Tarixiy kartografiyaning shakllanishi va taraqqiyoti


Rossiyada O'rta Osiyo haqidagi tarixiy-kartografik ma'lumotlar


Download 30.91 Kb.
bet3/8
Sana24.02.2023
Hajmi30.91 Kb.
#1226492
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Mavzu; TARIXIY KARTOGRAFIYANING SHAKLLANISHI

3. Rossiyada O'rta Osiyo haqidagi tarixiy-kartografik ma'lumotlar.
Rossiyada O'rta Osiyo haqida XVI asr oxirigacha to'plangan ma'lumotlar ilk geografik-kartografik hujjat — „Kniga Bolshomu CHerteju" („Katta Chizmaga Kitob") da o'z aksini topgan edi (1627 yil). Unda tavsiflangan jami 1500 geografik nomning 50 tasi O'rta Osiyoga tegishli ekanligi ham o'sha davrda O'rta Osiyo haqidagi ma'lumotlar Rossiya siyosiy va ilmiy doiralarini qiziqtirganligini ko'rsatadi.
Mashhur rus kartografi Semyon Remezov 1683-1685 yillar orasida yaratgan ancha mukammal Sibir „Chizmasi"da ham O'rta Osiyoga doir ma'lumotlarni tasvirlashda asosan „Kniga Bolshomu CHerteju" dan foydalangan.
XVIII asr boshlariga kelib Rossiya O'rta Osiyo hududlarida o'zining mavqeini mustahkamlashga intildi. Bu hududlarda joylashgan xonliklar Rossiya imperiyasining Hindistonga kirib borishida qo'nimgoh vazifasini o'tashi kerak edi. Bu davrda Hindistonga O'rta Osiyo orqali yaqin yo'l qidirilishi rus geografik hamda kartografik tadqiqotlarining asosiy vazifasi bo'lib turardi. Bu vazifani bajarishda Pyotr I ning faoliyati asosiy hal qiluvchi o'rin egalladi.
1714 yilda Pyotr I Kaspiy dengiziga poruchik knyaz Bekovich-Cherkasskiyni jo'natadi va unga bu yerdan Xivaga borish topshirig'i yuklatildi.
1715 yilning aprelida Bekovich-Cherkasskiy Kaspiyning sharqiy qirg'oqlariga yetib keladi. O'rta Osiyo va Kaspiy dengizining ilmiy kartalarini tuzish aynan 1715 yildagi Bekovich-Cherkasskiy ekspedisiyasiga tegishlidir.
1720 yilda Rossiyada Kaspiy dengizining birinchi bosma kartasi chop etildi. Unda dengizning sharqiy sohillaridagi ko'rfazlar noto'g'ri aks ettirilgan edi. Ushbu karta 1719 yilda F.I. Soymonovning dengizning g'arbiy va janubiy qismlarida olib borgan kartografik suratga olish ishlari orqali amalga oshirilgan bo'lsada, avval Bekovich-Cherkasskiy tomonidan aks ettirilgan ko'rfazlar kartada berilmagan edi.
XVIII asrning birinchi yarmidagi eng katta va muhim ilmiy samara bergan sayohat Dmitriy Gladishev va Ivan Muravinlarnirig 1740-1741 yillardagi Xiva sayohatidir. Bu sayohat hisobotining to'la matni va kartasini 1850 yildagina mashhur sharqshunos Ya.Xanikov nashr ettirgan.
1752 yilda esa I.Krasilnikovga mavjud manbalar asosida Orenburg guberniyasining yangi bosh va 10 ta maxsus kartasini tuzish topshirig'i berilgan. I.Krasilnikov tuzgan kartalaming ikkitasi O'rta Osiyo hududlari haqida ma'lumot beradi.
Keyinroq rus harbiysi, general-mayor Yakov Bouver, XVIII asr oxirida polkovnik Ivan Lyutovlar ham O'rta Osiyoga oid kartalarini yaratganlar. 1794-1795 yillarda Timofey Burnashev bilan birga Aleksey Beznosikov Buxoroga tashrif buyurishib, o'lka haqida boy ma'lumotlar yig'ishdi. Aleksey Beznosikov esa O'rta Osiyoga doir to'rtta karta tuzgan.
XVIII asrning oxirlarida, aniqrog'i, 1799 yilda Rossiyada Kartalar Deposi tashkil etildi. Bu muassasaning asosiy vazifasi Rossiya va unga tutash O'rta Osiyo hududlarining harbiy-topografik kartalarini tuzish va to'plashdan iborat edi.
1812 yilga kelib, Kartalar Deposi — Harbiy-topografik Depo deb qayta nomlandi va uning faoliyat doirasi ancha kengaytirildi. Depo Harbiy vazirlikka bo'ysunar edi.
XIX asrda Rossiya imperiyasining o'sib borayotgan paxtani qayta ishlash, ip-gazlama sanoati uchun xom ashyo bozorlari va ulkan hududlar kerak edi. Shu sababli rus hukumati O'rta Osiyo bilan savdo va diplomatik aloqalarni mustahkamlash yo'Uarini qidira boshladi.
Ana shunday ulkan siyosiy, harbiy hamda iqtisodiy manfaatlarni qondirish maqsadi rus hukumatining O'rta Osiyo hududida kartografik izlanishlar olib borishini tezlashtirdi. O'lkaning Rossiyaga chegaradosh hamda ruslarga noma'lum bo'lgan qismlariga jo'natilgan missiyalarning bosh maqsadi — bu yerlar haqida mukammal ma'lumot beruvchi kartalarni yaratish edi. O'rta Osiyoning janubi-g'arbiy va markaziy qismlari haqida ilk ma'lumotlarni 1819 yilda Rossiya harbiylarining topshirig'i bilan Krasnovodskdan Xivagacha sayohat qilgan kapitan N.Muravyov bergan. Uning elchiligining asosiy vazifasi turkmanlar bilan aloqa o'rnatish va ularning hududlaridan Xiva, Buxoro va Shimoliy Hindistonga savdo yo'llarini ochishga qaratilgan edi.

Download 30.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling