Tarixi muhammadiy
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8(1)
www.ziyouz.com kutubxonasi 56 yozmishdir. Har ikki dunyoga yetarlik nasihat so‘z izlagan mo’minlar agar shu oyat hukmiga amal qilsalar, kifoyadur. Yana maqsadga kelaylik. Payg‘ambarlik bilan so‘zlashmoqda bo‘lgan Mafruq ibn Amr yuqorigi oyatlarni eshitib, hayron bo‘lib turdi. So‘ngra: «Ey Muhammad, sening bu o‘qiganlaring yer usti so‘zlariga o‘xshamaydur. Chunki inson so‘zlarining shevalari bizga ma’lumdur», deb taajjubda qoldi. Bu kishi shunchalik hidoyatga yaqinlashib kelgan chog‘ida, qabila raislaridin Honi’ ibn Qubaysa nomlik kishi Payg‘ambarimizga qarab: «Ey Quraysh sayyidi, sening bu so‘zlaringni yaxshi ongladik, biroq buning javobini bu joyda bergani bo‘lmaydi. Chunki bosh-oyog‘i bilinmagan shu o‘tirishimizda o‘z dinimizni tashlab, sening diningni qabul qilar bo‘lsak, oldi-orqani o‘ylamagan shoshqin kishilardin hisoblanib qolurmiz» deb so‘zni to‘xtatdi. So‘ngra Rasululloh bulardin foyda chiqmasligini bilib, boshqa qabilalarga o‘tdilar. Qabiladin qabilaga yurib, shundoq der edilar: «Bilinglarki, men Tangri tarafidin yuborilgan elchidurman, ul meni butun xalqiga haq dinni o‘rgatish uchun yubordi. Aning tarafidin kechaligi kunduzgidek yorug‘ bir din kelturdim, har kim o‘z ixtiyori ila iymon keltirur bo‘lsa, qandoq yaxshi saodatdur. Yo‘q esa, mening ilgimda (qo‘limda) hech qandoq majburiyat yo‘qdur. Ma’lumdurki, elchilar vazifasi keltirmush xabarlarini xalqqa yetkazishdur. Endi shu xizmatni ado qilgunimcha dushmanlar hujumidin meni saqlar bo‘lsangiz, Alloh amrini bandalariga yetkazur edim, Xudo tarafidin ustimga yuklangan shu xizmatni ado qilishimda yordam qilgan bo‘lur edingiz». Shunchalik ko‘p qabilalardin birortasi ham so‘zlarini qabul qilmadi. Balki, «o‘z qavmini tuzata olmagan bir kishi boshqalarni nechuk tuzata olsin?» degan so‘zlar bilan ta’na qildilar. Bu ulug‘ davlatni Alloh taolo ularga nasib qilmadi. Shuning bilan Payg‘ambarimiz Mino tog‘i ostida Jamratul Aqaba degan joyga keldilar. Bu yerda madinalik Xazraj qabilasidan bir to‘p kishilar o‘tirishgan edi. Qaysi qabila ekanlarini alardin so‘radilar. Birovlari turib: «Xazrajdin bo‘lurmiz» dedi. Endi bilmak kerakkim, Madina shahrida burundin beri makon tutib kelgan ikki urug‘ arab qabilasi bor edi. Birini, Avs, ikkinchisini, Xazraj, der edilar. Bu ikki qabila aslida bir otadin tug‘ilgan og‘a-inilar bo‘lsalar ham, bulardin tarqalgan bolalari ikkiga ayrilib, hamisha urush-talash o‘rtadan uzilmas edi. Yana, Madina atrofida o‘tirgan yahud toifasidin Bani Qaynuqo’, Bani Qurayza, Bani Nazir qabilalari bor edi. Bular ittifoqda, arablar esa ixtilofda bo‘lganlikdin, ko‘pincha urushlarda alar g‘olib kelur edilar. Payg‘ambarimizning vujudi shariflari tufaylidin, eng so‘ngi urushlarida arablardin yengila boshladilar. Shu chog‘da aytur edilarkim: «Qarab turinglar, bu yaqinda oxir zamon payg‘ambari chiqadi. Hammadin ilgari biz unga iymon keltirgaymiz, ana shu vaqtda sizlardin hech kishini qoldirmay o‘ldirgaymiz», deb. Mana ularning shu so‘zlari Madina arablarining yodidin chiqmagan edi. Yuqorida aytilgan joyda Payg‘ambarimizga yo‘liqishib, o‘zlarining madinalik Xazraj qabilasidin ekanliklarini bildirdilar. Anda Rasululloh alar oldida o‘tirib, o‘zlarini tanitgandin keyin, dinga da’vat etdilar. So‘zlariga hujjat keltirib, Qur’oni karimdin bir necha oyat o‘qidilar. Buni onglashlari bilan, iymon nuri dillarini yoritdi, bir-birlariga qarab aytdilarkim, «yahudlar aytgan oxir zamon payg‘ambari shul bo‘lgay erdi, yana ular bizdin bu ishda o‘zg‘unlik qilib ketmasunlar, bu erning aytgan so‘zlari, ko‘rsatgan yo‘llari barchasi to‘g‘rilik ekandur», deyishib hammalari iymonga barobar musharraf bo‘ldilar. Islom tarixida eng ulug‘ o‘rin tutgan, birinchi navbatda iymon keltirguvchi madinalik sahobalar quyida nomlari yozilmish zotlar edi: 1. As’ad ibn Zurora 2. Avf ibn Horis 3. Rofi’ ibn Molik 4. Qutba ibn Omir Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 57 5. Uqba ibn Omir 6. Jobir ibn Abdulloh Payg‘ambarimizning ansor sahobalaridin eng avval iymon keltirguvchilar shu olti kishidur. Bu zotlar tarix yuzasida ulug‘ ahamiyatga ega bo‘lganlikdin har joyda otlari yozilmishdur. So‘ngra alar: «YO Rasulalloh, biz Madina xalqi — Avs, Xazraj nomida ikki qabiladurmiz. Yuz yildin beri o‘zaro adovatimiz uzilmay, o‘rtamizda urush-talashlar bo‘lib, ko‘p qonlar to‘kilmoqdadur. Agar sizning sharofatingizdin oramiz ittifoqqa kelib, barobar xizmatingizda bo‘lsak, arab ichida sizdin azizroq kishi bo‘lmagay», dedilar. Shuning bilan bu olti nafar odam Madinaga borgandin so‘ngra o‘z qavm-qarindoshlarini Islom diniga da’vat qilmoqchi bo‘ldilar. Va kelasi yili haj mavsumi bahonasi bilan Madinadan chiqib, yana shu joyda ko‘rishmakka va’da berib qaytdilar. Shundog‘ bo‘lib, Madina arablari shu yildan boshlab, ya’ni Nubuvvatning o‘n uchinchi yilidan Islom diniga kirishga boshladi. Va’dalari bo‘yicha ikkinchi yili o‘n kishi Xazrajdin, ikki kishi Avsdin bo‘lib, ja’mi o‘n ikki odam hajga keldilar. Bularning nomlari quyidagilardur. 1. As’ad ibn Zurora 2. Avf ibn Horis 3. Muoz ibn Horis 4. Rofi’ ibn Molik 5. Zakvon ibn Qays 6. Uboda ibn Somit 7. Yazid ibn Sa’laba 8. Abbos ibn Uboda 9. Uqba ibn Omir 10. Qutba ibn Omir — bular Xazraj qabilasidan edilar. 11. Abul Haysam ibn Tayyihon 12. Uvaym ibn Soida — bu ikkovlari Avs qabilasidan edilar. Bu kishilar ham Minoga kelib, Aqaba degan avvalgi o‘rinda iymonga musharraf bo‘lib, barchalari Payg‘ambarimizga bay’at berdilar. Alarning bergan ahd-paymonlari shulardin iborat edi: 1. Alloh taologa hech narsani sherik qilmaslik. 2. Zinodin, o‘g‘rilikdin, yolg‘on so‘zlamoqdin, bo‘hton qilishdin o‘zini saqlashlik, gunohsiz go‘dak bolalarni o‘ldirish odatini tashlashlik, Payg‘ambarimizning buyruqlariga qarshi chiqmaslik. Agar o‘z ahdlariga vafo qilsalar, Xudo roziligi bilan jannat davlatini topgaylar. YOki ahdlarini buzar bo‘lsalar, ishlari Xudoga topshirilur. Avf qilsa yoki azob aylasa, aning ixtiyoridur. Payg‘ambarimiz yuqorigi o‘n ikki odamdin shu ravishda bay’at olgandin so‘ngra, alarga Qur’on ta’lim berish, Islom asoslarini o‘rgatish uchun makkalik sahobalardin ikki kishi qo‘shdilar. Birisi Mus’ab ibn Umayr, yana biri Abdulloh ibn Ummi Maktum edi. Lekin bu ishlarning barchasi Makka mushriklaridin yashirincha ishlanmoqda edi. Mus’ab ibn Umayr Madinada As’ad ibn Zurora uyiga tushdi. Bu zot bo‘lsa, birinchi navbatda borgan olti kishining biri bo‘lgandek, ikkinchi safarda borgan, bay’at topshirgan o‘n ikki sahobaning biri edi. Madinaga kelgandin keyin Mus’ab ibn Umayr Payg‘ambarimizning topshiriqlaricha, Avs, Xazraj qolmishlarini dinga da’vat qilishga kirishdi. Bir kuni Madina bo‘stonlarining birida As’ad ibn Zurora boshliq bir necha mo’minlar birga o‘tirib edilar, yiroqdin kelayotgan ikki odam ko‘rindi. Alar Avs qabilasining raislaridin, biri Sa’d ibn Mu’oz, ikkinchisi esa Usayd ibn Xuzayr bo‘lib, shu yoqqa qarab kelmoqda edilar. Bu kelishlariga sabab shu edikim, bu ikkovi o‘zaro o‘tirib gapirishdilar: — Xabaring bormi, payg‘ambarlik da’vosi ila Qurayshdin chiqqan kishi tomonidin ikki odam kelmishdur. Agar buni qo‘yaversak, sodda ko‘ngillik go‘l kishilarimiz va yosh Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 58 bolalarimizni yo‘ldan chiqargaylar. Endi bu ish ulg‘aymasdin ilgari, albatta, oldini olishimiz kerak, — deb Usayd ibn Xuzayr qurol taqinib yo‘lga chiqqan edi. Kelayotib, alar o‘tirgan bo‘stonga qarab burildi. As’ad ibn Zurora ko‘rdikim, Usayd ibn Xuzayr qurollik holda kelayotir, anda Mus’ab ibn Umayrga qarab: — Bu kelguvchi kishi o‘z qavmining raisidur, buning Islomga kirishi ko‘p kishilarga sabab bo‘lur, Xudo yo‘lida tortinmay, haqiqatni ochiq bayon qiling,— dedi. Shungachalik, u ham yetib keldi. Alarga qarab g‘azab bilan: — Bu qanday ishdurkim, sizlar kelib yosh-yalanglarimizni buzdinglar, bir necha soddadil kishilarni yo‘ldan chiqardinglar. Agar sizlarga bosh kerak bo‘lsa, bu ishdan qo‘l tortib, o‘z yeringlarga ketinglar, — dedi. Anda Mus’ab: — Biroz sabr etib o‘tiring, siz ila bu haqda so‘zlashaylik, eshitib ko‘ring, agar rozi bo‘lgudek ish bo‘lsa, qabul qilursiz. Yo‘q ersa, siz degandek qilaylik, — dedi. So‘ngra Mus’ab ibn Umayr Islom asosini unga bayon qilib, Qur’oni karimdan bir necha oyat o‘qidi. Buni eshitgan hamon hidoyat topib, iymon nuri ko‘nglini yoritdi. Bu ham shu holda shahodat aytib, Islomga musharraf bo‘ldi. So‘ngra u kishi: — Yana bir kishi bordur, agar ul iymon keltirar bo‘lsa, u chog‘da bu ishga hech kim qarshilik qila olmas edi. U ham bo‘lsa Sa’d ibn Mu’ozdur, — dedi. Bu kishi esa Usayd ibn Xuzayrni oldinroq yuborib, o‘zi qolib, xabar kutmoqda edi. Yuborgan yo‘ldoshi yo‘l topganligini onglab, achchig‘i ila alar ustiga keldi. Biroz o‘tirib, achchig‘i bosilgandin so‘ngra Mus’ab bir necha oyat Qur’on o‘qib, Alloh amrini unga anglatdi. Tavfiq yor bo‘lib, bu ham darhol iymon keltirdi. So‘ngra bu kishi o‘z qabilasiga qaytib borib, katta-kichik bari xalqni bir joyga yig‘di. Alarga qarab, so‘radi: «Sizlar meni kim deb bilursiz?» Har tomondin: «Siz bizning raisimiz, sayidimiz» degan tovushlar ko‘tarildi. «Shundog‘ bo‘lsa, bilinglar, men Muhammadga iymon kelturdim, u keltirgan Islom dinini qabul qildim. Bu dinga kirmagan kishilar bilan so‘zlashmakni o‘zimga harom qildim», dedi. Bu so‘zni onglagach butun qabila xalqi: «Sen qaysi dinga kirgan bo‘lsang, biz ham shu dindadurmiz», deb qichqirdilar. Shuning bilan butun shahar ichida Islom nuri kirmagan uy qolmadi. Ikki odam bosh qo‘shgan joyda Islom so‘zi bo‘lur edi. Shunday bo‘lib, birinchi bay’at yili o‘tdi. Kelasi haj mavsumida Madina arablaridin muslim, mushrik aralash hajga bormoqchi bo‘lib, Madinadan ko‘p kishilar chiqdi. Ular ichida din o‘rgatish uchun Makkadin borgan Mus’ab ibn Umayr ham bor edi. Hammalari Makkaga keldilar. O‘tgan yili bay’at bergan mo’minlardin bir nechalari maxfiy ravishda Payg‘ambarimiz bilan ko‘rishdilar va: «Yo Rasulalloh, Madina shahrida Islom dini kirmagan uy qolmadi, siz bilan ko‘rishmagan ko‘pchilik mo’minlar bilan ikkinchi bay’at berishga keldik» dedilar. Rasululloh bu so‘zni onglab, suyunganlaridan muborak yuzlari yarqirab ketdi. O‘tgan yili bay’at qilgan joylari «Jamratul Aqaba»da shu kechalab ko‘rishmakka va’da berdilar. Bay’at uchun chiqar chog‘larida: «Uyquda yotganlarni uyg‘otmanglar, g‘oyiblarni kutmanglar», deb alarga tanbeh berdilar. Negakim, bu ishlarning barchasi u vaqtning oqimiga qarab, yashirin ravishda ishlanmoqda edi. Quraysh mushriklari agar bu ishdin xabar topsalar, bor kuchlari bilan qarshi turishlarida hech shak-shubha yo‘q edi. Shuning uchun Payg‘ambarimiz: «Dunyodagi eng ulug‘ ishlarni bajarish uchun sir saqlash kerak», dedilar. YOlg‘on, aldov bu ikkovi ersa, Islom shariatida harom qilingan bo‘lsa ham, urush kunlarida o‘rni kelar ekan, dushmanga qarshi qo‘llanishiga ruxsat qildilar. Hatto ba’zi joylarda unga buyurdilar. «Maslahat kutilgan yolg‘on so‘z, fitna chiqargan rost so‘zdin yaxshidur». Payg‘ambarimiz o‘zlari bosh bo‘lib dushmanga qarshi chiqqan safarlari — yigirma yettita edi. Tabuk safaridin boshqa hech birida qaysi tomonga yurishlarini, kimlar ustiga borishlarini ochiq aytmadilar. Balki dushmanni g‘aflatda qoldirish uchun maqsadni yashirib, aksini shuhrat qildilar. Buning ustiga «Al harbu xud’a», ya’ni «urushda hiyla kerak», degan so‘zlari ila Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 59 ummatlariga siyosat sirini anglatdilar. Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Shundoq qilib, Payg‘ambarimiz topshiriqlaricha, kechadin bir hissa o‘tib, el uyquga kirganda, Xudo, payg‘ambar oshiqlari — mo’minlar birlab, ikkilab, yotgan o‘rinlaridin yashirin ravishda chiqdilar. Chunki bularning ichida hali iymonga kelmagan mushriklar ko‘p edi. Bu ishlarni ulardin sir saqlashga buyurilgan edilar. Shuning bilan ilgari-keyin bo‘lib, yetmish uch kishi, tayin topgan o‘ringa yig‘ildilar. Bularning oltmish ikkisi Xazrajdin, qolgani Avsdin edilar. Bulardan boshqa Asmo, Nusayba nomlik ikki ayol kishi ham bor edi. Bular yig‘ilishib, biroz xayol o‘tgandin so‘ngra, Payg‘ambarimiz amakilari Abbos bilan shu joyga keldilar. Amakilari hali dinga kirmagan bo‘lsa ham, bu ishlardin xabardor edi. Og‘asining o‘g‘li Payg‘ambarimizga alarning bergan bay’atlarini, qilgan ahd-paymonlarini aniq bilish uchun kelgan edi. Shuning uchun Abbos so‘z boshlab: — Bu o‘tirgan qarindoshim o‘g‘li Muhammaddur, biz uni bu kungacha qasd qilgan dushmanlaridin asrab keldik, bu haqda har qancha og‘irchiliklar bo‘lsa, ko‘tardik. Endi kelajak kunlarimizda ham eng so‘ngi kuchimiz boricha uni himoyat qilmoqchi bo‘ldik. Biz har qancha qilsak, yana buni ko‘ngli sizlarni suyub, sizlar bilan bo‘lishni tilaydi. Buni yaxshi o‘ylanglar, agar bu ishning uddasidin chiqar bo‘lsanglar, ul chog‘da sizlar bilan bo‘lsin, yo‘q ersa, qavmi qarindoshlik yeri, o‘z ichimizdan qo‘zg‘olmasin, aning hurmati o‘z qavmi oldida bek ulug‘dir, — dedi. Anda bu so‘z javobiga bay’atchilar vakili Xazraj qabilasi sayidlaridin Baro ibn Ma’rur turib: — Allohning oti ila ont eturman, bu o‘ltirganlardan ko‘nglimizda to‘g‘rilikdin, vafodorlikdin o‘zga hech narsa yo‘qdur. Tilimiz, dinimiz birlikda turib, berajak va’damiz shuldurkim, molimiz, jonimizni yo‘lingizda fido qilmoqqa barimiz tayyormiz, — degan edi, qolganlari ham: «Tayyormiz, yo Rasulalloh, o‘zingiz uchun, Rabbingiz uchun nima tilar bo‘lsangiz, bizlar barchamiz shunga va’da berurmiz, tilaganingizcha siz bizdin ahd oling, vafo qilurmiz, dedilar. Anda Payg‘ambarimiz: — Rabbim uchun olur ahdim shulki, yolg‘iz Allohga ibodat qilursiz, aning sherigi yo‘q, yo‘ldoshi, tengdoshi yo‘q deb bilursiz, ammo o‘zim uchun bo‘lsa, men qachon sizlarga borganimda meni dushmanlardin himoya qilishinglarni shart qilurman, o‘z oilangizni qandoq saqlar bo‘lsangiz, meni ham shundoq saqlashinglarga sizlardin ahd olurman, — dedilar. Bularning ichida qabila raislaridin Abul Haysam ibn Tayyixon otliq bir kishi bor edi. Ul turib: — Yo Rasulalloh, Quraysh qabilalari bilan oramizda urush-talash qilmaslikka ahdlarimiz bordur. Biz bugundin boshlab, alar bilan bo‘lgan ahdimizni uzishimiz kerak edi. Biz shundoq qilsak, ish qo‘lga kelgandin so‘ngra, o‘z el-yurtingizni eskarib, bizni tashlab ketmaysizmi? — dedi. Anda Payg‘ambarimiz tabassum bilan anga qarab: — Balki qonimiz, jonimiz bundin so‘ngra sizlar bilan birgadur, — degan ma’noni ifoda qilib, «Addamu, addam al-hadmu, al-had-m» iborasi ila alarni qondirdilar. Mana shu so‘zlar so‘ngida bu muborak ulug‘ bay’at boshlandi. Bu o‘rinda birinchi bay’at bergan kishi — otiga muvofiq — As’ad ibn Zurora edi. Yana bir rivoyatda aytilur. Yuqoridagi so‘zlar o‘tgandin keyin Payg‘ambarimiz bay’at olishga qo‘l cho‘zdilar. Anda As’ad ibn Zurora Rasulullohning qo‘llarini to‘sib turib: — Ey Yasrib (Madinaning ilgarigi oti) ahli, uzoq o‘ylab, cho‘nqur payqab qaranglar, andin so‘ng bu ishga kirishinglar. Allohning haq payg‘ambari deb, biz bu kishiga iymon keltirdik, uni butun dushmanlaridin qo‘riqlashga ahd qilmoqchi bo‘ldik, demak, bu ishimiz butun arab xalqiga qarshi chiqmoqdur. Oqu qora insonlar bariga maydon o‘qimoqdur. Agar bu ish boshlanur ekan, qilichlarimiz qinidin sug‘urilur, urush maydonlarida boshliqlarimiz o‘ldirilib, qonlarimiz to‘kilur. Endi oldimizdagi bu qadar og‘irchiliklarni ko‘tarib, bularga chiday olsangiz, ul chog‘da Rasululloh qo‘lini olsangiz na ulug‘ sharafdur. Agar yuqorigi xatarlardin qo‘rqib, saqlanur ekansiz, u holda bu ishni Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 60 qoldiring, Alloh oldida uzrimiz qabuldur, — dedi. Majlis ahllari bu so‘zlarni onglashlari hamon, har tomondin turib «Ey As’ad, Rasululloh qo‘llarini to‘sma, bu to‘g‘rida har qancha og‘irchiliklar ko‘rsak rozidurmiz, bu yo‘limizdin sira qaytmaymiz», dedilar va «Agar bu yo‘lda yurib, jon bersak, qandoq daraja topgaymiz, yo Rasulalloh?» deb so‘radilar. Anda Payg‘ambarimiz: «Xudo roziligini topib, jannatga kirursiz», deganlarida, barchalari barobar: «Bundoq ersa, rozidurmiz, qo‘lingizni cho‘zing», deyishib, hammalari bay’at berdilar. Ikki xotundan boshqa yetmish uch kishi Payg‘ambarimiz bilan qo‘l tutishgan holda turib, ahd qildilar. Ammo xotunlar bay’ati so‘z bilan bo‘ldi. As’ad ibn Zurora bay’at topshirur chog‘ida: «Birinchi Alloh taologa, ikkinchi yo Rasululloh Sizga rostlik ila so‘z berurman, shundoqki, bu yo‘lda har na bermish va’dalarim, bu haqda qilmish ahdlarimning bariga vafo qilurman. So‘zimning rostligini ish ustida bildirurman. Tanamda jonim boricha sizning yordamingizda bo‘lurman» dedi. Ikkinchi, Nu’mon ibn Horisa aytdi: «Bay’at berurman Allohga va ham aning payg‘ambari sizga, yo Rasulalloh, shu bilankim, Alloh amrini doim olg‘a yurgizurman, har ishda Allohning roziligi ila bo‘lurman». Uchinchi, Sa’d ibn Rabi’: «Mening ahdim birinchi Allohga, ikkinchi — sizga, yo Rasulalloh, shuldurki, har ishda Xudo va Rasul amriga itoat qilurman, butun buyruqlarni jon-dil bilan bajarurman», dedi. Qolganlari ham shunga o‘xshash so‘zlar aytib, bay’at berdilar. Muborak bay’at tamom bo‘lgandin so‘ngra, Payg‘ambarimiz aytdilar: — Muso payg‘ambar o‘z qavmidin o‘n ikki rais saylagan edi. Shunga o‘xshash, men ham sizlardin o‘n ikki boshliq saylaydurman. Nega men saylanmadim, bu saylandi, degan so‘z ko‘ngilga kelmasun. Chunki bu ish birodarim Jabroil alayhissalom ixtiyori ila bo‘lur, deb alardin o‘n ikki kishini rais qildilar. Bularning to‘qqizi Xazrajdin, uchi Avsdin edi. Islomiyat olamida eng avval xizmatga saylanmish o‘n ikki raislar shulardir: 1. Abul Haysam ibn Tayyixon 2. As’ad ibn Zurora 3. Usayd ibn Xuzayr 4. Baro ibn Ma’rur 5. Rofi’ ibn Molik 6. Sa’d ibn Abi Haysama 7. Sa’d ibn Rabi’ 8. Sa’d ibn Uboda 9. Abdulloh ibn Ravoha 10. Abdulloh ibn Amr 11. Uboda ibn Somit 12. Munzir ibn Amr. Payg‘ambarimiz: «Endi sizlardin har bir kishi o‘z qabilasiga kafildur. Iso alayhissalomga havoriylar kafil bo‘lgandek, men ham o‘z qavmimga, ya’ni Makkadin Madinaga hijrat qilib boruvchilarga kafil bo‘lurman», dedilar. Bu joyda Payg‘ambarimiz aytgan havoriylar esa, alar Iso alayhissalomga dastlab iymon keltirguvchi xos shogirdlari edi. Iso payg‘ambar ko‘kka ko‘tarilishi oldida din ishlarini shularga topshirgan edilar. O‘z zamonida Iso alayhissalomning dini shu havoriylar orqalik xalqqa tarqaldi. Qur’oni karimda YOsin surasining boshrog‘ida, Saf surasining oxirida bularning qissalari bayon qilinmushdir. Iso alayhissalomning tarjimai hollari va Injil kitobi shular tomonidan yozilmishdur. Yuhanno, Matto nomli Injil yozuvchilari shulardin edi. Yana o‘z so‘zimizga kelsak, endi, bu muborak bay’atni shu yo‘sinda qilib o‘tkazdilar. Bunda hozir bo‘lgan baxt-saodatlik odamlarning ko‘ngillarida iymon chirog‘i yonib, botinlari aning nuriga to‘ldi. Butun vujudlari ila haqiqatga berildilar. Xudo va Rasuli Xudoning ishqi muhabbati alarda jo‘sh urdi. Muhabbat mayining mastligi bilan ichlaridin Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 61 Abbos ibn Uboda degan kishi: «YO Rasulalloh, ulug‘ Allohning oti bilan qasam qilurman, agar ruxsat qilsangiz, butun Mino ahliga, shu ertalab, qilichimiz ila qarshi chiqaylik», dedi. Anda Rasululloh: «Men hozir bu ishga buyrulmadim, bu ishning vaqti hali yetmadi, har kishi qo‘shxonasiga qaytsun», deb ruxsat qildilar. Yana bir rivoyatda keltiribdur, bu bay’at tamom bo‘lishini ko‘rib, Iblis mal’unning joniga o‘t ketdi. Bu ishga chiday olmay, bir qattiq va achchiq un bilan qichqirib: «Ey Mino xalqi, ko‘ringlar Muhammadnikim, sizlarga urush ochmoqqa yo‘ldoshlari bilan ont ichdi, tutinglar bularni», dedi. Mal’unning bu faryodini butun bay’at qilguvchilar ongladilar. Dushmanlarimiz bu ishdin xabar topgan ekanlar deb, qurollariga yugurdilar. Anda Rasululloh: «Cho‘chimanglar, bu faryod qilguvchi shaytondur. Sizlardin boshqa hech kimsaga buning tovushi eshitilmas. Bu ishga chidab turolmay, qo‘rqqanidan faryod qildi. Ey mal’un, sen uchun endi bo‘shandim, sening qo‘rqqan kunlaring oldingga kelgusidur», deb unga la’nat o‘qidilar. Shuning bilan sahobalarning ko‘ngillari tinchlanib, har qaysilari o‘z qo‘shxonasiga qaytishdi. Shundog‘ bo‘lsa ham odam shaytonlari bu ishdin xabar topishgan ekan, xalq ichida bu so‘z tarqalib qoldi. Quraysh mushriklari buni eshitgan so‘ngida, alarning raislaridan bir nechalari bularga kelib: «Ey Avs, Xazraj, sizning qilmish ishlaringizdin biz xabar topdik. Muhammadni bu yerdin olib ketmakka va bizga qarshi urush ochmoqqa qasam ichganingizni eshitdik. Xudo haqqi, butun arablar ichida sizlar bilan oramiz buzilib, urush chiqqandin yomonroq ko‘rgan narsamiz yo‘q edi», dedilar. Anda bu ishdin xabari yo‘q Avs, Xazraj mushriklari: «Hoy, Quraysh sayidlari, bizda bundog‘ ish bo‘lmagan, bo‘lishi ham mumkin emasdur. Yo‘q ish, yolg‘on so‘z», deyishib, qasam ichishib, alarni qondirdilar. Alarning bu ishdin xabarlari yo‘q bo‘lgani uchun, aytgan so‘zlari to‘g‘ri edi. Chunki bu ishni mo’minlardin boshqa hech kim bilmagan edi. Shuning bilan haj mavsumi ham tamom bo‘lib, Minodin xalq tarqala boshladi. So‘ngra bu so‘zning aniqligi Qurayshga ma’lum bo‘lib, alarning ortidan quvib chiqdilar. Orqada qolgan ikki kishiga yetib, tutmoqchi bo‘lganda, birovi qochib qutuldi, ikkinchisi tutilib qoldi. Bu ikkovi esa o‘sha bay’at tuni saylangan o‘n ikki naqiblardin bo‘lib, biri Sa’d ibn Uboda, ikkinchisi Munzir ibn Amr edi. Sa’d ibn Ubodani tutib olib, qo‘lini bo‘yniga boylab, urib-sudragancha Makka shahriga keltirdilar. Katta-kichik kofirlardin ko‘zi tushganlari bu kishini urib-so‘kib ozor bermoqda edi. Shu orada bir kishi kelib, sekingina: «Quraysh raislaridin kimlarni tanursan? Agar tanishlaring bo‘lsa, shuning otini aytib, qichqirgin», dedi. Jubayr ibn Mut’im bilan Horis ibn Harb, bu ikkovi bilan burundin tanish bo‘lib, aloqasi bor edi. Alarning otini atab qichqirdi. So‘ngra bu so‘zni o‘rgatgan odam u ikkoviga kelib: «Pastki bozorda bir kishi ko‘rdim, xalq tomonidin urilayotibdur, ammo ul kishi to‘xtovsiz ikkovinglarni atab qichqirur. Bu kim ekan deb so‘rasam, Xazrajlardin Sa’d ibn Uboda nomlik kishi emish», dedi. Bu so‘zni anglashlari bilan: «Hoy, ularning bu ishlari yaxshi bo‘lmabdur. Shom tijoratida karvon yurar yo‘limiz Madinadur, yo‘l ustidagi Avs, Xazraj kabi kuchlik qabila ila nechuk dushmanlik qilsa bo‘lur?» deb bu ikkovi oldirashlik (shoshilinch) bilan borib, u mo’min qulni Alloh asrab, mushriklar qo‘lidin qutuldirdilar va ham u sog‘-salomat Madina shahriga keldi. Buni ko‘rgan Madinadagi qavmu qarindoshlari boshliq hamma mo’minlar suyundilar. Shundoq qilib, ansor sahobalari Makkada bay’at o‘tkazib kelishgandin so‘ngra Islom dini Madinada rivojlanishga boshladi. Ba’zi bir mahalla xalqi tamomiy butun oilalari bilan Islomga musharraf bo‘ldilar. Madina xonadonlarida iymon kirmagan uy yo‘q edi. Eski odatni tashlab, undan ajrashni og‘ir olgan cholu kampirlardin boshqa katta-kichik hammalariga Islom ruhi o‘rnashdi. Shuning bilan birga bay’at voqeasidin keyin Makkadagi musulmonlarga mushriklar chidab turolmaslik darajada yangidan-yangi tajovuz qila boshladilar. Alarga turlik ravishda jabr-zulmlar qilmoqqa kirishdilar. Ularga qarshi musulmonlarda sabr qilmoqdin boshqa hech chora yo‘q edi va shu vaqtning holiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling