Tarixiy-madaniy obidalarni tiklash va restavratsiya qilish reja: Kirish Restavratsiya usullari Konservatsiya usuli


Download 26.49 Kb.
bet2/6
Sana08.01.2022
Hajmi26.49 Kb.
#238485
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tarixiy binolar va obidalar restavratsiyasi

Restavratsiya usullari

Har qanday ta’mirlashdan ko’zda tutiladigan umumiy maqsad me’morchilik asarining madaniy-tarixiy rolini hamda ahamiyatini aniqlash va tasdiqlash, shuningdek, ularni badiiy qadriyatlarini ro’yobga chiqarishdan iboratdir.

Zamonaviy nazariy konsepsiyaga asosan “restavratsiya“ atamasi quyidailarga javob beradi. Restavratsiya, bu arxitektura yodgorliklarini tarixiy, hamda ma’lum chegarada badiiy ahamiyatini tiklashdan iboratdir, ya’ni har qanday restavratsiyaning maqsadi, bino-yodgorliklarni madaniy-tarixiy roli va ahamiyatini tiklash, hamda bir vaqtda konstruksiya qismlari va elementlarini mustahkamlagan holda uni badiiy qimmatini aniqlashdir.

Masalan aniq javob berish uchun quyidagi tushunchani tesdiqlash kerak: “Arxitektura yodgorliklarning tarixiy qimmati”, “badiiy qimmati”, hamda asosiy tushuncha – “Arxitektura yodgorligi”.

Arxitektura yodgorliklarining ijtimoiy qimmati, dastlab va asosan ularning tarixiy qimmati bilan belgilanadi (aniqlanadi), yangi tarixiy yodgorlik sifatida, dastlab ularni madaniy-moddiy (arxeologik qimmati), yoki tarixiy san’at qurilish ob’ekti (arxitektura qimmati) yoki ayrim hollardagi ularni memorial qimmati, hamda mamlakatning umumiy tarixi, (butun tarixi), tarixiy etnografiya va xakazolar.

1. Bilish kerak bo’lgan tushuncha: ”San’at asari”, zamonaviy jamoa tan olgan va “tarixiy san’at asarlari” –har turli tushuncha emas, chunki ikkinchi holatda ob’ekt “badiy qimmat”ga zamon jamoasi orqali ega bo’lmasligi mumkin, lekin bu ma’lum bosqichda rivojlangan umumiy san’atni ifodalaydi.

2. Bizning amaliyotda, afsuski, bu tushunchalar chegaralanamagan va «tarixiy yodgorlik» deganda odatda memorial ko’zda tutiladi. Bundan chegaralash tabiiy va kerakli, chunki buni ko’p mamlakatlar tajridasi tasdiqlaydi: inglizcha-«monument» va «memorial», fransuzcha-«moniment historique» (tarixiy memorial san’at yodgorligi) va oddiy «monument» (memorial) va boshqalar. SHunga qaramay bizda arxitektura yodgorligi deb arxitektura tarixi ob’ekti emas, balki «san’at asari»dir, chunki buni bayon etilgan bo’yicha isbotlash qiynlashadi, dambadam mumkin emas.

3. «Arxitektura yodgorlik»larini restavratsiyasi (ta’mirlash) deganda, ya’ni bino-yodgorliklarni restvratsiyasi, bu erda chap tarixiy madaniy san’at yodgorliklarini restavratsiyasi ko’zda tutiladi. Ular ichida biri-asosan arxeologik

qimmatga, boshqalari-ko’proq tarixiy arxitektura, ba’zi biri-memorial yoki qandaydir tarixiy qimmatga egadir.

4. «Arxitektura yodgorligi» tushunchasi oxirgi o’n yilliklarda keskin kengayishi natijasida, yirik shaharqurilishi ta’limi va shu bilan birga butun shahar restovratorlariga yangi va kutilmagan masalalar echimini qo’ydilar, masalan, bir -qator odatdagi qurilmalar, ko’pincha xech qanday mashhur bo’lmagan madaniy san’at yodgorliklari va ahamiyatga ega bo’lmagan tarixiy yodgorliklarning boshqa turlari.




Download 26.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling