Tarixiy hotirasiz kelajak yo’q (8-sinf o’zbekiston tarixi darsligidan)


ASHTARXONIYLAR DAVRIDA BUXORO XONLIGI


Download 108.48 Kb.
bet9/37
Sana21.04.2023
Hajmi108.48 Kb.
#1375761
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Bog'liq
8-sinf O\'zbekiston tarixi fanidan savol javob.docx

ASHTARXONIYLAR DAVRIDA BUXORO XONLIGI
9 - Ashtarxoniylarning hokimiyat tepasiga kelishi

  1. Ashtarxoniylar kimning naslidan edi? Jo’jixon naslidan

  2. Ashtarxoniylar XIV asrning 80-yillaridan boshlab qayerda hukronlik qila boshladilar? Astraxon xonligida

  3. Yormuhammadxon qachon Buxoroga keldi? 1556-yilda

  4. Iskandarxon qizi Zuhrabegimni kimga berdi? Yormuhammadxonning o’g’li Jonibek Sultonga

  5. Jonibek va Zuhrabegim nikohidan necha o’g’il farzand tug’iladi? Boqi Muhammad, Vali Muhammad, Din Muhammad

  6. 1601-yili Buxoro taxtiga kim o’tirdi? Boqi Muhammad

  7. Shayboniylar sulolasidan taxtga munosib nomzod qolmagach, xonlik taxtiga kim munosib bo’ladi? Jonibek Sulton

  8. Jonibek Sulton kimni foydasiga taxtdan voz kechadi? Din Muhammad

  9. Boqi Muhammad qayerning hokimi edi? Samarqand

  10. Boqi Muhammad qachon hukmronlik qildi? 1601-1605-yillarda

  11. 1602-yili Boqi Muhammad qayerni bo’ysundirdi? Balxni

  12. Boqi Muhammad 1602-yilda kimni Balx hokimi etib tayinladi? Ukasi Vali Muhammad

  13. Boqi Muhammad qaysi shahar uchun qozoqlar bilan kurashdi? Toshkent

  14. Keldimuhammad qo’shinlari qachon Toshkentdan quvildi? 1604-yilda

  15. 1605-yili Buxoro taxtiga kim o’tirdi? Vali Muhammad

  16. Vali Muhammad Boqi Muhammadga kim bo’lar edi? Ukasi

  17. Vali Muhammad nima sababdan Eronga qochadi? Buxoro amirlari unga qarshi isyon uyushtiradi

  18. Imomqulixon qachon hukmronlik qildi? 1611-1642-yillarda

  19. Vali Muhammaddan keyin taxtga kim o’tiradi? Boqi Muhammadning o’g’li Imomqulixon

  20. Imomqulixon kimga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi? Qozoqlar, asosiy negizi oyratlardan kelib chiqqan jung’orlar va qalmiqlarga

  21. Imomqulixon qachon Toshkentni qo’lga kiritdi? 1613-yilda

  22. Toshkent egallangach kim Toshkent hokimi bo’ldi? Imomqulixonning o’g’li Iskandar Sulton

  23. Nima sababdan Imomqulixon Toshkent ustiga yana yurish qildi? Toshkent aholisi isyon ko’tarib o’g’li Iskandar Sultonni o’ldirganligi uchun

  24. Iskandar Sultonga qarshi nima sababdan qo’zg’olon ko’tarildi? Toshkentdagi soliqlarga qo’shib Buxorodagi soliqlarni ham qo’shib olganligi uchun

  25. 1642-1645-yillarda kim hukmronlik qildi? Nodir Muhammad

  26. Nodir Muhammad mamlakatni kimlarga bo’lib berdi? 12 nafar o’g’li, ikki nafar jiyani va nabirasiga

  27. 1645-yili qozoqlar qayergacha kirib keldilar? Xo’jandgacha

  28. Nodir Muhammad qozoqlar bilan kurashga kimni jo’natdi? O’g’li Abdulazizni

  29. Nodir Muhammad o’g’li Abdulaziz xon bo’lgach qayerga qochdi? Balxga

  30. Nodir Muhammad o’g’li bilan kurashish uchun kimdan yordam so’raydi? Hindiston hukmdori boburiy Shoh Jahondan

  31. Nodir Muhammad nima sababdan yordamga kelayotgan Murodbaxsh va Avrangzeb qo’shinlariga qarshi chiqdi? Balx viloyatini egallash uchun kelayotganligini bilgan

  32. Nodir Muhammad Murodbaxsh va Avrangzeb qo’shinlaridan qayerdagi jangda yengildi? Maymana yo’lida

  33. Mag’lubiyatga uchragan Nodir Muhammad qayerga qochdi? Eronga shoh Abbos huzuriga

  34. Shoh Jahon o’g’illari qachon Balxni egalladi? 1647-yil

  35. Abdulazizxon Balxni egallash uchun kimni jo’natdi? Subxonquli

  36. Subhonqulixon qachon Balxni egalladi? 1651-yilda

  37. 1645-1681-yillarda kim hukmronlik qildi? Abdulazizxon

  38. 1655-yili kim Buxoro atrofini ikki marta talon-taroj qildi? Xiva xoni Abulg’oziyxon

  39. Abulg’oziyxon qayerning aholisini asirga oladi? Qorako’l

  40. Abulg’oziyxon qayerni vayronaga aylantirdi? Karmanani

  41. Abulg’oziyxon 1658-yili qayerni egalladi? Vardonzeni

  42. Abulg’oziyxon Buxoroga qachon yetib keldi? 1662-yilda

  43. Subhonqulixon qachon hukmronlik qildi? 1681-1702-yillarda

  44. Subhonqulixon davrida qaysi Xiva xoni nomiga Samarqandda xutba o’qitiladi? Anushaxon

  45. Subhonqulixon kimning yordamida Anushaxon qo’shinini Samarqanddan quvib chiqardi? Mahmudbiy otaliq

  46. Mahmudbiy qaysi urug’dan edi? Qatag’on

  47. Mahmudbiy otaliq qayerning hokimi edi? Badaxshoh

  48. Subhonqulixon qaysi o’g’lini avval zindonband qilib, so’ng o’ldiradi? Siddiq Muhammad

  49. Siddiq Muhammad o’ldirilgach kim Balx hokimi bo’ldi? Yuz qabilasi sardori Maxmudbiy otaliq

  50. Maxmudbiy otaliq qaysi qabilaning sardori edi? Yuz

  51. Subhonqulixon Balxdalgida kim Buxoroga bostirib kirdi? Anushaxon

  52. 1686-yili Anushaxon…Subxonqulixon tomonidan ko’ziga mil torttirilib taxtdan tushirildi

  53. Subhonqulixon 1688-yili qaysi Xiva xonini o’ldirtirdi? Erengxon

  54. 1688-yili Subhonqulixon kimni Xiva hokimi etib tayinladi? Shohniyozni


Download 108.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling