Tarixi muhammadiy
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
MDh1lrJ9on4m7H1hd68aQWzfLbKYSrvbtDN2Qbk8(1)
www.ziyouz.com kutubxonasi 228 Anda Rasululloh: — Bu kishi o‘zi Badr ahlidan erur, rostini so‘zladi. Badr ahlining gunohlarini kechmakka Allohdan va’da bo‘lmishdur. Uning bu gunohi Alloh oldida kechirilmasligini qaydan bilursan? — dedilar. Hazrat Umar Rasulullohdan bu so‘zni anglagach, ko‘ziga yosh olib, inson xiyonatini bu daraja saqlaganlarini ko‘rib hayron qoldi. Yo‘q esa, siyosat olamida eng og‘ir kechirilmas jinoyatning biri shul edi. Negakim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u yoqqa xabar yetmasin uchun Makaa yo‘llarini to‘stirib, butun o‘tish yo‘llariga qorovul qo‘ygan edilar. Uchar qushdan boshqa kishining u tomonga o‘tishi mumkin emas edi. Shuni bilaturib, bu xiyonatni qilgan kishining gunohidan ulug‘roq hech gunoh yo‘qligi aniqdur. Shundoq bo‘lsa ham yana uning gunohini kechirdilar. Shunday qilib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makka safarini ko‘zlab, o‘n beshinchi Ramazonda yo‘lga chiqdilar. Atrofdan yig‘ilib kelgan qurollik askarlarga Madinadagi sahobalar qo‘shilib, sonlari o‘n mingga yetdi. Madinadan chiqqan birinchi kunida butun askar ro‘za tutgan edilar. Kadid degan joyga yetganlarida musulmonlarning safarda ro‘zadan qiynalganlarini ko‘rib barchaga ro‘zani ochishni buyurdilar. O‘zlari ham ro‘za tutishni to‘xtatdilar. Rasulullohning amakilari hazrati Abbos o‘zi ilgariroq iymon keltirgan bo‘lsa ham, lekin shu kungacha Madinaga hijrat qilib kelmagan edi. Uning butun oilasi Makkadan hijrat qilib chiqishi ersa shu kunlarga to‘g‘ri kelib, Rasulullohga yo‘lda yo‘liqdi. O‘zini birga olib, oilasini Madinaga yubordilar. Makka va Madina oralig‘idagi Abvo degan joyga yetganlarida yo‘lda kelayotgan ikki kishi ko‘rindi. Uning birisi Abu Sufyon ibn Horis edi, u Rasulullohning amakilari Horis ibn Abdulmuttalibning o‘g‘li bo‘lib, yana Payg‘ambarimiz bilan emakdosh ham edi. Ikkinchisi esa ammalari Otikaning o‘g‘li Abdulloh ibn Abi Umayya edi. Bular ham hijrat qilib Makkadan chiqqan edilar. Lekin bu ikkovlarining Rasululloh Makkada turgan kunlarida ko‘rsatmagan kulfatlari, qilmagan jabru jafolari qolmagan edi. Bularning til nayzalaridan Rasulullohning dillariga tushgan jarohatlari haligacha sog‘ayib ketmagan edi. Shuning uchun bulardan marhamatli yuzlarini o‘girib, ularga iltifot qilmadilar. Ish shunday bo‘lgach, har ikkovi onamiz Ummu Salama qoshiga kelishib, arz aytib yig‘lashdilar. Chunki Abdulloh ibn Abi Umayya Ummu Salamaning inisi edi. Shuning uchun Rasulullohga onamiz aytdi: — Yo Rasulalloh, bularning birovi ammangiz, ikkinchisi amakingiz o‘g‘illaridur. Xatolarini kechirishingizni tilayman. Anda Rasululloh aytdilar: — Ularning menga keragi yo‘qdur. Amakim o‘g‘li ersa qarindoshlik haqqini saqlamay, qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Ammamning o‘g‘lidan ersa, hech kishi aytmagan yomon so‘zlarni eshitdim. U aytgan erdi: «Ey Muhammad, sen bir narvon yasab keltirur bo‘lsang, va meni qaratib turib osmonga chiqsang, buni payg‘ambar qildim, deb qo‘lingga Xudo hujjat xatni bersa, to‘rt farishta birga tushib, buni payg‘ambar qilib sizlarga Xudo yubordi, deb guvohlik bersalar ham, men senga iymon keltirmagayman». Amakilarining o‘g‘li Abu Sufyon bu safarda yetti-sakkiz yoshli o‘g‘lini birga olib chiqqan edi. Rasululloh bilan ko‘rishmoqqa ruxsat ololmagach, ul: — Agar Rasululloh bizni qabul qilmas ekan, bu o‘g‘limni yetaklaganimcha cho‘llarda kezib yurib, ochlik-chanqoqlik bilan o‘lurman, — dedi. Abu Sufyonning bu so‘zini Rasululloh anglab, anga rahmlari keldi. So‘ngra ularga ko‘rishgali ruxsat berdilar. Har ikkovlari kelishib, Islomga musharraf bo‘ldilar. Lekin bular Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 229 o‘tmishdagi qilmish ishlari yodiga tushib, Rasulullohning yuzlariga ko‘p qarasholmas edi. Shundoq ham bo‘lsa rahmatan lil olamiyn sifatiga ega bo‘lgan zot ularning o‘tgan ishlarini ko‘p esga olmay, yana iltifot qilib: — Allohning arsloni amakim Hamza Uhud urushida shahid bo‘ldi. Uning o‘rniga Alloh seni yetkazdi. Hamzaning o‘rnini bosgaysan deb umid qilurman, — deya Abu Sufyon ko‘nglini ko‘tardilar. Bu so‘z bilan uning ham ancha ko‘ngli ko‘tarilib qoldi. Islomga kirgandan keyingi umrini Xudo yo‘lida yaxshilik bilan o‘tkazdi. Vafot bo‘lishida oilasiga vasiyat qilib: «Men o‘lsam, ko‘p yig‘lamanglar. Xudo haqqi Islom diniga kirgan kunimdan buyon hech bir xato ishni qilmadim», demish edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir necha kun yo‘l yurib Makkaga yaqin Marraz — Zahron degan joyga kechasi kelib tushdilar. — Qo‘shinda qancha askar bo‘lsa, o‘shancha joyga o‘t yoqishsin, — dedilar. O‘n mingdan ortiq yerga o‘t yoqildi. Bu ishdan maqsadlari esa Makka mushriklariga askarning ko‘pligini bildirib, ularni urushdan chekintirish edi. Chunki Islom qonuni bo‘yicha Haram tuprog‘ida qon to‘kish u yoqda tursin, u yerning o‘sib turgan o‘tini yulishga, ko‘kargan yog‘ochini kesishga ham yo‘l yo‘q edi. Shuning uchun Haram yerida jonlik narsalarni ovlab, ularni qo‘rqitish shariatda haromdir. Shunday bo‘lganlikdan Rasululloh Haram hurmatini saqlab, qon to‘kilmaslik chorasini qildilar. Shul kecha tun qorovulligi Hazrati Umarga topshirilmish edi. Shunchalik ko‘p askar ustilariga yetib kelguncha, Makka mushriklari bu ishdan xabarsiz qoldilar. Chunki Rasulullohning bu to‘g‘rilik qilgan duolari qabul bo‘lmish edi. Endi bu manzilga askar kelib tushgach, Payg‘ambarimizning amakilari Hazrati Abbos Rasulullohning xachirlarini minib Makka yo‘liga chiqdi. Bundan maqsadi, biror kishi ko‘rinar ersa, Qurayshga xabar aytib uni kirgizmoqchi edi. Toki ularning raislaridan bir nechalari kelishib, Rasulullohdan omonlik so‘rasinlar. Shuni o‘ylab ketayotganlarida oldidan ikki kishining qorasi ko‘rindi. Buning birisi Quraysh raisi Abu Sufyon bo‘lib, ikkinchisi ersa, bu ham raislardan Budayl ibn Varqoa degan kishi edi. Kecha qorong‘usida yuzlari ko‘rinmasa ham tovushlaridan bular tanilmish edi. Madina tomonidan biror xabar anglamoq uchun yo‘l to‘sib Makkadan chiqqan edilar. Bu joyga kelganda sonsiz yerga yoqilgan askar o‘tini ko‘rib, hushlari uchib, qarab turishgan edi. Abu Sufyon hayron qolib: — Hoy, bular kim bo‘ldi ekan? Arafotga yig‘ilgan hojilardek yoqqan o‘tlari ko‘p ko‘rinadi. Dushmanimiz Huzo’a qabilasi bo‘lg‘aymu desam, ular bo‘lsa bunchalik ko‘p askarni qaydan olg‘aylar? — deb turganida, Hazrati Abbos yo‘lning u yog‘idan turib, Abu Sufyonni chaqirdilar. Bu ikkovi ersa bir-birlariga og‘ayni-ulfat edilar. Abu Sufyon buning tovushini eshitib tanishi bilan chopganicha kelib: — Ota-onam senga fido bo‘lsin, bu nima ishdur?— deb so‘radi. Anda Hazrati Abbos: — Hoy Abu Sufyon, sening xabaring yo‘qmi, mana Rasululloh kishi ko‘rmagan qalin, ko‘p askarni ustingga keltirdi, — deb edi, bu so‘zni anglashi bilan arab odaticha «Hay Quraysh, xarob bo‘ldik» deb qattiq qichqirib yubordi. So‘ngra Abu Sufyon: — Ey Abbos, ota-onam senga fido bo‘lsin, buning chorasi nimadur? — dedi. Anda Hazrati Abbos: — Nima ish bo‘lg‘usi, boshingga eng qo‘rqinchlik kun keldi. Mana, Rasululloh ko‘rursankim, qalin, ko‘p askar keltirmishdur. Bu kecha tong otishi bilan Quraysh xalqiga qirg‘in kelur. Agar bu yo‘lda qo‘lga tushar bo‘lsang, dastlab sening bo‘yning uzilur, — dedilar. Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 230 Abu Sufyon qo‘rqqanidan: — Ey Abbos, mening choram endi na bo‘lg‘ay? — deb yolvorgali turdi. Anda Abbos: — Sening chorang shu bo‘lg‘aykim, agar orqamga mingashtirib Rasulullohga yetkaza olsam, sen uchun omonlik olur edim. Endi bundan boshqa chora yo‘qdir, — deb ot orqasiga uni mindirib, Rasululloh chodirlariga qarab yurdi. Yo‘ldoshlari esa bu holni ko‘rishib, ularni qo‘rqinch bosdi. Nima qilishlarini bilmasdan, nochor bu ishdan Qurayshga xabar bergali Makkaga qaytdilar. Hazrati Abbos Abu Sufyonni mingashtirib kelayotganda Hazrati Umar chodiri oldidan o‘tishga to‘g‘ri keldi. Bu kechaning qorovulligi ersa, u kishining gezagi (gali) edi. Rasululloh xachirini mingan Hazrati Abbosni tanigan bo‘lsa ham, mingashgan kishining kim ekanini bilmak uchun «to‘xta» deb qichqirdi. Kelib qarasa, Abu Sufyon ekandur. Buni ko‘rgach: — Alhamdulilloh, sen Xudo dushmani shartsiz endi qo‘limga tushding, — deb ular orqasidan Rasululloh chodirlariga qarab yugurdi. Buni ko‘rib Hazrati Abbos undan ilgariroq Rasululloh ustilariga kirib bordi. Bular orqasidan yeta kelib, Hazrati Umar ham kira solib: — Yo Rasulalloh, kufr boshlig‘i, Xudo dushmani, Abu Sufyon shartsiz qo‘limga tushdi. Ruxsat qiling, boshini kesib tashlayin, — dedi. Anda hazrati Abbos: — Yo Rasulalloh, men Abu Sufyonga omon berdim va sizdan omonlik olib bermakka va’da qildim, — deb ani qo‘riqlab Rasululloh oldilariga o‘ltirdi. — Bu kecha Abu Sufyonni o‘zim saqlayman, boshqaga bermagayman, uni menga topshiring, — dedi. Bu ikkovlari Abu Sufyon to‘g‘risida anchagina so‘zga kelishdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shoshilmay o‘ltirib, oxiri aytdilar: — Ey Abbos, sen buni o‘z chodiringga eltib saqlagil, erta bilan yana keltirgaysan. Bu so‘z bilan Hazrati Abbos Abu Sufyonni o‘z chodiriga eltib saqladi. Tong otishi bilan, uni yana Rasululloh chodirlariga keltirdilar. Rasululloh uni ko‘rdi ersa: — Ey Abu Sufyon, hali ham Islomni qabul qilg‘udek holga kelmadingmi? Allohni bir bilib, meni uning Payg‘ambari deb ishonishga vaqt yetmadimi? — dedilar. Anda ul aytdi: — Ota-onam sizga fido bo‘lsin, shundoq ulug‘ axloqqa sizga o‘xshab hech kim ega bo‘la olmagay. Lekin bu ish haqida shu kungachalik ko‘nglimda yana gumonim bordur. Hazrati Abbos bu so‘zni anglashi bilan: — Ey sho‘rlik kishi, o‘z joningga jabr qilma, tiriklikdan umiding bo‘lsa, bo‘yning uzilib yerga tushmasdan ilgariroq bu ishga iqror qilib, Rasululloh so‘zlarini qabul qilgil, — dedi. Ul ham o‘zga chora topolmay, til uchida bo‘lsa ham shahodat aytib, iymon keltirdi. Zohirga qarab, Rasululloh ham qabul qildilar. So‘ngra hazrati Abbos: — Yo Rasulalloh, Abu Sufyon ersa o‘zi maqtanchoq, guyrangroq bir kishi erur. Xalq ichida bu kishiga bir obro‘ bo‘lgudek biror ish qilur bo‘lsangiz, ko‘p yaxshi bo‘lur edi, — dedilar. Anda Rasululloh aytdilar: — Hukm shuldurki, Abu Sufyon qo‘rasiga kirganlar omondir, yaroq-qurol ko‘tarmagan kishilar omondur, uyidan chiqmaganlar eshik ochmaganlar omondur. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hazrati Abbosga buyurdilarkim, tog‘ tashidagi tor yo‘l ustida Abu Sufyonni to‘xtatib turgil. Butun Islom qo‘shinlari buning oldidan o‘tsinlar. Islom askarining shon-shavkatini ko‘zi ko‘rsin. Shuning bilan Rasululloh deganlaridek, Abu Sufyonni eltib yo‘lning tor yeriga to‘xtatib qo‘ydi. Har qabila o‘z tug‘i ostida askarlar bilan uning oldidan o‘tar edilar. O‘tgan Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 231 chog‘larida Hazrati Abbosdan: «Bu qaysi qabila bo‘lar?» deb so‘rar edi. Shundoq qilib, butun qabila askarlari Abu Sufyon oldidan o‘tib bo‘ldilar. Eng so‘ngida temir sovutlar ichida ko‘milgan, boshlaridan dubulg‘a, tug‘u bayroq ko‘targan muhojirin va ansor sahobalar o‘tdilar. Abu Sufyon bularni ko‘rganda shoshib qolib: — Subhonalloh, ey Abbos, bular kimlardur? — deb so‘radi. Hazrati Abbos: — Bular ersa Rasulullohning xos yo‘ldoshlari — ansor va muhojirin sahobalardur, har vaqt Rasululloh shular ichida bo‘lg‘aylar, — dedi. Anda Abu Sufyon: — Ey Abbos, qarindoshing o‘g‘li Muhammad ersa dunyodagi kuchli podsholardan bo‘lmishdir. Aning askari oldida hech kimarsa chidab tura olmagay, — dedi. Anda Abbos: — Ey Abu Sufyon, bu ishni podshohlik demak xatodir. Balki Alloh tomonidan yuborilmish payg‘ambarlik davlati erur. U ham bu kishi so‘ziga qarab: — Ha, shundoq bo‘lsa kerak, — dedi. So‘ngra Hazrati Abbos unga qarab: — Ey Abu Sufyon, Rasulullohdan omonlik so‘rab erding, uni berdilar. Islom shon- shavkatini o‘z ko‘zing bilan ko‘rding. Endi tezlik bilan Makkaga borgil, Quraysh xalqiga bu ishning qandayligini tushuntirgil. Yana ular bilmasdan Rasulullohga qarshilik ko‘rsatib, o‘z jonlariga jabr qilib, qirilib ketmasinlar. O‘z qo‘llari bilan o‘zlarini halok qilmasinlar, — dedi. Abu Sufyon bu so‘zni anglashi bilan buni yaxshi aytding, deb chopganicha xalq ichiga keldi. Tovushi boricha qichqirib: — Ey Quraysh xalqi! Mana Muhammad ersa cheksiz ko‘p askar bilan ustimizga kelmishdir. Ular bilan urush qilmoqqa hech kimda toqat yo‘qdir. Uning aytishicha, Abu Sufyon saroyiga kirganlar omon qolg‘aylar, — deyishi bilan, xotini Hind uning soqoliga osilib: — Ey Quraysh xalqi, bu ahmoq, chirik cholni o‘ldiringlar. Buni ko‘ringlar, uyalmasdan dushman qo‘shiniga jarchi bo‘lib kelmishdir. Buning so‘ziga inonmanglar, o‘z nomusinglar uchun urushinglar, — deb faryod qildi. Anda Abu Sufyon: — Hoy, tentak xotin, tovushingni chiqara ko‘rma! Tezlik bilan uyingga kirib, jim o‘tirgil. Masjid ichiga kirganlar omon topgaylar. Qurol topshirganlar omon topgaylar. Eshik bekitib uyidan chiqmaganlar omon topgaylar. Abu Ruvayha tug‘i ostiga to‘planganlar omon topgaylar. Hakim ibn Hizom saroyiga kirganlar omon topgaylar, — deb xalq ichida chorlagani turdi. Eng so‘ngi aytilgan Hakim ibn Hizom degan kishi ersa, Qurayshdan chiqqan atog‘liq raislardan erdi. Johiliyatda bo‘lsin, islomiyatda bo‘lsin, yaxshilik ila nomi ko‘tarilmish edi. Do‘stlikka ko‘nglini moyil qilmoq uchun Rasululloh uning haqida bu ishni qildilar. Abu Ruvayha ersa Madinaning ansor sahobalaridan bo‘lib, Hazrati Bilolning do‘sti edi. Bu ulug‘ sharafga ul ham ega bo‘ldi. Bu so‘zni anglashlari bilan butun xalq jon vahmida qolib, shu aytilmish joylarga tarqaldilar. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tubandagi nomlari yozilmish shu to‘qqiz kishini qayerda bo‘lsa ham o‘ldirishga buyurdilar: — Agar bu kishilar Ka’ba yopug‘iga yopishib tursalar ham, qo‘ymay o‘ldirilsin, — dedilar. Shuning uchunkim, bulardan Islom ahliga chekdin tashqari ozorlar yetgan edi. Unutilmas beadabchiliklar ulardan o‘tgan edi. Ana shularning birisi Abdulloh ibn Sa’d degan kishidir. Bu ersa ilgari musulmon bo‘lib, bir necha vaqt vahiy yozuvchisi bo‘lib turdi. So‘ngra Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 232 dindan qaytib, murtadligicha Makkaga qochgan edi. Bunga ham qanoat qilmasdan Makkaga kelgach, Rasululloh haqlarida bir muncha tuhmat so‘zlar chiqazdi. Ikkinchisi ersa, Ikrima ibn Abi Jahl bo‘lib, buning dushmanligi Rasulullohga ota meros edi. Makka fathi bo‘lganida qochib ko‘rinmay yurdi. Xotini kelib, Rasulullohdan eri uchun omonlik so‘radi. Omonlik berganlarini aniq anglagach, Rasululloh oldilariga kelib, iymon keltirib edi, ani ham kechirdilar. Uchinchisi Habbor ibn Asvad degan kishi edi. Bu ersa Rasulullohning qizlari Zaynab Makkadan hijrat qilib chiqayotganida uni to‘sib, yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘lgan edi. Tuya ustidan tushirmoqchi bo‘lib, qo‘lidagi nayzasi bilan turtib edi, tosh ustiga yiqilib, homilador bo‘lganidan uning zarbiga qornidagi bolasidan ajragan edi. Shunchalik og‘ir jinoyati bo‘lsa ham, qochib yurib iymon keltirgandan keyin, buning ham gunohini kechirdilar. Bu to‘qqiz kishidan to‘rt kishi o‘ldirildi: Ibn Axtal, Horis, Maqis, Axtalning qo‘shiqchisi bir joriya. Maqis ersa murtad bo‘lgandan so‘ngra yana bir kishini o‘ldirib, Madinadan qochmish edi. Ibn Axtalning ikki qo‘shiqchi cho‘risi bo‘lib, bularning qilar ishi ersa Rasulullohga qarshi soz chalib, qo‘shiq aytish edi. Yana Quraysh raislaridan Safvon ibn Umayya, buning inisi Zuhayr ibn Umayya, Hazrati Hamzani shahid qilgan Vahshiy degan qul, Abu Sufyon xotini Hind — bular iymon keltirgandan so‘ngra Rasululloh ularni afv qildilar. Yana Xolid ibn Validga o‘z askari bilan tubangi yo‘l bilan Makkaga kirishni, qarshi chiqmagan kishilarga qilich ko‘tarmaslikni, yo‘l to‘sib qarshi chiquvchilarga esa o‘lim jazosini berishlikni buyurdilar. Xolid ibn Validga pastki yo‘l bilan yurishni buyurib, Rasululloh o‘zlari ansor sahobalar bilan Makka shahrining yuqorigi yo‘li Kado’ tog‘ini kesib, shaharga kirmoqchi bo‘ldilar. Xolid ibn Valid Makkaga kirayotganida Abu Jahl o‘g‘li Ikrima boshliq Quraysh olomonlari oldini olib urush boshladilar. Bu yoqdan Hazrati Xolid hamla qilib, dushmandin yigirma to‘rt kishini o‘ldirib, o‘z askaridan ikki kishi shahid bo‘ldi. Buni ko‘rgach, qolganlari tarqalib qochdilar. Bu tomondan Xolid ibn Valid kuch bilan Makkaga bosib kirgan bo‘lsa ham, Rasululloh yurgan yo‘llarida hech kim qarshilik ko‘rsatmadi. Rasulullohning amrlaricha shu kuni Islom tug‘i yo‘l ustidagi Hajun tog‘i ustiga qadalgan edi. Rasulullohning qizil qubbalik chodirlarini ilgariroq kelganlar shu joyga qurishib, kutib turmoqda edilar. Chodirga tushib ozroq dam olganlaridan keyin shahar tomon jo‘nadilar. Rasulullohning yonlarida Hazrati Abu Bakr Siddiq Fath surasini o‘qib kelmoqda edilar. Ramazonning yigirmanchi kuni, sakkizinchi hijriy yilda Makka shahri fath bo‘lib, juma kuni ertalab Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shahar ichiga kirdilar. Ikkinchi bir rivoyatda keltirilibdurkim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xolid ibn Validga qabila arablaridan tuzilgan askarlarni olib Makkaning ostingi yo‘li bilan shahar ichiga kirgil va qachon mahalla boshiga yetar bo‘lsang, shunda Islom tug‘ini ko‘targil, o‘zlari boshlamaguncha sen urush qilmagil, deb buyurgan bo‘lsalar ham, Quraysh raislaridan Safvon ibn Umayya, Ikrima ibn Abu Jahl, Suhayl ibn Amrlar bosh bo‘lib, Handama degan tog‘ tagida ularni yo‘lini to‘smoqchi bo‘ldilar. Rasululloh buyruqlaricha Xolid ibn Valid shu tomondan yurib, tog‘ tagiga keldi. Qarasa, oldida olomon ko‘pchiligi ko‘rinib, bularga qarab o‘q ota boshladilar. Buni ko‘rgach, Hazrati Xolidning jahli chiqib, askarga qarab: — Uring, bu yaramas qopqondan qolgan tulkilarni,— deb hayqirib edi, Islom askarining hujumi ostida yetmish necha kishi o‘ldirildi, qolganlari bo‘lsa tum-taraqay bo‘lib qochdilar. Hazrati Xolid ularni surganicha quvlab kelib, Baytulloh yonida Hazar degan joyga yetkazdi. Ulardan bir to‘pi qochganlaricha tog‘ ustiga chiqishib edi, orqalaridan surib chiqqan musulmonlar qilichining uzoqdan yaltiraganligi Rasulullohga ko‘ringach: — Bu nima ishdur? — deb so‘radilar. Sahobalar: Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 233 — Yo Rasulalloh, Xolidga Quraysh beboshlari qarshi chiqqan bo‘lsalar, shularga ko‘tarilgan Islom qilichlari bo‘lishi kerak. Yo‘q esa urushdan uni tiygan edingiz. O‘zlari urush boshlamasalar, sizning amringizni albatta Xolid buzmagay erdi, — dedilar. Shuning bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Haram tuprog‘iga kirdilar. Kirishlarida tuyaga mingan edilar. Asrandi o‘g‘illari Zaydning bolasi Usoma tuya orqasiga mingashgan edi. Rasululloh Haramga odob saqlab tuya ustida egilib, tavoze’ bilan kirdilar. Yuqorida aytilganicha, Xolid ibn Validga to‘qnashgan kishilardan boshqa, ortiqcha qon to‘kilmadi. Shunday ulug‘ ne’matni ato qilguvchi Alloh taologa hamdu sano aytdilar. Shu yurganlaricha to‘g‘ri kelib Baytullohni tuya ustida turib, yetti aylanib tavof qildilar. Rasululloh Makkani fath qilib kirgan kunlarida Baytullohga uch yuz oltmish but osilmish edi. Rasululloh qo‘llarida tutgan tayoqchalari bilan: — Haq keldi, botil yo‘qoldi, — deb ularga ishorat qilur edilar. Qaysi biriga qarab ishorat qilsalar, tayoq tegmasdan turib tuban yiqilur edi. Baytulloh ichida Hazrati Ibrohim va Hazrati Ismoillarning ham haykallarini yasagan edilar. Mana shu birinchi kirgan kunlaridayoq Ka’ba ichidagi mushriklar asarlaridan hech narsa qoldirmay tozalatdilar. Shu kundan e’tiboran butun Arabistonda butparastlik yo‘qola boshladi. Islom shariatida zaruratsiz surat ushlashga ruxsat yo‘qligining ham sababi shu edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkaga kirgan kunlarida, qarshilik qilmagan kimsalarga qurol qo‘llanilmasin deb, amr qilgan edilar. Lekin Xuzo’a qabilasining Bani Bakr qabilasidan qasos olishiga ruxsat berdilar. Bu ish ham bo‘lsa shu kunning asr vaqtigacha cheklanmish edi. Shu kun o‘tgandan keyin umumiy ravishda tinchlik saqlandi. Rasululloh Baytullohni tavof qilib bo‘lganlaridan so‘ngra Ka’ba uyining ichiga kirdilar. To‘rt tarafga qarab takbir aytib, u yerdan chiqib Maqomi Ibrohimga kelib, ikki rakat tavof namozi o‘qidilar. So‘ngra zam-zam qudug‘idan suv ichib Baytulloh qarshisiga qarab turdilar. Butun xalq atroflarini o‘rashib olgan holda, ularning ko‘zlari Rasulullohga tikilib turdi. O‘zlariga ozor berganlarga, o‘z vatanlarini tashlab chiqmoqqa majbur etgan kishilarga qarata nima ish qilur, ularga qanday jazo berur ekan deb, barchaning ko‘ngliga kelur edi. Lekin Rasulullohning o‘ch olib nafs qondirish, o‘zi uchun g‘azablanish va mana shu yanglig‘ narsalardan ko‘ngillari pok edi. Yo‘q esa amakilari Hazrati Hamzani o‘ldirilganiga qanoat qilmay, quloq-burunlarini kesib, ko‘zlarini o‘yib, bag‘rini chaynagan Abu Sufyon xotini Hindning nechuk gunohini kechgay edilar? Xudo Qur’onda: «Va ma arsalnaka illa rohmatan lil a’lamin», ya’ni: «Barcha olamga seni rahmat uchun yubordik», deb aytgan so‘zi haqiqat ekanini Rasululloh har bir ish ustida isbot qilib, butun olamga buni ko‘rsatdilar. Mana, Rasulullohning bu qilgan ishlaridan barcha ummatlari ibrat olishlari lozimdur. Haqiqiy chin mo’min ersa, aning g‘azabi va rizoligi Alloh uchun bo‘lgay, har bir qilgan ishida ko‘pchilik xalq foydasini kutgay. Xalq foydasini kutgan bo‘lib, o‘z nafsiga qurol qilmagay. Haqiqiy chin musulmon kishining qilar vazifasi shuldur. Bu yo‘lda ko‘rsatgan xizmatlari uchun hech kimsadan tashakkur kutmagay. Islom shariatining ko‘rsatgan yo‘li shuldur. Har ishni Xudo uchun qilishi ersa, yaxshi-yomon xalq so‘zidan aning parvosi yo‘qligidandir. Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yig‘ilib, o‘zlariga ko‘z tikishib turgan ko‘pchilik xalqqa qarab: — Ey Quraysh xalqi, o‘zinglarcha meni qanday ish qilar deb o‘ylagaysiz? — dedilar. Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy www.ziyouz.com kutubxonasi 234 Anda ular: — Qarindoshimizdursiz, mehribon og‘amizdursiz, endi sizdan yaxshilik kutib turamiz, — dedilar. Rasululloh aytdilar: — Unday bo‘lsa, endi boringlar, barchangiz bo‘shaldingiz, qilgan yomonliklaringizni avf qildim. U zamon odati bo‘yicha barchalari qul bo‘lib, asir olinishlari kerak edi. O‘sha zamondagi urush odatlarining yo‘li shu edi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ka’ba ichiga kirmoqchi bo‘ldilar. Kelib qarasalar, Ka’ba eshigi qulf ekan. Buning eshikchisi Usmon ibn Talhani chaqirib, uning qo‘lidan kalitni oldilar. Ka’a ichiga kirib chiqqandan so‘ngra, u kishi, kalitni qaytarib bermas, deb o‘ylagan edi. Ammo uning o‘ylaganicha bo‘lmay, o‘ziga qaytarib berdilar. U zamonda Ka’ba kalitiga ega bo‘lish arablar o‘rtasida ulug‘ sharaf va obro‘y hisoblanar edi. Quraysh ichida Bani Shayba avlodi bu davlatga ega bo‘lmish edilar. Islomdan ilgari johiliyat zamonida ham o‘z odatlaricha haftada ikki marta — dushanba va payshanba kunlari Baytulloh eshigi ochilur edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hijratdan ilgari, Makkada turgan vaqtlarida Ka’baga kirgan kishilar qatorida kelib kirmoqchi bo‘ldilar. O‘shanda ham shu Usmon ibn Talha Ka’ba eshikchisi edi. U Rasulullohga noloyiq adabsiz so‘zlar aytib, kirgazmay qaytargan edi. Rasululloh yumshoqlik qilib, uning so‘ziga sukut qildilar, so‘ngra unga aytdilarkim: — Ey Usmon, bu yaqinlarda ko‘rib qolursan, Ka’ba kaliti mening qo‘limda bo‘lgay. U chog‘da esa buni tilagan kishimni qo‘liga topshirgayman. Shu orada o‘n necha yil o‘tgandan keyin, xuddi o‘sha deganlaridek bu ish vujudga chiqdi. Makka fath bo‘lgan kunida o‘sha aytganlaridek, Usmon ibn Talha qo‘lidan kalitni oldilar va yana o‘ziga qaytarib berdilar. So‘ngra: — Bu kalit ilgaridan beri sizlarda turar edi, bundan buyon ham doimiy ravishda sizlarnikidur. Ka’ba kalitini talashib, sizlardan kim olur ersa, zulm qilg‘on bo‘lur, — dedilar. Bu to‘g‘rida Rasulullohga ilgari qilgan qo‘pol muomalasi yodida bor edi. Bundoq ulug‘ sharafdan ajrab, bu davlatdan quruq qolish qo‘rqinchi bosib turgan bir chog‘da yana qaytadan abadiy shu davlatga ega bo‘lishi uni ko‘p suyuntirdi. Rasululloh qo‘llaridan kalitni olishi bilan to‘xtamay uyiga qaytdi. Ketidan yana uni chaqirib oldilar, Qaytib kelgach: — Ey Usmon, hijratdan ilgari bu kalit haqida senga aytgan so‘zim esingda bormi? — dedilar. — U so‘z yodimda bordir, Yo Rasulalloh. Endi guvohlik berurman, aniq bildim Allohning haq payg‘ambari ekansiz. Qudratingiz yetgan, qo‘lingizga tushgan chog‘da mundoq ulug‘ gunohlarimizni kechirdingiz, — dedi. So‘ngra Rasululloh buyurdilar, Hazrati Bilol Ka’ba ustiga chiqib azon aytdi. Quraysh raislaridan Abu Sufyon ibn Harb, Atob ibn Usayd, Xoris ibn Hishom, bulardan boshqa yana bir qancha Quraysh urug‘lari Ka’ba atrofida o‘ltirishgan edilar. Azon aytilganini eshitgach, Atob ibn Usayd turib dedi: — Alloh taolo otam Usaydni hurmat qilib, bu ishdan ilgariroq unga ajal yubormish edi. Yo‘q ersa bu qora qarg‘aning Ka’ba ustida bundoq qichqirganini ko‘rib qattiq qayg‘urur edi. Horis ibn Hishom aytdi: — Koshki Muhammadning haqligini bilur bo‘lsam, albatta, unga iymon keltirur edim. Bular so‘zini anglab Abu Sufyon aytdi: — Bu to‘g‘rida hech qanday gapirmaslikka qasam qilurman, agar gapirur ersam, shu yotgan mayda toshlar ham Muhammadga xabar yetkazgay, — deb toshga ishora qildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling