Tarixi (XIX asrningikkinchi yarmi XX asr boshlari)


Download 6.26 Mb.
bet7/120
Sana04.09.2023
Hajmi6.26 Mb.
#1672680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   120
Bog'liq
9 o\'zbek мщ

Hunarmandchilik 0‘rta Osiyo xalqlari hayotida hunarmandchilik va savdo-sotiq muhim o‘rin egallab, aholining dehqonchilik, chor-
— vachilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullanadigan qat-
lami hayoti ham bevosita hunarmandchilik bilan bogdiq bodgan. Chunk! har bir dehqon va chorvador hunarmandchilik buyumlaridan foydalangan holda mehnat qilgan, ayni vaqtda ular hunarmandchilikning turli sohalari uchun xomashyo yetkazib bergan. Savdogarlar esa hunarmandchilik mahsulotlari bilan savdo-sotiq qilgan. 0‘rta Osiyo davlatlarida ko‘plab hunarmandchilik markazlari mavjud bo‘lib, ular mahalliy xususiyatlari- ga ko‘ra turli hunarmandchilik sohalariga ixtisoslashgan. Masalan, Marg‘ilonda atlas to‘qish, do‘ppichilik, Rishtonda kulolchilik, Shahrixon- da pichoqchilik, do‘ppichilik, duradgorlik, Chustda ham do‘ppichilik, pichoqchilik, Qo‘qonda temirchilik, duradgorlik, zargarlik, Buxoroda zargarlik, Samarqandda zargarlik, Xivada me’morchilik, ganchkorlik rivojlangan. Buxoro amrrligida bu davrda kulolchilik, temirchilik, miskarlik, zardo‘zlik, shishasozlik, kandakorlik, badiiy kashtachilik sohalari ham keng tarqalgan. Xonliklarda temir mahsulotlariga ehtiyoj katta bo‘lganligi bois metallga ishlov beruvchi mahalliy temirchilik sohasi rivojlangan. Hunarmandlar tomonidan, asosan, mehnat qurollari, xususan, dehqon- chilikda ishlatiladigan asbob-uskunalar, kiyim-kechaklar, zeb-ziynat- lar, idish-tovoqlar, chorvadorlar foydalanadigan buyumlar tayyorlangan.

0‘rta Osiyo xalqlari o‘rtasida azaldan

hunarmandlarga hurmat bilan qaralgan, hunar egallash va bu kasbga munosib bo‘lishyaxshi fazilat hisoblangan. Xalq orasida «Hunardan unar», «Yigit ki- shiga qirq hunar ham oz», «Hunari bor kishi xor bo‘1mas» kabi hikmatli so‘zlar bejiz tarqalmagan.
Hunarmandchilik xonadon va ka- sanachilik ko‘rinishidagi may da us- XIX asrda Chorsu bozori. Toshkent taxonalardan iborat bo lib, unda, aso-san, qo‘l mehnatidan foydalanilgan. Hunarmandchilik mahsulotlari mahalliy aholi ehtiyojlarini qondiribgina qolmay, balki savdogarlar tomonidan chetga ham olib borilgan. 0‘rta Osiyo savdogarlari Eron, Xitoy, Hindiston, Afg‘oniston, Rossiya davlatlari va qozoq juzlari bilan savdo-sotiq qilganlar. Xorijda hunarmandlarning zargarlik mahsulotlari, shoyi va atlas matolari, kulolchilik buyumlari yuqori baholangan.
Bu davrda 0‘rta Osiyodagi ichki va tashqi savdoning yanada jadal rivojlanishiga uchta davlat o‘rtasidagi kelishmovchiliklar, ichki nizolar va notinchliklar salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Download 6.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling