Tarixiy geografiya fanining predmeti vazifalari


IX –XII asrlar tarixiy geografiyasi


Download 159.5 Kb.
bet13/24
Sana04.04.2023
Hajmi159.5 Kb.
#1328812
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
24 talik.doc yangisi

IX –XII asrlar tarixiy geografiyasi.
IX asrning oxirgi choragida Movoraunnarxrning barcha viloyatlari Samoniylar tasarrufiga o`tib u o`з mustaqilligini tiklab oladi. Samoniy davlati 888 yilgi aka ukalar jangidan so`ng Ismoil Samoniylar davlatiga asos soladi. Uning davrida Buxoroning Komprak devori qurilishi to`xtatib qo`yiladi. Tarixshunos mutafakkur Narshoxiyning yozishicha Amir Ismoil kuchli qo`shinini nazarda tutib, "Toki men tirik ekanman Buxoro viloyatining devori men bo`laman" - deb aytgan edi. Somoniylar davlat boshqaruvida amir devonlar boshqaruvidan foydalangan. Somoniylar davlati o`nta devon asosida boshqarilgan. Nasr II (914-943) davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri qarshisida devonlar uchun saroy qurilib davlat mhkamasi mana shu maxsus binoga joylashtirilgan edi. Ular orasida "Vazir devoni2 bosh boshqaruv maxkamasi hisoblanar va davlatning ma`muriy siyosiy xo`jalik tartiboti uning bevosita nazorati ostida tutib turilardi. Barcha devon boshliqlari vazir devoniga tobe edi.
"Mustafiy devoni" bu devon davlatning butun moliyaviy ishini boshqargan. "Devoni Amir - al mulk" davlat ahamiyatiga molik bo`lgan rasmiy xujjatlarni tuzish bilan shug'ullangan. Bundan tashqari bu devon chet davlatlar bilan olib boriladigan o`zarol munosabatlarni boshqargan.
"Sohibi-ash shur`at" bu devon davlat ahamiyatiga molik bo`lgan xujjatlarni, xabarlarni etkazish bilan shug'ullangan.
"Muxtasib devoni" bozorlarni, sotuvchilarni qadoq toshlar og'irligi bozordagi mollarning narxini sifatini nazorat qilish bilan shug'ullangan.
"Mushtarif devoni" xazinaning daromadini xarajatlarini nazorat qilgan.
"qozi az-ziya devoni" davlat erlarini "vaqf devoni" hadya etilgan erlarni va musulmon ruxoniylarning boshqa mol mulklarini nazorat qilish.
Er egaligining quyidagi shakllari: Mulki sultoniy-shaxsan amirga tegishli er, suv, tegirmon, do`konlar, bu mulklarni qishloq chorikorlari ijaraga olganlar. Yana er egaligining tu`ma (umrbod berilgan er) iq`to (merosiy) turlari bo`lgan.
Xususiy shaxslarga tegishli mulk erlari xukmdor tabaqa honadoni, dehqon, zodagonlarga,sayidlar, spahsozlar, davlat savdogarlarga tegishli mulklar hisoblangan. Shartli er egaligi ham bo`lgan.
Vaqf mulklari diniy-muassasalarga va madrasalarga tegishli mulk, bu mulkni muassasa mutavvalisi boshqargan.
Jamoa erlari - yaylov tog' bag'irlaridagi suvsiz lalmikor erlar kirgan. Xiroj sharoit va davlat qonunlariga asoslanib olingan. Somoniylarning Buxoro va Karmana viloyatlari Xurojdan tushga ndaromad 11116866 dirhomni tashkil qilgan. Somoniylar davrida erni qaytadan taqsil qilinadi. Er egaligining yangicha guruhi tashkil qilinadi. Ularnig ko`pchiligi spohiylardan chiqqan edi. Bu davrda Movoraunnaxr va Xuroson sharqning iqtisodiy jixatdan eng rivojlangan o`lklardan hisoblanar edi. Hususan va ayniqsa Movoraunnaxr dexqonchilik o`lkasiga kiritilgan edi. Bu erlarda dehqonchilik asosan sun`iy sug'orishga asoslangan. Buxoro vohasida Shopurkon, Shohrud, Karmana, Koykand, Samarqand vohasida Darg'am, Barmashi, Buzmadisoy, Ishtihon kabi kanallar shahar va qishloqlarni suv bilan ta`minlaydi. Bundan tashqari bunday kanallar Xorazm, qashqadaryo Farg'ona va Shoshda ham bo`lgan. Dalalarda bug'doy, arpa, sholi va boshqa boshoqli ekinlar ekilgan. Dehqonchilik solig'i - xirojdan xazinaga tushadigan daromad davlat kirim chiqimlarining kattagina qismini qoplar edi.

Download 159.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling