Tarixi (XIX asrningikkinchi yarmi XX asr boshlari)


Xiva xonligi qo‘riqchilari. XX asr boshi


Download 6.26 Mb.
bet96/120
Sana04.09.2023
Hajmi6.26 Mb.
#1672680
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   120
Bog'liq
9 o\'zbek мщ

Xiva xonligi qo‘riqchilari. XX asr boshi
0‘zingizni sinang!
Cho‘p puli - ... Qarzdor dehqoular
Solg‘ut - ... Afanak puli - ...
I ~ XIX asr oxiri - XX asr boshlarida uy hunarmand-
. . . . chilik ishlab chiqarishi hanuz saqlanib kelayotgan
edi. Unda ip yigirish va to‘quvchilik, oyoq kiyimlar,
gilamlar, kigizlar va hokazolar tayyorlanardi. Har bir dehqon xo‘jaligi yor- damchi daromad manbayi bo‘lgan uy hunarmandchiligi bilan shug‘ullanar edi. Deyarli har bir qishloqda ko‘nchi, etikchi, bo‘zchi, bo‘yoqchi, juvoz- chi va boshqalar faoliyat ko‘rsatishgan. Hunarmandlar o‘z hamqishloqlari- dan buyurtmalar olib ishlashar va tayyorlangan buyumlari uchun natura tarzida, mahsulot yoki pul bilan haq olishardi. Ulardan ba’zilari bevosita mahalliy bozorlardagi ustaxonalarda mehnat qilishardi.
0‘rta Osiyoning Rossiya, qozoq juzlari, Kavkaz, Eron bilan savdo mu- nosabatlari rivojlanishi ichki savdo-sotiqni jonlantirdi. Bozor munosabatlari- ning rivojlanishi tovar-pul munosabatlarining shitob bilan o‘sishiga imko- niyat yaratdi. Shaharlaming qishloqlarga nisbatan jadal rivojlanishi yangi shaharlami vujudga keltirdi va eskilarining rivojlanish jarayonini tezlashtir- di. Bu mamlakat iqtisodiy hayotida shaharlaming ahamiyati ortishiga olib keldi. XX asr boshlariga kelib Xiva, Yangi Urganch, Qo‘ng‘irot, Toshho- vuz, Gurlan singari shaharlar ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy markazlarga aylandi. Bog‘ot, Mo‘ynoq, Taxta singari yangi shaharlar vujudga keldi.
Ushbu shaharlarda mahalliy va Rossiya qo‘shma korxonalarining idoralari, sanoat korxonalari joylashgan edi. Masalan, Yangi Urganch shahrida o‘n bitta paxta tozalash zavodi (ulardan oltitasi mahalliy tad- birkorlarga tegishli edi), ikkita yog‘ zavodi, sovun va ko‘n zavodi, bit­ta tegirmon bo‘lgan. Bundan tashqari Yangi Urganchda Rossiya-Osiyo va Sibir savdo bankining bodimlari, pochta-telegraf idorasi, komission va sug‘urta jamiyatlarining vakolatxonalari ochilgan edi. Gurlanda ham rossiyaliklarga, ham mahalliy sarmoyadorlarga tegishli kapital jamlangan edi. Bu shaharda, asosan, paxtani tashib ketish bilan shug‘ullangan Rossi­ya savdogarlarining 10 ta idorasi va mahalliy tadbirkorlar - aka-uka Riza- yevlar, P. A. Manuilov, S. Maxsum, S. Tojiniyozov, T. Solijonov va bosh- qalaming jami 9 ta paxta tozalash zavodlari joylashgandi. 1909-yilga kelib Xiva xonligida 81 ta sanoat korxonasi ishlayotgan edi. Sanoat shakllanishi 1910-1915-yillarda yanada jadallashib, kerosin va neft bilan ishlaydigan 40 ta sanoat korxonasi barpo etildi. f ,

choy, manufaktura mahsulotlari, shakar, samovar kabi taqchil tovarlarni, hatto eng olis qishloqlarga ham olib borib sotardilar. Sanoatning bir yoq- lama va sust rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotida yetakchi hunarmand- kasanachilik ishlab chiqarishining salmog‘i nisbatining saqlanib qolishi- ga olib keldi. Mahalliy hunarmandlarning mahsulotlari mamlakat hudu- didan tashqarida yuqori baholangan. Chunk! bu mahsulotlar qadimiy boy hunarmandchilik ishlab chiqarishi an’analari asosida tayyorlanardi.

Download 6.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling