«tariyxiy ulketaniw»


Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana25.02.2017
Hajmi0.65 Mb.
#1262
1   2   3   4   5   6   7

Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar: 

1. Uzbekistonning toponomik atamalari? 

2. Ulkani urganishda toponim atamalarning urganilishi? 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

35 


O`lkashunoslikda yordamchi tarix fanlaridan foydalanish 

Reja: 

1. Numuzmatika 

2. Paleografiya 

3. Epigrafika 



T.t. Numizmatika, paleografiya, epigrafika.   

 

Adabietlar: 

1. I.A.Karimov «Yuksak ma`naviyat engilmas kuch»-T., 2008. 

2. I.A.Karimov. «Tarixiy xotirasiz kelajak uyq»-T., 1998. 

3. Nabiev A. Tarixiy ulkashunoslik. T., 1979 T., 1996 

4. Murzaev E.M. «Ocherk toponimiki». M., 1974. 

5. Nafasov T. O`zbekiston toponimlarining izohli lug`oti.T.,1988  

6. Abdimuratov K. «Nege usыlay atalg`an».N. 1965 

7. Nafasov T. O`zbekiston toponimlarining izohli lig`oti. Toshkent, 1988. 

8. Nikonov V.A. Vvedenie v toponimku. M., 1965. 

9.  Hakimov  Z.  Buxoro  yaqinidagi  Chorbakr  majmuosi.  «Moziydan  sado»  №1-2 

2000.  

 

O`lkashunoslik    fanida  tarixiy  manbashunoslik,  numizmatika,  metreologiya, 



geneologiya, paleografiya kabi yordamchi tarix fanlarning tutgan o`rni katta. Bularning har 

biri  tariximizning  belgili  bir  sohalarni  o`rganishga  qaratilgan,  ularning  ayrimlari  G`arb 

ellariga  kuchli  rivojlanib  o`zlarning  jamiyat  uyushmalariga  ega.  Masalan,  numizmatlar 

jamiyati, sfragistlar jamiyati v.h.k. 

Numizmatika-  lotin  tilidan  olingan  bo`lib,  «numizma»,  «tanga»  degan  ma`noni 

anglatadi.  Numizmatika  tanga  pullarin,  ya`ni  oltin,  kmish  va  misdan  ishlangan  metal 

pullarni    o`rganish  (bonistika)  va  orden,  medal`,  shuningdek,  taqiladigan  belgilarni 



(znachoklarni)  o`rganish  (faleristika)  kiradi.  Numizmatika  tarixning  ayrim  ahamiyatli 

bo`lgan  siyosiy-ijtimoiy  tuzilishini  ochib  berishda,  tarixiy  hujjatlarda  o`rin  olmagan 

voqealari,  hukmdorlarning  hukmronlik  qilgan  yillarni,  ularning  nomlarini  aniqlashda  juda 

kata  rol`  o`ynaydigan  asosiy  manba  sifatida  xizmat  qiladi.  Masalan,  ilk  o`rta  asrda  sharq 

musulmon  ellari  da  chiqarilgan  barcha  tangalarga  mahalliy  hukmdorlar  o`z  nomlari  bilan 

xalifa  nomini  hm  qo`shib  chiqarganligi  ma`lum.  Sababi  xalifa  xudoning  erdagi  vakili,  eng 

oliy  diniy  va  siesiy  hokimiyat  belgisi  bo`lib  hisoblangan.  Agar  tangalarda  xalifaning  nomi 

ko`rsatilmagan bo`lsa, demak mahalliy hokimiyat bilan Amir al Mo``minning (musulmonlar 

Amiri) o`rtasida qandaydir bir siesiy kelishmovchilik borligini yoki unga qaram emasligini, 

mustaqil davlat ekanligini asoslaydigan dalil bo`lgan. Tanga pullar paydo bo`lmasdan avval, 

juda  erta  davrlarda,  odamlar  o`z  mehnat  mahsulotlarini  o`zaro  almashlab,  ya`ni  savdoning 

eng  oddiy  ko`rinishlari  qadimgi  tosh  davrlaridan  boshlangan.  Masalan,  bir  qavm  qurol, 

ishlaydigan  choqmoq  toshlar  koni  joylashgan  erda  yashasa,  ikkinchi  bir  guruh  unga  zarur 

bo`lib yashagan. 

Qadimgi Osiyo, Afrikaning ko`pchilik xalqlari orasida uzoq yillar davomida buyum 

almashishda oddiy baqachanoqlar foydalanilib kelganligi etnografik materiallardan ma`lum. 

Madaniylari  erta  rivojlangan  Xitoy,  Yaponiya,  Hindiston  kabi  ellarda  baqachanoqlar  pul 

xizmatini  bajargan.  Tangalar,  o`ylab  topilguncha  o`zaro  savdo  da  uy  hayvonlaridan  ham 

foydalanilgan. Buyumlarning qiymati ho`kiz, sigir, quylr bilan aniqlangan. 

Gerodod  va  boshqa  antik  davr  mualliflarining  ezishicha,      birinchi  tanga  Kichik 

Osiyodagi Lidiya davlatida chiqarilgan. Bu mil.avv. VII asrga to`g`ri kelib oltin va kumush 

eritmlaridan elektr tangalar quyilgan. Bundan keyingi tangalar yunonlarning Egine  shahrida 

chiqarilgan. Natijada Lidiya va Egine tanglari btun Gretsiya bo`ylab, uning koloniyalariga, 


 

36 


Eronga,  keyinchalik  rimliklarga,  ko`chmanchi  qavmlargacha  tarqalgan.  Shu  Bilan  birga 

Qora dengiz, O`rta er dengizi bo`yidagi Yunonston va Rim davlatlarining yirik shaharlarida 

tangalar chiqarila boshlagan. 

Hindiston  va  Xitoy  ellarida  tangalar  juda  erta  davrlarda  paydo  bo`lgan.  Masalan 

Xitoyda  mil.avv.  1-mingyilliklarning  boshlarida  mayda  miss  tangalar  tayyorlangan. 

Tangalarning paydo bo`lishi davlatchilikning bir belgisi. Lekin, Shumer, Akkad, Vavilon va 

boshqa qadimgi davlatlar tangani bilmagan. Qadimgi Eronda tanga hamamoniylar davrida, 

ya`ni  mil.avv.  VI  asrda  paydo  bo`lgan.  O`rta  Osiyoda  mil.  avv.  III  asr  o`rtalrida  Grek-

Baqtriya  davlati  paydo  bo`lishi  davrida  tangalarning  munosabatda  bo`lganlgi  ma`lum. 

Eramizning  boshlarida  paydo  bo`lgan  Kushon  podsholgida  oltin,  miss  tangalar  chiqariladi, 

bu  tangalar  O`rta  Osiening  ko`pchilik  ellarida,  shuning  ichida  Janubiy  Orol  bo`ylarida 

savdoda  foydalanila  boshlagan.  Janubiy  Orol  bo`ylarida  birinchi  tangalar,  hozirgi 

manbalarga  qaraganda,  mil.  avv.  II-I  asrlarda  chiqarilgan.  Eramizning  1  asrigacha  kumush 

tangalarni chiqarish to`liq takomillashtrilgan. Shu davrdan boshlab yangi yil hisobi Xorazm 

erasi  boshlanadi.  III  asrdan  boshlab  (Vazamar)  bozorga  kumish  tangalar  chiqarila 

boshlagan,  VII  asrga  kelib  Xorazm  pulida  katta  islohot  o`tkazilib,  avvalgi  mayda  tangalar 

o`rniga  endi  kumushga  teng  yirik  tangalar  chiqarila  boshlagan.  Tangalar  o`rganiib  faqat  u 

yoki  bu  esdalikning  vaqtini  aniqlash  bilan  birga,  shu  davrdagi  siesiy  ijtimoiy  va  iqtisodiy 

trmushni,  savdo  va  madaniy  munosabatlarni  aniqlashga  bo`ladi.    Mil.avv.  II-I  asrlarda, 

eramizning  1  asrida  Janubiy  Orol  bo`ylariga  yuechjilarning,  III  asrda  etnik  xioniylarning 

kelishi va eronli sosoniylarga qaram bo`lishi, VII asrning oxiri VIII  asr boshlarida Kerder 

viloyatning  shakllanishi  elning  uch  xonlikka  (Kerder,  Guranj,  Janubiy  Xorazm)  bo`linib 

ketishi,  avval  mustaqil  yashab  kelgan  Xorazm  tangalarida  (VIII  asr)  arab  yozuvlarining 

paydo  bo`lishi  belgili  qadimgi  va  o`rta  asrlar  da  o`lkamizda  chiqarilgan  tangalarnng 

markaziy  Osie,  Shimoliy  Kavkaz,  Volga  bo`ylaridan  topilshi  har  xil  aloqadarning 

bo`lganlgidan darak beradi. 

Paleografiya.  Paleografiya  qadimgi  (paleo)  va  ezaman  (grafo)  degan  yunon 

so`zlarining  qo`shimchalaridan  tuzilgan  bo`lib,  qadimgi  ezuvlarni  o`rganuvchi  o`shimcha 

tarixiy-filologik soha bo`lib hisoblanadi. 

Bu  soha  mtaxassislari  bo`lgan  paleograflar  u  yoki  bu  davrlarda  ezilgan  qo`l  ezma 

edgorliklardgi)  esdaliklaridagi  yozuv  xarakterlarni-  usullarin  o`rganib,  ularning  ezilgan 

vaqti-davrini  va  o`rnni  aniqlaydi.  Buning  uchun  bu  mataxassislikni  egallagan  paleograflar 

yozuv tarixini uning paydo bo`lish, rivojlanish yo`llarini to`liq o`rgangan bo`lib hisoblanadi. 

Albatta,  tarixga  nazar  tashlasak,  ezuvning  birdan  paydo  bo`lmaganligini  kuramiz. 

Qadimgi  ibtidoiy  jamoa  davrida  odamlar,  yirik  qavm  ruhlari  o`zaro  «buyumlar    tilidagi» 

belgilar  «ezuvlar»  orqali  bog`lanib  kelganligi  ma`lum.  Unga  Doro  boshchiligia  forslarning 

sak-massaget  qavmlari  ustiga  bostirib  kelganda  ularga  yuborilgan  salomnomlar  misol 

bo`ladi.  Tarixning  otasi  Gerodotning  yozishiga  qaraganda  Doroga  yuborilgan  salomnoma 

ichida qush, sichqon, qurbaqa va o`q eyning o`qi bo`lgan. Forslar bu olib kelganari nimani 

anglatishini  so`raganda  elchi,  unga  shu  salomnomani  topshirib  iziga  darov  qaytish 

buyuirlganlgini,  agar  forslar  aqlli  bo`lsa,  bu  sovg`a  slomnomalarning  ma`nosini  o`zlri 

tshunib olishini aytgan. Buni eshitgan forslar kengash chaqrign. Doro sovg`a salomlar orqali 

ko`chmanchilar  o`zlarining  erlari  va  suvlarini,  uning  qo`liga  bergan  deb  tushinadi.  Sababi, 

sichqon erda yashab uning mahsulotlaridan, odam kabi ovqatlansa, qurbaqa suvda yashaydi, 

qush  bo`lsa  otni  eslatadi.  O`q-yoy  bo`lsa  ularning  urushdan  bosh  tortganlgini  bldiradi. 

Lekin,  Doroning  maslahatchilarining  biri  Gebriy  ismli  donshmand  bu  sovg`a-

salomnomalarning ma`nosini «agar sizlarforslar qush bo`lib osmonga uchib, sichqon kabi er 

ostiga kirib, eki quurbaqa kabi batmoqlrga qochib ketmasanglar, izingizga qayta olmay shu 

o`qlardan  nobud  bo`lasiz»-deb  tushintiradi.  Haqiqatdan  ham  buyumlar  tilidagi  yozuvlarni 


 

37 


donishmand to`g`ri echgan edi. Sababi ko`chmanchilar ham qadimgi buyumlar tilidan belgi 

yozuvlar orqali shu fikrni aytmoqchi edi. 

Qadimgi  ibtidoiy  jamiyatda  paydo  bo`lgan  «buyumlar  tilidagi»  belgi  ezvlar  ayrim 

jolarda  XX  asrgacha  saqlaib  kelgan.  «buyumlar  tilidan»  belgi  yozuvlaridan  vaqt  o`tishi 

bilan  yozuv  paydo  bo`lishning  ikkinchi  bosqichi  o`tadi,  ya`ni  o`zlari  aytmoqchi  bo`lgan 

narsa  eki  buyumlarning  ko`rnishlarini  tosha  solishga  o`tadi.  Masalan,  qadimgi  misrliklar 

hukuz  haqida  aytmoqchi  bo`lsa,  uning  surtini  toshga  solgan.  O`q-eyli  odam  ko`rnishi 

harbiyni  anglatgan.  Odamlarda  yozuvga  talabning  kuchayishi  ularni  qurshagan  olam 

haqidagi  bilimning  ortishi  bilan  bevosita  bog`liq  bo`lgan.  Natijada  odamlar  o`z  bilimlrini 

eza biladigan darajaga   erishgan. Mil.avv. XVIII asrdagi Ossuriya podsholigidagi klinopis` 

ezuvlari  Urartu  lavlatlarida  Ossur  va  xold  tilidagi  ezuvlar  ma`lum.  O`ta  Osiyo  tarixida 

qadimgi oromiy ezuvi asosidagi qadimgi Xorazm, So`g`d, Baqtriya va Parfiya ezuvli paydo 

bo`lgan.  O`lkamizda  yurgizilgan  arxeologik  qozuv  ishlari  vaqtida  Katta  Oybuyur  qal`adan 

mil.av.  V-IV  asrlarga  tegishli  yozuvlari  bor  ko`zalar  topildi.  Shunday  eski  yozuvlar  Ayoz 

qal`a,  Burliqal`a,  Qo`yqirilgan  qal`a  antik  esdaliklardan  ma`lum.  Tuproqqal`adan  eg`och, 

sopol taxtachalar bilan terilarga yozilgan yuzdan ortiq arxiv manbalar topildi. 

U  yozuvlar  qadimgi  oromiy  ezuvlari  asosida  mil.avv.1  mingyilliklrda  paydo 

bo`lgan, 2001 yil 2700 yillik yubileyi o`tkazilgan. «Avesto» kitobida shu ezuv bilan Janubiy 

Orol bo`ylarida paydo bo`lgan. Oromiy ezuvi asosidagi eski Xorazm  yozuvlari arablarning 

bosib  olishga  qaramasdan  XI  asrgacha  foydalanilib  kelgan.  XIII  asrda  Xorazilik 

huquqshunos  olim  al-Gazminiyning  «Xiniyat  al  muniya»  nomli  rab  tlidagim  asarida  uch 

mingga yaqin Xorazm so`zlari uchraydi.  

VIII asrda arablarning Movarounnaxrni bosib olish bilan arab ezuvlari kirib kelgan. 

VIII  asrda  tangalrda  arab  ezuvlari  paydo  bo`ladi.  Muhammad  al  Xorazmiy  (783-850) 

Islmoil  imom  al  Buxoriy  (810-870),    Suf  Olloer  (XVIII)  Munis  (1778-1879) va  Ogohiy 

(1809-1874)  Ajiniyoz  (1874-1878)  Berdaq  (1827-1900)  va  boshqa  olim  va  shoirlar  o`z 

asarlarini  arab  imlosida  eratgan.  Arab  ezuvlari  XX  asrgacha  kundalik  turmushimizda 

qo`llanilib  kedi.  1928-yil  lotin  orfografiyasida,  1940-  yil  kril  orfografiyasiga  o`tildi.  Shu 

imlolarda  ezilgan  qadimgi  va  o`rta  asrlardan  paleografik  materiallar,  O`zbekiston  Fanlar 

Akademiyasi  Qorqalpog`iston  bo`limida  va  Beruniy  nomidagi  sharqshunoslik  instituti 

fondida saqlanadi va poleograf mutxassislar tomonidan o`rganildi. 

Epigrafika  grek  so`zidan  olingan  bo`lib,  epi-ustida,  grafo-ezaman  degan  ma`noni 

bildirib,  to`liq  ma`nosi  tosh,  suyak,  keramika,  yog`och  va  boshqa  byumlar  ustiga  ezilgan 

qadimgi  matnlarni  o`rganadigan  filologik  fan  bo`lib  hisoblnadi.  Avvalgi  jamoa  darida 

odamlar  trik  qavm  guruhlari  o`zaro  byumlar  tilidagi  belgilar,  ezuvning  dastlabki  ormasi 

ezuvlar  orqali  bog`lanib  kelganligi  ma`no  masalan,  bir  erdan  ikkinchi  erga  salom, 

xabarnomalar  kema  buyumlar  Bilan  kelgan.  Yuborilgan  narsalarni  shu  vaqtda 

donishmandlar  aytib  bergan.  Buyumlar  tilidagi  belgi    ezuvlardan  keyin  vaqtning  o`tishi 

Bilan  ezuv  paydo  bo`lishnig  ikkinchi  bosqichi  paydo  bo`ldi.  Ya`ni  odamlar  o`zlari 

aytilmoqchi  bo`lgan  so`zlarning  ko`rinishlrni  toshga,  erga,  boshqa  materiallarga  chizishni 

o`rganadi.  

 

Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar: 

1. Ulkashunoslikta Numizmatika roli? 

2. Ulkashunoslikta Paleografiya roli? 

3. Ulkashunoslikda Epigrafika roli? 



 

 

 

 

 

38 


Ezma va og`zaki manbalarning ulkashunoslikdagi ahamiyati  

 

Reja: 

1. O`lkamiz qadimgi ezma manbalarda 

2. Og`zaki manbalar. Fol`klorlik asarlarni to`plash 

3. O`lkamizni o`rganishda davriy matbuotdan foydalanish 



T.t.  «Orxon enisey», Sug`d ezuvlari, fol`klor, dostonlar.   

 

Adabietlar: 

 

1. Sagdullaev A. Qadimgi O`zbekiston ilk ezma manbalarida. T., 1996 

2. Jabbarov I. O`zbek xalqi etnografiyasi.T.,1994 

3. Nasimxon Raxmon. Turk hoxonligi. T.,1993 

4. Avesto. Izbrannыe gimnы. Per.s.avertiyseogo I.M.Stebien-Kamenskogo.  

Dushanbe, «Adib», 1990 

5. Biruni. Izbrannыe proizvedeniya.T., I.1957 

6. Ursu D.P. Metodika ustnoy istoriy.M., 1989 

 

1. Markaziy Osiedagi eng qadimgi xalqlarning ezuvlari qaysi davrda shakllanganligi 



haqida  aniq  ma`lumotlar  yo`q.  Ayrim  kam  monli  topilmalar  (Qadimgi  Xorazm  sokol 

idishlari sirtidagi ezuvlar va saklarning «noma`lum xatlari») bu jaraen miloddan avvalgi V-

IV asrlarda boshlanganligi dalolat beradi. Ammo bu ma`lumotlar to`liq emas. 

Dastlabki  ezuvlar  tashqi  shaklning  takomillashuvi,  alifbo  tuzulishi  qonunlari  va 

tillarning  ichki  mazmuni  ko`p  tomondan  noma`lum  bo`lib,  yaxshi  o`rganilmagan,  bu 

jaraenni aniqlash uchun juda ko`p manbalarga asoslanish lozim. Afsuski, Markaziy Osieda 

miloddan avvalgi  VII-VI asrlarga oid tanga  pullar (tanga ezuvlari), sopol e»och va boshqa 

buyumlarga bitilgan ezuvlar eki hujjatlar topilmagan. 

Albatta,  yuqorida  ko`rsatilgan  davrda  yurtimiz  shaharlarida  tanga  pullar  zarb 

etilmagan  chunki  huddi  shu  paytda  (mil.avv.VII-VI  asrlar)  eng  qadimgi  tangalar  dastlab 

Kichik  Osieda  vujudga  kelgan.  Bundan  oldingi    asrlarda  esa  savdo-sotiq  munosabatlarida 

pul  vazifasini  kumu  shva  oltin,  qimmat  baho  buyumlar  va  yaltiroq  toshlr,  don  va  chorva 

mahsulotlari bajargan. Miloddan avvalgi III-I asrlarda Markaziy Osiega oid ko`plab tangalar 

topilgan bo`lib, ular ulkamiz tarixini o`rganish uchun kata ahamiyatga ega. Bundan tashqari 

to  o`rta  asrlarga  qadar  etib  kelgan  ko`plab  noeb  ezuv  edgorliklari  tosh,  sopol,  kumush, 

eg`och, chori va qog`oz buyumlariga bitilgan turli xil ma`lumotlardan iboratdir. 

Miloddan  avvalgi  I    ming  yillikning  birinchi  yarmida  yurtimizda  joylashgan  turli 

xalqlar  qadimgi  sharq-eroniy  tillar  shevalarida  gapirganlar.  Ularning  etnik  qiefasi  va  tillari 

bir-biriga  yaqin  bo`lgan.  Shuning  uchun  ham  su»dlar,  baqtriylar,  xorazmiylar  va  saklar 

qarindosh xalqlar bo`lib, bir-birlarini yaxshi tushunganlar. 

Qadimgi sharq-eroniy tillarni urganishga oid kata ilmiy adabiet mavjud. Ushbu tillar 

guruhini Avesta tli, sug`dlar, xorazmiy  ular va aqtriylar tillari tashkil qilgan. 

«Avesto» -zardushtiylik dinining muhaddas kitobi bo`lib, dindagi xalqlarning shariat 

qonunlari  majmuidir.  Zamonamizga  etib  kelgan  «Avnsto»  qismlar  milodning  III-VII 

asrlarida tahrir qilingan «Avesto» boblari «pahlaviy»-o`rta fors alifbosi asosida 48 ta belgili 

ezuvdan  iboratdir.  «Avesto»  o`rta  fors  tilidan  «Apastak»  eki  «Asos»  deb  tarjima  qilinadi. 

«Avesto»  tili  eroniy  tillarning  eng  qadimgi  shevalaridan  biri  bo`lgan  va  olimlar  fikriga 

ko`ra,  qadimgi  fors  tiliga  nisbatan  ancha  oldingi  bosqichda,  milodin  avvalgi  II  ming 

yillikning I ming yillikning boshlarida paydo bo`lgan. «Avesto» birinchi bo`lib, XVIII asrda 

frantsuz  olimi  Anketil  Dyuperron  tomonidan  tarjima  qilingan.  Uning  qo`yidagi 

qo`zezmalari XIII asrga oid bo`lgan. 


 

39 


Markaziy  Osie  xalqlarining  eng  qadimgi  ezuvi  bu  xumning  sirtida  tasvirlangan 

xorazm tilidagi qisqa ezuvdir. U kata Oybuyirqal`a shahar xarobosida topilgan. Arxeologiya 

ma`lumotlarga ko`ra bu ezuv miloddan avvalgi V-IV asrlarga tegishlidir. Miloddan avvalgi 

IV-III  asrlarga  oid  yana  bir  qadimgi  Xorazm  ezuvi  Quyqirilgan  qal`ada  topilgan  sopol 

idishning sirtida saqlangan. Bu manba yagona «aspabarak», «otliq», «chavondoz» so`zidan 

iboratdir. 

Qadimgi Xorazm ezuvi oromiy alifbosiga asoslangan, Oromiylar-miloddan avvalgi I 

ming  yillikning boshlarida Mesopotomiya hududida joylashgan qadimgi xalqdir.  Miloddan 

avvalgi  VI-IV  asrlarga  kelib  22  ta  harfdan  iborat  bo`lgan  oromiy  alifbosi  O`rta  Sharqning 

idora qilish, ish yuirituvchi va ma`muriy tli vazifasini bajargan. 

Baktriya tili va ezuvi bu O`zbekiston janubida va chegaradosh Tojikstonda, Shimoliy 

Af»oniston  erlarida  joylashgan  tarixiy-madaniy  viloyat  aholisining  tili  hamda  ezuvidir. 

Baktriya ezuvi ikki xil oromiy va qadimgi Yunon alifbosiga asoslanib rivojlangan. Baktriya 

ezuvi topilmalari asosan milodning birinchi asrlariga taalluqlidir. 

Sug`d,  Sug`diena  tarixiy  madaniy  viloyat  bulib,  Zarafshon,  Qashg`aare  vohalarini 

o`z  ichiga  olgan.  Milodiy  I-IV  asrlardan  boshlab,  sug`d  ezuvlari  keng  hududda  tarqalgan. 

Bu jaraen sug`dlarning  yangi erlarni  uzlashtirish faoliyati va sovdagarlarning  «Buyuk ipak 

yo`li» dagi harakatlari bilan bo»langan, shuning uchun ham sug`d tilidagi ezma edgorliklar 

Markaziy  Osie,    Qozog`iston,  Sharqi  Turkiston,  Pokiston  va  Mug`iliston  tuprog`ida  topib 

tekshirilgan.  Su»d  ezuvi  ish  yuritishda,  savdo  va  madaniy  aloqalarda  kata  ahamiyatga  ega 

bo`lib, qadimgi uyg`ur, mo`g`o`l va manjurlar ezuvlari paydo bo`lishiga asos bo`ldi. 

Saklar-Markaziy  Osie  va  Qozog`istonning  dashtlarida,  cho`llarida  va  tog`larida 

joylashgan qo`chmanchi kabilalar. Olimlar 

fikriga ko`ra, sak tilida eritilgan eng qadimgi 

manba bu olmaota atrofida Issiq qurgonida topilgan kumush idishdagi ezuvdir. U miloddan 

avvalgi  V  asr  Bilan  sanaladi.  Tilshunoslik  fanlarida  issiq  ezuviga  uxshagan  belgi  ezuvlari 

«noma`lum xat» deb ataladi. 

Sak  tillarida  eritilgan  hujjatlarning  asosiy  qismi  Sharqiy  Turkistonning  Xotan 

vohasidan  topilgan.  Ular  VII-X asrlarga  oiddir.  Bk  ezuvlarni  o`rganishga  G.V.Beyli, 

M.J.Drezden, A.G.Gertsenberg, I.M.Oranskiylar katta hissa qo`shganlar. 

«Avesto» sug`diylar,  Parfiylar va xorazm tillaridagi ba`zi atamalar, tushunchalar va 

nomlar  zomonaviy  tillarda  saqlanib  ishlatilmoqda.  Jumldan,  avesto  so`zlari  «brator»-

»birodor»,  «aka»  (rus  tilida  ham  «brat»),  «Xapto»,  «hafta»,  «etti»,  «band»-»Bog`lab 

quyish», «zar», -»oltin», «nau (nav»-»Yangi» «ap»-»ob». «framano»-»farmon» va hakozo. 

Ayniqsa  ko`p  nomlar  sug`d  so`zi-»kand»  (Kent)-»shahar»  Bilan  bog`langan 

(Toshkent, Chimkent, votkent). Samarqand, Panjikent nomlari VII asir oxiri VIII asrga oid 

sug`d hujjatlarida uchraydi «Shoqor» tuchunchasi parfiylar so`zi «shahar dan kelib chiqqan. 

Ayrim  tushunchalar  sug`d  so`zlari-«kas»  (qurilish,  gulobod)  va  «kat»  (uy-joy, 

makon) bilan bog`langan (chortak, peshtok, kitob, navqat, surkat). 

O`zbekiston  hududida  tillarning  rivojlanishi  bir  necha  ming  yillar  Bilan  bo»lanadi. 

ezma  manbalarga  ko`ra  yurtimizda  eng  qadimgi  mahalliy  tillar:  turkiy,  fors,  arab  va  eski 

o`zbek  tillari  rivoj  topgan.  Ular  ish  yuritish  va  ma`muriy,  adabiy  va  xalqaro,  mahalliy 

qishloq va shahar tillari vazifasini bajargan. 

 Markaziy  Osiening  eng  qadimgi  xalqlari  o`z  tarixini  ezma  ravishda  eritmaganlar. 

(eki  zamonamizgacha  maqlanib  qolmagan).    Hududimizga  tegishli  ilk  ezma  manbalar-

»Aevsto»,  ahamokiylar  davri  mixsimon  ezuvlari  va  qadimgi  Dune  (Yunon-rim)  davriga 

taalluqli manbalar yurtimizdan tashqarida tuzilgandir. O`lar qadimgi Sharq va Dune tarixida 

birinchi  bo`lib,  ulkamizdagi  xalqlarning  nomlarini  alohida  joylar,  tog`lar,  darelar  va 

ko`llarning  nomlarini  afsonaviy  qahromonlar  va  podsholarning  nomlarini,  yurtimiz 

xalqlarining  turmushi,  dini,  madaniyati,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siesiy  tuzumi  to`g`risidagi 

ma`lumotlarni o`z ichiga oladi. 


 

40 


Dastlabki  ezma  manbalardan  flydalanishda  juda  ehtiet  bo`lmoq  kerak.  Ba`zi  bir 

ma`lumotlar afsonolarga asoslangan va ularni haqiyqiy tarixdan ajratib olish lozim. Boshqa 

manbalarning  mualliflari  (masalan.  eng  qadimgi  yunon  tarixshunoslari)  hech  qachon 

Markaziy  Osieda  bo`lmaganlar  va  o`z  hikoyalarini  surishtirib  bilganlari  asosida  ezganlar. 

Shunga qaramasdan, bu ma`lumotlar muhim ahamiyatga egadir. 

Dastlabki  «Avesto»  21  ta  kitobdan  iborat  bo`lgan,  Hozirgi  vaqtgacha  uning  ayrim 

qismlari  saqlanib  qolgan  Yasna-»qurbonlik  keltirish»,  Visprat 

»hamma  hukmronlar», 



yasht-»qadrlash»,  «ulug`lash»,  «Videvdat»-»devlarga  qarshi  qonun».  Bularning  hammasi 

sosoniylar davrida tahrir qilingan. 

Yasna  kitobi  72  bobdan  iborat,  Visport  24  bobdan  iborat  bo`lib,  zardushtiylarning 

ayrim  xudolarga  bag`ishlangan  madhiyalaridir.  Ular  bayram  va  diniy  marosimlarda  ijro 

etilgan.  Yashtning  21  bobida  ezuvsiz  zamonlarga  oid  eroniy  qabilalarning  tasavvurlari 

saqlangan.  Yasht  kitobida  afsonaviy  qahramonlarga  va  ulug`  xudolarga  bag`ishlangan 

madhiyalar to`plangan. Videvrat 22 ta bobdan iborat. 

«Avesto»  ning  ayrim  so`zlaridan  Azremon,  Servar,  Humaya-hozirgi  Narimon, 

Sarvar,  Humaye  nomlarining  kelib  chiqishini  ko`rish  mumkin  eki  I.M.Steblin-Kamenskiy 

fikriga  ko`ra,  Vorukash  ko`li-Balxash,  Frazdan  daresi-Razdan  daresi  nomlarida 

takrorlangan. Ereerur to»i va Erebuni shahri so`zlarida saqlangan bo`lishi mumkin. 

«Avesto»  da  eng  qadimgi  viloyatlarning  nomlari  Yasht  kitobining  uchinchi  va 

Videvdatning  birinchi  bobida  sanab  o`tilgan  Videvdat  kitobisha  ko`ra,  zardushtiylilarning 

ulug` va donishmand xudosi Axuramazda payg`ambar Zardushtraga bunday habar qiladi. «o 

Chpitano  Zorotushtra,  yashaydigan  joylarga,  bu  erlarda  baxlik  qancha  kam  bo`lsa-da 

tinchlik  tortiq  qildim.  Birinchidan,  odamlar  yashashi  uchun  eng  yaxshi  mamlakatni,  Vaxvi 

Dat`e daresidagi Arenam Vayjoga asos soldim. 

Ikkinchidan, men, Axuramazda, eng yaxshi mamlakatlar va ulkalardan bo`lgan Gava 

Sug`da  makoniga  asos  soldim.  Uchinchidan,  men,  Axuramazda    eng  mamlakatlar  va 

ulkalardan  bo`lgan  qudratli  Mauruga  asos  soldim.  Turtinchidan,  men,  Axuramazda,  eng 

yaxshi mamlakatlar va ulkalardan bo`lgan, baland bayroqli go`zzal Baxdiga asos soldim. 

Bunda olimlar firicha Xorazm, Sug`dieno, Mare, Baktriya nazarda tutiladi. «Avesto» 

ga  ko`ra,  Sharqiy  Eron  podsholarining  ruyxati  qo`yidagicha:  «Xaosh`en-eroniyliklarning 

birinchi  afsonaviy  podshosi  «Shohnomo»    raxushat),  keyin  Yimo  (Jamshod)-podsho-

podechi,  S`evarshon  (Sievush),  Kovi  Xaosrov  (Kay-Xisrov).  Axmoniylar  davri  mixsimon 

ezuvlarida  Markaziy  Osie  xalqlari  va  viloyatlari  to`g`risida  turli  ma`lumotlar  bor.  Bu 

ezvular  miloddan  avvalgi  VI-IV  asrlarga  oid  bo`lib,  Bexustun  va  Nahish  Rustam 

qoyatoshlarida,  Suza,  Persegol  va  Hamodan  shaharlarida  topib  tekshirilgan.  Ular  qadimgi 

fors  tilida  turli  ijtimoiy,  siyesiy  va  diniy  masalalarga  doir  podsho  buyruqlaridan  va 

nutqlaridan iborat. Bexustun ezvuida shoh Doroning nutqi keltiriladi: «Axuramazda irodasi 

Bilan  quyidagi  davlatlarni  qo`limga  kiritib:  ularning  podshosi  bo`ldim:  Fors,  Elam,  Bobil, 

Ossuriya,  Arobiston,  Misr,  Lidiya,  Moniya,  Midiya,  Armaniston,  Kappadokiya,  Parfiya, 

Dranevisna,  Ar`e,  Xorazm,  Baktriya,  Su»diena,  Gandxara,  Saja,  Sattagadiya,  Araxoziya, 

Maka, hammasi bo`lib 23 davlat. 

So`z  shahrida  topilgan  ezuvlarda  Doro  I  bug`qay  e`lon  qiladi:  «Suzadash  Saroyni 

men  bino  qilganimda  uning  bezaklari  uzoq  yurtlardan  olib  kelingan  Uaka  ezuvi-

Ganoxaradan,  oltin-Sard  va  Baktriyadan,  yaltiroq  toshlar  va  lojuvard-Sug`diynadan,  firuza 

Xorazmdan  kumu  shva  bronza-Araxoziyadan,  tosh  ustunlari-ekamdan  etkazib  berilgan. 

Erondagi  qadimgi  Persopol  baqtriyaliklar,  xorazmliklar,  sug`dlar  va  saklarning  uyib 

ishlangan rasmlari topilgan, unda ularning xiroj keltirish manzarasi tasvirlangan. 

Doro I ezuvlarida Mar»ilonda Frada boshchiligidagi qo`zg`olon, saklar yurtiga qarshi 

yurishlar  va  ularning  kuroshlari  haqida  ma`lumot  beriladi.  Gerodot  mil.avv.  484  yilda 

Kichik  Osiedagi  Galikarnass  shahrida  tu»ilgan.  (mil.avv.  431-425  yillar  o`rtasida  vofot 


 

41 


etgan).  U  «Tarix»  kitobini  mil.avv.  455-  445  yillar  davomida  ezgan.  Unda  Gerodot 

Baqtriya,  Baqtra,  baktriyaliklarie  13  marta,  sug`dlarni  2  marta,  xorazmliklarni  3  marta, 

saklarni  11  marta,  massagetlarni  19  marta  tilga  olib,  ularning  moddiy  madaniyati,  urf-

odatlari, din iva tarixi  haqida hikoya qiladi.  Bu asarda Tumaris va  Kir II o`rtasidagi siesiy 

munosabatlar, Markaziy Osie xalqlarining Kserks qushinlari ichira Yunon-fors urushlarida, 

Marafon va Salamin janglarida qatnashganlari va boshqa ma`lumotlar mavjud. 

Yunon  tarixshunosi  Ktesiy  mil.avv.  414  yildan  boshlab  aqamoniylar  podshosi 

Artaksarka  II  saroyida  tabib  vazifasini  bajargan.  U  mil.avv.  398  yildan  keyin  «Persika» 

asarini ezgan, asarning bir qismini baktriyaliklar tarixiga ba»ishlagan. U Ossuriya podshosi 

Nin  va  Baktriya  podshosi  Oksikrt  urushlari  haqida  ma`lumot  beradi.  Gekatey  Miletlik 

Yunon  tarixshunosi  (mil.avv.  VI-V  asrlar).  U  birinchi  bo`lib  ahamoniylar  o`lkalarning 

ruyxatini  keltirgan va  yurtimiz  xalqlari haqida ham xabar qilgan.  Gerotdan oldin,  Baktriya 

xalqi»  tushunchasini  buyuk  Esxil  «forslar»  degan  fojiasida  ishlatgan.  («sahnoda  mil.avv. 

472  yilda  ijro  etilga).  Asarda  esh  baktriyalik  jangchilardan  Tenagon  va  Aritomlarning 

ismlari tilga olingan ular Salamin jangida holok bo`ladi. 

2.  Ko`hna  obidalardan  topilgan  buyumlarda  tasvirlangan  turli  afsonaviy  obrazlar 

usha  davrda  mifologik  janrda  xalq  ijodi  nomunalari  mavjudligidan  darak  beradi.  Sharq 

xalqlarining  durdonasi  bulmish  Firdavsining  «Shohnoma»  Sida  qo`yilgan  ayrim  rivoyatlar 

ham asli «Avesto» da keltirilgan afsonaviy obrazlarni eslatadi. 

Tarixiy  manbalar  ham  hozirgi  O`zbekiston  hududida  yashovchi  elatlar  eramizdan 

avvalgi  V-IV  asrlarda  boy  og`zaki  poetik  ijodga  ega  ekanligi  to`g`risida  xabar  beradi. 

Bundan  ma`lumotlarning  O`rta  Osie  xalqlari  og`zaki  ijodi  yaratgan  ba`zi  asarlarda  aks 

sadosi  seziladi.  Masalan.  o`zbek  dostonlarida  qadimgi  sak-massaget  qabilalari  eposidagi 

ba`zi elementlar saqlangan. «Oysuluv» nomli o`zbek dostonning syujeti eramizdan avvalgi 

VI  asrda  ruy  bergan  Tumarisning  kurashini  eslatadi.  1928    yili  xalq  shoiri  Fozil  Yo`ldosh 

u»lidan  ezib  olingan  «Rohiya  va  Suxongul»  nomli  o`zbek  dostonida  ham  Tumaris 

to`»risidagi  rivoyatning  ayrim  epizodlari  keltirilgan.  Sharqshunos  olim  V.V.Bartol`d 

tadqiqotlari  bo`yicha  Firdavsiy  «Shohnoma»  asarini  yaratishda  su»dlar  va  saklar  yashagan 

Chochda  (Toshkent)  istiqomat  qiluvchi  bir  dehqon  to`plab  bergan  materiallardan 

foydalangan.  «Shirin  va  Shakar»  dostonida  Sievush  obrazini  ko`rish  mumkin.  X  asrda 

yashagan  tarixchi  Narshaxiy  urta  asrlarda  Buxoroda  Sievushga  ba»ishlangan  ashulalar 

borligini  qayd  qilgan.  Sievush  obrazining  Turon  afsonaviy  qahromoni  Afrosieb  obraziga 

juda yaqinligi ham tasodifiy emas o`zbek fol`klorida mashhur bo`lgan Afrosieb to`»risidagi 

(uni na Alp Artung deb ham ataganlar) rivoyatlar XI asrga oid turkiy tillardagi manbalarda 

uchraydi.  U  to`g`risidagi  ma`lumotlar  atoqli  tilshunos  olim  Mahmud  Qash»ariyning 

«Devonu  lu»atit  turk»  va  Yusuf  Balosug`uniyna  «Qutudg`u  bilik»  asarlaridp  saqlangan 

M.Qash»ariy  Alp  Er  Tungaga  bag`ishlangan  marsiyaning  parchalarini  xalq  og`zaki  ezib 

olgan. Abdurokf Fitrat bu: marsiyasini tartibga keltirib «Eng eski turi adabieti namunalari» 

(1927) kitobida Chop ettirdi. 

Alp Er Tunga o`ldimi, 

emon dun`e qoldimi 

Zamona uchin oldimi, 

Endi yurak yirtulur» 

Xalq  orasida  eng  keng  tarqalgan  va  sevimli  janrlardan  biri  epik  asarlar  dostonlar 

bo`lib,  ular  bizning  davrimizgacha  uzoq  o`tmish  zamonlardan  og`zaki  poeziya  an`analari 

tufayli  etib  kelgan.  Dastonlarni  avaylab  saqlashda  baxshilarning  urni  bor.  Mashhur  baxshi 

va  shoirlardan  Ergash  Jumanbulbul  u»li  (1868-1936)  Fozil  Yo`ldosh  ug`li  (1872-1955)  , 

Mahummad  Jamrad  ug`li  Pulkan  (1874-1941),  Islom  Nazar  ug`li  (1874-1953),  Abdulla 

shoir  Nurali  ug`li  (1870-1975),  Qurvon  Ismoil  ug`li  (1869-1940)  kabilar  juda  boy  epik 

merosni qoldirganlar. 



 

42 


O`zbek  xalqining  uzoq  o`tmishidagi  chet  El  istilochilariga  qarshi  qahromonona 

kurashi  «Yusuf  va  Axmad»,  «Malikai  Ayer»,  «Intizor»,  «Raxon  arab»,  «Orzigul»,  «Shirin 

va  Shakar»,  40  yaqin  Gurug`li  tsikliga  kirgan  bir  qator  qahramonlik  va  romantik 

dostonlarda aks ettirilgan. Bunday ajoyib o»zaki ijod namunalari O`rta Osie turkiy xalqlari 

o`rtosida  juda  keng  tarqalgan.  Barcha  epik  asarlarda  xalqning  ijtimoiy  tengsizlik, 

adolatsizlik, zulm va zurovonlikka qarshi cheksiz nafrati ifodalanadi. 

Qoraqalplarda  «Alpomish»  dostoni  fol`klorist  Abubakr  Dinaev  tomonidan  Jiemurat 

jirov  Bekmuxamedovdan  ezib  olingan.  «Ediga»  dostoni  birinchi  marta  qoraqalpoq 

fol`kloristi  Qalli  Ayimbetov  tomonidan  ezib  olinib,  Moskvada  Chop  ettirilgan.  «Qirq  qiz» 

dostoni  birinchi  marta  fol`klorist  Sadrboy  Mavlonov  va  Shamurat  Xo`janiezovlar 

tomonidan 1940 yilda Qurbonboy jirovdan ezib olingan. 

Fol`klorlik  asarlarni  yig`ish  tarix  uchun  kata  ahamiyatga  ega.  O`zbekistonnning 

birinchi  fol`kloristi,  professor  X.Zarifov  1927  yilda  yuqor»i  qoraqalpoqlar  orasida  bo`lib, 

qozoqlar  Bilan  qoraqalpoqlar  o`rtasidagi  etnik  bog`likliklar  to`g`risida  ma`lumotlar  ezib 

oladi. Unda Jiydali Boysunda 4  son qoraqalpoq 6 son qozoqlar yashagan Qoraqalpoqlarda 

O`rmon  biy  degan  bek  bo`lgan.  Uning  faqat  qizi  bo`lgan.  Uning  biy  bulishligi  qarshilik 

bo`lib, qozoqlardan biy quyilgan. Shunday qilib ular qoraqalpoqlarning joylovini bosib olib, 

bu  er  Jayыq  deb  atalgan»  delinadi.  Bu  Urmambet  biy  haqida  fol`klorist  Q.Ayimbetov  va 

A.Karimov  Nurabulla  jirovdan  «O`rmambet  tul»avining  243  qatarini  ezib  oladi.  U  tarixda 

bo`lgan  shaxs.  XVI  asrda  Nubay  urdasining  mashhur  biyi  bo`lgan.  U  haqida  har  xil 

rivoyatlar mavjud. Ularda ko`rsatishicha qoraqalpoqlarga qozoq xoni Taukening ug`li Botir 

boshchilik  qilgan.  Lekin  qoraqalpoq  biylaridan  Tobetbiy  bunga  norozi  bo`lgan.  Uning  bu 

ishlari tufayli xalq og`zaki Botirning onasining so`zi saqlangan. 

«Iyt nomli elni buzar demadimi, 

Boyagi Tauke xonnning so`zi keldi» 

(Boshida  Tauke  xon  Tobetbiyga  shubha  qilgan  edi).  Ushbu  rivoyat  bo`yicha 

qoraqalpoq Ulu» To»da joylashgan Tobetbiy Botirni o`ldirganidan so`ng kuchishga majbur 

bo`ladi. Etnograf X.esbergenov bu davoni XVII asr voqealari deb hisoblanadi. 

O`tmishga  xalqimizning  maishiy  turmushi  va  ijtimoiy  haeti  juda  keng  tarqalgan 

o»zaki  janri-xalq  qushiqlarida  hayajonli  va  jushqin  tasvirlangan.  Ularda  ma`lum  tarixiy 

voqealar berilishi mumkin. Masalan: 

Uylarimiz Shumanayning bo`yida 

Bizga bir qirchimoy tuynak yuborsin 

Ota-onasi bermaymiz desa 

Uch bo`lib, o`zining poyini yuborsin» 

Kabi  qoraqalpoq  og`zaki  ijodietidagi  qushiqlarda  tarixiy  haqiqatlik  tasvirlanadi.  Bu 

erda masalan XIX asrdagi «Shumanay arna» dagi suvsizlik ko`rsatilgan. 

Umuman-og`zaki xalq ijodietiga kiruvchi miflar, rivoet, afsonalar, qushiq, doston va 

hakozolar tarix uchun kata ahamiyat kasb etadi. 

3. O`lkamizni o`rganishda davriy matbuot manbalari ham ahamiyatli. O`zbekistonda 

XIX  asrning  II  yarmidan  boshlab  dastlabki  gazetalar  paydo  bo`ldi.  Bu  «Turkiston  viloyati 

gazetasi»  sonlari  hozirgi  davrda  kutubxona  arxivlarida  saqlanib  kelayapti.  Ayniqsa 

jadidlarning gazetalari tarixchilarning tadqiqiy ishlari uchun manba bo`lib xizmat qiladi. 

Qoraqalpog`istonda  1924  yildan  boshlab  gazetalar  chiqarildi.  Usha  yili  2  gazeta: 

«Birinchi  qadam»  (Xo`jalida)  va  «Erkin  Qoraqalpog`iston»  (Turtkulda)  gazetalari 

bosmadan  chiqarildi.  Mutaxassislar  yo`qligi  sababli  «Birinchi  qadam»  gazetasi  epilib 

qoladi.  «Erin  Qoraqalpog`iston»  keyin  «Mehnatkash  qoraqalpoq»  deb  nomlanadi.    1931 

yildan  «Qizil  Qoraqalpog`iston»    nomi  bilan  atalgan  bu  gazeta  hozir  Yana  «Erkin 

Qoraqalpog`iston» gazetasi deb nomlanadi. 


 

43 


1932  yilda  «Mehnat  adabieti»  dastlabki  qoraqalpoq  tilidagi  jurnal  chiqorila 

boshlagan.  U  1956  yilda  «Qoraqalpo»iston  adabieti»  va  badiiy  hunari»  nomlanadi.  1958 

yildan esa Amudare nomi Bilan Chop etilmoqda. 

Mustaqillik  sharofati  bilan  respublikamizda  milliy  qadriyatimizni  ko`rsatuvchi 

ko`plagan davriy matbuotlar paydo bo`ldi. 

O`lkashunos  tarixchilar  davrni  matbuot  bilan  ish  olib  borishda  tarixiy  davr  nuqtai 

nazaridan  kelib  chiqib,  ulkamiz  tarixini  xolisona  eritishlari  kerak.  Manba  sifatida 

matbuotning o`zi va ularda eritilgan tarixiy mavzular urganiladi. 



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling