Tarixiy geografiya fanining predmeti vazifalari


Download 159.5 Kb.
bet1/24
Sana04.04.2023
Hajmi159.5 Kb.
#1328812
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
24 talik.doc yangisi


Tarixiy geografiya fanining predmeti vazifalari.
O`zbekiston mustaqil davlat bo`lgach, uning xorijiy mamlakatlar bilan aloqalari kengayib, geografik bilimlarga bo`lgan ehtiyoj ortdi. Zero geografiyani yaxshi bilib borgan sari kishining atrof-muhit, jamiyat va olam haqidagi tushunchasi chuqurlashib, mukammallashib boradi. Inson yer, suv va havo, umuman tabiatdagi har bir narsaning o`rni, vazifasi hamda qadr-qiymatini to`laroq anglab etadi. Geografiya fani o`z navbatida qator kichik-kichik sohalardan tashkil topgan bo`lib, ulardan biri tarixiy geografiyadir. Tarixiy geografiya er yuzining o`tmishdagi tabiati, rel`efi, iqlimi, suvlari, tuprog`i, o`simligi, hayvonot dunyosi, axolisi va xyijaligidan iborat majmuani yiz ichiga oladi. Hozirgi vaqtda tabiatni, jumladan, uning tarixini umumiy tarzda yoki ma``lum yilkalar byiyicha inson faoliyati bilan bog`liq holda o’rganish qator muammolar - tabiatni muhofaza qilish atrof-muhitni sog`lomlashtirish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, ekologik va boshqa shu kabi muammolarni hal etishda ahamiyat kasb etmoqda.
Boshqacha qilib aytganda, tarixiy geografik tadqiqotlar, tabiat va jamiyat taraqqiyotining o`tmishdagi holatini aniqlash hamda uni hozirgi jarayon bilan qiyoslab, tegishli nazariy xulosalar chiqarish, amaliy tadbirlar ishlab chiqarish va shu asosda ayrim mavjud muammolarni hal etish uchun zarur ma`lumotlar bera oladi.
Masalan, Markaziy Osiyo tabiatini har tomonlama o’rganish bugungi kunda jahondagi dolzarb muammolar qatorida turibdi (Orol dengizining taqdiri, suvlardan oqilona foydalanish, xo’jalikni kompleks rivojlantirish va h.k ).
Tarixiy geografiya tabiat va jamiyat taraqqiyotining o’tmishi bilan bog`liq keng tushuncha bo’lib, vaqt jihatdan uzoq davrni qamrab oladi va bu sohada tadqiqotlar turli manbalarga tayanadi. Agar ancha qadimgi davr uchun geologik o’rganishlar natijalari tarixiy davr uchun arxeologik topilmalar asosida qilingan xulosalar muhim bo’lsa, o’rta asrlar tarixi ko'proq yozma manbalardan o’rin olgan. Dastlabki yozma manbalar - bu turli joylardan topilgan tosh bitiklar va uzoq moziyda yozilib bizning davrimizgacha yetib kelgan kitoblardir.
Ularda Markaziy Osiyoning milodgacha bo’lgan tabiati va xalqlari haqida xabarlar qayd etilgan (Axamoniylar davri bitiklari, Avesto, Maxabxarata va b.). Qadimgi Yunon olimlarining asarlarida va Xitoy solnomalarida ham bir muncha aniq muhim xabarlar bor.
O’rta asrlar davri uchun esa boy yozma meros mavjud bo’lib, ular asosan arab-fors va turkiy tillarda yozilgan. Tabiiyki tarixiy-geografik ma`lumotlar 1-chi navbatda geografik va tarixiy-geografik asarlardan ko’proq o’rin olgan bo’ladi. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning "Kitob sur`at al-arz", Abu Zayd Balxiy al-Istaxriy va ibn Xavkal qalamiga mansub "Kitob al-masolik va-l mamolik", muallifi noma`lum "Hudud ul-olam", Najib Bakronning "Jahonnoma", Sam`oniy-ning "Kitob al-ansob", Xamdallox Mustavfiy Kazviniyning "Nuzxat al-kulub" (XI), Xofizi Abruning "Geografiya", Zahiriddin Muhammad Boburning "Bobur-noma" (XVI), Ruzbixon Isfaxoniyning "Mehmonnomai Buxoro" (XI), Amin Ahmad Roziyning "Xaft iqlim" (XI), Sulton Muhammad Balxiyning "Majma` al-g’aroyib" (XI), Abulg`oziyning "Shajarai tarokima" (XVI1) va "Shajarai turk" (XII) Muhammad Tohirning "Ajoyib at-tabakot" (XII) Mahmud ibn Valiyning "Baxr ul-asror" (XII)
1


Download 159.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling