Tarjima haqida


Download 3.77 Mb.

bet33/72
Sana09.02.2017
Hajmi3.77 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   72

 

38. Men esa: "U Alloh Rabbimdir" (deyman) va Rabbimga hech kimni sherik qilmayman.  

 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

191


39. Sen bog'ingga kirganingda: "Alloh xohlagan narsagina (bo'lur), bor kuch-quvvat yolg'iz Alloh 

bilandir", deganingda edi! Bordiyu meni boylik va farzand jihatidan o'zingdan kamroq deb bilsang,  

 

40. shoyadki, Rabbim menga sening bog'ingdan yaxshiroq (bog') ato etar, (sening bog'ingga esa) 

osmondan ofat yuborur, bas, u toyg'oq (tekis) yerga aylanib qolur.  

 

41. Yoki uning suvi (yer qa'riga) singib ketib, sen uni istab topa olmay qolursan".  

 

42. (Darhaqiqat), uning mevasi (bog'i) ihota (halok) qilindi. O'zi esa huvillab qolgan ishkomlarni (ko'rib) 

va ularga sarflangan narsalarni (o'ylab), chapak chalganicha (pushaymon qilib): "Qani edi, men ham 

Rabbimga hech kimni sherik qilmaganimda!" - deb qoldi.  

 

43. Shuningdek, uning uchun Allohdan o'zga na bir yordam beradigan guruh bo'ldi va na o'zi (o'ziga) 

yordam bera oluvchi bo'ldi.  

 

44. U joyda (Qiyomatda) madad faqat Haq - Alloh (izmi)dadir. U mukofoti yaxshi va oqibati xayrli 

zotdir.  

 

45. (Ey, Muhammad, odamlarga) dunyo hayoti misolini keltiring. (U) xuddi bir suv kabidirki, Biz uni 

osmondan yog'dirgach, (bahorda) u sababli yer o'simliklari (bir-biriga) aralashib (qalinlashib) ketur, 

so'ngra (kuzda) shamollar uchirib ketadigan xashakka aylanib qolur. Alloh hamma narsaga qodir 

zotdir.  

 

Izoh: Inson umrining bahori - yoshlik davri va kuzi - keksalik ayyomi ekani haqida masal berilmoqda.  

 

46. Mol-mulk, farzandlar dunyo hayotining ziynatidir. Rabbingiz nazdida esa, boqiy qoluvchi solih 

amallar savobliroq va orzu qilishga loyiqroqdir.  

 

47. Tog'larni (bulutlardek) yurgizadigan va sizlar Yerni tep-tekis (tog'u, bog'larsiz) ko'radigan Kunni 

(Qiyomatni eslangiz)! (U Kunda Biz) ulardan birortasini qo'ymay yig'amiz.  

 

48. Ular saf tortgan hollarida Rabbingizga ro'baro' qilinadilar (va Biz ularga ayturmiz): "Mana sizlarni 

ilk bor qanday yaratgan bo'lsak, shunday holda, (yalang'och holingizda) huzurimizga keldingiz. Balki 

sizlarga Biz va'da qilgan Kunni (Qiyomatni paydo) qila olmas, deb o'ylagandirsizlar?!" 

 

49. (So'ng har bir kishining) nomai a'moli (o'z qo'liga) qo'yilur. Bas, gunohkorlarning unda (bitilgan) 

narsalardan dahshatga tushib: "Holimizga voy! Bu qandoq kitobki, na kichik va na katta (gunohni) 

qoldirmay, barchasini hisoblab qo'yibdi", deyishlarini ko'rursiz. (Ular) qilgan (barcha) amallarini naqd 

holda topurlar. Rabbingiz hech kimga zulm qilmas.  

 

50. Eslang, (Ey, Muhammad,) farishtalarga Odamga sajda qiling, deyishimiz bilan sajda qildilar. Faqat 

iblis (sajda qilmadi). U jinlardan edi. Bas, Parvardigorining amriga bo'yin sunishdan bosh tortdi. Endi 

sizlar (ey, Odam bolalari,) Meni qo'yib, uni (iblisni) va zurriyotlarini do'st tutasizmi?! Ular sizlarga 

dushman-ku! U (iblis) zolimlar uchun (Allohning o'rniga) naqadar yomon "o'rinbosardir!"  

 

51. Men ularni (iblis va uning zurriyotini) na osmonlar va Yerni yaratishga va na o'zlarini yaratishga 

guvoh qilgan emasman, shuningdek, (bu) yo'ldan ozdiruvchilarni (O'zimga) dastyor qilib ham olganim 

yo'q.  

 

52. U Kunda (Qiyomatda Alloh): "Sizlar Mening sheriklarim deb o'ylagan (butlaringizni) chaqiringiz", 

der. Bas, ularni chaqirganlarida, (ular) javob qilmaydilar. (Chunki) Biz ularning o'rtalarida halokat 

chohini (do'zaxni) paydo qilib qo'ygan bo'lamiz.  


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

192


 

53. Gunohkorlar do'zaxni ko'rib, o'zlarining unga tushuvchi ekanlarini biladilar, ammo undan 

qochishga joy topmaydilar.  

 

54. (Biz) bu Qur'onda odamlarga turli masallardan bayon qildik. Darhaqiqat, inson ko'p janjal (bahs) 

qiluvchidir.  

 

55. Odamlarga hidoyat kelganda imon keltirishlaridan va Parvardigordan mag'firat so'rashlaridan 

to'sgan narsa - bu faqat ularga o'tganlarning yo'li (halokatlari) kelishi yoki ochiq azob kelishi 

(intizorligi)dir.  

 

Izoh: O'tganlarning yo'lidan murod - ularga o'xshab imon keltirmay itoatsizlik qilgan qavmlarga kelgan 



azobning bularga ham kelishining haqligi yoki keladigan azobga ishonmay, masxara uchun uning kelishini 

kutib o'tirishlaridir.  

 

56. Biz payg'ambarlarni faqat xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchilar sifatidagina yuborurmiz. Kofir 



bo'lganlar esa botil (hujjatlar) bilan tortishib, uning yordamida haqiqatni toyiltirmoqchi bo'lurlar 

hamda oyatlarimni va o'zlari ogohlantirilgan narsani (oxirat azobini) masxara qilib olurlar.  

 

57. Parvardigorining oyatlari bilan nasihat qilingach, ulardan yuz o'girgan, o'zi qilib o'tgan 

(gunoh)larini unutib qo'ygan kimsadan kim zolimroqdir?! Darhaqiqat, Biz (Qur'onni) anglamasliklari 

uchun ularning dillarini pardalab, quloqlarini og'ir qilib qo'ydik. Demak, agar Siz ularni hidoyatga 

chaqirsangiz ham sira hidoyatga yurmaslar.  

 

58. Rabbingiz mag'firatli va rahm (shafqat) sohibidir. Agar ularni qilgan gunohlari sababli tutganida, 

ularga azobni naqd qilgan bo'lur edi. Yo'q, ular uchun va'da qilingan bir vaqt (Qiyomat) borki, Undan 

o'zga biror panoh topa olmaslar.  

 

59. Ana u shaharlar (aholisi)ni zulm qilishgach, halokat paytlarini aniq belgilab qo'yib, halok qildik.  

 

60. Muso (o'zining xizmatkor) yigitiga: "Toikki dengiz qo'shiladigan yerga yetmaguncha yoki uzoq 

muddat kezmaguncha yurishdan to'xtamayman", - degan paytini eslangiz.  

 

Izoh: Muso (a. s.) ning xizmatkor yigiti Yuvsha' (a. s.) edilar. Shu oyat bilan Muso va Xizr (a. s.)lar qissasi 



boshlanadi. Bunga sabab Muso (a. s.) Haq Taolodan: "Mendan ham ilmi, martabasi yuqoriroq bandang 

bormi?" - deb so'raganda, U: "Ha, bor" - degan. "Qaysi yerdan uni topurman?" - deganlarida, "Bir baliqni 

savatchaga solib dengiz bo'yidan yurib boraverasan. Baliq yo'qolgan joydan uni topursan" deydi. Baliqni 

savatchaga solib, uni xizmatkori qo'liga berib yo'lga ravona bo'ladilar.  

 

61. Qachonki, u ikkisi (ikki dengiz) qo'shiladigan yerga yetishgach, baliqlarini unutdilar. Bas, u (baliq) 



dengiz qa'riga yo'l oldi.  

 

62. Bas, qachonki (u yerdan) o'tishgach, (Muso) yigitiga: "Nonushtamizni keltir, haqiqatan, bu 

safarimizdan juda charchadik", - dedi.  

 

63. U (xizmatkor) aytdi: "Buni ko'ring, biz (dengiz sohilidagi) qoyaga borib (orom olgan) paytimizda, 

men baliqni unutibman. (Buni sizga) aytishni faqat shayton yodimdan chiqardi. U (baliq) dengizga ajib 

(yo'sinda) yo'l olganedi".  

 

64. (Muso) dedi: "Mana shu biz istagan narsadir". So'ng (Xizrni) qidirib, izlariga qaytdilar.  

 

65. Bas, bandalarimizdan bir bandani (Xizrni) topdilarki, Biz unga O'z dargohimizdan rahmat ato etgan 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

193


va O'z huzurimizdan ilm bergan edik.  

 

Izoh: Ato etilgan rahmatdan murod payg'ambarlik, ilm yoki uzoq umrmi, ekanligi haqida turli fikrlar bor. Ya'ni 

Xizr (a. s.) payg'ambar bo'lganmilar yoki valiymi? Ko'proq ulamolar serkaromat valiy bo'lganliklarini 

ta'kidlaydilar.  



 

66. Muso unga: "Senga bildirilgan bilimdan, menga ham to'g'ri yo'lni ta'lim berishing uchun senga 

ergashsam maylimi?" - dedi.  

 

67. U (Xizr) aytdi: "Aniqki, sen men bilan birga (ilm muammolariga) sabr qila olmaysan.  

 

68. (Zotan) o'zing egallab xabardor bo'lmagan narsaga qanday sabr qilursan?!" 

 

69. (Muso) dedi: "Inshoalloh, sen mening sabrli ekanimni ko'rursan. Men biror ishda senga itoatsizlik 

qilmasman".  

 

70. U (Xizr) aytdi: "Bas, agar menga ergashsang, to o'zim senga aytmagunimcha, biror narsa haqida 

mendan so'ramagin!" 

 

71. Bas, ikkisi yo'lga tushdilar. To borib bir kemaga minishlari bilan (Xizr kemani) teshib qo'ydi. (Muso) 

aytdi: "Odamlarini g'arq qilish uchun uni teshdingmi?! Juda nojo'ya ish qilding-ku!" 

 

72. U (Xizr) dedi: "Men bilan birga sabr qilishga sira toqating yetmaydi, demaganmidim?!" 

 

73. (Muso) aytdi: "Unutganim uchun meni ayblamagin va bu ishim sababli meni mashaqqatga duchor 

ham qilmagin".  

 

74. So'ngra yana yo'lga tushdilar. To borib bir bolani uchratganlarida (Xizr) uni qatl etdi. (Buni ko'rgan 

Muso) dedi: "Nahot birovni o'ldirmagan bir begunoh jonni o'ldirsang?! Haqiqatan, (sen) xunuk ish 

qilding!"  

 

75. U (Xizr) dedi: "Senga men bilan birga sabr qilishga sira toqating yetmas, demaganmidim?!"  

 

76. (Muso) dedi: "Agar bundan keyin sendan biror narsa haqida so'rasam, menga hamroh bo'lmagin. 

Men tomondan uzr (me'yori)ga yetgan bo'lursan".  

 

77. So'ngra (ular) yana yo'lga tushdilar. To bir shahar ahlining oldiga kelib, ulardan taom so'ragan 

edilar, ularni mehmon qilishdan bosh tortishdi. Keyin o'sha joyda yiqilay deb turgan bir devorni 

ko'rishgach, (Xizr) uni tiklab qo'ydi. (Muso) dedi: "Agar xohlasang, bu (ishing) uchun haq olishing 

mumkin edi".  

 

78. U (Xizr) aytdi: "Mana shu sen bilan mening ajrashimizdir. Endi men seni sabr qilishga toqating 

yetmagan narsalarning ta'vili (sharhi)dan ogoh qilurman:  

 

79. Kema xususiga kelsak, u dengizda ishlaydigan miskinlarniki edi. Bas, men uni aybli qilib qo'ymoqchi 

bo'ldim. (Chunki) ularning ortida barcha (butun) kemalarni tortib olayotgan bir podshoh bor edi.  

 

80. Haligi bolaning esa, ota-onalari mo'min kishilar edilar. Bas, biz u (bola) tug'yon va kufr bilan ularni 

qiynab qo'yishidan qo'rqdik.  

 

81. Shu sababdan, ularga Parvardigorlari u (bola)dan ko'ra pokizaroq va undan ko'ra mehri bonroq 

(boshqa bir bolani) badal (evaz) qilib berishini istadik.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

194


 

82. Endi devor esa, shu shahardagi ikki yetim bolaniki bo'lib, uning ostida ular uchun bir xazina bor edi. 

Ularning otasi solih kishi edi. Bas, Rabbing ular voyaga yetib, Rabbingning rahmati bo'lmish 

xazinalarini chiqarib olishlarini iroda qildi. Men bu (ishlarni) o'zimcha qilganim yo'q. Mana shu sen 

sabr qilishga toqating yetmagan narsalarning ta'vilidir".  

 

83. (Ey, Muhammad,) yana Sizdan Zul-qarnayn haqida so'raydilar. Ayting: "Men sizlarga u haqdagi 

xabarni hozir o'qib berurman".  

 

84. Darhaqiqat, Biz unga (Zul-qarnaynga) Yerda martaba berdik va (istagan) barcha narsasiga yo'l 

(imkoniyat) ato etdik.  

 

85. Bas, u (avval G'arbga qarab) yo'l oldi.  

 

86. To (ketayotib) kun botadigan joyga yetgach, u (quyoshning) bir loyqa buloq (orti)ga botayotganini 

ko'rdi va (buloq)ning oldida bir qavmni uchratdi. Biz: "Ey, Zul-qarnayn, yo (ularni) azobga duchor 

qilursan yoki ularga yaxshi muomalada bo'lursan", - dedik.  

 

Izoh: Loyqa ma'nosini anglatuvchi "hamia" kalimasi boshqa bir qiroatda "homiya" o'qiladi. Ma'nosi 



qaynoqdir. Demak, qaynoq buloq uzra, degan ma'no chiqadi.  

 

87. U aytdi: "Zulm qilgan kimsani, albatta, azoblagaymiz. So'ngra Parvardigoriga qaytarilgach, U zot 



uni yanada xunuk azob bilan azoblar.  

 

88. Endi imon keltirib ezgu ish qilgan kishiga kelsak, uning uchun go'zal mukofot (jannat) bo'lur. Biz 

ham unga ishimizdan osonlarini buyururmiz".  

 

89. So'ngra, u (Sharqqa qarab) yo'l oldi.  

 

90. To (ketayotib) kun chiqishga yetib borgach, uning (quyoshning) bir qavm uzra chiqayotganini ko'rdi. 

Biz u qavm uchun quyoshdan (saqlanadigan) biror parda qilmagan edik.  

 

91. (Uning ishi) shunaqa. Albatta, Biz uning huzuridagi ilmlarni ihota qilib olganmiz.  

 

92. So'ngra, u yana yo'l oldi.  

 

93. To (ketayotib) ikki tog' o'rtasiga yetib kelgach, u (tog'lar ortida) gapni sira anglamaydigan qavmni 

uchratdi.  

 

94. Ular: "Ey, Zul-qarnayn, albatta, (shu tog'lar ortidagi) Ya'juj va Ma'juj (qabilalari) Yer yuzida 

buzg'unchilik qiluvchilardir. Bizlar senga bir (miqdor) haq to'lasak, biz bilan ularning o'rtasiga bir 

to'g'on qurib berurmisan?" - dedilar.  

 

95. U (Zul-qarnayn) aytdi: "Rabbimning menga ato etgani (ne'matlari) sizlar beradigan (mol-dunyodan) 

yaxshiroqdir. Bas, sizlar menga kuch-quvvat bilan yordam beringlar, men sizlar bilan ularning o'rtasiga 

bir devor bino qilay.  

 

96. Sizlar menga temir parchalarini keltiringlar. To (parchalar) ikkala tog' yonbag'irlari bilan barobar 

bo'lgach, dam uringlar" - dedi. Bas, qachon u (temir-tersaklarni qizdirib) o't qilgach (eritgach), dedi: 

"Menga eritilgan mis (ham) keltiringlar, u (temir parchalari)ning ustidan quyurman.  

 

97. Endi ular (Ya'juj va Ma'juj) u (to'siq)ning ustiga chiqishga ham, uni teshib o'tishga ham qodir 

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

195


emaslar.  

 

98. "Bu Rabbim (tomoni)dan bo'lmish bir marhamatdir. Endi, qachonki, Rabbimning (Ya'juj va Ma'juj 

chiqadi, deb) va'da qilgan vaqt kelganida (Qiyomat oldidan), O'zi u (to'siq)ni tep-tekis qilib qo'yar. 

Rabbimning va'dasi haqdir", - dedi u.  

 

99. U Kunda (Qiyomatda, odamlarni) bir-birlariga aralashtirib tashlaymiz. Sur(nay) chalingach, 

ularning barchalarini to'playmiz.  

 

100. U Kunda kofirlarga jahannamni namoyish qilurmiz.  

 

101. Ularning ko'zlari (dunyoda) Mening zikrimdan to'silgan bo'lib, Ular (nasihatlarimni) eshitishga 

ham qodir emas edilar.  

 

102. Yoki kofir bo'lganlar Meni qo'yib, bandalarimni do'st tutishni o'yladilarmi?! Haqiqatan, Biz 

jahannamni kofirlar tushadigan joy qilib qo'ygandirmiz.  

 

103. (Ey, Muhammad,) ayting: "Sizlarga qilmishlaridan eng ko'p ziyon ko'ruvchilarning xabarini 

beraylikmi?! 

 

104. Ular qilgan sa'y (harakat)lari dunyo hayotidayoq yo'q bo'lib ketgan-u, ammo o'zlarini ishni chiroyli 

qilayotgan hisoblaydilar"  

 

105. Ular Parvardigorlarining oyatlarini va U zot bilan muloqotda bo'lishni inkor etishib, butun ish 

(amal)lari behuda ketgan kimsalardir. Bas, Biz Qiyomat kunida ular (amallari) uchun hech qanday 

vaznni qoim qilmasmiz!  

 

Izoh: Ya'ni ularning ishlari bekor, vazni, salmog'i yo'q bo'lur.  

 

106. Kofir bo'lganlari hamda oyatlarimni va payg'ambarlarimni masxara qilganlari sababli, ularning 

jazolari o'sha jahannamdir!  

 

107. Albatta, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilgan zotlar uchun Firdavs bog'lari manzil bo'lur.  

 

108. Ular, u joylarda mangu qolurlar, undan (boshqa joyga) ko'chishni istamaslar.  

 

109. Ayting: "Bordiyu dengiz (suvi) Rabbimning so'zlari (ilmu hikmatlarini bitish) uchun siyoh bo'lsa va 

yana shuncha siyoh keltirsak ham, Rabbimning so'zlari bitishdan ilgari, u dengizlar tugab bitar!" 

 

110. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Darhaqiqat, men ham sizlar kabi bir bashardirman. (Faqat) 

menga ilohingiz yolg'iz Iloh ekani haqida vahiy etilmoqda. Bas, kimki Parvardigori bilan muloqotda 

bo'lishdan umidvor bo'lsa, u holda ezgu amal qilsin va Parvardigoriga ibodat qilishda hech kimni (Unga) 

sherik qilmasin!" 

 

 



Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

196


MARYAM SURASI 

 

Maryam - Imron qizi, Iso payg'ambarning onasi. Surada Maryamdan Iso (a. s.)ning otasiz tug'ilishlari, beshikda 



gapirganlari va boshqa mo''jizalari haqida oyatlar bo'lgani uchun u Maryam surasi deb atalgan. Surada 

payg'ambarlardan Zakariyo, Yahyo, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Ya'qub, Muso, Horun, Idris, Nuh (a. s.)lar haqida 

ham oyatlar mavjud. Qolgan oyatlarda tavhid, imon, aqida, jannat, do'zax, oxirat, Allohning fazli, rahmati va 

mag'firati kabi ilohiy tushunchalar o'z ifodasini topgan.  

 

 

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  



 

1. Kof, Ho, Yo, Ayn, Sod.  

 

2. (Ey, Muhammad! Bu) Rabbingiz O'z bandasi Zakariyoga qilgan marhamatining zikri (qissasi)dir.  

 

3. Qachonki, u Parvardigoriga xufyona duo qilib, 

 

4. degan edi: "Ey, Rabbim, darhaqiqat, mening suyaklarim mo'rtlashdi, keksalikdan boshim (sochim) 

oqardi. Ey, Rabbim, men senga duo qilib (hech qachon) baxtsiz bo'lgan emasman.  

 

5. Meni ortimda qoladigan qarindoshlarim (dinni zoye qilib yuborishlari)dan xavfdaman. Xotinim esa 

tug'mas bo'lib qolgan. Endi Sen O'z dargohingdan menga bir do'st (farzand) ber.  

 

6. U menga va (bobom) Ya'qub xonadoniga merosxo'r bo'lsin va undan barchani rozi qilgin".  

 

7. (Alloh aytdi): "Ey, Zakariyo, Biz senga bir farzand xushxabarini berurmizki, uning ismi Yahyo bo'lib, 

ilgari unga biror (kimsani) hamnom qilgan emasmiz".  

 

8. (Zakariyo) dedi: "Ey, Rabbim! Xotinim tug'mas bo'lib qolgan, o'zim esa keksalikni notavon holatiga 

yetib qolgan bo'lsam, menga farzand qayoqdan bo'lsin?" 

 

9. (Alloh) aytdi: "Shunday. Rabbing ayturki, bu (ish) Menga osondir. (Axir) Men seni ilgari hech narsa 

bo'lmagan paytingda (ham) yaratgan edim-ku!"  

 

10. "Ey, Rabbim! Men uchun (kampirim homilali bo'lganiga) biror belgi qilsang", - dedi u (Zakariyo). 

(Alloh) aytdi: "Senga belgi shuki, sog' bo'la turib, uch kecha (va kunduz)gacha odamlarga 

gapirmaysan".  

 

11. Bas, (Zakariyo) mehrobdan qavmining oldiga chiqib, ularga ertayu kech (Allohga) tasbeh aytishni 

ishora qildi.  

 

Izoh: Zakariyo vahiy bilan bildiki, tug'mas xotini homilador bo'lar ekan. Buning alomati esa payg'ambarning 



tili Tavrot o'qish, tasbeh aytishdan boshqasiga aylanmay qolar ekan. Shunday bo'ldi ham. Odamlar bilan faqat 

imo-ishora orqali gaplashib turdilar. Yahyo (a. s.) tug'ildilar. Unga Haq taolo go'daklik chog'idayoq vahiy 

yuborib, ilmu hikmat sohibiga aylantirdi.  

 

12. (Biz unga): "Ey, Yahyo! Kitobni (ya'ni, Tavrotni) mahkam tutgin!" - (dedik) va unga go'daklik 



chog'idayoq hikmat (va ilm) ato etdik.  

 

13. Yana unga O'z dargohimizdan mehr hamda poklik (ato etdik) va u taqvoli bo'ldi.  

 

14. U ota-onasiga mehribon bo'lib, jabr qiluvchi, quloqsiz bo'lmadi.  

Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

197


 

15. Unga tug'ilgan kunida ham, vafot etadigan kunida ham, qayta tiriladigan (qiyomat) kunida ham 

salom (omonlik) bo'lur.  

 

16. (Ey, Muhammad,) ushbu Kitobda (Qur'onda) Maryamni yod eting! U o'z oilasidan chetga, sharq 

tomonga bordi.  

 

17. Ulardan pardaga berkinib olgan paytida, Biz unga ruhimiz (ya'ni, Jabroil)ni yubordik. Bas, u 


Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   72


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling