Tarixiy kartografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti


Download 30.91 Kb.
bet8/8
Sana24.02.2023
Hajmi30.91 Kb.
#1226492
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Mavzu; TARIXIY KARTOGRAFIYANING SHAKLLANISHI

Uch globus. Beruniy yerning sharsimonligiga qat'iy ishon-ganligini o'z asarlarida bir necha bor ochiq, ravshan aytgan. Beruniy sayyoramizni aniq tasawur etish bilan birga, uning tasvirini ham yaratmoqchi bo'lgan. U yaratgan globusning diametri nihoyatda katta bo'lgan; u aytgan „10 cho'zim" taxminan 5 metr keladi. Bu globus Xorazmda yasalgan. Shuni ta'kidlab o'tish o'rinliki, bu Sharq olamidagi dastlabki globus bo'lishi bilan birga, eng birinchi bo'rtma (relefli) globus ham bo'lgan.
Ikkinchi globus haqida sharq muarrixlarining asarlarida eslatib o'tilgan, xolos.
Jumladan, Abdurazzoq Samarqandiy Samarqand obser-vatoriyasida „yer sharining iqlimlariga ajratilgan, tog'lar, dengiz, sahrolar va hokazolarga ajratilgan tasviri" mavjudligini yozgan.
Uchinchi globus bizgacha yetib kelgan, hozirda Samarqanddagi muzeylardan birida saqlanayotgan globus bo'lib, uning muallifi mashhur ma'rifatparvar Hoji Yusuf Mirfayozov (1842-1924 yillar) bo'ladi. O'z davrining o'qimishli olimi sifatida u Sharq va Yevropa mamlakatlarida bo'lgan. Musiqa, she'riyat, dorishunoslikdan yaxshigina xabardor bo'lgan.
U yasagan globus mahkamlangan ostlik bilan 117 sm ni, atrofi 160 sm ni, masshtabi 1 sm da 250 km ga to'g'ri keladi. Graduslari to'g'ri bo'lib, parallel va merdianlari har 15 gradusdan so'ng qora chiziqlar bilan, tropik va qutb doiralari qizil chiziqlar bilan ajratilgan.
Globusda qariyb mingga yaqin geografik nomlar tushirilgan. Ularning 90% i o'zbek, 10% i tojik tilida.
Globus keng ekvatorial belbog' bilan o'ralgan bo'lib unda 12 ta burj: Arslon, Ho'kiz, Qisqichbaqa, Chayon, Baliq va boshqalar ko'rsatilgan.
Download 30.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling