Tarixi muhammadiy
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- QURAYSH BAHODIRLARIDAN UCH KISHINING IYMON KELTIRISHLARI
www.ziyouz.com kutubxonasi 208 ularga ikki-uch dona pichoq ham keltirib berdi. Alar ishdan qaytgach, Xaybar tashqarisiga chiqib yonroq joyda Mithar ibn Nofe’ga hujum qildilar. Quroli qo‘lida bo‘lmagach, yolg‘iz o‘zini mudofaa qilolmadi. Besh-o‘n joyiga pichoq urishib, ani shahid qilishdilar. Mundan boshqa Rasululloh zamonlarida ham bir necha martaba bu yahudlardan yashirincha xiyonatlar bo‘lgan edi. Mana shu sabablar bo‘lib, Hazrati Umar xalifalik davrlarida bari yahudlarni arab tuprog‘idan chiqarmoqqa qaror qildi. Barcha Ansor, Muhojir sahobalarning fikrlari ham shul edi. Xaybar yahudlari bu xabarni eshitdilar ersa, raislaridan biri Hazrati Umar oldiga kelib: — YO amiral mo‘minin, bizlarni Xaybar tuprog‘idan qandoq chiqara olursiz? Payg‘ambaringiz Muhammad alayhissalom Xaybar yerining yarmi hosilotini berish sharti bilan bu yerni bizga topshirgan edi. Endi siz bu joydan bizlarni chiqarur bo‘lsangiz, Payg‘ambaringiz Muhammad yo‘lini buzg‘on bo‘lursiz, — dedi. Anda Hazrati Umar: — Agar senlarni arab tuprog‘idan chiqarur ersam, Rasululloh amrini bajargan bo‘lurman. Sening haqingda aytgan so‘zlari hali menim yodimdan chiqqani yo‘q. U so‘z ersa, sening ham yodingda bor bo‘lg‘ay. Rasululloh senga: «Ey faloniy, bir kun kelur, Xaybardan chiqarilg‘aysan, yuklik tuyangni yetaklab Shom sahrosida kunlab-tunlab yurgan chog‘ingda holing nechuk bo‘lg‘ay?» degan edilar. Mana Rasululloh aytgan o‘shal so‘zning vaqti endi keldi, — deb butun yahudlarni Xaybardan haydab chiqarishga buyurdi. Alardan qolgan mol-dunyolarni bo‘lsa, xolis baholab qiymatini berdilar. Alarning ba’zilari Taymoga, qolganlari Shom tuprog‘idagi Ariho degan yerga ketdilar. Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yahudlar haqida aytgan edilar: «Arab tuprog‘ida ikki din birgalashib turolmaydi». Bundin maqsad, yolg‘iz Islom dini yashaydi, demakdir. Mana bu hadis mazmunicha arab tuprog‘ida borliq yahud va nasorolarni qolgan joylardan ham chiqarmoqqa hukm qildi. U zamondan boshlab arab o‘lkasida Islom dinidan o‘zga din qolmadi. Bu Xaybar g‘azotida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sahobalar bir necha mo‘jiza ko‘rdilar. Shu urushda sahoba bahodirlaridan Salama ibn Akva’ga kattiq zarba yetdi. Uning hayotidan barchalari umid uzdilar. Ul ersa jon achchig‘i bilan o‘zini Rasulullohga yetkazdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aning jarohatiga uch qayta tupurdilar. Muborak nafaslari tegishi bilan jarohat ko‘rmagandek bo‘lib, u sog‘lom bo‘lib ketdi. VODIL QURO VOQEASI Hijratning yettinchi yili Xaybar qal’alarini fath qilib kelayotganlarida Rasululloh Vodil Quro yahudlarini Islomga da’vat qildilar. Agar Islomni qabul qilsalar, yer-suvlari o‘zlariga qolib, mol-jonlari ham omon topgay, deb Rasululloh va’da qilsalar ham, alar urush qilmoqchi bo‘lishdi. Bu urushda o‘n ikki kishilari o‘lgach, omon so‘rashga majbur bo‘ldilar. Bularga omonlik berilgach, Xaybar yahudlariga qilingan kelishuv bo‘lib, yer hosilotining yarmini Rasulullohga topshirish sharti bilan butun yer-suvlari qoldirildi. Bulardan boshqa alarning Madinadan olti kunlik yerda Fadak degan yahudlar qal’asi, sakkiz manzillik joyda Taymo degan bir shaharlari bor edi. Bu joylardagi yahudlar esa Xaybar voqeasini eshitgach, jizya to‘lashga rozi bo‘lishib, o‘z joylarida qolishdi. Fadak yahudlari ersa bunga rozi bo‘lishmay, yer-suvlarini tashlab, xohlagan yoqqa ko‘chib ketish sharti bilan sulh qildilar. Xaybar shahri va uning atrofida yashayotgan yahudlar o‘z yerlarining hosillaridan teng yarmini tuzilgan kelishuvga binoan Rasulullohga topshirishlari lozim edi. Buni yig‘ib olish Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 209 uchun Rasululloh ansor sahobalardan Abdulloh ibn Ravohani tayinlamish edilar. Bu kishi ersa alardan xazina haqini qoldirmay olishga qattiqroq kirishdi. Yahudlar ishni yumshatish chorasini qilmoqchi bo‘lishib, u kishiga pora berish ishoratini qildilar. Abdulloh ibn Ravoha buni payqab qolib, alarga: — Ey Xudo dushmanlari, menga harom narsa yedirib, meni bulg‘amoqchidursiz, bu ishning bo‘lishi menim ustimda mumkin emasdur. Eng yaxshi ko‘rgan kishim tomonidan eng yomon ko‘rgan kishilar ustiga shu xizmat uchun keldim. Xudo haqqi, menim ko‘zimga sizlar to‘ng‘izdan ham, maymundan ham yomonroq ko‘rinasizlar. Shunday bo‘laturib, tutgan dinimning sharofatidan sizlarni eng yomon ko‘rishim, Rasulullohni eng yaxshi ko‘rishim meni adolat yo‘lidan toydira olmaydi, — dedi. Raziyallohu anhu. Shuning bilan Xaybar ahli boshliq Madina atrofidagi barcha yahudiylar ba’zilari sulh bilan, ba’zilari urush bilan bo‘ysunganlikdan, musulmonlar ichki dushmanlarining ziyon- zahmatidan qutilgandek bo‘lib qolishdi. QURAYSH BAHODIRLARIDAN UCH KISHINING IYMON KELTIRISHLARI Yana shu yili Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xaybar g‘azotidan kelganlaridan keyin ko‘p vaqt o‘tmay Quraysh ichida atoqlik uch kishi kelib iymonga musharraf bo‘ldilar. Bular Xolid ibn Valid, Amr ibn Os, Usmon ibn Talha edilar. Xolid ibn Valid butun dunYo tarixida tanilgan, inson olamida atoqli mohir qo‘mondonlarning eng birinchisi bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu Islom qahramoni haqida baho berib: «Xolid Allohning qilichidur», degan edilar. Islom olamida bunday ulug‘ sharafga ega bo‘lgan undan boshqa hech kishi yo‘qdur. Alloh bir ishni qilmoqchi bo‘lur ekan, eng avval uning sabablarini tayyorlaydi. Hazrati Xolidning iymon keltirishiga sabab bul erdikim, akasi Valid bundan ilgariroqda Rasulullohga kelib iymon keltirmish edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam andin Xolid ibn Validni so‘rab: — Unga o‘xshash oqil kishilar Islomning haqligini yaxshi bilgaylar, aqli bor odamlarga bu ish yashirin emasdur. Mo’minlar safida turib, Xudo dushmani kofirlar bilan jihod qilmoq unday odamning eng ulug‘ vazifasidur. Agar u iymon keltirib, Islomga xizmat qilar ekan, boshqalardan uni ilgari tutgaymiz, — dedilar. Rasulullohdan bu so‘zni Valid anglagach, ukasi Xolidga xat yozdi. Rasulullohning unga qilgan iltifotlarini aytib qanoatlantirgan edi. Xatni o‘qib ko‘rgach, undagi Rasulullohning so‘zlaridan ilhomlanib, Islom muhabbati ko‘ngliga tushdi. Chunki Rasululloh Xolid haqida bunchalik iltifot qilishlarini gumon qilmagan ham edi. Buning ustiga bir kuni tush ko‘rsa, hech bir ko‘kargan narsa yo‘q, tor bir joyda siqilib o‘tirmish edi. U yerdan turib olg‘a qarab yurdi ersa, bir kenglik, yashnab turgan shaharga kelib kirdi. Uyg‘onib qarasa tushi ekan. Bu yerdan ketsam torchilikdan qutilib kengchilikka chiqar ekanman deb, ko‘rgan tushini o‘zi mulohaza qildi. Shu bilan kundan-kunga Islom muhabbati ko‘ngliga tushib, bu yerdan hijrat qilib ketmoqchi bo‘ldi. Shu orada bir kuni Quraysh raislaridan Safvon ibn Umayya bilan ko‘rishib qolib, anga: — Ey Safvon, o‘zing ko‘rib turursan, Muhammadning bu ishi kun sayin rivojlanib arab- ajam ustiga g‘alaba qozonmoqdadur. Rostini aytganda, aning davlati bizning davlatimizdur. Kel endi o‘rtadan adovatni ko‘taraylik. Muhammadga bo‘ysunib Islom dinini qabul qilaylik, — dedi. Anda ul: — Butun dunYo xalqi aning diniga kirishib, yolg‘iz qolur bo‘lsam ham, unga iymon keltirmagayman, — deb yuz o‘girib ketdi. So‘ngra Ikrima ibn Abu Jahlga uchrab, unga ham shu so‘zni aytgan edi, bu ham Safvon Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 210 javobini berdi. Uchinchisida Usmon ibn Talhaga borib shu so‘zni unga ham aytmoqchi bo‘lib edi, yana ko‘ngliga keldi. Bu kishining otasi, amakisi, bir tug‘ishgan qarindoshlaridan to‘rt kishi Uhud urushida o‘ldirilgan edilar. Chunki bu odam Quraysh ichida Abdariy urug‘idan bo‘lib, urush kunlari askar safi oldida tug‘ tutib turmoq bularning xos vazifalari edi. Uhud urushi boshlanishi bilan tug‘ ko‘targanlardan olti kishi ketma-ket o‘qqa uchirilmish edilar. Alarning barchalari bir urug‘dan edi. Bu voqea Xolidning yodiga kelib, so‘z aytishga jur’at qilmadi. Shunday bo‘lsa ham, u nima der ekan deb: — Ey Usmon, bizning holimiz Muhammad oldida, ovchidan qochib iniga kirgan tulkiga o‘xshab qoldi. Agar unga bir mesh suv to‘ksalar, chiqmaslikka choramiz yo‘qdur, — dedi. U ham bu so‘zni anglagach, qaraganicha to‘xtab qoldi. Bundan umidlanib Safvon, Ikrimaga aytgan so‘zini unga aytib erdi, ul: — Rost aytursan, shunday qilaylik, — deb, shu kecha ko‘rishur joylarini va’dalashdilar. Tong otib qolganda shul joyda ikkovi topishib, ertalab yo‘lga chiqdilar. Hudda degan manzilga kelgan chog‘da qarasalar, Amr ibn Os shu joyda o‘ltiribdur. «Marhabo, xush ko‘rdik» deyishganidan keyin Amr ibn Os bu ikkovlarining qayoqqa borishlarini, nima niyatda Makkadan chiqqanlari so‘radi, alar esa rostini aytib: — Islomga kirish niyati bilan chiqdik,—dedilar. So‘ngra Xolid: — Ey Amr, Alloh haqqi, har qancha yashirganimiz bilan haqiqat oshkora bo‘ldi. To‘g‘ri yo‘l ochiq ko‘rinib Muhammadning payg‘ambarligida mening hech gumonim qolmadi. Shunday bo‘lgach, endi qachongacha yo‘q bahonalarni qilib, haqiqat yo‘lidan chetlab yuramiz. Biz uchun yaxshisi shul bo‘lgaykim, Muhammad oldiga borib, iymon keltiraylik, — dedi. Anda Amr: — Men ham shul niyat bilan bu joyga keldim, — deb, uchovlari birgalashdilar. Alarning iymon keltirishiga sabab shul edi. Hijratning beshinchi yili Quraysh qo‘shini Xandaq urushidan ruhlari tushib qaytdilar. Chunki bu urushda askarlarining sonlari to‘rt barobar ortiq ersa-da, o‘zlari uchun foydalik hech qanday ish ko‘risholmay qaytgan edilar. Bu ishdan alarning ko‘ngillari cho‘kib, ruhlari tushgan edi. Safardan qaytishib Makkaga kelgandan so‘ngra, Amr ibn Os Quraysh kattalarining majlislariga kelib: — Barchamiz ko‘rib turibmiz, Muhammad ishi kundan-kunga rivoj topib ko‘tarilgali turdi. Ko‘zing ko‘rib turgach, bu ishga chidab turish mumkin emas. Shuning uchun men Habashistonga hijrat qilmoqni ixtiyor qildim, — dedi. Habash podshosi Najoshiy qoshiga borib, zamonga qarab vaqt kutib turgayman. Agar bu ishda Muhammad yengib chiqar ekan, uning qo‘l ostida turib yashagandan Najoshiyning qo‘l ostida turishimiz yaxshiroqdur. Bizlarga tarafdor qavmimiz agar yengar bo‘lsalar, u chog‘da biz qaytib kelsak, yaxshilikdan boshqani alardan ko‘rmagaymiz, — dedi. Buning so‘zini barchalari to‘g‘ri dedilar. Andoq bo‘lsa, Najoshiyga yaxshi ko‘rgan narsalaridan tortiq yig‘aylik, deyishib qo‘y-echki terisidan ishlangan bir muncha yaxshi raxt yig‘ishib berdilar. Shuning bilan Amr ibn Os Habashistonga yetgach, to‘g‘ri borib Najoshiy saroyiga tushdi. Xuddi shu chog‘da Amr ibn Umayya Rasululloh tomonidan elchi bo‘lib, bu ham borib qolgan edi. Hazrati Ja’far boshliq Najoshiy himoyasida o‘n yildan beri turishgan muhojir sahobalarni Madinaga olib qaytmoq uchun Najoshiyga noma yozib yubormish edilar. Buni ko‘rib Amir ibn Os o‘z yo‘ldoshlariga: — Men Najoshiyga kirib, bu kishini bizga bering, deb so‘rab ko‘rgayman. Agar bizga berdi ersa, to‘xtovsiz o‘ldiraylik, chunki u Muhammadning eng yaqin kishilaridandir. Agar uni o‘ldirur bo‘lsak, Qurayshni rozi qilgan bo‘lamiz, — deb, shu maqsad bilan to‘g‘ri Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 211 Najoshiyning oldiga kirdi. Habashlar odaticha Najoshiyga qarab bosh qo‘ydi, buni ko‘rib, Najoshiy: — Xush kelding do‘stim, u yoqning tansiq narsalaridan bizga nima keltirding? — deb so‘radi. Keltirgan tortiqlarini aning oldiga yetkazdilar. Bu ham qiziqib, u narsalarni qabul qildi. Buni ko‘rgach, ko‘ngli ko‘tarilib: — Siz podshodan bizning bir talabimiz bordur, bu ham bo‘lsa dushmanimiz Muhammadning elchisi sizga kelmishdur. O‘tgan urushlarda Muhammad bizlarning bir necha raislarimizni o‘ldirgan edi. Agar shu kelgan kishini bizga berur bo‘lsangiz, Muhammad o‘ldirgan kishilarimizning biri o‘rniga qasos qilib o‘ldirur edik, — dedi. Bu so‘zni anglashi bilan Najoshiyning qattiq g‘azabi keldi. Oldiga chaqirib olib, Amrning burniga bir musht urdi. Buning zarbidan burun tarnovi singudek bo‘ldi. Bu ishning xijolatidan yer yorilgan ersa, anga kirib qutulg‘ay edi. So‘ngra Amr hushiga kelgach: — Agar podshoh bu so‘zni yoqtirmasligini bilsam, hech qachon bunday so‘zni gapirmas erdim. Uning tutgan dini barcha dinlarga qarshi bo‘lganligidan bu so‘z sizga xush kelgaymu deb o‘ylagan erdim, — dedi. Anda Najoshiy aytdi: — Ey Amr! Muso payg‘ambarga Allohdin vahiy keltirgan Jabroil alayhissalom ul kishiga ham vahiy keltirib turgay. Endi shunday ulug‘ Allohning payg‘ambari yubormish elchisini menim oldimda qanday o‘ldira olursan? Qasam bilan ayturman, uning keltirgan dini albatta haq dindur. Misr podshosi Fir’avn payg‘ambar Muso oldida qanday yengildi, unga qarshilik qilib oxiri butun lashkarlari bilan suvda g‘arq bo‘ldilar. Shunga o‘xshash Muhammadning dushmanlari ham bir kuni undan albatta yengilgaylar. Najoshiyning so‘zidan ta’sirlanib Amr: — Agar sizning qo‘lingizda iymon keltirib, Islomga bay’at bersam bo‘lg‘aymu? — dedi. Anda Najoshiy: — Yaxshi bo‘lg‘ay, — deb qo‘lini sunib andin bay’at oldi. Amr ibn Os Najoshiyga shu yerda bay’at berib, aning qo‘lida musulmon bo‘ldi. So‘ngra u yerdan chiqib Madinaga bormoqchi bo‘lib, Hudda degan manzilga kelib turganida Xolid ibn Valid va aning yo‘ldoshi Usmon ibn Talha kelishib qoldi. Ular bilan ko‘rishib, uchovlari bir-birilarining maqsadlarini anglashgandan so‘ngra Madinaga qarab yo‘lga tushdilar. Lekin bularda: «Rasululloh bilan qanday ko‘rishamiz?» degan qattiq xijolatlari bor edi. Madina shahrining ichiga kirmay turib, Harra degan joyga kelganlarida to‘xtashib, shu yerda tuyalarini bog‘ladilar. Bular ko‘rishmay turib, bularning kelayotgan xabarlari Rasulullohga yetgan edi. Buni anglagach, Rasululloh suyunganlaridan sahobalarga qarab: «Makka shahri o‘z jigarporalarini yubormishdur», dedilar. Bularning kelishlari ersa barcha musulmonlarga ko‘p quvonchlik bo‘ldi. Xolidning akasi Valid bularni to‘sib chiqmish edi. Ko‘rishgandan so‘ngra alarga: «Ildamroq yuringlar, chunki Rasululloh kelganlaringni anglab, suyunganlaridan sizlarni kutib o‘tiribdurlar», dedi. Shunday bo‘lsa ham o‘tmishdagi Rasulullohga qilgan qarshilik ishlaridan qattiq hijolatda edilar. Hammadan ilgari hazrati Xolid xijolatlik bilan kelib Rasulullohga salom berdi. Suyunganlaridan muborak yuzlari nurlanib yaraqlab, tabassum bilan aning salomiga javob qaytardilar. Hazrati Xolid ham darhol kalima aytib, iymon keltirdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xolidning hidoyat topib Islomga kirgani uchun Allohga hamdu sano aytgandan so‘ngra dedilar: — Ey Xolid, men burundan bilur edim, Alloh taolo senga aql gavharidan nasiba bermish edi. Oxiri o‘shal aql seni yetaklab haq yo‘lga keltirmishdur. Islomning haqligi senga yashirin qolmas deb o‘ylar edim. Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 212 Anda hazrati Xolid: — Yo Rasulalloh, men ko‘p o‘rinlarda sizga dushmanchilik qilib, ko‘p joylarda qarshilik ko‘rsatdim. Dushmaningiz olg‘a safida turib musulmonlarga ziyon bo‘lg‘udek ishlar o‘tkazdim. Yo Rasulalloh bu gunohlarimni Xudo kechirarmikan, Allohdan so‘rab, men uchun duo qiling, — dedi. Anda Rasululloh: — Islom o‘zidan ilgari o‘tgan barcha gunohlarni yo‘q qilgay. Iymon yomg‘irida yuvilib, butun gunohdan endi pok bo‘lding, — dedilar. Qolgan ikkovi ham shu so‘zlarni aytib Islomga kirdilar. Butun sahobalar ichida shu uchovlaridek urush ilmiga mohir kishi yo‘q edi. Ayniqsa, Hazrati Xolid shu kundan boshlab vafot bo‘lganlaricha Islom askarining boshlig‘i bo‘lib, ko‘p mamlakatlar aning qo‘lida fath bo‘ldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xolid Allohning qilichi», deb unga laqab qo‘ydilar. Xolid ibn Valid yolg‘iz Islom tarixida emas, balki butun inson tarixida qilgan xizmatlari taqdirlanib mangulik o‘roz (baxt) egasi bo‘lmishdur. Bu zotning Islom yo‘lida jon ayamay qilgan xizmatlariga qaralsa, butun dunYo musulmonlari uni hurmatlab ruhiga rahmat deyishlari lozimdur. Xolid ibn Valid hijratning yigirma birinchi yilida Shom o‘lkasi Hims shahrida vabo kasali bilan vafot topdilar, raziyallohu anhu. Yoshi qirq birga to‘lmagan edi. Vafot bo‘lishi oldirog‘ida shul so‘zlarni aytib, butun dunYo musulmonlariga ibrat darsi berib ketmishdir: — Qo‘rqoq kishilar yaxshilik ko‘rmagaylar. Boshdan-oyoq butun tanamda o‘q qadalmagan, qilich kesmagan, nayza kirmagan tirnoq yuzidek sog‘ joyim yo‘qdur. Ajalim yetmagan ekan, shuncha ko‘p urushlarda o‘lmadim. Ajal o‘qlari yomg‘irdek yog‘ilib turgan minglarcha urush maydonlarining olg‘a saflarida shahodat o‘limini kutdim, u menga taqdir bo‘lmagan ekan, topmadim. Mana endi eshak o‘limidek yotgan yerimda o‘layotibman, — dedi. Eshak o‘lgandek, degani ersa, shahodat darajasini topmay qolganiga qattiq achinganidan aytgan so‘zidur. Xudo yo‘lida minglarcha jihod maydonlarida javlon urgan bir g‘oziyning maqomi shahidlik martabasidan albatta kam emasdur. Yana qo‘rqoq kishilarning yaxshilik ko‘rmaslari aniqdur. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Agar kishi bir nimarsadan qo‘rqar ekan, u narsa qo‘rqqan kishi boshiga balo bo‘lgay». Bu so‘zning haqligida hech shak yo‘qdur. «Qo‘rqqanga qo‘sha ko‘rinur», degandek, qo‘rqoqlar it hujumidan ham qutila olmagaylar, bahodirlar ersa arslon bo‘yniga qilich solgaylar. Qo‘rqqanlar har yaxshilikdan quruq qolib, o‘z vatanlarida g‘arib bo‘lg‘aylar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shu to‘rt narsadan panoh tiladilar: qo‘rqoqlik, yalqovlik, baxillik, dushmandan yengilishlik. Mana bu to‘rt narsadan ummatlarini saqlanishga buyurdilar. Biliklikdur (ma’lumki), bu to‘rtining so‘ngisi oldingi uchining ajralmas natijasidur. Ya’ni, botirlik o‘rnida qo‘rqoqlik, ishchanlik joyida yalqovlik, saxiylik vaqtida baxillik qilur ekanlar, mana mundog‘ millatlar boshqalardan yengilib, dushmanlari oyog‘i ostiga tushib depsandi bo‘lg‘aylar. Islomiyat huquqlari bu yon tursin, bunday odamlar insoniyat huquqlaridan ham butun ajragaylar. Xudo Qur’onda aytmishdur: «Va lan yaj’alallohu lil-kofiriyna alal muminina sabilan». Ma’nosi: «Kofirlarga hayon (foyda), mo’minlarga ziyon bo‘lg‘udek ishni Alloh hech qachon qilmaydi». Bu so‘zning haqligida hech shakimiz yo‘qdur. Lekin bu kunlarda haqiqiy mo‘minlarning topilishlari gumondir. Qur’onning aytishicha, xorlikka bo‘ysunmoq, kofirga qul bo‘lmoq yo‘qdur. Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 213 HAVOZIN VOQEASI Yana shul yettinchi yilning barot oyida Rasulullohga shunday xabar yetdikim, Makkagacha ikki-uch kunlik Turba degan yerda Havozin qabilasidan bir firqa kishilar chiqib, Islomga qarshi harakatda bo‘lmishlar. Buni anglab Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘ttiz kishilik bir bo‘luk askarga Hazrati Umarni boshliq qilib, alar ustiga yubordilar. Kechasi yurib, kunduzi yashirinib, dushman yeriga kelib qarasalar, alardan hech narsa bu joyda qolmabdur. Bularning kelishlarini bilib qolishib, oldinroq tog‘ma-tog‘ qochib ketmish edilar. Bu yerdan boshqa yoqqa o‘tishga Rasulullohdan ruxsat bo‘lmagan edi. Shu bilan hech yerda dushmanga uchrashmay, urush-talashsiz Madinaga qaytib keldilar. BANI MURRA VOQEASI Yana shu yili Sha’bon oyida Bashir ibn Sa’dni o‘ttiz kishiga boshliq qilib, Fadak nohiyasida Bani Murra qabilasi ustiga yubordilar. Bu yer esa, Xaybar tomonida Madinadan olti kunlik yiroqlikdagi bir joydur. Bu yerlik kishilar mol-chorvalarini o‘tlovga qoldirib, o‘zlari qishlovga ketmish edilar. Shu chog‘da sahobalar kelib qarasalar, mol ustida cho‘ponlardan boshqa kimarsani ko‘rmagach, butunlay mollarni haydab jo‘nayverdilar. Bu ishdan mol egalariga xabar yetib, orqalaridan quvlashib, tun yarmilarida yetishib keldi. Tong otguncha bir-birlariga o‘q otishdilar. Tong yorigandan so‘ng dushmanlar qarasa, o‘zlaridan ular bir necha barobar oz ko‘rindilar. Buni payqab qolib, har yoqdan o‘rab hujum qildilar. Musulmonlarga urushdan qochish harom bo‘lganlikdan, shuncha qalin dushmanga berilmay, urushib yurib barchalari shahid bo‘ldilar, raziyallohu anhum. YOlg‘iz Bashir, alarning boshliqlari, yarim jon bo‘lib o‘liklar ichida qolgan edi. Joni bormikan deb oyoq oshig‘iga urib qarasalar hech qimirlamagach, o‘lgan ekan deb, uni tashlab ketdilar. Dushmanlar ketgach, bir oz hushiga kelib, shu yerda turgan bir yahudiy uyiga ming mashaqqat bilan arang yetib oldi. Bu joyda ikki-uch kun turib, ozgina yaxshiroq bo‘lgach, Madinaga keldi. Rasululloh bu musibat xabarini ilgariyoq anglagan edilar. MAYFA’A VOQEASI Yana shu yilning Ramazon oyida G‘olib ibn Abdullohni bir yuz o‘ttiz odamga boshliq qilib, Mayfa’a qabilasiga borib chopul (hujum) qilishga buyurdilar. Bu yer ersa Najd nohiyasida bo‘lib, Madinaga sakkiz kunlik yo‘l edi. Tuyuqsizdan borib alarni bosdilar. Dushman boshlig‘i urushda o‘ldirildi. Qolganlari esa har yoqqa qochib yo‘qoldilar. Alardan qolgan mol-chorvalarni butunlay haydab Madinaga keldilar. Shu urushda Rasulullohning asrandi o‘g‘illarining o‘g‘li Usoma ibn Zayd Nahyak ibn Mirdos ustiga hujum qildi. Qilich urar chog‘ida omon so‘rab: «La ilaha illallohu», dedi. Qo‘rqqanidan aytadur deb, omon bermay uni o‘ldirib qo‘ydi. Madinaga kelgach, bu voqeani Rasululloh angladilar. Usomani chaqirib: — «La ilaha illalloh» degan kishini nechuk o‘ldirding? Endi «La ilaha illalloh»ga nima javob berasan?—dedilar. Anda Usoma: — Yo Rasulalloh, o‘limdan qo‘rqib buni aytgandur,— dedi. Rasululloh: — Ey Usoma, ko‘ksini yorib ko‘rmadingmu, rostmi, yolg‘onmi bilur eding, — dedilar. Bundan ogohlanib darhol Usoma tavba qilib, istig‘for o‘qidi. «La ilaha illalloh»ni qanday Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 214 qilursan?» deb bu so‘zni yana uch marta aytdilar. Hazrati Usoma bu ishdan qattiq xijolatga qolib: «Koshki Islomga endi kirgan bo‘lsam, bu qilgan gunohim kechirilar edi», dedi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu gunoh kafforatiga Usoma bir qulni ozod qilsin», deb buyurdilar. O‘lik egalariga o‘zlari xazinadan xun-tovon to‘ladilar. Sallallohu alayhi vasallam. G‘ATAFON VOQEASI Yana shu yili Xaybar atrofida yashaydigan G‘atafon qabilasi Madinaga chopul (hujum) qilmoqchi bo‘lib, Uyayna ibn Hisn qo‘l ostiga to‘planmishlar edi. Bu xabar Rasulullohga yetgach, Bashir ibn Sa’dni boshchi qilib uch yuz kishilik askarni alar ustiga yubordilar. Bu askar ersa kunduzi yashirinib, kechasi yo‘l yurib, dushman yeriga kirdi va ham ular soqliq bilan turishib ekan, bulardan xabar topishib qoldi. Qarshi chiqishga qo‘rqib, mol- chorvalarini tashlab, tog‘larga tarqalishib qochdilar. Alardan qolgan ko‘p sonli o‘lja mollarni haydashib Madinaga keldilar. Musulmonlarni ular talamoqchi edilar, uning teskarisi bo‘ldi. Aning o‘rniga o‘z mollaridan ajrab qolishdi. Dushmanlardan ikki kishi asir olingan edi. Rasululloh oldilarida iymon keltirganlaridan so‘ngra o‘z yurtiga qaytishga ruxsat berdilar. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling