Tarixdan xikoyalar


Download 1.55 Mb.
bet135/167
Sana20.08.2020
Hajmi1.55 Mb.
#127040
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   167
Bog'liq
Umumiy tarix

Janubiy Koreya rahbarlari bu masalada boshqacha fikrga ega. Ular birlashishga qarshi emas, biroq uning oqibatlaridan cho'chishadi. Yarimorolni birlashtirish Janubiy Koreya hududidan Amerika qo'shinlarini olib chiqib ketishni anglatadi, bu qo'shinlar ahvoli beqaror bo'lgan mavjud tizimni saqlab qolishga kafolatdir.

Shu munosabat bilan Janubiy Koreya hokimiyati milliy xavfsizllk bo'yicha qonun qabul qildi, unga ko'ra Shimoliy Koreyani har qanday ijobiy baholash yoki uni qo'llab-quvvatlab chiqish siyosiy jinoyat sanaladi va qonun bo'yicha jazolanadi. Kim Ir Sen dafn etilgan kuni talabalar chiqishlarini bostirishga 25 ming politsiyachi tashlandi, ular Shimoliy Koreya yo'lboshchisiga har qanday moyillikning oldini olishga intildi.

1994-yil-iyulda Panminchjonda Janubiy va Shimoliy Koreya vakillari uchrashdi. Bu mazkur tarzdagi dastlabki uchrashuv bo'lsa ham, taraflar Koreyaning ikkala qismini yaqinlashtirish ustida ishlashni davom ettirish va oxir-oqibatda uni birlashtirish bo'yicha umumiy istaklar bilan cheklanishdi.

Janubiy Koreyada so'nggi yillarda tezkor o'zgarishlar ro'y bermoqda. 1997-yil-dekabrda bo'lib o'tgan Prezidentlik saylovlarida Kim De Chjun (1925-yilda tug'ilgan) g'alaba qozondi. Uning g'alabasi kutilmagan hol bo'ldi, chunki u o'zgacha fikrli kishi hisoblanib, uzoq vaqt hokimiyat ta'qibiga uchragandi. U mamlakatni birlashtirishning oshkor tarafdori bo'lib keldi. Prezident tashabbusi bilan 2000-yil-iyunda Panminchjonda uning Shimoliy Koreya yo'lboshchisi Kim Chen Ir bilan uchrashuvi bo'ldi, unda ikkala yo'lboshchi bu davlatlarning yarashuvi va oxir-oqibatda bir davlatga birlashishi haqida kelishib olishdi. 2000-yil-oktabrdagi Koreya yarimorolida barqarorlik va hamkorlikni o'rnatishga yo'l ochgan bu qadam uchun Kim De Chjunga 2000-yil tinchlik sohasidagi Nobel mukofoti berildi.

1992-yilda Koreya Respublikasi hukumati O'zbekiston mustaqilligini tan olishini e'lon qildi. (v) 1993-yilda favqulodda va muxtor elchilar darajasida vakillik almashinuvi o'tkazildi. Keyingi yillarda ikki davlat o'rtasida tinchlik va o'zaro foydali sheriklik asosida amaliy aloqalar rivojlandi. 1995-yil-fevralda O'zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning Koreya Respublikasiga tashrifi amalga oshdi. Prezidentimiz ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Koreyaning oliy ordeni-"katta Mugunxva" ordeni bilan mukofotlandi. Ular orasida ikkala mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash haqida bayonot va qishloq xo'jaligi, telekommunikatsiyalar, radioeshit tirishlar, ta'lim va sayyohlik sohasida hukumatlar o'rtasi da o'zaro tushunish haqida memorandum muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Janubiy Koreya kompaniyalari O'zbekistonga $.80 mln investitsiya kiritdi. O'zbekistonda Samsung, Lak-Goldstar va DEU kabi kompaniyalar faol ish yuritmoqda. 1996-yilda DEU hamkorligida Asakada avtomobilsozlik zavodi qurildi va o'z mahsulotlarini ishlab chiqara boshladi.

I N D O N E Z I Y A: DIKTATURANING MAG'LUBIYATI.

Yaponiyaning Ikkinchi jahon urushidagi mag'lubiyati hamda Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombalari tashlanishi yapon qo'shinlarining Indoneziyada kapitulyatsiya (taslim) qilinishiga olib keldi. Bu sharoitda Milliy partiya raisi Sukarno mamlakat mustaqilligini e'lon qildi. U mustaqillikning besh tamoyili: 1) millatpar varlik, 2) baynalmilallik, 3) demokratiya, 4) ijtimoiy adolat, 5) xudoga e'tiqodni olg'a surdi. 1945-yil 4--sentabrda Sukarno boshchiligida birinchi hukumat tuzildi, mamlakatning barcha tumanlariga hukumatning dastlabki vakillari jo'natildi va yangi hokimiyat joylarda xalq tomonidan tan olindi.

Biroq yangi davlat tashkil etilgan dastlabki kunlardan jiddiy sinoviarga uchradi. 1947-yil-iyulda gollandlarning Indoneziyaga qarshi bosqinchiligi boshlandi. Bosqinchilar mamlakatning asosiy strategik joylarini egalladi. Faqat BMTning aralashuvigina golland hukmronligi tiklanishining oldini oldi. Bosqinchilik hokimiyatni mustamlaka davlatlar bilan fitna uyushtirish orqali egallamoqchi bo'lgan ichki reaksiyaning faollashuviga olib keldi. Gollandlar bostirib kirgandan so'ng hokimiyat tepasiga kelgan Mashumi partiyasi konservativ kuchlar saqlanib qolishiga ishonib xalqqa qarshi siyosat yuritdi. Indoneziya tarixida ilk bor bo'lib o'tgan parlamentga demokratik saylovlar o'tkir siyosiy kurashlarda o'sdi. Milliy partiya g'alab qozondi.

Sukarno boshchiligidagi yangi hukumat mamlakat suverenitetini mustahkamlash yo'lidan bordi. Mamlakatning Gollandiyaga beradigan "qarzi" bekor qilindi, Shimoliy Suradagi neft konlari natsionalizatsiya qilindi. Hukumatning dastunga xalqni oziq-ovqat va kiyim-bosh bilan ta'minlash, shuningdek, mamlakat xavfsizligini ta'minlash kirdi. Dastur "adolatli va gullab-yashnagan jamiyat" qurishni e'lon qildi.

Mamlakatdagi reaksion kuchlar sharoitni beqarorlashtirish uchun har qanday narsadan foydalandi. Sukarnoga suiqasd uyushtirildi. Sumatra va Sulavesida qurolli isyon ko'tarildi. Bunga javoban hukumat barcha golland korxona va plantatsiyalarini natsionalizatsiya qildi, golland vakolatxonalarini yopdi va ishlab chiqarish bilan mashg'ul bo'lmagan gollandlarni mamlakatdan chiqarib yubordi. Tabiiy boyliklarni ishlab chiqishga konsessiyalari (ruxsatnomalari) bekor qilindi, ingliz kauchuk plantatsiyalari natsionalizatsiya etildi. Bu islohotlar mamlakatning barcha boyliklarini Indoneziya xalqining qo'liga berdi. Indoneziya rahbariyati mamlakat suverenitetini mustahkamlashda ulkan yutuqlarga erishdi. Prezident Sukarnoning obro'-e'tibori xalqaro maydonda ham, mamlakatda ham yuqori bo'ldi. 1965-yil 30--sentabrda kommunistparast zobitlar guruhi davlat to'ntarishini amalga oshirdi, ular bu bilan o'z siyosiy raqiblanni yo'qotish va mamlakatda Suxartoning shaxsiy diktatu rasini o'rnatmoqchi bo'lishadi. Biroq ularning urinishlari amalga oshmadi. Sukarno o'limidan bir oz avval hokimiyatdan chetlatildi.

General Suxarto mamlakat prezidenti bo'ldi. Mamlakatda harbiy diktatura o'rnatildi. Yangi konstitutsiya bo'yicha, davlat rahbari-"prezident" bo'lib, Vazirlar Kengashini boshqaradi va Oliy bosh qo'mondon, Oliy hokimiyat organi-Xalq maslahat kongressi tomonidan 15 yilda bir bor saylanadigan bo'ldi. Parlamentdagi 500 o'rindan 100 tasi qo'shin vakillariga ajratildi. Yana 299 o'rinni qo'shin yordamidan foydalanuvchi amaldor guruhlar tashkiloti oldi. Shunday qilib parlamentdagi juda ko'plab o'rinlar qo'shin vakillariga tegishli edi.

Mamlakatda siyosiy barqarorlik yuzaga keldi va bu 70-yillar boshlanda kuzatilgan iqtisodiy yuksalishning asosiy sharoiti edi. Indoneziya xalqining mehnatsevarligi mamlakatga yog'ilib kelgan zamonaviy texnologiyalar bilan ajoyib ravishda uyg'unlashdi. Mamlakatda keng iste'mol tovarlari-poyafzal, to'qimachilik, jinsi matolari dunyodagi mashhur firmalar darajasida tayyorlandi. "Toyota", "Ford", "Mersedes" avtomobillari, shuningdek, mahalliy "Kiljang" jipi yig'ildi. Bandungdagi yirik aviazavodda zamonaviy vertolyot va samolyotlar yig'ildi.

Mamlakat dunyodagi yirik siqilgan tabiiy gaz ishlab chiqaruvchi, shuningdek, neft ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi davlatga aylandi. Bu ulkan daromad olish va ularm yuqori texnologiyali tarmoqlar infratuzilmalarini rivojlantirishga sarflash uchun imkon yaratdi. Siyosiy barqarorlik, xorijiy mablag'larning kafolatlanganligi, bozor iqtisodiyotining to'liq erkinligi Indoneziyani xorijiy kapitalning yirik tushumlari bilan ta'minladi. Atigi to'rt yil davomida, 1990-1994-yillarda Indoneziya iqtisodiyotiga kiritilgan xorijiy kapital mablag'lar $.35 mlrd. ni tashkil etdi, bu avvalgi 20 yillik mablag'lardan ikki marta ko'p edi.

Qariyb 30 yillik iqtisodiy gullab-yashnashdan so'ng 1997-yilda mamlakatda "moliyaviy o'pirilish" yuz berdiki, bu hol iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy inqirozga olib keldi. 1997-1998-yillardagi inqiroz natijasida mamlakat o'nlab yillar orqaga itqitib tashlandi. Ishlab chiqarish darajasi 20% ga tushib ketdi, 70% korxonalar bankrot bo'ldi va yopildi. Neft eksporti 37% ga tushib qoldi. 170 mln. kishilik aholidan 20 mln.ni ishsiz qoldi, 50% aholi rasmiy kambag'ailik darajasidan past hayot kechirmoqda. Har yili mamlakatdan qariyb $.20 mlrd tashqariga olib chiqib ketilmoqda, tashqi qarzlar esa 1998-yil o'rtalarida $.138 mlrd. $.ni tashkil etdi.

Indoneziyada globallashuv jarayonining ma'lum va mashhur mexanizmlaridan biri ishladi: avvaliga iqtisodiyotni yuksaltirish, soxta gullab-yaslmashni yuzaga keltirish, so'ngra mamlakatni vayron qilish va asoratga tushiradigan hamda undan ham battar vayron qiladigan kreditlar berish. Kreditlar berish mamlakatga eng kuchli ta'sir etish vositasiga aylandi, toki u iqtisodiyotda tuzilmaviy o'zgarishlar o'tkazsin va unga xorijiy kapitallar kirib kelishi yengillashsin. 1998-yil oxirida Xalqaro valyuta fondi Indoneziyaga $.43 mlrd kredit ajratdi. Buning evaziga mamlakat hukumati fond talab qilgan bir qator chora-tadbirlarni o'tkazdi, ya'ni banklar soni qisqardi, bir qator davlat korxonalari xususiylashtirildi.

1998-yil-iyundagi talabalar namoyishidan boshlangan norozilik to'lqini prezident Suxartoni iste'foga olib keldi. Biroq bu iste'fo mamlakatda hech narsani o'zgartirmadi. Davlat apparatida korrupsiya gullab-yashnadi, qo'shin o'z zo'ravonligini saqlab qoldi, siyosiy barqarorlik yo'q edi, inflyatsiya va narxlar jadal oshib bordi.

1998-yilning-noyabrida Xalq maslahat kongressining navbatdan tashqari sessiyasi bo'lib, unda Indoneziyaning (uchinchi) prezidenti etib Baxarutdin Habibiy-ilgarigi tuzum merosxo'ri saylandi. Mamlakatda namoyishlar boshlandi. Namoyishchilar tezroq umumiy sayloviar o'tkaziishi, Suxarto faoliyatini tekshirish, qo'shinni mamlakat siyosiy hayotidan bartaraf etishni talab qiladi.

Hokimiyat yangi yon berishlarga majbur bo'ldi. 1999-yil-oktabrda mamlakatda umumiy sayloviar o'tkazildi, ularda musulmon diniy partiyasi "Naxdatul Ulamo" yo'lboshchisi Abdurahmon Vohid g'alaba qozondi, u mo'tadil islohotlar, milliy yarashuv tarafdori bo'lib chiqdi.

Mamlakat jahon kapitali uchun ochildi, transmilhiy korporatsiyalar hukmronligini qaror toptinsh uchun eng qulay sharoitlarni yaratdi. Biroq bu ahvolni yaxshilama di. Inflyatsiya 1999-yilda 20% ni tashkil etdi, iqti sodiyotning o'sishi nolga teng bo'ldi. Mamlakatda qim matchiik kuchaydi, ijtimoiy va siyosiy manzaralarni yuzaga keltirdi.

Indoneziyada ko'porolli davlatning parchalanish jarayom boshlandi. Indoneziya arxipelagining uch ming orollaridan eng yirikrog'i Timor bo'Iib, uning sharqiy qismida 660 ming kishi yashaydi. Qariyb chorak asrlik kurash natijasida Sharqiy Timor jahon hamjamiyati yor damida mustaqihikka erishdi. Arxipelagning boshqa oroli-mamlakatda ishlab chiqaniladigan siqiq gazning uchdan bin, ulkan neft, kofe, turti minerallar joylashgan Achaxeda ham shunga o'xshash voqealar yuz berdi.

Xalq noroziligining yana yangi to'lqini yuzaga keldi. Indoneziyalildar yana ko'chalarga chiqishdi, namoyish tar bosimi ostida 2000-yil-avgustda Abdurahmon Vohid Milliy Assambleya talabiga ko'ra muxolifat yo'1-boshchisi, Sukamoning qizi Megavati Sukarnopuri bilan hokimiyatm birga boshqanishga rozilik berdi. Vohid oxir oqibatda iste'foga chiqdi va Sukarnopuri mamtakat prezidenti bo'ldi.

MYANMA (BIRMA) ittifoqi

Myanma, yoki Myanma Ittifoqi (1988-yil-iyul gacha-Birma)-Hind okeaniga chiqish yo'liga ega bo'lgan Janubi-Sharqiy Osiyoning qadimgi budda mamlakati. U mazkur ittifoqdagi eng yirik davlat sanaladi. Myanmada 135 millatga mansub 45 mln kishi yashaydi, ularning 69% ini barmanlar tashkil qiladi. XIX asrda Myanma Bntaniya mustamlakasiga aylandi. 1942-yilda esa Yaponiya tomonidan bosib olindi. 1945-yilda yapon bosqinchilari ittifoqchi qo'shinlari bilan birga mamlakatdan quvib chiqarildi.

Angliya hukumati bilan mUzoqaralar natijasida 1948-yil 4--yanvarda Birma mustaqilligi e'lon qilindi. Mamlakatning birinchi bosh vaziri sifatida U Nu saylandi. Ammo 1962-yil-martda ushbu lavozimni partizan harakati rahbarlaridan bin general Ne Vin egailadi. U parlamentni tarqatib yubordi va "Birma Ittifoqi Sotsialistik Respublikasi"ni e'lon qildi. Sotsialistik jamlyat qurilishi 1988-yilgacha davom etdi, chunki bu davrga kelib talabalar namoyishi va umumxalq ish tash lashi generalni iste'foga chiqishga majbur qildi. Hokimlyat general So Maungo boshchiligidagi boshqa bir harbiy guruh qo'liga o'tdi. Davlat qonunchiligi tar tibini tildash bo'yicha Kengash rahbar organ bo'lib qoldi va ko 'ppartiyalik tizimini tasdiqladi. 1988-yildan "Myanma Ittifoqi" deb yuritila boshlandi. Yangi rahbariyat qoloqlikdan chiqish va turmush darajasini ko'tarish maqsadida bozor iqtisodiga o'tishni boshladi. 90-yillar oxirida mamlakatdagi ahvol biroz yaxshilandi. Yalpi mil liy mahsulotning (YMM) yihik o'sishi 8% ni tashkil etdi. 1997-yil-iyulda Myanma ASEAN a'zoligiga qabul qilindi.

Ammo yangi hokimiyat mamlakat iqtisodiy yuksalishi, erkinlik va tinchligini ta'minlay olmadi. Harbiylar rejimiga qarshi partizanlar urushi davom etdi. 1990-yilda Myanmada birinchi marta erkin umumxalq saylovlari bo'lib o'tdi va unda mavjud rejimga qarshi bo'lgan-Demokratiya uchun milliy liga g'olib chiqdi. Biroq ge neral So Maung hokimiyatni topshirishdan bosh tortdi.

Rivojlanishning sotsialistik yo'li Myanmadagi ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal eta olmadi. Demokratiya o'rnini diktatura egalladi, muxolifat tar qatib yuborildi va chet elga-Tailandga ketishga majbur bo'ldi. Demokratiya uchun kurashuvchi miiily liganing 40 vakili qamoqqa olindi. Generallar 14 yildan beri demokratiyani tiklash lozimligini bildirishadi, ammo ayni paytda hokimiyatni muxolifat bilan bo'lib olishni xohlamayotir.

TAILAND qirolligi

Janubi-Sharqiy Osiyoda muhim strategik sharoitga ega bo'lgan Tailand qirolligi bevosita Myanma bilan chegaradosh. Aholining asosiy qismini (50%) tayslar tashkil etib, buddizmga e'tiqod qiladi. Ular XIII asrda yoq o'z davlatini tuzgan edilar. 1939-yilgacha u Snam Qirolligi (hukmdor sulola nomidan olingan) deb atalgan. Davlat Hindixitoydagi Britaniya va Fransiyaga qarashli hududlar o'rtasidagi bufer zona sifatida o'z mustaqilligini saqlab keldi.

Ikkinchi jahon urushi boshlanishida Tailand Yaponiya tomonidan bosib olingan edi. 1944-yil milliy ozodlik harakati natijasida hukumat ag'darib tashlandi. Urushdan keyingi davrda mamlakatda AQSH ta'siri kuchaydi. 1946-yildan 1957-yilgacha mamlakatni amalda marshal Pibunsongran boshqardi. U Yaponiya okkupatsiyasi davrida yaponlar bilan urushdan keyin esa AQSH bilan hamkorlik qilgan. 1954-yilda Tailand SEATO.ga a'zo bo'lib kirdi. (v) Tailand harbiy kuchlarining bir qismi AQSHning Hindixitoydagi harbiy operatsiyalarida ishtirok etdi.

Hukumatning amerikaparastlik siyosati Hindixitoy yarimorolini izolyatsiyaga olib keldi va mamlakat ichkarisida norozilikka sabab bo'ldi. AQSH uni o'zgartirdi va 1973-yilgacha demokratik erkinlikni bo'g'ib tashlovchi ochiqdan-ochiq harbiy rejim hukm surdi. 1973-yil-oktabrda ommaviy namoyish va g'alayon tufayli harbiy rejim ag'darib tashlandi. Hukumat tepasiga muvaqqat fuqarolik hukumati keldi va Ta'sis majlisini chaqirdi. 1974-yil-oktabrda demokratik kons titutsiya qabul qilindi. 1975-yil-yanvarda birinchi demokratik saylovlar o'tkazildi va unda demokratik partiyalar koalitsiyasi g'alaba qozondi hamda koalitsiya hukumati tuzildi. Mazkur hukumat eng avvalo mam lakatdan amerika qo'shinlarini chiqarib yuborirh va AQSH harbiy bazalarini tugatish to'g'risida qaror qabul qildi.

Mamlakat demokratik rivojlanish yo'liga o'tdi. Biroq inqilobiy kuchlarning qo'shni Laos va Kampuchiyadagi g'alabasi hamda Kampuchiyada Vyetnam harbiy kuchlarining paydo bo'lishi hukumatga qarshi harakatning faollashuviga olib keldi. Harbiylar o'sib kelayotgan inqilobiy harakatm bostirish uchun yana hokimiyatni o'z qo'llari ga olishga qaror qildi. 1981-yildan 1991-yilgacha Tailandda galma-galdan fuqarolik va harbiy hukumat hokimiyatni boshqardi. 1991-yil-fevralda navbatdagi harbiy to'ntarish harbiy diktaturaning o'rnatilishiga olib keldi.

Siyosiy beqarorlik mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga katta to'siq bo'ldi. Qirollik hukumati va harbiy rejim mamlakatga xorijiy kompaniyalarning kirib kelishiga yordam berdi.

Mamlakat kauchuk va qalayga boy, shuningdek, bu yerda marganets, surma va temir konlari mavjud. Tailand ko'p miqdorda paxta, sholi, kanop va makka jo'xori yetishtiradi. AQSH, Yaponiya, Angliya va Germaniya uning asosiy savdo sherildaridir.

Hozirgi Tailand iqtisodiy o'sish bo'yicha jahondagi oldingi o'rinlardan birini egallaydi. Ayniqsa, yuqori rivojlanish sur'atini sanoatda kuzatish mumkin. 1998-yilda bu ko'rsatkich 15% ni tashkil etdi. Xorijiy kapital va yangi texnologiya bazasida jadal sur'atlar bilan elektronika va elektrotexnika, shuningdek, neftni qayta ishlash, kimyo va avtomobiilarni yig'ish sanoati rivojlan moqda. Yalpi milliy mahsulotdagi sanoat ulushi 40% dan ko'proqni tashkil etadi.

Shu bilan birga 1997-yilda boshqa Osiyo mamlakatlarida bo'lgani kabi Tailandda moliyaviy tanglik yuzaga kelgan edi. O'n yillik iqtisodiy o'sishni ta'minlamagan eksport 1996-yildan pasayib ketdi. Mamlakat byudjetida ulkan tanqislik yuzaga keldi. Ko'plab tadbirkorlar va banklar bankrot deb e'lon qiindi. Barcha darajadagi amaldorlar o ' rtasida avj olgan korrupsiya mavjud sharoitni yanada chuqurlashtirdi. Aholining turmush darajasi dunyodagi eng past o'rinlardan birini egailaydi.

Ijtimoiy inqiroz siyosiy kurashning kuchayishiga olib keldi. 2001-yil saylovlarida "Taylar, taylarni seving" partiyasi g'alaba qozondi, ular "Taylar xartiyasi" va "Yangi intilishlar partiyasi" bilan koalitsiya tuzdi. Mamlakat barcha kommunikatsiyalari egasi Taksm Shinavatra hukumatga boshchilik qildi. Mustaqillikka erishilgandan keyingi barcha yillarda davlatni qirol Bumibol Adulyadej boshqardi.

M O N G O L I V A: YANGI JAMIYAT SHAKLLANISHI.

Mongoliya-dunyodagi hudud jihatidan katta, ammo aholi soni eng kam mamlakatlardan biri. Keng cho'1, Gobi sahrosi, keskin o'zgaruvchan iqlim bu yerda ishlab chiqansh rivojlanishiga ancha to'sqinlik qiladi. Mamlakatning asosiy boyligi chorva sanalib, Mongoliya ularning soni jihatidan dunyoda birinchi o'rinda turadi. 1921-yilda Mongoliya xalq-inqilobiy partiyasi (MXIP) inqilob natijasida xalq hokimiyatini o'rnatdi, va sotsializm qurishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ydi. 1924-yilda Mongoliya Xalq Respublikasi (MXR) tashkil topganligi e'lon qilindi.

Yangi davlat tashkil topgan vaqtdan boshlab to 1992-yilgacha Mongoliya Sovet Ittifoqi bilan mustahkam aloqada bo'ldi. Natsionalizatsiyalashtirish, industrlashtirish va kollektivlashtirish MXRning asosiy yo'nalish maqsadi edi. 1962-yilda Mongoliyaning O'IYKga kirishi mamlakatni keng ko'lamda industrlashtirishga olib keldi. Rangli metallar qazib olish bo'yicha ulkan korxonalar qurildi. Barcha tashqi savdosi Sovet Ittifoqi bilan bog'liq bo'lib eksportning 94% i, importning 97% i shu ikki mamlakat o'rtasida amalga oshirilgan.

SSSR dagi qayta qurish Mongoliyadagi shart-sharoitni keskin o'zgartirib yubordi. MXIP hokimlyat monopoliyasi yo'qqa chiqdi. 1990-yilda birinchi marta ko'ppartiyali demokratik saylovlar bo'lib o'tdi va unda MXIP galaba qozondi. 1992-yll 12--fevralda Mongoliyada yangi konstitutsiya qabul qiindi va unga ko'ra ko'p ukiadli iqtisod, xususiy mulkchilik va ko'ppartiyaliik e'lon qilindi.

Mongoliyaning jahon bozoridan ajralib qolganligi mamlakat iqtisodiy ahvoliga keskin ta'sir qildi. Rossiyadagi iqtisodiy tanglik ayni paytda Mongoliya iqtisodini inqirozga olib keldi. Ko'pgina korxonalar o'n yil lardan buyon ishlamaydi. 1991-yildan boshlab Mongoliyada 10 mingdan ortiq xususiy korxonalar yuza ga keldi. Ularning ko'pchiligi Rossiya, Xitoy va Mongoliyada vositachiik faoliyatini yurituvchi mayda savdo kompaniyalan sanaladi.

Bular bari siyosiy ahvolnmg keskinlashuviga olib keldi. 1996-yil-iyunda bo'lib o'tgan saylovlarda demokratik Ittifoq g'olib chiqdi. Mazkur Ittifoq chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar olib borishni va'da bergan edi. Yangi hukumat noishlab chiqarish maqsadlari uchun davlat xarajatlarini qisqartirdi, o'zini oqiamaydigan banidarni yopdi, kommunal xizmati haqini oshirdi, xori jiy investitsiyalar kelish jarayonini osonlashtirdi. Keng ko'lamda xususiylashtirish e'lon qilindi. 1997-yil-aprelda Xalq xurali sessiyasida barcha savdo bojlari va tariflarini bekor qilish to'g'risida qaror qabul qilindi. Mongoliya dunyodagi savdo bojlari yo'q yagona mamlakat bo'lib qoldi.

1999-yil-dekabrda Moskvaga bosh vazir rahbarligidagi mongol delegatsiyasi keldi va iqtisodiy hamkorlik bo'yicha bitimlami imzoladi.

Rossiyaning ta'siri oshib bordi. 2001-yil mayda-MXIP sayloviarda g'alaba qozonib, xalq xuralida 76 o'rindan 72 tasini egalladi. 2001-yil saylovlarida ham MXIP vakili Natsayjin Bagabandi g'alaba qozondi. Kommunistlar hokimiyatga qaytdi. Biroq, ular endi demokratiya, islohotlar va bozor iqtisodiyoti tarafdorlari bo'lib maydonga chiqdi. Bosh vazir Nambarin Enkbayar mamlakatda tub o'zgarishlar uchun izchil kurash olib bormoqda.

H I N D I S T O N: DEMOKRATIK DAVLAT YO'LIDA.

Ikkinchi jahon urushi Britaniya kolonial imperiyasining batamom keraksiz ekanligini ko'rsatdi. Yaponiya osongina Singapur, Malayziya, Birmani egallab Hindiston bilan chegara hududiga yetib keldi. Yaponiyaning Ikkinchi jahon urushidagi mag'lubiyatigina mavjud tizimni saqlab qoldi, biroq orqaga yo'l yo'q edi.

Imperiyada milliy-ozodlik harakati kuchayib bordi. Kurash oldida Hindiston borar edi. Harbiy flot dengizchilarining g'alayoni mazkur kurash kulminatsiyasi bo'ldi. 1946-yil 19--fevralda Bombeydagi "Talvar" kreyserida g'alayon boshlandi. Dengizchilar harbiy-dengiz bazasini egallab oldi, hind soldatlari ularga qarshi o't ochishdan bosh tortdi, qo'zg'olonchi larni harbiy uchuvchilar qo'llab-quvvatladilar. Bombey bir kechada barrikadalarga to'lib ketdi, ommaviy namoyish va ish tashlash boshlandi.

Qo'zg'olon ayovsiz bostirildi. Birgina Bombeyda ushbu kunlari 300 kishi o'ldirildi, 15 ming nafari yara landi, yuzlab qo'zg'olon ishtirokchilari qamoqqa olindi. Biroq Bntan hukmronligi tangligi ko'rinib qoldi. Armiya hukumatga bo'ysunishdan bosh tortib, xalqni qo'llab quvvatladi. Bundan tashqari, qo'zg'olon diniy oqimlar, millatlar va turli siyosiy qarashga ega kishilarning mus tamlakachilikka qarshi kurashda maqsadi yakdil bo'lishi ni ko'rsatdi.

1947-yil 20--fevralda Angliya bosh vaziri Ettli Hindiston to'g'risidagi yangi deklaratsiya bilan chiqdi. 1947-yil-iyunda Hindiston vitse-qiroli lord Mauntbetten "Hindiston hokimiyatini topshirish to'g'risida"gi aktni e'lon qildi. Unga ko'ra mamlakat hindlar davlati-Hindiston va musulmon davlati-Pokistonga bo'lindi. Mamlakatning ikkiga bo'linish jarayonida siyosiy nizolar va hind-musulmonlar qirg'ini (Bengaliya, Panjobda) bo'lib o'tdi. Natijada Panjob va Bengaliya iqtisodiga ulkan iqtisodiy zarar yetkazildi. Provinsiyalardan ommaviy qochish oqibatida dalalarga ekin ekilmadi, sanoat korxonalari ishlamay qoldi. Ishsiz va uy-joysiz qochoqlar Hindiston va Pokiston ko'chalarini to'ldirgan edi.

1947-yil 15--avgustda mamlakatni ikkita davlatga bo'lish jarayom tugatildi. Dehlidagi Qizil fort uzra Hindiston bosh vaziri Javoharlal Neru bayroq ko'tardi. Hindiston ozod bo'ldi.

Butun yil davomida va 1948 yil boshida Hindistondagi kabi Pokistonda ham hindlar hamda musulmonlar o'rtasida qonli to'qnashuvlar bo'lib o'tdi. O'zaro nizoning kulminatsiyasi sifatida Hind milliy kongressi yetakchisi-Maxatma Gandi.ning o'ldirilishi qayd etildi.

1950-yil-yanvarda Hindistonda yangi konstitutsiya qabul qiindi. Unga ko'ra mamlakat suveren demokratik respublika deb e'lon qiindi va yig'in qiish, namoyish o'tkazish, e'tiqod erkinligi kabi asosiy inson huquqiarini kafolatladi, umunixalq saylov huquqi joriy etildi. Tabaqaga ko'ra ajratish bekor qiindi, quichulik va boshqa majburiy mehnat turlari bekor qilindi. Biroq yangi Hindiston yetakchilari mamlakat suverenitetligini mustahkamlash va uning guilab-yashnashi yo'lida hind xalqini jipslashtira olmadi. Hind xalqi kongressida (HXK) parchalamsh holati yuzaga kelib qolgan edi.

Mustaqihik e'lon qilingach, barcha sanoat to liq yoki qisman xorijiy kapital nazorati ostiga o'tdi. Hind milliy burjuaziyasining zaifligini hisobga olgan holda Javoharlal Neru boshchiligidagi hukumat iqtisodda xususiy tadbirkorlarni qo'ilab-quvvatlashi lozim bo'lgan davlat sektorini tashkil etishga kirishdi. Davlat sektoriga ilgari ingliziarga qarashli bo'lgan aviatsiya, kemasozlik kompaniyalari, temir yo'l, shuningdek, davlat nazorati ostidagi korxonalar ham o'tdi. Chet el kapitali og'ir sanoat tarmog'iga jalb etildi. Bunday yo'nalishdagi indus trlashtirish sanoat ishlab chiqarish o'sishiga yordam berdi. Uning hajmi mustaqillik yilarida uch baravar oshdi. Ayniqsa, og'ir industriya va energetika sohasi tez sur'atlarda o'sa boshladi. Yalpi milliy mahsuiotdagi davlat sektori 20% ni tashkil etdi. Hindiston 1990-yilda 170 mlrd kvt/soat elektroenergiya, 12 mln tonna po'lat, 30 mln. tonna neft ishlab chiqardi. Alyumin ishlab chiqarish tez o'sa boshladi.


Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling