Tarixi muhammadiy
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- G‘OLIB IBN ABDULLOH CHOPULI
- BANI MURRA QABILASIGA CHOPULI
- MU’TA G‘AZOTI
UMRATUL QAZO VOQEASI Yuqorida yozilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hijratning oltinchi yili Umra ibodatini qilish uchun Madinadan Makkaga borgan edilar. Musulmon kishilarga, qudrati yetsa hajga borish farz, umra qilish sunnatdur. Uch marta umra qilgan bir hajning savobini topgay. Bir kecha Rasululloh tush ko‘rsalar, Makkaga borib sahobalar bilan umra qildilar. Tushlarining to‘g‘ri kelishida shak yo‘q edi. Chunki payg‘ambarlarning tushlari esa vahiy o‘rnida bo‘lur. Lekin qaysi yilda bo‘lishini bilmadilar. Shu yili bo‘lg‘aymu deb, umid bilan Rasululloh boshliq bir ming to‘rt yuz kishi Madinadan chiqqan edilar. Makkaga kelsalar, Quraysh mushriklari bu ishga to‘sqinlik qilishib, Baytullohni ziyorat qilishga yo‘l qo‘ymadilar. Ikki orada uzoq tortishishlar bo‘lgandan so‘ngra, besh moddalik shartnoma tuzib, Hudaybiya sulhi qilinmish edi. Aning birinchi sharti ersa, kelasi yili Rasululloh shu kishilari bilan Makkaga kelib, bu yili qilolmagan umraning qazosini qilg‘aylar. Musulmonlar shahar ichiga ziyorat uchun kirganlarida Makka mushriklari uch kungacha shahar tashqarisida turgaylar. Mana shu sulhnoma bo‘yicha bir yil o‘tgandan keyin oldingi yili umraga borishgan bir ming to‘rt yuz kishi bilan Makkaga qarab yo‘lga chiqdilar. O‘tgan yili bormagan odamlardan ham qo‘shilib askar soni ikki mingga yetdi. Bular ichida yuz kishilik Bashir ibn Sa’d qo‘mondasida otliq askar ham bor edi. Sulhnomada qurol ko‘tarmaslik shart qilingan bo‘lsa ham, askar uchun kerakli qurollarini birga olmoqqa buyurdilar. — Shartimizga ko‘ra, Makka shahrining ichiga kirganimizda yolg‘iz qilichdan boshqa qurol ko‘tarmaymiz. Soqliq yuzasidan boshqa qolgan yaroq-jabduqlarimizni shahar tashqarisida qoldiraylik. Askarlarimizning bir bo‘lugi uni saqlab tursinlar. Agarda dushman tomonidan biror turlik xiyonat sezilar ersa, u chog‘da ani ishga yaratqaymiz, — dedilar. Rasulullohning bu qilgan ishlari barcha ummatlariga, ayniqsa, askar boshchilariga katta ibrat bo‘lib, urush kunlarida qanchalik soq bo‘lishi kerak ekanligini bildirdi. Chunki Rasululloh shu payg‘ambarlik davri — yigirma uch yil ichida aytgan so‘zlari, amal qilgan ishlari ersa butun ummatlar uchun ikki dunYo davlatini topish yo‘llarini o‘rgatish edi. Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 215 Shuning uchun Xudo Qur’onda aytgandur: «Laqod kana lakum fi rasulillahi usvatun hasanatun», ya’ni, «Rasulullohning aytgan so‘zlari, qilgan ishlarida musulmonlarga yaxshilikka ulgu bo‘lg‘udek ko‘p foyda bordur». Bundan boshqa ham shu mazmunda kelgan oyatlar Qur’onda ko‘pdir. Agar, biz musulmonlar, shu yo‘lda kelgan oyat, hadislarning birortasiga amal qilgan bo‘lsak edik, bugungi kunda islomiy, insoniy haqlarimizdan mundog‘ ajrab qolmas edik. Endi nima chora qilgali bo‘lur, ish vaqtidan o‘tdi. Qachonlardan beri yig‘ilib yotgan yozuqlarimiz endi boshimizga yetdi. Allohning ulug‘ qudratidan o‘zgaga umid etarlik o‘rin qolmadi. Yo‘q esa Islomdek dini bor, Haq yuborgan Muhammad alayhissalomdek payg‘ambari bor, ko‘kdan tushgan Qur’ondek kitobi bor bir millat hech qachon bunday xor-zorlikka qolishi mumkin emasdur. Chunki Alloh aytmishdur: «Innalloha la yug‘ayyiru ma biqavmin xamma yug‘oyyiru ma bianfusihim» Ma’nosi: «Alloh taolo bir qavmga bergan ne’matni o‘zgartirmaydi, qachonki, u ne’matning shukrini qilmasalar, aning qadriga yetib yaxshi kutmasalar, ul chog‘da ne’matdan ajragaylar, davlatlari qo‘llaridan ketgay». Bu oyatning mazmunicha, o‘zimizdan o‘tmagan bo‘lsa edi, hech qachon vatanimiz, davlatimiz qo‘limizdan ketmas edi. Bu qayg‘ulik qissani gapirish bu joyga sig‘maganlikdan, yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu safarga chiqar chog‘larida Madina masjidining eshigida turib, o‘tgan yili qazo bo‘lgan umra niyati bilan ehrom bog‘ladilar. Musulmonlar haj yoki umra qilmoqchi bo‘lsalar ehrom bog‘lagaylar, ya’ni ko‘ylak, tanbol o‘rnida ikki lo‘ngini birisini beldan tubanga bog‘lab, yana birisini orqa yelkaga tashlab turib haj yoki umra qilmoq uchun niyat qiladilar. Shu chog‘da «Labbayka» qichqirish shartdur. Rasululloh ehrom bog‘laganlarida sahobalar ham Payg‘ambarimizga ergashib barchalari «Labbayka» aytishdilar. Madinadan bir manzil yurib Zulxulayfa degan joyga kelganda, qorovullik qilib otliq askar olg‘a yursin, deb buyurdilar. Makka shahri yaqinida Marri- zahron degan bir joy bo‘lib, qorovul askarlari shu yerga yetganlarida, Quraysh ahlidan bir qancha kishilar bularga qarshi chiqdilar. Bu xilda saylangan qurollik otliq askar kelishini ko‘rib, ularga qo‘rqinchlik tushdi. Tezlikda qaytishib, bu ishdan Qurayshga xabar berdilar. Alar ersa, o‘z raislaridan Mikraz ibn Hafsni boshchi qilib bir necha kishini Rasulullohga yubordilar. Bular Batnu Ya’juj degan joyga kelishganda Rasulullohga yo‘liqib: Ey Muhammad, kichikligingdan beri shu yoshga yetguncha hech bir xiyonat ishini sendan ko‘rmagan edik. Endi bu qandoq ishdur, o‘rtamizdagi ahdnomamiz qarshi ustimizga qurollik askar keltirmishsan? — deyishdi. Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: — Ey Mikraz, Quraysh ustiga qurol ko‘tarib kirmagaymiz. O‘shal sulhnomada qanday shartlar qo‘yilmish bo‘lsa, albatta, unga rioya qilgaymiz, — dedilar. So‘ngra Rasululloh o‘zlari Marri-Zahron manziliga tushib, yaroq-jabduqlar ustiga Avs ibn Xavloni boshchi qilib ikki yuz kishi qo‘ydilar. Shu bilan har ikki tomon ham bir-birlariga ishonishib qoldi. Sulhnoma bo‘yicha Quraysh xalqi shaharni bo‘shatib uch kungacha o‘zlari tashqarida turishlari shart edi. Shunga binoan mushriklar Makkani bo‘shatib, shahar tashqarisiga chiqishib turdilar. Lekin Islomning shon-shavkatini ko‘rishga ko‘zlari yo‘q edi. Dushmanlarimiz Baytullohni tavof qilishib yurganlarida, unga qarab turib qanday chidar ekanmiz, deyishdi. Shahar bo‘shagani xabari Rasulullohga yetgach, Qasvo nomli tuyalarini minib, butun sahobalar atroflarini qurshagan holda Makkaga kirdilar. Jilovlarida Abdulloh ibn Ravoha, oldi-orqalarini o‘ragan askarlar ushbu oyatni qichqirishib o‘qishar edi: «La ilaha illallohu vahdahu, sadaqo va’dahu va nasaro abdahu va a’azza jundahu va hazamal ahzoba vahdahu». Ma’nosi: «Bir Allohdan o‘zga Yaratguvchi yo‘qdur. Va’dasini chinga chiqardi. Quli Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 216 Muhammadga yordam berdi. Aning askarini aziz qildi. Ahzob urushida ko‘p askarni yolg‘iz o‘zi yengdi». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shahar ichiga kirganlarida Makka mushriklari Qaynuqo’ tog‘i ustida qarab turishgan edi. Mushriklar o‘zaro gapirishar edi: «Madina xalqining kuchlari ko‘p yo‘qdur. Chunki ular bezgak, isitma bo‘lgan kishilardur. Bugun Baytullohni shunday odamlar kelib tavof qilishdilar, qarab turaylik». Bu so‘zni Rasululloh angladilar ersa aytdilarkim: «Mo’minlar Baytullohni tavof qilib aylanganlarida bahodirlardek yelib-yugurib aylansinlar. Shu uchunkim, alarning ko‘zlariga askarlarimiz kuchlik, haybatlik bo‘lib ko‘ringay». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Baytullohni tavof qilish oldida ridolarini ostidan olib o‘ng qo‘llarini yelkalari bilan ochiq qo‘ydilar. Buni ko‘rib barcha sahobalar ham shundoq qilishib, Rasululloh aytganlaridek, bahodirona yurishib Baytullohni tavof qilishga turdilar. Tog‘ boshida qarashib turgan mushriklar musulmonlarning tavof qilishidagi bahodirona yurishlarini ko‘rishib, ko‘ngillariga vahima tushdi. Sahobalarni dastlab ko‘rganlarida bularni Madina bezgagi qonlarini so‘rib, kuch-quvvatlarini qo‘ymagan, deyishgan edi. Baytullohni bu xildagi tavof qilganlarini ko‘rishgach, ul o‘ylaganlari puchga chiqdi. Mana shundan boshlab hajga borgan kishilarga Ka’bani birinchi tavof qilishlarida uch marta aylanganlaricha bahodirona yurishlari sunnat bo‘lib qoldi. Islomning besh asosidan bittasi hajga borishdir. Boy kishilarga umri ichida bir marta haj qilish farz bo‘ldi. Boshqalar esa borishga ixtiyorlidurlar. Sharoiti bo‘laturib qudrati yetgan kishilar uzrsiz umri ichida haj qilmay qolsalar, Rasulullohning marhamat qilishlaricha, unday odamlar islomiyatdan tashqari qolgaylar. Qirq besh yildan beri biz Turkiston musulmonlari asorat ostida qolib, o‘z vatanimizda g‘arib bo‘lganligimizdan bu ulug‘ diniy vazifamizni bajarolmay kelamiz. Ilm, fan kundan-kunga ko‘tarilib, madaniyat eng o‘sgan davr hisoblangan XX asrda inson olamining bir tomoni ongsizlik davrining natijasi bo‘lgan mustamlakachilar asoratidan qutilayotgan bo‘lsalar, ikkinchi tomondan onglik vahshiylar changali ostida ezilib, qayta boshdin qullik davriga kirmoqdadur. Buning sababi, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom aytganlaridek, bu olamning hayoti tubsiz dengiz ustida qalqib yurgan kemadagi xalq kabidur. Kema ahllari esa uning qaysi qavatida o‘ltirgan bo‘lishiga qaramay, «kemaga tushganlarning joni bir» degandek, kemaning qay yeri zararlangan bo‘lsa, uni tuzatib turishlari albatta zarur. Agar unday qilmay, har kim o‘zi o‘ltirgan qavatigagina qarab, shunigina nazarga olsalar, boshqa qavatlarining buzilib teshilishi bilan ishlari bo‘lmasa, bunday teshilgan kema ichida o‘ltirgan kishilar, qaysi qavatida bo‘lishdan qat’i nazar, bir kuni halok bo‘lmasdan qolmaydilar. Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makka shahri ichida uch kun turib, xavf-xatarsiz ibodat marosimlarini o‘tkazdilar. O‘tgan yili ko‘rgan tushlari ersa to‘g‘ri chiqib, Xudo tarafidan kelgan vahiy ekanligiga gumon qolmadi. Bu muddat o‘tgandan keyin shahar tashqarisida turgan Quraysh mushriklari Amr ibn Suhaylni yuborib, Makkadan chiqib ketishlarini so‘radilar. Shartnomaga muvofiq Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalar bilan shul kuni Makkadan chiqdilar. Hazrati Hamzaning Amoma degan sag‘ir qizlari Makkada qolgan edi. Rasululloh Makkadan chiqayotganlarini ko‘rib, orqalaridan ergashib yig‘lagani turdi. Hazrati Ali buni ko‘rib: — O‘z amakim qizini mushriklar ichida yetim qoldirib, nechun tashlab ketgayman? — dedi va darhol ul qizni ko‘tarib oldi. Kajava ichida o‘ltirgan Payg‘ambarimizning qizlari hazrati Fotimaga: — Ol buni, amakingning qizidur, boqib olgaymiz,— deb topshirdilar. Shu bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkadan chiqqanlaricha sog‘-salomat Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 217 Madinaga keldilar. So‘ngra Hazrati Ali, akalari Ja’far, Payg‘ambarimizning asrandi o‘g‘illari Zayd ibn Horisa — bu uchovlari o‘rtasida qiz ustida talash paydo bo‘ldi. Da’volashib Payg‘ambarimizning oldilariga keldilar. Hazrati Ali aytdi: — Yo Rasulalloh, bu qizga hammadan men haqliman, amakim Hamzaning qizidur, yana Makkadan bu qizni men o‘zim keltirdim, — deb aytdi. Zayd ibn Horisa turib: — Yo Rasulalloh, bu qizga men haqliman, chunki bu mening do‘stim va din qarindoshim qizidur. Men aning vasiysi erurman, menga topshiring, o‘zim tarbiyat qilurman, — dedi. Anda Ja’far aytdi: — Yo Rasulalloh, bu qizga ikkovidan ham men yaqinroq erurman. Hamza ibn Abdulmutallib menga ham amaki bo‘lur, buning ustiga, bu qizning xolasi mening nikohimdadur — dedi. So‘ngra Rasululloh qizni Ja’farga hukm qilib aytdilar: — Kishining xolasi o‘z onasidek mehribondur. Shuning uchun shariat hukmida o‘g‘il-qiz yetim bolalarni boqishga ota qarindoshlari qolib, ona qarindoshlari haqlik bo‘ldi. Shu bilan qizning janjali tamom bo‘lgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hazrati Aliga qarab: — Ey Ali, sen mendan erursan, men sendan erurman, — dedilar. So‘ngra hazrati Ja’farga boqib: — O‘zing ham, xulqing ham menga o‘xshaydi, — dedilar. Keyin Zayd ibn Horisaga qarab: — Sen bizning ukamiz va do‘stimizsan, — dedilar. Bundan maqsadlari bularning ko‘ngillarini ovlab, ruhlarini ko‘tarish edi. Rasulullohning bunday ulug‘ iltifotli so‘zlarini anglab, bek suyunib ketdilar. Haqiqatda uchovlaridek yaqin jonfido kishi yo‘q edi. Shu bilan hijratdan yetti yil o‘tib, sakkizinchi yil kirdi. G‘OLIB IBN ABDULLOH CHOPULI Shu yilning Safar oyida G‘olib ibn Abdullohni bosh qilib Banil Mulavvih qabilasi ustiga askar yubordilar. Madinadan chiqib Kadid degan joyga kelganlarida Islomga qarshi qabila raislaridan Horis ibn Molik degan kishi yo‘liqib qolib, uni asir oldilar. Bu kishi ersa Rasulullohning eng qattiq dushmanlaridan edi. Qo‘lga tushgandan so‘ng o‘zini qutqarish uchun: «Musulmon bo‘lish niyati bilan Rasulullohni ziyorat qilgani chiqqan edim» dedi. Anda G‘olib ibn Abdulloh aytdi: — Agar bu so‘zing rost bo‘lsa, biror kun bizga bandi bo‘lib turar ersang, senga hech zarari yo‘qdur, balki savob topgaysan. Agar bu so‘z bilan joningni qutqazmoqchi bo‘lsang, qo‘limizda tutqun turishing biz uchun yaxshiroqdur, — dedi. So‘ngra uning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, ustiga bir kishini qorovul qo‘yib: «Agar qarshilik qilar ekan, boshini kesgil», deb buyurdi. Shunday qilib yurib o‘ltirib bir toqqa kelib yetdilar. Shu tog‘ni oshib o‘tsalar, dushman ustiga tushilur edi. Tog‘ tubida to‘xtashib, Jundub ibn Makis degan kishini dushmandan xabar olib kelmakka yubordilar. Bu kishi ersa kechki paytda dushman ishini payqamoq uchun tog‘ ustiga chiqib, qorni bilan uzala tushib yotdi. Shu chog‘da dushmanlarning birovi chodiridan chiqib kelib edi, ko‘zi tog‘ ustiga tushdi. Anda xotinini chaqirib: — Tog‘ boshida kishi qorasi ko‘rinur. Bunday narsa ertalab yo‘q edi. Idish-oyoq degan narsalaringni yo‘qlab ko‘rgilchi yana itlar sudrab ketib tog‘ ustiga chiqarib tashlagan Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 218 bo‘lsa, ko‘ringan narsa o‘shal bo‘lgay, — dedi. Xotini qarasa uy ichida hech narsa yo‘qolmabdur. Anda xotinning eri: — Bu ko‘ringan narsa kishi bo‘lg‘ay, mening ikki o‘q bilan sadog‘imni keltur-chi, — dedi. Xotin o‘q-yoyini keltirib edi, qorani ko‘zlab nishonga otdi. Otgan o‘qi adashmay to‘g‘ri kelib, yotgan kishiga bo‘yni aralash tegdi. Lekin bu odam erlik qilib qimirlasam bilib qolmasun deb, joyidan qo‘zg‘olmadi. So‘ngra ortidan yana bir o‘q uzdi, bunisi ham adashmay kelib ikki yelka orasiga qadaldi. So‘ngra u xotiniga qarab: — Bu ikki o‘q bilan poylagan joyimni xato qilmay urdim, bu ko‘ringan narsa agar jonlik bo‘lganda, qimirlagan bo‘lur edi. Men dushman josusimi deb o‘ylagan edim, unday emas ekan. Ertalab turganingda bu otgan o‘qlarimni keltirib qo‘ygil, it g‘ajilab qo‘ymasin, — deb chodirga kirib yotdi. Islom tingchisi tun qorong‘usida yaralarini bog‘lab, askar ustiga keldi. Bo‘lgan ishni alarga bildirib edi, barchalari undan rozi bo‘ldilar. Shu bilan dushmanlarni g‘aflatga bostirib qo‘yib, sahar vaqti yetganda birdaniga ular ustiga hujum qildilar. Qarshilik ko‘rsatganlari o‘ldirildi, qolganlari esa har yoqqa tarqalib qochishdi. Borlik mol- hayvonlarini o‘ljaga olib yo‘lga tushdilar. Tarqoq yotgan qabila xalqi buni anglashgandan so‘ngra yig‘ilishib orqalaridan quvishib chiqdilar. Ularning soni esa musulmonlardan bir necha barobar ortiq edi. Ikki askar bir-birlariga yaqinlashib keldilar. O‘rtada bir soy qolmish edi. Shu payt havo buzildi, qattiq jala quyib, sel yog‘ib, soy suvga to‘ldi. Shu bilan sel haybatidan dushmanlar suvni kechib o‘tishga jur’at qilolmadilar. Musulmonlar o‘lja mollarini haydashganicha sog‘-salomat Madinaga kirib keldilar. Askar boshlig‘i G‘olib ibn Abdullohni bu safarda qilgan xizmati Rasulullohga ko‘p yoqmish edi. Urush ishlarida uning ko‘rsatgan ustaligini Rasulullohga maqtadilar. Buni anglagach, uni ikki yuz kishiga boshliq qilib, Bani Murra qabilasiga hujum qilishga buyurdilar. BANI MURRA QABILASIGA CHOPULI Bu qabiladan qasos olmoqqa musulmonlar juda xumor edilar. Chunki bundan ilgariroq Bashir ibn Sa’d qo‘l ostida yuborilgan o‘ttiz kishilik askarni shular o‘ldirmish edilar. Bularning yerlari Xaybar shahriga yaqin bo‘lib, Madinadan besh-olti kunlik yo‘l edi. Islom askari dushman yeriga yaqinlashib kelgan vaqtida, G‘olib ibn Abdulloh askarga qarata bir va’z so‘zladi: — Ey mo’minlar, birinchi so‘zim shulki, Alloh amrini mahkam ushlanglar. Ikkinchi so‘zim ersa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu safarda sizlarga meni amir qilib sayladilar. Har ishda menga itoat qilinglar. Chunki askarlari itoatda bo‘lmagan amir aqlidan adashgay. Urush ishida yo‘lini topa olmagay, — dedi. So‘ngra askarni ikki-ikkidan qilib, bir-biriga yo‘ldosh qildi. Hech kim o‘z yo‘ldoshidan ajralmasin, deb buyurdi. Askarni shu yo‘sinda yasagandan keyin kelishib dushmanni qurshadilar. Amirlari G‘olib ibn Abdulloh takbir boshlab, shu barobar butun askar takbir sadosi bilan dushman ustiga hujum qildilar. Natijada dushman askaridan bir kishi ham qochib qutula olmay, hammalari qilichdan o‘tkazildi. Butun mol-chorvalarini o‘ljaga olishib, Madinaga salomat keldilar. MU’TA G‘AZOTI Buning sababi ersa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Shom viloyatidagi Busro shahrining hokimi Horis ibn Abu Shumurga noma yozdilar. Bu kishi ersa, Shom podshosi Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 219 Qaysar tarafidan qo‘yilgan Shom o‘lkasining amiri edi. Bunga yozgan nomani Rasululloh sahobalardan Horis ibn Umayga topshirdilar. U nomani Umay olib yo‘lga tushdi. Rumga qarashlik Mu’ta degan joyga kelganda Shurahbil ibn Amr degan G‘asson qabilasining raisi u kishiga yo‘liqib qoldi. Uni ko‘rgach: — Kim bo‘lursan, qayon borursan? — deb so‘radi. Ul: — Shomga borurman, — deb javob berdi. Anda ul aytdi: — Qurayshdan chiqqan, payg‘ambarlik da’vosini qilgan Muhammad elchisi bo‘lmag‘aysan? — dedi. — To‘g‘ri aytding, shu kishining Busro hokimiga yuborgan elchisi erurman, — dedi Horis ibn Umay. Bu so‘zni anglashi bilan askariga buyurib, qo‘l-oyog‘ini bog‘ladilar. Elchiga o‘lim yo‘q edi, shundoq bo‘lsa ham bu kishini o‘ldirib, shahid qildilar. Har tomonga yuborilgan Rasululloh elchilaridan bundan boshqa hech kishi o‘ldirilmadi. Bu xabarni anglab, Rasululloh g‘amgin bo‘ldilar. Ularga jihod qilish uchun askar yig‘ilsin, deb buyurdilar. Uch mingdan ortiq askar yig‘ilmish edi. Asrandi o‘g‘illari Zayd ibn Horisani ularga amir qildilar. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: — Agar Zayd shahid bo‘lsa, uning o‘rniga Ja’far ibn Abu Tolib amir bo‘lsin. Agar u ham shahid bo‘lsa, o‘rniga Abdulloh ibn Ravoha qo‘yilsin. Agar unga ham o‘lim musibati yetsa, askarlar o‘rtalaridan xohlagan kishini askarboshi qilib saylab olsinlar, — dedilar. Shu bilan Rasululloh boshliq hamma sahobalar askarni uzatgali yo‘lga chiqishdi. Boshliqlari bilan xalq ko‘rishib, ularning zafarlari uchun duo qildilar. Shu chog‘da uchinchi amir Abdulloh ibn Ravoha yig‘lagani turdi. Buning sababi nimadur, deb andin so‘radilar. Anda ul aytdi: «Alloh taolo oti bilan ont qilurman, dunYo tirikligiga qiziqish mening ko‘nglimda yo‘qdur. YOki el-yurtimdan ajraganim uchun yig‘lasam, bu ish men uchun ulug‘ nomusdir. Buning sababi ersa, bir kuni Rasululloh ushbu oyatni o‘qidilar: «Va in minkum illa variduha kana ala robbika hatmam maqdiyya». Ma’nosi: «Qiyomat kunida Sirot ko‘prigiga tushmagan va undan o‘tmagan hech kim yo‘qdur. Buning ustidan o‘tkazishni Alloh taolo o‘ziga lozim qilmishdur». Shu oyat esimga tushdi. Men bilmasman, u joyga kirganimdan so‘ngra, undan salomat chiqmog‘im qanday bo‘lgay, shu uchun yig‘ladim». So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu askarlarni uzatib Saniyyatul Vado’ degan joyga yetganda to‘xtadilar. Anda askar amirlariga qarab: — Sizlarga eng so‘nggi qilar vasiyatim shuldurki, har ishda Alloh amrini bek ushlanglar, din yo‘lida taqvolik bo‘linglar, askar haqida mehribonlik qilinglar, qilgan g‘azotinglar Xudo uchun bo‘lsin. Rizqni Allohdan yeb turib, har turli noz-ne’matlarni undan ko‘raturib, yana andin yuz o‘girgan kofirlarga qarshi urushinglar. Lekin hech ishda xiyonat qilmanglar, o‘lja tushgan mollardan yashirincha olmanglar, urush kunlarida dushman yerlarida ularning yosh bolalarini, xotunlarini, qari kishilarini, xalqqa aralashmay o‘z dinida ibodat qilib yotgan so‘fiylarni o‘ldiruvchi bo‘lmanglar. Zarurat bo‘lmagan holda uy- imoratlarini buzmanglar, bog‘u bo‘stonlaridagi yemishlik daraxtlarni kesmanglar. Menim vasiyatim shuldur, — dedilar. Shuning bilan askarlar Payg‘ambarimiz bilan vidolashib, Madinadan Shom viloyatiga qarab jo‘nadilar. Besh kun yurib, Vodil Quro degan joyga yetganlarida angladilarkim, Rasulullohning noma ko‘targan elchisini o‘ldirgan Shurahbil ibn Amr nurg‘un askar tayyor qilmishdur. Va bu xabarning ustiga dushmanning ellik kishilik orovul firqasi Islom askarining orovul bo‘lugi bilan to‘qnashib qoldilar. Dushman orovul boshlig‘i yuqorigi elchi o‘ldirgan Shurahbilning ukasi Sadus ibn Amr edi. Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 220 Bu orovullar urushida dushman boshlig‘i o‘ldirilib, qolgan askari tarqalib qochdilar. U yerdan yurganlaricha Mi’on degan joyga yetishdi. Bu yer esa, Shom tuprog‘i hisoblanur edi. Bunda turganlarida tingchilar xabar keltirdilarkim, Rum podshosi Hirakl Qaysar yuz ming askar olib Balqo shahriga kelmishdur. Shurahbilga qarashlik Shom yeridagi nasoro arab qabilalaridan yana yuz ming kishi kelib ularga qo‘shildilar. Bu xabarni sahobalar angladilar ersa, aniqlagandan so‘ng shu yerda to‘xtashib maslahat qildilar. Bir qanchalarining maslahatlaricha, Rasulullohga bu to‘g‘rida xat yozib, javob kelguncha kutib turmoqchi bo‘ldilar. Chunki ikki yuz ming askarga uch ming kishining qarshi turishi hech mumkin emas edi. Alar: «Rasulullohga dushman ko‘pligidan xabar qilur bo‘lsak, ortimizdan bizga yordam askar yuborgaylar yoki Alloh amrini bildirur ersa, na bo‘lsa shuni qilgaymiz», dedilar. Anda uchinchi amir Abdulloh ibn Ravoha askar ruhini ko‘tarib alarga tashviqot qilib: — Ey mo’minlar! Biz uchun oldimizda hech qandoq qo‘rqinchlik ish yo‘qdir. Chunki bizlar dushmanlarimiz bilan o‘z kuch-quvvatimizga suyanib urushmaymiz. Haqiqatda ersa ishonganimiz Allohdur. Xudo yo‘lida shahodat izlab, o‘lish uchun chiqdik. Nima bo‘lsa ham olg‘a yuraylik, biz uchun ikki yaxshilikning biri bo‘lg‘usidir. Yo g‘alaba qozongaymiz, yoki shahodat topgaymiz. Bular ersa, bizning eng so‘nggi tilagimizdur, — dedi. Bu so‘zni eshitgan askarlar yig‘lashib: — Bu kishi to‘g‘ri aytadi. Oldimizda ikki yaxshilik bordur, qaysi biri bo‘lsa ham bizning suyganimizdur, — deyishib takbir sadosi bilan yo‘lga tushdilar. Shu yurganlaricha Shom tuprog‘idagi Balqo shahrining chegarasiga yetganlarida ilgari eshitgan ko‘p sonlik dushman askarining qorasi yiroqdan ko‘rina boshladi. Bular ersa mumkin qadar shon-shavkat, kuch-quvvatga ega bo‘lgan edilar. Yaroq-jabduq, ot- uloqlari o‘z zamonlaricha to‘liqlangan edi. Bayroqlari oltin-kumush va har turlik qimmat narsalar bilan bezalmish edi. Dushman ko‘zini qamashtirmoq, ularga haybatlik bo‘lib ko‘rinmoq uchun askar boshchilari har turlik ziynat qilinmish ipak to‘nlar kiygan edilar. Bunchalik saltanatga ega bo‘lgan ikki yuz ming dushman qo‘shiniga qarshi uch ming sahobalar urush qilmoqlari odatdan tashqari, ishonmaslik darajada kishi hayron qolg‘udek bir ishdur. Lekin bu voqeaning qo‘shimchasi yo‘q haqiqat bo‘lganlikdan bir necha mo’tabar tarix, hadis kitoblarda ham yozilmishdur. Bu ersa Rasulullohdan tarbiyat topgan sahobalar iymon yo‘lida qanday ulug‘ darajaga yetganliklarini isbotlaydi. Allohning aytgan va’dasiga chinakam ishonganliklari uchun bu ulug‘ jur’atni qilmishdirlar, chunki Qur’onda Alloh taolo mo’minlarga bu oyatlar bilan va’da bermish edi: «Inna lanansuru rusulana val-lazina amanu». Ya’ni, «Biz yuborgan payg‘ambarimizga va iymon keltirgan mo‘min bandalarimizga albatta yordam beramiz», demakdur. «Va inna jundana lahumul g‘olibuna». Ya’ni, «Bizning askarlarimiz dushmanlariga albatta g‘olibdurlar, urushlarda doim yenggaylar», demakdur. «Va kana haqqan alayna nasrul muminiyna». Ya’ni: «Mo’minlarga yordam berish bizga lozimdur», demakdir. Urush kunlari Alloh taoloning mo’min bandalariga yordam berishi albatta aniqdur. Bunga shak keltirish, Qur’onga shak qilish, demakdir. Lekin har davrning o‘ziga yarasha qurol- jabduqlariga musulmonlarning ega bo‘lishlari shartdir. Chunki Alloh taolo Qur’onda aytgan: «Va a’iddu lahum mastata’tum min quvvatin». Ya’ni, «Qo‘linglardan kelganicha, imkoniyat boricha dushmanlarga qarshi kuch, qurol tayyorlanglar», demakdur. Allohning bu qilgan buyrug‘ini bajarishgandan so‘ngra, agar mo’minlar Allohdan nusrat so‘rar ekanlar, albatta, Allohning yordam berishi shaksizdur. Islom davrlarida musulmonlardan ming kishi tuman kishiga, bulardan tuman kishi boshqalardan son ming |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling