Tarixiy geografiya fanining predmeti vazifalari


Tarixiy geografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti


Download 159.5 Kb.
bet2/24
Sana04.04.2023
Hajmi159.5 Kb.
#1328812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
24 talik.doc yangisi

Tarixiy geografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti.
Tarixiy geografiya fanida birinchi bor yaratilgan asar „Qadimgi dunyo atlasi“ edi. Uni XVI asming ikkinchi yarmida flamand geografi A. Orteliy1yaratgan edi. U o‘z asariga ilova tarzida zamonaviy dunyo atlasinikeltirgan edi. A.Orteliy o‘z kartalarini qadimgi dunyo haqidagi qisqacha ma’lumotlar bilan keltirgan. AOrteliyning asaridan so‘ng tarixiy geografiya ilmiy fan sifatida vujudga keldi. AOrteliyning yozishiga qaraganda, uning ishlari „Tarix nazarida geografiya" edi. Aytib o‘tish o'rinliki, AOrteliyning o‘zi antik mualliflar m a’lumotlarini tanqidiy riuqtai nazarsiz qabul qilgan va shu m a’lumotlar asosida o‘z kartalarini tuzgan. A.Orteliyning bu kamchiligini XVII asrda Leyden (Niderlandiya) universiteti professori Иуиуег tuzatdi. U qadimgi Italiya va qadimgi Germaniyaning tarixiy geografiyasi bo‘yicha ikkita yirik asar yozgan.1930 yilda belgiyalik olim Van der Linden Birinchi xalqaro tarixiy geografiya kongressi ochilishidagi kirish nutqida boshqacha nuqtai nazami, ya’ni XVI asrning ikkinchi yarmida dunyoning ilk tarixiy atlasini yaratgan flamand olimi A.Orteliyni tarixiy geografiyaning asoschisi deb baholadi. Xuddi shunday qarashlar 1935 yilda geografiya fanlari tarixi bo'yicha yirik italyan mutaxassisi Almadja tomonidan „Italyan ensiklopediyasi“ga Orteliyga bag'ishlab yozilgan maqolada ham bildirildi.
Bundan tashqari 1579 yili Abraxam Orteliy geografik atlasga uchta tarixiy kartadan iborat qo‘shimcha tuzdi. Orteliyning bu qo'shimchasi keyinchalik 1603 yili 38 ta kartadan iborat bo‘lgan antik davming geografik atlasini tuzilishiga sabab bo'ldi.Shuningdek, A.Orteliy va V.Dyuval tomonidan tuzilgan kartalarda afsonaviy voqea-hodisalar va Injildagi rivoyatlar tasvirlangan. Masalan, avliyo Pavel va Ibrohim payg‘ambarning sayohati, troyalik Eneyning dengiz sayohati, Odisey yurgan yo'llar tasvirlangan. Keyinroq kartalarda tarixiy-iqtisodiy m a’lumotlar ham qayd qilina boshlangan.
XIX asming ikkinchi yarmidantarixiy ilmiy tadqiqotlar ijtimoiy-iqtisodiy tarixiy ma’lumotlami o‘rganish hisobiga boyib bordi. Bu yo‘nalish bo‘yicha ko'zga ko‘rinarli qilingan ishlardan biri 1936 yilda Kembrijda G.K.Darbi rahbarligidagi ilmiy jamoa tomonidan nashrdan chiqarilgan Angliyaning tarixiy geografiyasi to‘g‘risidagi asami keltirishimiz mumidn1. Bu asar Angliyaning 1800 yilgacha bo‘lgan tarixiy geografiyasiga bag‘ishlangan.G ‘arbiy Yevropada tarixiy geografiya faniga A.Orteliy, F.Klyuver, J.B. D ’Anvil, G.K.Darbi kabi olimlar katta hissa qo‘shganlar.Rossiyada esa tarixiy geografiyaning asoschisi V.N.Tatishev2 hisoblanadi. I. N. Boltin ham mazkur fanning rivojlanishiga katta e’tibor qaratgan. XIX asming ikkinchi yarmidan tarixiy geografiya sohasida tadqiqotlar olib borgan N.N.Barsov Kiyev Rusi geografiyasini o‘rgandi
Tarixiy geografiyani o'rganish mobaynida turli xil muammo-larga duch kelishimiz mumkin. G'arbda tadqiq etishdagi muammolar mavjud bo'lgani singari bizning sharqda ham xususan mamlakatimiz tarixiy geografiyasini tadqiq etishda ham bir qaror muammolar uchrab turadi Xususan, X-XII asrlarda qora-xoniylar davlati hududlarining o'zgarib turishi, XVII-XVIII asr-larda ashtarxoniylar davlati chegaralarining o'zgarib turishi, AmirTemur davridagi muhim voqealar bo'lib o'tgan joylar, XIII-XIX asrlardagi hozirgi AQSh hududlarida aholining tarqalishi va joylashishi, XVIII asming ikkinchi yarmi-XIX asming birinchi yarmida Buxoro amirligi Qo'qon va Xiva xonliklarining asosiy savdo yo'llarining yo'nalishlari, chor Rossiyasi mustamlakasi bo'lgan Turkistonning siyosiy-ma’muriy ishlari kabi muammo-lardir.

Download 159.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling