Tarixiy geografiya fanining predmeti vazifalari


Ahamoniylar va Aleksand Makedonskiy yurishlari davrida O’rta Osiyo


Download 159.5 Kb.
bet7/24
Sana04.04.2023
Hajmi159.5 Kb.
#1328812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
24 talik.doc yangisi

Ahamoniylar va Aleksand Makedonskiy yurishlari davrida O’rta Osiyo.
Makedoniyalik Iskandar o’z xarbiy yurishlari bilan Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Misr, Sirdaryo va Xindistongacha cho’zilgan ulkan hududda o’z saltanatini barpo qildi. Saltanat poytaxti Bobil edi. Bu ulkan davlat Iskandar vafot etishi bilanoq inqirozga yuz tutdi va parchalana boshladi.
Miloddan avvalgi 312 yilda Iskandar davlatining Sharqiy qismi (Kichik Osiyo, Suriya, Eron va O’rta Osiyo) sarkarda Salavka xukumronligi ostida birlashtirildi. Salavkaning xokimiyati turli xarbiy manzilgoxlarda joylashgan yunon-makedon va makedonlar qurol–yarog’lari bilan qurollangan mahalliy xalqlarning harbiy kuchlariga tayangan edi. Yunonlar o’z xokimyatlarini mustaxkamlash maqsadida O’rta Osiyo hududlarida bir qancha xarbiy istexkomlar va qal’alar barpo qilgan edi. Bu narsa Aleksandr vaqtidayoq boshlanib, uning o’zi O’rta Osiyoda 12 ta shaharga asos solgan edi. Bu shahar va qal’a istexkomlaridagi yunon- makedon harbiylari qo’riqchi kuch sifatidagi xarbiy kuch bo’lgan. Iskandar saltanati qulagach, bu an’analar Salavkiylarda ham davom etdi.
Salavkiylar davlati turli etnik guruhlarni xarbiy kuch ishlatish yo’li bilan birlashtirish orqali tashkil etilgan davlat edi. Davlat boshqaruvining barcha siyosiy, xuquqiy va ijtimoiy yo’nalishlari podsho saroyi bilan bog’liq bo’lib, «podsho saroyi» davlat boshqaruvida katta axamiyatga ega edi. Ahmoniylar kabi, Salavkiylarda ham davlat ishlarini boshqaruvchi devonxona mavjud bo’lgan. Salavkiylar davlatida birmuncha murakkab soliq tartibi mavjud bo’lib, Salavkiylar xukumdorlari o’zlarigacha bo’lgan soliq tartiblarini o’zgartirmay, unga bir qancha qo’shimchalar kiritganlar. Dexqonlardan soliq yig’ib olish satrap xokimining vazifasi edi. Satraplikning umumiy soliq miqdori jamoalardan tushadigan soliq miqdoriga qarab belgilanar edi.
Miloddan avvalgi 293 yil davlatning Sharqiy viloyatlariga Salavka va Spitaman qizi Apamaning o’g’li Antiox xokim etib tayinlandi. Bu narsa Salavkiylarda xokimlarning podsho oilasi bilan qarindoshlik bo’lishi sharti boshqaruv tizimining asosiy xususiyatlaridan biri bo’lganligini ko’rsatadi. Miloddan avvalgi 280 yilda Salavka o’limidan so’ng Antiox podsho bo’ldi va davlatni 20 yil davomida boshqardi.
Salavkiylar davlati doimiy ichki kurashlar orasida qoldi. Miloddan avvalgi III asr o’rtalarida undan Baqtriya ajralib chiqadi. Shu vaqtda Salavkiylardan yana bir davlat-parfiya ajralib chiqadi va keyinchalik Sharqdagi eng qudratli davlatlardan biriga aylanadi.
Yunon-Baqtriya davlatining gullab – yashnagan davri miloddan avavalgi III asrning ikkinchi yarmi va II asrning birinchi yarmiga to’g’ri keladi. Bu davlatning poytaxti Baqtra shaxri bo’lgan. Davlat bir necha dexqonchilik viloyat va tumanlarini o’z ichiga olgan. Davlat markazlashgan5 hokimiyatga bo’ysunuvchi boshqaruv tizimiga ega edi. Podsho yoki davlat hukmdorlari yunon – makedonlardan bo’lib, uni turli yillarda Diodot, Yevtidem, Demetriy va Yevkraditlar boshqarganlar. Davlat boshqaruv tizimi Iskandar davrida joriy etilgan siyosiy an’analarga asoslangan edi. Podsho hokimiyati harbiy kuchlarga va viloyatlar hokimlari madadiga tayanar edi. Muhim savdo yo’llari bo’ylab harbiy – strategik va iqtisodiy axamiyatga ega bo’lgan joylarda tayanch istehkomlari va qal’alari qurilgan edi.

Download 159.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling