Atamalar izohi
Tuzem - yerli xalq, mahalliy aholining mustamlakachilar tomonidan atalishi.
Matbuot (arabcha - bosma asarlar, nashrlar) - gazeta, jurnal va kitoblar majmuyi.
Gimnaziya - ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan va ular bo‘yicha chuqur ta’lim beradigan o‘quv muassasasi
.Turkiston madrasalarida ta’lim qancha vaqt davom etgan?
Rus-tuzem maktablari va jadid maktablari ta’limi o‘rtasida qanday farqlar bo‘lgan?
Jadid maktablarini tashkil qilish tashabbuskorlari bo‘lgan ma’rifat- parvarlarni sanab bering.
Turkiston oTkasida qanday matbuot nashrlari tashkil qilingan edi?
§. TURKISTONDA ILM-FAN TARAQQIYOTI
Tarix fanidagi oxiri - XX asr boshlarida ilm-fan sohasida
yutuqlar katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Bu muvaffaqiyatlar-
ga erishishda jadidlarning o‘rni katta bo‘ldi. Ular tarbi-
yaviy maqsadlarda tarix sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantira boshladilar. Jadidlar tarixni xonlar, sultonlar va amirlar almashinuvi sifatida tasvir- lash o‘miga xalq tarixning haqiqiy bunyodkori ekanligini o‘quvchilarga tanishtira boshlashdi.
Tarixchi va jurnalist Mulla Olim Maxdum hoji «Tarixi Turkiston» («Turkiston tarixi») asarini yozdi. Bu asar o‘zbek tilida bosmadan chiqdi. Unda qadimgi davrdan to Turkistonning XX asr boshlarigacha boTgan
Do'stlaringiz bilan baham: |