Tarixi muhammadiy


Download 5.12 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/59
Sana23.09.2017
Hajmi5.12 Kb.
#16304
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59

www.ziyouz.com kutubxonasi 
196
Qarasalar bir kishi yayov chopganicha kelayotibdur. Qattiq yugurganidan oyoq ostidagi 
mayda toshlar parillab uchib chiqmoqda edi. 
Rasululloh buni ko‘rib: 
— Bu kishi ersa qattiq bir qo‘rqqudek ishdin qochganga o‘xshaydur, — dedilar. 
Ungachalik bu kishi ham yetib keldi. 
Sahobalar: 
— Hoy, senga nima bo‘ldi? — deb so‘radilar. 
Bo‘lg‘on ishni aytib: 
— Mana ketimdan kelib qoldi, meni ham o‘ldirmoqchi erur, ey Muhammad, senga 
sig‘indim, omon tilarman, — dedi. 
Rasululloh: 
— Qo‘rqma, omon berdim, — dedilar. Xiyol o‘tmay Abu Basir ham kelib, tuyani masjid 
oldig‘a bog‘ladi. Qilich osilg‘an, yaroq taqinganicha Rasulullohga to‘g‘ri kelib: 
— Yo Rasulalloh, Alloh taolo sizning ahdingizni ado qildi. Chunki siz qo‘lingiz bilan meni 
ularga topshirib berdingiz, dinimni, jonimni saqlamoq uchun bu ishni qildim. Kofirlar 
qo‘lidan meni Xudo qutqardi. Nima hukm qilsangiz, bo‘ynim qilchalik, o‘z oldingizga 
keldim, — deb qarab turdi. 
Anda Rasululloh: 
— Madinadan boshqa qaysi joyni tilasang bor, senga ruxsat, — dedilar. 
Mundan so‘ngra Abu Basir o‘ylab turib, Shom yo‘liga chiqdi. Makkadan chiqadirgan 
Quraysh karvonlarining yo‘lini to‘smoqqa boshlab, tog‘ ichidan mustahkam bir joyga 
o‘rnashib oldi. Atrofdagi yashirinib yurganlar bu xabarni anglashib, anga qo‘shuldilar. 
Hudaybiya sulhida kofirlarga qaytarilib berilgan Abu Jandal Makka zindonidan qochib 
chiqdi. Uning atrofiga musulmonlardan yetmishga yaqin kishi to‘plandilar. Madinaga 
kelishdan qo‘rqishib, to‘g‘ri Abu Basir oldiga kelishdi. Turlik arab qabilasidagi 
musulmonlar sekinlik bilan shu joyga yig‘ilishdilar. Bularning sonlari uch yuzga yetdi, 
yo‘l to‘sib Quraysh karvonin o‘tkazmas bo‘ldi. Dushmanlardan qo‘lga tushganlarini ersa 
qo‘ymasdan o‘ldirar edilar. Bu ishdan Makka yo‘li to‘silib, Quraysh xalqi qiyinchilikka 
uchradi. 
Bulardan qutulishga iloj topisholmay, Quraysh raislari Rasulullohga: — «Ey Muhammad, 
bizdin sizlarga kim qochib borur bo‘lsa, ikkinchi uni bizlarga qaytarmanglar. 
Ahdnomadagi shu shartni bekor qildik, unday odamning bizga keragi yo‘qdur. Bundan 
so‘ngra uning uchun biz tomondan hech kim bormaydur. Bizdin qochganlar Madinaga 
bormasdan, karvon yo‘lini to‘sgali va bosmachilik qilgali turdilar. Atrofdin olib turgan 
ovqatlarimiz kelmas bo‘ldi» — degan mazmunda xat yozdilar. 
So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Basir va Abu Jandalni Madinaga 
chaqarib, qolganlari esa qaysi qabiladan kelgan bo‘lsa, qaytsin, bu jamiyat tarqalsin, deb 
buyruq qildilar. 
Rasulullohning xatlari kelgan chog‘da Abu Basir betob holda yotgan edi. Xatni qo‘liga 
olgach, o‘qib turib jon berdi. Raziyallohu anhu. Shu o‘rinda dafn qilib ustiga bir masjid 
bino qildilar.  
So‘ngra Abu Jandal o‘ziga qarashlik kishilar bilan Madinaga keldi. Qolganlari esa o‘z 
joylariga qaytishdi. Shu bilan karvon yo‘li omon topib, Quraysh xalqi ham bu ishga rozi 
bo‘ldilar. 
Bu sulh qilingandan so‘ngra yo‘llar ochildi, o‘rtada aloqa boshlanib, musulmonlar va 
mushriklar aralashdilar. Islom axloqini ko‘zlari ko‘rdi. O‘z ixtiyoricha dinga kiruvchilar 
kundan-kunga ko‘paygani turdi. Islom boshlangandan beri din qabul qiluvchilarning soni 
qanchaga yetgan bo‘lsa, ushbu sulh kunlari ichida unga o‘n barobar ortiq kishi dinga 
kirmish edilar. 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
197
Mana shu chog‘da barcha sahobalar bildilarkim, Rasululloh aytganlaridek, bu Hudaybiya 
sulhi musulmonlar uchun ulug‘ ne’mat bo‘ldi. Ular ziyonlik ko‘rib, rozi bo‘lishmagan bir 
necha shartlar oxiri foydalik bo‘lib chiqdi. Yo‘q ersa, bu sulhnomaga qarshilik ko‘rsatib, 
bir necha kishilar halok bo‘lishga yaqinlashgan edilar. Shu uchun Hazrati Abu Bakr 
Siddiq aytdilar: 
— Islom dini boshlangandan beri hech joyda Hudaybiya sulhidek katta g‘alabaga ega 
bo‘lgan emasmiz. Lekin xalqning aqli bu ishning asliga yetishmay, Rasulullohga bu ishda 
ko‘p to‘sqinlik qildilar. Allohning shoshilishi yo‘qdur. Bandalar shoshildilar. Oxiri esa Xudo 
xohlagandek Rasululloh aytganlari bo‘ldi. Bu ishga keyin tushunib, barchalari rozi 
bo‘ldilar. 
XAYBAR G‘AZOTI 
Xaybar shahri ersa, Madinaning shimoliy g‘arb tarafiga to‘g‘ri kelur. Karvon yurishida 
Madinadan to‘rt kunlik yo‘ldir. Yerlari keng, bog‘u bo‘stonlik, oqar suvlik, ekinzorlik 
bo‘lib, ko‘p kelishgan joy edi. Bu yerda yahudiylar yashamoqda edilar. Bu urushning 
sababi esa, Rasulullohga dushmanligi eng qattiq bo‘lgan yahudlar har yoqdan qochishib 
kelib, shu joyda to‘planishdilar. Butun kuchlari bilan Islom diniga qarshilik ko‘rsatuvchi 
yahud fitnachilarining tug‘i shu joyda ko‘tarilmish edi. Bularning raislari esa Rasulullohga 
qarshi boshqa qabilalar ichida tashviqot yurgizib, undan Xandaq urushi kelib chiqishiga 
sabab bo‘lgan edilar. O‘zlari kutgan maqsadlari esa mundan chiqmagach, chanqoqlari 
qonmay xalq ichiga tarqalib, yana buzg‘unchilik qila boshladilar. Bu holda alarga 
qattiqroq zarba yetkazib, boshqalarga siyosat ko‘rsatish lozim edi. 
Mana shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hudaybiya safaridan qaytib 
kelgach, bir oy o‘tar-o‘tmas Xaybar safariga chiqdilar. Hijratning yettinchi yili edi. 
Xaybar safariga chiqmish askarlar sanog‘i bir ming olti yuz bo‘lib, bundan ikki yuztasi 
otliq, qolganlari yayov edilar. Xaybarda yahudlarning o‘n bitta urush qal’alari bor edi. 
Urush kunlarida bu qal’alarda o‘n minglab askar saqlanur edi. Qo‘rg‘onlarining egizligi 
(kattaligi), askarlarning ko‘pligiga ishonib, ustilariga askar yetib kelguncha xabarsiz yota 
berdilar. 
Rasululloh kelmaslaridan bir necha kun ilgariroq butun qal’a askarini tashqari chiqarib, 
ko‘rik o‘tkazishgan edi. Qarasalar, bu ko‘rikka o‘n mingdan ortiq askar yig‘ilibdur. Muni 
ko‘rgach, alar mag‘rurlanib: «Hayhot, Muhammad kelib biz bilan nechuk urusha olur?! 
Biz bilan so‘qishmoqqa uning toqati yo‘qdur», deyishib, maqtanchoqlilik bilan tarqashgan 
edilar. 
Rasululloh Madinadan chiqqach, kechalab yurishib to‘rtinchi kuni tong otar Xaybarga 
keldilar. Yahudlar esa bu ishdan xabarsiz o‘z odatlaricha ketmon-kuraklarini ko‘tarishib 
qo‘rg‘on sirtiga chiqishayotganda, kelgan askarlarni ko‘rishlari bilan qochishib, qayta 
qal’aga kirishdilar. Xaybar qal’alari ichida eng kattarog‘i esa Annuto degan qal’a edi. 
Rasululloh shuning qarshisida, mundan o‘q otish yiroqroq yerga kelishib tushdilar. 
Bu qo‘rg‘on ichida har qaysisi o‘z oldiga bo‘lingan yana uch qo‘rg‘on bor edi. Birinchisini 
No’im, ikkinchisini Sa’b, uchinchisini Qulla der edilar. Rasululloh sollallohu alayhi 
vasallam birinchi qal’adan boshlab qamal qilishga buyurdilar. Dastlabki kuni urush tug‘ini 
muhojir sahobalaridan biriga berdilar. Ikki orada qattiq o‘q otishlar bo‘lib turdi. U kuni 
esa har ikki tarafdan ham ortiqcha ish ko‘rilmadi. Rasululloh tushgan joyning orqa yog‘i 
qalin xurmozor edi. Tun qorong‘uligidan foydalanib aning daldasida dushman kelib 
hujum qilib qolmasun deb, andin saqlanish uchun xurmolarni kesmoqqa buyurdilar. Shu 
kuni to‘rt yuz tup xurmo kesildi. Ertasi kuni kesishdan to‘xtadilar. Shu kuni sahobalardan 
Muhammad ibn Maslama shahid bo‘ldi. Bu kishi ersa atog‘liq bahodirlardan edi. Temir 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
198
sovut kiyib kun issig‘ida qilgan urush harakatlaridan charchab, bir ozgina dam olish 
uchun qal’a devorining soyasiga kelib o‘ltirmish edi. Muni payqab turgan bir yahudiy 
yo‘g‘on tosh bilan boshiga urdi. Musulmonlar ko‘tarib, Rasululloh qoshiga kelturdilar. 
Boshi yanchilgan, ko‘zlari o‘ynab chiqqan edi. Munday achinarli holni ko‘rgach, unga ko‘p 
og‘rindilar. Bir oz vaqt o‘tgandan so‘ngra u vafot topdi, raziyallohu anhu. 
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yetti kungacha bu hujum ustida o‘zlari 
boshchilik qildilar. Boshlarida temir dubulg‘a, egnilariga sovut kiygan, o‘ng qo‘lda nayza, 
so‘l qo‘lda qalqon tutgan edilar. Mana shu sifatda bo‘lib, askarga boshchilik qildilar. 
Munday qilishlari butun ummatga jihod yo‘llarini ko‘rsatib, hayot olamidagi haqiqatni 
anglatish edi. Chunki hayot olami demak, asbob olami demakdur. 
Alloh tarafidan tuzilgan haq dinni, olam xalqiga o‘rgatish uchun Alloh bergan ulug‘ 
mo’jizalik payg‘ambarlar ham qurol kuchiga muhtojdurlar. Mundin tashqari, asbob 
olamida hech bir ish o‘zicha yuzaga chiqmaydur. Payg‘ambarlarning barchalari bu 
qonunga bo‘ysungaylar. Agar sababdan tashqari xalq ko‘ziga biror narsa ko‘rsatar 
ekanlar, u esa asbob olamidan emas, qudrat olamining ishidur. Payg‘ambarlarga 
mo‘jiza, avliyolarga karomat uchun bo‘lur. Dunyodagi borliq narsalar esa, barchasi 
sababga bog‘liq bo‘lganlikdan, uning sabablarini to‘lig‘i bilan kim topa olar ekan, ularning 
yuzaga chiqishida hech shak yo‘qdur. Chunki dunyoda har ishning asbobi to‘liqlangach, 
kimning qo‘lida bo‘lsin u narsani tebratib, vujudga chiqarish Allohga odat bo‘lmishdur. 
Bandaga agar imkoniyat bo‘lar ekan, har narsaning asbobini to‘lig‘i bilan tayyorlamay 
turib, Xudo qildi deb qarab turish, hayot olamiga qo‘ygan Alloh qonuniga qarshilik 
qilishdur. Qur’onda buni «sunnatulloh» deb aytilur «Va lan tajida lisunnatillohi tadbilo». 
Bu oyat esa bizning shu aytgan so‘zimizga ochiq dalildur. Ma’nosi: «Ey Muhammad, 
Alloh odati hech vaqt o‘zgarmaydi». Yana o‘z so‘zimizga kelaylik. Shundog‘ bo‘lib, yetti 
kungacha Hazrati Abu Bakr Siddiq, Hazrati Umar kabi ulug‘ sahobalarga tug‘ topshirib, 
qal’a hujumiga buyurib turdilar. 
Lekin hech birovlaridan fath alomati bo‘lmadi, balki yahudiylardan bir bo‘luk fidoiy 
askarlari to‘satdan hujum qilishib, qamalda turgan ansor askarlarini orqaga 
chekintirdilar. Bu chekinishning oxiri Rasululloh chodirlariga borib yetgan edi. Muni 
ko‘rib, Rasululloh g‘amgin bo‘ldilar. Chunki bu hujumda o‘lim bo‘lmasa ham, yaradorlar 
ko‘paydi. Rasulullohning buyruqlaricha askar ulug‘lari navbati bilan har kecha dushmanni 
kuzatib, qorovullik qilishur edi. Yettinchi kecha navbat Hazrati Umarga kelib ekan, 
qorovul askarlari yarim tunda bir yahudiyni tutib aning oldig‘a olib keldilar. Ani 
o‘ldirishga buyurib edilar, u: 
— Hoy, meni o‘ldirmanglar, meni payg‘ambaringiz qoshiga elting, siz uchun foydalik 
so‘zim bor, unga ayturman, — degach, Hazrati Umar uni Rasululloh huzurlariga keltirdi. 
Undan so‘z so‘radilar ersa: 
— Ey Muhammad, jonimga omonlik berurmisan, agar qal’a ichidagi sir so‘zlarni aytib 
bersam? — dedi. 
Anda Rasululloh: 
— Omonlik berurman, ul so‘zlaringni aytgil, — dedilar. 
Yahudiy aytdi: 
— Bu qal’a ichidagi askarlar esa, besh-o‘n kun o‘tmay turiboq urushdan zerikib qolishdi. 
Muning ustiga askarlarda qo‘rqinchlik bor. Qo‘rqqan qo‘shindan yaxshilik umid qilib 
bo‘lmas. Shu kecha xotin-bolalarini ikkinchi qal’aga ko‘chirdilar. Ertalab qal’adan chiqib, 
ustinglarga hujum qilmoqchidurlar. Agar shu qal’ani qo‘lga kiritur bo‘lsangiz, uning 
ichida ishlangan yer ostida bir uy bor. Mendan boshqa uni hech kim bilmaydi. Mana shu 
yer ostidagi uyda manjaniq dabboba degan qal’a buzar urush qurollari bordir. Agar shu 
asboblar qo‘lga kelar ekan, u chog‘da bari qal’alarni tezlik bilan olgali bo‘lur. Mundan 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
199
boshqa, ul uyda yuzlab, minglab har xil qurollar topilg‘usidir. Shu ertalabki hujumda 
zafar topib, qal’ani olsangizlar, ul uyga sizni o‘zim boshlab kirgayman. Ey Abul Qosim, 
xotinimga ham omonlik so‘rayman. 
— Unga ham omonlik berdim, endi esa iymon keltirgil, — dedilar. 
Yahudiy bir necha kun muhlat so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hujum 
kunlari askarga tashviqot qilib, ulardan ajramas edilar. Tug‘ olgan askar boshliqlari 
navbatlashib qilgan hujumlaridan natija ko‘rilmagach, Rasululloh aytdilar: 
— Endi shu ertalabki hujumda Islom tug‘ini shundayin bir kishiga berurmanki, u Allohni 
va aning payg‘ambarini sevadi. Alloh va aning payg‘ambari uni sevadilar. Shuning qo‘li 
bilan bu qal’alar ochiladi. 
Bu so‘zni anglashib sahoba ulug‘larining har birlari: «Koshki edi, shu odam men bo‘lsam 
edim», deb o‘ylashar edilar. Rasululloh hujum tug‘ini topshirur chog‘ida askar boshliqlari 
ko‘krak kerishib: «Menga berarmikan?» deb javdirashib turdilar. Tug‘ talabida Hazrati 
Sa’d ibn Abi Vaqqos qarshilariga kelib tiz cho‘kib o‘ltirdi. «Mundog‘ ulug‘ ne’mat qandoq 
ulug‘ davlatlik kishiga nasib bo‘lmish ekan», deb sahobalarning kattalari kechasi bilan 
o‘ylashib chiqdilar. Shunda, Hazrati Umar: 
— Islomga kirganimdan buyon hech bir vaqt amaldor bo‘lishni talab qilmagan edim. 
Qachon Rasulullohdan Xaybar urushida shu so‘zni angladim ersa, shu kuni askar 
boshlig‘i bo‘lib, tug‘ ko‘tarishni orzu qildim, — deb aytdi. 
Shunga o‘xshash barcha sahobalar ham bu davlatdan umid etdilar. Lekin Alloh taolo o‘zi 
suygan quliga bu ne’matni ato qildi. Shu bilan yettinchi kecha o‘tib, tong otishi bilan 
ulug‘ sahobalar birortamizga bu iltifot bo‘lg‘aymu deb, har qaysilari Rasulullohga to‘g‘ri 
bo‘ldilar. Hech birovlariga gapirmay: «Ali qayda?» deb so‘radilar. Chunki u kunlari 
Hazrati Ali askar ichida yo‘q edi. Ko‘zi qattiq og‘rib qolgani uchun Rasululloh bu safarga 
ruxsat qilmagan edilar. Rasulullohdan ajrab Madinada qolganiga chidayolmay, ko‘z 
og‘rig‘iga qaramay, uch-to‘rt kun keyin askar orqasidan yetib kelmish edi. Lekin kun 
issig‘i, safar mashaqqati bilan ko‘z og‘rig‘i kuchayib, bir chodirda yotar edi, Rasululloh 
uni yo‘qlab qoldilar. 
— Yo Rasulalloh, uning ko‘zi qattiq og‘ribdur. Ko‘z ochmoqqa dag‘i qudrati yo‘qdur, — 
desalar ham, yo‘q, uni kelturing deb, Salama ibn Akva’ni yubordilar. Ul kishi borib 
yetaklaganicha Alini Rasululloh oldilariga keltirdi. Ani ko‘rishlari bilan: 
— Men aytgan kishi shu, men aytgan kishi shu, — dedilar. 
So‘ngra o‘z qo‘llari bilan tug‘ bog‘lab, uni Hazrati Aliga topshirmoqchi bo‘ldilar. Anda 
Hazrati Ali: 
— YO Rasulalloh, bir necha kunlardan beri ko‘zim qattiq og‘riydur. Shuning alamidan o‘z 
oyoq ostlarimni ham yaxshi ko‘rolmay qoldim, — dedi. 
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hazrati Alining boshini tizzalari ustiga qo‘yib, 
muborak tupuriklaridan ko‘zlariga surib edilar, shu onda og‘riq ko‘rmagandek bo‘lib, 
ko‘zlari chirog‘dek ochildi. Hazrati Ali ko‘z og‘riq, tish og‘riq degan narsani umrlarining 
oxirigacha ko‘rmadilar. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Kalimai tayyiba» yozilgan oq tug‘ni Hazrati Aliga 
tutqazib turib: 
— Yo Ali, olg‘a qarab intil, Alloh senga yor bo‘lg‘ay, hech yoqqa boqmagil, bu qal’alar 
qopqasi sening qo‘lingdan ochilgay, — dedilar. 
Rasululloh buyruqlarini anglashi bilan Hazrati Ali o‘ttiz-qirq qadam olg‘a bosib, so‘ngra 
to‘xtadi. Qayrilib qaramasdan, olg‘a qarab turganicha qichqirib: 
— Yo Rasulalloh, nimaga urushurman, kim uchun qon to‘kurman? — dedi. Anda 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
— Olamni yaratguvchi yolg‘iz Alloh deb inongunchalik urushursan. Meni chin 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
200
payg‘ambarligimga iqror qilguncha qon to‘karsan. «La ilaha illallohu Muhammadur 
rasululloh» kalimasini og‘zaki bo‘lsa ham aytar ekanlar, bizdan mol-jonlarini qutqara 
oladi. Tilida bo‘lsa ham shu so‘zni aytgan kishining mol-joniga omonlik bergaymiz. Biz 
ularning zohiriga boqqaymiz. Botinlarini Tangriga topishtirgaymiz. Agar shu kalimani 
aytib iqror bo‘lsalar, Alloh buyurgan diniy huquqni ularga bildir. Namoz, ro‘za, zakot, 
farz, vojib amallarini o‘rgatgil. Xudo haqqi, agar bir kishini haq yo‘liga keltursang, bir 
qabila xalqining qizil tuyalarini Xudo uchun sadaqa qilgandin aning savobi ortiqroqdur. 
O‘ng yog‘ingda Jabroil, qo‘lida qilich, sening uchun yordamga kelmishdir. Ey Ali, sen 
Arab xalqining sayidi, men odam naslining sayididurman, — dedilar. 
So‘ngra Rasululloh o‘z bellariga bog‘langan zulfiqorni, egnilariga kiygan temir sovutni 
berib: 
— Bor endi, Alloh yordamingda bo‘lsin, Xaybar shahri sening qo‘lingda fath bo‘lsun, — 
deb hujumga buyurdilar. 
So‘ngra Hazrati Ali, karramallohu vajha, askar oldiga tushib o‘ng qo‘lida zulfiqor, so‘l 
qo‘lida tug‘ tutib, butun askar barobar «Allohu akbar» sadosi bilan ko‘kka yetgudek 
qichqirib yugurdilar. Hazrat Ali hammaning oldida qal’a tagiga yetib Islom tug‘ini 
o‘rnatdi. Barcha askar barobar qal’a atrofini o‘rab oldilar. Qal’a boshlig‘i ersa, yahud 
askarining qo‘mondoni Marhabning bir tug‘ishgan ukasi Xoris nomlik kishi bo‘lib, bu esa 
yahudlar ichida o‘shal davrning atoqlik bahodirlaridan edi. 
Yasog‘lik turgan askarlar bilan musulmonlar ustiga otilib, bir qattiq hujum qildi. Bu 
hujumda esa musulmonlarning saflarini buzib, ularni orqaga chekintirdi. 
Ammo Hazrati Ali tug‘ tuganicha o‘z o‘rnidan bir qadam ham orqaga qaytmadi. Tog‘dek 
turish qilib, u joydin qo‘zg‘almadi. Muni ko‘rib askarboshi Horis o‘qdek otilganicha kelib 
Hazrati Ali boshiga qilich solgan edi, qalqon tutib uning zarbini qaytardilar. Navbat 
Hazrati Aliga kelgach, shundog‘ urdilarkim, qilich zarbi bo‘yin sovutini kesib, boshini 
uchirib yerga tushirdi. Yahudlar Hazrati Alidan bu dahshatni ko‘rgach, chidayolmay 
qochishib qo‘rg‘onga kirdilar. Bosh qo‘mondon Marhab yuqorida qarab turgan edi. Ukasi 
o‘ldirilganini ko‘rib, bo‘kirganicha qo‘rg‘ondan tushdi. Bu esa o‘shal zamonning eng 
kuchlik yaroqlari bilan qurollanmish edi. Ustiga kiygan sovuti, boshig‘a qo‘ygan 
dubulg‘asi, shunga o‘xshash urush kiyimlarini qavatlab kiyib olgan edi. G‘azab bilan 
o‘qdek kelib, Hazrati Aliga bir qilich urdi. Muning zarbidan qo‘llaridagi qalqon ikki bo‘linib 
yerga tushdi. 
Urushda qalqonsiz turish mumkin bo‘lmaganlikdan Xaybar shahrining qopqasiga qo‘l 
urib, qudrat bilagining yordami bilan darvozani yulib oldilar. Uni qalqon o‘rniga ushlab 
yana hujumga kirdi, bu qal’a butun fath bo‘lg‘unchalik shu qopqa aning qo‘lida edi. 
Hazrat Ali bilan urush maydonida Marhab yana yo‘liqishdilar. Bu galda ersa zulfiqorni 
havola qilib, andoq urdilarkim, qavatlangan qalqon dubulg‘alardan o‘tib boshini yorib, 
bo‘yin bo‘g‘iniga yetdi. Muni ko‘rib butun Islom askari takbir aytdilar. Raislari o‘ldirilib, 
tug‘lari yiqilgach, yahudlar qochib, qilichdan qutulganlari bu qal’ani tashlab, ikkinchi 
qal’aga kirib qamaldilar. 
Shu bilan bu qal’a Rasululloh aytganlaridek Hazrati Ali qo‘lida fath bo‘ldi. Darvoza 
tashlangandan so‘ngra, uni o‘rnidan qirq kishi qimirlata olmadilar, yetmish kishi degan 
ham rivoyat bordur. Qandoq bo‘lsa ham shunday ishlar Rasulullohning mo’jizalaridur. 
Xaybar qal’alarining birinchi olingan kunlarida esa askar ichida ocharchilik bor edi. Aslam 
qabilasi shu uchun Asmo ibn Horis degan kishini vakil qilib Rasulullohga yubordilar. Vakil 
kelgach: «YO Rasulalloh, ochlikdan biz qattiq qiynaldik, muning chorasini sizdin so‘rash 
uchun meni yubordilar», dedi. 
Anda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Xudoyo, bandalarning holini o‘zing yaxshi 
bilursan. Sening yo‘lingda jihod qilmoqqa ochlikdan kuchlari yo‘qdur. Ey bor Xudoyo, bu 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
201
qal’alar ichida qaysi birining yemak-ovqati ko‘proq, o‘lja mollari mo‘lroq bo‘lsa, shuning 
fathini bizga tezroq ato qil», deb duo qildilar. 
So‘ngra ansor sahobalaridan Hubob ibn Munzirga tug‘ topshirib, ikkinchi qal’a hujumiga 
amr etdilar. Hazrati Ali qo‘lida birinchi fath bo‘lmish No’im qal’asidan qochgan yahudlar 
ersa, ikkinchi Sa’b qal’asiga qamalgan edilar. Qal’ani qamal qilishgandan so‘ngra o‘shal 
asrning odaticha urush muboraza bilan boshlandi. Shundoqki, yahudlar tarafidin ularning 
ishongan bahodirlari Yusha’ degan jangchi chiqib, musulmonlarga qarata: «Menga 
talabgor chiqsun», deb o‘rtaga tushdi. Unga Hazrati Xubob chiqib, birinchi 
to‘qnashgandayoq bir zarba bilan uni o‘ldirdi. 
Birinchi g‘alaba Islom nomiga bo‘lganlikdan musulmonlar ko‘ngli ko‘tarilib, yahudlar ersa 
mundan yomon fol ochdilar. 
Shunga qaramay, alardan ikkinchi Dayol ismli bahodir maydonga tushdi. 
Musulmonlardan Ammor ibn Aqaba unga qarshi chiqdi. Bu kishi G‘ifor qabilasidan edi. 
Har ikkovi barobar hamla qilishib, bir-birlariga qilich urdilar. Ammo Islom bahodirining 
qilichi yahud bahodirining boshiga urilmish edi, zahmi miyasiga o‘tib darhol jon berdi. 
Lekin bu kishi arab odaticha qilich urganida: «Ol bu qilichni, men ersam G‘ifor 
qabilasidan chiqqan o‘g‘il erurman», dedi. 
Bu kabi so‘zlarni Islomdan ilgarigi johiliyat arablari o‘zaro qabila urushlarida aytishlari 
ularga odat edi. Mundog‘ so‘zlarni aytishdan Rasululloh musulmonlarni qaytarmish 
edilar. Shuning uchun bu so‘zni eshitgan sahobalar muni og‘ir oldilar. Bu so‘zni 
aytguvchi odam maqtanchoqlik qildi va jihod savobidan ajradi, dedilar. Muni anglab ko‘p 
ma’yus bo‘ldi, so‘ngra bu so‘zni Rasululloh ham eshitdilar ersa, aytdilar: «Andog‘ 
emasdur, u kishining qilgan jihodi hech vaqt bu so‘z bilan zoye bo‘lmaydi. Balki urush 
kunlarida kishi o‘zidan g‘ayrat ko‘rsatib, shundoq so‘zlarni aytishi Xudoga xush keladi». 
Bu qal’ada besh yuz yahud askari bor edi, urush boshlangach, birdaniga qal’adan chiqib, 
bor kuchlari bilan Islom askari ustiga otildilar. Bu hujumlarida askar safini yorib o‘tib 
musulmonlarni bir oz orqaga chekintirgan bo‘lsalar ham, askar tug‘dori Hazrati Xabob bir 
necha bahodirlar bilan o‘z joylarida sabot qilib bularni qaytardi. 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam askar saflari orqasida otdan tushib o‘ltirgan edilar. 
Muni ko‘rib Rasululloh keyindagi askarlarga buyurdilarkim, dushman ortidan qaytarma 
hujum qilg‘aylar. «Allohu Akbar» sadosi bilan bari Islom askari ikkinchi hujumga o‘tdilar. 
Shuning natijasida yahudlar yengilib qochgali turishdi. Har tomondan o‘ralib 
qolganlikdan qocholmaganlari butunlay qilich ostida qoldilar. O‘limdan qutulib qolganlari 
uchinchi qal’aga qochib kirishdilar. Bu yo‘l bilan olingan qal’a Rasululloh Xudodan 
so‘raganlaridek insonga, hayvonga kerakli har turli oziq-ovqatlar bilan to‘ldirilgan ekan, 
ularning barisi o‘ljaga qoldi. «Bu g‘animat tushgan mollardan olinglar, yenglar, ichinglar, 
lekin olib ketmanglar», deb Rasululloh e’lon qildilar. Xaybar qal’alari ichida oziq-ovqatga 
eng boy qal’a shu edi. Rasululloh qilgan duo barakotidan ko‘p kechikmay ikki kun ichida 
bu qal’a ham fath bo‘ldi. Askarlar bo‘lsa ocharchilikdan qutilishib, ovqatga to‘yib oldilar. 
Shu bilan askar ichidan ochlik ham ko‘tarildi. Bu qal’a ichida yer ostiga solingan yashirin 
uylar bor edi. Bular ichida o‘shal zamonning urush qurollaridan bir qanchasini topdilar. 
Bu qal’adan qochib chiqqanlari ersa, tog‘ boshidagi uchinchi qal’aga yo‘tkalishgan edi. Bu 
qal’a ustida uch kecha-kunduz, qattiq qamal bo‘lib, har ikki tomondin to‘xtovsiz o‘q otilib 
turdi. Shu orada Xudo yordami bilan o‘z ichlaridan bir yahudiy qochib kelib, Rasulullohga 
aytdi; 
— Ey Abul Qosim, bu qal’a ustida bir necha oylar qamal qilib turar bo‘lsang ham fath 
bo‘lmagay. Agar mening mol-jonimga omonlik berur bo‘lsang, uch kunga qolmay fath 
qilish yo‘lini ko‘rsatur edim. 
Anda Rasululloh: 

Tarixi Muhammadiy. Alixonto’ra Sog’uniy 
 
 
Download 5.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling