^ Yakunlarni chiqaramiz!
f\
' ► Rossiyaning Birinchi jahon urushida ishtirok etishi uning mus- tamlakalari, jumladan, Turkiston odkasiga ham o‘zining salbiy ta’- sirini ko‘rsatdi.
Podsho hukumati tomonidan Turkiston aholisining mardikorlikka safarbar qilinishi mahalliy aholining norozilik harakatlariga sabab boTdi.
1916-yildagi qo‘zg‘olonlar podsho hukumati tomonidan harbiy kuchlar yordamida bostirildi.
Qo‘zg‘olon ishtirokchilari podsho hukumati tomonidan qattiq ja- zolandi.
£ Savol va topshiriqlar
Qo‘zg‘olonlarning yengilish sabablarini sanab bering.
1916-yildagi qo‘zg‘olonlar qanday oqibatlarga olib keldi?
1916-yilda Turkiston oTkasidagi xalq qo‘zg‘olonlarining XIX asr oxiridagi qo‘zg‘olonlar bilan qanday o‘xshashligi bor?
1916-yildagi qo‘zg‘olonlarga mustamlakachi hukumat qanday mu- nosabatda boTdi?XIX ASR OXIRI - XX ASR BOSHLARIDA BUXORO AMIRLIGI VA XIVA XONLIGI
Bo‘limni o‘rganish natijasida:
XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Buxoro amirligining boshqarish tizimi haqida;
hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlanishi haqida;
Yosh buxoroliklar harakati rejalari va faoliyati to‘g‘risida;
1920-yilda Buxoro amirligining ag‘darilishi haqida;
Xiva xonligining siyosiy tizimi haqida;
Yosh xivaliklaming mamlakatda islohotlar o‘tkazish harakatlari to‘g‘risida;
Xiva xonligining ag‘darilish sabablari haqida bilib olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |