Tarixi muhammadiy
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MADINAGA HIJRAT
www.ziyouz.com kutubxonasi 62 qarab Payg‘ambarimiz boshliq barcha mo’minlarga Xudo tarafidin shundoq buyrulgan edi. Lekin alarning zulm-taaddiylari chekidan tashqari chiqqanlikdin, mo’minlarning qaysi birlari qochishga majbur bo‘ldilar. Qay birlari esa ortiq azobga chidolmay, dillariga qo‘rqinch tushdi. Iymoni kuchli kishilardin bir qanchalari azob ostida yotib, shahid bo‘ldilar. Va bir qanchalari Rasululloh oldiga kelib, boshqa bir joyga hijrat qilmoqqa ruxsat so‘radilar. Rasululloh esa bu to‘g‘rida Allohning amrini kutganlikdin alarga ochiq javob bermadilar. Ish mana shu qiyinchilik holga yetgandin so‘ngra bir kuni Rasululloh suyungan holda uylaridin chiqib kelib: — Alloh taolo menga bu joydin hijrat qilib ketmakka ruxsat qildi, mo’minlardin qudrati yetgan kishi bo‘lsa, Madinaga hijrat qilsun. Alloh taolo u joyda sizlarga tushgudek o‘rinlar, kutib olgudek yoru do‘stlar tayyorlamushdur, — dedilar. Bu so‘z chiqqandin keyin sahobalar ichida hijrat masalasi qo‘zg‘oldi. Bu ishga yashirin ravishda hozirlik ko‘rishga kirishdilar. Bu safargi hijratga eng avval qadam qo‘ygan kishi — sahobalardin Abu Salama edi. Bu zot bo‘lsa, xotunlari Ummu Salama birligida ilgari ham Habashistonga hijrat qilgan edi. Hammadin ilgari safar yarog‘ini qilib, bu kishi tayyor bo‘ldi. Ummu Salamani quchog‘idagi ikki-uch yoshlik bolasi bilan tuyaga mindirib, yetaklagan holda yo‘lga tushdi. Shu orada xotunning jamoatidin bir necha kishilar oldidan chiqib qolib: «Ey Abu Salama, sen bizning qarindoshimizni qaysi elga eltursan, o‘z urug‘-aymog‘idin ajratib, yot yerga ketmakka qo‘ymaymiz», deyishib, tuya burundug‘ini aning qo‘lidan tortib oldilar. Buning ustiga er tomondin bir necha kishilar kelib qoldi. Arablar odatlaricha o‘zaro nomus talashib: «Xotunni siz olur bo‘lsangiz, bolasi bizda qolur», degan so‘z bilan bolani alarga bermadilar. Shunday bo‘lib, xotunni qarindoshlari oldi, bolasi ota jamoatiga qoldi. Abu Salama bo‘lsa, din yo‘lida xotun- boladin kechib, yo‘lga tushdi. Bu ko‘rgan kulfat-mashaqqatlari, u zotning haq yo‘lida qilgan irodasiga hech qandog‘ zarba yetkaza olmadi. Ikki orada bechora xotunga bek qiyinchilik tug‘ilib, ham eridin, ham quchog‘idagi bolasidin ajradi. Bechora xotun bularning firoqida har kuni ertalab uyidin chiqib, Madina yo‘li ustida, Abtah degan joyga kelib, kechgacha shunda yig‘lab o‘tirur edi. Bir kuni o‘z qabila raislaridin birovi bu joydin o‘tayotganida, uning yig‘lab o‘tirganini ko‘rib, ko‘ngli og‘ridi. Boshqalarga qarab aytdikim: — Bu na yaxshilikdur, ul bechora eridin ham, bolasidin ham ajrab, ko‘cha bo‘yida yig‘lab o‘tirur. Uni qo‘ya beringlar, tilagan tomoniga borsin, yo‘q ersa, el ichida bizga nomus keltirur, — dedi. Bu bahona bilan aning yo‘li ochildi, bolasini ham o‘ziga qaytarib berdilar, qafasdin qutulgan qushdek, hech narsaga qaramasdin tuyasiga minib, bolasini quchog‘iga olib yolg‘iz xotun yo‘lga tushdi. Besh-olti chaqirimcha yurib, Tana’im degan joyga yetganida, Usmon ibn Talha degan kishi oldidin chiqdi. Bu kishi ersa, Quraysh raislarining birisi bo‘lib, «Baytulloh ochqichi»ning egasi edi. Ummu Salamaning yo‘ldoshsiz safarga chiqqanini ko‘rdi, «bolasini o‘ngargan yolg‘uz xotunni ko‘ra turib, o‘tib ketsam, men uchun er kishilik bo‘lmagay», deb tuya burundug‘ini tutib yetaklagancha Madinaga yetkazib qaytdi. Makka — Madina oralig‘i karvon yurishi ila o‘n ikki kunlik yo‘l edi. Shu chog‘da bu kishi mushriklik holda turgan bo‘lsa ham, bu safar o‘tguncha qandog‘ olijanoblik ila yo‘ldoshlik qilganini onamiz Ummu Salamaning aytishlaricha, mashhur hadis kitoblarida yozilmishdur. Buning so‘ngida Makkada mushriklardin siqilgan mo’minlar sekin-sekin hijrat qilgani turdilar. Beshlab-o‘nlab, yo‘lda topishgan bo‘lsalar ham uylaridin chiqishlarida kechalab, bir-birlab yashirin holda chiqar edilar. Bu muhojirlardin hech bir kishi ochiq-ko‘rnov chiqishga jur’at qila olmadi. Yolg‘iz Hazrati Umar chiqar vaqtda shu zamonda qo‘llanurlik qurol-yarog‘larini taqindi. Qilich osingan, beliga hanjar taqilgan, Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 63 o‘q-yoyi yelkada, qalqoni qo‘lida, so‘qish safarida turgan kishidek bo‘lib, ochiq-oydin uydin chiqdi. Ka’ba oldida o‘tirgan Quraysh raislarini bosib o‘tib, Baytullohni yetti aylanib tavof qildi. Ikki rakat tavof namozini Maqomi Ibrohimda o‘tadi. So‘ngra u yerda o‘ltirmish Quraysh raislariga qarab: — Alloh sizning ko‘kka ko‘tarilgan burunlaringizni yerga yetkazib, tuproqqa ishqasun. Sizlardin har kim: «Ota-onam motamimni tutsin, xotunim tul qolsin, bolalarim yetim bo‘lsun», der ersa, man bilan shu tog‘ning u yonida to‘qnashsun, deb ularning ko‘zlari oldida yo‘lga chiqdilar. Shuncha o‘tirgan mushriklardin bu so‘zga qarshi birovi ham churq eta olmadi. Boshqalarga bo‘lsa, ortidan izlovchilar, keyinidan quvlovchilar ko‘p chiqar edi. Bu kishiga ersa, alardin hech kim yaqin yo‘lay olmadi. Shundoq qilib, Hazrati Umarga hijrat qilib chiqqan kishilardin kelib qo‘shilguvchilar ko‘payib, yigirma chog‘liq tuya mingan muhojirlar bo‘lib, Madinaga kirdilar. Dunyo turmushlari uchun uy, ovqatlari, oxirat saodatlari uchun din erkinligi Islom orqadoshlari tomonidan bularga hozirlanmish edi. Mana shu kunlardin boshlab, atrofdin keluvchi musofir sahobalarni muhojirlar deb, bularni kutib olg‘uvchi madinalik sahobalarni «ansor» deb atadilar. Ansor — yordamchilar, muhojiriyn — hijrat etguvchilar degani bo‘lur. Payg‘ambarimiz boshliq Makkaada qolgan musulmonlar shular edi: Abu Bakr Siddiq, Hazrati Ali, Suhayb, Zayd ibn Horisa, yana bulardin boshqa hijratga qudrati kelmagan bir necha ojiz kishilar ham bor edi. Bular ichida hazrati Suhayb hijrat qilmoqchi bo‘lib chiqqan vaqtida Quraysh mushriklaridin bir necha kishilarga xabar yetib, kelishib qoldi. So‘ngra ular Suhaybga: «Sen o‘z elingdin bizga kelganingda chog‘ay (kambag‘al) eding, boy bo‘lib, moling ko‘paydi. Boshing qullikka boylanmish edi, xo‘ja bo‘lib obro‘ying oshdi, endi bizga qarshi chiqqaning ustiga, muncha ko‘p mol bilan dushmanlarimiz yeriga ketmoqchi emishsan», dedilar. Anda Suhayb: «Men bo‘lsam yoshim ulug‘, qari kishi erurman, men bu yerda qolur bo‘lsam, sizlarga hech foydam tegmaydi. Agar ul yoqqa borib qolsam, yana sizlarga ziyonim yo‘qdur. O‘zimdin ko‘ra sizlarga molim foydaliroqdur, tamom molimni olinglar, o‘zimni yo‘limga qo‘yinglar», dedi. Alar ham bu ishga rozi bo‘ldilar, molini olib, o‘zini qo‘yib yubordilar. Bu voqeadin so‘ngra Madinaga borib, Payg‘ambarimiz bilan birinchi ko‘rishganida: — Ey Suhayb, «Rabihal bay’u, rabihal bay’u», deb uch qayta aytdilar. Bu «Savdong foydalikdur, savdong foydalikdur», degan bo‘lur. Anda Suhayb: «Aniq bilurman va daxi (va yana) taniqliq berurman, siz Allohning payg‘ambaridursiz, bu ishni Allohdin o‘zga hech kim bilmagan edi, Jabroil alayhissalom vahiy bilan sizga bildirmishdur», dedi. Haqiqatda esa kelish oldida voqeasini bayon qilib, Payg‘ambarimizga shu oyat kelmush edi: «Va minannasi man yashriy nafsahubtig‘oa marzotilloh», ya’ni: «Mo‘minlardin shundoq kishilar bordurkim, Alloh roziligini topmoq uchun o‘zlarini sotib olurlar». Bu voqea Rasulullohga shu oyat orqalik bildirilgan edi. Makkada sahobalardin uch-to‘rt kishidin boshqa ko‘zga ko‘rinarlik hech kim qolmadi. Hammalari Madinaga hijrat qilib ketdilar. Buni ko‘rib xazrati Abu Bakr ham hijrat qilmoqqa Payg‘ambarimizdan izn so‘rab keldi. Anda Rasululloh aytdilar: — Men ham Alloh taolodin hijrat uchun izn kutmoqdaman, qachon izn olur bo‘lsam, menga yo‘ldoshlik qilgaysiz, — dedilar. Buni onglab, Abu Bakr Siddiq suyunganidin: — Ota-onam sizga fido bo‘lsin, bu ish qachon bo‘lg‘ay,— degan edi, «yaqinda bo‘lur», deb bashorat berdilar. Hazrati Abu Bakr bu so‘zni eshitgandin keyin sakkiz yuz tangaga safarga yarog‘lik ikki tuya sotib olib, boqib turdi. Mana shu yili bo‘lsa, payg‘ambarlik davrining o‘n uchinchi yili edi. O‘tgan yillarda Madina ahlidin yetmish necha kishining bay’at berishi, bular orqaliq Avs, Xazraj kabi jangovar qabilalar ichida islomiyatning rivojlanishi, buning ustiga hamma atrofdin kelgan fidoiy muhojirlarning Madina shahriga yig‘ilishi, tarbiyat topgan ekindek, Hijoz tuprog‘ida kundan kunga islomiyatning o‘sib Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 64 borishidin Makka mushriklari, Quraysh kofirlarining ko‘ngillariga qo‘rqinchlik tushdi. Buning chorasini ko‘rish ularga kerak edi. Bu haqda maslahat o‘tkazish uchun Dorun- Nadvaga yig‘ildilar. «DORUN-NADVA» MASLAHATI O‘n ikki urug‘ Quraysh qabilasidin ikki urug‘ qoldirilib, u ham bo‘lsa, Bani Hoshim bilan Bani Muttalib edilar, qolmish o‘n urug‘ Quraysh raislari Dorun-Nadvaga majlis chaqirdilar. Dorun-Nadva — maslahatxona demakdur. Bu uyni Payg‘ambarimizning beshinchi bobolari Qusay degan kishi soldirgan edi. Bu uyda ochilgan majlisga kirgan kishilarning yoshi qirqqa to‘lishi va Quraysh urug‘idin bo‘lishi shart edi. Ahamiyatlik ulug‘ hodisalarning maslahati urush kunlarida boshliq saylash, tug‘ bog‘lash ishlari shu uyda bo‘lur edi. Butun Quraysh qabilasidin maslahat chiqqudek boshliqlari shu majlisga hozir bo‘ldilar. Iblis mal’un ham oqsoqol shayx suratida obidlar libosi — oq kiyimlar kiygan holda maslahatxona eshigiga kelib turdi. U yot kishi bo‘lganlikdin aning kim ekanini so‘radilar. Ul: — Najd viloyatidin keldim, mening sizlarga do‘stligim bordur, Muhammad haqida ochilmish majlisingiz borligini eshitdim, agar kirishga ruxsat etsangiz, sizlar uchun foyda chiqarlik so‘z topsam aytur edim, — dedi. Alar ham rozilik berishib, kirishga ruxsat qildilar. Shuning bilan majlis ochilib, so‘z boshlandi. Raislardin birovi turib: — Muhammadning bu ishi qandog‘ o‘sib borayotganligi ko‘z oldingizda ko‘rinib turadi. Buning ishi kundin-kunga ulg‘aymoqda, tarafdorlari har tomonda ko‘paya boshladi, bir kuni ustimizga ularning hujum qilishlari bek ehtimoldir. Qani, bu ishga nima chora ko‘ra bilurmiz, maslahat qilinglar, bu to‘g‘rida albatta bir fikrga kelishimiz kerak, — dedi. Anda Quraysh raislaridin Abul Baxtariy ibn Hishom degan kishi: — Meningcha, buning chorasi shulki, uni ushlab, qo‘l-oyog‘iga kishan solaylik, to o‘lguncha uni zindonda tutaylik, — dedi. Anda shayx suratlik shayton dedi: — Sening bu fikring to‘g‘ri emasdur, sizlar uchun bu ishdin hech qandog‘ foydalik ish chiqmaydur, agar buni hibs qilur bo‘lsangiz, aniq bilingkim, uning tarafdorlari ko‘pdur, ustingizga hujum qilib, qo‘lingizdin qutqara olurlar. Bundan boshqaroq maslahat toping, — dedi. Tag‘in birisi turib, u Quraysh raislaridin Asvad ibn Rabia degan kishi edi: — Bu haqda mening fikrim shulki, uni nafi-bilot qilaylik, ya’ni surgun qilib, boshqa yot yerga haydab chiqaraylik, o‘z oramizdin ketgandin keyin na bo‘lsa, u bo‘lsin, — dedi. Bu so‘zni onglag‘on hamon shaytonning hushi boshidin uchdi, o‘rnidan tura kelib: — Hoy-hoy, bu fikrdin qattiq saqlaninglar, xalq ichiga uni qandoq chiqarib bo‘lur, uning so‘zga ustaligi, tilining totliligi ila borgan yeridin, tanishgan elidin o‘ziga yo‘ldosh- qo‘ldoshlar topa olur. Alardin qo‘l-yasov qilib, boshingizga kelur bo‘lsa, ishlaringizni qo‘lingizdin olur, — dedi. Butun majlis xalqi buning so‘zini to‘g‘ri topdilar. Uchinchi bo‘lib Abu Jahl: — Bu to‘g‘rida maning ko‘nglimga bir fikr kelib turadi, bu o‘tirganlarning ichida hech kimning aqliga kelmagan ish deb o‘ylayman, — dedi. Anda har tarafdin: «Ey Abul Hakam, ayt, u so‘zingni, tinglaylik» — deb qichqirdilar. Anda Abu Jahl: — Quraysh qabilasi ichida hasab-nasablik, ortiq obro‘ylik, keskir qilichlik botir yigitlardin har urug‘ boshiga birdan kishi olurmiz. Bu yigitlar qo‘llariga o‘tkir qilich olsinlar, ertalab Muhammad uyda yotgan chog‘da bosib kirib, bu yigitlar bir kishi chopgandek barobar qilich solib, uni o‘ldursinlar, shundoq qilganimizda, aning qoni butun qabila ustiga bo‘linur. Agar Bani Hoshim da’vo qilar bo‘lsalar, ishlari ikki yo‘lliqdur. Birisi — butun Quraysh qabilasiga qarshi urush ochgaylar, yoki mol olmoqqa xun uchun rozi bo‘lgaylar. Ma’lumdurki, butun qabilaga qarshi turib urishmakka toqatlari yo‘qdur. Nochor xun moli Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 65 olmakka rozi bo‘lurlar. Agar bu ish vujudga chiqar bo‘lsa, undin barimiz qutulurmiz, — dedi. Bu so‘zni aytishi hamon, hammadin ilgari shayx suratlik shayton — mal’un buni ma’qul ko‘rib: «Hoy-hoy, shu kishining so‘zi so‘zdur, bundin ortiq to‘g‘ri fikr hech yo‘qdur», dedi. Shuning bilan boshqalari ham qizg‘in ravishda shu qarorni qabul qilishib, tarqashdilar. Bu ish shundoq bo‘lishi bilan hazrati Jabroil alayhissalom quyidagi oyatlar ila vahiy keltirib, shu voqeani Payg‘ambarimizga xabar qildilar. Oyat shudir: «Va iz yamkuru bikallaziyna kafaruv liyusbituvka, va yaqtuluvka, av yuxrijuvka», ya’ni, «Kofirlar seni qamab qo‘yishga yoki surgun qilishga yoki seni o‘ldirishga qat’iy qasd qildilar», demakdur. Jabroil alayhissalom: — YO Muhammad, bu kecha kundagi yotgan o‘rningda yotmagin, kofirlar Xudo xohlamagan ishni qilgani, ya’ni, shu kecha seni o‘ldirgani kelurlar, — dedi. Payg‘ambarimiz bu ishdin ogoh bo‘lganlaridin keyin, tun yarmi bilan ul g‘animlardin yuz chog‘lik kishi Payg‘ambarimizning eshik oldilariga kelib to‘plandilar. Ularning ichida mashhur raislardin shu kishilar bor edi: Al Hakam ibn Abul Os, Uqba ibn Abu Muait, Nazr ibn Horis, Umayya ibn Xalaf, Zam’a ibn Asvad, Payg‘ambarimizning amakilari Abu Lahab va Abu Jahl, qolganlari ham o‘z ishlarida e’tiborlik kishilardin edilar. Bular o‘zaro kengashib, el chuqur uyquga kirgan chog‘da bu xiyonatni bajarmoqchi bo‘ldilar. Shu orada Abu Jahl turib aytdi: — Muhammadning aytgan so‘ziga qaranglar, ul bizga shundog‘ deydurkim, agar sizlar iymon keltirib, Islom diniga kirar bo‘lsangiz, bu dunyoda davlat topib, arab-ajamlarga podshoh bo‘lursiz, yana o‘lgandin so‘ngra qaytadin tirilib, u dunyoda jannatga kirursiz, agar bundoq qilmas ekansiz, bu dunyoda xorlik tortib, oxiratda do‘zax o‘tida kuygaysiz. Abu Jahlning bu so‘zini uyida o‘tirgan Payg‘ambarimiz eshitib: «Rost, men shundog‘ ayturman», deganlaricha alarning ustiga chiqdilar. Yerdin bir changal tuproq olib, YOsin surasini «faag‘shaynahum, fahum la yubsirun...» oyatigacha o‘qidilar. Xudo qudrati bilan poylab o‘tirgan shuncha kishilardin hech qaysisi Payg‘ambarimizni ko‘ra olmadi. Changallaridagi tuproqdin bu o‘tirgan kishilarning har birining boshiga quyib-quyib, o‘tib ketdilar. Payg‘ambarimizning bu chiqib ketishlarini tuymadilar (sezmadilar). Bu ersa, hisobsiz o‘tgan mo’jizalarning birisi edi. Uylaridin chiqayotganlarida Hazrati Aliga qarab: — Ey Ali, men yotgan o‘ringa o‘tib, mening yopinchimni ustingga yopib yotgil, yana qo‘rqmagil, dushmanlardin senga hech qandog‘ zahmat yetmagay, — dedilar. Shu chiqqanlaricha hech yerda to‘xtamay hazrati Abu Bakr Siddiq bilan shahardan tashqari Savr tog‘ida bir g‘or ichiga kirishib yashirindilar. Kofirlar bo‘lsa, Payg‘ambar uydin chiqqan chog‘ida, alarni Alloh amri bilan uyqu olgan edi. Payg‘ambarimiz bularning oldidin o‘tib ketayotganlarida bir kishiga yo‘liqqan edilar. Payg‘ambarimizning uylari oldida o‘tirgan poyloqchilardin: — Bu yerda kimni kutib o‘tiribsizlar — deb ul kishi so‘radi. Ular: Muhammadni kutib turibmiz — dedilar. — Andog‘ bo‘lsa, Alloh sizlarni noumid qo‘yibdur. Muhammad hozir sizlarning ko‘z oldingizlarda o‘tib ketdi. Yerdan bir hovuch tuproq olib, bu o‘tirgan kishilarning boshlariga quyib o‘tdi, — deb edi, ular shoshilib boshlarini siladilar, boshlaridin tuproq quyildi, hayron bo‘lishib, yugurishgan holda kelib eshik yorig‘idin qarasalar, to‘shak ustida o‘ralib yotgan bir kishini ko‘rdilar, maqsadimizga yetdik, deb qilich yalang‘ochlab uyga kirdilar, qarasalar maqsadlari qo‘ldan ketmish edi. Hazrati Alini ko‘rishib, hasrat barmog‘ini tishlaganlaricha hayron bo‘lishib qoldi. Ins-jins shaytonlarining qurg‘on tuzoqlari uzilmish edi. Payg‘ambarimiz o‘rinlarida yotgan Hazrati Alidan: — Og‘ang Muhammad qayon ketdi? — deb so‘radilar. «Bilmayman», deganida ulardin ba’zi birovlari urishga qasd qilgan bo‘lsa ham, «bu bolada nima gunoh?» deguvchilar Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 66 chiqib, alarni qaytardi. Payg‘ambarimiz Abu Bakr Siddiq bilan shu kuni qorong‘u kechada uning uyidin chiqib, Makka atrofidagi tog‘ tomonga qarab yurdilar. Bosgan izlarini bildirmasga oyoq uchlari ila yurar edilar. Shu yurganlaricha Savr tog‘i ichidagi g‘or og‘ziga keldilar. — YO Rasulalloh, bunda ziyonlik, zaharlik jonivorlar bo‘lmasin, siz kirmay turing, men g‘orning ichini tozalab chiqay, — deb Abu Bakr Siddiq dastlab g‘orga o‘zlari kirdilar. G‘or ichini arig‘dab (tozalab), teshiklariga ridolaridin yirtib tiqdilar. Bir teshikka tiqqudek narsa yetmay qoldi. Ul teshikda bir zaharlik ilon yotgan edi. Avval Abu Bakr Siddiq g‘orga kirib, so‘ngra Payg‘ambarimiz kirdilar. Kechasi uxlamagan, o‘zlari charchagan edilar. Muborak boshlarini Abu Bakr Siddiq tizzalariga qo‘yib, uxlab qoldilar. Hazrat Abu Bakr Siddiq ochiq qolgan teshikdin biror narsa chiqib qolmasin, deb tovonlarini shu teshikka qoplagan edilar, u yotgan ilon, kishining isini bilib, oyoqlarini chaqib oldi. Buning alamiga chiday olmay, ko‘zlaridin yoshlari to‘kilib, ikki-uch tomchisi Payg‘ambarimizning yuzlariga tushdi, bundin uyg‘onib ketdilar. — Ey Abu Bakr, bu nima ishdur? — deb so‘radilar. Ilon chaqqanligini, uning alamini aytg‘onlari so‘ngida muborak tufiklaridin surib qo‘yib edilar, shu onda shifo topdilar. Ertalab turib qarasalar, g‘or og‘zida bir tup butog‘lik yog‘och (daraxt) unib chiqmishdur. U yog‘ochga bir juft yovvoyi kaptar kelib uyalab, tuxum solmishdur, buning ustiga o‘rgimchaklar qalin to‘r tortib, g‘or og‘zini qoplamishlar edi. Bundog‘ hojat vaqtida har turli mo’jizalar ko‘rsatib, payg‘ambarlarini quvvatlash Alloh taoloning odatidur. Ammo Quraysh kofirlari bo‘lsa, Payg‘ambarimiz haqida qilgan makr-xiyonatlari bo‘shga chiqib, alarning qo‘rqinchlari yana ham ko‘paydi. Har tarafga jar chaqirib, kishi choptirdilar. Muhammadni o‘ldirib yoki tiriklay tutib keltirguvchilar bo‘lsa, qizil tuklik yuz nortuya berishlarini hammaga bildirdilar. Quraysh yigitlaridin bir nechalari mohir izchilar ergashtirib, yuqori-quyi Makka atrofiga yoyildilar. Alardin bir qanchasi Savr tog‘i yo‘lidin izchilarning ko‘rsatishi bilan iz quvishib, to‘g‘ri g‘or og‘ziga kelishdi. Ba’zilari ilgarilab yurib, g‘or og‘zidagi uyalab, tuxum ochgan kaptarlarni ko‘rib, o‘rgimchaklar to‘rlariga ko‘zi tushib: «bu yer kishi oyog‘i tekkan joy emas», deb orqaga qaytdi. Bular tovushini Payg‘ambarimiz g‘or ichidin eshitib turdilar. Iz quvishib yurgan kofirlardin tag‘in bir to‘plari g‘or ustiga kelib to‘xtadilar. Chunki ularning izchilari: «Qochgan kishinglar shu g‘orga kirmishdur», degan edi. Anda birovlari g‘orga kirib qarashga buyurdi. Ubay ibn Halaf degan kishi raislardin edi. U: — Bunga kirishga nima hojat bordur. Muhammad tug‘ilmasdin ilgari, bu o‘rgimchak to‘rini tortmishdur, bu g‘orga kishi kirgan bo‘lsa, nechuk aning to‘rlari buzilmasin, kaptar tuxumi qanday sinmasun, — dedi. Buning bu so‘zi bahona bo‘lib, g‘or ichiga egilib qarab qo‘ymasdin, hammalari qaytdilar. Bu ishlar Xudo qudratiga bir bahona edi. Yo‘q ersa, shu qadar qizg‘inlik ila izchilar orqalik izlab kelguvchi shuncha ko‘p kishilardin birortasi g‘or og‘ziga kelib, nechukdurki, qarab qo‘ymaydi. Quraysh izchilari: «Yo‘qotmish kishilaringiz shu g‘ordin o‘zib ketmabdur», deb qasam ichmish edilar. Ularning bu so‘zlarini eshitib turgan Abu Bakr Siddiq qayg‘urib, yig‘ladilar. Anda Rasululloh: — Nimaga yig‘laysan? — deb so‘radilar. Abu Bakr Siddiq: — YO Rasululloh, Alloh oti ila ont ichurman, o‘zim uchun hech vaqt yig‘lamaydurman, Alloh saqlasin, sizga bir yomon ish bo‘lishidin qo‘rqib yig‘layman, — dedi. Anda Rasululloh: — Ey Abu Bakr, biz ikkovlondurmiz, g‘am qilma, uchinchimiz Allohdur. Nechuk g‘am qilursan, Alloh biz bilan birgadur, — dedilar. Shundoq deyishlari bilan Abu Bakr Siddiq ko‘ngillaridin g‘am ko‘tarilib, o‘zlariga oromlik paydo bo‘ldi. So‘ngra mushriklar ham bu yoqdin umid uzib, qaytdilar. Dengiz bo‘yidagi qabilalarga ham xabar yuborib, Madina yo‘lini to‘sishga kishi qo‘ygan edilar. «Kim ularni Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 67 tutib, keltirur bo‘lsa, yuz qizil tuya berurman», deb yana jar chaqirtirdilar. Shuning bilan Payg‘ambarimiz Savr tog‘ining g‘orida uch kun yotdilar. Shu kunlarda Hazrati Abu Bakrning cho‘ng qizlari Asmo, o‘g‘illari Abdulloh, qullari Omir ibn Fuhayra mana shu uchovlari keraklik xizmatlarni bajarib turdilar. Butun xalq ichidagi xabarlarni, Quraysh raislarining qilgan qattiq harakatlarini Abdulloh yetkazur edi. Osh-ovqatlaridin Asmo xabar olur edi. Omir ibn Fuhayra Abu Bakr Siddiqning qo‘y-echkilarini o‘tlatgan bo‘lib, g‘or atrofiga tushgan kishi izlarini alarga bostirib yo‘qotur edi. Shundog‘ qilib, uch kun o‘tgandan keyin, Hazrati Ali ilgari tayyorlab qo‘yilgan uch tuyani kechalab, tog‘ tagiga kelturdilar. MADINAGA HIJRAT Abdulloh ibn Urayqit degan, yo‘lboshchilikka olingan kishi ham birga keldi. Bularning kelishlarini Payg‘ambarimiz intizorlik ila kutmoqda edilar. Tuya tovushi chiqishi hamon, g‘ordin chiqib, tog‘ tagiga tushdilar. Payg‘ambarimizning uylarida har kimlarning qo‘ygan omonatlari bor edi. Shularni egalariga topshirish uchun Hazrati Alini vakil qildilar. Va uch kundin ortiq to‘xtamay, orqalaridin kelmakka buyurdilar. Shu bilan uch tuyaga uch kishi mindilar: «Payg‘ambarimiz, Abu Bakr Siddiq va yo‘l boshlovchilari Abdulloh ibn Urayqit edi. Omir ibn Fuhayrani Abu Bakr o‘z tuyalariga mingashtirib oldi. Tun o‘rtasi bo‘lganida, bu joydin jo‘nab, Xudo izni ila Madina sari yurdilar. Yo‘lboshchilari Abdulloh tog‘ yo‘lini tashlab, dengiz bo‘ylab yurishga boshlagan edi. Bu yo‘ldin yurganlarga Yanbu’, Robi’ qishloqlaridin o‘tishga to‘g‘ri keldi. Quraysh kofirlari Payg‘ambarimiz bilan Abu Bakr Siddiqning tiriklarini yo o‘liklarini kelturgan kishiga ikki yuz tuya atagan edilar. Buni eshitgan arab bahodirlari molga qiziqib, har tomondin yo‘l to‘sishga kirishdilar. Shu qatorda Bani Mudlij qabilasining bahodirlaridin Suroqa ibn Molik degan kishiga birov: «Yiroqdin tuyalik ketayotgan uch kishi qorasini ko‘rdim, Muhammaddin boshqa bo‘lmasa kerak, deb o‘ylayman» dedi. Suroqa buni anglashi bilan, shu kishilar Payg‘ambarimiz ekanini bildi. Xabarchiga: «Boshqa birovlardur, deb ularni yo‘ldan qoldirdi». O‘zi tezlik ila qurollanib, yashirin ravishda yo‘lga tushdi. Boshqalar bilib qolsalar o‘ljadosh bo‘lib qolmasin, deb qizg‘anur edi. Yugirik ot ustida chopgandin chopa-chopa yugirib-o‘tirib, ko‘p uzoqlamay, qasd qilgan qora ustiga yetayozdi. Ikki ora o‘n chaqirim yovuqlashdi (yaqinlashdi). Payg‘ambarimiz tuya ustida Qur’on o‘qib ketmoqda edilar. Qur’on o‘qigan tovushlari quvg‘uvchiga eshitila boshladi. Payg‘ambarimizning u yon-bu yonga qarash odatlari yo‘q edi. O‘ljalik bo‘lish xayolida Suroqa o‘zini o‘nglab, otini tepinib, nayzasini to‘g‘rilab ketayotganida, birdaniga oti qoqilib yiqildi, o‘zi ham ot ustidan ag‘darilib, yerga tushdi. O‘rnidan tura kelib, arab odaticha, yon xaltasiga solingan «tulga» (ya’ni «fol») o‘qlariga, ishim qanday bo‘lur deb, qo‘l solib qarasa, «tulga»si teskari chiqdi. O‘ljaga qiziqqanlikdin, bunga qaramay, qaytadin ot ustiga minib, yana ot qo‘ydi. Payg‘ambarimiz o‘z odatlaricha orqalariga qaramas edilar. Abu Bakr Siddiq shundog‘ orqaga qarasalar, o‘qdek otirilib (ya’ni, tez) kelayotgan otning oyog‘i qoqqan qoziqdek tizzasigacha yerga botibdur, u yer bo‘lsa, qat-qat toshlik yer edi. Ot oyog‘ini yerdan sug‘urib olmoqqa qudrati yetmadi. Otning tuyog‘i botgan izdin ko‘k tutunga o‘xshash to‘zon ko‘kka ko‘tarildi. Yana «tulga» o‘qlari azlonga qo‘l solib qarasa, yana «tulga»si to‘g‘ri chiqmadi. Buni ko‘rib, o‘ziga qo‘rqinchlik tushdi. Oti ersa, yerga botganicha titrab turmoqda edi. So‘ngra, omon aytib, qichqirdikim: — Men Suroqa ibn Molikdurman, endi sizlarga hech ziyonim yetmagay, foyda yetkurmak uchun va’da beraman. Yo Muhammad, Allohdin so‘ra, otim oyog‘i bo‘shalsin, — dedi. Anda Payg‘ambarimiz: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling