oqibatda 38-parallel bo'yicha chegara tiklandi. Yarashuv 1953-yil 27--iyulda XXR, KXDR va AQSH vakillari tomonidan imzolandi. Amerikaliklar urushda 142 ming kishidan ajradi, BMT qo'shinlari asosiy kontingenti 17 ming kishini yo'qotdi. Yarashuvga imzo chekilgandan so'ng Koreya yarim orolini birlashtirish muammosini hal etish kerak bo'ldi. 1954-yilgi Jeneva konferensiyasi ijobiy natijalarini bermadi. Shimoliy Koreya iqtisodiy kuchsiz edi. Hududi jihatidan u Janubiy Koreyadan katta bo'lsa ham, iqtisodiyoti og'ir holga kelgan, qariyb barcha elektr stansiyalari ishdan chiqqan, shaharlari vayronagarchilikdan iborat edi. Baribir mamlakatni birlashtirish Shimoliy Koreya rahbariyatining asosiy siyosiy shioriga aylandi. AQSH urush tugagandan so'ng Janubiy Koreyadan ketishga harakat qilmadi. Ular bu yerda harbiy infratuzilma, yo'llar va harbiy shaharchalar, poplar va yerosti yo'llari, harbiy qurol-aslaha omborlari bo'lgan qariyb 40 ming kishilik harbiy qismlarni saqlab turishdi. Bunday sharoitda mamlakatning birlashishi uchun kurash Amerika qo'shinlarini Koreya yarimorolidan quvib chiqarish kurashiga aylandi. Shimoliy Koreya rahbariyati birlashtirish bo'yicha yangidan-yangi takliflarni yil sayin olg'a surib bordi. 1975-yilda BMT Bosh Assambleyasining 30-sessiyasi Janubiy Koreyada BMT bayrog'i ostida kiritilgan barcha xorijiy qo'shinlarni chiqarish, mamlakatni birlashtirish, iqtisodni ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlarni ko'zda tutuvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Biroq AQSH, uning ittifoqchilari va Janubiy Koreya hokimiyati bu rezolyutsiyani inkor etdi. Urush tugagandan so'ng Shumoliy Koreya mamlakatda sotsializm qurilishini e'lon qildi. Sanoat korxonalari natsionalizatsiya qilindi (90%i). Urushdan keyingi iqtisodiy qurilishning bosh yo'li ustuvor tarzda og'ir sanoatni rivojlantirish va davlat rejalashtirilishi va nazorati qattiqqo'llik bilan amalga oshiriladigan "sotsialistik" industrlashtirishni ko'zda tutdi. Qishloq xo'jaligida barcha joylarda kooperativ xo'jaliklar joriy etildi. 1956-yilda ular qariyb 90% dehqon xo'jaliklarini birlashtirdi. 1958-yil-avgustida barcha dehqonlar kooperativlar a'zosi bo'ldi. Siyosiy rahbarlikni bir partiya-Koreya Mehnat partiyasi (KMP) amalga oshirdi, tashqi va ichki siyosat esa "ulug' dohiy" Kim Ir Sen qo'lida jamlandi. KXDR iqtisodiy qurilishda bir qator yutuqlarga erishdi. Qishloq xo'jaligida o'z-o'zini oziq-ovqat mahsulotlari bilan to'liq ta'minlashga imkon beruvchi darajaga enshildi. Sanoatda elektroenergetika, qora va rangli metallurgiya, ko'mir, tog'-kon sanoati rivojlandi. Mamlakatda ko'ptarmoqli mashinasozlik yaratildi. Bularning hammasi 1970-yil-noyabrda bo'lib o'tgan Koreya Mehnat partiyasining V s'ezdida KXDR sotsialistik industrial davlatga aylandi, deb qayd etishga asos berdi. 1972-yilda qabul qilingan Konstitutsiyada demokratik tamoyillar so'zlarda qaror toptirilgan bo'lsada, amalda bir partiya, bir shaxs diktaturasi qonunlashtirildi. 1980-yil-oktabrda chaqirilgan KMP VI s'ezdi 80-yillarda "sotsializm to'liq g'alaba qozongan va xalqning moddiy va madaniy turmush tarzi keskin ko'tarilgan jamiyatga muvofiq keluvchi mustahkam moddiy-texnik bazani yaratish" vazifasini ilgari surdi. Shimoliy Koreyada totalitar tuzum va "dohiy" Kim Ir Sen shaxsiga sig'inish shakllandi va bu ayniqsa Shimoliy Koreya rahbariyati o'z g'alabasini e'lon qilgandan so'ng kuchaydi. G'alabaga erishishdagi asosiy xizmat buyuk "dohiy"niki qilib ko'rsatildi. KXDRning iqtisodiy o'sishi tez bo'lmasa ham barqaror va mustahkam edi. Yalpi milliy mahsulot o'sishi yiliga 3-5%ni tashkil etdi. Biroq Sovet Ittifoqining barham topishi va yordamning to'xtatilishi uning iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi. To'liq bozor munosabatlariga o'tgan XXRdan ham yordam kelmay qoldi. 80-yillar oxirlaridan KXDR iqtisodiyotida og'ir ahvol yuzaga keldi. 90-yillar boshlarida iqtisodiyotni haqiqiy inqiroz qamrab oldi. Ko'plab sanoat korxonalari buyurtmasiz qolib, ishni to'xtatdi. Ishsizlik boshlandi, oziq-ovqatlarning surunkali yetishmasligi yuzaga keldi. 1994-yilda Kim Ir Sen vafot etdi, u mamlakatni 40 yil mobaynida boshqardi. Hukmron doiralar hokimiyat vorisiyligini saqlash uchun mamlakat prezidenti lavozimiga uning o'g'li Kim Chen Ir ni ko'tardi. Shimoliy Koreya hukumati iqtisodiy balansni ushlab turish uchun qurollanish poygasini rivojlantirdi va harbiy-sanoat kompleksi.ni (HSK) yarata boshladi. Bu tadbir ikki yo'nalish-o'rtacha uzoqlikdagi raketalarni ishlab chiqarish va yadro qurolini yaratish borasidagi islilar bo'yicha amalga oshirildi. Mazkur ishlar Kim Ir Sen hayotligi chog'idayoq boshlangan edi. 1993-yil-martda Shimoliy Koreya yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomadan chiqdi, 1999-yilda o'rtacha uzoqlikdagi raketani sinovdan o'tkazdi. U Yaponiya hududi ustidan uchib o'tib nishonga yetdi. Qurollanish poygasi va katta qo'shin ta'minoti Shimoliy Koreyaga qimmatga tushdi. Iqtisodiy inqiroz kuchaydi. Haqiqiy ochlik boshlandi va xalqaro gumanitar tashkilotlar Shimoliy Koreyani ocharchilik falokatidan qutqarish uchun oziq-ovqat yordami bera boshladi. 1948-yilda Koreya yarim Janubiy Koreya oroli janubida Koreya Respublikasi e'lon qilindi. Konstitutsiyaga muvofiq, u boshida prezident turgan parlament respublikasidir. Demokratik belgilar mavjud bo'lgan Konstitutsiya bo'lishiga qaramay, AQSH qariyb 40 yil mobaynida bir partiyali diktatorlik tuzumini qo'llab-quvvatladi. Bu tuzum Li Sin Man.dan (1960-yilning-aprelida ag'darilgan va o'ldirilgan) Pak Chjon Xi.ga (1979-yil-oktabrda o'ldirilgan) o'tdi. 1980-1987-yillarda prezidentlik lavozimini Chon Du Xvan egalladi. 1987-yilgi mamlakatni demokratlashtirishni talab qilgan talabalarning ommaviy chiqishlaridan so'ng Chon Du Xvan yon berishlarga majbur bo'ldi va 1987-yil-oktabrda o'tkazilgan referendum yangi konstitutsiyani tasdiqladi. U parlament vakolatlarini kengaytirdi va prezident hokimlyatini chekladi. Konstitutsiya matbuot, so'z erkinligi, kasaba uyushmalarini tashkil etish va namoyish va yig'inlar o'tkazish huquqini e'lon qildi. Mamlakatda yangi partiyalarni siyosiy hayotga boshlovchi yangi siyosiy vaziyat yuzaga keldi. Parlament saylovlarida (1988-yil-aprel) ilk bor muxolifat kuchlar g'alaba qozonib, hukmron "Demokratik adolat partiyasi"ni ko'pchilik ovozdan mahrum etdi. Biroq hukmron partiya prezidentlik o'rnini saqlab qoldi. 1987-yilgi prezidentlik saylovlarida bor-yo'g'i 35% ovoz olgan general Ro De Vu g'alaba qozondi. Biroq, bu xalqqa qarshi tuzum hayotini uzaytirish edi, xolos. 1987-yilgi olimpiya o'yinlari (Seul) hukumatga qarshi chiqishlar keskinligim bir qadar pasaytirdi, biroq o'yinlar tugaganidan 6 kundan keyin kurash yana kuchaydi. 1993-yilgi prezidentlik sayloviarida muxo lifatdagi liberal demokratik partiya yo'lboshchisi Kim Yan Sam hokimiyat tepasiga keldi. Ilgarigi rahbarlar faoliyati fosh etila boshlandi. Hatto, yuzaki tekshirish ilgarigi diktatorlar tuzimlarining yuqori darajada korrupsiyalashgani va shafqatsizligini ko'rsatdi. Generallar Chon Du Xvan va Ro De Vu qamoqqa olinib, sudga berildi. Ularni isyon, davlatga xiyonat qilish va korrupsiyada ayblashdi. Sud hukmi Janubiy Koreyada qariyb 45 yil mobaynida hukmronlik qilgan tuzumga siyosiy baho bo'ldi. Janubiy Koreya general Pak Chjon Xi rahbarligi davrida eng ko'p yutuqlarga erishdi. Bu davrda zamonaviy siyosiy-iqtisodiy mexanizm shakllandi, rivojlanishning besh yillik rejalari va iqtisodiy o'sishning asosiy ko'rsatkichlarini ishlab chiquvchi reja komissiyasi tuzildi. Boshqaruv apparatida kuchli markazlashtirish o'rnatildi. Mahalliy hokimiyat markaziy tashkilotlar ruxsatisiz, hatto, eng mayda mahalliy apparat mansab dorini tayinlamaydigan, bank krediti berolmaydigan yoki ortiqcha avtomobil ishlab chiqarolmaydigan bo'ldi. Davlat markazlashgan bank apparatim yaratdi va bank kreditini ulkan zamonaviy kompaniyalar konglomeratini (choxellar) barpo etish uchun foydalandi. Bular orasida DEU, Samsung, Xyunday, Lak-Goldstarlar eng yiriklari edi. Janubiy Koreya rahbariyati iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini bir tekis rivojlantirishga intilmadi. Mablag'lar eng ustuvor sohalar-kemasozlik, avtomobilsozlik, elektronika, qurilish va boshqalarga qaratildi. Iqtisodiy rivojlanish strategiyasi o'z ishlab chiqarishini rivojlantirish maqsadida tovarlar tayyorlash va xonjiy kapitalni izlab topish uchun tashqi bozorlarni egallashga yo'naltirildi. Natijada Janubiy Koreya dunyoda tashqi savdo hajmi bo'yicha dastlabki o'rinlardan biriga chiqdi. Bu yillar davomida Janubiy Koreya jadal sur'atlarda rivojlandi. So'nggi 20 yil ichida sanoat o'sishining o'rtacha sur'ati yiliga 10% ni tashkil etdi-bu dunyodagi eng yuqori ko'rsatkichlardan bin. Barcha industrial rivojlanish to'rt yirik kompaniya: DEU, Xyunday, Samsung va Lak-Goldstar hisobiga amalga oshdi. Ular butun eksportning yarmidan ko'prog'ini nazorat qilishdi. Mamlakat iqtisodiyotining tezkor rivojlanishiga qaramay mehnatkashlarning moddiy ahvolini farovon deb bo'lmaydi. 70-80-yillar mobaynida Janubiy Koreyada yashovchi kambag' allar 17 dan 21% gacha oshdi, ya'ni mamlakatnmg har 5 kishisidan biri YYevropada qashshoq deb ataladigan sharoitlarda yashagan. 1980-yil-dekabrda Kvanchjuda ommaviy norozilik chiqishlari ro'y berdi. Prezident Chon Du Xvan uni alohida shafqatsizlik bilan bostirdi. 200 dan ziyod kishi o'ldirildi, (ba'zi ma'lumotlarga ko'ra ular soni 2 mingga yetgan). Muxolifat rahbarlari qamoqxonaga tashlandi va u yerda 1985-yilgacha saqlandi. O'sha kunlarda Seul va boshqa yirik shaharlarni turmush darajasini oshirish va mehnat sharoitini yaxshilashni talab qilib chiqqan ommaviy namoyishlar qamrab oldi. Ijtimoiy mojaro chuqurlashib, siyosiy mojaroga aylandi. Ommaviy chiqishlarda Koreya binlashuvini talab qilishlar muhim o'rin egallamoqda. 1996-yil 26--dekabrda yirik konglomeratlar xohishiga peshvoz chiqqan Janubiy Koreya parlamenti kompaniyalarga xodimlarni ishdan bo' shatishni yengillashtiruvchi qonunni qabul qildi. Korxonalarda og'ir sharoitlarni o'rnatgan, ishchilarni arzimas sabab bilan bo'shatishga imkon beruvchi qonunga qarshi yuz minglab ishchilar norozilik bildirdilar. Bunga javoban hokimiyat Koreya tred-yunionlar konlederatsiyasini man etdi. 1997-yil-yanvarda kasaba uyushmalar chaqirig'i bilan Seulda 15 ming ishchi ish tashlash e'lon qildi. Politsiya ularga qarshi ko'zni yoshlantiruvchi gazni qo'lladi. 1997-yilgi iqtisodiy mqiroz tufayli ishlab chiqarish to'xtab qoldi, yuzlab fabrika va zavodlar bankrot bo'ldi. Xalqaro valyuta fondi (XVF) Janubiy Koreyani qutqarish bo'yicha operatsiyani boshlab, uning hukumatiga $.47 mlrd kredit berdi. Bu pullar bankrotlashgan banklar aksiyalarini sotib olishga sarflandi. Biroq bu tadbir mavjud ahvolni yaxshilamadi. 1999-yil-avgustda kattaligi jihatidan ikkinchi o'rinda turadigan DEU trans milliy kompaniyasi yo'q bo'lish darajasiga kelib qoldi. Uning umumiy qarzi $.74 mlrd. ni tashkil etdi. Davlat uning $.18 mlrd. lik aksiyalarini sotib olib kompaniyani to'liq bankrotlikdan qutqardi. Janubiy Koreya 40 ming kishilik amerika qo'shinini ta'minlashni o'z bo'yniga olganki, bu ham mamlakat uchun og'ir yukdir. Koreya birlashishi Koreys xalqi ham Janubiy, uchun kurash ham Shimoliy Koreyada mamlakatning birlashishi tarafdori bo'lib chiqmoqda. Biroq KXDR rahbariyati german varianti bo'yicha birlashishga qarshi chiqdi. Hozirgi paytda ikki mamlakatning erkin muloqoti yo'lidagi to'siqlarni olib tashlash, ikkala davlatni bog'lab turuvchi umumiy organlarni tashkil etish, 38-parallel bo'lib yuborgan oilalarni birlashtirishga yordam berish muhim ahamiyatga ega. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling