Tarixi (XIX asrningikkinchi yarmi XX asr boshlari)


Download 6.26 Mb.
bet3/120
Sana04.09.2023
Hajmi6.26 Mb.
#1672680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120
Bog'liq
9 o\'zbek мщ

Savol va topshiriqlar

  1. 8-sinf «0‘zbekiston tarixi» darsligiga tayanib, 0‘rta Osiyo hududlari Rossiya imperiyasi uchun qanday ahamiyatga ega ekanligi bo‘yicha fikr bildiring.

  2. «Tarixiy xotira» iborasiga izoh bering.

  3. «XIX asr o‘rtalarida 0‘rta Osiyo xonliklarining iqtisodiy-ijtimoiy, har- biy-siyosiy holati» mavzusida «debat» mashg‘uloti uyushtiring.

  4. 8-sinfda olgan bilimlaringizga tayanib, 0‘rta Osiyoda Rossiya-Angliya raqobatida Rossiya imperiyasi imkoniyatlarining yuqoriligi nimalarda namoyon bo‘ldi?

I в 0‘ L I М
XIX ASR 0‘RTALARIDA 0‘ZBEK XONLIKLARINING SIYOSIY, IQTISODIY VA MADANIY HAYOTI
Bo‘limni o‘rganish natijasida:

  • 0‘rta Osiyo xonliklarining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli;

  • qishloq xo‘jalik, savdo-sotiq va hunarmandchilikning rivojlanishi;

  • yer egaligi shakllari, soliq va majburiyatlar;

  • XIX asr o‘rtalarida Turkiston aholisi madaniy hayoti haqida bilib olasiz.

  1. §. XIX ASR 0‘RTALARIDA 0‘RTA OSIYO DAVLATLARINING HUDUDI VA AHOLISI

0‘rta Osiyo dav- asrda 0‘rta Osiyoda uchta mustaqil davlat mav-
latlarining hududi bo‘lib, bular Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon
xonliklaridir. Bu davlatlarda ishlab chiqarish, ijtimo­iy-iqtisodiy munosabatlar, savdo-sotiq va boshqa sohalar rivojlangan bo‘lsa- da, biroq ulaming taraqqiyoti ilg‘or Yevropa davlatlari darajasidan past edi.
Amirlik poytaxti islom dini markazlaridan biri bo‘lib, «Buxo- roi Sharif», ya’ni «Muqaddas Buxoro» nomiga ega bo‘lgan. Amirlik chegaralari janubda Amudaryoning chap qirg‘og‘idan boshlanib shi- molda Sirdaryogacha, sharqda Pomir tog‘lari dan g‘arbda Xiva xonligi yerlarigacha cho‘zilgan. Davlat hududi XIX asrning o‘rtalarida Eron, Afg‘oniston, Qo‘qon va Xiva xonliklari, qozoq juzlari yerlari bilan che- garadosh bo‘lgan. Amirlikning markaziy qismi Buxoro va Samarqand shaharlari joylashgan Zarafshon vodiysi hisoblangan. Amirlikda Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Qarshi, Kitob, G‘uzor, Termiz, Sherobod, Hi- sor. Ко‘lob kabi yirik savdo-sotiq, hunarmandchilik va madaniy markaz- lar hisoblangan shaharlar ham mavjud edi. Unga hozirgi Tojikistondagi Vaxsh, Kofarnihon, Panj daryolari vodiysidagi yerlar, Turkmanistondagi Murg‘ob daryosi vohalaridagi joylar qarashli bo‘lgan. Shu bilan birga hududiy jihatdan beklik va tumanlarga bo‘linib, ularni amir tomonidan tayinlangan beklar boshqargan. Amirlikda 40 ta beklik bo‘lgan.
Xiva xonligi XIX asrning ikkinehi yarmida janubda Eron, sharqda Buxoro amirligi, g‘arbda Kaspiy dengizi, shimolda qozoq juzlari yerlari bilan chegaradosh bo‘lgan. Xonlikning ma’muriy markazi Xiva shahri hisoblangan. Xonlikda Xiva, Kat, Yangi Urganch, Hazorasp, Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli kabi bekliklaming markazlari bor edi. Xiva xonligi 18 ta beklik, 2 ta noiblikka bodingan va ularni xon tomonidan tayinlangan beklar va todalar boshqargan.
XVIII asrning boshlarida, asosan, Farg‘ona vodiysi va Sirdaryoning quyi qismigacha bodgan hududlar Buxoro amirligidan ajrab, mustaqil davlat - Qo‘qon xonligi tashkil topadi. Xonlik sharqda Sharqiy Turkiston, g‘arbda Buxoro amirligi va Xiva xonligi, shimolda Qozoq xonliklari yer- lari bilan chegaradosh bodgan. Xonlikning janubiy chegaralari Qorate- gin, Kodob, Darvoz, Sho‘g‘non singari togdi odkalarni o‘z ichiga olib, bn hududlar uchun Buxoro amirligi bilan tez-tez to‘qnashuvlar bodib turgan. Xonlikda Qo‘qon, Toshkent, Andijon, Margdlon, Namangan, 0‘zgan, 0‘sh, Pishpak, Turkiston, Chimkent kabi ma’muriy, savdo-sotiq va madaniy markazga aylangan shaharlar bodgan. Xonlikning hududi Buxoro amirligi va Xiva xonliklari dan farqli odaroq, sersuv daryolar, sodim vodiylar, serhosil yerlarga boy bodgan. Xonlik 15 ta beklikka bo dinib, ularni, asosan, xon tomonidan o‘z qarindoshlari va yaqinlaridan tayinlangan kishilar boshqargan.


Download 6.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling