*
I
i
—гг—
Musiqa asboblari
edi. Bu borada torli-kamonchali cholg‘u asboblari (g‘ijjak, qo‘biz, uchtor), torli-noxunli (do‘mbira, dutor, tanbur, ud, rubob), torli-zarbli (chang), puf- lama nayli (nay, surnay), mushtuk-puflamali (karnay), zarbli-membranali (doira, nog‘ora, chindovul) kabi cholg‘u asboblari keng tarqalgan edi.
Turkistonning o‘sha kezlardagi musiqa madaniyatida yakkaxon ijro- chilar ham, ansambl ijrosi ham rivojlandi. Kamay, nog‘ora yoki doira, ya’ni qattiq jaranglovchi cholg‘u asboblari an’anaviy bayramlarda, to‘y- tantanalarda, ommaviy tomoshalarda jo‘rovoz bo‘lgan; birmuncha past jaranglovchi cholg‘u asboblari - sumay, dutor, g‘ijjak esa kamer (xonada) yoki konsert (davrada) ijrosiga modjallangan edi.
Xorazm maqom va musiqa maktabi Xiva xoni Muhammad Rahimxon II (Feruz) davrida yanada rivojlandi. 0‘z davrining ma’rifatli hukmdori bodgan Feruz san’at namoyandalariga katta imkoniyatlar yaratib berib, ular faoliyatiga homiylik qilgan. Bundan tashqari bevosita musiqa san’atini rivojlantirishga oid farmonlar ham chiqargan.
0‘zingizni sinang!
Xalq dostonlari — ... Maqomlar — ... Muhammad Rahimxon II — ..
Tarixiy hujjat
«Biz kim, Xorazm mamlakatining oliy xoqoni Muhammad Rahimxon Soniy quyidagi farmoni oliyga imzo chekdik.
Xorazm maqomlari xalqning daxlsiz mulki deb e’lon qilinsin. Ushbu farmoni oliyga shak keltirgan va maqomlarni kamsitgan yoki uni buzib ijro etgan kimsalar qattiq jazolansin!»
1882-yil
Do'stlaringiz bilan baham: |