Tarixi muhammadiy
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- QURAYSHDAN BOSHQA QABILALARNI ISLOMGA DA’VAT QILISH
www.ziyouz.com kutubxonasi 50 kechalab, xayru-baraka bilan o‘ralgan Masjidul Aqsoga eltdi. Bu eltishda ulug‘ qudratimizning alomatlarini unga ko‘rsatamiz». Mana shu oyatning ochiq mazmunicha, Payg‘ambarimiz kechaning bir parchasida Masjidul Haromdin chiqib, Quddus shahridagi Masjidul Aqsoga kelganlari onglanadi. Endi bu oyat shu masalada qat’iy dalil bo‘lganlikdan, Isroga inkor, ya’ni Masjidul Aqsoga kelish inkori iymonga muxolifdur. Ammo Me’roj deb «Masjidul Aqsodin osmon olamiga chiqqani aytilur. Bu esa hadis bilan sobit bo‘lgan masaladur. Bu haqdagi hadislar mutavotir, ya’ni, shaksiz hadislardur. Endi bu ulug‘ mo’jizaning bayoni shundog‘dirkim, bir kuni Payg‘ambarimiz «Oltin tarnov»ning osti, Ka’ba orqasi — Hatimda yonboshlab yotgan edilar. Shul chog‘da Jabroil alayhissalom bir necha farishtalar bilan hozir bo‘ldilar. Payg‘ambarimizning ko‘krak chuqurlaridin boshlab, muborak ko‘ksilarini yordilar. Oltin jomda to‘liq «iymon-hikmat» suvi keltirilgan edi. Yuraklarini chiqarib, shu suv bilan chayqadilar. So‘ngra ilm-hikmat, iymon to‘ldirib, yuraklarini o‘z o‘rniga qo‘ydilar. Shu chog‘da, xachirdan kichikroq, eshakdin cho‘ngroq Buroq oti jannatdin keltirilgan edi. Uning ildamligidan, ko‘zi yetgan joyga oyoq qo‘yar edi. Jabroil alayhissalom Payg‘ambarimizni shu Buroqqa mindirdi. Oldinlarida o‘zi yo‘l boshlab yurib, xiyol o‘tmay Masjidul Aqsoga yetdilar. Ul joyda Ibrohim, Muso, Iso alayhissalom boshliq barcha Payg‘ambarlar kutmoqda edilar. Buroqdin tushib, o‘tgan Payg‘ambarlar bog‘lamish halqaga ani bog‘ladilar. So‘ngra Rasululloh Masjidul Aqsoga kirib qarasalar, barcha Payg‘ambarlar hozir ekanlar. Alarning talablaricha Payg‘ambarimiz imom bo‘lib, ikki rakat namoz o‘qidilar. Buning so‘ngida Jabroil alayhissalom bir kosa aroq, ikkinchi kosada sut keltirib, Payg‘ambarimizga: Ichgil, deb ishorat qildi. Payg‘ambarimiz aroqqa qaramasdin, bir kosa sutni olib ichdilar. Buni ko‘rib, Jabroil alayhissalom: — Ey Muhammad, haqiqatni topding. Sening ummatlaring yahud, nasorolar kabi haq yo‘ldin adashib, gumrohlikka ketmas ekanlar, — deb bashorat berdi. Bundan keyin Rasullulohni yana Buroqqa mindirib, Jabroil alayhissalom jilovlarida, nosut olamidin lohut jonibiga, ya’ni yer ustidin osmonga ko‘tarildilar. Birinchi osmonga yetdilar. Jabroil alayhissalom eshik saqlovchi farishtaga: «Ochgil», dedi. «Kimdursan, kim bilan kelursan?» deb so‘radi. «Jabroildurman, yo‘ldoshim Muhammad», dedi. «Aning payg‘ambarlik davri keldimu?» deb darhol eshik ochdi. Dastlab qarshilariga otamiz Odam alayhissalom chiqdilar. «Xush keldingiz, ey aziz farzandim», deb haqlariga duo qildilar. Ul joydin ko‘tarilib, ikkinchi osmonga yetdilar. Ul joyda ham yuqoridagidek savol-javoblar bo‘ldi. Hazrati Iso, Hazrati Yahyo payg‘ambarlarning makonlari shu osmonda edi. Bu zotlar ham qarshi olib, xayr-duoda bo‘ldilar. Bundin o‘tib, uchinchi osmonga chiqish navbati yetdi. Yusuf alayhissalomning makoni shu osmonda edi. Jabroil alayhissalom eshik qoqdi. Yuqorigi savol-javoblar o‘tgandin so‘ngra eshikni ochdilar. Yusuf alayhissalom qarshi olib, Payg‘ambarimizni tabrikladi. So‘ngra bu joydin o‘tib, to‘rtinchi osmon sari yuzlandilar. Uning haqida «Varafa’nahu makanan aliyya» oyati kelgan. Hazrati Idris payg‘ambarning maqomlari shu edi. Bunda ham yuqorida o‘tgan so‘zlardin so‘ngra, eshik ochilib, Idris alayhissalom bilan ko‘rishdilar. Shundan so‘ng beshinchi osmonga ko‘tarildilar. Jabroil alayhissalom eshik qoqdi. Savol-javoblar o‘tgandan so‘ngra eshik ochildi. Horun alayhissalomning joylari shunda edi. Ko‘rishgandin so‘ng, bundin o‘tib, oltinchi osmonga chiqdilar. Muso alayhissalom shu joyda edilar. O‘tmish so‘zlardin so‘ngra eshik ochildi. Muso alayhissalom ta’zim bilan Payg‘ambarimizni ko‘p olqishladilar. Yana ul joydin Buroq uchib, yettinchi ko‘kka yetkuzdi. Ul joyda bobolari Hazrati Ibrohim alayhissalomni ko‘rdilar. «Otangiz Ibrohimdur», degan ishorat bo‘lib, payg‘ambarimiz salom berdilar. Salom javobin qaytargandin so‘ngra: «Ey aziz farzandim, xush kelding, qandoq ulug‘ maqomlarga Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 51 yetding», deb duo qildilar. Payg‘ambarimiz ko‘rdilarkim, Ibrohim Halilulloh osmon farishtalarining Ka’basi — «Baytul Ma’mur»ga suyanib o‘tiribdilar. Baytul Ma’mur binosi Ka’ba to‘g‘risidagi bir uydirkim, uning haqiqatini Alloh bilur. Yer ustida Ka’bani hojilar tavof qilganlaridek osmonda farishtalar ani tavof qilurlar. Ul uy yaratilgandin beri, Payg‘ambarimizning aytishlaricha, har kuni yetmish ming farishta tavof qilib ketgaylar. Alarning ko‘pligidin, bir qatim tavob qilganlari ikkinchi kelishiga qiyomatgacha navbat topa olmaydilar. Mana bu joydin ham o‘tib, muborak qadamlari «Sidratul muntaho»ga yetdi. Payg‘ambarimiz aytishlaricha, bu narsa Allohning azamatlik qudratiga nishona bo‘lg‘udek, yemishlik ulug‘ bir daraxt ekandur. Payg‘ambarimiz shu daraxt ostiga kelganlarida, Alloh taolo o‘z habibini hurmatlash uchun ul daraxtga: «Bezangin», deb buyruq berdi. Shu holda shundoq husni-jamolga kirib, zebu ziynatlik bo‘ldikim, aning vasfini Allohdin o‘zga hech kimsa qila olmag‘ay. Jabroil alayhissalomning maqomlari shu joyda edi. So‘ngra bu joydin yuqori raf-raf bilan uruj qilib, ul Holiqi a’zam, Jabbori akram ulug‘ dargohiga yetdilar. «Qoba Qovsayni av adna» (eng oliy maqom) maqomiga erishdilar. Endi bu o‘rinda ne sirlar o‘tdi, qandoq hollar ko‘rindi? Mana ulardin og‘iz ochmoqqa hech kimning haddi sig‘maydur. Bu ishlarga iymon kelturib, taslim bo‘lmoqdin boshqa haqqimiz yo‘qdur. Alloh taolo shu Me’roj tunida, Payg‘ambarimizga va ham aning ummatlariga ellik vaqt namoz farz qildi. Qaytishlarida Muso alayhissalom yo‘liqib, «Ey Muhammad, buni ummatlaring ko‘tarolmaydilar. Qayt, Rabbingdin so‘ragil, buni yengillatsin», deb u joydin yondirdilar (qaytardilar). Payg‘ambarimiz dargohga kelib, yengillik talab qilgan edilar, besh namoz tushirildi. Muso alayhissalom yana so‘rog‘il, tushirsin. ummating bunga ham toqat qilolmaydi, dedilar. Shundoq bo‘lib, necha qaytadin borib keldilar. Eng oxirida besh namozga qaror topdi. Tangri taolo aytdi: — Ey Muhammad, bir kecha-kunduzda ummatlaringga besh vaqt namoz qildim. Har namozga o‘n namoz savobini berdim, u besh vaqt namozni — ellik vaqt namoz o‘rnida qabul qildim. Ey Muhammad! Ummatlaringdan har kishi bir yaxshi ish qilmoqqa qasd qilsa, agar uni qila olmasa ham, shu yaxshilik savobini berdim. Agar qasd qilmish yaxshilikni qilib, bitursa, har biriga o‘n barobar savob yozdirdim. Yomonlik ishni qilishga niyat qilsalar, ammo uni qilib, yuzaga chiqarmasalar, yomon niyatlari uchun hech gunoh yozdirmadim. Agar u qilgan yomon niyatlarini amalga oshirsalar, birga-bir gunoh yozdirdim, — dedi. So‘ngra Payg‘ambarimiz bu ishlarga rozilik bildirib qaytdilar. Yo‘lda yana Muso alayhissalom yo‘liqib: «Ey Muhammad, bu besh vaqt namoz ham ummatlaringga og‘irdur. Bundan ham yengilroq qilish chorasini ko‘rgil», dedilar. Payg‘ambarimiz yana borishga hayo qilganliklaridan bu ishga jur’at qilmadilar. Qiyomatgacha shu besh vaqt namoz ummatlariga farz bo‘lib qoldi. Endi bu ulug‘ safarda Alloh taoloning qudrat-kamoliga hujjat bo‘lgudek ne ishlarni ko‘rdilarkim, barchalaridin eng ulug‘rog‘i — shu kechada Jabbori A’zamning jamoli pokiga musharraf bo‘lishlaridur. Bu ersa boshqa hech bir payg‘ambarga berilmagan eng ulug‘ karomat edi. Shuning uchun Rasulullohga berilgan hisobsiz mo’jizalarning eng ulug‘rog‘i Me’roj mo’jizasidur. Chunki eng yuqorigi olamdagi jannatni, eng tuban olamdagi do‘zaxni bu safar sayohatida o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, tamosha qildilar. Boqinglar, ey mo’minlar, Alloh taolo qudratigakim, shunchalik uzun muddatlik sayri sayohatlari esa bu cheksiz, tubsiz olamni aylanishlarida ko‘rilgan hisobsiz hodisalarning tamomi shu kechaning bir qismidagina bo‘lib o‘tdi. Endi biz mo’minlar bu ulug‘ mo’jizaga iymon keltiramiz va ham ishonamiz. Bayt: Taslim etamiz qudratiga ul qodiru dono Inkor etadur shumligidan bir nechayi gumroh Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 52 Shappara ko‘rmas esa kun yuzini bizlara g‘am yo‘q Har kunda chiqar kun, yorig‘idur olama paydo. So‘ngra shu kechada Me’rojdin qaytib, Payg‘ambarimiz o‘z joylariga keldilar. Ertalab Ka’ba oldidagi Quraysh majlisiga kelib o‘ltirdilar. Shu orada Abu Jahl ham paydo bo‘lib, Payg‘ambarimiz oldiga keldi. Ko‘ngliga tavfiq tushgan bo‘lsa ajab emas, deb Me’roj voqeasini anga bayon qildilar. Bu so‘zni eshitgan zamon Abu Jahl o‘rnidan irg‘ib turib: «Ey Quraysh bolalari, tezlikda buyon kelinglar», deb borliq tovushi bilan qichqirdi. Buning nidosini eshitgan kofirlar har tomondin yugurishib keldilar. «Hoy, bu nima xabardur?», deb har yoqdin so‘rashgani turdi. «O‘zidan so‘ranglar», deb Abu Jahl payg‘ambarimizga ishorat qildi. Anda Rasululloh: «Shu o‘tgan kechasi men shundoq ulug‘ bir voqea ko‘rdim», deb ko‘rganlarini bayon qildilar. Buni eshitib, bularning boshlariga qiyomat turdi. Ba’zilari ersa: «mana endi yolg‘oni ochildi», deb suyunganidin chapak chaldilar. Iymonlari ko‘ngillariga o‘rnashmagan bir necha yangi musulmonlar murtad bo‘ldilar. Quraysh kofirlari bu voqeani o‘zlari uchun katta hujjat bilib, «borib- kelishi ikki oylik yo‘lga Muhammad, kechaning bir qismida borib keldim, deydur. Bu so‘zga kim ishonsa bo‘lur. Bu ochiq yolg‘on emasmu?» deb mo’minlarga ta’na qildilar. Yana bir nechalari yugurganlaricha hazrati Abu Bakr qoshlariga kelishib: — Ey Abu Bakr, do‘sting Muhammad so‘zini ongladingmu, yana bir yangi yolg‘on chiqardi. Ikki oylik yo‘l— Quddus shahriga kechaning bir qismida borib keldim, deydur. Endi sen bunga ham ishona olurmisan? — dedilar. Anda Abu Bakr: — Agar shu so‘zni aning aytgani rost bo‘lsa, u to‘g‘ri aytgan, albatta, unga ishonurman. Chunki yetti qat osmon ustidan, kecha-kunduz soatlar ichida unga kelgan vahiy xabarlariga ishonib, uni tasdiq qilurman. Endi buni nechuk tasdiq qilmagayman, — dedilar. Mana shu kundan boshlab Payg‘ambarimiz Abu Bakrga «Siddiq» laqabini qo‘ydilar. Shuning bilan mo’min-kofirlar ichida Me’roj voqeasi bilan shov-shuv so‘zlar ko‘paygani turdi. Quraysh kofirlari ichida Quddus shahrini ko‘rganlari ko‘p edi. Payg‘ambarimiz bo‘lsalar bu shaharga kelmagan va ani ko‘rmagan edilar. Imtihon uchun shahar belgilarini, Masjidul Aqso sifatlarini Payg‘ambarimizdin so‘ragani turdilar. Ma’lumdurki, bu shaharga kirgan kishi, birinchi navbat ko‘rishida u shaharning hamma joylarini qaydin bila olur. Payg‘ambarimiz shu fikrni qilib turgan chog‘larida Jabroil alayhissalom bir ko‘zgu ko‘targandek, Quddus shahrini ko‘tarib, Payg‘ambarimizning qarshilariga qo‘ydi. Quraysh mushriklari Quddusning qaysi joyidan so‘rasalar, Jabroil alayhissalom ishoratlari ila, alarga aniqlab aytib turdilar. Bu haqdagi qilgan imtihonlari to‘g‘ri topilganlikdin, hammalari hayron bo‘lishib qoldi. Bu ishga bek taajjublanib: — Ey Muhammad, ko‘rgan kishidek bergan javoblaringning barchasi to‘g‘ridur. Endi bizning Shomdin kelayotgan karvonlarimizni qaysi o‘rinda uchratding?,— dedilar. Anda Payg‘ambarimiz karvonga uchragan joylarini va alarning hol-ahvollaridin xabar berdilar. So‘ngra: — Falon kuni, kun chiqar chog‘ida karvon yetib kelur. Eng oldida kelgan tuyaning tusi qora bo‘zdur. Ketishda bu karvonni falon soyda uchratgan edim. Buroqning savlatini ko‘rib, tuyalar cho‘chishib hurkidilar. Hurkib qochgan tuyalardan birisini yo‘qotib, topolmay qoldilar. U yerdan o‘tib, Zajnon degan joyga kelganimda karvonning bir bo‘limini ko‘rdim. Tushgan manzillarida barchalarini topdim. Usti o‘ralgan bir idishda suv ko‘rib, uni olib ichdim. Ichida suv qolmadi. Ilgarigidek qilib o‘rab qo‘ydim. Karvon xalqidin shu alomatlarni so‘ranglar. Agar shunga ham ishonmasanglar, mana shu hozirda karvon qofilasi (bo‘lagi) Tan’im tog‘idan tubanroq tusha boshladi. Eng oldida qora bo‘z ranglik tuya bordur. Aning ustida ikki dona somon solingan qoplari bor, uning Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 53 biri oq, biri qoradur, — dedilar. Payg‘ambarimizdan bu xabarni onglab turgan kishilar shoshilinch ravishda karvonni qarshi olish uchun shahar tashqarisiga qarab jo‘nadilar. Shu chog‘da bir kishi: «Mana, kun chiqdi», yana birlari: «Mana, karvon keldi», dedi. Qarasalar, qofila qorasi yiroqdin ko‘rinmish edi. Makka mushriklari karvonga yetishlari hamon, alarning birinchi qilgan ishlari Payg‘ambarimizning bergan xabarlarini tekshirish bo‘ldi. Qarasalar, aytganlaridek, hamma so‘zlari to‘ppa-to‘g‘ri chiqdi. Karvon haqida keltirgan xabarlaridan hech qanchalik xilof topmadilar. Payg‘ambarimiz deganlaridek, eng oldida qora bo‘z tuya ustida somon tiqqan oq-qora qoplari bilan kelmoqda edi. Endi shu qadar qudrat ko‘rsatish bilan ulug‘ mo’jizalarni ko‘zlari bilan ko‘rib tursalar ham, yana haqiqatga egilmadilar. «Hoy, Muhammadga so‘z yo‘q, shunchalik ko‘z bog‘lovchi sehrchilikni kimdin o‘rganmish ekan?», deb ilgarigidan ham ortiqroq dushmanliklari kuchaydi. Yana shu Me’roj kechasi ertalab Jabroil alayhissalom kelib, besh namozning vaqtlarini, rakatlarini, namoz o‘qish tartiblarini Payg‘ambarimizga o‘rgatdilar. Namoz farz bo‘lishidin burun erta-kech ikki rakatdin, to‘rt rakat namoz o‘qir edilar. Bu esa Ibrohim alayhissalomning namozlari edi. Buni birovdan ko‘rmasdin, hech kimdin o‘rganmasdin, Allohning ilhomi ila o‘qib yurgan edilar. Endi bu ulug‘ mo‘jiza — Me’roj voqeasi o‘tgandin keyin, Quraysh qabilasidin Payg‘ambarimiz umidlari uzildi. QURAYSHDAN BOSHQA QABILALARNI ISLOMGA DA’VAT QILISH Qurayshning Islomga kirishlaridin Payg‘ambarimizning umidlari uzilib, ulardan boshqa arab qabilalarini dinga da’vat qilmoqchi bo‘ldilar. Makka atroflarida Ukoz, Mijanna, Zulmajoz degan joylarda har yili bir vaqt bozor mavsumlari bo‘lar edi. Arab qabilalari atrof-javonibdin yig‘ilishib kelib, shu bozorlarda savdo-sotiq qilishur edilar. Bu joylar arab shoirlari va xatiblar uchun bir musobaqa maydoni edi. Alarning shoirlari bu o‘rinda yig‘ilgan ko‘pchilik xalq oldida tayyorlangan she’rlarini o‘qishib, o‘z shoirlik quvvatlarini sinashur edilar. Ba’zan bir qabila shoiri o‘z qabilasini ortiqcha maqtab, boshqalarni kamsitganlikdan, nomus talashib, oralari buzilur edi. Shuning natijasida urush boshlanib, dahshatlik qirg‘inlar bo‘lib, hisobsiz qonlar to‘kilur edi. Haj mavsumidin boshqa kunlari shu joylarga xalq ko‘p yig‘ilganlikdan Payg‘ambarimiz alarni dinga da’vat qilish qasdida shu yerlarga keldilar. Har qaysi qabila ustiga kelib: — Ey bani falon, sizlardin meni taniguvchilar bor bo‘lsa, yoki yo‘q bo‘lsa, bilinglarkim, Quraysh qabilasidin chiqqan Abdulloh o‘g‘li Muhammaddurman. Alloh taolo meni yer usti insonlariga Payg‘ambar qilib yubordi. Allohning amri ila, o‘zi xohlagan Islom dinini sizlarga kelturdim. Bu din esa haq, to‘g‘ri dindur. Ham yorug‘ — yumshoq yo‘ldur. Bu kundin boshlab, Alloh oldida Islomdin o‘zga hech bir din qabul qilinmas. Alloh taolo o‘zi endirgan kitob — Qur’on hukmini butun xalqqa yetkuzmak uchun meni vakil qildi. O‘z qavmim Quraysh qabilasi iymon keltirmay, bu ishga to‘sqinlik qildilar. Endi sizlarni shu haq dinga da’vat qilgani keldim. Agar aytmish so‘zlarimni inobatga olib, iymon keltirur bo‘lsangiz, sizlarga ulug‘ saodatdur va ham sizlarning ionat (ko‘mak) va himoyatlaringiz ostida Rabbimning buyruqlarini barcha bandalariga yetkazur edim, — dedilar. Bu qabilalardin ba’zilari esa qo‘pollik ila uyatlik so‘zlarni qilishur edi. Shundoq qilib, Payg‘ambarimiz Islom yo‘lida har qancha aziyat ko‘rib, xorlik tortsalar ham unga sabr qildilar. Chunki bu haqda: «Fasbir kama sabara ulul azmi minar-rusuli», ya’ni «Ey Muhammad, o‘tgan ulug‘ payg‘ambarlar sabr qildilar, alardek sen ham sabr qil», degan Allohdin amr kelgan edi. Lekin o‘tgan payg‘ambarlardin hech birlari bizning Payg‘ambarimizchalik din yo‘lida ozoru kulfat ko‘rmagan edilar. Ularning har qaysilari o‘z darajalariga loyiq sabr-sabot Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 54 bilan dushmanlariga qarshi turib, oxirida hammani yengdilar. Butun dunyoga haqiqat nurining shu’lasi shu sababdin tarqaldi. Shundog‘ bo‘lib, yuqorida nomlari yozilmush uch bozor mavsumida yig‘ilgan xalqni naqadar jiddiyatlik ila Payg‘ambarimiz dinga da’vat qilsalar ham hech bir natija chiqmay, alardin kutgan umidlari uzildi. Shu orada haj mavsumi ham boshlanib, arablar o‘z odatlaricha taraf-tarafdin haj qilish uchun Makkaga yig‘ilgani turdilar. Hazrati Ibrohim, Hazrati Ismoil alayhissalomlardin qolgan diniy rasmlar arablarda unutilmagan edi. Baytullohni hurmatlash, haj mavsumlarida Makka atroflaridin kelib, Ka’bani ziyorat qilish, Arafotga chiqib, Mino tog‘ida qurbonlik bo‘g‘izlash, mana shunga o‘xshash diniy ishlar birmuncha xurofotlashgan bo‘lsa ham, o‘z oralarida rivojlik edi. Shu o‘rgangan rasmlaricha, Arafotdin qaytgach, Muzdalifadin o‘tib, Mino tog‘iga tushdilar, har qabila o‘z oldiga bo‘linib, soy jilg‘alarini to‘ldirib, chodirlarni qurib o‘tirdilar. Mana shu chog‘da Payg‘ambarimiz fursatdan foydalanish fikrida har bir qabilaning ustiga kelib: — Ey bani falon, men Alloh taolo tarafidin sizlarga kelgan payg‘ambardurman. Alloh sizlarni yolg‘iz o‘zigagina ibodat qilmoqqa, hech bir narsani unga sherik qilmasga buyurdi. Butparastlikni tashlab, meni haq payg‘ambarligimga iymon keltirishga amr qildi. Endi menga iymon keltiringlar, meni Tangrining payg‘ambari, deb ishoninglar. Boshqalarning hujumidin meni himoya qilinglar, toki men din to‘g‘risida Alloh taolodin kelgan amrlarni bandalariga yetkazgayman,— der edilar. Payg‘ambarimiz bu so‘zlarni aytib, to‘xtashlari hamon bir kishi turib: — «Ey bani falon, buning so‘ziga quloq solmanglar, bu esa bizdin chiqqan bir buzuq kishidur, ota-bobolarimizdin qolgan dinlaringizni tashlamanglar, buning keltirgan diniga kirar bo‘lsangiz Lot, Manot, Uzzo butlaringizdin judo bo‘lursiz. Buning keltirgan ishida biror yaxshilik bo‘lsa edi, barchadin burunroq aning dinini biz qabul qilur edik. Chunki biz Quraysh xalqi buning qabilasidurmiz, men ersam, buning amakisi Abu Lahabdurman» — deb u ham nizo qilur edi. Shundoq qilib, Payg‘ambarimiz qaysi qabila ustiga borib, alarni dinga da’vat qilsalar, so‘zlari tamom bo‘lish barobar, bu ham yuqorigi so‘zlarni aytib, rad qilar edi. Bani Hanifa, Bani Omir, Kinda, Bani Kalb va boshqa nurg‘un (ko‘p) qabilalar Mino tog‘ida yig‘ilgan edilar. Bularning ichida hammadin ortiq qo‘pollik ila javob qaytarganlari Bani Hanifa qabilasi edi. Abu Bakr Siddiq xalifalik davrlarida Musaylama Kazzob degan yolg‘on payg‘ambar shul qabiladin chiqib, ko‘p qon to‘kilishlarga sabab bo‘ldi. So‘ngra Payg‘ambarimiz Bani Omir qabilasi ustiga keldilar. Alarning raislaridin Bayhar ibn Faros nomlik bir kishi turib: — Ey Muhammad, biz seni qandoq o‘z himoyamizga kirita olgaymiz, sen Quraysh qabilasidin ajrab chiqishing hamon, arablar seni tirik qo‘ymaydilar. Shundoq bo‘lsa ham senga iymon keltirsak, bu ish qo‘lingga kirgandin so‘ngra, hukmronlik bizda bo‘lishiga ahd qilsang, senga iymon keltirib, diningga tobe bo‘lur edik, — dedi. Anda Payg‘ambarimiz: — Alloh taolo meni payg‘ambar qilib, butun xalq ustiga yubordi, alarga o‘zini tanishtirib, haq dinni o‘rgatishga buyurdi. Endi mening vazifam ersa, shu zahmatni ado qilishdur. Hukumat kimning qo‘lida bo‘lishi aning irodasiga bog‘liq. Ko‘pchilik xalq ixtiyoridadur, — dedilar. Anda ul kishi: — Agar biz iymon keltirib seni himoyamizga olur bo‘lsak, butun arab xalqi tomonidan otilmish o‘qlarga ko‘ksimizni nishon qilgan bo‘lurmiz. So‘qish kunlarida yengish yoki yengilish har ikki tomonning ehtimoli bordur. Biz yenggan taqdirda hukumat ixtiyori bizda bo‘lishi albatta lozimdur. Yo‘q ersa, bu ishga bizning hech hojatimiz yo‘qdur, — deb bular ham rad qildilar. Bulardin yana boshqalari Bani Avs, Bani Sulaym, G‘asson, Bani Muxorib, Fazora, Bani Nazr, Murra, Uzra mana shular qatorlik bir muncha qabilalar Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 55 qoshiga kelib, alarga o‘zlarini tanitgan so‘ngida dinga da’vat qildilar. Lekin hech birlaridin iymon umid qilurlik javob eshitilmadi. Payg‘ambarimiz qirq yoshga to‘lgan chog‘larida payg‘ambarlik vahiyi keldi. So‘ngra o‘n uch yil Makkada turdilar. Har yili haj mavsumida Arabiston atrofidan turlik qabila arablari haj qilmoq uchun Makkaga yig‘ilar edilar. Mana shu kabilar orqalik dinga qilgan da’vatlari butun Arabiston o‘lkasiga tarqalgan edi. Har bir yig‘in majlislarda Payg‘ambarimizning so‘zlari bo‘lmay qolmas edi. Lekin Quraysh qabilasi arablar orasida eng ortiq darajada obro‘-hurmatga ega bo‘lganlikdin, boshqa arablar bularni xotir qilishga majbur edilar. Qurayish xalqining iymon keltirmay turishlari boshqalarga ham ta’sir qilur edi. Va shu yili arablar ichida atoqlik Bani Bakr ibn Voil qabilasi raislaridin bir nechalari haj qilmoq uchun Makkaga kelgan edilar. Buni onglab, Payg‘ambarimiz Abu Bakr Siddiq bilan ikkovlari o‘rtada rasmiy so‘zlar aytilgandin so‘ngra, Payg‘ambarimiz alarni dinga da’vat qildilar. Anda raislari Horis turib: — Ey Muhammad, biz bo‘lsak ko‘p yillardan buyon Eron podshosiga fuqaro bo‘lib kelgan edik. Lekin shu kunlarda oramiz buzildi. Endi o‘rtamizda qonlik bir urush chiqishi ko‘z oldimizda turibdur. Mana biz bu ishdan ko‘nglimizni tinchitsak, qaytib kelib, sen aytgan bu ishning chorasini ko‘ramiz, — dedi. Alarning deganlaridek, o‘z ellariga qaytganlaridin keyin, ko‘p fursat o‘tmasdanoq ikki orada dahshatlik bir urush qo‘zg‘oldi. Zukor degan joyda arab va ajam qo‘shinlari to‘qnashdilar. Shu chog‘da arab askar boshlig‘i aytdikim: «Ey xaloyiq, bizning bu urushimiz qo‘rqinchlikdur. Makkadin payg‘ambarlik da’vosi ila chiqqan odamning oti bizning urush shiorimiz bo‘lsin, shuning sharofatidin g‘alaba qilgaymiz, deb umid qilurman», degan so‘ngida shu nom bilan sado qichqirib, hujum boshlashga amr qildi. Askarlari ham «Muhammad» sadosi bilan urushga kirdilar. Bu ismi-sharif tufaylidin dushmanlarni yengib, alar ustidin g‘alaba qozondilar. Shul «Zukor» urushi bo‘lsa, arablar oldida ulug‘ tarixiy sharafga egadur. Chunki o‘z zamonasida eng kuchlik hukumatlardin hisoblangan Eron askarini o‘z fuqarolari ko‘zga ilmagan arablar birinchi navbat yengishlari edi. Bu ulug‘ shonlik zafar butun Arabiston o‘lkasiga tarqaldi. Shul munosabat bilan alarning shoirlari fasohat, balog‘at maydonida ko‘p musobaqa qildilar. Bu urushga qatnashgan qabilalar haqida fahru mubohat qilishib, hisobsiz she’rlar aytildi. Ammo haqiqatda esa shundog‘ to‘liq qurollangan ulug‘ bir podshohlik askarlarining ko‘zga ilmagan bir necha arab qabilalari tomonidan tor-mor bo‘lishi Payg‘ambarimizning mo’jizalari edi. Shuning uchun bu xabarni eshitganlarida: «Mening ismim hurmatidan zafar topdilar», deganlari rivoyat qilinur. Yana shu haj mavsumi kunlarida Shaybon qabilasining bir necha raislariga uchrashdilar. Alar ichida eng atog‘lik arabning so‘zamol, chechanlaridin bo‘lgan Mafruq ibn Amr nomlik bir kishi bor edi. Hazrati Abu Bakr Siddiq bilan u kishi Islom dini to‘g‘risida uzoq so‘zlashdilar. So‘ngra Payg‘ambarimizga boqib: «Ey Muhammad, bizlarni qaysi ish qilishga da’vat qilursan?» dedi. Aning javobida Rasululloh shu oyatni o‘qidilar: «Inalloha ya’muru bil adli val ehsoni vaiytoi zil qurba va yanha anil fahshon val munkari val bag‘y, yaizukum laallakum tazakkarun». Ma’nosi: «Alloh taolo bandalarini har ishda adolat qilishga va alarni bir-birlariga yordam berishga, qarindosh-urug‘lar o‘z oralarida siylai-rahmni uzmasga buyurdi. Yana har bir buzuq ishlardin va barcha zulm-xiyonatlardin bandalarini qaytardi», demakdur. Haqiqatda esa Alloh taolo bu oyat bilan bandalariga ikki dunyolik foyda-ziyonlarini bayon qilib, Islom dinining asoslarini ochiq ravishda ko‘rsatdi. Butun shariat hukmlarini, Islom axloqlarini shundoq qisqagina bir oyatga sig‘dirdi. Zohirda bu oyat oz ko‘rinsa ham, o‘tgan mujtahidlarimiz bundin ming turlik ma’no chiqardilar. Ulug‘ olimlardin biri bo‘lgan Al-Izz ibn Abdusalom yolg‘iz shu oyatdin chiqargan masala ustida katta bir kitob |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling