Tarixiy kartografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti


Download 30.91 Kb.
bet4/8
Sana24.02.2023
Hajmi30.91 Kb.
#1226492
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Mavzu; TARIXIY KARTOGRAFIYANING SHAKLLANISHI

N.Muravyov avvalo Kaspiy dengizirri ko'zdan kechirib, uning janubi-sharqiy qirg'oqlarini tasvirga tushirdi va Xivaga sayohat qildi. 1822 yilda o'z sayohati natijalarini nashr ettirib, unda O'rta Osiyo tabiati haqida bir qator qimmatli ma'lumotlar beradi. 1821 yilda N.Muravyov yana O'rta Osiyoga tashrif buyuradi hamda Krasnovodsk va Balxan qo'ltiqlarida tadqiqotlar olib boradi. Ushbu hududlarning mukammal kartasi yaratildi.
1820-1821 yillarda Buxoroga A.Negri boshchiligidagi rus elchilari tashrif buyuradi. Unda Bosh shtab zobitlaridan G.K.Meyendorf, V.D.Volxovskiy, A.K.Timofeyev, tabiatshunos X. Pander va sayyoh E.A.Eversmann ishtirok etgan. Ekspedisiya natijasida 50 verstli masshtabdagi karta yaratildi hamda 5 astronomik nuqta belgilandi (shu jumladan Buxoro shahrining koordinatalari ham). Karta ilk bor sayohat tavsifi bilan 1826 yili Parijda K.Meyendorf tomonidan nashr ettirilgan.
1833 yildan 1846 yilga qadar Orenburg o'lkasi va unga tutash O'rta Osiyo hududlarida qator tadqiqotchilar ish olib bordilar. Ularning faoliyati asosan O'rta Osiyoning shimoliy hududlari va Xiva, Buxoro davlatlarining ma'lum qismini qamrab olgan edi. Kartografik tasvirga olish ishlari harbiy qismlarda harbiy topograflar tomonidan olib borUdi. 1841-1855 yillarda Orol dengizidan shimolga va shimoli-sharqqa tomon yo'nalishda va Sirdaryoning quyi oqimlarida alohida manzillar va yo'nalishlar turli masshtabli tasvirga olindi.
Ular orasida o'sha davrning tarixiy-kartografik ma'lumotlarini o'zida to'plagan tadqiqotchi Ya.V. Xanikov hisoblanadi. U 12 yil davomida O'rta Osiyoning shimoli-g'arbiy tumanlari haqidagi ma'lumotlarni yig'ib, aholi manzillarining to'la jadvalini tuzdi. Jadval astronomik aniqiiklar va Xiva xonligiga tashrif buyurgan sayohatchilar ma'lumotlari asosida tuzilgan edi. 1843 yil Xiva xonligiga polkovnik G.I. Danilevskiy missiyasi jo'natildi. Bu ekspedisiyada ham topograflar ishtirok etib, Xiva xonligining kartalarini chizishgan.
1858 yilning o'zida birdaniga uchta ekspedisiya tuzilib, sharqshunos N.V. Xanikov boshchiligidagi savdo ekspedisiyasi Qoshg'ar (janubi-sharqiy Turkiston)ga va diplomatik ekspe-disiyalar Xiva hamda Buxoro xonliklariga yuboriladigan bo'ldi. Bu ekspedisiyaga Londondagi rus harbiy agenti, O'rta Osiyoga hujum qilish siyosatining tarafdori, polkovnik N.P. Ignatev boshchilik qildi.
Missiyaning Xiva va Buxoroda yetti oy mobaynida olib borgan faoliyati natijasida bo'lajak asosiy janglar haqidagi batafsil harbiy kartalar ishlab chiqildi, joylarning topografik tasvirlari olindi.
XIX asrning o'rtalarida Orol dengizl bo'ylari, Sirdaryo, Amudaryo deltalarida harbiy dengizchi A.M. Butakov boshchi-ligida ekspedisiya faol tadqiqot olib bordi. Ekspedisiya hududning to'la topografiyasini o'rgandi, 1852 yilda esa A.M.Butakov dengizda paroxod qatnovini tashldl qiladi.
O'rta Osiyoni chor Rossiyasi istilo etgach, rus harbiylari bosib olgan hududlarni boshqarish va yangi harbiy harakatlarni olib borish hamda kartalar tuzishning markazlashgan idorasini tashkil etish maqsadida 1867 yil 25 noyabrda Turkiston Harbiy okrugi qoshida Harbiy-topografik bo'lim ochishadi. Bo'lim O'rta Osiyoning barcha mintaqalarini muntazam ravishda o'rganib, ilmiy asoslangan aniq kartalarini yaratishni boshiadi. Bo'lim ochilgunga qadar 1984 ming kv. km. maydonni egallagan O'rta Osiyo hududi deyarli tadqiq etilmagan edi.
O'rta Osiyoning ma'muriy hududiy va boshqaruv manfaatlaridan kelib chiqib, suratga olish va kartalar yaratish bo'limning bosh vazifasi etib belgilandi.
XIX asrning 60-yillaridagi asosiy tadqiqotlar O'rta Osiyo sharqidagi tog' oldi va tog'li tumanlar hududlariga qaratildi. Tyanshanning tog'li tumanlari haqida ilk ma'lumotni 1856 yilda yurtimizga kelgan P.P. Semenov-Tyanshanskiy berdi. Uning asosiy maqsadi Yevropa faniga hali noma'lum bo'lgan Tyanshan (Xon-Tangri) tog'lari tizimiga kiruvchi o'lkaning tabiati, o'simlik va hayvonot dunyosini tekshirib, ilmiy yangilik olib kirish edi. U Tyanshanga 1856-1857 yillar orasida ikki marta safar qildi va haqiqatdan geografiya fani uchun qimmatli ma'lumotlar to'pladi. 1888 yilda O'rta Osiyoga yana sayohat qilgan P.P.Semenov-Tyanshanskiy bu gal Kaspiyorti, Samarqand va Sirdaryo viloyati bo'ylab qator ekspedisiyalarni amalga oshiradi.
1864-1868 yillarda Tyanshanning janubiy tumanlaridan Issiqko'lgacha sayohat qilgan N.A. Seversov, P.P. Semenov-Tyanshanskiyning ma'lumotlarini to'ldirdi. Ushbu hududlarning aniq ishlangan kartasi ham aynan N. A. Seversov tomonidan yaratilgan.
1858 yil N.A.Seversav Qo'qon xonligi hududlariga qilgan ekspedisiyasi davrida asirlikka tushib qoladi. Bu haqda u alohida kitob chop qilgan bo'lib, unda Sirdaryoning quyi oqimlari aks ettirilgan karta ham berilgan.1869 yilda janubiy Tyanshan hududlarida tadqiqot olib borgan V.A. Kaulbars esa Norin va Talas vodiylarida 33 punktdan ortiq manzilni taxminiy suratga oldi hamda mazkur hududlarning kartasini yaratdi.
1868 yilda markazi Samarqand shahri bo'lgan Zarafshon okrugi tashkil etilgach, O'rta Osiyoning janubi-sharqida ham suratga olish ishlari jonlandi. Bu ishlarda A.P. Fedchenko ham ishtirok etdi. U ishtirok etgan ekspedisiya 1869 yilda Samarqandga, so'ngra Kattaqo'rg'on, Jom, Shahrisabz, Mag'yon va Kishtut daralaridan o'tib, Iskandarko'lgacha bo'lgan masofani bosib o'tishdi. A.P.Fedchenko o'z ishlarining yakuniy natijalari o'laroq, instrumental suratga olishlar asosida Zarafshon vodiysi, aniqrog'i, uning janubiy qismining aniq kartasini tuzishni maqsad qilgan.
1871 yilda esa Qo'qon xonligiga sayohat qilgan A.P.Fedchenko Janubiy Tyanshan, Farg'ona, Oloy, Pomir geografiyasi bo'yicha fanga boy va qiziqarli materiallar berdi. Qo'qon xonligiga qilgan sayohati davrida to'plangan ma'lumotlar asosida A.P.Fedchenko ushbu hududning kartasini yaratdi. U „Qo'qon xonligi va Amudaryoning yuqori oqimi" deb nomlanib, unda bu davrgacha noma'lumligicha qolgan ushbu hududlar tasviriberilgan edi. Rossiyaning o'lkani harbiy yo'l bilan zabt etish harakatlari aks ettirilgan harbiy kartalar XIX asrning ikkinchi yarmida eng ko'p yaratilgan bo'lib, chor ma'muriyati shu yo'l bilan O'rta Osiyo hududlari haqida yaxshiroq tasavvur hosil qilib borgan. Masalan, Rossiya imperiyasi harbiylarining o'lkadagi istilochilik harakatlariga rahbarlik qilgan M.A.Terentev, N.I.Grodekov, V.N.Zaysevlarning asarlarida harbiy kartalar ilova qilingan.
M.A. Terentevning „Karti i plani k istorii zavoyevaniya Sred-ney Azii" kitobidagi jami 23 ta kartaning barchasi O'rta Osiyoning istilo etilishi bilan bog'liq harbiy-tarixiy kartalardir.
Xivaning egallanishiga doir asar muallifi, rus harbiysi N.I. Grodekov o'z kitobiga ushbu hududlarning kartasini ilova qilgan bo'lib, unda Kaspiy dengizidan sharqda joylashgan Xiva mulklari batafsil aks ettirilgan.
1897 yilda Toshkentda Rus Geografiya jamiyatining Turkiston bo'limi tashkil etildi. Bo'lim o'lkaning geografik tadqiqotlari bilan birga kartalar tuzish ishlari bilan ham shug'ullangan.
Yuqoridagi ekspedisiyalar faqat ilmiy muammolarni hal qilibgina qolmay, balki o'z kartografik ma'lumotlari bilan Rossiya imperiyasining O'rta Osiyodagi mustamlakachilik siyosatiga yordam ham berganlar.

Download 30.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling