Tarixi (XIX asrningikkinchi yarmi XX asr boshlari)


Download 6.26 Mb.
bet108/120
Sana04.09.2023
Hajmi6.26 Mb.
#1672680
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   120
Bog'liq
9 o\'zbek мщ

О ‘zingizn i sin ang!
Zavqiy —
Anbar otin - ... Mnqimiy - ...
Jadid adabiyotida 1910-yilda Abdulla Qodiriy ilk nasriy asarlarini e’lon qildi. Adib o‘zining hikoyalari, felyetonlari va pyesalari bilan Tur- kiston ziyolilari hamda xalq ommasi orasida keng tanildi. Uning «Juvon- boz» hikoyasi, «Baxtsiz kuyov» pyesasi va qator romanlarini xalq sevib o‘qiy boshladi.


Nasrda ijod qilish xalq uehun eng ommabop va tushunarli adabiyot shakli edi. Shuning uehun ham jadidlar o‘z g‘oyalarini keng xalq ommasiga singdi- rish maqsadida nasr janridan keng foydalanganliklari ham bejiz emas edi. Jadidlar xalqqa yaqinlashishning eng samarali yodi sifatida xalq milliy teatrini yara- tishdi. 1911-1913-yillarda Turkistonning turli sha- harlarida teatrlar tashkil etildi. Adiblar ular uehun pyesalar yozishdi. Sahnada yangragan ona tilidagi nutq va teatr aktyorining harakatlari xalq ommasiga nisbatan qudratli ta’sir vositasiga aylandi.
Abdulla Qodiriy Jadid teatrlarida 1911-1917-yillarda 25 ta pyesa
namoyish etildi, ular xalq ommasi orasida eng mashhur asarlarga aylan- di. Bu paytda spektakllaming aksariyati ochiq sahnalarda qo‘yilib, ularga ko‘plab tomoshabinlar tushgan. Ilk o‘zbek tomoshabinlari uchun jadidlar qo‘ygan pyesalar axloqiy tarbiya maktablariga aylandi.
Jadidlar rahnamosi Mahmudxo‘ja Behbudiy tomonidan yozilgan mashhur pyesa - «Padarkush»da otalar va bolalarni bir-biriga nisbatan shafqatsiz mavjudotlarga aylantirgan ma’naviy qashshoqlik, mol-mulkka ruju qo‘yish qattiq qoralangan edi. Unda yot odatlaming kirib kelishi jamiyat uchun muqaddas bo‘lgan oilani yemirishi ko‘rsatib berildi. Nus- ratilla Qudratilla qalamiga mansub «To‘у» asarida oilaviy va shaxsiy fojialar sababchisiga aylangan serchiqim ba’zi urf-odatlar va an’analar tanqid ostiga olindi. Pyesada oila boshligTning serhasham sunnat to‘yi uchun puli yetmay qolganida qarz olishga majbur boTganligi va ko‘p o‘tmay toTovga layoqatsizligi oqibatida qarzdorning qamoqqa olinishi koTsatilgan.
Shu kabi tarbiyaviy ahamiyatga ega, ma’naviy boy adabiyot xalq on- gini uyg‘otuvchi eng muhim vosita boTdi. Uning atoqli namoyandalari esa soha rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar.

Download 6.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling