Tarixi muhammadiy


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet33/59
Sana23.09.2017
Hajmi5.12 Kb.
#16304
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59

www.ziyouz.com kutubxonasi 
202
Omonlik berdim, u yo‘lni ko‘rsatgil, — dedilar. 
Yahudiy aytdi: 
— Bu qal’a ichiga yer ostidan ketgan suv arig‘i bordir. Agar shu ariqning boshini topib, 
suv yo‘lini bog‘lar bo‘lsangiz, uch kunga qolmay taslim bo‘lg‘aylar. 
So‘ngra ariq boshini topishib, suv yo‘lini bog‘ladilar. 
Yahudlar bundan xabar topgach: «Suvsizlikdan o‘lgandan ko‘ra, urushib yurib 
qirilganimiz yaxshiroqdur», deyishib, sel qoplagandek hujumga chiqdilar. Mujohidlar 
tarafidin qattiq qarshilikka uchrashib, jon shirinlik qilib, olg‘a bosolmay, yana orqaga 
qaytdilar. Mana shu chog‘da ansor bahodiri Abu Dujona boshliq bir necha jonfidolar 
«Allohu akbar» sadosi bilan orqalaridan hujum qilganlaricha quvishib qal’a-ga kirdilar. 
Dushman jon talvasasida qochib o‘ng yonidagi qal’aga tiqilishdi. Bu yangi olinmish 
qal’ada o‘ljaga qoldirilgan jonlik-jonsiz mol-dunyoning hisobi yo‘q edi. Yahudlar bu 
qal’aga faqat nishonchi, mergan kishilardan saylab qo‘ymish edilar. Islom askarini yaqin 
keltirmay, alar ustlariga yomg‘irdek o‘q yog‘dirgali turishdi. Shu chog‘dagi otilmish 
o‘qlardan bittasi Rasulullohning etaklariga kelib tegdi. Muni ko‘rdilar ersa darhol yerdan 
bir changal mayda tosh olib «Allohu akbar» deb qal’aga otdilar. Otishlari bilanoq qal’ada 
bir zilzila paydo bo‘ldi, butun askarlari bilan qal’a yerga cho‘kib, barchalarini yer yutdi. 
Bu esa Xudo qudrati bilan Payg‘ambarimizning haqligi uchun ko‘rsatilgan mo’jizalari edi. 
Bu qudratni ko‘rib turishsa ham qolgan yahid askari iymon keltirmadilar. 
Shundoq bo‘lib, Xaybar qal’alari ketma-ket musulmonlar qo‘liga o‘ta boshladi. Biroq 
bular ichida fath bo‘lmagan yana uch qal’a qoldi. Alarning eng kuchlik, ishonchlik 
qal’alari ersa Alqamus nomli bo‘lib, bu qal’ada yahud raislarining oilalari, yana har turli 
qimmatbaho mollari saqlanmish edi. 
Rasululloh bu qal’a ustida yigirma kun qattiq qamal qilib turdilar. Oxiri Hazrati Ali 
qo‘lidan bu ham fath bo‘ldi. Onamiz Safiya shu qal’adan asir olingan edi. Bu qal’a 
olingandan keyin yahudlarning ruhlari tushganlikdan, qal’a ichida turib mudofaaga 
kirishdilar. Qolgan ikki qal’ani ham o‘n to‘rt kun qamal qildilar. Lekin yahudlar tashqari 
chiqishga botinolmay, qal’a ichidan mudofaa qilib turishdi. Qurol tashlab berilishga 
kelmagach, o‘zlaridan olingan qal’abuzar yaroqlarni keltirib, qal’aga otmoqchi bo‘ldilar. 
Muni ko‘rib yahudlarga qattiq qo‘rqinch tushdi. Agar o‘zlari taslim bo‘lmas ekanlar, yo 
ochlikdan halok bo‘lish, yo kuch bilan bosib olinishni bildilar. Shu bilan boshqa chora 
topilmay o‘rtaga orachi qo‘yib kelishgandan so‘ngra tubandagi shartlar yozilib, bir 
sulhnoma tuzildi. 
Birinchi, o‘z jonlariga, xotin-bolalariga omonlik olishib, bir qavat kiygan kiyimlari bilan 
Xaybar tuprog‘idan chiqib ketgaylar. Mundin boshqa butun mol-dunyolari, tamom asbob-
uskuna, yaroq-jabduqlarini musulmonlarga topshirib bergaylar. Ko‘mgan-yashirgan 
mollari bo‘lsa, ularni ko‘rsatgaylar. Bu to‘g‘rida hech qanday xiyonat bo‘lmasligi 
shartdur. Bu ishlar bajarilgandan so‘ngra, xohlagan joyga ketishga ruxsat berdilar. 
O‘rtada bitim bo‘lib, sulhnoma yozilgach, urush to‘xtadi. Shu bilan Xaybar qal’alari 
butunlay musulmonlar qo‘liga o‘tdi. Bu keyingi sulh bilan olingan ikki qal’adan chiqqan 
asboblari ersa shular edi: 
yuzta temir sovut; 
to‘rt yuz dona qilich; 
mingdan ortiq nayza; 
besh yuz dona o‘q-yoy. 
Bir necha jild yozilgan Tavrot kitoblari ham bor edi. «Bularga bizning hojatimiz yo‘q», 
deb Rasululloh Tavrotni so‘ragan yahudlarga berdilar. 
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xaybar raislaridan Kinona ibn Rabe’ degan 
yahudiyni chaqirib: 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
203
— Bani Nazar yahudlarining xazinasini qayga qo‘yding? — deb undan so‘radilar. 
Shunda ul: 
— Xazina ko‘milgan joydan mening xabarim yo‘qdur», — deb bahona topdi. Haqiqatda 
esa bu xazinani yuqorida voqeasi o‘tgan Bani Nazir yahudlari Madina tuprog‘idan 
chiqarilganda Xaybar yahudlariga omonat qo‘yib ketmish edilar. 
Bu esa Islomga dushmanligining qattiqligidan, bular olguncha chirib ketsin deb, 
ko‘milgan yerini ko‘rsatishga rozi bo‘lmadi. 
Anda Rasululloh: 
— O‘zimiz izlab topamiz, unda sen o‘limga rozimisan? — dedilar. 
Ul: 
— Rozidurman, — dedi. 
Rasululloh buyurdilar ersa, gumonlik joylarni qazishib topib olishdi. Xiyonat qilib ahdni 
buzg‘onligi uchun o‘lim jazosiga buyurib, Muhammad ibn Salamaga ijro etishga 
topshirdilar. Ul ham ukasi Muhammad ibn Maslama qasosiga uni o‘ldirdi. 
So‘ngra Xaybarda tushgan o‘lja mollarini yig‘ishga buyurdilar. Sahobalardan Ka’b ibn 
Amr kelib hammasini bir joyga yig‘di. Bular ichida Xaybar raisi Huyay ibn Axtab qizi 
Safiya ham bor edi. Bu qiz esa hazrati Horun alayhissalom naslidan bo‘lib, xasab-
nasablik, husn-jamollik edi. Buni olmoqqa qiziqqan kishi ko‘p edi. Shuning uchun 
ko‘pchilik muni Rasulullohga loyiq ko‘rishib, o‘rtadan chiqazib berishdi. Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam uni ozod qilgandan keyin: 
— Agar Islom diniga kirar bo‘lsang, seni o‘z nikohimga olurman. Munga yo‘q der ersang
seni o‘z yeringga yuborurman, bu ishda o‘zing ixtiyorlik erursan, — dedilar. 
Anda Safiya iymon keltirib, Rasulullohning nikohlariga kirishni ixtiyor qildi. Chunki 
Safiya, mundan ilgari tush ko‘rdi ersa, osmondan oy tushib aning qo‘yniga kirdi. Tushini 
onasiga aytib erdi, yuziga bir shapaloq urib: «Hay, beti qalin, bu yangi chiqmish 
payg‘ambar nikohidan sening umiding bormi?» dedi. Uning deganidek, bu tushning 
ta’biri ham shunga to‘g‘ri keldi. Nikoh kechasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
qarasalar Safiya ko‘zida ko‘kargan bir dog‘ ko‘rinadi. Sababini so‘radilar ersa, ul o‘tgan 
voqeani aytdi. Shu nikoh kechasi sahobalardin Abu Ayyub Ansoriy qilich taqinib 
Rasululloh yotgan chodirni aylanib, tong otguncha kuzatib chiqdi. 
— Nega bunday qilding? — deb Ayyubdan so‘radilar. 
Anda ul: 
— YO Rasulalloh, bu xotin ersa yangidan musulmon bo‘ldi. Muning otasi, eri, qavmi 
qarindoshlari bu urushda o‘ldirildilar. Uyqu ichida sizga bir yomon qasd qilib qo‘ymagay 
deb, ko‘nglim tinchimay kuzatib chiqdim, — dedi. 
Anda Rasulullohga bu so‘zi xush kelib: — Ey bor Xudoyo, Abu Ayyubni ofatlardan 
asragin, shu kecha uxlamasdan u meni saqlamishdur, — deb duo qildilar. 
Rasululloh duolari qabul bo‘lib, umri boricha bu kishi ofatlardin omon bo‘ldi. Eng oxirgi 
umrida Islom mujohidlari bilan jihod uchun Rumga keldi. Rum poytaxti Istambul shahrini 
Islom askari qamal qilib turganlarida, o‘z ajali bilan vafot topib, shu yerga ko‘mildilar 
Raziyallohu anhu. Bu shahar fath bo‘lguncha qabrlari uzun zamon kofirlar ichida qolgan 
bo‘lsa ham, Rasulullohning nafaslari ketganlikdan oyoq osti bo‘lmay, shu kungacha 
saqlanib keldi. Turkiya poytaxti Istambul shahridan chetroq bir joyda mozorlari 
mashhurdir. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makkadan Madinaga hijrat qilib kelganlarida Abu 
Ayyub Ansoriyning uyiga qo‘ngan edilar. Chunki mingan tuyalari Xudo buyrug‘i bilan shu 
kishining eshigi oldiga kelib to‘xtagan edi. Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. 
Xaybar qal’alari fath bo‘lib, dushmanlar zavol topqonlikdan musulmonlar shod bo‘lishib, 
shu joyda uch-to‘rt kun dam oldilar. Shu orada Hazrati Alining akalari Ja’far ibn Abu 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
204
Tolib, ulug‘ sahobalardan bo‘lgan Abu Muso Ash’ariy boshliq yamanlik musulmonlar bilan 
o‘n olti kishi Habashistondan kelishdi. Rasululloh Makkada turg‘onlarida sahobalardin 
sakson to‘rt kishi Habashistonga hijrat qilmish edilar. Hazrati Ja’far shularning raislari 
edi. Ul so‘zga chechan, ulug‘ himmatlik, botir yuraklik kishi bo‘lg‘onlikdan Habashiston 
podshosi Najoshiy uni o‘z oldiga chaqirtirib Hazrati Iso alayhissalomdan so‘z so‘raganida 
shu haqda kelgan Maryam surasini tilovat qilib berdi. Shunda Najoshiy Islom dinining 
haqligini bilgach, Rasulullohni ko‘rmay turib, g‘oyibona iymon keltirmish edi. 
Bu muhojirlarning kelganini anglab, Rasululloh alarni qarshi oldilar. Hazrati Ja’farni 
quchoqlab ko‘rishib, aning peshonasidan o‘pib turib aytdilarkim: 
— Alloh taolo bugungi kunda menga ikki ulug‘ ne’mat ato qilmishdir. U ne’matlarning 
qaysi biriga suyungayman? Xaybar shahrining fath bo‘lganigami yoki Ja’farning salomat 
kelganigami? — deb shodlik bildirdilar. 
Xaybarda tushgan g‘animat mollardan ularga ham nasiba chiqardilar. Mundoq iltifot 
boshqalarga hech bo‘lmagan edi. Yana shu kuni Davs qabilasidan Hazrati Abu Hurayra 
boshliq sakson kishi musulmon bo‘lishib yordamga kelishgan edi. Ularni ham quruq 
qo‘ymadilar. Har qanday sababdan oraga dushmanlik tushar ekan, uning do‘stlikka 
aylanishi mumkindur. Ammo hasaddan chiqqan dushmanlik o‘tining o‘chishi hech 
mumkin emasdir. Xaybar yahudiylarining yengilishi esa, ularning Rasulullohga 
dushmanliklarini yana ham orttirmish edi. 
Shuning uchun Rasulullohga ochiqdan-ochiq ziyon yetkazish yo‘lini topolmay, 
yashirincha ziyon yetkazishga kirishmish edilar. Muning misoli: Xaybar yahudlari 
raislaridan Salom ibn Mushkamning xotini Zaynab zaharlab pishirgan bir qo‘zini 
Rasulullohga hadya qilib yubordi. Odatlari ersa kelgan hadyani har kimdan bo‘lsa ham 
qabul qilur edilar. Bu qo‘zi go‘shtini bir luqma olib og‘izlariga solgach, uni yutmay darhol 
tupurib tashladilar. Chunki Xudo qudrati bilan tavoqdagi go‘shtdan: «YO Rasulalloh, 
meni yemang, zaharlik erurman», degan tovush chiqmish edi. Muni ko‘rishib boshqalar 
ham bu taomdan qo‘llarini tortdilar. Bular ichida Bishr ibn Baro degan sahoba ul 
go‘shtdin bir luqma yeb qo‘ygan edi. Zahar ta’sir qilib, shu onda vafot etdi. Bu voqeani 
ko‘rgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xaybar yahudlarini bir yerga yig‘ilishga 
buyurdilar. Barchalari yig‘ilishgach: 
— Ey Yaxud qavmi, sizlardan so‘raydigan bir so‘zim bordur, unga rosti bilan javob 
aytasizlarmi? — dedilar ersa, to‘g‘risini ayturmiz, deb barchalari va’da berdilar. 
— Andoq ersa, sizlarning eng katta otanglar kimdur? — dedilar. 
O‘z bobolarini yashirishib, boshqa birovni ko‘rsatishdi. 
Anda Rasululloh: 
— Ey yolg‘onchilar, bobongiz ul emas, balki faloniydur, — dedilar. 
Yahudlar yolg‘on aytganlariga o‘zlari iqror bo‘lishdi. 
— Ikkinchi ersa, bu taomga nechuk zahar soldinglar? — deb so‘radilar. 
Anda yahudlar: 
— Agar bu aniq Payg‘ambar bo‘lsa, unga zahar ziyon qilmagay, agar yolg‘onchi bo‘lsa, 
uning o‘lgani yaxshidur. Barimiz undan qutulaylik, dedik. Zahar ta’sir qilmagach, endi 
bildik, siz Payg‘ambar ekansiz, — dedilar. 
Ammo o‘zlari iymon keltirmadilar. Yuqorida aytilgan kishi shu go‘shtni yeb o‘lganlikdan, 
uning o‘rniga o‘shal yahudiy xotunni qasos qilmoqqa buyurib, boshlarini kechirdilar. 
Nafsning yo‘ldoshi shayton, rostning dushmani yolg‘ondir. 
Xaybar voqeasi ustida Madina munofiqlari anchagina yolg‘on xabarlarni tarqatmish 
edilar. Ayniqsa bu xabarlar Makkaga yetganida ular uchun bayram oylari yangidan 
tug‘ilmish edi. Musulmonlar yahudlardan yengilibdurlar, alarning ulug‘lari o‘ldirilib, 
Muhammad o‘zi ersa yahudlar qo‘liga asir tushibdur. Bu yaqin orada uni Makka shahriga 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
205
keltirib o‘ldirur emishlar. Mana shu yolg‘on so‘zlar tarqalib, Abu Sufyon boshliq butun 
Quraysh mushriklari bek suyunishmoqda edi. Shundoq ko‘ngilsiz xabarlarni eshitib, 
Makka musulmonlari motamga qoldilar. Ayniqsa, hazrati Abbos boshliq 
payg‘ambarimizning urug‘lari Bani Hoshim erkak, xotun-qizlari bilan qattiq qayg‘urishdi. 
Bu xabarni tarqatuvchi ersa, Hajjoj ibn Allot degan makkalik bir savdogar kishi erdi. 
Urush kunlari tijorat uchun Xaybarga kelmish edi. Rasulullohga yo‘liqib qolib iymon 
keltirdi. Bu odamning uy-joyi Makkada bo‘lib, mol-dunyosi ko‘p boylardan edi. Agar 
menim musulmon bo‘lganligimni Makka xalqi bilib qolsalar, mol dunyolarimni bosib 
olishib, tijorat muomalasidan qarz olgan pullarimni bermagaylar, deb qo‘rqdi. Shuning 
uchun ishlarini bitirib, pullarini ulardan yig‘ib olguncha musulmonchiligini yashirishga, 
hojat tushganda yolg‘on gapirishga Rasulullohdan ruxsat so‘rab olgan edi. 
Shu bilan bu kishi Makkaga bordi. Quraysh raislari Xaybardan xabar so‘radilar, alarga 
xush kelgudek yolg‘on so‘zlarni gapirdi. Muning suyunchisiga senga yordam qilaylik 
deyishib, xalq ustidagi uning qarz aqchalarini Quraysh raislari unga undirishib berdilar. 
Ammo ungachalik do‘stlar yig‘lashib, dushmanlar kuldilar. Biror hafta o‘tib, ishlari 
bitgandan so‘ngra u kishi sekingina hazrati Abbos oldiga kelib bo‘lgan voqealarni bayon 
qilib, uni qanoatlantirdi. Bu to‘g‘rida yolg‘on so‘zlagani uchun uzr ko‘rsatdi. U kishi ishini 
bitirib, bir kechada g‘oyib bo‘lgach, so‘zlar o‘zgarib, shod bo‘lganlar yana g‘amga tushib, 
g‘amliklar shod bo‘ldilar. 
Yana bir voqea shul erdikim, Xaybar fath bo‘lgan kunlarida nasoro rohiblaridan 
yetmishtacha odam Rasulullohga yo‘liqqani keldilar. Bularning oltmish ikkitasi 
Habashistondan, sakkizi esa Rum nasorolaridan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
ularga YOsin surasini oxirigacha o‘qib berdilar. Tilovat tamom bo‘lguncha sukut qilib 
yig‘lashib o‘ltirishdi. Habash viloyatidan kelgan sahobalar bilan onamiz Ummu Habiba 
ham birga kelgan edilar. Bu ersa Quraysh raisi Abu Sufyonning qizi edi. Bir kuni tush 
ko‘rsa, bir kishi uni «Ey, mo‘minlar onasi» deb, tushida chaqirdi. Kishi ekan deb qarasa, 
tushi ekandur. Mundoq tush ko‘rgach: «Rasululloh nikohiga kirib mo‘minlarg‘a ona bo‘lur 
ekanman» deb ko‘rgan tushiga o‘zi ta’bir berdi. 
Bu xotin ilgari Ubaydulloh ibn Jahsh nikohida bo‘lib, Makkadan Habashistonga hijrat qilib 
ketmish edilar. Bu yerda o‘n yil turishgandan so‘ngra uning eri Ubaydulloh Islom dinidan 
qaytib, murtad bo‘lib, nasoro diniga kirmish edi. Shu dinda o‘lib, xotini Ummu Habiba tul 
qoldi. Rasululloh muni anglab, Amr ibn Umayya degan kishini Habash podshosi 
Najoshiyga yuborib: «Agar tul xotin rizolik bersa, o‘zi vakil bo‘lib menga nikoh qilsin», 
dedilar. Najoshiyga bu xabar kelgandan keyin, o‘zining xos kanizagini Ummu Habibaga 
yuborib, bu so‘zni anglatdi. Ummu Habiba ham munga rizolik berib, muhojir 
sahobalardin Xolid ibn Sa’dga vakolat topshirdi. Podshoh amri bilan muhojir 
sahobalardin hech kim qolmay yig‘ildilar. Bu tomondan davlat arboblari bilan 
podshohning o‘zi hozir bo‘ldi. Rasululloh tarafidan Ummu Habibaga to‘rt yuz misqol oltin 
mahr bog‘ladi. Xutba o‘qib podshohning o‘zi nikoh qildi. O‘qilgan xutbaning arabchasi 
tarix kitoblarida yozilmishdir. «Nikoh o‘tgandan so‘ngra taom yeyish payg‘ambarlar 
sunnatidur», deb taom keltirmakka buyurdi. Shu bilan nikoh majlisi o‘tib, ertasi kuni 
podshoh kanizagi Habashiston tansiqlari bilan zebu ziynat xushbo‘ylaridan Ummu 
Habibaga keltirib topshirdi. So‘ngra ul joriya aytdi: 
— Menim salomimni Rasulullohga yetkazgil, uning payg‘ambarligiga men ishonib, Islom 
diniga kirdim, umrim boricha men shu dinda turgayman. Rasululloh oldida mening 
iymonimga sen guvohlik bergil, — deb yig‘ladi. 
Keyin onamiz Ummu Habibani muhojir sahobalardan Shurahbil ibn Hasana degan kishiga 
qo‘shib Rasulullohga yubordilar. Madinaga kelgach, Rasulullohning safarga chiqqanlarini 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
206
eshitib, to‘g‘ri Xaybarga kelib Payg‘ambarimiz bilan ko‘rishdilar. U kunlarda esa Xaybar 
qal’alari butunlay fath bo‘lmish edi. Buning ustiga bular kelib, ko‘p xursandlik bo‘ldi. 
G‘ATAFON QABILASINING VOQEASI 
Ko‘chmanchi arablardan bo‘lgan G‘atafon qabilasi Xaybar atrofida yashar edilar. Bular 
esa ilgaridan beri Xaybar yahudlarining ittifoqdoshlari edilar. Rasululloh kelmaslaridan 
ilgariroq yahudlar o‘z raislaridan bir necha kishilarni yuborib, ulardan yordamga askar 
so‘radilar. Agar biz Muhammadni yenga olsak, Xaybar hosilotining teng yarmini beramiz, 
deb va’da qildilar. U chog‘da G‘atfon qabilasiga Islom dini kirmagan edi. Ularning raisi 
Uyayna ibn Hisnni Rasululloh «ahmaqul muto’» demish edi. Ya’ni, xalq ergashgan 
obro‘ylik ahmoq demakdur. Urush kunlari to‘rt-besh ming askar chiqarishga kuchlari 
yetar edi. Yahudlarga to‘rt ming askar yuborib, yordam qilmoqchi bo‘ldilar. Ularning 
raislari Uyayna ibn Hisn bu ishga qattiq va’da berib ishontirdi. Bu xabarni Rasululloh 
eshitdilar ersa, G‘atafonga kishi yuborib, agar yahudlarga qo‘shilmay tursalar Haybar 
o‘ljasidan alarga ham nasiba chiqarurmiz, dedilar. Bu so‘zga quloq solmasdan to‘rt ming 
askarlik qo‘shin tuzib Uyayna yo‘lga chiqdi. Bir oz yo‘l yurgandan so‘ngra Muhammad 
alayhissalom orqa tomondan hujum qilmoqqa kelur emish, deb angladilar. 
Bu so‘zdan askar ichiga g‘ovur tushib, o‘zaro ittifoqlari buzildi. Nochor bo‘lib yo‘ldan 
qaytishib keldilar. 
Ikkinchi bir rivoyatda aytibdur, yordamga chiqqan askarlar kelayotganda: «Ey odamlar, 
ortinglarda qolgan bola-chaqalaringni bosdilar», — degan tovush eshitilib, ularga 
qo‘rqinch tushdi. Lekin bu ovoz qaydan chiqqanligini hech kim bilmadi. Shuning bilan 
hayron bo‘lishib, orqaga qaytdilar. Kelib qarasalar bu so‘z yolg‘on ekandur. Shunday 
bo‘lsa ham bu bahona bilan tarqalgan askarlar o‘z oilalarini qo‘riqlab, Haybar yordamiga 
borishmadilar. 
Bu ishning haqiqati esa, bularni yo‘ldan qaytarish uchun musulmon jinlarining 
mo’minlarga qilgan yordamlari edi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam insu 
jinlarning ham payg‘ambaridurlar. Bular ichida ham kofir, — musulmonlari bordur. 
Insonlarga o‘xshash kofir va musulmon bo‘lib, o‘zaro urush qilgaylar. Alarning ham 
musulmonlari musulmonlarga, kofirlari kofirlarga doim tarafdordurlar. Shuning uchun 
Rasululloh aytdilar: 
— Kishi yo‘q keng dalada bir kimarsa namoz o‘qimoqchi bo‘lib azon aytsa, sekin 
aytmasin, balki qichqirib aytsin. Chunki azon tovushini eshitgan jin ummatlarim kelishib, 
unga iqtido qilg‘aylar. Agar shunday joyda bir mo’minning mingan oti hurkib qochdi 
ersa, uni to‘sqali hech kim bo‘lmasa, «Ey mo’minlar, otim qochdi, to‘singlar!» deb 
qichqirsin. Mo’min jinlar uni to‘sib to‘xtatgay, dedilar. Agar shunday bo‘lmay to‘rt ming 
askar yahudlarga yordamga yetishur ersalar, tashqaridan bular, ichkaridan yahudlar 
bo‘lib, musulmonlar uchun ish anchagina og‘irlashar edi. Chunki bu holda o‘n to‘rt ming 
dushmanga musulmonlardan bir ming olti yuz kishi qarshi turishi lozim kelurdi. 
Asbob olamiga qaraganda, bu ish imkoniyatdan tashqaridir. Shuning uchun Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam Xaybar g‘animatlaridan bularga hissa chiqarib bo‘lsa ham, bu 
ishdan to‘xtatmoqchi bo‘lgan edilar. Ular unamagach, Alloh taolodan mo’minlarga 
g‘aybiy yordam yetib, bularni to‘xtatishga majbur qildi. So‘ngra Xaybar shahri Hazrati Ali 
qo‘lida fath bo‘lgach, G‘atafon raislari suqlik qilishib, o‘lja mol umidida Rasululloh 
oldilariga keldilar. Bularning raislari Uyayna aytdi: 
— Ey Muhammad, Xaybardan olmish o‘lja mollardan bizlarga ham berishing lozimdur. 
Chunki yahudlarga yordam berishdan bosh tortib, sen bilan urushmoqqa rozi bo‘lmadik. 
Anda Rasululloh aytdilar: 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
207
— Hoy yolg‘onchi, bu so‘zing yolg‘ondur. Alarga yordam berish uchun qo‘l tortib yo‘lga 
chiqqan eding, lekin orqangdan eshitilgan so‘z seni yo‘ldan qaytardi. Yo‘q esa sen bizni 
ayab turmas eding. Endi senga Ruqaybani berurman. 
Anda Uyayna: 
— Ruqayba nimadur? — deb so‘radi. 
— Tushingda Ruqayba tog‘ini ko‘rmish eding, endi shuni olursan, — dedilar. 
Bu so‘zning asli ersa shundoq erdi. Uyayna Xaybar yahudlariga yordam uchun to‘rt ming 
askar olib yo‘lga chiqmish edi, yuqorida aytilmish so‘z bahona bo‘lib, yo‘ldan qaytmish 
edilar. Kelgandan so‘ngra o‘z joylarida besh-o‘n kun turib, hech qanday qo‘rqinchlik ish 
borligi sezilmagach, qaytganlariga pushaymon bo‘ldilar. Bu yerda chidab turolmay, 
Uyayna boshliq bir necha raislar har qanday bo‘lsa ham Xaybargacha borib ko‘raylik-chi, 
deyishib yo‘lga chiqishdi. Kechalab yurishib, Xaybar yaqiniga kelib yetishdilar ersa, 
raislari Uyayna tush ko‘rmish edi. U tungi tushida o‘rmon ko‘rgandek o‘rnidan sapchib 
turib: «Bu kecha ajab yaxshi bir tush ko‘ribdurman. Tushimda Ruqayba tog‘ini 
quchog‘imga oldim («Ruqayba» arab tilida «bo‘yincha» demakdir). Muning ta’biri shulki, 
Muhammadning bo‘ynidan tutib, o‘zimga bo‘ysundirurman. Bu ko‘rgan tushim 
barchamizga bashoratdur», dedi. 
Alloh taolo Rasulullohga muni allaqachon bildirmish edi. Bu ko‘rgan shaytoniy tushdan 
yana umid qilib Xaybarga keldi ersa, Rasululloh Xaybarni fath qilibdilar. Muni ko‘rib 
hayronlikda qoldi. Yana qarab turmasdan ochko‘zlik qilib Rasulullohdan o‘lja so‘radi. Ana 
shu chog‘da Payg‘ambarimiz mo‘jiza ko‘rsatib: «O‘sha tushingda ko‘rgan Ruqayba tog‘i 
sengadir, shuni olg‘il», dedilar. Bu mo’jizani ko‘rib tursa dag‘i dili uyg‘onib iymon 
keltirmadi. 
Xaybarni fath qilgan kunlarida xurmolar pishmagan dumbullik vaqti edi. Undan ko‘proq 
yeyishganlikdan askar ichida bezgak kasali ko‘paygani turdi. Muni Rasululloh bilgach, 
buyurdilar, erta namozining azoni bilan takbiri orasida sovuq suvga g‘usl qilg‘aylar. Shu 
bilan barchalari shifo topib, bezgakdin qutulishdi. 
Xaybar urushida sahobalardan o‘n besh kishi shahodat topmish edi. Yahudlardan ersa 
to‘qson uch kishi o‘ldirildi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Xaybarning 
yerlaridan qanchalik hosil chiqdi ersa, shuning teng yarmini xazinaga topshirish sharti 
bilan har qaysi yerni yana o‘z egasiga qaytarib berdilar. 
Hazrati Umar davrlarigacha yahudlar shu shart uzra turishib, Xaybar yerlaridan 
foydalanib keldilar. Bu ne’matga ham qanoat qilmasdan Islomga qarshi ba’zi bir xiyonat 
qilganliklari uchun arab tuprog‘idan haydab chiqarildi. Yo‘q ersa, Hazrati Umar 
davrlarigacha o‘z yer-suvlarida erkinlik bilan yashab turdilar. Keyin bulardan katta bir 
xiyonat sodir bo‘ldi. Shundoqki, Shom muhojirlaridan Mithar ibn Nofe’ degan bir kishi 
bor edi. U odam Shom fath bo‘lgandan keyin, urushda asir olingan nasorolardan o‘n 
kishini birga olib, Madinaga keldi. Muning Xaybarda bog‘lari, yer-suvlari bor edi. Alarni 
ishlatmoq uchun shu joyga keltirdi. Bu yerga kelgach, yerlik yahudlardan biri qullarga 
ig‘vo qilib: 
— Sizlar nasoro, bizlar esa yahudiy erurmiz. Sizlar va bizlarga arablar qilich kuchi bilan 
bo‘ynimizga minib hukmron bo‘ldilar. YOlg‘iz arab sizlardan qul qilib ishlatishga o‘n 
kishini keltirmish, bu nechuk xorlikdur. Endi kundan-kunga mehnatingiz oshgay, hayvon 
o‘rnida ishlayverib, azobga qolg‘aysizlar. Sizlarga mening maslahatim shulki, ishdan 
qaytib, qachon bu qishloqdan tashqari chiqdingiz ersa, uni o‘ldirib o‘z yurtingizga qochib 
ketsangiz, shundagina undan qutulg‘aysiz. Yo‘q ersa o‘lguncha umringiz qullik bilan 
o‘tgay,— dedi. 
Ular ham: 
— Aytqoning to‘g‘ridur. Lekin bu ishga qurolimiz yo‘q, — degan edilar, yashirincha 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling