Tarixiy-madaniy obidalarni tiklash va restavratsiya qilish reja: Kirish Restavratsiya usullari Konservatsiya usuli


Download 26.49 Kb.
bet5/6
Sana08.01.2022
Hajmi26.49 Kb.
#238485
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarixiy binolar va obidalar restavratsiyasi

YAxlit restavratsiya

Bo’lak-bo’lak qilib ta’mirlashdan, garchi hamma vaqt ham mutlaq aniq ma’lumotlarga tayanmasada, inshootning qadimiy xususiyatlarini to’liq ochish, me’morchilik tarixini yodgorligi sifatida uning jiddiy xususiyatlarini aniqlashni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Bunday holatda ish bir qadar murakkab tus oladi, o’zida konservatsiya va bo’lak-bo’lak qilib ta’mirlash elementlari bilan bir qatorda, shuningdek, barcha bevosita va bilvosita ma’lumotlarni jalb etish orqali yo’qolib ketgan qismlarni ham tiklashni mujassamlashtiriladi. Bunday usul qoida emas, balki mustasno bo’lib, qat’iyan cheklangan holatlardagina amalga oshirilishi mumkin. SHuning uchun ham zarur ma’lumotlarning aksariyat qismi mavjud bo’lgan taqdirdagina tiklashga erishiladi. Me’moriy ko’rinishi yakka tartibdagi xususiyatga ega bo’lgan, detallari esa yuksak mahorat bilan bajarilgan yodgorliklarda o’xshashliklar yasash va tuzilishni buzish nomaqbul ish hisoblanadi.

Taviriy yoki bezakli san’at asari xususiyatiga ega bo’lgan har qanday element o’z tabiati kuchi asosidagina yakka tartibdagi mahsul sifatida takrolanishi mumkin emas.

Konservatsiyada me’moriy yodgorlikning xaqiqiyligi daxlsiz qoldiriladi, biron-bir elementining yo’qolib ketish xavfi tug’ilmayli, asl nusxani tuzatishga mutlaqo yo’l qo’yilmaydi.

Bo’lak-bo’lak qilib ta’mirlashda, albatta yodgorlikda shunday qatlamlar ham uchraydiki, ularni olib tashlashga to’g’ri keladi; biroq bunday holatda binoning hajmiy kompozitsiyasi tiklanadi. Binoning konstruktiv mustahkamligiga putur etkazilmagan holda yo’qolgan detallar o’rniga qo’yiladi.

YAxlit restavratsiyada inshootning qadimiy xususiyatlarini mumkin qadar to’la ochish, me’morchilik tarixining yodgorlik sifatida uning muhim xususiyatlarini aniqlash asosiy maqsad qilib qo’yiladi.




Download 26.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling