Tarixi muhammadiy


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/59
Sana29.11.2020
Hajmi1.39 Mb.
#155392
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59
Bog'liq
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8(1)


www.ziyouz.com kutubxonasi 
44
o‘tirgan odamlarga undin haqqimni olib berishlari uchun arz qilgan edim, alar sizni 
ko‘rsatdilar. Xudo xayr bersin, yaxshi kishi ko‘rinasiz, mening haqqimni olib 
berarmikinsiz, deb keldim, — dedi. 
Darhol Payg‘ambarimiz: «Yaxshi bo‘lur, yur bo‘lmasa», deb o‘rinlaridin turib, Abu Jahl 
uyiga qarab yurdilar. Bu ishni payqab o‘tirishgan Quraysh raislari buni ko‘rishib: 
«Muhammad bu borishida Abu Jahl ila qandog‘ muomala qilgay, buni bilishimiz kerak», 
deb yashirincha bir odam yubordilar. Payg‘ambarimiz badaviyni boshlab to‘g‘ri Abu 
Jahlning uyiga kelib, aning eshigini qoqdilar. Abu Jahl ichkaridin turib: «Kimdir?» deb 
edi, Payg‘ambarimiz: — «Muhammaddurman, bu yoqqa chiqgil», dedilar. Ovozlarini 
eshitishi bilan, qo‘rqqanidin o‘ngi (rangi) o‘chib, yuzi sarg‘aydi, darhol eshikni ochib edi, 
Payg‘ambarimiz: «Bu kishini haqqini hozir ado qil», dedilar. Abu Jahl hech qandoq 
qarshilik qilmasdin, shoshilganicha uyidin pul olib chiqib, badaviy haqqini topshirdi. 
Payg‘ambarimizga u badaviy ko‘p tashakkurlar bildirgandin so‘ngra, yana Quraysh 
majlisiga kelib: «Sizlar ko‘rsatgan odamning Xudo xayrini bersin, Abul Hakamdin tamom 
haqqimni olib berdi», deb Payg‘ambarimizni ko‘p olqishladi. Bular bo‘lsa, bu ishni 
Payg‘ambarimizga aziyat yetkazish qasdida qilgan edilar. Alloh taolo irodasi bilan, 
Payg‘ambarimizga ionat bo‘ldi. Quraysh raislari xijolatlikka qolib, Abu Jahlga nafrat aytib 
turganlarida yuborgan kishilari keldi. «Nima voqea bo‘ldi?» deb andin so‘radilar. Ul: 
«Abu Jahlning Muhammad haqida qilgan muomalasi bek (cho‘ng) taajjub ishdur. 
Ko‘rganim shuldurki, Muhammad badaviy bilan to‘g‘ri borib, Abu Jahl qopqasini qoqdi. 
Qarasam, Abu Jahl qo‘rqqanidin rangi o‘chgan, ruhsiz holda chiqib keldi. Muhammad 
badaviyni ko‘rsatib, buning haqqini darhol ado qil, dedi. Ul ham yugurganicha uyidin pul 
ko‘tarib chiqib, badaviyning haqqini topshirib berdi», deb aytdi. Bu so‘zga hayron bo‘lib 
turib edilarki, Abu Jahl o‘zi kelib qoldi. Alar yoppasiga: «Bu qandog‘ nomuslik uyat ish, 
dushmanlarimizni suyuntirding, o‘zingga nomus keltirding», deb unga nafratlarini 
bildirdilar. — Bu choqqa davr Muhammadga bundoq yumshoqlik qilganingni ko‘rmagan 
edik».  
Anda Abu Jahl: 
— Meni ko‘p ayb qilmanglar, chunki bu ishda mening ixtiyorim yo‘qdur, endi bu sirni 
aytishga majbur bo‘ldim. Shundoqki, men o‘tirib edim, tuyuqsizdin eshik qoqilib
Muhammadning ovozini eshitdim, ixtiyorsiz ko‘nglimga qattiq bir qo‘rqinch tushdi. 
Yugurib chiqib edim, ko‘rdimki, badaviy oldida Muhammad turibdi, aning ortida tishlari 
nayzadek, boshi sandiqdek, haybatlik bir bug‘ro tuya og‘zini ochib turganini ko‘rdim. 
Agar men qarshilik ko‘rsatsam, ustimga hujum qilgudek ko‘rinur, — dedi. 
Subhonalloh, bu qandoq ajab ishdurki, shu qadar ulug‘ mo’jizalarni ko‘rishib tursalar 
ham, bundin hech qandoq ibrat olmadilar. 
Endi, ey mo‘min, ogoh bo‘lginkim, Payg‘ambarimizning aytishlaricha, insonda uch turlik 
sifat bordur. 
1. Hayvonlik. 
2. Shaytonlik. 
3. Farishtalik xislatlaridur. 
Alloh taolo odamni yaratganida, aning vujudiga bu uch turlik sifatini qo‘ymishdur. 
Shuning uchun har bir insonda shu uch xil maxluqning sifatlari ko‘rinmoqdadur. 
Shundoqki: yemak-ichmak, uxlamoq, jimo qilmoq (er-xotin qo‘shilishi), mana bular 
ersa, hayvonlarning sifatlaridur. Insonlardagi urush-talash, o‘ldirishlar, yorish-yirtish, 
bir-birlariga ozor berishlar, mana shular bo‘lsa, it-bo‘rilar kabi yirtqich hayvonlarning 
sifatlaridur. Makr-hiyla, zulm-xiyonat, hasad qilish, xalq ichida buzuqchilik qilib, fitna-
fasod ishlarini qo‘zg‘ash, bular shaytoniy ahloqlardin bir namunadur. 
Ilmdo‘stlik, ilmsevarlik, adolatparvarlik, taqvogarlik, rahmdillik, butun olijanoblik, 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
ko‘rkam ahloqlik, mana bunday ishlar farishtalik sifatlaridin bir namunadur. Odam 
farzandlarida bu sifatlarning borligini ko‘rib turamiz. Agar farishtalik sifati tarbiyat topib, 
quvvatlanar ekan, uning darajasi farishtadin ortiq bo‘lishi shubhasizdur. Mana, 
payg‘ambarlarning vujud-shariflari bu so‘zni isbot qilishga ochiq dalildur. 
Agar bundog‘ bo‘lmay, hayvoniy, shaytoniy tarafiga insonlar mayl qilsalar, shular 
qatorida qolib, balki bulardin ham tubanroq tushib, asfalasofilin zindoniga giriftor 
bo‘lgaylar. Shunga ko‘ra, Alloh taolo Rahmon rahim sifati ila insonlarga rahbarlik qilishga 
bir yuz yigirma to‘rt ming payg‘ambar yubormishdur. Ularning vazifalari esa insonlarning 
asl gavharlari bo‘lgan farishtalik sifatlarini yuzaga chiqarishdur. Diniy tarbiyatlar berib, 
shaytoniy sifatlardin alarni arig‘dab (tozalab), hayvoniy sifatlarini cheklashdur. Agar 
inson farzandlari payg‘ambarlar tarbiyalaridin chetga chiqib, alarning ko‘rsatgan 
yo‘llaridin yiroq yursalar, shaytoniy va hayvoniy sifatlari rivoj topib, iymon — islomdin 
bahrasiz bo‘lgaylar. Xudo saqlasin, agar bu ikki buzuq sifatlar insonlar olamida rivojga 
kirar ekan, aning natijasida qandog‘ ishlar paydo bo‘lishi ko‘z oldimizda ko‘rinmoqdadur. 
Qiyomat qanchalik yaqinlashgani sayin insonlarda bu yomon sifatlar shunchalar 
rivojlanishi mashhur hadis kitoblarida yozilmishdur. 
Haqni botildin ajratish uchun Alloh taolo insonlarga aql gavharini ato qilishi buning misoli 
bir oyna kabidur. Agar u musaffolik, tekislik sifati ila tursa, aning to‘g‘risiga kelgan har 
bir narsa anda o‘z haqiqati ila ko‘ringay, agar bundog‘ bo‘lmay, aql oynasi zang boylab, 
tekislik va safolik sifatidin ajragan bo‘lsa, aning qarshisiga kelgan to‘g‘rini egri, oqni qora 
qilib ko‘rsatgay. Buning oldida yaxshi-yomon, umuman, barchasi barobar bo‘lgay. Mana 
bundog‘ odamlarning aqllari, shaytoniy hayvoniy quvvatlariga asir bo‘lib, aning asli fitrati 
buzilmishdur. Agar tamom umrini shu yo‘lda o‘tkazib, dunyodin tavbasiz ketar ekan, 
abadiy shaqovatga (tuzalmasga), do‘zax azobiga tutilur. Endi bu asoratdin qutilish, bu 
dardga davo topish uchun, Xudo tarafidin yuborilgan, Islom dini ko‘rsatgan yo‘ldin 
boshqa hech qandoq aning chorasi yo‘qdur. Bu yo‘lning chin qalovuzi va aning haqiqiy 
yo‘lboshchisi hazrati Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamdurlar. Alloh taolo 
tarafidin bu zotga Qur’oni karim kitobi indirilmishdur. Insonlarning ikki dunyoda baxt-
saodatlik bo‘lishlari uchun, shu kitob birma-bir kafildur. Bayt: 
«Haqni ko‘rgan, haqni bilgan, haq yo‘lining boshchisi 
Bil, Muhammad Mustafodur, ul xudoning elchisi» 
RAKONA IBN ABDU YAZID VOQEASI 
Quraysh qabilasi ichida Rakona ibn Abdu Yazid nomlik bir pahlavon yigit bor edi. Kurash 
maydonida otog‘i chiqqan, yonboshi yerga tegmagan edi. Bir kun xoli bir ko‘chadan o‘tib 
borayotganida, Payg‘ambarimiz aning oldidan chiqib: 
— Ey Rakona, Xudodin qo‘rqgil, mening nasihatimni qabul qilib, Islom diniga kirgil, — 
dedilar. Anda Rakona: 
— Ey Muhammad, sening kelturgan bu dining haqligini qaydin bilurman? Uning haqligiga 
biror belgi ko‘rsatsang, qabul qilayin, — dedi. Anda Rasululloh: 
— Sening pahlavonligingga so‘z yo‘qdur. Kuch-quvvatda barchadin o‘zingni ustun 
chog‘larsan. Qo‘pgil (tur), ikkovimiz bu yerda kurashaylik. Agar seni yiqar bo‘lsam, 
mening haq payg‘ambarligimga ishonib, iymon keltururmisan? — dedilar. Ul ham 
roziligini bildirib, tura kelib kurashga tutindi. Muborak qo‘llari tekkan hamon butun 
kuchidin ajradi, ikki bukib, ani yerga urdilar. Bu ishga Rakona hayron qolib, qaytadin 
kurashmoqni talab qildi. Bu qatimda esa, burungidin og‘irroq holga qoldi. O‘zini arslon 
oldida turgan tovushqondek (quyon) ojiz chog‘ladi. Hech kimsani o‘ziga teng ko‘rmagan 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
46
Rakona aytdi:  
— Ey Muhammad, umr ichida eshitilmagan, ko‘rilmagan ajab bir ishdur. Endi bu nechuk 
voqeadur.  
Anda Payg‘ambarimiz: — Agar tilar ersang, bundin ham ajibroq narsani senga 
ko‘rsaturman, — deb yiroqdin ko‘rinib turgan bir daraxtni chorladilar ersa, daraxt yer 
yorib kelib, Rasululloh oldida salomga egildi. «O‘rningga qayt», degan izm bilan, 
qaytadin o‘z joyiga borib o‘rnashdi. Mana shundog‘ ulug‘ mo’jizani ko‘rib tursa ham, 
yana iymon keltirmadi. Payg‘ambarimizga sehrgar tuhmatini taqib, bu ulug‘ ne’matdin 
mahrum bo‘ldi. Shuning bilan Rakona payg‘ambarimiz oldilaridin qaytib, Quraysh 
majlisiga kelsa, alar jamoat qurib o‘ltirgan ekanlar. Alarga qarab:  
— Ey Quraysh xalqi, Xudo haqida qasam qilurman, Muhammaddin ortiqroq yer yuzida 
sehrchi yo‘qdur. Aning sehrchiligi orqali butun dunyo xalqiga ega bo‘la olgaymiz, — deb 
ko‘rgan mo’jizalarini alarga bayon qildi. Ammo o‘zi shaytoniy vasvasalarga qolib, 
iymondin benasib bo‘ldi.  
XADICHA ONAMIZNING VAFOTLARI 
Onamiz hazrati Xadicha Huvaylid qizi, Quraysh qabilasi ichida hasab-nasab jihatdin eng 
yuqori darajali xotun edi. Qirq yoshida Rasululloh uni o‘z nikohlariga oldilar. Ul chog‘da 
Payg‘ambarimizning yoshlari yigirma beshga yetmagan edi. Payg‘ambarlik davrining 
o‘ninchi yilida, hijratdin uch yil ilgari Makka shahrida onamiz Xadicha vafot topdilar. 
Payg‘ambarimizning barcha bolalari, hamma o‘g‘il-qizlari shu onamiz Xadichadin 
tug‘ilgan edilar. YOlg‘iz Ibrohim otlig‘ o‘g‘illari ersa Moriya degan cho‘rilaridin tug‘ildi. U 
bo‘lsa Misr podshosi Muqovqis tarafidin Payg‘ambarimizga hadya qilib yuborilmush edi. 
Eng kichik qizlari Fotima Payg‘ambarimizdin olti oy keyin vafot topdilar. Qolgan katta-
kichik hammalari o‘zlaridin ilgari dunyodin o‘tgan edilar. Bu musibat ustiga butun 
dushmanlariga haybat ko‘rsatib turgan amakilari Abu Tolibning vafot qilishi 
Payg‘ambarimizga qattiq ta’sir qildi. Bu mehribon yordamchilaridin birdaniga ajralganlari 
uchun ortiqcha qayg‘urdilar. Shu musibat bo‘lgan yilni qayg‘u-hasrat yili, deb atadilar. 
Chunki bu ikkovlari umrlarining boricha Rasululloh yordamlarida molu jonlarini 
ayamasdin fido qilgan edilar. Endi bularning vafotlaridin so‘ngra Quraysh mushriklari 
fursatdin foydalanib, Payg‘ambarimiz boshliq barcha musulmonlarga bermagan ozorlari, 
ko‘rsatmagan jabru jafolari qolmadi. Makka mushriklaridin umid qilarlik hech ish 
ko‘rmaganlikdan, Payg‘ambarimizning ko‘ngillariga Toif xalqini dinga da’vat qilish va 
hammalaridin yordam so‘rash fikri tushdi. Toif esa, Arabistonda yaylov qatori salqin, 
Makka shahridin yetmish-sakson chaqirim sharq tomonda joylashgan bir shahardur. U 
yerda arablardin Bani Saqiyf qabilasi yashar edilar. Eng munbit (unumli) iqlimlarda 
yetishgan mevalar ul joyda ortig‘i bilan yetishadi. Mana shu safarda nomlari Qur’oni 
karimda zikr qilingan, Payg‘ambarimizning asrandi o‘g‘illari Zayd ibn Horisa hamroh edi. 
TOIF XALQINI DINGA DA’VAT QILISH 
Shuning bilan Rasululloh Toif shahriga qarab, yo‘ldoshlari Zayd birgaligida yo‘lga 
chiqdilar. Ot-ulovlari yo‘qligidin tog‘-toshlarda yayov yurishga to‘g‘ri keldi. Toif shahriga 
kirganlaridin so‘ngra, kunduzi yurishga dushmanlardin, saqlanib, qabila raislari bilan 
kechalab kelib ko‘rishdilar. Bu xalqning raislari esa Abd Yolayl, Mas’ud, Habib otlig‘ uch 
og‘ayni edilar. Payg‘ambarimiz bularga: 
— Ey Bani Saqiyf raislari, Alloh taolo meni yer ustiga payg‘ambar qilib yubordi. Allohning 
buyruqlarini bandalariga yetkazgani keldim. Inson olamini Islom diniga chaqirurman. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
47
Butun olam xalqini iymon-insofga da’vat qilurman. Agar mening bu so‘zimni qabul qilib, 
menga iymon kelturur bo‘lsangiz, ikki dunyo davlatiga ega bo‘lursiz, — dedilar.  
Lekin bulardin umid qilarlik hech bir so‘z chiqmadi. Balki birovlari:  
— O‘z qavm-qarindoshlaringa foydasi tegmagan bir ishni bizga kelturibsan, alar bu 
ishdin yaxshilik kutmaganlikdin, ani qabul qilmadilar. Endi biz uni nechuk qabul qilaylik, 
— dedi. Ikkinchisi esa:  
Biz senga iymon keltirsak, bizning yordamimiz bilan ishlaring o‘rin topsa, hukumat ishi 
bizda bo‘lishini shart qilurmiz, — dedi. Uchinchisi: 
— Arablar ichida ne ulug‘ darajali raislar, katta obro‘ylik boylar bo‘laturib, kishi 
topilmagandek, Alloh seni payg‘ambar qilurmi? — dedi. 
Bu so‘zlarni eshitib, Payg‘ambarimizning umidlari bulardin uzildi. Lekin bu voqeani 
yashirin tutishlarini, boshqalarga aytmasliklarini alardin qattiq o‘tindilar. Chunki u 
zamonda Makka mushriklari Toif mushriklari bilan adovatda edilar. Agar Quraysh 
mushriklari bu xabarni eshitib qolsalar, ayniqsa, bularning oldidan umidsizlanib, quruq 
qaytganliklarini bilsalar, alarning adovatlari Payg‘ambarimizga ilgarigidan ham ortiqroq 
bo‘lishi aniq edi. Shuning uchun payg‘ambarimiz bu xabarning xalq ichida tarqalmasligini 
suyar edilar. Bu so‘zning yashirin qolishini alardin o‘tingan bo‘lsalar ham, oldilarida qabul 
qilgan bo‘lib, keyinlaridin bebosh yomon kishilarni va ham yosh bolalarni 
Payg‘ambarimizga qarshi qo‘zg‘adilar. Ko‘chaga chiqqanlarida u beboshlar tomonidin 
tosh-kesaklar otildi. «Lot-manot butlarimizni haqorat qilguvchi, din buzg‘uvchi kishi 
keldi», deb har tarafdin qichqirar edilar. Atrofdin otilgan tosh-kesaklar zahmidin kiygan 
kovushlari qonga to‘ldi. Yo‘ldoshlari hazrati Zayd Payg‘ambarimizga o‘zlarini qalqon qilib, 
to‘sgan edilar, otilg‘on tosh-kesaklar zahmidin tanlari, bosh-ko‘zlari qonga bo‘yaldi. Xudo 
o‘nglab, shu o‘rtada Quraysh raislaridin Utba degan kishining chorbog‘i bor edi. Bu 
beboshlar hujumidin saqlanib, shu chorboqqa kirishga majbur bo‘ldilar. Rabianing ikki 
o‘g‘li — Utba va Shayba Makkadan salqinlash uchun yangidan kelishib, alar ham shu 
bog‘da edilar. Bular ersa, Payg‘ambarimizning eng qattiq dushmanlaridin sanalgan edi. 
Bu og‘ir ahvol ustida bularning qarab turishlari yana ham Payg‘ambarimizga og‘irroq 
xafalik keltirdi. Qutlug‘ ko‘ngillariga nihoyati ma’yuslik paydo bo‘lib, shu duoni o‘qib, 
Allohga munojot qildilar. Mashhur hadis kitoblarida Toif duosi deb yozilmish edi. 
O‘qiguvchilarimizga yodgor bo‘lsin, deb u duoni Payg‘ambarimizdan qilingan rivoyati 
bilan arabcha iboratini keltirmoqni loyiq ko‘rdim. Va duoning mazmunini turkiy tiliga 
tarjima qildim. 
Kitobni o‘qiguvchi mo‘minlar, bu duoni o‘qiganlarida, alarning ko‘ngillari erib, ko‘zlari 
yoshlanur ersa, duo qilish paytining kelganidur. Ana shu chog‘da bu yozuvchi, yozuqlik 
qulni duoda eskarib qo‘yishni umid qilurman. Toif duosi budur: 
«Allohumma ilayka ashku zu’fa quvvatiy va qillata hiylatiy va havoniy alannasi yo 
arhamarrohimiyn, anta rabbul mustaz’afiyna va anta rabbiy iloman takiluniy, ila baidin 
yatajahhamuniy am ila aduvvin mallaktahu amriy, inlam yakun bika alayya g‘azabun 
fala uboliy, valokinna ofiyataka hiya avsau liy». 
Ma’nosi: «Ey bor xudoyo, meni kuch-quvvatim zaiflashdi, qilurga choralarim ozaydi. 
Odamlar meni ko‘zlariga ilmas bo‘ldilar. Ey mehribon Parvardigorim! Sen mening 
murabbimsan va barcha kuchsiz, ojiz qullarning suyanchisidursan, mening ishimni 
kimlarga topshirding. Mandin norozi bo‘lmas ersang, bu yo‘lda har qancha ozor-kulfatlar 
ko‘rsam ham, hech qandog‘ uni og‘ir tutmasman, ammo ofiyat ato qilsang, men uchun 
kengchilikroqdur». 
Yuqorida yozilgan Rabianing o‘g‘illari payg‘ambarimizning bundog‘ og‘ir holga 
qolganlarini ko‘rib, rahmlari keldi. Qarindoshlik mehrlari biroz qo‘zg‘aldi. Alarning 
nasroniy dinida bo‘lgan Addos nomlik bir quli bor edi. Ani chorladilar va: «Ul kishi oldiga 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
yegali bir-ikki bosh uzum keltirgin», dedilar. Ammo o‘zlari kelib, ko‘rinish berishga 
uyaldilar. Alarning buyruqlaricha Addos tovoqqa solgan ikki bosh uzumni keltirib, 
payg‘ambarimiz oldilariga qo‘ydi. Payg‘ambarimiz «Bismilloh» deb, uzumdin olib yedilar. 
Addos qul buni onglagan so‘ngida yuzlariga qarab turib, «Bu shahar xalqidin men 
eshitmagan ajab bir so‘z aytdingiz», dedi. Anda payg‘ambarimiz «Qaysi shaharliksan, 
qaysi dindansan?» deb Addos quldin so‘radilar. «Nasroniy dinidadurman. Naynavo 
shahridan erurman», — deb javob berdi. «Andog‘ bo‘lsa, Yunus ibn Matto degan yaxshi 
kishining shahridan ekansan, ey Addos», dedilar. Addos: «Yunus ibn Mattoni siz qaydin 
bilursiz?» dedi. Payg‘ambarimiz: «Ul mening birodarimdur, har ikkovimiz ham Xudo 
tarafidin yuborilgan Payg‘ambardurmiz», dedilar. Addos bu so‘zni eshitishi bilan 
Payg‘ambarimizning oyoqlariga o‘zini otdi. Oyoqlariga ko‘zini surtib, bosh-ko‘zlarini 
o‘pib, darhol musulmon bo‘ldi. Ajib ishdurkim, necha ming sonlik Toif xalqiga nasib 
bo‘lmagan iymonni, Alloh taolo shu qulga loyiq ko‘rdi. Addosning bundoq qilganini 
yuqorida turishgan xo‘jayinlari ko‘rishib, qilgan ishlariga pushaymon bo‘lishib, shoshilib 
qoldilar. «Endi qulimiz buzildi, undan ajraydigan bo‘ldik», deb bir-birlariga ta’na 
aytishdilar. So‘ngra Rasululloh u yerdan chiqishib Makka shahriga qarab yo‘lga tushdilar. 
Xo‘jayinlari Addosni chaqirib: «Nechuk ul kishining qo‘l-oyoqlarini o‘pding? Undan nima 
ko‘rganing, bilganing bo‘ldi», — deb so‘radilar. Anda Addos aytdi: 
— Men bilurman, yer ustida bu kishidan yaxshiroq hech kimsa yo‘qdur. Uning aytgan 
so‘zlarini payg‘ambar bo‘lmagan kishi hech qachon bilmaydi. Xudo tarafidin yuborilgan 
payg‘ambarligini aniq bildim. Shuning uchun aning diniga kirdim. 
Rasululloh Toif shahridin chiqib, shu yurganlaricha, Naxla degan xurmolik boqqa 
kelganlarida kech bo‘lib, tun qorong‘uligi bosdi. Mana shu joyda tunab qoldilar. Kechalab 
tahajjud namozini o‘tamakchi bo‘lib, tun yarmida turganlarida namoz o‘qib, uzun qiroat 
qildilar. Shul chog‘da Nasiybin degan joydagi jin toifalaridin yetti nafar jinlar raislari shu 
joydin o‘tishmoqda edilar. Qarasalar, bir kishi namozda qiroat qilib turibdi. Namoz o‘qib 
bo‘lganlaricha quloq solib turishdilar. Rasulullohning o‘qigan Qur’onlarining ta’siridan 
ko‘ngillari erib, ko‘zlari yoshlandi. Qur’on nuri bilan ko‘ngillari ochilib, haqiqat yo‘li yoridi. 
Barchalari hidoyat topib, shu joyda iymon keltirdilar. O‘z urug‘-aymoqlariga borgach, bu 
voqeani bayon qilib, alarni ham Islom diniga dalolat qildilar. Qur’ondagi «Qul-uvhiya» 
surasi boshdin-oyoq shu mo’min jinlar qissalaridur. Rasulullohga payg‘ambarlik vahiyi 
kelgandin so‘ngra o‘n uch yil Makka shahrida turib, xalqni dinga da’vat qildilar. Shu 
muddat ichida Quraysh kofirlari qancha qatim mo’jizalar ko‘rgan, Qur’on oyatlarini 
eshitgan bo‘lsalar ham yana iymon kelturmadilar. Bu qandog‘ ulug‘ nasibadurki, 
Rasulullohning Qur’on qiroatini bir yo‘lgina eshitgan o‘tkinchi jinlar bu davlatga yetdilar. 
Va ham shu safardin qaytishlarida, Jabroil alayhissalom «Malakul jibol», ya’ni tamom 
tog‘larning ustida turgan ulug‘ bir farishta bilan kelib: 
— Ey Muhammad, Alloh taolo bizni sening farmoningga yubordi. Sening buyrug‘ing bilan 
ish qilgani keldik. Agar tilar ersang, senga qarshilik ko‘rsatgan ikki shahar ustiga ikki 
tog‘ni tashlagaymiz, — dedilar. Anda Rasululloh shu duoni o‘qidilar: 
«Allohumma ihdi qovmiy fainnahum lo ya’lamun».  
Ma’nosi: «Ey bor Xudoyo! O‘zing bu xalqni to‘g‘ri yo‘lga solgil, alarga balo yubormagil, 
senga qarshilik qilgan bo‘lsalar, bilmaslikdin qildilar. Ularning gunohlarini kechirgaysan». 
Rasulullohdin bu javobni eshitganlaridin so‘ngra Jabroil alayhissalom: — «Ey 
Muhammad, seni Xudoi taolo Qur’onda «Roufur-rohim», deb atamish edi. (Ya’ni, 
rahmdillik, yumshoq ko‘ngillik.) Endi senda bu sifatlarning borligini ko‘rdik, Allohning 
chin suygan habibi emishsan», deb Rasulullohga rahmatlar aytib, yondilar (qaytdilar). 
Shundoq bo‘lib, Rasululloh asrandi o‘g‘illari Zayd bilan birgalikda Makka shahriga 
yaqinlashdilar. Ammo bu safardin qaytishlarida ochiqdan-ochiq shahar ichiga kirishlik 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
anchagina xatarlik edi, chunki Toif shahrida yashovchi Saqiyf qabilasi ila Makka 
mushriklari uzun yillardin beri adovatda edilar. Bularga qarshi Rasulullohning ulardin 
yordam so‘rab borishlari Qurayshning adovatlarini yanada ortiqroq qilgan edi. 
Payg‘ambarimiz o‘zlaricha shaharga kirganlarida mushriklardin ortiqroq aziyat 
chekishlari mumkin edi. Mana shu to‘g‘rilik, arablar odatlaricha biror qabila raisining 
himoyasiga kirish zarur bo‘ldi. Shuning uchun Quraysh raislaridin Mut’im ibn Adiyga kishi 
yuborib, o‘zlarini himoyasiga olishni andin so‘radilar. U ham bu ishni o‘ziga faxr bilib, 
darhol qabul qildi. So‘ngra o‘ziga qarashlik kishilar ila barobar qurollangan holda 
Payg‘ambarimizni birga olib, Quraysh majlisiga keldi. Alarga qarab, egiz ovoz ila: «Ogoh 
bo‘linglarki, men Muhammadni o‘z himoyatimga oldim, buni buzishga Quraysh ichida 
jur’at qiluvchilar bo‘lmas deb o‘ylayman», deganida, majlis ahli tomonidan: — «Sening 
hurmating saqlanishi lozimdur», degan tovushlar eshitildi. Shuning bilan 
Payg‘ambarimizning ko‘ngillari tinchlanib, shahar ichiga kirdilar. Ul zamon arablarning 
odatlaricha, himoyaga olingan odamga, agar dushmanlari tarafidin tajovuz bo‘lar ekan, 
himoyachi raisning o‘z oilasiga bo‘lgandek sanalur edi. Himoyat haqqini, qo‘shnilik ahdini 
saqlashlik arablar oldida ulug‘ sharafga ega bo‘lgandek, bularni buzishlik esa eng qattiq 
or-nomuslardin hisoblanur edi. Bu sabablik chiqqan urushlar, to‘kilgan qonlar arab 
tarixlarida bek ko‘p uchraydi. Bu ham bo‘lsa, o‘tmishdagi arab millatining yaxshi 
odatlarining birisidur. Chunki buning himoyasida birmuncha mazlumlar, nohaq zulm, 
tahdidlar ko‘rishdan saqlanur edilar. Shundog‘ bo‘lib, Payg‘ambarimiz Toif shahridin 
kelib, Makkada bir necha kun turganlaridin so‘ngra, Xudo tarafidin karomatlik ulug‘ 
voqea ko‘rsatildi. 
ME’ROJ VOQEASI 
Endi bu o‘rinda haqiqatga muvofiq ravishda, qisqacha qilib Me’roj voqeasini bayon qilib 
o‘tamiz. Bu haqda uzun-qisqa so‘zlar yozilgan kitoblar ko‘p bo‘lsa ham, ammo haqiqati 
ila yozuvchilar ozdur. Shuning uchun Islom olamida Qur’ondin so‘ngra ishonimlik 
kitobimiz «Sahih Buxoriy» so‘zlariga qanoat qilib, aning Me’roj haqida keltirgan 
hadislarini bu o‘rinda tarjima qildim. Alloh o‘zi madad berishini so‘rayman. Endi bilmak 
kerakkim, Payg‘ambarimizning bir kechada Masjidul Haromdin chiqib, Masjidul Aqsoga 
kelganlari Qur’on oyatlari bilan sobitdur. Bunga iymon keltirmaklik mo’minlarga farzdur. 
Masjidul Harom deb Makka shahridagi Baytulloh masjidini ayturlar. Butun yer ustida 
tamom musulmonlarning qiblasi shu Baytullohdur. Har namozimizda yuzimizni shu 
qiblaga qaratamiz. Yana o‘z o‘rni kelganda, Ka’batulloh va qibla haqida ma’lumotlar 
berib o‘tamiz, inshaalloh! 
Masjidul Aqso bo‘lsa Falastin o‘lkasida Quddusi sharif shahrining masjididur. Bu masjid 
ersa, o‘tgan barcha payg‘ambarlarning qiblasi edi. Payg‘ambarimiz ham Makkada turgan 
vaqtlarida, o‘qigan namozlarini Masjidul Aqsoga qarab o‘qir edilar. Qachon Madinaga 
hijrat qilib borib, o‘n sakkiz oy o‘tgandin so‘ngra Qibla yo‘tkaldi (o‘zgardi). Ana shu 
kundin boshlab, barcha ahli Islomning qiblasi Makka shahrida, Baytullohni ichiga olgan 
Masjidul Harom bo‘ldi. Haqiqiy qiblamiz esa, shu masjid ichidagi Ibrohim Xalilulloh 
yasagan o‘ng burchagiga hajarul Asvad toshi qo‘yilgan qutlug‘ bir o‘rindur. Yuzimizni shu 
tomonga qaratib, Allohga ibodat qilamiz. 
Yana maqsadga kelaylik. Payg‘ambarimizning Masjidul Haromdin chiqib, Masjidul Aqsoga 
kelganlari ushbu oyat bilan sobit bo‘ldi: 
«Subhanallaziy asro, bi abdihi laylamminal Masjidil Haromi ilal Masjidil Aqsollaziy 
barakna havlahu, linuriyahu min oyatina, innahu huvassamiul basir». 
Ma’nosi: «Arig‘ zotlik (ya’ni, toza) ul Xudokim, quli Muhammadni, Masjidul Haromdin, 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling