Tillashayx masjidi. XX asr boshi
Muhammad Rahimxon madrasasi (zamonaviy rasm)
Xudoyorxon saroyi (1863-1870) alohida o‘rin tutadi. U o‘zining bezak- lari, naqshlari rang-barangligi, yorqin jilosi bilan ajralib turadi.
Xonlikning yirik markazi Toshkentda XIX asrning o‘rtalarida qadimiy inshootlardan Hazrati Imom majmuasini, 1859-yilda Baroqxon madrasa- sini ta’mirlash ishlari boshlanadi. Shu davrda Baroqxon madrasasi qar- shisidagi Mo‘yi muborak madrasasining (XX asr boshida) qurilishi yakunlangan. Tillashayx jome masjidi singari inshootlar bunyod etildi.
Bu vaqtga kelib Buxoro amirligi me’moriy qiyofasida ham o‘zgarish- lar sodir boTdi. Shahar va qishloq aholisi yashaydigan turar joylar va mahalla guzarlaridagi qurilishlar joylarni yanada obod va ko‘rkam qil- di. Kufiy, rayhoniy, nasta’liq yozuv uslublaridan binolarni bezashda foydalanish davom ettirildi.
Bu davrda ikki tilda (zullisonayn), ya’ni o‘zbek ri mada^idyathihig' tillarida ijod qilingan. Ayni mahalda bu
o‘ziga xosligi madaniyatda o‘zbek adabiyotining ulug‘ namo-
1 yandalari, ayniqsa, Alisher Navoiy asos solgan
insonparvarlik va demokratik an’analar muhim o‘rin tutgan. 0‘rta Osiyo xalqlarining mushtarak tarixi mustahkam do‘stlik zaminiga qurilgan edi. Minglab she’rlar, g‘azallar va og‘zaki rivoyatlar ogTzdan ogTzga o‘tib, bahodir yigitlar jasoratini madh etar, botirlar va pahlavonlar haqida kuy- lar, sadoqat, mardlik, do‘stlik va muhabbat haqidagi dostonlar odamlarda ishonch, o‘zaro hurmat tuyg‘ularini uyg‘otib, ezgulikka da’vat etardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |