Tarixiy geografiya fanining predmeti vazifalari
Qang’, Dovon, Kushon davlatlari tarixiy geografiyasi
Download 159.5 Kb.
|
24 talik.doc yangisi
Qang’, Dovon, Kushon davlatlari tarixiy geografiyasi.
Qang‘ davlati va uning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini o‘rganishga doir bir qator tadqiqotlar olib borilgan. Tadqiqot ishlarida arxeologik manbalar va Xitoy solnomalarida keltirilgan ma’lumotlar еtakchi o‘rin tutadi. Qang‘ davlati uning hududlari haqida S.P.Tolstov, keyinchalik Ya.G‘ulomov, K.Shoniyozov, Yu.Buryakov va boshqalar izlanishlar olib borishgan. Xitoy tarixchisi Sima Syan Qang‘ davlatiga oid ma’lumotida, uning aholisi asosan ko‘chmanchilardan iborat bo‘lganligini yozgan. Lekin uning rivojlangan davrida qang‘lilar o‘rta Sirdaryo bo‘ylarini egallangan davrlarda dehqonchmilikni ham o‘zlashtirib olganlar. Ular asosan, kam chorvaga ega bo‘lgan aholining qambag‘al qismi bo‘lgan degan fitkrlarni berishgan. Davan haqida ilk ma’lumot mil.avv.II asrga oid bo‘lsa, oxirgi ma’lumot mil. III asrga oid. Mil. 280-289 yillarda Xitoy elchisi Farg‘onaga kelgan. Shundan keiyn ma’lumotlar uchramaydi. Faqatgina imperator Vey Du Van 436 yilda Polonaga elchisini yuborganligi qayd etilgan. Bu davrda qadimgi Farg‘onada siyosiy vaziyat o‘zgargan. Davan davlati 400-500 yil davomida mavjud bo‘lgan. yozma manbalarga qaraganda aholisining 25 % shaharlarda iste’qomat qilgan.Qadimgi Farg‘ona podshosini –Van deb atashgan. Bir necha hukmdorning ismlari saqlanib qolgan - Mosay, Chan Fin, Mugua, Yanlyu. Davan aholisi sug‘orma dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan. Ular savdoda mohir va uddaburon, yilqichilikda "qanotli" arg‘umoqlar еtishtirishga katta e’tibor beradilar. Marhamat yaqin ida joylashgan Aravon yaqinida xitoylar ta’rif bergan «uchqur (samoviy) otlar» tasviri solingan qoya tosh suratlari topilgan. Xitoy manbalariga ko‘ra esa bunday uchqur tulporlar aynan Davan podsholigida еtishtirilgan. Milodiy III asrning birinchi yarmida, ya’ni Vasudeva va Kanishka III hukmronligi davrida Kushon podsholigida markazdan chetlashgan kuchlarning mavqei ortib, ular o‘zlarini tobora mustaqil hisoblay boshlaydilar. Ikkinchi tomondan esa ular o‘rtasida o‘zaro kurashlar avj oladi. Bundan tashqari, janubi-g‘arbiy hududlarda qudratli Sosoniylar davlati paydo bo‘ladi. III asrning ikkinchi yarmidan boshlab Kushon davlatining ko‘pgina еrlari Sosoniylar qo‘liga o‘tadi. Kushon podsholigi iqtisodiyotining asosini sug‘orma dehqonchilik, savdo va hunarmandchilik tashkil qilgan. Ushbu sohalar yuqori darajada rivojlangan. Hindiston, Xitoy va Rim saltanati bilan savdo hamda elchilik munosabatlari o‘rnatilgan. Savdo munosabatlarining rivojlanishida Buyuk ipak yo‘lining ahamiyati katta bo‘lgan. Termizdan Rim tangalari xazinasi, O‘rta еr dengizi atrofi hududlaridan esa Kushon davlati tangalari topilgani buning isbotidir. Aynan ana shu davrda hunarmandchilik xo‘jaligi yuksak darajada rivoj topib, ushbu sohaning‘ kulolchilik, metallsozlik, qurolsozlik, to‘qimachilik, shishasozlik kabi turlari ancha yuksalgan. Hatto Baqtriya shishasozlari 420 yilda Xitoy poytaxtida turfa rangdagi shishalar tayyorlab xitoyliklarni lol qoldirganlar. Kushon davlati ijtimoiy tuzumida qullar ikkiga: xususiy egalikdagi, ya’ni patriarxal oila qullari va davlat qullariga bo‘lingan. Xususiy qullardan asosan dehqonchilik, xonadon ishlarida, ov, chorvani boqishda foydalanilgan. Download 159.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling